1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolik. Aholi. Pasport tizimi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROSINING ShAXS OʻXShAShLIGI RAQAMINI (ShAXSIY KODINI) ANIQLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 177-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini aniqlash va berish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 23-dekabrdagi Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimi toʻgʻrisidagi Nizomning 7-bandiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ilova qilinayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining shaxs oʻxshashligi raqamini (shaxsiy kodini) aniqlash tartibi tasdiqlansin.
1. Shaxs oʻxshashligi raqami, mashinada hisoblanadigan hujjatlar uchun ISAO xalqaro standarti talablariga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari pasportlarida va boshqa hujjatlarda foydalanish uchun zarurdir.
2. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining shaxs oʻxshashligi raqami (shaxsiy kodi) — quyidagi tartibda joylashgan oʻn toʻrtta oʻn raqamidan iborat boʻladi: