1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.05.00 Shaharsozlik normativlari. Shaharsozlik hujjatlari. Ekspertiza]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining
qoidalari
Jamoat binolari va inshootlari
LexUZ sharhi
Mazkur qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2024-yil 2-apreldagi 01/2-7-sonli “SHNQ 2.08.02-23 “Jamoat binolari va inshootlari” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (hisob raqami 249, 06.05.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Shaharsozlik normalari va qoidalari
SHNQ 2.08.02-09*
1. NORMATIV MANBALAR
SHNQ 2.07.01-03* — Shaharsozlik. Shahar va qishloq aholi punktlari hududlarini rivojlantirish va qurilishini rejalashtirish.
SHNQ 2.07.04-06 — Qishloq xoʻjaligi korxonalari hududlarining meʼmoriy rejalashtirilishini tashkil etish.
SHNQ 2.01.02-04 — Bino va inshootlarning yongʻin xavfsizligi.
SHNQ 2.08.01-05 — Turar joy binolari.
SHNQ 2.07.02-07 — Insonlarning hayoti va faoliyati muhitini nogironlar ehtiyojini va aholining kam harakatlanuvchi guruhlarini hisobga olgan xolda loyihalash.
SHNQ 2.08.07-09 — Jismoniy va aqliy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun maxsus oʻquv-tarbiyaviy muassasalar.
SHNQ 2.08.04-04* — Maʼmuriy binolar.
SHNQ 2.08.03-09 — Sanatoriylar.
QMQ 2.08.05-97* — Davolov muassasalari sifatida moslashtiriladigan bino va inshoatlar.
QMQ 2.01.01-94 — Loyihalash uchun klimatik va fizikaviy-geologik maʼlumotlar.
QMQ 2.01.11-97 — Hududlar, bino va inshootlarning xavfli geologik jarayonlardan muhandislik himoyasi. Loyihalashtirishning asosiy nizomlari.
QMQ 2.01.17-95 — Favqulodda holatlar va fuqaro muhofazasi. Texnik-muhandislik chora-tadbirlari.
QMQ 2.01.03-96 — Zilzilaviy hududlarda qurilish.
QMQ 2.01.05-98 — Tabiiy va sunʼiy yoritish.
QMQ 2.01.04-97* — Qurilish issiqlik texnikasi.
QMQ 2.01.08-96 — Shovqindan himoya.
QMQ 2.01.07-96 — Yuklar va taʼsirlar.
QMQ 2.01.18-2000* — Binolar va inshootlarni isitish, ventilyatsiya, konditsiyalashtirish uchun energiya sarfi meʼyorlari.
QMQ 2.04.16-96 — Quyosh nuridan issiq suv taʼminlash qurilmalari
QMQ 2.04.01-98* — Binolar ichki vodoprovodi va kanalizatsiyasi.
QMQ 2.04.05-97* — Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalashtirish.
QMQ 2.04.08-96* — Gaz taʼminoti. Loyiha meʼyorlari.
QMQ 2.04.17-98 — Turar-joy va jamoat binolarining elektr jihozlari.
QMQ 2.04.20-98 — Turar — joy va jamoat binolari muhandislik uskunalarining aloqa, signalizatsiya va dispetcherlashtirish qurilmalari.
QMQ 2.04.09-07 — Bino va inshootlarning yongʻin avtomatikasi
QMQ 2. 03.13-97 — Pollar.
QMQ 2.03.10-95* — Tomlar va tomqoplamalar.
QMQ 3.05.01-97 — Ichki sanitariya va texnik tizimlari.
QMQ 3.03-01-98 — Yuk koʻtaruvchi va toʻsuvchi konstruksiyalar.
SHNQ 2.01.19-09 — Portlabyonish va yongʻin xavfi boʻyicha xonalar, binolar va tashqi qurilmalarning kategoriyasini aniqlash
GOST 25772-83* — Zinapoyalar, balkonlar va tomlarning poʻlatli toʻsiqlari. Umumiy texnik talablar
RD 34.21.122-87 — Bino va inshootlarning yashinqaytargich qurilmalari boʻyicha nizom.
SanPiN № 0231-07 — Davolash — profilaktika muassasalarining loyihalanishi, qurilishi va ekspluatatsiyasining sanitar qoidalari.
SanPiN № 0241-07 — Oʻzbekiston Respublikasida bolalar maktabgacha tarbiya muassasalarining qurilmasi va saqlanishining sanitar talablari
SanPiN № 0266-09 — Turar-joy va jamoat binolari, bola va katta yoshdagi nogiron va kam harakatlanuvchi aholi foydalanuvchi turar-joy tuzilmalari loyihalanishlarining sanitar normalari.
2. UMUMIY TALABLAR
2.1. Jamoat binolari va inshootlarining yangi qurilishi va rekonstruksiya qilinishi ushbu hujjat talablariga va boshqa Oʻzbekiston Respublikasida amal qiladigan qurilish loyihasi normalariga asoslanib ishlab chiqilgan loyihalar asosida amalga oshirilishi shart. Loyihalash normalari insonlarning xavfsizligi va sogʻligʻi himoyasi, bino va inshootlardan yuqori sifatli funksional foydalanish darajasining oshirilishi, ularning uzoq saqlanishi va taʼmirlanishga yaroqligi, energiya tejamkorligi, hamda atrof muhitning himoya qilinishi tadbirlarining taʼminlashiga qaratilgan.
2.2. Jamoat binolari va inshootlarining yer maydoniga joylashuvi va rejalanishi, SHNQ 2.07.01 talablari doirasida, qurilish loyihasi boʻyicha amalga oshirilishi shart. Qishloq joylarda jamoat binolari va inshootlarini loyihalashda qoʻshimcha SHNQ 2.07.04 talablari ham hisobga olinishi kerak.
2.3. Bino va inshootlarni loyihalashda QMQ 2.01.01 ga (loyihalash uchun iqlimiy va fizika-geologik shartlar) asoslangan Oʻzbekiston Respublikasi hududi qurilish-iqlimiy zonalarining tabiiy-iqlim sharoitlari hisobga olinishi zarur. SHNQ 2.08.01 da Oʻzbekiston maʼmuriy tumanlari boʻyicha qurilish-iqlim zonasi va zona osti hududlari keltirilgan.
I qurilish-iqlim zonada-ekstremal sharoitli yarim dasht va dashtli hududlarda asosiy xonalarni ortiqcha quyosh taʼsiridan va qizib ketishidan, yozda qizigan shamol va qishda sovuq shamol taʼsiridan effektiv himoyalashni taʼminlash zarur; ichki muhitni noqulay tashqi taʼsirlardan maksimal himoyalashni taʼminlovchi bino va inshootlarning kompakt kompozitsion-rejali yechimlarini qoʻllash, effektiv quyosh va changli shamollardan himoyalovchi qurilmalarni qoʻllash, hamda xonalarda qulay mikroklimat hosil qiladigan texnik vositalarni qoʻllash usullari taklif etiladi.
II qurilish-iqlim zonada-voha va togʻoldi hududlarda bino va inshootlarning kompozitsion-rejali yechimlari qulay tabiiy-iqlim sharoitlaridan maksimal toʻliq foydalanishga qaratilgan boʻlishi, asosiy xonalarni ortiqcha quyosh taʼsiri va qizib ketishidan himoyalovchi (soyabon, xonalarni shamollatuvchi) qulay ochiq maydonli joylar bilan bogʻlanishi hisoblariga taʼminlanishi shart.
III qurilish-iqlim zonada-choʻzilib ketadigan sovuq qishli togʻlik hududlarda kompakt kompozitsion-rejali yechimlari, avvalom bor, bino xonalarining qish mavsumida issiqligini taʼminlashga qaratilishi kerak.
2.4. Bino va inshootlarning kompozitsion-rejali yechimi, ularning qavati, bino va bloklarning boʻy koʻlami, bloklarni joylashtirish variantlari kompleks talablarni hisobga olgan holda, jumladan bino va inshootlarni xavfli geologik jarayonlardan, zilzila va yongʻin xavflaridan (QMQ 2.01.11, QMQ 2.01.03, SHNQ 2.01.02 va boshq. asosan) himoyasini taʼminlash bilan aniqlanishi shart.
Jamoat bino va inshootlarining qavatliligi funksional-tipologik talablar, zilzila va yongʻin xavfsizligini taʼminlovchi talablar (ushbu normalarning 2.20 bandiga asosan binolar konstruksiyasining olovbardoshligi eʼtiborga olingan holda) hisobga olinib belgilanadi; asosiy ommaviy bino turlari boʻyicha qavatlik 1-jadvalda berilgan.
1-jadval
№№
t/b
Bino turlari
Qavatlik
(koʻpi bilan)
1
2
3
1.
Hamma turdagi bolalar bogʻcha-yaslilari; boshlangʻich va kam komplektlashgan maktablar; bolalar bogʻchalari-boshlangʻich maktablar
2
2.
Umumtaʼlim maktablar, internat-maktab oʻquv korpuslari, oʻrta-maxsus oʻquv yurtlari — akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari, maktabdan tashqi muassasalar
3
3.
Maxsus maktablar va jismoniy va aqliy rivojlanishi zaif bolalarning internat-maktablari
2
4.
Maktab internatlarining yotoq korpuslari, bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarining yotoq korpuslari
2
5.
Nogironlar va qariyalar uchun ijtimoiy markazlar, bolalar ijtimoiy markazlari, bolalar uylari, internat uylar
Bolalar va oʻsmirlar uchun sanatoriya yotoq korpuslari
3
8.
Ambulatoriya-poliklinika muassasalari
3
9.
Mahalla boshqaruvi va mikrotuman uy-joydan foydalanish tashkiloti muassasalari
2
10.
Savdo tashkilotlari, umumiy ovqatlanish, ommaviy maishiy xizmat binolari (noyob toifali binolardan tashqari)
3
Eslatma: 1. Qavatlik QMQ 2.01.03 ga asosan hudud zilzilaviyligi hisobga olingan holda aniqlanadi. Jadvalda berilmagan bino va inshootlar loyihalanishida qavatlik ushbu normaning keyingi matnlaridagi talablari boʻyicha aniqlanadi.
2. Maxsuslashgan bolalar oʻquv-tarbiyaviy muassasalari, bolalar bogʻchalari va koʻr, nafas olish aʼzolari xasta bolalar uchun maktab-internatlar bir-ikki qavatlik qilib loyihalanadi (qavatlikni aniq qilib loyiha topshirigʻida beriladi).
3. Mavsumiy inshootlar 1-2 qavatlik boʻlishi shart; bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarining yotoq pavilonlari bir qavatlik boʻlishi shart.
2.5. Jamoat binosining xonalari balandligi pol sathidan ship sathigacha 3.0 m dan kam boʻlmasligi kerak.
Har-xil vazifali zallar, auditoriyalar, laboratoriyalar, sportzallar, manejlar va boshqa xonalarning balandligi funksional-texnologik jarayonlarni va ushbu loyihalash normalari matnlarida keltirilgan texnologik asos va talablarga asosan, jihozlarning gabaritlarini hisobga olgan holda belgilanadi.
Jamoat xonalarining sigʻdiraolishlik miqdori 30 kishidan oshmaganda, hamda turar-joy binolari hajmida qurilgan xizmat koʻrsatish muassasalari, jumladan doʻkonlar, kafelar xonalarining balandligi 2.8 m boʻlishi mumkin.
Hammom va oʻrni 100 va undan ortiq hammom-sogʻlomlantirish majmualari asosiy xonalarining balandligi 3.3 m dan, kir yuvish va kimyoviy tozalash ishlab chiqarish xonalarining balandligi 3.6 m dan kam boʻlmasligi darkor.
Kishilar doimiy ravishda boʻlmaydigan ayrim ikkinchi darajali xonalar, shu qatori binoning hajmiy-rejaviy yechimiga monand yoʻlaklar va oʻtish yoʻlaklari xonalarining balandligini kamaytirishga yoʻl qoʻyiladi, lekin 2.2 m dan past boʻlmasligi kerak.
Ilova: 1. Qiya shipli yoki balandligi boʻyicha har xil qismli (pogʻonali) xonalar balandligining eng kichik joyi 2.5 m dan kam boʻlmasligi shart.
2. Insonlar doimiy ravishda boʻlmaydigan, moʻljallanishi texnikaviy boʻlgan xonalarning balandligi 1.9 m boʻlishi mumkin.
2.6. Texnik qavatlarning balandligi (jumladan texnik yerpolosti ham) har bir konkret holatda muhandislik jihozlarining gabaritlariga asoslanib va ulardan foydalanish sharoitlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Jihozlarga qarash va taʼmirlash yoʻlaklarida balandlik konstruksiyaning pastga chiqib turgan sathigacha 1.8 m dan kam boʻlmasligi shart. Texnik qavatda yoki yerpolostida balandlikni 1.6 m qilib olish faqat u xonalarda yonmaydigan, izolyatsiya ashyosi oʻralgan, qoplamali quvuroʻtkazgich muhandislik tarmoqlari joylashgandagina ruxsat etiladi.
2.7. Bino ostini kesib oʻtuvchi transport yoʻlagi kengligi (konstruksiya tashqi sathlari oraligʻi) 3.5 m dan, balandligi 4.25 m dan kam boʻlmasligi kerak; ushbu talab avtotransportga, yongʻin mashinalariga moʻljallanmagan yoʻlaklarga tatbiq etilmaydi.
2.8. Binoga kiraverishdagi xona pol sathi kiraverish tashqi yoʻlak sathidan 0.15 m dan kam boʻlmagan balandlikda boʻlishi kerak. Bu balandlikni kamaytirishga xonaga yongʻingarchilik tushmasligi uchun maxsus himoya vositalari qoʻllanilgandagina yoʻl qoʻyiladi.
2.9. Bino va inshootlarning umumiy, foydali va hisobiy maydonlari, qurilish hajmi, qurilma maydoni miqdorlarini hisoblash qoidalari majburiy 3-ilovada keltirilgan.
2.10. Barcha jamoat binolari va inshootlarida, mulkdorlik shaklidan qatʼiy nazar, nogironlar kreslo-kolyaskada qulay kirib-chiqishlari uchun qiya yoʻlakchalar, hamda nogironlarning qulay foydalanishlari uchun boshqa tadbirlar SHNQ 2.07.02 ga asosan koʻzda tutilishi shart (koʻtargich qurilmalar, maxsus jihozlangan hojatxonalar va boshqalar).
2.11. Yertoʻla va sokol qavatida joylashtirishga ruxsat etilgan xonalarning roʻyxati majburiy 4-ilovada keltirilgan. Yertoʻlani ikki va undan ortiq qavatli qilib qurish taqiqlangan.
Poli otmostkadan pastga hisoblanganda 0.5 m dan oshmagan sokol qavatda, yashash, bolalar uchun jamoat va oʻquv, davolov muassasalarining asosiy xonalaridan tashqari (yaʼni, palatali boʻlimlar, vrach kabineti, davolovchi xona, operatsiya xonasi), barcha xonalarni joylashtirish mumkin.
2.12. Fuqaro himoyasi xonalarining gabaritlari va joylashtirilishi QMQ 2.01.17 talablariga muvofiq tuzilgan loyiha topshirigʻi boʻyicha belgilanadi.
2.13. Bino hajmidagi individual issiqlik punktlarini (IIP) alohida kirish joyi bor xonalarga yoki xona havosi iqlimini moʻtadil qiluvchi va shamollatuvchi uskunalar oʻrnatilgan xonalarga joylashtirish zarur. Xonada shipdan pastga chiqib turuvchi konstruksiyagacha 1.8 m dan kam boʻlmagan balandlik boʻlishi shart.
2.14. Shamollatish kameralari, nasos joylashtirilgan xonalar (yongʻinga qarshi qoʻyilgan nasosxonalardan va avtomat yongʻinoʻchirgichlar uchun nasosxonalardan tashqari), issiqlik punktlari, mashina boʻlimlari va boshqa shovqin va vibratsiya beradigan jihozli xonalar insonlar doimiy boʻladigan xonalarga yonbosh qilib, tepasiga yoki pastiga joylashtirilishiga ruxsat etilmaydi, shular qatori tomosha va repititsiya zallari, oʻquv xonalari, vrach kabinetlari, operatsiya xonalari ham yuqoridagilar jumlasidandir.
2.15. Bino va uning xonalariga, yertoʻla va tom boʻgʻotiga jinoiy maqsadda va boshqa maqsadlarda begonalarning kirishini cheklash uchun nigohiy va texnik nazorat oʻrnatish nazarda tutiladi; loyiha topshirigʻi asosida kuchaytirilgan toʻsiq konstruksiyalari, maxsus oyna va eshik konstruksiyalari va boshqa tadbirlar qoʻllaniladi.
Bunda shuni nazarda tutish kerakki, qoʻllanilgan kirishni cheklash va mulkni qoʻriqlash tadbirlari yongʻin va boshqa favqulodda sodir boʻladigan hodisalarda odamlarni evakuatsiya qilish sharoitini yomonlashtirmasligi kerak.
Odamlar doimo faoliyat koʻrsatadigan xonalardagi oynalarda reshetkali qurilmalar oʻrnatilishiga (barcha qavatlarda) yoʻl qoʻyilmaydi, maxsus asoslangan va loyiha topshirigʻi boʻyicha ashʼyoviy qadriyatlarni (mulkni) saqlaydigan va insonlar doimo boʻlmaydigan xonalar bundan mustasno.
2.16. Qimmatli buyumlarni tajovuzdan saqlash maqsadida va loyiha topshirigʻi maʼlumotiga asosan loyihalashda har xil qoʻriqlash va signal beradigan, texnik nazorat vositalari, maxsus devor, peregorodka, eshik, oblitsovkalar, himoya ashyolari va boshqalar hisobga olinadi.
2.17. Yoʻl qoʻyiladigan shovqin darajasi, xonalarning shovqindan himoyasini taʼminlab berish QMQ 2.01.08 talablariga mos boʻlishi shart.
2.18. Binolarning (inshootlarning) tom usti, shuningdek foydalanishdagilarining taʼmiri ham, QMQ 2.03.10-95* talablariga mos loyihalanishi darkor.
Binoning balandligi yer sathidan tom tepa qirrasigacha 10 m va undan yuqori boʻlsa tomda qor tutqich moslamalari nazarda tutilishi kerak.
2.19. Jamoat binolarida, ularning tom boʻgʻotida, ajratilgan bloklarida binoning asosiy jamoaviy muassasalik faoliyatidan boshqa obyektlarni (aloqa obyektlari, transport, ishlab chiqarish va kommunal tashkilotlarini, boshqalarni) joylashtirish masalasi muassasa asosiy faoliyati yoʻnalishidagi vazirlik, qoʻmita yoki idoralar normativ aktlariga asosan aniqlanadi. Shunday obyektlar joylashtirilgan taqdirda, bino uchun sanitar normalarda oʻrnatilgan, zararli moddalar konsentratsiyasi va ushbu jamoat binosida, hamda yaqin atofidagi qurilmalarda nurlanish darajasi meʼyorlardan oshib ketmaslikni taʼminlash shart.
Bino hajmidagi, hajmiga kirib turadigan old qismidagi, jumladan yer osti garaj-toʻxtab turish joyi qurilmalarini loyihalash yuqoridagi talablarni hisobga olgan holda, amaldagi sanitar, yongʻin xavfsizligi va avtoulovlarga xizmat qilish korxonalarini loyihalash normalari talablarini bajargan holda amalga oshiriladi.
Garaj-toʻxtab turish joyi qurilmalarini davolovchi muassasa, bolalarning maktabgacha, maktab va ijtimoiy muassasalari, hamda oʻrta maxsus oʻquv yurtlari-akademik litsey va kasb-hunar kollejlari binolarining yertoʻla yoki sokol qavatlariga joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Yongʻin xavfsizligi
2.20. Jamoat binolari va inshootlari va ulardagi insonlarning yongʻindan xavfsizligi, SHNQ 2.01.02 talablariga mos, bino va inshootlarning faoliyati yoʻnalishi boʻyicha yongʻin xavfi klassifikatsiyasiga asosan taʼminlanishi darkor (majburiy 1-ilovaga qarang). Yongʻin haqida va boshqa favqulodda sharoitlarni maʼlum qilish muhandislik tizimlari SHNQ 2.04.09 talablariga mos nazarda tutilishi shart.
Binolarning olovbardoshlik darajasi va qavatiga bogʻliq 1-tipli REI 150 yongʻinga qarshi devor oraligʻidagi qavat maydoni 2-jadval koʻrsatkichlariga asosan qabul qilinishi kerak (savdo va maishiy xizmat korxonalaridan tashqari); maishiy xizmat korxonalari uchun koʻrsatkichlar 3-jadval boʻyicha qabul qilinadi; savdo korxonalari uchun 4-jadval boʻyicha qabul qilinadi.
2-jadval
Olovbardoshlik darajasi
Binoning konstruktiv yongʻin xavfliligi klassi
Qavatlarning yuqori chegaraviy soni
Qavatlar hisobi boʻyicha yongʻinga qarshi devorlar oraligʻidagi ruxsat etilgan qavat maydoni, m2
* Jadvaldagi chiziqcha maʼnosi — ushbu olovbardoshlik darajasidagi bino koʻrsatilgan qavat soniga ega boʻla olmaydi.
Eslatma: 1. Ushbu jadvalda keltirilgandan farqli, koʻrsatkichlarning boshqa birikmalarida qavat maydoni va balandligini ushbu toifadagi binolar uchun eng kam miqdorlilari boʻyicha qabul qilish darkor.
2. Olovbardoshlik darajasi I va II boʻlgan avtomat oʻt oʻchirgich uskunasi bor binolarda yongʻinga qarshi devorlar oraligʻi maydonini, ikki baravardan oshmaslik sharti bilan, oshirilishiga ruxsat etiladi.
Tutash qavatlar qoplamasida ochiq tuynuklar boʻlsa qavatlar maydonlari yigʻindisi 2-jadvaldagi maydon miqdoridan oshmasligi shart.
3. Ikki qavatlik olovbardoshlik IV darajasidagi binolarda yuk koʻtaruvchi konstruksiyalar elementlarining olovbardoshlik meʼyori R 45 dan kam boʻlmasligi kerak.
4. Bir qavatli, maydoni boʻyicha bino maydonining 15 % kam ikki qavatlik qismi bor, binolarning yongʻinga qarshi devorlari oraligʻi maydoni bir qavatlik binolar maydonidek qabul qilinadi.
5. Bino old qismiga qurilgan soyabon, peshayvon, tim, hamda alohida yongʻinga qarshi devorlar bilan ajratilgan bino va inshootlarning xizmat va boshqa xonalarining olovbardoshlik darajasi asosiy binoning olovbardoshlik darajasidan bir pogʻona past qilib qabul qilinishiga yoʻl qoʻyiladi.
6. Vokzal binolarida yongʻinga qarshi devorlar oʻrniga, 0.5 m masofada joylashgan ikki ipli va 1 m toʻsiq uzinligiga 1l/s dan kam boʻlmagan suv quyilishi jadalligini taʼminlab beruvchi, osma suv-drencher toʻsiqlari qurilmasi nazarda tutilishiga ruxsat etiladi (ishlash vaqti 1 soatdan kam boʻlmagan).
7. Yongʻinga qarshi I darajali aerovokzal binolarida yongʻinga qarshi devorlar oraligʻi maydoni 10000 m² oshirilishi mumkin, agarda yertoʻla yoki sokol qavatlarda yonuvchi ashyolar saqlanadigan omborxona, omborcha va boshqa xonalar joylashmagan boʻlsa (xodimlarning kiyim-kechagi va yuki kameralaridan tashqari). Bu xolda yertoʻlada yoki sokol qavatida joylashgan hojatxonalari bilan 1-qavat aloqasi ochiq zinapoyalar orqali, xodimlarning kiyim-kechak va yuk kameralari esa alohida yopiq zinapoyalar orqali amalga oshiriladi. Yortoʻladagi saqlash kameralarini (avtomat boʻlimchalar bilan jihozlanmaganlaridan tashqari) va kiyim-kechak xonalarini boshqa xonalardan I tipli E1 45 yongʻinga qarshi peregorodkalar va avtomat yongʻinoʻchirgich qurilmalari bilan, komanda-dispetcher punktlari esa yongʻinga qarshi peregorodkalar bilan ajratilishi kerak.
8. Avtomat yongʻin oʻchirgich qurilmalari bilan jihozlangan aerovokzal binolarida yongʻinga qarshi devorlar oraliq maydoni chegaralanmaydi.
9. Agarda loyihalashda 2-jadvaldagi chegaralangan maydonlar qiymatidan katta gabaritli xonalar va zallar, shu qatori tomoshagox, sport-koʻrsatuv, koʻrgazma, sport manejlari, yopiq suv havzalar va sirpanchiq uchiladigan zallar (tomoshabinlar boʻlsa-boʻlmasa), yopiq oʻq otuvchi zonali tir zallar va shunga oʻxshash boshqa xonalar qiymati katta boʻlsa yongʻinga qarshi devorlar ushbu xonalar bilan yondosh xonalar orasiga qoʻyiladi. Dahliz va foye xonalarida maydon oʻsha jadvaldagi chegara qiymatdan katta boʻlsa yongʻinga qarshi devorlar oʻrniga yongʻinga qarshi 2-tipli YEI 15 boʻlgan shaffof oynali peregorodkalar qoʻyiladi.
3-jadval
Binoning olovbardoshlik darajasi
Konstruktiv yongʻin xavfi klassi
Qavatlarning eng katta soni
Qavatlik boʻyicha yongʻinga qarshi devorlar oraligʻi qavat maydoni, m2.
I, II
SO, S1
5
3500
II
S1
5
2500
III
SO
2
2000
III
S1
2
1000
IV
S2; SZ
1
500
Eslatma: olovbardoshlik darajasi I va II boʻlgan avtomat oʻt oʻchirgich uskunasi bor binolarda yongʻinga qarshi devorlar oraligʻi maydonini ikki baravar oshirish mumkin.
4-jadval
Binoning olovbardoshlik darajasi
Qavatlarning eng katta soni
Yongʻinga qarshi devorlar oraligʻi qavat maydoni, m2.
Bir qavatlik
Ikki qavatlik
3 — 5 qavatlik
I, II
5
3500
3000
2500
III
2
2000
1000
-
IV
1
500
-
-
Eslatma: 1. III olovbardoshlilik darajali oziq-ovqat va “Supermarket” yoki “Universam” tipidagi magazinlardagi yongʻinga qarshi 1 tipli REI 150 devorlarining oraligʻi qavat maydonini, savdo zalini boshqa xonalardan 2-tipli REI 45 yongʻinga qarshi devorlar bilan ajratgan holda, ikki baravarga oshirishga ruxsat etiladi.
2. Olovbardoshlik darajasi I va II boʻlgan avtomat oʻt oʻchirgich uskunasi bor binolarda yongʻinga qarshi devorlar oraligʻi maydonini, ikki baravardan oshmaslik sharti bilan, oshirishga ruxsat etiladi.
3. Olovbardoshlik darajasi I va II boʻlgan magazinlarning omborxonasi, xizmat, maishiy va texnik xonalari yuqori qavatlarda joylashtirilgan hollarda bino balandligini bir qavatga oshirish mumkin.
2.21. Binolar (korpuslar) oraligʻidagi oʻtish yoʻlaklari toʻsuvchi konstruksiyalarining olovbardoshligi chegaralari asosiy bino (korpus) nikiga mos boʻlishi shart.
Yer osti piyoda va kommunikatsiya tunnelari KO yongʻin xavfi klassiga ega boʻlishi shart. Bino devorlarining oʻtish joyi, tunnellarga qoʻshiladigan joyidagi yongʻin xavfi klassi KO, olovardoshlik chegarasi REI 120 boʻlishi kerak. Ushbu devorlardagi oʻtish joyiga va tunnellarga oʻtuvchi eshiklar yongʻinga qarshi 2-tipli EI 30 boʻlishi darkor.
Foydalanishdagi tom usti qoplamasi, tom usti va ochiq terrassa, balkon, zinapoya tashqi toʻsiqlari NG guruhi ashyolaridan nazarda tutilishi zarur.
2.22. I, II va III olovbardoshlik darajasidagi binolarda yuk koʻtaruvchi elementlarning talab qilinadigan olovbardoshlik chegarasini taʼminlash uchun konstruktiv yongʻindan himoyalanuvni qoʻllash kerak: betonlash, suvoqlash, yuz qismini qoplash, qoplama, yongʻindan himoyalovchi tarkiblar, boʻyoqlar, chaplov va boshqalar.
2.23. Boloxonali binolar uchun bino balandligini aniqlashda boloxona qavati ham hisobga olinadi (SHNQ 2.01.02 talablarini hisobga olgan holda).
I, II, III olovbardoshlik darajasidagi binolarda boloxona qavati uchun nolli yongʻin tarqalishidagi REI 45 dan kam boʻlmagan olovbardoshlik chegarasidagi yuk koʻtaruvchi qurilish konstruksiyalari qabul qilinishiga ruxsat etiladi, yongʻinga qarshi, pastki qavatni yopib turadigan, qoplama esa 2-tipli REI 60 boʻlishi zarur. Bunda boloxona qavati, bino qavatlari soni qandayligidan qatʼiy nazar, yongʻinga qarshi 2-tipli REI 45 boʻlgan devorlari bor, boʻlinmalarga ajratilishi kerak, ushbu yongʻinga qarshi devorlar oraligʻi maydoni: I va II olovbardoshlik darajasidagi binolar uchun — 2000 m2 dan oshmasligi, III olovbardoshlik darajasidagi binolar uchun — 1400 m2 dan oshmasligi kerak. Agar boloxona qavatida avtomat yongʻin oʻchirgich qurilmasi boʻlsa ushbu maydon oshirilishi mumkin, lekin 1.2 baravardan koʻpga emas.
2.24. Yertoʻla va sokol qavatlarining ustki qoplamasi REI 60 dan kam boʻlmagan olovbardoshlik chegarasida boʻlishi kerak.
Binoning yertoʻla va sokol qavatlari EI 45 dan kam boʻlmagan olovbardoshlik chegarasida yongʻinga qarshi devor yoki peregorodkalar bilan boʻlingan boʻlishi kerak. Boʻlingan qism maydoni 700 m2 dan katta boʻlmasligi, avtomat yongʻinoʻchirgich bilan jihozlangan yertoʻlalarda esa 900 m2 dan oshmasligi darkor.
Poli 0.5 m dan oshgan chuqurlikdagi yertoʻla va sokol qavatlarining har bir boʻlingan qismida ikkitadan kam boʻlmagan avariya holati uchun tashqi tuynuklar — kichik xandaq qurilmasi oʻrnatilgan oʻlchami 0,75x1,5 m dan kam boʻlmagan deraza (chiqish) lar nazarda tutilishi zarur.
Yertoʻla va sokol qavatlarida mexanik uzatmali tutunyoʻqotgich qurilmasi bor boʻlsada, bu avariya holati uchun har bir boʻlingan qismga tuynuk qilinishini bekor qilolmaydi (fuqaro himoyasi tashkilotlarining topshiriqlarida taʼkidlaganlari mustasno).
SHNQ 2.01.02 ga mos holda, texnik yerpolostida muhandislik tarmogʻi oʻtkazilgan boʻlsa avariya holati uchun tashqariga chiqadigan xandaq qurilmasi bor eshik, deraza (yoki lyuklar) boʻlishi shart.
2.25. Auditoriya, majlislar, konferensiyalar va tomoshabinlar zallarini 5-jadval koʻrsatkichlariga mos holda qavatlarga joylashtirish zarur. Oʻqitishga moʻljallangan binolarning majlislar zallari, maʼruza auditoriyalarini ikkinchi qavatdan balandlikda boʻlmagan qavatlarga joylashtirish shart. Majlislar zallari, maʼruza auditoriyalari tepa qoplamasi yongʻinga qarshiligi 2-tipli REI 60 boʻlishi kerak.
Polida nishablik yoki zinasimonliligi bor auditoriya yoki zallar joylashtirilishining yuqori chegaraviy qavatini aniqlashda pol sathining otmetkasi birinchi qatordagi oʻrindiqlar sathi boʻyicha qabul qilinadi.
5-jadval
Binoning olovbardoshlik darajasi
Konstruktiv yongʻin xavfi klassi
Zalda oʻrindiqlar soni
Joylashtirilishining yuqori chegaraviy qavati
I,II
SO, S1
SO, S1
SO, S1
do 300
sv.300 do 600
sv. 600
9
5
3
III
III
III
III
IV
SO
SO
S1
S2
S2-SZ
do 300
sv. 300 do 600
do 500
“ 300
“ 100
3
2
1
1
1
2.26. Tarkibida joylashtirilishi boʻyicha 50 nafardan ortiq bolalar bogʻchasi va boshlangʻich sinflar maktabi bor uyushgan oʻquv-tarbiya binolarida hamda joylashtirilishi boʻyicha 25 nafardan koʻp, lekin 50 nafardan kam bolalar bogʻchasining xonalari maktab xonalaridan (xodimlar turar-joy xonalaridan ham) olovbardoshligi EI 45 dan kam boʻlmagan yongʻinga qarshi devor yoki peregorodkalar va olovbardoshligi chegarasi REI 60 dan kam boʻlmagan tepaqoplamalar bilan ajratilgan boʻlishi kerak; bolalar bogʻchasi va maktab xonalaridan evakuatsiya yoʻlaklari ushbu loyihalash normalarining 2.131 va 2.132 bandlari boʻyicha qabul qilinadi.
Uyushgan oʻquv-tarbiya binolarining olovbardoshligi darajasi 2.29 bandi talablari boʻyicha oʻrnatiladi, bunda yongʻinga qarshi devor bilan ajratilgan bolalar maktabgacha muassasalari va umumtaʼlim maktablarida binoning har bir qismidagi oʻrinlar hisobga olinadi.
Oʻquv-tarbiya muassasasi binosining old qismiga quriladigan turar-joy blokining (xodimlar uchun) olovbardoshlik darajasi asosiy binoning olovbardoshlik darajasidan kam boʻlmasligi shart.
2.27. Bolalar muassasasining sayl qilishga moʻljallab qurilgan old ayvon yoki terras qismi olovbardoshlik darajasi asosiy binonikidek boʻlishi kerak.
2.28. Bolalar maktabgacha muassasasining devorlari, panelli devorlari uchun qoʻllaniladigan issiqlik ushlovchi ashyolar sifatida noorganik ashyolar qoʻllanilishi kerak; polimer issiqlik ushlovchi ashyolar qoʻllanilganida ular 50 mm qalinlikdagi monolit beton himoya qavati bilan qoplanishi zarur.
2.29. Bolalar maktabgacha muassasasining binosi barcha tiplari (sogʻlomlantirish va maxsuslashtirilganlari bilan), umumtaʼlim maktablar va maktab-internatlar, maktab qoshidagi internatlar, maxsuslashgan maktab-internatlar va maishiy bolalar muassasalari (bolalar uyi, yosh bolalar uyi), akademlitseylar, kasb-hunar kollejlari, maktabdan tashqari muassasalarning olovbardoshlik darajasi II dan kam boʻlmasligi shart, ruxsat etilgan qavatliligi 1-jadvalda koʻrsatilgan.
Bir qavatli 100 oʻringacha bolalar maktabgacha muassasalar va 630 oʻrindan koʻp boʻlmagan ikki qavatli maktablar uchun olovbardoshlik darajasi III boʻlgan binolarni loyihalashga ruxsat etiladi; Qishloq turar-joy hududlarida bir qavatli, sigʻdiraolishlik miqdori 200 oʻquvchigacha boʻlgan maktablar uchun olovbardoshlik darajasi — IV.
Eslatma: Bolalarning jismoniy va aqliy rivojlanishida nuqsonlari bor maxsuslashtirilgan maktabgacha muassasalar va maxsuslashtirilgan maktab-internatlar (“tiklantiruvchi” tipdagi muassasalar deb ham aytiladi) SHNQ 2.08.07 ning talablarini hisobga olgan holda loyihalanishi shart.
2.30. Normalangan qavatlik chegarasida oʻquv binolariga qoʻshimcha ustki qavat, shu qatori boloxona qavati qurish binoning texnik holatini hisobga olgan holda ruxsat etiladi. Qoʻshimcha tarzda qurilgan boloxona qavatida oʻquv xonalari, hamda maktab internatlarining yotoq xonalarini joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
2.31. Oʻquv-tarbiya va oʻqitish yoʻnalishidagi binolarda yertoʻla va boloxona qavatlarining, mos ravishda, tepa va pastki qavat qoplamalari, hamda zal xonalarining pastki qavat qoplamasining yongʻinga qarshi olovbardoshlik chegarasi REI 60 boʻlishi shart.
2.32. Bir bino tarkibidagi internat-maktabning yotoq (turar-joy) bloki yoki maxsuslashtirilgan internat-maktablarda oʻquv turar-joy seksiyasi maktab-internatning boshqa xonalaridan 2-tipli REI 45 boʻlgan yongʻinga qarshi devorlar yoki 1-tipli EI 45 boʻlgan peregorodkalar bilan ajratish lozim.
2.33. Bolalar maktabgacha muassasalari, maktablar va internat-maktablarning hamma tiplari binolarida, internat va bolalar ijtimoiy muassasalari, bolalar maktabdan tashqari sogʻlomlashtirish muassasalari va sanatoriyalari binolarida, akadem litsey va kasb-hunar kollejlari binolarida sauna (quruq parli hammom) joylashtirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
2.34. Oliy oʻquv yurti binolari olovbardoshlikning II darajasidan kam boʻlmasligi shart. Oʻquv-laboratoriya korpuslari 4 qavatdan yuqori boʻlmagan holda loyihalanishi lozim. Rektorat maʼmuriy binolarini 9 qavatgacha loyihalashga ruxsat etiladi.
2.35. Davolov va ambulatoriya-poliklinika muassasalari, dispanserlar, barcha tipli kasalxona-statsionarlarni olovbardoshlik II darajasidan kam boʻlmagan va 3 qavatdan yuqori boʻlmagan qilib loyihalash shart (maxsuslashtirilgan muassasalar uchun qavatlik loyiha topshirigʻiga asosan oʻrnatiladi).
Bolalar uchun kasalxonalarning palata boʻlimlarining joylashtirilishi 2-qavatdan balandda boʻlmasligi kerak.
Qishloq aholi punktlari uchun III olovbardoshlik darajasidagi ambulatoriya-poliklinikalarga moʻljallangan binolar loyihalanishi mumkin.
2.36. Ambulatoriya-poliklinikalar muassasalarining davolashga moʻljallangan xonalari, hamda dori ishlab chiqaruvchi aptekalar (medpunkt, hamda tayyor dori savdosi bilan shugʻullanuvchi aptekalar xonalari bundan mustasno) boshqa yoʻnalishga moʻljallangan binolarda joylashtirilsa 1-tipli REI 150 boʻlgan yongʻinga qarshi devorlar bilan boshqa xonalardan ajratilib ulardan tashqariga alohida chiqadigan joy nazarda tutilishi darkor.
2.37. Sanatoriyalar, sanatoriya — profilaktoriyalar, kurortdagi mehmonxonalar va pansionatlarning binolari olovbardoshlik darajasi II kam boʻlmasligi shart. Olovbardoshlik darajasi II boʻlgan kattalar uchun sanatoriyalarning turar-joy (yotoq) korpuslari 5 qavatdan yuqori, sigʻdiraolishlik miqdori 500 oʻrindan koʻp, bolalar sanatoriyasining yotoq korpuslari 3 qavatdan yuqori, sigʻdiraolishlik miqdori 300 oʻrindan koʻp boʻlmasliklari zarur.
Yongʻinbardoshlik darajasi I va II boʻlgan kurort mehmonxonalari binosini 9 qavat balandlikkacha va sigʻdiraolishlik miqdori 1000 oʻrinligacha loyihalash mumkin.
Pansionatlarning — dam olish uylari, yil davomida faoliyat koʻrsatadigan turistik bazalar — turar-joy korpuslari olovbardoshlik darajasi II va sigʻdiraolishlik miqdori 500 oʻringacha 5 qavatdan baland boʻlmagan holda nazarda tutilishini lozim.
Sigʻdiraolishlik miqdori 150 oʻrindan koʻp boʻlmagan kattalar uchun 2 qavatlik sanatoriya va dam olish muassasalarining konstruksiyalarini olovbardoshlik darajasi III qilib qoʻllashga ruxsat etiladi. Sigʻdiraolishlik miqdori 50 oʻrindan koʻp boʻlmagan bir qavatlik dam olish muassasasi va turizm korpuslari uchun olovbardoshlik darajasi IV qilib qoʻllashga ruxsat etiladi.
Mavsumiy faoliyat olib boradigan dam olish muassasalarining binolari — dam olish bazalari, turistik bazalar, baliq ovlovchilar va ov qiluvchilar bazalari va shu kabi boshqalar bir-ikki qavatlik qilib loyihalanishi shart.
2.38. Sanatoriyalarning, dam olish va turizm muassasalarining binolari yotoq xonalari xizmat koʻrsatishga, davolash, madaniy-ommaviy va maʼmuriy-xoʻjalikka belgilangan xonalardan REI 150 boʻlgan yongʻinga qarshi devorlar bilan ajratilishi lozim.
Yozgi xonalar — yopiq ayvon va balkonlar tutun boʻlmaydigan yongʻindan bexavotir zonalar sifatida foydalaniladi.
Bolali oilalar uchun yotoq xonalarni 3-qavatdan yuqori boʻlmagan alohida evakuatsiya uchun zinapoya katagi boʻlgan alohida seksiya yoki bloklarga joylashtirish shart.
Bolalar sanatoriyasining yotoq korpuslarida yotoq xonasi oldiga yozgi xonalarni joylashtirmaslik kerak; yozgi xonalar umumiy tipli boʻlib, xollar yoki mehmonxonalar oldiga joylashtiriladi.
2.39. Mavsumdan tashqari bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarining binolaridan kattalarning dam olish bazasi sifatida foydalaniladigan boʻlsa ularni loyihalashda olovbardoshlik darajasi III dan kam va 2 qavatdan yuqori boʻlmasliklari shart. Yotoq xonalari alohida korpuslarga (yoki alohida bloklarga) joylashtirilishi kerak. 2 qavatli yotoq korpuslarining (bloklarining) olovbardoshlik darajasi II lik boʻlganda sigʻdiraolishlik miqdori 150 oʻrindan koʻp boʻlmasligi shart; III darajalik boʻlganda — 100 oʻrindan oshmaslik kerak. Yotoq xonalari 30 — 35 oʻrinlik qilib, tashqariga evakuatsiya chiqish joylari taʼminlangan holda, turar-joy blok-seksiyalariga guruhlanishi shart. Blok-setsiyalar 2-tipli REI 45 yongʻinga qarshi devorlar yoki 1-tipli EI 45 peregorodkalar bilan ajratilishi zarur.
Bolalar yotoq xonalari qoshida yozgi xonalar nazarda tutilmaydi.
Yozgi sogʻlomlantirish oromgohlarining yotoq pavilonlarini olovbardoshlik darajasi IV bir qavatlik qilib loyihalanishiga ruxsat etiladi; har bir pavilon sigʻdiraolishlik miqdori, qoida boʻyicha, 50 oʻrindan oshmasligi shart.
2.40. Yopiq sport inshootlarining olovbardoshlik darajasi, qoida boʻyicha, II dan kam boʻlmasligi kerak.
Ikkinchi qavatda faqat yordamchi xonalarni joylashtirib olovbardoshlik darajasi III bir va ikki qavatlik korpuslar loyihalanishi mumkin. Har qanday holatda yordamchi xonalar zal xonalaridan 1-tipli REI 150 yongʻinga qarshi devorlar bilan ajratilishi shart.
2.41. Olovbardoshlik darajasi I va II boʻlgan, tomoshabinlar oʻrinlari bor sport korpuslarining tomoshabinlar uchun koʻchmas va vaqtinchalik oʻrindiqlarining sigʻdiraolishlik miqdorlari yigʻindisi (zalning qiyofasini oʻzgartirilishligi bilan) chegaralanmaydi; olovbardoshlik darajasi III bir qavatlik korpuslarda tomoshabinlarning oʻrindiqlari yigʻindisi 600 dan oshmasligi zarur.
2.42. Sigʻdiraolishlik miqdori 300 tomoshabindan ortiq yopiq sport inshootlarining koʻchmas tribunalari yuk koʻtaruvchi konstruksiyalari yonmas ashyolardan bajarilishi shart. Tribunalarning yuk koʻtaruvchi konstruksiyalari olovbardoshlik darajasi R 45 dan kam boʻlmasligi kerak. Sigʻdiraolishlik miqdori 300 tomoshabindan kam tribunalarning koʻchmas konstruksiyalari G1 dan yuqori boʻlmagan yonuvchi ashyolardan qabul qilinishi mumkin. Oʻzgartiriladigan tribunalarning, jumladan surilma, sigʻdiraolishlik miqdoridan qatʼiy nazar olovbardoshlik darajasi R 45 dan kam boʻlmasligi shart.
Keltirilgan talablar tomosha zalining — arenaning poli ustiga qoʻyiladigan vaqtinchalik tomoshabinlar oʻrindiqlariga tatbiq etilmaydi. Yopiq sport inshoatlarida tomoshabinlar oʻtirishi uchun vaqtinchalik oʻrindiqlarning agʻanab ketish yoki surilish holatlari yoʻqotilishi shart.
Har qanday sigʻdiraolishlik miqdoridagi ochiq va yopiq sport inshootlarining tribunalaridagi oʻtirgichlarini G1, G2 guruhidagi yonuvchan ashyolardan bajarilishiga ruxsat etiladi, lekin yonishida zaharli moddalar ajralib chiqarmaydiganlari; ashyolar T1 guruhiga (kategoriyasiga) taalluqli boʻlishi shart.
Sport-tomosha zallarida estrada qismining yogʻoch poli qoplamasiga himoya tarkibli ishlov berish yoʻli bilan yonuvchanlikni G1 yoki G2 guruhiga yetkazish kerak.
2.43. Har qanday sigʻdiraolishlik miqdoridagi ochiq sport va tomosha inshootlarining tribuna osti qismiga yordamchi xonalar ikki va undan ortiq qavatlarda joylashtirilsa tribunaning olovbardoshlik darajasi II dan kam boʻlmasligi darkor, bir qavatlik qilib joylashtirilganda esa olovbardoshlik darajasi III boʻlishiga ruxsat etiladi.
Ochiq sport va tomosha inshootlarining tribunalari qatorlari soni 20 dan ortiq boʻlganda tribuna osti qismi foydalanilmasa yuk koʻtaruvchi konstruksiyalari yonmas ashyolardan olovbardoshlik darajasi REI 45 dan kam boʻlmagan holda bajarilishi shart.
Qatorlar soni 20 dan kam boʻlgan holda osti foydalanilmaydigan ochiq tribunalar uchun olovbardoshlik darajasi IV boʻlishi nazarda tutilishiga ruxsat etiladi.
2.44. Yopiq va ochiq sport inshootlarining tribunalari ostidagi xonalar tribunadan yongʻinga qarshi toʻsiqlar — olovbardoshlik darajasi REI 45 dan kam boʻlmagan qoplamalar, oʻzaro olovbardoshlik darajasi 1-tipli EI 45 dan kam boʻlmagan peregorodkalar bilan ajratilishi shart, bunda peregorodkalardagi eshiklar oʻzi zich yopilib qoluvchan boʻlishi kerak (yonuvchan ashyolardan ruxsat etiladi).
Tribunalar ostida tir uchun oʻq-dorilar omborxonasini, hamda yonuvchan ashyolarning omborxonalarini joylashtirish taqiqlanadi (inventar va tomoshabinlar oʻrindiqlari omborxonalaridan tashqari).
Ochiq va yopiq sport inshootlarining tribuna ostiga oʻq otadigan tir joylashtirilishi mumkin, bunda qurol-yarogʻ saqlash xonasi va qurol-yarogʻ ustaxonalarini boshqa xonalardan yongʻinga qarshi 2-tipli REI 45 devorlar va 3-tipli REI 45 boʻlgan tepa qoplamalar bilan ajratilishi shart.
2.45. Tomoshbinlar zali bor madaniy-tomosha binolari 6-jadval koʻrsatkichlariga mos ravishda loyihalanishi kerak. Ikki va undan ortiq tomoshabinlar zali bor madaniy-tomosha binolari olovbardoshlik darajasi II dan kam boʻlmasligi darkor.
III va IV olovbardoshlik darajalaridagi binolarning qoʻllanilishi qishloq joylardagi klub muassasalari uchun ruxsat etiladi.
Olovbardoshlik darajasi II boʻlgan yozgi kinokonsert zallarida tomoshabinlarning oʻrinlari soni normalanmaydi, olovbardoshlik darajasi III boʻlgan holatda oʻrinlarning soni 800 dan koʻp boʻlmasligi shart.
6-jadval
Binolar, inshootlar
Olovbardoshlik darajasi
Qavatlilikning yuqori soni
Zalning eng katta sigʻdiraolishlik miqdori, oʻrinlar
Yil davomida faoliyat koʻrsatuvchi kinoteatrlar
I, II
III
normalanmaydi
2
600 va koʻproq
500
Klublar
I, II
III
IV
normalanmaydi
2 (zal — 1)
1
600 va koʻproq
500
200
Teatrlar
I, II
normalanmaydi
normalanmaydi
Eslatma: 1. Olovbardoshlik darajasi III boʻlgan binolarda, olovbardoshlik va olov tarqalishi chegaralari olovbardoshlik darajasi II boʻlgan binolar uchun talab qilinadigan, yogʻoch konstruksiyali tepa qoplama, devorlar, ustunlar, zinapoyalar va qavatlar ora qoplamalari bor, 1-qavatga joylashtiriladigan tomoshabinlar zalining sigʻdiraolishlik miqdori 600 oʻrindan koʻp boʻlmasligi shart.
2. Yil davomida faoliyat koʻrsatadigan kinoteatrga ochiq maydonli mavsumiy faoliyat koʻrsatadigan qismi blokirovka qilib qurilganda (olovbardoshlik darajalari farqli) ular orasiga yongʻinga qarshi 2-tipli REI 45 boʻlgan devor qilinishi darkor.
2.46. Tomoshagoh binolarda tomoshabinlar zalini va foyeni 2-qavatga joylashtirilsa ostki qavatlararo qoplama yongʻinga qarshi 2-tipli REI 60 boʻlishi kerak. Olovbardoshlik darajasi III va IV lik yertoʻla va sokol qavatlarining tepa qoplamasi yongʻinga qarshi 2-tipli REI 60 boʻlishi shart.
2.47. Olovbardoshlik darajasi III boʻlgan binolarda tomoshabinlar zalining tepasidagi boʻgʻot boʻshligʻi qolgan boʻshliqlardan yongʻinga qarshi REI 45 devorlari yoki EI 45 boʻlgan peregorodkalar bilan ajratilishi kerak.
2.48. Teatr, hamda sahnali (15x7,5 m; 18x9 m; 21x12 m va koʻproq) klublarning sahna va tomoshabinlar zali tepa qoplamasi (fermalar, toʻsinlar, toʻshamalar va boshqa shunga oʻxshashlar) NG guruhidagi ashyolardan tayyorlanishi shart.
2.49. Koʻrgazma majmualarining texnologik xizmat koʻrsatish xonalari tomoshagoh qismidan olovbardoshlik chegaralari EI 45 dan va qavatlararo qoplamasi REI 45 dan kam boʻlmagan yongʻinga qarshi toʻsiqlar bilan ajratilishi zarur (sahna qavatlararo qoplamasi maydoni chegarasida joylashgan sahnani yorituvchi xonalardan tashqari).
2.50. Sahna plansheti yuk koʻtaruvchi elementlari NG guruhidagi ashyolardan boʻlishi kerak. Ushbu elementlarga nastil sifatida yogʻoch ashyosi qoʻllanilsa, shuningdek panjarali dor va ishchi galereyalarning nastillaridagisi uchun ham, olovdan himoya tarkiblar bilan yogʻochga ishlov (shimdirish) berib, ular yonuvchanligi boʻyicha G1 va G2 guruhlari tarkibiga keltirilishi kerak.
2.51. Tomoshabinlar zali balkonlari, amfiteatr va parter tepasida kerakli nishabni yoki zinasimon polni hosil qiladigan yonmas yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarning ustiga quriladigan sinch NG guruhidagi ashyolardan boʻlishi shart.
Ustqurilishi tepa boʻshliqlari 100 m2 dan ortiq boʻlmagan maydonli boʻlaklarga diafragmalar bilan ajratilgan boʻlishi kerak; boʻshliq 1.2 m dan yuqori boʻlsa diafragmalarda kirib koʻrish uchun joylar nazarda tutilishi kerak.
2.52. Tomoshabinlar zali tepasidagi osma shiplar sinchlari va sinchlarni toʻldiruvchi ashyolar, sigʻdiraolishlik miqdori 800 oʻrindan koʻp sahnali klublar, teatr zallari, yopiq sport inshootlarining shipi va devorlari ust qoplamasining ushlovchi katak-katak oʻrnatiluvchi reykalari NG guruhidagi ashyolardan bajarilishi kerak; sigʻdiraolishlik miqdori 800 dan kam oʻrinli boʻlsa G1 guruhidagi ashyolar qoʻllanilishi mumkin.
Yoppasiga qilingan osma shiplardagi ovozkuchaytirgichlar, yoritgichlar va boshqa uskunalar uchun qoldirilgan teshiklar tepasi, olovbardoshlik darajasi EI 30 boʻlgan, yonmas qopqoqlar bilan himoyalanishi shart.
2.53. Tomoshabinlar zallarining tepasida xonalar joylashtirilsa, qavatlararo qoplamaning yuk koʻtaruvchi konstruksiyalari (ferma, toʻsin va boshqalar) olovbardoshlik chegarasi REI 60 dan kam boʻlmagan NG guruhidagi yonmaydigan ashyolardan boʻlgan nastil bilan tepa va ostki qismlari himoyalanishi shart.
Tomoshabinlar zalining tepa qoplamasi gabaritida joylashgan sahnani yoritib turuvchi xonalar yongʻinga qarshi 1-tipli REI 45 boʻlgan peregorodkali boʻlishi kerak.
2.54. Tomoshabinlar zallarida yumshoq oʻrindiqlar, stullar, skameykalar yoki ulardan tarkib topgan boʻgʻinlarning (12 oʻringa moʻljallangan balkon va lojalardan tashqari) polga mahkamlanishi uchun moslamasi nazarda tutilishi zarur. Tomoshabinlar uchun arena-zal polida koʻchuvchan oʻrindiqlar surilmasligi, agʻanab ketmasligini oldini oladigan moslamalar nazarda tutilishi kerak.
2.55. Riproyeksion xonalaridan sahnaga yoki aryersahnasiga, agar kinoproyektor oʻrnatilgan boʻlsa kinoproyeksion, apparat va yorugʻlikproyeksion xonalaridan tomoshabin zallariga deraza va teshiklar olovbardoshlik chegarasi EI 15 dan kam boʻlmagan shtor yoki qopqoqlar bilan himoyalangan boʻlishi shart.
Dinamik proyeksiya uchun jihozlangan yorugʻlikproyeksion xonasi deraza va teshiklari toblangan oyna bilan himoyalangan boʻlishi kerak.
Choʻgʻlanma lampali kinoproyektorlar bilan jihozlangan kinoproyeksion xonalarini, devorlari, peregorodkalari, qavatlararo qoplamalari va tepa qoplamalari qiyinyonuvchan ashyoli NG va G1 guruhidagi olovbardoshlik chegarasi REI 45 dan kam boʻlmagan, olovbardoshligi IV darajali binolar old qurilmalarida joylashtirilishiga ruxsat etiladi.
2.56. Tomoshabinlar zali bilan chuqurlikdagi kolosnikali sahna orasiga 1-tipli REI 150 boʻlgan yongʻinga qarshi devor (yoki maxsus yongʻinga qarshi qurilma) nazarda tutilishi kerak.
2.57. Sigʻdiraolishlik miqdori 800 oʻrin va undan koʻp boʻlgan zallarda sahnaning qurilish portali eshik oʻrni olovbardoshlik chegarasi EI 60 (1 soat) dan kam boʻlmagan yongʻinga qarshi darparda bilan himoyalangan boʻlishi shart.
Darparda issiqlik himoyasi yonmaydigan zaharli moddalar chiqarmaydigan ashyolardan boʻlishi kerak. Yongʻinga qarshi darpardalar qurilmasiga qoʻyilgan talablar 12-majburiy ilovada keltirilgan.
2.58. Yongʻinga qarshi devorlarda tryum va sahna plansheti sathida boʻlgan eshik oʻrinlar, hamda tryum va sahnaga kolosnika zinapoyalaridan chiqadigan joylar (yongʻinga qarshi darparda boʻlgani holda) 1-tipli tambur — shlyuzlar bilan himoyalanishi zarur.
2.59. Omborxonalar va omborchalar, ustaxonalar va stanok va hajmli dekoratsiyalarni yigʻuvchi xonalar, yongʻinga qarshi darpardalarning lebedkasi va tutun lyuklari xonalari, chang haydovchi kameralar, shamollatish kameralari, akkumulyator xonalari, transformator podstansiyalari 1-tipli REI 45 boʻlgan yongʻinga qarshi peregorodkali, 3-tipli REI 45 boʻlgan oraliq qoplamali, olovbardoshlik chegarasi EI 30 boʻlgan eshikli boʻlishi shart.
Koʻrsatilib oʻtilgan xonalarni tomoshabinlar zali va sahna plansheti tag qismlariga joylashtirishga ruxsat etilmaydi, faqat oʻralgan dekoratsiyalar seyflari, yongʻinga qarshi darpardalar lebyodkasi va tutun lyuklari, yogʻ toʻldirilmagan koʻtarib-tushirgich qurilmalari bundan mustasno.
Seyfning eshik oʻrni olovbardoshlik chegarasi EI 60 dan kam boʻlmagan shitlar bilan himoyalanishi kerak.
Sahna tomonidan va karmonlardan dekoratsiya omborxonalarining eshik oʻrinlarida 1-tipli EI 60V boʻlgan yongʻinga qarshi eshiklar (yoki darvozalar), kolesnika zinapoyalaridan esa 2-tipli EI 30 boʻlgan eshiklar koʻzda tutilishi shart.
2.60. Orkestr chuqurligidagi toʻsuvchi konstruksiyalar yongʻinga qarshi boʻlishi kerak (peregorodkalar — 2-tipli EI 15, oraliq tepa qoplamasi — 3-tipli REI 4).
Orkestr chuqurligida otdelka va pol nastili uchun qoʻllaniladigan yogʻochga olovdan himoya tarkiblar bilan, 2.50 bandi talablarini hisobga olgan holda, ishlov berilishi kerak
2.61. Tutun lyukli sahnalar tepa qoplamasini oʻrnatishda 12-majburiy ilovada keltirilgan talablarni hisobga olish zarur.
Tutun lyuklari ustiga qurilmalar NG guruhidagi yonmas, klapanlari esa G1 guruhidagi qiyin yonuvchan ashyolardan boʻlishi kerak. Ust qurilmalari tutun lyuklarini shamoldan saqlab turishni taʼminlashlari kerak.
2.62. Yongʻin post-dispetcherligi xonasini tabiiy yorugʻlik tushadigan qilib loyihalash kerak va sahna plansheti (estrada) sathida, yoki bir qavat pastda tashqariga chiqish yaqinida yoki tashqariga chiqaradigan zinapoya yaqinida joylashtirish kerak.
Yongʻin va xoʻjalik nasosi xonasini, avtomatik yongʻinoʻchirgich stansiyasini yonma-yon yoki yongʻin post-dispetcherligi xonasi ostiga joylashtirib, ular orasida qulay aloqani va tashqariga chiqishni taʼminlash kerak.
2.63. Teatr va klub asosiy binolarida ustaxona va boshqa ishlab-chiqarish xonalarini, hamda rezerv omborxonalarni joylashtirilishida ularni boshqa xonalardan olovbardoshlik chegarasi REI 150 boʻlgan yongʻinga qarshi devorlar bilan ajratish shart.
2.64. Kutubxona va arxiv binolarini olovbardoshlik darajasi II dan kam boʻlmagan 5 qavatdan oshmagan holda loyihalash kerak.
Kutubxonalarning kitoblar saqlanadigan va arxivlarning hujjatlar saqlanadigan xonalarini 600 m2 maydondan oshirmay yongʻinga qarshi peregorodkalari EI 45 boʻlgan holda qismlarga boʻlib, har bir qismdan ikkitadan kam boʻlmagan evakuatsiya chiqishlari qoldirilishi kerak; chiqish eshiklari 2-tipli EI 30 boʻlgan yongʻinga qarshi boʻlishi kerak.
Nodir va noyob nashrlar saqlanadigan xonalar boshqa xonalardan olovbardoshlik chegarasi REI 150 boʻlgan yongʻinga qarshi devor va oraliq tepa qoplamalari bilan ajratilishi shart.
2.65. Kutubxonalar, arxivlar, omborxonalar va 36 m2 dan oshiq maydonli omborchalarda derazalar boʻlmasa xona pol maydonining 0.2 % idan kam boʻlmagan maydonli soʻrib chiqaruvchi, har bir qavatda avtomat va masofadagi uzatmali klapanlari bor kanallar koʻzda tutilishi zarur. Tutun chiqarib tashlovchi klapanlardan eng uzoq xona nuqtasigacha masofa 20 m dan oshmasligi kerak. Soʻrib chiqaruvchi kanallar KMK 2.04.05 talablariga mos boʻlishi shart.
2.66. Loyiha tashkilotlarining maket yasash ustaxonalari toʻsuvchi konstruksiyalari olovbardoshlik chegarasi EI 60 dan kam boʻlmagan yonmas ashyolardan boʻlishi kerak.
Boʻyash xonalari derazalari har bir 1 m3 xona hajmiga 0,03 m2 dan kam boʻlmagan maydonli boʻlishi lozim.
2.67. Boshqa vazifaga moʻljallangan binolarda joylashgan, savdo maydoni 100 m2 dan koʻp doʻkonlarni boshqa tashkilot va xonalardan yongʻinga qarshi 2-tipli REI 45 boʻlgan devorlar va 2-tipli REI 60 boʻlgan tepa oraqoplamalar bilan ajratish kerak.
Doʻkonlarni boshqa vazifali binolarda joylashtirilganda, koʻp funksiyali binolarda savdo zaliga umumiy dahlizdan kiraverish eshik oʻrinlarida oʻzi yopilib qoladigan eshiklar koʻzda tutilishiga ruxsat etiladi, bunda alohida evakuatsiya chiqish joylari joylashtirilgan boʻlishi kerak (umumiy dahlizdan chiqish joyini hisobga olmagan holda).
2.68. Tabiiy shamollanuvchi va yorugʻlik tushuvchi boʻlmagan savdo zallari tutun chiqargich qurilmalari bilan taʼminlangan boʻlishi shart.
2.69. Tez yonuvchan ashyolar, hamda yonuvchan suyuqliklar (yogʻlar, boʻyoqlar, eritgichlar va shunga oʻxshashlar) bilan savdo qiluvchi doʻkonlar bir qavatlik alohida joylashgan binolarga joylashtirilishi kerak. Bu binolarda boshqa doʻkonlarni va maishiy xizmat tashkilotlarini, alohida kirish joylari tashkil etilishi va yongʻinga qarshi 1-tipli REI 15 boʻlgan devor va 1-tipli REI 150 tepa oraliqqoplamalari boʻlishi sharti bilan, joylashtirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
2.70. Doʻkonlarning savdo zallari yordamchi xonalardan yongʻinga qarshi peregorodkalar bilan ajratilishi, peregorodkalarning joylashuv oʻrni savdo zalini kelajakda katalashtirilishi hisobga olingan holda aniqlanishi darkor. Savdo zalini omborcha xonalaridan yongʻinga qarshi peregorodka bilan ajratmaslikka, agarda u yerda yonmas, upakovka qilinmagan tovarlar saqlansa, ruxsat etiladi.
2.71. Yonuvchan tovar va yonuvchan upkovkali tovarlar omborchalari, qoida boʻyicha, binoning tashqi devoriga tutash qilib, ularni 250 m2 va oshiq maydonli savdo zallaridan yongʻinga qarshi 1-tipli EI 45 peregorodkalar bilan ajratgan holda joylashtiriladi.
Omborcha xonalar 700 m2 maydondan oshmagan qismlarga ajratilishi zarur, qismlar orasida toʻrsimon yoki shipga yetkazilmagan EI 15 li peregorodkalar bilan ajratilishi mumkin; bu holda tutun chiqargich butun hamma qismga koʻzda tutiladi. Qismlararo peregorodkalar 1-tipli EI 45, yongʻin xavfi konstruksiya klassi KO boʻlishi kerak.
Maydoni 50 m2 dan koʻp boʻlgan omborchalar xonasidan tutun chiqargich deraza yoki maxsus shaxtalar orqali amalga oshirilishi nazarda tutiladi.
Maydoni 50 m2 dan kam boʻlgan, yoʻlakka chiqish joyi bor, omborchalar xonasidan tutun chiqargich yoʻlakda joylashgan deraza orqali amalga oshirishga ruxsat etiladi. Yuk tushuruvchi xonalarga tutash, eshik yoki derazasi bilan bogʻlangan, omborcha xonalaridan tutun chiqargich koʻzda tutilishi talab etilmaydi.
2.72. Yongʻin va portlash xavfi bor ashyolar, hamda rentgen plyonkalari va boshqa tez yonuvchan ashyolar (suyuqliklar) saqlanishi uchun olovbardoshlik darajasi II dan kam boʻlmagan alohida binolar koʻzda tutilishi shart.
Tez yonuvchan ashyolar va yonuvchan suyuqliklar saqlanadigan tovarlar omborchalari derazasi bor tashqi devorlarga tutash va boshqa xonalardan 1-tipli olovbardoshlik chegarasi EI 45 boʻlgan yongʻinga qarshi peregorodkalar va 3-tipli REI 45 boʻlgan tepa oraqoplamalari bilan ajratilgan, u yerga kirish tambur-shlyuz orqali boʻlishi nazarda tutilgan boʻlishi kerak.
2.73. Yonuvchan ashyolarni saqlash uchun foydalaniladigan ikki va undan koʻp qavatli yertoʻla boʻlimlarining har bir seksiya yoki qismlarida, hamda 50 m2 dan koʻp maydonli alohida xonalarida old xandaqli deraza yoki oʻzaro qavatlarda bogʻlanmagan tutun chiqargich shaxtalar (shaxta oʻlchamlari hisob boʻyicha) oʻrnatilishi zarur.
Tutun chiqargich shaxtalarini yoki har xil qavatlarning old xandagi konstruksiyalarini blokirovka qilib oʻrnatilsa, yondosh shaxtalarning peregorodkalari EI 60 (1 soat) dan kam boʻlmagan olovbardoshlik chegarali boʻlishi shart.
2.74. Sokol va yertoʻla qavatlarda joylashtirilgan madaniy-maishiy yoʻnalishga moʻljallangan barcha xonalar (jumladan ovqatlanish va savdo, madaniy dam olish va jismoniy tarbiya — mashq qilish bilan shugʻullanuvchi korxonalar xonalari va boshqalar) old xandaqli derazalari (ushbu normalarning 2.24 bandiga asosan) va mustaqil blokdan tashqariga chiquvchi joylari boʻlishi shart.
2.75. Savdo markazlari yoki boshqa yoʻnalishga moʻljallangan jamoat binolari tarkibida joylashtirilgan maydoni 200 m2 dan koʻp maishiy xizmat koʻrsatuvchi korxonalarni boshqa xonalardan 2-tipli REI 45 yongʻinga qarshi devorlar va 2-tipli REI 60 tepa oraqoplamalar bilan ajratish shart.
Maishiy xizmat korxonalarining boshqa muassasalar bilan birlashmasi boʻlgan holatlarda umumiy dahliz yoki mijozlar uchun kutish joyi hududchalari koʻzda tutilishiga ruxsat etiladi, bunda asosiy xonalarga kirish eshiklari oʻzi yopiluvchan boʻlishi shart.
Tez yonuvchan moddalar qoʻllovchi maishiy xizmat korxonalarini (sartaroshxona, goʻzallik uylari, maydoni 300 m2 gacha boʻlgan soat tuzatish ustaxonalari, maydoni 60 m2 gacha boʻlgan kir yuvish va kimyoviy tozalash qabulxonalari punktlari, maydoni 200 m2 gacha boʻlgan poyafzal tuzatish va rasm olish ustaxonalari bulardan mustasno) boshqa yoʻnalishga moʻljallangan jamoat binolarida joylashtirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Eslatma: Taʼmirlash ustaxonalarini, kir yuvish va kimyoviy tozalash binolarini loyihalashda qoʻshimcha, ishlab chiqarish binolariga qoʻyiladigan normativ talablar hisobga olinishi kerak.
2.76. Aholidan ikkilamchi xomashyoni qabul qilib oluvchi punktlarni alohida binolarda (pavilonlarda) yoki maishiy xizmat korxonalari binolari old qurilma-bloklarda (taʼmirlash ustaxonalari, kimyoviy tozalash, kir yuvish binolari) joylashtirilishi darkor.
2.77. Hammom va sigʻdiraolishlik miqdori 20 oʻrindan oshiq hammomli sogʻlomlantirish majmualari binolarining olovbardoshligi III darajadan kam boʻlmasligi shart.
Yertoʻlalarda, 2.33 bandda koʻrsatilgan binolarda, statsionarlarning (kasalxonalarning) palata korpuslarida, tomoshabinlar uchun tribunalar ostki qismida, hamda 100 odamdan koʻp joylashgan xonalarning ostiga yoki ularga tutash qilib saunalar joylashtirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Quriq issiqlik (saunalar) beradigan hammomlarning bino ichiga kiritilib qurilgan xonalari olovbardoshlik darajasi I va II boʻlgan jismoniy tarbiya -sogʻlomlantirish va sport yoʻnalishlariga moʻljallangan, mehmonxonalar, maishiy xizmat korxonalarining birinchi va sokol qavatlarida joylashtirilishi mumkin.
Bino ichiga kiritilib quriladigan saunalarni joylashtirishda quyidagi talablar bajarilishi zarur:
bugʻxona hajmi 8 m3 kam, 24 m3 koʻp boʻlmasligi;
sauna xonalari majmuasi I tipli EI 45 boʻlgan yongʻinga qarshi peregorodkalar va 3-tipli REI 45 boʻlgan tepa oraqoplamalari bilan ajratilishi;
sauna xonalari majmuasi xonalaridan alohida tashqariga evakuatsiya chiqish joyi boʻlishi;
8 soat tinimsiz ishlatilganidan soʻng oʻchirilgach toʻliq soviydigan va avtomat himoyali zavodda ishlab chiqarilgan pechka jihozi boʻlishi;
pechka-elektrtosh boshqaruv pultini bugʻxona oldidagi quruq xonaga joylashtirilishi, kabel tarmogʻi himoyasi issiqqa chidamli va bugʻxona ruxsat etilgan maksimal issiqligiga hisoblangan (110 °C dan oshmagan) boʻlishi;
elektrtosh jihozidan bugʻxona devori qoplamasigacha 20 sm kam boʻlmasligi, elektrtosh jihozi tepasi ship ostiga yonmas issiqlik himoyasi shiti oʻrnatilishi, shit bilan ship obshivkasi orasi masofasi 5 sm dan kam boʻlmasligi;
bugʻxona poli bilan eshigi osti qismida 30 mm dan kam boʻlmagan oraliq boʻlishi;
bugʻxonani perimetri boʻyicha ichki suvquvuriga ulangan, bugʻxonaga kiraverishda boshqariladigan “perforirovan”li quruqquvur drencherli qurilmasi bilan jihozlashtirilishi;
bugʻxonani ignabargli tilogʻoch daraxti toifasidagi yogʻoch bilan qoplanishi, serelim daraxtlarining yogʻochini qoʻllashga yoʻl qoʻymaslik;
bugʻxonani, yechinish, dam olish, massaj xonalari bilan birga tutun xabarini beruvchi jihoz bilan taʼminlashlari shart.
2.78. Bolalar maktabgacha muassasalarida, bolalar uylarida, bolalar sanatoriyalarida, internat-maktablarda (maktablar qoshidagi internatlarda) ijtimoiy muassasalarning va davolovchi statsionarlarning turar-joy korpuslarida, mehmonxonalarda arxivlarning saqlaydigan xonasi, kutubxonalarning kitob saqlaydigan xonalari, yonuvchan ashyolar saqlaydigan omborchalari, yonuvchan ashyolar qoʻllaydigan ustaxonalari, elektrshit xonalari, shamollatish kameralari, boshqa yongʻin xavfi bor texnik xonalari eshiklarining olovbardoshlik darajasi EI 30 dan kam boʻlmasligi shart.
2.79. Turar-joy (yotoqxona) va oʻquv xonalari, madaniy-maʼrifat va davolov-sogʻlomlashtirishga moʻljallangan xonalari tagi va ustiga yuqori yongʻin yuki bor xonalarni joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi; yonuvchan ashyolarni saqlash uchun yoki qayta ishlash uchun ustaxonalar, omborcha xonalarini tomoshabinlar va aktivlar zallari ostiga, bolalar muassasalari va maktablar, internat-maktablarning yotoq korpuslari va maktablar qoshidagi internatlar, nogironlar va qariyalar uchun ijtimoiy markazlar, davolov muassasalari statsionarlari, sanatoriyalarning yotoq korpuslari va dam olish muassasalari binolarining yertoʻla va sokol qavatlariga joylashtirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
2.80. Bir vaqtning oʻzida 50 dan ortiq kishiga moʻljallangan xonalarning ostki qismida V kategoriyali ishlab chiqarish xonalari va omborxonalar joylashtirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, shu jumladan omborchalar, ustaxonalar, laboratoriyalar (oʻquv laboratoriyalaridan tashqari), yogʻ toʻldirilgan jihozli transformator podstansiyalari va boshqalar.
2.81. Avtomatik yongʻin oʻchirgich qurilmalari nazarda tutilgan olovbardoshlik darajasi I-II boʻlgan jamoat binolarida 9 qavat balandligigacha (tepasigacha) boʻlgan ichki yopiq hovli-atrium qurilishiga, ichki ochiq zinapoyalarga qoʻyiladigan talablarga monand (ushbu normalarning 2.101 bandiga asosan), ruxsat etiladi.
Tutun chiqargich fonarlarining ochiq kesimi maydoni hisob boʻyicha aniqlanadi.
Loyihada yuqori yoritgichlar fonarlari seksiyalarining avtomat va masofadan ochilishi koʻzda tutilishi kerak. Fonarlar seksiyalarining ochilishini masofadan boshqarish yongʻin posti yoki birinchi qavatda joylashgan bino boʻyicha navbatchining xonalaridan amalga oshirilishi darkor.
Dahliz yoki atrium tepa qoplamasi oynali boʻlsa sinib tushishidan himoya nazarda tutilishi darkor.
2.82. Keng korpusli, yopiq atriumli va maydoni 600 m2 gacha ichki ochiq yorugʻlik aeratsiyali hovlisi bor binolarda kompozitsion-rejaviy yechimlar qoʻllanilganda yongʻin oʻchirguvchi mashinalarning oʻt oʻchirishi uchun bino tashqi har bir tomonidagi mashina yoʻlaklaridan bino har qaysi xonasiga kira olish sharoitini taʼminlash kerak, bunda binoning fasad qismiga yongʻin oʻchirguvchi mashinaga ulash uchun chiqarilgan patrubkali yongʻinga qarshi suvquvuri koʻzda tutilishi kerak. Bino devorlarining bir yoʻnalishi boʻyicha mashina kirish yoʻlaklari orasidagi masofa 60 m dan oshmasligi shart.
Binolarning ichki hovlisiga, jumladan maydoni 600 m2 dan oshiq atriumlarga yongʻin oʻchirguvchi mashina kirishi uchun yoʻlaklar koʻzda tutilishi kerak.
2.83. Balandligi 4 qavat va undan ortiq binolarda eshiklarga, framugalarga (eshiklarda, peregorodkalarda va devorlarda, zinapoya katagi devorlarini hisobga olgan holda) va peregorodkalarga shaffof yorugʻlik oʻtkazuvchi qismlar sifatida, olovbardoshlik chegarasi YEI 15 dan kam boʻlmaslikni taʼminlovchi, toblangan yoki armaturali oyna va oynabloklar qoʻllanilishi kerak. Balandligi 4 qavatdan kam boʻlmagan binolarda shaffof yorugʻlik oʻtkazuvchi qismlar turi chegaralanmaydi.
Balandligi 4 qavatdan ortiq binolarda zinapoya katagi eshiklari, umumiy yoʻlakka olib boruvchi lift xollari va tambur-shlyuz eshiklari shaffof qismlarsiz yoki armaturali oyna qismlaridan iborat boʻlishi kerak.
2.84. G1-G4 guruhidagi ashyolardan boʻlgan ikki tomonga suriladigan peregorodkalarning ikki yuzasi, olovbardoshlik chegarasi EI 30 ni taʼminlaydigan yonmas NG guruhidagi ashyolari bilan himoyalanishi shart.
2.85. Jamoat binolari va inshoatlarining interyeri otdelkasida polimer ashyolardan qoʻllash uchun, foydalanishda yongʻin xavfsizligini hisobga olgan holda, OʻzR davlat sanitar nazorati ruxsatini olish shart.
2.86. Bolalar maktabgacha muassasalarining musiqa va jismoniy tarbiya bilan shugʻullanish zallarining va evakuatsiya yoʻlaklarining devor va shiplari NG guruhidagi yonmas ashyolardan boʻlishi kerak; boshqa xonalarda pardozlash G1 guruhidagi yonuvchan ashyolardan boʻlishi mumkin.
2.87. Oʻrindiqlari soni 1500 tagacha boʻlgan yopiq sport zallarining, faollar zallarining, tomoshabinlar zallarining, konfrens-zallarning, sigʻdraolishlik miqdori 50 va undan ortiq auditoriyalarning, hamda olovbardoshlik darajasi I va II boʻlgan chakana savdo korxonalarining binolari xonalaridagi devor va shiplarining otdelkasi NG va G1 guruhidagi ashyolardan koʻzda tutilishi shart.
Oʻrindiqlar soni 1500 dan koʻp zallarda, kutubxona va arxivlarning saqlash, arxivlarda xizmat kataloglari va roʻyxat xonalarida pardoz NG guruhidagi yonmas ashyolardan boʻlishi kerak.
Musiqa teatri zallarida (sigʻdraolishlik miqdoridan qatʼiy nazar) devor va shiplarning bezaki yonmas yoki qiyin yonuvchan NG va G1 guruhlaridagi ashyolardan boʻlishi shart.
2.88. Yortoʻlada yoki sokol qavatlarda, hamda tribuna osti qismlarga joylashtirilgan oʻq otar galereyalar va tirlarning oʻq yongʻinli zonalari devor va shiplarining obshivkasi uchun NG va G1 guruhidagi ashyolar qoʻllanishi kerak.
2.89. Yoʻlaklar, foyelar, dahlizlar, zinapoya katagi va boshqa evakuatsiya yoʻllarining shipi, devorlari va poli otdelkasi SHNQ 2.01.02 boʻyicha parametrlarga (koʻrsatkichlarga) mos boʻlishi kerak. Yengil alanga olib koʻp miqdorda tutaydigan va yonganda xavfli zaharli moddalar chiqaradigan pol qoplamalari qoʻllanishiga yoʻl qoʻyilmaydi. OʻzR Sogʻliqni saqlash vazirligi va yongʻin xavfsizligi organlari tomonidan ruxsat etilgan ashyolar va qoplamalar qoʻllanilishi shart.
Sigʻimi 800 oʻringacha boʻlgan tomosha zallarida pollarga gilamli qoplamalarni shunday ashyolardan qoʻllash kerakki, ularning tavsifi boʻyicha SHNQ 2.01.02 asosan yongʻin xavfliligi: G2 (asta yonuvchan), V2 (asta oʻt oluvchan), RP2 (kuchsiz atrofga tarqaluvchan), D2 (asta tutovchan qobiliyati bor) va T2 (asta-sekin yonishda xavfli zaharli moddalar chiqaruvchan) guruhlaridagilardan yuqori boʻlmasin. Bunda gilamli qoplamalarning osti yonmas NG guruhidagi ashyolardan boʻlishi shart.
Evakuatsiya yoʻllari
2.90. Evakuatsiya yoʻllari — gorizontal va tik joylashgan (ichki yoʻlaklar, galereyalar, zinapoyalar), tashqariga chiqish joylari, jumladan avariya paytida chiqiladigan, SHNQ 2.01.02 va ushbu normalar talablariga javob berishi shart. Evakuatsiya yoʻllari liftlarni va eskalatorlarni, hamda SHNQ 2.01.02. sanab oʻtilgan hududchalarni oʻz ichiga olmaydi.
Evakuatsiya yoʻllari QMQ 2.01.05 ga asosan yoritiladigan va asosiy elektr taʼminoti oʻchirilganda 1 soatdan kam boʻlmagan vaqtda yorugʻlik chiqarib yoʻnalish koʻrsatuvchi jihozlar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
2.91. Binoga kirish oldi joyi, qoida boʻyicha, atmosfera yomgʻirgarchiliklaridan himoyalangan, kirish maydonchasi gorizontal, sirpanib ketish holati boʻlmaydigan, suv tushish panjarasi kichik katakli (katak oʻlchamlari 1.5 smdan oshmagan), panjara sathi maydoncha poli sathi bilan bir xil darajada boʻlishi kerak.
Bino qanotining tashqi zinapoyalariga (yoki ularning qismlariga) balandligi 0.8-0.9 m yon qoʻl ushlagich toʻsiqlari oʻrnatilishi kerak (toʻsiqlar turi aniq sharoitdan kelib chiqqan holda qabul qilinadi). Nogironlarning kreslo-aravachasi bilan kirishlari uchun SHNQ 2.07.02 asosan qoʻl ushlagich toʻsiqlari bilan panduslar koʻzda tutilishi shart.
Bino qanoti ochiq zinapoyalari kengligi 2.5 m dan oshiq boʻlsa qoʻshimcha ajratuvchi qoʻl ushlagichlar oʻrnatilishi darkor.
Binoga asosiy kirish joyi eshigi oldidagi maydoncha va asosiy kirish joyi tamburi, qoida boʻyicha, 2,2x1,8 m dan kam boʻlmasligi kerak; binodan chiqish evakuatsiya joyi maydonchasi 1,6x1,6 m dan kam boʻlmasligi darkor (SHNK 2.07.02 ga asosan nogironlarning kirishlari uchun talablarni hisobga olgan holda).
2.92. Zinapoya katagida joylashtiriladigan ichki zinapoyalar qurilmasi (1 tip) va ochiq (2 tip) SHNQ 2.01.02 talablariga javob berishi kerak (jumladan evakuatsiya yoʻlaklaridagi zinapoyalarning qiyaligi, chiqish kengligi va pogʻonalari balandligi, boshqalari). Zinapoya marshida har xil balandlik va kenglikdagi pogʻonalarni qoʻllash mumkin emas.
Qiyshiq chiziqli asosiy zinapoyalar qoʻllanilishiga ruxsat etiladi, ammo burilishdagi pogʻonalarning tor qismi chiqish kengligining eng kam miqdori 22 sm dan kam boʻlmasligi shart.
Evakuatsiya yoʻlaklarida chiqib qolgan joylar va zina 3 ta pogʻonadan kam oʻrnatiladigan (yoki 0.45 m dan) balandliklarning boʻlishiga ruxsat etilmaydi. Balandliklarning kam boʻlgan holatlarida pandus koʻzda tutilishi kerak (2.94 bandiga asosan).
Zinapoya gorizontal maydonchalari orasidagi bitta marshda 3 tadan kam boʻlmagan va 16 tadan oshmagan pogʻonalarda koʻtarilish koʻzda tutilishiga ruxsat etiladi (qiyshiq chiziqli zinapoyalar bundan mustasno). Bittagina marshli yoki 3 marshli zinapoyaning 1-qavat sathidagi bitta marshida 18 dan koʻp boʻlmagan pogʻonalarda koʻtarilish koʻzda tutilishi mumkin.
2.93. Zinapoyalarning marshlari va maydonchalarining balandligi 0.8-0.9 m (maktabgacha bolalar muassasalarining binolarida 0.5 m, maktab binolarida 0.6-0.7 m) boʻlgan toʻsiq va qoʻl ushlagichlari boʻlishi kerak.
Maktabgacha bolalar muassasalari, maktablar va birinchi sinflar joylashgan internat-maktab oʻquv koʻrpuslarida zinapoyalarning qoʻl ushlagich va toʻsiqlari quyidagi talablarga javob berishi kerak:
bolalar foydalanadigan zinapoyalar toʻsiqlarining balandligi 1.2 m dan kam boʻlmasligi, aqliy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar uchun muassasalarda toʻsiqlar 1.8 m yoki butunlay yopiq 1.5 m boʻlishi kerak.
zinapoyalar toʻsigʻining tik elementlari oraliq boʻshligʻi 0.1 m dan katta boʻlmasli kerak (gorizontal oraliq boʻshliqlarga boʻlishga yoʻl qoʻyilmaydi).
Ochiq va yopiq sport inshoatlarining tribunalarida zinapoya, oʻtish yoʻlaklari va lyuklarining hisobiy kengligi 2.5 m dan koʻp boʻlsa 0.9 m balandlikdan kam boʻlmagan ajratib turuvchi qoʻl ushlagichlar koʻzda tutilishi kerak. Lyuk va zinapoyalarning hisobiy kengligi 2.5 m gacha boʻlsa ajratib turuvchi qoʻlushlagichlar talab etilmaydi.
2.94. Yer usti qavatlarida zinapoyalar marshining qiyaligi 1:2 dan oshmasligi zarur (sport inshoatlarining tribuna zinapoyalari bundan mustasno).
Insonlarning evakuatsiyasiga moʻljallanmagan yortoʻla va sokol qavatlariga olib tushuvchi, tom boʻgʻotiga olib chiquvchi, hamda yer usti qavatlaridagi zinapoyalar marshining qiyaligini 1:1.5 qilib olishga ruxsat etiladi.
SHNQ 2.07.02 boʻyicha nogironlarning kreslo-aravachada yurish yoʻlaklariga qoʻyiladigan talablardan kelib chiqib bino, inshoat ichidagi va tashqarisidagi odamlar harakati yoʻlaklarida koʻza tutiladigan panduslarning qiyaligi, qoida boʻyicha, 1:12 dan 1:10 oraliqlarida boʻlishi shart.
Eslatma: Alohida hollarda talab etilgan qiyalikni taʼminlash mumkin boʻlmay qolsa panduslarning qiyaligini bino ichida 1:6, tashqarisida 1:8 qilib olishga yoʻl qoʻyiladi.
2.95. Ichki yoʻlakdan zinapoya katagiga evakuatsiyada chiqish joyi kengligi, hamda zinapoya marshlarining kengligi ushbu joylarning har 1 m chiqish kengligidan (eshikning) evakuatsiya qilinayotgan odamlarning chiqish soni hisobi va olovbardoshlik darajasi boʻyicha oʻrnatiladi (Klassi F 2.1 boʻlgan tomoshabinlar zallari bor va tomoshabinlar uchun oʻrindiqlari bor sport zallarining binolari bundan mustasno):
I, II olovbardoshlik darajasi
—
165 kishi/daqiqa dan oshmagan.;
III -''-
—
115 -''- dan oshmagan;
IV -''-
—
80 -''- dan oshmagan.
2.96. Zinapoya marshi kengligi eng koʻp odami bor qavatdan zinapoyaga chiqish joyi kengligidan kam boʻlmasligi va quyidagi miqdorlardan kam boʻlmasligi shart:
1,35 m — F1 klassidagi binolarda, odamlar eng koʻp boʻladigan qavatda ularning soni 100 nafardan oshmaydigan binolarda, hamda sigʻdiraolishlik miqdoridan qatʼiy nazar, klub, kinoteatr, davolash va oʻquv muassasalarining binolarida;
1,2 m — boshqa binolarda, hamda klub, kinoteatr, davolash muassasalari binolarining bloklaridagi keluvchilarga (jumladan tomoshabinlar va kasallarga) moʻljallanmagan xonalarga olib boruvchi zinapoyalari uchun;
0,9 m — bir vaqtda keluvchilar soni 5 nafardan oshmagan xonalarga olib boruvchi zinapoyalar uchun (bir kishili xonalarga olib boruvchi zinapoyalar uchun 0.7 m boʻlishi mumkin).
Kasalxonalar (statsionarlar), oliy taʼlim muassasalarining oʻquv korpuslarida (maʼruza auditoriyalari, laboratoriyalarda) zinapoyalar marshining kengligi, qoida boʻyicha, 1.5 m dan kam boʻlmasligi shart.
Zinapoya maydonchasi kengligi marshi kengligidan kam boʻlmasligi, oraliq maydonchasining marsh yoʻnalishidagi kengligi 1 m dan kam boʻlmasligi darkor.
Eslatma: Jamoat binolari va inshoatlarining asosiy zinapoyalari kengligi funksional va meʼmoriy-kompozitsion masalalarni hisobga olgan holda oʻrnatiladi.
2.97. Ochiq va yopiq sport inshoatlarining tribunalari zinapoyalari qiyaligi 1:1.6 dan oshmasligi, 0.9 m balandlikda qoʻl ushlagich (yoki boshqa oʻxshash qurilma) oʻrnatilgan boʻlsa 1:1.4 qiyalik ruxsat etiladi.
Sport inshoatlarining evakuatsiya yoʻlaklarida lyuklarda zinapoya va koʻtarilish pogʻonalari boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
2.98. Odamlarni evakuatsiya qilishga moʻljallangan zinapoya katagida, jumladan yer ustki, sokol va yertoʻla qavatlarida, yertoʻla yoki sokol qavatlaridan alohida tashqariga, bir qavat balandligida I-tipli EI 45 boʻlgan yopiq yongʻinga qarshi peregorodka bilan ajratilgan, chiqish joylari koʻzda tutilishi shart.
Yertoʻla yoki sokol qavati bilan birinchi qavat aloqasi uchun moʻljallangan, birinchi qavatning yoʻlagiga, xolliga yoki dahliziga olib chiqadigan, alohida zinapoyalar odamlarni yertoʻla yoki sokol qavatidan evakuatsiya qilishni hisoblashda eʼtiborga olinmaydi.
Agarda zinapoya yertoʻla yoki sokol qavatidan birinchi qavat dahliziga olib chiqsa, binoning barcha yer ustki zinapoyalaridan, ushbu dahlizga chiqishdan tashqari, tashqariga toʻgʻridan toʻgʻri chiqadigan joyi boʻlishi shart.
2.99. Evakuatsiya yoʻllarida vintsimon zinapoyalar, yugirib chiqadigan pogʻonalar, hamda qirqimsimon zinapoya maydonchalari qoʻllanilishi mumkin emas. Evakuatsiya yoʻllarida ochiq zinapoyalar, jumladan qiyshiq chiziqli zinapoyalar qoʻllanilsa SHNK 2.01.02 talablariga mos boʻlishi kerak (davolash va ambulatoriya-poliklinika yoʻnalishiga moʻljallangan binolardagidan tashqari).
2.100. Zinapoya kataklari, qoida boʻyicha, tashqi devorlardan tabiiy yorugʻlik tushib turadiganli boʻlishi kerak (yertoʻla va tomosha koʻrsatadigan binolardagi kolosnikali zinapoyalar bundan mustasno), sunʼiy yoritish QMQ 2.01.05 ga asosan koʻzda tutiladi.
L1 va L2 zinapoya kataklarining yorugʻlik darchasi maydoni 2.143 bandi talablariga mos boʻlishi kerak.
Tepa zenitdan yorugʻ tushuvchi zinapoya kataklari — L2 ni olovbardoshlik darajasi I va II boʻlgan 2 qavatli binolarning umumiy zinapoya kataklari sonining 50% idan oshmaydigan, 3 qavatli binolarda zinapoya marshlari oraligʻining boʻshligʻi 1.5 m dan kam boʻlmagan hollarda qoʻllanilishi mumkin. Bu holda, yongʻin boʻlganda fonarlar avtomat ochilib ketishligi koʻzda tutilishi shart.
Vokzal binolarida, evakuatsiya uchun moʻljallangan, 50% va undan ortiq zinapoya kataklari tashqi devorlar derazasidan tushuvchi yorugʻlikli boʻlishi kerak.
N1, N2 va N3 “yongʻin tutunidan holi” zinapoya kataklari SHNQ 2.01.02 va ushbu loyihalash normalarining 2.139-2.140 bandlari talablarini hisobga olgan holda qoʻllaniladi.
Eslatma: SHNK 2.01.02 ga asosan F2, F3 va F4 klassli binolarda zinapoyalarning 50% igacha tabiiy yorugʻlik tushmaydigan, yongʻin paytida havo beriladigan N2 yoki N3 tipli zinapoya kataklari qoʻllanilishi mumkin.
2.101. Olovbardoshlik darajasi I va II boʻlgan 9 qavatligacha binolarning ichki bitta zinapoyasi binoning hamma balandligi boʻyicha ochiq boʻlishi mumkin, sharti shuki u joylashgan xona ichki yoʻlaklardan va boshqa xonalardan yongʻinga qarshi EI 45 tipli peregorodkalar bilan ajratilgan boʻlishi kerak.
Binoning hammasida avtomat yongʻin oʻchirgich qurilmalari oʻrnatilsa ochiq zinapoya xonalari ichki yoʻlaklardan va boshqa xonalardan ajratilmasligi mumkin.
Davolash muassasalarining statsionarlarida ochiq zinapoyalar odamlarning yongʻin paytida evakuatsiya qilish hisob-kitobida nazarga olinmaydi.
Olovbardoshlik darajasi I — III boʻlgan binolarda dahlizdan ikkinchi qavatgacha ichki zinapoya ochiq boʻlishi mumkin, agarda dahliz ichki yoʻlaklardan va boshqa xonalardan yongʻinga qarshi EI 45 boʻlgan oddiy eshikli peregorodkalar bilan va REI 45 boʻlgan yongʻinga qarshi tepa oraliqqoplamalari bilan ajratilgan boʻlsa.
Olovbardoshlik darajasi I va II boʻlgan chakana savdo va umumovqatlanish korxonalarining binolarida birinchi qavatdan ikkinchi qavatgacha yoki sokol qavatidan birinchi qavatgacha zinapoyalar ochiq boʻlishi mumkin, dahliz boʻlmagan hollarda ham. Bunda chakana savdo korxonalarining ushbu zinapoyalari (yoki panduslari) savdo zaliga keluvchilarning 50% uchun evakuatsiya yoʻllari hisob-kitobida nazarda tutilishi mumkin, qolgan keluvchilar uchun ikkitadan kam boʻlmagan yopiq zinapoyalar katagi nazarda tutilishi shart.
Ochiq zinapoyaning (yoki pandusning) uzunligi polning eng uzoq nuqtasidan evakuatsiya chiqish joyigacha boʻlgan masofaga kiritiladi, lekin uning maydoni asosiy evakuatsiya oʻtish yoʻlaklarining maydoniga qoʻshilmaydi.
Teatrlarning tomoshabinlar xonalari kompleksida ikkitadan koʻp boʻlmagan zinapoyalar ochiq boʻlishi mumkin, biroq qolgan (ikkitadan kam boʻlmagan) zinapoyalar yopiq zinapoya katakli boʻlishi shart.
Ochiq zinapoyalar, evakuatsiyaga moʻljallangan, dahliz poli sathidan keyingi qavat poli sathigacha hisobga olinadi. Keyingi qavatlarda tomoshabinlar xonalari kompleksidan yopiq zinapoyalar katagiga xolis evakuatsiya oʻtish yoʻllari koʻzda tutilishi zarur.
Jamoat binolarining xonalaridan, oʻrnatilgan yoʻnalishidan qatʼiy nazar, (tomoshabinlar va oʻquv zallaridan, auditoriyalardan, oʻquv, savdo xonalaridan va boshqalardan, yonuvchan ashyolar omborchalari va ustaxonalardan tashqari) chiqish joylarining bittasi toʻgʻridan toʻgʻri dahlizga, ochiq zinapoyaga tutash qavatlardagi xollga yoki foyega boʻlishi mumkin.
Sokol yoki yertoʻla qavatlarida foye, kiyim-kechak almashtirish xonasi, chekish xonasi va hojatxonalar joylashtirilsa sokol yoki yertoʻla qavatlaridan birinchi qavatga ochiq zinapoyalar koʻzda tutilishi mumkin.
2.102. Klub binolarida evakuatsiya uchun moʻljallangan zinapoya kataklaridan toʻgʻridan toʻgʻri yoki dahliz orqali tashqariga chiqish joylari nazarda tutilishi kerak. Bunda dahliz orqali evakuatsiya qilinishga bittadan ortiq boʻlmagan, tashqariga toʻgʻridan toʻgʻri chiqish joyi yoʻq zinapoya katagidan ruxsat etiladi.
2.103. Teatr binolarida tomoshabinlar xonalarining majmuasida ikkitadan kam boʻlmagan zinapoya va ikkita — sahnaning xizmat xonalarining majmuasida tabiiy yoritishli, boʻgʻotga yoki tom tepasiga chiqadigan joyi bor, yopiq zinapoya kataklari, hamda ikkita kolosnikova zinapoyalari koʻzda tutilishi zarur.
2.104. Bir yoki tutash xonalarda (peregorodka bilan ajratilmagan boʻlsa) pollarning sathi m dan ortiq farq qilsa tepa qism perimetri boʻyicha odamlarning yiqilib tushish ehtimolini oldini oladigan toʻsiq nazarda tutilishi shart (balandligi 0.8 m kam boʻlmagan yoki boshqa qurilma); koʻrsatilgan talab tomoshabinlar zaliga qaragan sahna plansheti tomoniga tatbiq etilmaydi.
2.105. Evakuatsiya yoʻli kengligi hisob-kitobini qilishda maktablar, internat-maktablar va internatlarning binolari qavatiga bir vaqtda keladigan odamlarning eng koʻp soni ushbu qavatda xonalarning (oʻquv xonalari, zal xonalari, mehnatga oʻqituvchi ustaxonalar, boshqa xonalar) umumiy sigʻimidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
2.106. Ichki yoʻlaklar (rekreatsiya uchun yoʻlaklardan tashqari) kengligi, qoida boʻyicha, 1.8 m dan kam boʻlmasligi shart (SHNQ 2.07.02 talablarini hisobga olgan holda). Oʻquv xonalari oldi rekreatsiya yoʻlaklari, kutish joylari bor yoʻlaklar, tez tib yordami qabul qilish boʻlimlari yoʻlaklari kengligi 2.4 m dan kam boʻlmasligi kerak. Oʻquv binolarida rekreatsiya yoʻlaklarining ikki tomonida oʻquv xonalari joylashgan boʻlsa yoʻlak kengligi, qoida boʻyicha, 2.6 m dan kam boʻlmasligi (maktablarda 2.8 m) shart; oʻquv xonalari bir tomonlama joylashganda rekreatsiya yoʻlagi kengligi 2.2 m.
Eslatma: 1. Xizmat xonalari (keluvchilari yoʻq) bloklarida yoʻlak uzunligi 30 m gacha boʻlsa yoʻlak kengligi 1.6 m olinishiga ruxsat etiladi.
Xususiy byuro va ofislarda yoʻlak uzunligi 10 m gacha boʻlsa yoʻlak kengligi 1.2 m olinishi mumkin.
2. Davolov muassasalarining ichki yoʻlaklari kengligi 3.44 — bandda berilgan.
2.107. Xonalardan chiqish eshiklari kengligi 0.9 m dan kam boʻlmasligi kerak. Oʻquv xonalarining eshigi tashqariga — ichki yoʻlakka ochilishi shart.
Oʻzgartirilib turiladigan peregorodkalar bilan qismlarga boʻlinadigan xonalarning loyihalanishida evakuatsiya chiqish joylarini har bir qismda nazarda tutish kerak.
2.108. Har xil hajmli tomoshabinlar oʻrindiqlarisiz zallarning har qaysi nuqtasidan eng yaqin evakuatsiya chiqish joyigacha eng uzoq masofa 7-jadval boʻyicha aniqlanadi. Asosiy evakuatsiya oʻtish yoʻllarini umumiy oʻtish yoʻllari bilan qoʻshilgan holatlarda uning kengligi qoʻshilayotgan oʻtish yoʻllarining yigʻindisidan kam boʻlmasligi shart.
7-jadval
Zallarning moʻljallangan yoʻnalishi
Binoning olovbardoshlik darajasi
Masofa, m da, zallar hajmi, ming m3 hisobida, zaruriy vaqt qiymatlari, daqiqada
5 gacha
5 dan yuqori 10 gacha
10 dan yuqori
1
2
3
4
5
1. Keluvchilar uchun kutish zallari, kassa old xonalari, koʻrgazma zallari, raqs zallari, dam olish zallari va boshqalar
I,II
III, IV
30/2,0
20/1,5
45/3,0
30/2,0
55/3,5
-
2. Har bir asosiy oʻtish yoʻli maydoni undan har bir evakuatsiya qilinayotgan kishiga 0,2 m2 hisobidan kam boʻlmagan ovqatlanish, oʻquv zallari
I,II
III, IV
65/2,0
45/1,5
-
-
-
-
3. Savdo zallari asosiy evakuatsiya oʻtish yoʻli zal maydonining % ini tashkil qilganda:
25 dan kam boʻlmagan
I, II
III, IV
50/1,5
35/1,0
65/2,0
45/1,5
80/2,5
-
25 dan kam
I, II
III, IV
25/1,5
15/1,0
30/2,0
20/1,5
35/2,5
-
2.109. Evakuatsiya yoʻllari boʻyicha jamoat binolarining eng uzoqda joylashgan xonalarining (hojatxona, yuz-qoʻl yuvish xonasi, chekish xonasi, dushxona va boshqa odamlar doimo boʻlmaydigan xizmat koʻrsatuvchi xonalar bundan mustasno) eshiklaridan, bolalar maktabgacha muassasalarida — guruh yacheykasidan chiqish joyidan tashqariga chiqish yoki zinapoya katagiga kirish joyigacha masofalar 8-jadvalda koʻrsatilganlardan katta boʻlmasligi shart.
Boshi berk yoʻlakka yoki xollga chiqadigan xonalarning sigʻdiraolishlik miqdori 80 kishidan oshmasligi kerak.
Olovbardoshlik darajasi I — III boʻlgan maktab va oʻrta maxsus bilim yurtlarining boshi berk yoʻlakka yoki xollga chiqadigan xonalarining sigʻdiraolishlik miqdorini 125 kishigacha qabul qilinishi mumkin. Bu holda eng uzoqda joylashgan xonalarning eshigidan zinapoya katagiga kirish joyigacha boʻlgan masofa 100 m dan oshmasligi zarur.
8-jadval
Binoning olovbardoshlik darajasi
Masofa, m da, evakuatsiya paytida odamlar oqimining zichligi*, kishi hisobida chel/m2
2 gacha
2 dan koʻp 3 gacha
3 dan koʻp 4 gacha
4 dan koʻp 5 gacha
5 dan koʻp
1
2
3
4
5
6
I — III
IV
A. Zinapoya kataklari yoki tashqariga chiqish joylari oraligʻlaridagi
60
50
40
35
20
40
35
30
25
15
I — III
IV
B. Boshi berk yoʻlakka yoki xollga chiqadigan xonalardan
30
25
20
15
10
20
15
15
10
7
* Xonadan evakuatsiya qilinuvchilar sonini evakuatsiya yoʻlidagi ichki yoʻlak maydoniga nisbati.
Eslatma: masofa quyidagi binolar uchun qabul qilinishi kerak: bolalar maktabgacha muassasalarini 6 — ustun boʻyicha; maktab va oʻrta-maxsus bilim yurtlarini 3-ustun; mehmonxonalarni 4 — ustun; davolash muassasalarining statsionarlarini 5 — ustun; boshqa jamoat binolarining yoʻlagida odamlar oqimi zichligi loyiha boʻyicha aniqlanadi.
2.110. Oʻrindiqsiz tomoshabinlar zallaridan evakuatsiya chiqish joylari (eshiklari) kengligi evakuatsiya qilinuvchilarning 1 daqiqada chiqish joyidan oʻtish soni boʻyicha 9-jadvalga mos, lekin 50 kishidan ortiq sigʻdiraolishlik miqdori boʻlgan zallarda 1.2 m dan kam boʻlmasligi zarur.
9-jadval
Zallarning moʻljallangan yoʻnalishi
Binoning olovbardoshlik darajasi
Zallarda, hajmi ming m3 hisobida, 1 m kenglikdagi evakuatsiya chiqish joyi (eshigi) dan oʻtuvchi odamlarning soni, vaqtning zaruriy miqdorida, daqiqa,.
5 gacha
5 dan koʻp 10 gacha
10 dan koʻp
1. Savdo zallari — asosiy evakuatsiya oʻtish yoʻllari maydoni zal maydonining — 25% i va undan koʻp, ovqatlanish va oʻquv zallari — har bir asosiy oʻtish joyida 5 kishi/m2 oqim zichligida
I,II
III, IV
165/1,5
115/1,0
220/2,0
155/1,5
275/2,5
-
2. Savdo zallari — asosiy evakuatsiya oʻtish yoʻllari maydoni zal maydonining — 25% dan kam, boʻlak zallar
I,II
III, IV
75/1,5
50/1,0
100/2,0
70/1,5
125/2,5
-
Eslatma: Ovqatlanish va oʻquv zallari sigʻdiraolishlik miqdori zallardagi oʻrindiqlar soni boʻyicha, savdo zallarida esa 1 nafar keluvchi-xaridorga hisobiy maydon hisobga olinib ushbu normalarning 2.112 bandiga mos aniqlanadi.
2.111. Savdo zalida asosiy evakuatsiya oʻtish joyi kengligi quyidagilardan kam boʻlmagan: 1.6 m — savdo maydoni 150 m2 gacha; 2.0 m — 150 dan 400 m2 gacha va 2.5 m — 400 m2 dan koʻp savdo maydoni — miqdorlarda boʻlishi kerak.
Eslatma: Asosiy evakuatsiya oʻtish joylari maydoniga turniketlar oraligʻi oʻtish joylari, kontrolyor-kassir kabinalari oraligʻi oʻtish joylari va savdo zalining orqa tomonidagi oʻtish joylari maydoni qoʻshilmaydi.
2.112. Savdo-maishiy korxonalari binolarida evakuatsiya yoʻllarining hisob-kitobida, bir vaqtning oʻzida savdo zallarida va xonalarida boʻladigan xaridorlar uchun, xaridorlar (keluvchilar) soni bir nafar keluvchiga zal maydonining hisob — kitobidan qabul qilinadi:
3,0 m2 shahar doʻkonlari uchun, hamda maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari xaridorlarining asosiy zallari (jihozlar bilan band qilingan maydonlarni qoʻshgan holda);
2,0 m2 — qishloq joylardagi doʻkonlar uchun;
1,8 — 2,0 m2 — bozor savdosi yopiq savdo zallari uchun.
Kafelarning ovqatlanish zallari, oshxona zallari, restoran zallari, banket va boshqa dasturxon yoziladigan tadbirlar oʻtkazuvchi zallarning sigʻdiraolishlik miqdorlari zallardagi oʻrindiqlar soni bilan qabul qilinadi.
2.113. Chakana savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining binolarida evakuatsiya chiqish joylarining hisob-kitobida xizmat zinapoyalari va zal bilan bogʻlangan toʻgʻridan toʻgʻri yoki toʻgʻri oʻtish yoʻli (ichki yoʻlak) lari bor binodan chiqish joylari hisobga olinishlariga yoʻl qoʻyiladi, faqat sharti shuki savdo zalining eng uzoq nuqtasidan yaqin xizmat zinapoyasigacha yoki binodan chiqish joyigacha masofa 7-jadvalda koʻrsatilgan miqdorlardan oshib ketmasligi shart.
Evakuatsiya chiqish joylarini yuk tushuruvchi xonalar orqali joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi (savdo zali 100 m2 gacha boʻlgan bir qavatli doʻkonlar bundan mustasno).
Savdo zali 100 m2 gacha boʻlgan doʻkonlar, 50 oʻrindan kam boʻlgan ovqatlanish va maydoni 150 m2 dan kam boʻlgan maishiy xizmat korxonalarida xaridorlar va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar uchun bitta umumiy kirish-chiqish joyi joylashtirilishiga ruxsat etiladi.
2.114. Ochiq sport inshoatlarining tribunalaridan evakuatsiya yoʻllarining 1 m kengligidagi odamlar soni 10-jadval boʻyicha qabul qilinadi.
Olovbardoshlik darajasi I, II boʻlgan tribunalardagi bitta evakuatsiya eshik ochiq joyiga yoki lyukiga toʻgʻri keladigan evakuatsiya qilinuvchilarning umumiy soni 1500 nafardan oshmasligi darkor, olovbardoshlik darajasi III boʻlgan tribunalardagilarniki 30% ga kam, olovbardoshlik darajasi IV boʻlganlarida esa 50% ga kam boʻlishi shart.
10-jadval
Olovbardoshlik darajasi
Evakuatsiya yoʻllari 1 m kengligidagi odamlar soni
Tribunalarning oʻtish yoʻlidagi zinapoyalar, boruvchi
Tribunalarning oʻtish yoʻllaridagi lyuklar orqali, boruvchi
pastga
tepaga
pastga
tepaga
I, II
III, IV
600
420
825
580
620
435
1230
860
2.115. Olovbardoshlik darajasi I va II boʻlgan tomoshabinlar zallari va tomoshabinlar uchun tribunasi bor sport zallaridan evakuatsiya qilish vaqti 11-jadval koʻrsatkichlariga mos kelishi shart; olovbardoshlik darajasi III va IV boʻlgan binolar uchun koʻrsatkichlar 30% ga kamaytirilishi zarur.
Zalli xonalardan evakuatsiya chiqish joylari zal pol sathidan xonaning yarmi yoki undan koʻp balandligida joylashgan boʻlsa evakuatsiya uchun zaruriy vaqt 11-jadvaldagi koʻrsatkichlardan ikki baravar kam olinishi kerak.
11-jadval
Zal koʻrinishlari
Zaldan evakuatsiyada chiqib ketish zaruriy vaqti, daqiqa, hajmi* ming m3 hisobida
Binodan butunlay chiqish
5 gacha
10
20
25
40
60
Kolosnikalisiz sahna zallari
2
3
3,5
3,5
4
4,5
6
Kolosnikali sahna zallari
1,5
2
2,5
2,5
-
-
6
* Zal hajmi ichki toʻsuvchi konstruksiyalar boʻyicha aniqlanadi (tribunalari bor zallarda — tribuna hajmini hisobga olmagan holda); hajmning oraliq miqdorlarida zaruriy evakuatsiya vaqti interpolyatsiya boʻyicha aniqlanadi.
Zalning hajmi (W) 60 ming m3 dan yuqori boʻlsa uning ichidan zaruriy evakuatsiya vaqti quyidagi formula bilan aniqlanadi:
ammo 6 daqiqadan koʻp boʻlmasligi shart.
Formula bilan hisoblangan zaruriy evakuatsiya vaqtini evakuatsiya chiqish joylari xona balandligining yarmida joylashganida 35 % ga va zalning balandligining 0.8 qismida joylashganda 65% ga kamaytirish kerak. Zaruriy evakuatsiya vaqti oraliq yoki kichik miqdorlarda boʻlganda interpolyatsiya boʻyicha, a katta miqdorlarida ekstrapolyatsiya boʻyicha qabul qilinadi.
Hajmi 60 ming m3 dan oshiq zalli binolardan zaruriy evakuatsiya chiqish vaqti 10 daqiqadan oshmasligi shart.
Sahnadan (estradadan) insonlarning zaruriy evakuatsiya vaqti 1.5 daqiqadan oshmasligi, evakuatsiya qilinadiganlarning soni 2 m2 sahna plansheti maydonidan 1 kishi hisobi boʻyicha qabul qilinishi darkor.
Tutun kirishiga yoʻl qoʻyilmaydigan kalosnikali sahnalar zinapoya kataklaridan evakuatsiya vaqtini tomoshabinlarning bino ichidan evakuatsiya qilinishi vaqtining hisob-kitobiga qabul qilish kerak emas.
2.116. Yopiq sport inshoatlarida zal xonalari har bir chiqish joyidan (lyuk, eshik) evakuatsiya qilinuvchi tomoshabinlarning soni 600 kishidan oshmasligi kerak.
Sport arenasi parteri joylashtirilayotganda va faqat ikkita chiqish joyi bor boʻlsa ular orasidagi masofa zal uzunligining yarmidan kam boʻlmasligi shart.
2.117. Evakuatsiya yoʻllari kengligi quyidagi miqdorlardan kam boʻlmasin, m:
1,0 — yopiq va ochiq sport inshoatlarining tribunalaridagi gorizontal oʻtish yoʻllari, panduslari va zinapoyalari;
1,35 — yopiq sport inshoatlarining tribunalaridagi evakuatsiya qilish lyuklari;
1,5 — ochiq sport inshoatlarining tribunalaridagi evakuatsiya qilish lyuklari.
2.118. Tomoshabinlar zallariga tutashgan kuluarlarning kengligi (tomoshabinlar uchun yoʻlak) 2.4 m dan kam qabul qilinmasligi kerak.
Tomoshabinlar zallarida eshik oʻrni oʻtish joylari kengligi 1.2 m dan kam boʻlmasligi shart. Lojaga chiqadigan eshik oʻrni joylari kengligi 0.8 m dan kam boʻlmasligi zarur.
Tomoshabinlar zalidan va sport inshoatlarining evakuatsiya yoʻllarida (jumladan lyuklarda) chiqish eshiklari oʻzi pritvoriga zichlanib yopilib qoladigan boʻlishi darkor.
2.119. Tomoshabinlar kreslolari (oʻrindigʻi yoki stuli) shunday oʻrnatilishi kerakki, qatorlar oraligʻida 0.45 m dan kam boʻlmagan yoʻlakcha hosil boʻlsin. Qatorlar suyanchiqlari orasidagi masofa 0.9 m dan kam boʻlmasligi shart.
Chiqish bir tomonlama boʻlgan qatorlarda oʻrnatiladigan oʻrindiqlar soni 26 tadan koʻp boʻlmasligi, chiqish ikki tomonlama boʻlmasa 50 tadan oshmasligi kerak.
2.120. Bir vaqtning oʻzida 50 kishidan ortiq odamlarga moʻljallanmagan xonalarda (tomoshabinlar zalining amfiteatr va balkonlarini hisobga olgan holda), oʻtish yoʻllari boʻyicha eng uzoq oʻrindiqdan evakuatsiya chiqish (eshigi) joyigacha masofa 25 m dan oshmasa, ikkinchi evakuatsiya chiqish (eshigini) joyini koʻzda tutish shart emas.
Balkondagi tomoshabinlarni evakuatsiya qilish tomosha yoki sport zallari orqali amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
2.121. Yertoʻla yoki sokol qavatlarining dahlizidan alohida joylashtirilgan kiyim-kechak almashtirish xonalarining yechinish xonalaridan evakuatsiya chiqish joylarining kengliklari yigʻindisini toʻsiq oldida yigʻilib qoluvchi kishilar sonidan kelib chiqqan holda aniqlash kerak (ular soni taxminan kiyim-kechak almashtirish xonasining sigʻdiraolishlik miqdorining 30% i — ilgaklar soni boʻyicha). Kiyim-kechak almashtirish xonasining toʻsigʻi oldidagi xona kengligi 3 m dan kam boʻlmasligi shart.
2.122. Sahnadan (estradan), ishchi galereya va kolosnika pol toʻshagidan, orkestrlarning chuqurligi va yigʻib qoʻyilgan dekoratsiyalarning seyfidan evakuatsiya chiqish joylari ikkitadan kam boʻlmasligi shart.
2.123. Kinoteatrlar va klublarning tomoshabinlar zallaridan tomoshabinlarni evakuatsiya qilish yoʻllari bir vaqtda 50 kishidan ortiq odamlarga moʻljallangan xonalar orqali boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Foyesiz mavsumiy kinoteatrlar loyihalanishida ikkinchi evakuatsiya chiqish joyi sifatida tomosha zaliga kirish joyi olinishi mumkin.
2.124. Estradali, sigʻdiraolishlik miqdori 500 kishidan ortiq tomosha zallarida, sigʻdiraolishlik miqdoridan qatʼiy nazar, kinoteatrlarda estradadan ikkinchi evakuatsiya chiqish joyi sifatida zal orqali oʻtgan oʻtish yoʻlagi olinishi mumkin.
2.125. Apparat va yorugʻlik proyeksiyasi xonalaridan tomoshalar majmuasi xonalariga chiqish olovbardoshlik darajasi EI 30 dan kam boʻlmagan yonmas, eshigi oʻzi yopilib qoladigan, tamburlar orqali yoki ichki yoʻlaklar orqali amalga oshirilishi shart.
2.126. Vokzal binolarida joylashtiriladigan mehmonxonalarning mustaqil evakuatsiya yoʻllari boʻlishi kerak.
Toʻgʻridan toʻgʻri tashqariga, ochiq estakadaga yoki platformaga chiqish joylari bor qoʻshilgan yoʻlovchilar zaliga chiquvchi vokzal binolaridagi zinapoya kataklarining 50% idan chiqish, hamda ichki yoʻlaklar evakuatsiya yoʻlaklariga kiritiladi.
2.127. Ichki yoʻlaklar uzunligi 60 m dan koʻp boʻlgan hollarda oʻzi yopiluvchan eshikli peregorodkalar bilan orasi va yoʻlak oxiridan 60 m dan oshib ketmagan masofalarda ajratilishi zarur.
Davolash muassasalarining palata korpuslarida ichki yoʻlaklarni olovbardoshlik darajasi 2-tipli EI 45 boʻlgan yongʻinga qarshi peregorodkalar bilan 42 m dan oshib ketmagan masofalarda ajratish kerak.
2.128. Sport-tomosha va tomosha zallarining balkonlari va tepa qavati sathlari oldi qatori roʻparasiga oʻrnatiladigan toʻsiqlar balandligi 0.8 m dan kam boʻlmasligi shart; toʻsiqda pastga predmetlarni tushib ketmasligi uchun himoya tadbirlari koʻzda tutilishi kerak.
2.129. Sport inshoatlarining tribunalarida yondosh qatorlar pol sathlari 0.55 m dan koʻpga farq qilsa, qator oldidagi oʻtish yoʻlakchasi boʻylab koʻrishga xalaqit bermaydigan, balandligi 0.8 m dan kam boʻlmagan toʻsiq oʻrnatilishi kerak.
2.130. Sahna karobkasi ikkita 2-tipli P2 boʻlgan, sahna tom tepasigacha va ishchi galereya va kolosnikalar bilan bogʻlovchi yongʻin zinapoyalari bilan taʼminlanishi kerak. Ishchi galereyalardan va kolosnika pol usti qoplamalaridan, kolosnika zinapoya katagi boʻlmaganda, evakuatsiya qilish uchun tashqaridagi yongʻin zinapoyalari bilan taʼminlanishi mumkin.
2.131. Bolalar maktabgacha muassasalarining har bir guruhiy yacheykasidan ikkitadan kam boʻlmagan, qarama qarshi oraliqda joylashtirilgan chiqish joylari boʻlishi zarur. Bolalar uchun moʻljallangan xonalar boʻyicha boshqa yoʻnalishga moʻljallangan xonalardan evakuatsiya qilishda oʻtishga yoʻl qoʻyilmaydi. Evakuatsiya yoʻllarini tashkil qilish 2.109-bandiga va 8-jadval koʻrsatkichlariga mos boʻlishi kerak (evakuatsiya yoʻllari boʻyicha masofa).
Umumiy tipli muassasalarning yasli va sogʻlomlantirish guruhlari, qoida boʻyicha, har bir guruh yacheykasiga alohida kirish joyi bilan birinchi qavatga joylashtirilishi shart (katta yasli guruhlari uchun 2 ta guruhga kirish joyi ruxsat etiladi). Maktab yoshi yaqinlashib qolgan guruhlar uchun uchta-toʻrtta guruhlar yacheykasiga bitta umumiy kirish joyi nazarda tutilishiga ruxsat etiladi; toʻrtta guruhlar yacheykasi uchun bitta kirish joyi guruhlar yacheykasini biri yoki ikkitasi birinchi qavatda qolganlarini ikkinchi qavatga joylashtirilishiga ruxsat etiladi.
Guruhlar yacheykasidan ikkinchi evakuatsiya chiqish joylari toʻgʻridan toʻgʻri tashqariga yoki umumiy ichki yoʻlak orqali, hamda toʻgʻridan toʻgʻri tashqariga yoki zinapoya katagiga olib boruvchi ichki yoʻlakka chiqadigan chiqish joyi bor, qoʻshni xonalar orqali koʻzda tutilishi mumkin. Maktab yoshiga yaqinlashib qolgan 5 — 7 yoshli bolalar uchun ikkinchi qavatdan tashqi zinapoya orqali evakuatsiya chiqish joyi koʻzda tutilishiga yoʻl qoʻyiladi (jismoniy tarbiya va musiqa bilan shugʻullanuvchi guruhlar yoki universal zallardan).
Maxsuslashtirilgan muassasalarda maktab yoshigacha bolalar uchun guruhlar yacheykalari — koʻrish xastaligi, nafas olish aʼzolari xasta, aqliy rivojlanishi nuqsonli bolalar uchun birinchi qavatda koʻpi bilan ikki guruhga bitta kirish joyi va qoʻshimcha evakuatsiya chiqish joylari nazarda tutilishi kerak.
Eshitish va soʻzlash aʼzolarida nuqsoni bor bolalar uchun maktabgacha guruhlarni ikkinchi qavatga joylashtirish mumkin; bunda evakuatsiya chiqish joylarini umumiy tipli muassasalardagi kabi joylashtiriladi.
Guruhlar yacheykalariga kirish eshiklari pritvori zichlanib yopiluvchan boʻlishi kerak. Tashqaridan kirish tamburlari kengligi va boʻylama chuqurligi 1.6 m dan kam boʻlmasligi shart.
2.132. Bitta qoʻshilgan binoda maktabgacha muassasa, boshlangʻich (yoki kam komplektlashgan) maktab, hamda xodimlar uchun turar-joy xonalari bloki boʻlsa har biridan, maktabgacha muassasadan, maktabdan va turar-joy bloklaridan alohida tashqariga chiqish joyi koʻzda tutilishi shart. Maktabgacha boʻlim guruhlari xonalari orqali boshqa xonalardan evakuatsiya chiqish yoʻllarini nazarda tutilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
2.133. Yogʻochga ishlov beradigan maktab ustaxonalari va metall hamda yogʻochga ishlov beradigan qoʻshma ustaxonalardan qoʻshimcha tambur orqali yoki sinf, oʻquv kabineti va tajribaxonalardan chiqishi boʻlmagan ustaxonalarga yondosh ichki yoʻlaklardan chiqish joylari koʻzda tutilishi zarur.
2.134. Vaqtinchalik yashovchilar soni normalangan (jumladan bolalarning, ota-onalar bolalari bilan) jamoat binolarini loyihalashda turar-joy (yotoq) guruhlari yoki bloklari mustaqil evakuatsiya yoʻllari — alohida zinapoyalar va tashqariga chiqish joylari bilan taʼminlanishi zarur.
2.135. Bolalar maktabgacha muassasalari, maktablar va bolalar dam olish muassasalarida oynali eshiklar qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi. Dam olish muassasalari va sanatoriyalarda ota-onalarning bolalari bilan yashaydigan bloklarida oynali eshiklar armaturalangan va ularga balandligi 1.2 m li himoya panjarasi oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
2.136. Bolalar maktabgacha muassasalari binolarida qiyaligi 45° dan oshiq va boshqa jamoat binolarida qiyaligi 60° dan oshiq ochiq zinapoyalardan binoning ikkinchi qavatidan ikkinchi evakuatsiya chiqish joyi sifatida foydalanish mumkin (jismoniy va aqliy nuqsonlari bor bolalarning maktabgacha muassasalari, davolov muassasalarining statsionarlari bundan mustasno). Koʻrsatilgan tashqi zinapoyalar evakuatsiya qilinuvchilar soniga hisob-kitob qilinadi, kishiga (dan koʻpmas):
70 — olovbardoshlik darajasi I va II boʻlgan binolar,
50-
-''-
III
-''-
30-
-''-
IV
-''-
Evakuatsiya zinapoyalari kengligi 0.8 m dan kam, ularning pogʻonalari yaxlit sirti kengligi — 0.2 m dan kam boʻlmasliklari shart.
Tashqi ochiq zinapoyalarga yassi tom ustidan (jumladan foydalanilmaydigan) yoki tashqi ochiq galereyalardan oʻtish yoʻlaklarining yuk koʻtaruvchi konstruksiyalari olovbardoshlik chegarasi REI 30 dan kam boʻlmagan klassi RP 1 boʻlgan ashyolardan loyihalanishi zarur.
2.137. Evakuatsiya yoʻllarini ajratuvchi ichki devor va peregorodkalar (jumladan yorugʻlik oʻtkazuvchan ashyolardan qurilganlari) yongʻinga qarshi EI 45 tipli va NG guruhidagi yonmas ashyolardan bajarilishi shart.
2.138. Davolash-profilaktika va ijtimoiy muassasalarning statsionarlari binolarida, hamda zinalardan mustaqil harakatlana olmaydigan yotish holatida boʻlgan kasallari va kreslo-aravachali nogironlari bor sanatoriyalarda va odamlarni evakuatsiya qilish normativ vaqtini taʼminlash mumkin boʻlmagan joylarda qutqaruvchilar yordamida yuqoridagi mustaqil harakat qilolmaydigan odamlarni evakuatsiya qilinishi uchun yongʻindan xavfsiz zonalar koʻzda tutilishi shart. Yongʻindan xavfsiz zonalarning oʻlchamlari loyiha boʻyicha kasal odamlarning transport vositalari bilan (gʻildrakli kravat, kreslo-aravacha) va yordam beruvchi kishilarning birgalikda joylashuvlarida xavfsizlik taʼminlana olinadigan hisobiy sonlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi (hisob-kitob birligiga zaruriy maydonni hisobga olib, m2).
Yongʻindan xavfsiz zonalar boshqa xonalardan va yondosh ichki yoʻlaklardan, konstruksiya va ashyolari SHNQ 2.01.02 talablariga javob beradigan, yongʻinga qarshi toʻsiqlar bilan ajratilishi shart. Yongʻindan xavfsiz zonalarga kirish, oʻzi pritvorlariga zich yopilib qoluvchan yongʻinga qarshi eshiklar orqali boʻlishi kerak.
Yongʻindan xavfsiz zonalarga yongʻin tutuni kirmaydigan boʻlish kerak. Yongʻin paytida uning ichida keragidan ortiq bosim yuzaga keltirilishi shart (20 dan 40 Pa gacha). Yongʻindan xavfsiz zonalar tik kommunikatsiyalar yaqinida koʻzda tutilishi zarur. Yongʻindan xavfsiz zonalar tarkibiga yondosh lodjiya yoki balkon maydonchalari qoʻshilishi mumkin (kengligi 1.5 m dan kam boʻlmagan).
Yongʻindan xavfsiz zonalarga chiqishi bor lift shaxtalariga, QMQ 2.04.05 talablarini hisobga olgan holda, havo berish (podpor) tashkil qilinishi kerak.
Eslatma: Yongʻindan xavfsiz zonalar qurilmasi boʻyicha tadbirlar yongʻin xavfsizligi organlarining talablari boʻyicha koʻrsatiladi.
2.139. Balandligi 28 m dan yuqori boʻlgan binolarda zinapoya kataklari yongʻin tutuni kirmaydigan qilib loyihalanishi shart. Ikkita zinapoya katagidan biri yoki zinapoya kataklar koʻp boʻlgan holda ularning 50% i NI tipli qilinib, ularga kirish tashqi ochiq yongʻin tutini kiritilmaydigan oʻtish — ochiq balkon yoki oynalanmagan ochiq lodjiya tipli yoʻlagi orqali boʻlishi kerak. Qolgan zinapoyalar katagi yongʻin tutini kiritilmaydigan N2 va N3 tipli boʻlishi mumkin. Tutin kiritilmaydigan N1, N2 va N3 zinapoya kataklari, qoida boʻyicha, tabiiy yorugʻlik tushib turadigan boʻlishi shart (ochilmaydigan deraza yoki framuga oʻrinli).
N2 va N3 zinapoya kataklarining yongʻin tutuniga qarshi himoyasi QMQ 2.04.05 ga asosan taʼminlanadi.
Yongʻin tutini kiritilmaydigan zinapoya kataklariga kirish toʻgʻridan toʻgʻri qavatlararo lift xollidan loyihalanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Qavatlararo chiqish eshiklaridan yongʻin tutini kiritilmaydigan zinapoya kataklariga kirish joyigacha oʻqlar oraliq masofasi 2.5 m dan kam boʻlmasligi shart.
Ochiq havo zonalari orqali N1 tipli zinapoya katagiga oʻtish yoʻlagini yongʻin tutuni kiritilmaydigan qilib taʼminlash hajmiy-reja va konstruktiv yechimlar orqaliy amalga oshiriladi. Ochiq havo zonasiga chiqish va 1-tipli yongʻin tutini kiritilmaydigan zinapoya katagiga kirish joylaridagi ikkita burilish burchaklari yigʻindisi 180 gradusdan kam boʻlmasligi kerak.
N1 tipli yongʻin tutini kiritilmaydigan zinapoya kataklaridan 1-qavat xonalariga aloqasiz, yoki u xonalarga aloqasi tashqi ochiq havo zonalari orqali, toʻgʻridan toʻgʻri tashqariga chiqish joyi boʻlishi shart. Yongʻin tutini kiritilmaydigan zinapoya kataklarini binoning tashqi devorlari ichki burchagida joylashtirilishi mumkin emas.
N1, N2 va N3 tipli yongʻin tutuni kiritilmaydigan zinapoya kataklarining eshiklari oʻzi pritvorlariga zich yopilib qoluvchan, olovbardoshlik chegarasi EI 30 dan kam boʻlmasligi kerak. Tashqi havo zonasidan yongʻin tutuni kiritilmaydigan zinapoya katagiga kirish eshigi armaturalangan oynali boʻlishi mumkin.
2.140. N2 tipli zinapoya kataklarini (yongʻin paytida havo beriladigan), NG guruhidagi yonmas ashyolardan, REI 60 boʻlgan qavat balandligida yaxlit qurilmalar bilan qismlarga ajratish, tepa qismdan past qismga oʻtish, zinapoya katagi hajmida joylashmagan, yongʻin tutuni kiritilmaydigan havo zonalari orqali amalga oshirilishi kerak. Bunday zinapoya kataklarining yongʻin tutuniga qarshi himoyasi tashqaridan havoni tepa ajratilgan qismga berish orqali taʼminlanadi. Bitta ochib qoʻyilgan eshik holatida zinapoya katagining pastki ajratilgan qismida qoʻshimcha bosim 20 Pa dan kam boʻlmasligi, tepa ajratilgan qismida 150 Pa dan koʻp boʻlmasligi kerak.
Ventilyatorlar, shaxta kesimi va klapanlarning ish unumdorliklari hisob-kitob bilan aniqlanadi.
Tashqaridan havo beriladigan zinapoya kataklari devorlarining tashqi devorda deraza va eshik qoʻyilish joylari, hamda havo berishni taʼminlaydigan texnologik teshiklardan boshqa teshiklari boʻlmasligi shart.
N2 va N3 yongʻin tutuni kiritilmaydigan zinapoya kataklari toʻgʻridan toʻgʻri tashqariga chiqish joylari bilan va birinchi qavat bilan aloqasi yongʻin paytida ishlatiladigan havo berish qurilmasi bor tambur-shlyuz orqali nazarda tutilishi kerak. Tambur-shlyuz eshiklari oʻzi pritvorlariga zich yopilib qoluvchan va olovbardoshlik chegarasi EI 30 dan kam emas boʻlishi kerak.
2.141. Yongʻin tutuni kiritilmaydigan zinapoya katakli balandligi 28 m dan yuqori binolarda har bir qavatdagi ichki yoʻlak va qavatlararo xollardan, jumladan tabiiy yorugʻlik tushadiganlaridan ham, yongʻin tutunini chiqarib tashlash qurilmasi koʻzda tutilishi kerak. Ushbu ichki yoʻlaklarni 60 m dan koʻp boʻlmagan masofalarda 2-tipli EI 45 boʻlgan yongʻinga qarshi peregorodkalar bilan ajratish zarur. Bu peregorodkalardagi eshiklar pritvorlariga zich oʻzi yopilib qoluvchan boʻlishi kerak. Olovbardoshlik chegarasi EI 30 boʻlgan oynali eshiklar oʻrnatilishi mumkin. Foydalanishda ushbu eshiklar ochiq holda boʻlishi zarur boʻlsa yongʻin paytida ular yopilish va evakuatsiya qilinayotganlarning qoʻli bilan ochilish imkoniyatlari yaratadigan avtomat qurilmalar bilan taʼminlanishi shart.
Xonalarni yoritish, quyosh nurlaridan himoyalash, shamollatish, ularga quyosh nurlari tushirish
2.142*. Tabiiy va sunʼiy yoritish QMQ 2.01.05 ga asosan loyihalanishi kerak. Odamlar doimo boʻladigan xonalarni tabiiy yoritish va shamollatish ochiladigan tavaqasi va framugasi bor derazalar orqali amalga oshiriladi. Ichki rekreatsiya yoʻlaklarini va 50 kishi va undan ortiq evakuatsiya qilinuvchilarga moʻljallangan ichki yoʻlaklarni tavaqasi ochiladigan derazalardan tabiiy yoritish shart.
Energiya tejamkorligi maqsadida ichki yoʻlaklar, xollarni yoritish “ikkinchi yorugʻlik” — oynalangan peregorodkalar orqali amalga oshirilishi maqsadga muvofiq; bu holda ishchi kabinetlar, xonalarning koʻrinib turishligini oldini olish boʻyalgan oyna yoki taram — taram yuzali oyna qoplamalar orqali taʼminlanishi shart.
Tabiiy yoritishsiz yertoʻla qavatlarida joylashtirilgan xonalarga va quyidagilarga ruxsat etiladi:
maktabgacha muassasalarning bufetlari, xodimlar xonalari, ovqatlanish blokining oshxona idish-tovogʻini yuvish xonalariga;
sanitar koʻrigi oʻtkazish xonasi, hojatxonalar (maktablar, internat-maktablar oʻrta maxsus va oliy oʻquv yurtlari qavatlararo hojatxonalari bundan mustasno), kiyim-kechak almashtirish xonalari va dushlar, bugʻxonalar, jumladan hammom quruq issiqxonalari, massaj xonalari, quyosh vannasi protsedura xonalariga;
davolash muassasalarining xodimlari komnatalari, bufet va idish-tavoq yuvish, narkoz, operatsiya qilish oldi, seksion va seksion oldi, apparat, torozu, termostat xonalari, mikrobiologik bokslar, funksional va rentgenodiagnostika, terapiya va shunga oʻxshash boshqa xona va kabinetlarga (0231 sonli SanPiN va loyiha topshiriqlarini hisobga olgan holda).
Tabiiy yoritishi boʻlmagan xonalarni, asosiylariga bogʻliq boʻlmagan manbalardan, avariya holati uchun sunʼiy yoritish va zaruriy shamollatishni taʼminlash zarur (amaldagi normalar boʻyicha).
Xonalarning tepa sathlaridan, yuqorida sanab oʻtilgan xonalarda (tabiiy yoritish boʻlmasligi mumkin xonalar), hamda kiyim-kechak almashtirish xonalarida, kutish xonalarida, boks va izolyator qabulxonalarida, koʻrikdan keyin patsiyentlarning vaqtinchalik dam olish xonalarida tabiiy yoritishni tashkil etishga ruxsat etiladi.
2.143. Zinapoya kataklari 2.100 bandini hisobga olgan holda yoritilishga ega boʻlishi kerak. Har bir qavatning tashqi devorlarida L1 tipli zinapoya kataklari nur tushuvchi tirqishlarining (deraza) maydoni 1.2 m2 kam boʻlmasligi shart (tirqish balandligi 1.5 m dan kam boʻlmasligi kerak.) L2 tipli zinapoya kataklari tepa qavat qoplamasidan oynalangan yoki ochiq tirqishli joylar orqali tabiiy yorugʻlik olishi kerak (tirqish maydoni 4 m2 dan kam boʻlmasin); marshlar oraliq tirqishi balandligi 0.7 m dan kam boʻlmasligi darkor.
Yongʻin tutuni kiritilmaydigan zinapoya kataklarining derazalari ochilmaydigan boʻlishi kerak.
Eslatma: F2, F3 va F4 klassidagi binolar uchun yongʻin tutuni kiritilmaydigan, nur tushuvchi tirqishlari yoʻq, zinapoya kataklarini qoʻllash SHNQ 2.01.02 ga asoslangan holda yoʻl qoʻyiladi.
2.144. Bolalar maktabgacha muassasalarining guruhlari xonalarida, oʻquv bilim yurtlarining oʻquv kabinetlari va tajribaxonalarida, maʼmuriy yoʻnalishdagi ishchi xonalarda, kutubxona va arxivlar oʻquv zallarida, maishiy xizmat korxonalarining oʻquv ustaxonalarida chap tomondan tushib turuvchi tabiiy yorugʻlik tarqalishini koʻzda tutish lozim; buni iloji boʻlmagan hollarda qoʻshimcha tabiiy va sunʼiy yoritish nazarda tutilishi lozim.
2.145. Bolalar maktabgacha muassasalari, maktablar boshlangʻich sinflari guruh va oʻquv xonalarining derazalari, qoida boʻyicha, J, JSHq, Shq larga qaratilgan boʻlishi shart.
Oʻquv yurtlari binolarida derazalar qaratilishi tavsiya etilgan yoʻnalishlar: umumtaʼlim kabinetlari — J, JSHq, Shq; Chizmachilik, rasm, informatika kabinetlari — shimoliy yoʻnalishlarga, kutubxonalarning oʻquv zallari Sh, SHSHq, Shq, JSHq larga.
Davolov muassasalarining xonalari derazalarining nur tushish tomonlariga qaratilishi 12-jadval boʻyicha qabul qilinadi.
Gʻarbga va janubiy gʻarbga qarashiga yoʻl qoʻyilmaydi
Yasli va maktabgacha yoshdagi bolalar boʻlimi palatasi, bolalar boʻlimidagi oʻyinlar xonasi
J, JSHq, Shq
* Boʻlimdagi koʻykalar umumiy sonining 10% dan oshmaganda yoʻl qoʻyiladi.
Eslatma: Haddan ziyod quyosh nuri tushishidan himoya mahalliy sharoitdan kelib chiqqan holda, 2.147 bandni hisobga olib, nazarda tutilishi kerak.
2.146*. Bolalar maktabgacha muassasalarining guruhlari xonalarida, internat-maktablar yotoqlarida, umumtaʼlim maktablarining 50% oʻquv xonalarida (avvalom bor, boshlangʻich sinflar) 22-mart (22-sentabr), sanitar-gigiyenik normalarda koʻrsatilgan kuniga 3 soat uzluksiz quyosh nuri tushishi taʼminlanishi shart. Koʻrsatilgan xonalarga uzluksiz boʻlmagan holda quyosh tushishiga yoʻl qoʻyiladi, qachonki kun boʻyi tushadigan nur vaqti yigʻindisi normadan 0.5 soatga koʻp boʻlsa.
Yuqorida koʻrsatilmagan xonalarga quyosh nuri tushishi davomiyligi loyiha topshirigʻiga asosan belgilanadi.
2.147*. Quyosh radiatsiyasidan, ortiqcha quyosh nuri tushishidan va qoʻshni binolar yuzasidan aks etadigan yorugʻlik shulasidan himoya xonalarni optimal joylashtirish va yoʻnaltirish, old sahnlarni koʻkalamzorlashtirish, quyosh nuridan himoya vositalarini qoʻllash (SZU), jumladan himoya qatlamli deraza oynalarini qoʻllash orqali amalga oshiriladi; quyosh nuridan himoya tadbirlari mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Quyosh nuridan himoya qurilmalari QMQ 2.01.04-97* ga mos loyihalanishi shart. Quyosh nuridan himoya qurilmalari yilning issiq davrida quyosh radiatsiyasidan issiqlik tushishini kamaytirishni taʼminlashi va yilning sovuq davrida xona tomonidan quyosh energiyasini tutib qolishga qarshilik koʻrsatmasligi zarur. Bir va ikki qavatli binolarning quyosh nuridan himoyasini koʻkalamzorlashtirish vositalari orqali taʼminlashga yoʻl qoʻyiladi.
Balandligi 5 va undan koʻp qavatli binolarning quyosh nuridan himoyasi qurilmalari yonmas ashyolardan bajarilishi kerak, bunda quyosh nuridan koʻchmas himoya konstruksiyalari yongʻin oʻchiruvchilarni (asbob-uskunalari bilan) har qaysi qavatga kirishlariga va u yerdan insonlarni evakuatsiya qilishlariga toʻsiq boʻlib qolishi mumkin emas.
2.148*. Odamlar doimo boʻladigan xonalarning har bir derazasi tepa qismida, yaxlit oynalangan tomonlarida — pereplet tepa qatorining har bir 3-4 m ida ochiluvchan tavaqachasi yoki pastga osilib ochiladigan framugasi boʻlishi zarurligi xonalarga yilning sovuq va unga oʻtish davrlarida toza havo kirishiga asosdir. Butunlay ochilgan tavaqacha yoki framuganing kesimi ichki maydoni 0.15 — 0.2 m2 ni tashkil etishi kerak. Tavaqacha va framugalardan foydalanishda qulaylik taʼminlanishi va framugalarning oraliq holatlari uchun fiksatorlar oʻrnatilishi shart.
Odamlar doimo boʻladigan xonalarga deraza ochiq tavaqalaridan yelvizak, burchak boʻyicha va bir tomonlama shamollatish nazarda tutilishi kerak, texnologik talablarga asosan tashqaridan yoki qoʻshni xonalardan havo kirishiga yoʻl qoʻyilmaydi..
2.149. Havosi chang-toʻzonli va havoda yuqori chang miqdori boʻlgan tumanlarda xonalarni changdan himoya tadbirlari yorugʻlik nuri tushuvchi tirqishlarni optimal tomonga yoʻnaltirilgan holda va maxsus hajmiy-reja yechimlari, himoya ekranlari, jalyuzlar, boshqa qurilmalar, texnik vositalarni qoʻllash, jumladan havoni konditsiyalashtirish orqali amalga oshirilishi shart.
2.150*. Jamoat binolari xonalarida va ular oldi ochiq maydonlarida har xil koʻrinishdagi sunʼiy yoritish turlarini qoʻllash 20-ilovaga mos koʻzda tutilishi shart. Sunʼiy yoritish amaldagi normalarga mos, loyihalanishi zarur. Yoritish darajasini koʻrsatuvchi datchiklar nazarda tutilishi tavsiyalanadi, ularning koʻrsatkichlari boʻyicha sunʼiy yoritish yoqiladi va oʻchiriladi
Energiya sarfini kamaytirish maqsadida, qoida boʻyicha, bir necha darajadagi sunʼiy yoritish qoʻllanilishi zarur, jumladan “navbatchi rejim” darajasi. Yoritishning toʻliq quvvati zaruriyat boʻyicha ish joylarida qoʻllanilishi shart. Qoida boʻyicha, elektr energiyani choʻgʻlanma lampalardan kam yutadigan svetodiod yoki lyuminessent yoritgichlar nazarda tutilishi zarur.
Liftlar
2.151. Yoʻlovchi liftlarining pastki dahliz sathidan eng tepa qavat pol sathi orasidagi masofa (texnik qavat mustasno) 13.2 m va undan koʻp boʻlsa, yaʼni 4 qavatdan baland binolarda koʻzda tutiladi. Zaruriyat boʻyicha nogironlar kolyaska-aravachalarida 2 — va yuqori qavatlarga chiqishlari uchun, hamda oshirilgan va yuqori kamfortli talablarni taʼminlash uchun 2 qavatli va undan yuqori binolarda liftlar qoʻllanilishi mumkin.
Kasalxona liftlari 2 qavat va undan yuqori davolash-profilaktika yoʻnalishidagi binolarda, statsionarlarda, sanatoriya korpuslarida, ijtimoiy va reabilitatsiya binolarida koʻzda tutilishi shart.
Bino va inshoatlarda yoʻlovchi va kasallar uchun liftlar boʻlmasa kolyaska-aravachadagi nogironlar qavatlardagi zaruriy xonalarga chiqishlari uchun maxsus koʻtarib-tushiruvchi qurilmalar nazarda tutilishi darkor (OʻzR nogironlar jamiyati bilan kelishilgan holda).
Eslatma: Lift kabinasi oʻlchamlari SHNQ 2.07.02 talablariga mos boʻlishi kerak (nogironlarning kolyaska-aravachasi sigʻishi hisobga olingan holda).
2.152. Yoʻlovchi liftlarining soni hisoblab aniqlanadi, ammo, qoida boʻyicha, ikkitadan kam boʻlmasligi kerak. Binodagi bitta yoʻlovchi lifti (yoʻlovchi yoki yuk tashuvchi) kabinasi boʻylama chuqurligi 2100 mm dan kam boʻlmasligi kerak, chunki odamni zambilda transportirovka qilish zaruriyatida imkoniyat boʻlishi uchun.
Agar hisob boʻyicha binoda yoʻlovchilar uchun bitta lift yetarli boʻlsa, ikkinchi lift yuk tashishga moʻljallanishi kerak. Yuk tashuvchi liftlar texnologik talablardan kelib chiqqan holda koʻzda tutiladi.
Balandligi 28 m dan yuqori boʻlgan binolarda liftlardan biri yongʻin oʻchiruvchi boʻlinmani tashish uchun moʻljallangan boʻlishi kerak.
2.153. Eng uzoq joylashgan xona eshigi oldidan yoʻlovchi lifti eshigigacha oraliq masofa 60 m dan oshib ketmasligi zarur.
2.154. Yoʻlovchi liftlaridan chiqish lift xollari orqali loyihalanishi kerak. Xona eshiklari, qoida boʻyicha, toʻgʻridan toʻgʻri lift xollariga qarab ochilmasligi zarur.
Lift xollari kengligi quyidagi miqdorlardan kam boʻlmasligi shart:
liftlarni bir tomonlama joylashuvida — lift kabinasining boʻylama chuqurligining 1.3 baravari (yaʼni 1.82 m va ortiq);
ikki tomonlama joylashuvida — kabinaning eng kichik boʻlgan boʻylama chuqurligining ikki baravari (yaʼni 2.8 m dan kam emas va qoida boʻyicha, 5 m dan koʻp emas.
Boʻylama chuqurligi 2100 mm boʻlgan liftlar old qismi lift xollining kengligi 2.5 m dan kam boʻlmasligi kerak.
Balandligi 28 m gacha boʻlgan maʼmuriy-boshqaruv yoʻnalishidagi binolarda, agarda ularda keluvchilar qabuli nazarda tutilmagan boʻlsa, liftlardan chiqish (ikkitadan oshmagan) toʻgʻridan toʻgʻri zinapoya maydonchasiga boʻlishi mumkin (maydoncha kengligi 1.6 m dan kam boʻlmasligi kerak).
Saqlashga va qayta ishlashga moʻljallangan yonuvchan ashyolar omborcha xonalaridan toʻgʻridan toʻgʻri lift xollariga chiqish koʻzda tutilishi mumkin emas.
Yongʻin tutuni kiritilmaydigan zinapoya katakli binolarda lift shaxtalariga yongʻin paytida havo berish qurilmasi boʻlishi shart. Ushbu shaxtalardan chiqish lift xollari orqali boʻlib, boshqa xonalar va ichki yoʻlaklardan yongʻinga qarshi 1-tipli EI 45 boʻlgan peregorodkalar, pritvorlariga oʻzi zich yopilib qoluvchan 2-tipli EI 30 boʻlgan eshiklar bilan ajratilishi shart. Bu holda lift shaxtasida yongʻinga qarshi eshik qoʻyilishi shart emas.
2.155. Sokol va yertoʻla qavatlarida lift shaxtalaridan chiqish yongʻinga qarshi 1-tipli EI 45 boʻlgan peregorodkalar bilan ajratilgan xoll yoki tambur-shlyuzlarga boʻlishi kerak.
Xoll va tambur-shlyuzlarning eshiklari yongʻinga qarshi, pritvorlariga zich yopilib qoluvchan boʻlishi shart, lift shaxtasi tomonidagi eshik yonuvchan ashyodan boʻlishi mumkin (oynalanmagan).
2.156. Liftlarning mashina va shaxtalari odamlar doimo boʻladigan xonalarga yondosh boʻlmasligi kerak.
Oʻquv, ilmiy-tekshirish yoʻnalishidagi binolarda, davolash va ambulatoriya-poliklinika muassasalarida, qayerdaki insonlar uchun komfort sharoit yaratilishi kerak boʻlsa, liftning shaxta va mashina boʻlimlarining xonalari va koʻtarib-tushuruvchi qurilmalari asosiy xonalardan 6 m dan kam boʻlmagan uzoqlikda joylashgan boʻlishi kerak.
Chiqindi chiqargich va chang tozalagich
2.157. Chiqindilardan tozalash tizimi, chiqindini chiqarib tashlash yoʻllari, mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda, loyiha topshirigʻiga asosan nazarda tutiladi (sutkada yigʻilib qoladigan hajmni hisobga olgan holda).
Binoda chiqindi chiqargich boʻlmasa birinchi qavatda chiqindi yigʻuvchi kamera, maydonda maxsus chiqindilarni yigʻuvchi konteyner uchun qattiq qoplamali maydoncha koʻzda tutilishi zarur.
Oziq-ovqat chiqindilari uchun ularni vaqtinchalik saqlab turishga sovutgich kamerasi nazarda tutilishi kerak.
2.158. Chiqindi chiqargichlar, qoida boʻyicha, 5 qavatdan yuqori binolarda, davolashga moʻljallangan 200 va undan ortiq koʻykasi bor statsionar binolarida va 200 va undan ortiq oʻrinli mehmonxonalarda esa kam qavatlilarda ham nazarda tutilishi kerak.
2.159. Chiqindi chiqargich qurilmasi quviri qurilish konstruksiyalaridan havo va shovqin oʻtkazmaydigan boʻlishi kerak; u odamlar doimo boʻladigan xonalarga yondosh biriktirilgan boʻlmasligi shart.
Chiqindi yigʻish kamerasi (ichki sathlari balandligi 1.9 m dan kam boʻlmasligi kerak) toʻgʻridan toʻgʻri chiqindi chiqargich quviri ostida joylashgan va binoga kirish joyidan yaxlit devor bilan ajratilgan, tashqariga ochiladigan kirish eshigi, hamda peregorodka devorlari yongʻinbardoshligi EI 45 va tepa qoplamasi REI 45 boʻlishi kerak.
Chiqindi yigʻuvchi kameraning pol ustki sathi trotuar yoki kelib tutashgan transport yoʻlagidan, qoida boʻyicha, 0.1 m balanda boʻlishi shart; kamerani boshqa sathlarda joylashtirish uchun chiqindi chiqargichni mexanizatsiya qurilmasi bilan taʼminlash zarur.
2.160. Markazlashgan yoki birga qoʻshilgan vakuumli chang tozalagich tizimi loyiha topshirigʻiga asosan sanitariya-gigiyeniya talablari kuchaytirilgan binolarda koʻzda tutiladi (tomosha zallari, muzeylar, kutubxonalar, savdo markazlari, univermaglar, statsionar kasalxonalar, sanatoriyalar, mehmonxonalar va 200 va undan ortiq oʻrinli pansionatlar va boshqalarda).
Qolgan hollarda xonalardan chang chiqargich sifatida maishiy havo soʻrgichlardan foydalaniladi.
Eslatma: 1. Chang chiqargich tizimlari yoʻq boʻlganda havo soʻrgich filtrlarini tozalovchi kameralar loyiha topshirigʻiga asosan koʻzda tutiladi.
2. Birga qoʻshilgan vakuumli chang tozalagich tizimini loyihalashda bitta qabul qiluvchi klapan bilan xizmat koʻrsatish doirasi 50 m dan oshmasligi darkor.
Energiya tejami*
2.161*. Jamoat binosi, QMQ 1.03.09-97* ga asosan loyihalashga integral yondoshuv qoʻllanilib, energiyatejamkor qilib loyihalanishi shart. Isitishga, ventilyatsiyaga va konditsiyalashtirishga energiyaning hisobiy solishtirma sarfi QMQ 2.01.18-2000* talablariga mos kelishi zarur.
2.162*. Energiya tejami, energiya samaradorliklarini loyihalashning barcha bosqichlarida koʻzda tutish zarur: qurilish maydonlari va uchastkalarda binoni(inshoatlarni) joylashtirishda, optimal hajmiy-rejaviy yechimlar qabul qilishda va loyihani toʻliq ishlab chiqishda konkret loyiha qarorlarini aniqlashlarda.
2.163*. Binoni qurilish maydoniga joylashtirishda imkoniyat qadar binoning boʻylama tarzini janubiy yoki unga yaqin tomonlarga qaratish zarur.
Binoning qurilish hajmi birligiga toʻgʻri keladigan tashqi toʻsiq konstruksiyalari yuza maydoni mumkin qadar kam boʻlishiga erishgan holda binoni koʻpincha kompakt qilib loyihalash zarur. Binoning kompaktligiga yoʻl qoʻyiladigan chegaralarda korpus enini va qavatlar sonini oshirish, tabiiy yorugʻlik va tabiiy shamollatish talablari hisobga olingan holda bino xonalarining ratsional blokirovkalash hisoblariga erishiladi.
2.164*. Odamlar koʻproq boʻladigan va orgtexnikalardan koʻproq issiqlik ajraladigan asosiy xonalar bino tarzining shimoliy yoʻnalishiga qaragan tarafiga joylashtirilishi zarur. Ekspluatatsiya rejimi boʻyicha koʻproq “iliq va nam” boʻlib turadigan xonalar binoning ichki devorlariga shunday tutashgan qilib joylanishi kerakki, mumkin qadar u xonalarning devorlari ichida tashqi toʻsiq devori boʻlmasin.
Hajmiy — rejaviy yechimlar ishlashda bino burchaklaridagi maydonlari 40 m2 gacha boʻlgan xonalardagi ikki tashqi tomonlarga birvarakayiga deraza qoʻyishdan voz kechish kerak.
2.165*. Tagidan avtoulov yoʻlakchalari bor hajmlar (bloklar), bino asosiy hajmidan “turtib chiqqan” hajmlar va bloklar, bino burchaklarida joylashtirilgan ikki tomonlama tashqi devorlari bor xonalar, mansard qavat xonalarining issiqligi effektiv himoyalanishini taʼminlash zarur.
Isitilmaydigan ayvonlar, yozgi yotoqlar, old qurilmalar isitiladigan xonalardan tashqi eshikli tashqi devor bilan ajratilishi shart, isitilmaydigan xonalarni isitiladigan xonalar tagi yoki ustki qismida joylashtirilganda gorizontal oraliq qoplamalarining isitgich ashyolari QMQ 2.01.04-97* ga mos nazarda tutilishi zarur.
Tashqi havo hududiga turtib chiqib turuvchi bino konstruktiv elementlarini (karniz, parapet va boshqalar), “sovuqlik koʻprikchasi” vazifasini bajarishi oldini olish maqsadida, isitish izolyatsiyalari bilan taʼminlanishi tavsiyalanadi.
2.166*. Jamoat binosining issiqlik himoya darajasi loyihaning taalluqli boʻlimi ishlanishida qabul qilinishi kerak, ammo obyektlarning energiya effektivligini oshirish maqsadida oʻzgartirishlar kiritilgan loyihalash normalari QMQ2.01.04-97* va loyiha topshirigʻi talablaridan kam boʻlmagan holda.
Qurilish konstruksiyalarining issiqlik himoyasi va teplofizik parametrlari QMQ 2.01.04-97* talablariga mos boʻlishi shart.
2.167*. Ijtimoiy yoʻnalishdagi obyektlarga energiya tejami va energiya effektivligi boʻyicha oshirilgan talablar qoʻyilishi shart: davolash-profilaktika muassasalarining binolari, davolash muassasalariga moslashtiriladigan bino va inshoatlar, bolalar bogʻcha-yasli binolari, maktablar, litseylar, kollejlar, internatlar (internat uylar, internat maktablar) shular jumlasidandir. Koʻrsatib oʻtilgan obyektlarni loyihalash ikkinchi darajadagi issiqlik himoyasidan kam boʻlmagan holda QMQ 2.01.04-97* ga mos boʻlishi shart.
2.168*. Issiqlik himoyasi, isitish tizimi, ventilyatsiya va konditsiyalashtirishlarning hisobiy ichki parametrlari 4 boʻlimning jadvallari boʻyicha normalangan darajada qabul qilinib loyihalanishi shart. Ichki parametrlarning chegaraviy yoki optimal miqdorlarini ikkinchi yoki uchinchi darajadagi issiqlik himoyasidagi binolar uchun loyiha topshirigʻiga asosan qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.
2.169*. Tabiiy yorugʻlik tushishi normativ koʻrsatkichlarini taʼminlagan holda yoʻnalishidan va oynalanish konstruksiyalaridan yoʻl qoʻyiladigan issiqlik yoʻqotilishlarini hisobga olgan holda binolarning optimal oynalanishi nazarda tutilishi zarur.
Shimolga qaragan bino tarzi oynalanish maydoni minimal yetarli qilib taʼminlanishi shart. Bino boʻyicha barcha yorugʻlik tushishi darchalari maydoni yigʻindisi tashqi devorlar maydoni yigʻindisining 25% idan oshib ketmasligi shart.
Shaffof yorugʻlik beruvchi toʻsiqlar maydonini oshirishga binoning “janub” tarziga quyosh nuridan himoya qurilmalari qoʻllanilganda va ushbu loyihalash normalarining 2.147 va 2.148 bandlar talablariga rioya qilinganda yoʻl qoʻyiladi.. Gʻarbiy tarzlar oynalanishi 40% dan oshib ketmasligi zarur.
2.170*. Binolar yuqori shovqin fonli hududlarda joylashtirilganda effektiv shovqin va issiqlik himoyasi xususiyatlari boʻyicha deraza konstruksiyalarini — ikkitali va uchtali oynapaketli, issiqlik oʻtkazishga normadan yuqoriroq qarshiligi boʻlgan effektiv shaffof oyna tarz toʻsiqli (orasi gʻovakli, yorugʻlik qaytaruvchi qoplamali) qilib qoʻllash tavsiyalanadi.
2.171*. Tashqi kirish eshiklaridan sovuq havo kirishini kamaytirish maqsadida ularni prujinali eshikni yopib qoʻyuvchi uskunalar bilan jihozlash zarur.
Odamlar katta oqimi kirib keladigan binolarda kirish eshiklari avtomat ravishda ochiladigan va yopiladigan yoki avtomatlashtirilmagan toʻrtta tavaqali aylanib ochiladigan boʻlishi shart.
Kirish eshiklariga old qurilma shaklida isitilmaydigan dahlizcha yengil konstruksiyalardan jihozlanishi tavsiyalanadi, jumladan shaffof yorugʻlik beruvchi ashyoli elementlari bilan.
2.172*. Jamoat binolarining isitish tizimi, ventilyatsiya va konditsiyalashtirilishi obyektlarning energiya effektivligini oshirish maqsadida oʻzgartirish kiritilgan QMQ 2.04.05-97* loyihalash normalari talablariga mos boʻlishi shart.
Xonalarda mikroklimat parametrlari avtomatik yoki qoʻlda tartibga solib boshqariladigan boʻlishi zarur. Jamoat binolarida ish vaqtidan tashqari vaqtlarda isitish tizimi issiqlik isteʼmolini kamaytirib qoʻyish qurilmalari bilan jihozlanishi zarur.
2.173*. Binolarda suv sarfi tejamkorlik bilan boʻlishini taʼminlash maqsadida suv quvurlari joʻmragi richagli yoki bosib ochiladigan qurilmalar va ikki rejimli unitazlar nazarda tutilishi tavsiyalanadi.
2.174*. Binoning muhandislik jihozlariga, armaturalariga, muhandislik tizimlarining anjomlariga va ularning ulanish nuqtalariga qulay yaqinlashish, koʻzdan kechirish, texnik xizmat koʻrsatish, oʻz vaqtida taʼmirlash va almashtirish imkoniyatlari boʻlishi shart.
2.175*. Binoda har xil tashkilotlarga yoki mulkdorlarga taalluqli bir necha xonalar guruhi va markazlashgan sovuq va issiq suv, elektr energiyasi, gaz va issiqlik taʼminotlari boʻlganda har bir guruh xonalar energiya, gaz va suvga oʻzlarining shaxsiy hisob-kitob anjomi bilan taʼminlanishlari shart.
2.176*. Binolarning (inshoatlarning) maksimal energiya sarfi effektivligiga erishish uchun ekologik toza qayta tiklantiriluvchi energiyalardan, birinchi navbatda quyosh energiyasidan, passiv va aktiv geliotizimlarni qoʻllash yoʻli bilan, foydalanish tavsiyalanadi.
Passiv geliotizimlarni yilning sovuq davrida xonalarda deraza oynasi va tepa atrium boʻshligʻi va passajlarning oynasi orqali tushadigan quyosh nurini tutib qolishga imkon beradigan hajmiy-rejaviy yechimlarni nazarda tutgan xolda amalga oshirish zarur. Eng yaxshi effektga oynalangan toʻsiqni janub tomonga qaratgan holda erishiladi. Passiv geliotizimni qoʻllaganda yoz davrida xonalarni qizib ketishini oldini oladigan loyiha yechimlari koʻzda tutilishi lozim.
Quyosh energiyasidan foydalanishni xonalarning tabiiy yoritilishi va insolyatsiyasini oshirish, yilning iliq davrida tabiiy shamollatishni yaxshilash ishlari bilan birga qoʻshish maqsadga muvofiq.
Passiv geliotizimni amalga oshirishda u yoki bu hajmiy-rejaviy yechimlarni qoʻllashning maqsadga muvofiqligini binoning funksional moʻljallanganligini hisobga olgan holda aniqlash zarur.
2.177*. Issiq suv taʼminoti maqsadlari uchun tom tepasiga oʻrnatiladigan quyosh kollektorlarini qoʻllash tavsiya etiladi. Bunda, quyosh kollektorlari QMQ 2.04.16 ga muvofiq loyihalashtirilishi lozim.
Quyosh kollektorlari bino fasadlarida qoʻllanilganda, ularni oʻrnatish uchun mahkamlash joylari nazarda tutilishi kerak.
Quyosh kollektorlarini tom tepasiga, fasadlarga yoki yer sathiga joylashtirish joyini tanlash loyiha topshirigʻiga asosan mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Jamoat binolari va inshootlarini loyihalashtirishda yilning iliq davrida issiq suv taʼminotining kamida 25 foiz miqdorini, taʼlim tashkilotlari hamda davolash-profilaktika muassasalari binolarida issiq suv taʼminotining kamida 50 foiz miqdorini quyosh kollektorlarini qoʻllagan holda qoplash nazarda tutiladi.
(2.177*-band Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirining 2022-yil 16-avgustdagi 145-sonli buyrugʻi tahririda)
2.178*. Eksperimental va unikal binolar uchun energiya tejami va energiya effektivligini oshirish boʻyicha loyiha yechimlari, energiya tejamkorligi tadbirlarini joriy qilish uchun, ikki bosqichli oldindan tahlil qilingan holda va eng maqsadga muvofiqini tanlab olib ishlab chiqilishi zarur.
3. JAMOAT BINOLARINING ASOSIY XONALARIGA QOʻYILADIGAN TALABLAR
Maktabgacha muassasalar
3.1. Bolalarning maktabgacha muassasalari — umumiy va sogʻlomlashtirish tipli yasli-bogʻchalar, qoida boʻyicha, 300 oʻrindan koʻp boʻlmagan sigʻdiraolishlik miqdorida boʻlishi kerak. Yaslilarda guruhlarni toʻldirish 15 nafardan koʻp boʻlmasligi (3 yoshgacha boʻlgan bolalar) va 20 nafar oʻrin — maktabgacha yoshdagi guruhlarda 3 yoshdan 6-7 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun.
Umumiy tipli bolalar maktabgacha, sogʻlomlantirish va jismoniy hamda aqliy rivojlanishida nuqsonlari bor bolalar uchun, maxsuslashtirilgan muassasalarini loyihalashda ushbu normalar qatori amaldagi sanitar norma va qoidalari ham hisobga olinishi shart.
jismoniy hamda aqliy rivojlanishida nuqsonlari bor bolalar uchun maxsuslashtirilgan muassasalar soni kamaytirilgan guruhli qilib loyihalanishi kerak — sanitar normalariga va SHNQ 2.08.07 ga asosan 12 oʻrindan oshmagan holda.
Bolalar yasli-bogʻchasi guruhlarining yacheykalari xonalari 13-jadval koʻrsatkichlariga mos holda loyihalanishi shart (yuqorida koʻrsatilgan hisobiy toʻldirishlarni eʼtiborga olgan holda).
Davlat qaramogʻida boʻlmagan, guruhlarni toʻldirilishi qisqartirilgan, bolalarning umumiy va sogʻlomlashtirish tipidagi muassasalarida — 10-12 bolaga guruh xonasi maydoni 30 m2 dan kam boʻlmagan, yotogʻi 20 m2 dan kam boʻlmagan, yechinish xonasi 12 m2 dan kam boʻlmagan, hojatxonasi 10 m2 dan kam boʻlmagan miqdorlarda boʻlishi shart.
Bolalar sogʻlomlantirish tipidagi yasli-bogʻchasi umumiy tipdagi yasli-bogʻchadan qoʻshimcha sogʻlomlashtirish xonalari borligi bilan farq qiladi (loyiha topshirigʻiga koʻra).
Bolalar muassasalarining barcha tiplarida asosiy bino oldiga kichik yoshdagi bolalar uchun yozgi xona-ayvoncha bir oʻringa 2 m2 hisobidan, ammo 20 m2 dan oshmagan holda koʻzda tutilishi kerak.
Bolalar yasli-bogʻchasini turar-joy uylari hajmiga kiritib-biriktirib joylashtirishga SHNQ 2.08.01 ning qoʻshimcha talablarini hisobga olgan holda ruxsat etiladi.
Eslatma: Bolalarning ochiq havoda oʻynab-kulishlari uchun har bir guruhga 36 — 40 m2 tepa qoplamali soyabon va ochiq jihozlangan maydonchalar koʻzda tutilishi kerak.
13-jadval
Guruhli yacheyka xonalarining nomlanishi
1 bolaga xona maydoni, m2
Umumiy, sogʻlomlantirish tiplilar
Maxsuslashtirilgan
yasli
bogʻcha
Qabul qilishda kiyim-kechak almashtiriladigan xona
1,0
0,8
1,5
Guruh xonasi (jumladan joylar: ovqatlanish va shugʻullanish, harakatli oʻyinlar, sokin dam olish)
2,7 — 3,0
(40 — 45 m2)
2,5 — 3,0
(50 — 60 m2)
4,5
(54 m2)
Yotoq (yotoq ayvoni)
2,0
2,0
2,4
Hojatxona (15 — 16 m2)
1,0
0,8
1,2
Nogiron bolalar reabilitatsiyasi uchun maxsus mashgʻulotlar xonasi (20 — 30 m2)
-
-
2,5 — 3,0
Bufet xonasi 5-6 m2
+
+
+
3.2. Yasli guruhini birinchi qavatlarda joylashtirish va alohida kirish joylari boʻlishi kerak, katta yasli yoshidagilar guruhlari uchun bitta ikkitasiga kirish joyi boʻlishga ruxsat etiladi.
Maktabgacha yoshdagilar guruhlarining 3-4 tasiga bitta kirish joyi nazarda tutilishi mumkin (2.109 bandi, 8-jadval va 2.131 bandilari talabini hisobga olgan holda). Maktabgacha yoshdagilar guruhlarni ikkinchi qavatga joylashtirilganda kiyim-kechak almashtirish xonalarini birinchi qavatga kiraverish yaqinida koʻzda tutish mumkin.
Eslatma: 1. Kirish joyi yaqinida yasli guruhidagilar uchun kolyaskalar joyi boʻlishi kerak.
2. Tashqi kirish joylaridagi tamburlar 1.6 m dan kam boʻlmagan kenglik va uzunlikda boʻlishi kerak.
3. Maxsuslashgan bolalar muassasalari uchun SHNQ 2.08.07. talablari eʼtiborga olinishi shart.
3.3. Yasli guruhi hojatxonasi bitta xonadan iborat boʻlib 15 m2 dan iborat (suyuqlik chiqarish kabinasi joylashtirilishi bilan); maktabgacha guruhlar uchun yuz-qoʻl yuvish xonasi (8 m2) va hojatxona (8 m2) boʻlishi kerak; katta va tayyorlov guruhlari uchun (5 — 7 yoshdagi bolalar) hojatxonalar oʻgʻil bolalar va qizlar uchun alohida boʻlishi kerak (kengligi 0.8 m boʻlgan ochiq kabinalar va ular orasida balandligi 1.2 m li toʻsiqlar joylashtirilishi kerak).
3.4. Musiqa va jismoniy tarbiya mashgʻulotlari uchun umumiy zallar 3 — 6 ta maktabgacha guruhlarga va bir nafar shugʻullanuvchiga 4-5 m2 maydon boʻlishi hisoblariga asosan koʻzda tutilishi kerak (20 nafar bolalarga).
Maktabgacha guruhlar soni 6 tadan oshsa jismoniy tarbiya va musiqa zallari alohida nazarda tutilishi shart; bu holda jismoniy tarbiya (gimnastika) zallari, qoida boʻyicha, 9x9 m (81 m2) dan kam emas, musiqa bilan shugʻullanuvchilar zallari — 55 m2 dan kam boʻlmasliklari zarur (1 nafar shugʻullanuvchiga 2.8 — 3.0 m2 maydon hisobidan).
Zallar ajratilgan tartibda foydalanishga hisoblanishi va u yerdan kesib oʻtish taqiqlangan boʻlishi shart.
Maktabgacha guruhlarning soni 3 tadan kam boʻlib 60 nafardan oshmagan maktabgacha yoshdagilar uchun umumiy zallar koʻzda tutilmasligi mumkin.
Eslatma: Zallar tarkibida inventar-omborchalar koʻzda tutilishi kerak.
3.5. Bolalar yasli-bogʻchasida nazarda tutiluvchi xonalar: tib xonasi (12 m2) oldida muolaja xonasi (12 m2), logoped xonasi — 12 m2 (8 ta guruhlilardan boshlab). Yasli-bogʻchalarda 115 oʻrinligacha 14 m2 dan kam boʻlmagan maydonli bitta tib xonasi, undan koʻpida ikkita yondosh tib xonasi boʻlishiga ruxsat etiladi (har biri 12 m2 dan kam emas).
Izolyator xonasi bolalar muassasasining sigʻdiraolishlik miqdorining 1.5 — 2% ini tashkil etishi, ammo ikki palatadan kam boʻlmasligi shart (ikki xil yuqumli kasallik uchun).
Oʻrni soni 100 tagacha boʻlgan bolalar muassasalarida maydoni 5 m2 boʻlgan ikkita izolyator xonasi koʻzda tutilishi kerak, palatalar oldida hojatxona va bufet boʻlishi zarur. Oʻrni soni 100 — 150 gacha boʻlganda ikkitadan kam boʻlmagan 3 oʻrinlidan boʻlishi kerak. Izolyator oldida tashqariga chiqish joyi bor keluvchilar tamburi, hojatxona va hamshira xonasi (6 — 8 m2) boʻlishi shart.
Sogʻlomlantirish va davolashga moʻljallangan xonalarga qoʻshimcha xonalar (massaj, fizoterapiya, ingalyatsiya, suv muolajalari va boshqa xonalar) loyiha topshirigʻi boʻyicha koʻzda tutiladi.
3.6. Jismoniy va aqliy rivojlanishida doimiy nuqsonlari bor bolalar uchun moʻljallangan maxsus bolalarning maktabgacha muassasalarining loyihalanishi, qoida boʻyicha, 6 — 10 guruhga hisoblangan boʻlib, har bir guruhning toʻldirilishi ijtimoiy-pedagogika va tib asoslariga mos boʻlishi kerak (10 — 12 nafar bolalar). Guruh xonalarining tarkibi va maydoni 13-jadvaldan qabul qilinadi. Maxsuslashgan maktabgacha muassasalar SHNQ 2.08.07 ga asosan loyihalanishi kerak va ushbu normalarda sanab oʻtilgan xonalardan tashqari tarkibiga reabilitatsiya majmualari va bolalarning kasallanishi yoʻnalishlari boʻyicha xonalarni kiritish zarur (loyiha topshirigʻiga asosan).
Koʻrishi, hamda tayanch-harakati funksiyalarida va aqliy rivojlanishida nuqsonlari bor nogiron bolalar bogʻchalari binolari bir qavatli, eshitishi va nutqida xastaliklari bor bolalar uchun ikki qavatli loyihalanishi shart.
3.7. Xizmat-maishiy xonalarining tarkibida nazarda tutilishi zarur: kirish dahlizi — xoll (12 — 18 m2), mudir kabineti (12 m2), xoʻjalik mudiri kabineti (8 m2), metodika kabineti (18 — 20 m2), xoʻjalik omborchasi (6 — 8 m2), kir yuvish xonasi (10 — 12 m2), dazmollash xonasi (10 — 12 m2), toza kiyim-kechak xonasi (6 m2), xodimlar uchun kiyim-kechak almashtirish xonasi, dushxona va hojatxona. Oʻrni 100 dan ortiq boʻlgan holatlarda taʼmirlash ustaxonasi nazarda tutiladi (15 — 20 m2).
Ovqatlanish bloki kirish oldidagi tashqi yuk tushirish xonasi bilan loyihalanishi kerak (6 — 9 m2). Ovqatlanish blokida koʻzda tutilishi kerak: oshxona ovqat tarqatuvchi xonasi bilan (20 — 30 m2), oshxona idish-tovogʻini yuvish xonasi (6 m2), goʻsht-baliq va sabzavot ishlov sexi (2 ta 8 m2 dan), sabzavot va quruq mahsulotlar omborchasi (2 ta 6 — 8 m2 dan), muzlatish kameralari (6 — 8 m2), xodimlar xonasi (8 — 10 m2), xodimlarning dush va hojatxonasi.
Guruhlar yacheykalari va ovqatlanish bloklari xonalari kiraverish qarshisida kir yuvish xonasiga kirish joyini joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Guruhlar xonalarining tag qavatida ovqatlanish bloki va kir yuvish, dazmollash xonalarini joylashtirishga ruxsat etilmaydi.
Xizmat-maishiy xonalari, ovqatlanish va kir yuvish xonalarini alohida blokda joylashtirish mumkin.
Eslatma: Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan xizmat-maishiy xonalari va ovqatlanish bloki tarkibi va maydonlari, jumladan tayyorlov, pishirish, goʻsht-baliq va sabzavot sexlari, muzlatish kameralari, omborcha xonalari, boshqa xonalarning maydoni sigʻdiraolishlik miqdoriga, shtat jadvaliga, ovqatlanish blokining ishlab-chiqarish hajmiga asosan loyiha topshirigʻida belgilanadi.
Oʻrni 120 tagacha boʻlganda muzlatish kamerasi oʻrniga muzlatgich jihozlarini qoʻllash mumkin.
3.8. Bolalar bogʻchasi va boshlangʻich maktabni bitta qoʻshma binoda joylashtirilgan holatlarda bogʻcha va maktab uchun boʻlak kirish va evakuatsiya joylari koʻzda tutilishi zarur. Maktabgacha yoshdagi guruhlarning va oʻquv xonalarining xonalari tarkibini va oʻquvchilar uchun rekriatsiya joylarini amaldagi loyihalash normalariga asoslanib qabul qilish kerak. Bolalar muassasalari va maktablari uchun jismoniy tarbiya va musiqa mashgʻulotlari zallari, tib va sogʻlomlantirishga moʻljallangan maʼmuriy-xoʻjalik xonalarining bloklari umumiy birgalikda nazarda tutiladi.
3.9. Bolalarning 12 nafar kichik guruhiga moʻljallangan kichik choʻmilish basseyni oʻlchamlari, qoida boʻyicha, 3x7(6) m dan kam boʻlmasligi shart (chuqurligi 0.6-0.7 m gacha); basseynchani maydoni 50 m2, balandligi 3.6 m boʻlgan zalga joylashtirish koʻzda tutiladi. Basseynchaga chiqish dushxona orqali chuqurligi 0.1 m boʻlgan oyoq vannasidan oʻtiladigan qilib, basseynchaga tushish uchun 1.2 m kenglikda zinapoya nazarda tutilishi kerak (qoʻl ushlagichlari bilan). Vanna atrofida balandligi 0.15 m, kengligi 0.3 m boʻlgan uzluksiz supacha koʻzda tutilishi kerak, aylanib oʻtuvchi yoʻlakcha kengligi 0.75 m, kirish tomonidagisi 1.5 m boʻlishi kerak. Basseyncha zalida jismoniy tarbiya bilan shugʻullanadigan maydoncha ham nazarda tutilishi tavsiya etiladi.
Oʻgʻil bolalar va qizlar yechinish xonalari oldida 1 ta unitazli hojatxona va 2 ta shoxchali dushxona nazarda tutilishi kerak. Yechinish xonalari 0,75 — 1,0 m2/bolaga hisobidan, lekin 9 m2 dan kam boʻlmagan miqdorlarda boʻlishi shart. Basseyncha oldida hamshira xonasi (8 m2), sport inventar xonasi (6 m2), ekspress-laboratoriya (8 — 12 m2), suvni xlorlash va ilitish uchun texnik xonalar koʻzda tutilishi kerak (xonalar tarkibi loyiha topshirigʻiga asoslanishi kerak).
Bolalarning 15 — 20 nafarini suzishga oʻrgatish basseyni oʻlchamlari, qoida boʻyicha, 6x12 m dan va chuqurligi 0.8 m dan kam boʻlmagan holda boʻlishi shart. Tayyorlanish mashgʻulotlarining maydoni, qoida boʻyicha, 60 m2 dan kam boʻlmasligi zarur.
Basseynlar loyihalanishida amaldagi qurilish normalarining talablari hisobga olinishi shart.
3.10. Turar-joy binolarida maktabgacha yoshdagi bolalarning 10 — 12 nafardan iborat guruhi uchun vaqtinchalik xonalar tarkibi: guruhlar xonasi 30 m2 ; kiyim-kechak almashtirish — qabul xonasi 12 m2 , bufet-pishiriq xonasi 6 m2, bolalar hojatxonasi (4 m2), xodimlar uchun kiyim-kechak almashtirish xonasi va dushli hojatxonasi, tozalash inventarlari uchun xonalar (4 m2) koʻzda tutilishi kerak.
Ilova: Ovqatlantirish va kunduzgi uxlatish ishlarini tashkil etish nazarda tutilmaydi.
Taʼlim tashkilotlari va muassasalari
3.11. Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini bir smenali mashgʻulotlarga hisoblab loyihalanishi, sinfda oʻquvchilar soni 30 nafardan oshmagan holda, kelajakda 25 nafarga moʻljallangan boʻlishi kerak.
Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining loyihaviy quvvati tegishli taʼlim bosqichlari: I — IV sinflar — boshlangʻich taʼlim, V — IX sinflar — tayanch oʻrta taʼlim va X-XI sinflar — oʻrta taʼlim patoklari sonini hisobga olgan holda, sinflar soni boʻyicha aniqlanadi. Mahalliy sharoitdan kelib chiqib patoklarning har xil nisbati koʻzda tutilishi mumkin. Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining eng katta loyihaviy quvvati, qoidaga koʻra, 44 sinf/1320 oʻquvchidan oshmasligi lozim. Boshlangʻich taʼlim tashkilotlari umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlaridan alohida joylashtirilishi mumkin.
Yirik shaharlarning aholi zich joylashgan hududlarida texnik-iqtisodiy asoslash asosida umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari bir sinfda oʻquvchilar soni 35 nafar hisobidan 48 sinf/1680 oʻquvchi loyihaviy quvvati bilan loyihalanishi mumkin.
Boshlangʻich taʼlim tashkilotlari maktabgacha taʼlim tashkilotlari bilan birlashtirilishi hamda ushbu SHNQning 2.26, 3.8, 3.13 va 3.14 bandlari talablarini hisobga olgan holda loyihalanishi mumkin.
Asoslangan hollarda, mahalliy sharoitdan kelib chiqib, umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarda sinflarning sigʻimi kamaytirilgan holda loyihalanishi mumkin: tayanch oʻrta taʼlim va oʻrta taʼlim tashkilotlarida – sinfda 20 — 24 nafar oʻquvchiga, boshlangʻich taʼlim tashkilotlarida – sinfda 10 — 12 nafardan 20 — 30 nafargacha oʻquvchiga moʻljallangan holda. Bunda sinflarning sigʻimi kamaytirilgan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari bir patokdan oshmasligan holda loyihalashtirilishi lozim.
3.11.1. Iqtidorli va isteʼdodli bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar hamda maktab-internatlar I — XI sinf oʻquvchilar soni sinfda 20 — 24 nafar qilib bir-ikki patokka moʻljallab loyihalanadi.
3.11.2. Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar, shuningdek uzoq vaqt davolanishga muhtoj boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari — inklyuziv shaklda taʼlim berish maktab-internatlari SHNQ 2.08.07 va SHNQ 2.07.02 talablariga muvofiq loyihalanishi lozim.
3.11.3. Inklyuziv shaklda taʼlim berish maktab-internatlarida:
kirish joylarida, xollarda, yoʻlaklarda, oʻquv sinflarida, dam olish xonalarida, oshxonalarda va oʻquvchilar tashrif buyuradigan joylarda videokuzatuv uskunalari;
koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalar uchun qoʻshimcha yoritkichlar (doska tepasida, stol ustida, zinalar va yoʻlaklarda) oʻrnatilishi, zinalarning perilasi va devorlarda yoʻnalishni koʻrsatuvchi, shuningdek sinf va xonalarga kirish joy (eshik)larida “Brayl” shriftli (boʻrtma harfli) yozuv va belgilar;
nutqida va eshitishida nuqsoni boʻlgan bolalarga har bir oʻquvchi uchun alohida stol ustida joylashgan zamonaviy ovoz kuchaytiruvchi apparati mavjudligi, uquv fanlari boʻyicha audio-video materiallari mavjudligi, alohida korreksion xona;
tayanch-harakatida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun:
binoga kirish qismida va ostonali eshiklarda panduslar;
oʻquvchilarning yuqori qavatlariga chiqib tushishlari uchun koʻtarish moslamalari (lift, eskalator, koʻtargich (podʼyomnik) va sh.k.);
sport zalda davolovchi jismoniy-sogʻlomlashtirish mashqlarini bajarish uchun jihozlangan burchak hamda davolovchi maxsus boʻrtma yoʻlakchalar;
Inklyuziv shaklda taʼlim berish maktab-internatlarida taʼlim berish muhiti korreksion uskunalar, taʼlim berish texnik vositalari va maxsus mebellar bilan jihozlanishi nazarda tutilishi lozim.
3.11.4. Inklyuziv taʼlim berish shakllari boʻlgan boshqa taʼlim tashkilotlari va muassasalarida 3.11.3-bandida nazarda tutilgan chora-tadbirlar loyiha topshiriqlariga muvofiq koʻzda tutilishi lozim.
3.12. Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari va maktab-internatlarning tarkibi va xonalarining maydonlari oʻquv dasturlarini, oʻquv-tarbiya, ijtimoiy-pedagogika va texnologik talablarini hisobga olgan holda idoraviy qurilish normalariga asoslanib qabul qilinadi.
3.13. Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari va maktab-internatlarning oʻquv xonalari maydoni 14-jadval koʻrsatkichlarini hisobga olgan holda qabul qilinishi zarur.
Oʻquv xonasining 10 — 15 nafar oʻquvchiga moʻljallangan maydoni 36 m2 dan, 15 — 30 nafar oʻquvchiga moʻljallangan maydoni 40 m2 dan kam boʻlmasligi lozim.
Oʻquv-toʻgarak mashgʻulotlari va uzaytirilgan kun uchun universal xonalar, maktab-internatlarda oʻyinlar uchun xonalar maydoni 30 m2 dan kam boʻlmasligi kerak. Xonalar soni umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari va maktab-internatlarning sigʻimidan kelib chiqib loyiha topshirigʻi asosida qabul qilinadi.
3.14. Boshlangʻich maktab xonalarining oʻquv seksiyalari — I — IV sinflar uchun boshqa yoshdagi guruh oʻquvchilari oʻtib yurmaydigan, alohida joylashgan boʻlishi shart; quyi sinflar oʻquv seksiyalari — I-II sinflar uchun birinchi qavatda, III-IV sinflar uchun xonalarni ikkinchi qavatda joylashtirish tavsiya etiladi.
3.15. Mehnat taʼlimi ustaxonalari, jumladan metall yoki yogʻochga ishlov berish, matoga ishlov berish hamda ovqat tayyorlash xonalari, 14-jadval koʻrsatkichlarini hisobga olgan holda, 1/2 sinf hisobidan qabul qilinadi.
3.16. Oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalari tarkibiga quyidagilar kiradi:
akademik litseylar — aniq fanlar (fizik-matematika, texnik yoʻnalishlar), tabiiy fanlar (ximiya, biologiya), filologiya, iqtisodiyot, chet tillari kabi fanlar chuqurlashtirib oʻrgatiladigan oʻrta maxsus taʼlim muassasalari.
kasb-hunar maktablari — umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining IX sinf bitiruvchilaridan shakllantirilgan guruhlarda, kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha umumtaʼlim va mutaxassislik fanlarining ikki yillik integratsiyalashgan dasturlari asosida oshiriladigan boshlangʻich professional taʼlim muassasalari;
kollejlar — umumiy oʻrta, oʻrta maxsus taʼlim hamda boshlangʻich professional taʼlim negizida kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda, davomiyligi ikki yilgacha boʻlgan kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim shakllari boʻyicha amalga oshiriladigan oʻrta professional taʼlim muassasalari;
texnikumlar — umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, boshlangʻich professional va oʻrta professional taʼlim negizida kasblar hamda mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda, davomiyligi kamida ikki yil boʻlgan kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim shakllari boʻyicha amalga oshiriladigan oʻrta maxsus professional taʼlim muassasalari;
Oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalari, qoidaga koʻra, 360 oʻrin (12 guruh)dan kam va 900 oʻrin (30 guruh) dan koʻp boʻlmagan, bir guruhda oʻquvchilar soni 30 nafardan oshmagan, bir smenali mashgʻulotlarga hisoblab loyihalanishi lozim.
Oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalarining xonalari tarkibiy ijtimoiy-pedagogik va texnologik talablardan, oʻquv dasturlaridan hamda idoraviy qurilish normalari talablaridan kelib chiqib loyihalash topshirigʻida aniqlanadi.
Oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalarining oʻquv xonalari 14-jadvalga muvofiq qabul qilinadi.
Eslatma: Professional taʼlim muassasalarining oʻquv-ishlab chiqarish ustaxonalarini idoraviy qurilish normalariga, ishlab chiqarish-texnologik loyihalash tarmoq normalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini inobatga olgan holda loyihalash darkor.
3.17. Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida va oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalarida faollar zallarining sigʻimi oʻquvchilar sonining 25 — 35% ga, maktab-internatlarda esa 50% ga yetarli ravishda koʻzda tutilishi kerak.
Zalning maydoni 90 m2 dan kam boʻlmasligi shart. 100 oʻringa moʻljallangan zalning maydoni 120 m2 dan, 150 oʻringa moʻljallangan zalning maydoni 160 m2 dan kam boʻlmasligi kerak. Oʻrinlar soni 200 va undan ortiq boʻlgan zallarning maydoni tomoshabinlar zallari uchun belgilangan normalar boʻyicha hisoblanadi.
Faollar zalida inventar xonasi bilan estrada (30 — 36 m2), artistlar xonasi, texnik markazlar (diktor xonasi bilan radiouzel, apparaturani taʼmirlash xonasi) koʻzda tutiladi. Zallar katta ekranli videoproyektorlar va akustik tizimi bilan jihozlanishi zarur.
Faollar zalining balandligi texnologik talablardan kelib chiqib (lekin 4,5 m dan kam boʻlmagan) belgilanadi.
3.18. Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida, qoidaga koʻra, 12 x 24 m dan kam boʻlmagan oʻlchamda, sport zallari uchun belgilangan normativ talablarga muvofiq, tegishli yordamchi xonalari boʻlgan universal sport zallari koʻzda tutilishi shart.
Oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalarida 30 x 18 m oʻlchamli sport zallari qoʻllanishi tavsiya etiladi.
Sport zallarni, odatda, birinchi qavatda joylashtirish tavsiya qilinadi.
Eslatma: 1. Sport zallari tarkibida quyidagi yordamchi xonalar koʻzda tutiladi — omborxonalar, inventar xonalari, dush xonasi boʻlgan yechinish xonalari.
2. Yechinish xonalarining maydoni bir kishiga 1 m2 dan kam va har bir xonasi 15 m2 dan kichik boʻlmagan oʻlchamda qabul qilinishi (sinflarning sigʻimi kamaytirilgan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida — 12 m2 dan kam boʻlmagan); har bir yechinish xonasi qoshida hojatxona va dushxona (2 ta shohli) boʻlishi kerak.
3.19. Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida va oʻrta maxsus professional taʼlim muassasalarida axborot markazlari (kutubxonalar) oʻz tarkibiga abonement, katalog va adabiyot berish zonalari, mutolaa qilish zali, kitoblarni saqlash xonasi, darsliklarni saqlash va taʼmirlash xonalarini olishi shart.
Mutolaa qilish zalida oʻtirish joylarining soni: umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida — 20 oʻrindan, oʻrta maxsus professional taʼlim muassasalarida — 30 oʻrindan, bunda maydonlar bir joy uchun 2,5 — 3,0 m2dan, kompyuter oldidagi oʻrin uchun 4 — 6 m2dan kam boʻlmasligi lozim.
Kitoblarni saqlash xonasining maydoni: ochiq foydalanish mumkin boʻlgan joylarda — 1000 kitobga 5 m2 va yopiq saqlanadigan joylarda — 1000 kitobga 2,5 m2 hisobidan qabul qilinadi. 25 ming birlikkacha saqlanadigan kutubxona fondi bitta xonaga joylashtirilishi mumkin.
Kutubxona qoshida bir sinf yoki guruh oʻquvchilariga moʻljallangan “Maʼnaviyat va maʼrifat” oʻquv kabineti (maydoni 50 — 60 m2) nazarda tutilishi zarur.
Eslatma: Axborot markazining umumiy maydoni 19-jadvalda keltirilgan koʻrsatkichlarni hisobga olgan holda bir oʻquvchi hisobidan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida — 0,15 — 0,3 m2, oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlarida — 0,5-0,6 m2 qabul qilish tavsiya etiladi.
3.20. Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari va oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalari oshxonalarining sigʻimi oʻquvchilarni umumiy sonining 20 — 30% ga (texnologik asoslangan holatlarda loyiha topshirigʻi boʻyicha aniqlashtiriladi) hisoblanadi. Ovqatlanish zallari maydoni bir oʻringa umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida — 0,7-0,8 m2, oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalarida — 1,3 m2 hisobida (texnologik hisob-kitob asosida aniqlashtiriladi) koʻzda tutiladi.
Ovqatlanish bloklari tarkibi va maydonlari tayyorlanadigan ovqatlar hajmi va texnologiyasiga asoslanib (loyihalash normalari boʻyicha) hisoblanadi.
Texnologik hisob-kitoblar asosida idish-tavoq yuvish joyi, elektr plita va muzlatgich bilan jihozlangan yordamchi xonasi boʻlgan bufetlar koʻzda tutilishi mumkin; bufet zalining maydoni 20 m2 dan, yordamchi xona esa 6 m2 dan kam boʻlmasligi lozim.
Eslatma: Talabalar turar joylari boʻlgan taʼlim tashkilotlarida oshxonalar ovqatlanishni tashkil etish texnologik asoslariga koʻra sanitar-gigiyenik normalarni hisobga olgan holda nazarda tutiladilar.
3.21. Maktab-internatlarning yotoq xonalari bir oʻringa 4,5 — 6 m2 hisobidan koʻzda tutiladi. Yotoq xonalari (maydoni 12 — 24 m2) yashovchilar soni 24 — 36 nafardan boʻlgan seksiyalarga guruhlanadi hamda zaruriy sanitar-maishiy xonalar (yuz-qoʻl yuvish, hojatxona, dush, kir yuvish xonalari) bilan taʼminlanadi. Har bir yashash seksiyasi hisobidan navbatchi tarbiyachi xonasi (8 m2) koʻzda tutiladi.
Dam olish va dars tayyorlash uchun xonalar maktab-internatda yashovchi oʻquvchilar sonining 50% hisobidan va bir kishiga 1,25 m2 maydoni hisobidan kelib chiqqan holda nazarda tutiladi; bunda har bir xonaning maydoni 20 m2 dan kam boʻlmasligi kerak.
3.22. Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari va oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalari oʻquvchilari soni 600 nafargacha boʻlganda bitta tibbiyot xonasi (14 — 16 m2), oʻquvchilar soni 600 nafardan koʻp boʻlganda — muolaja xonasi (14 m2), terapevt-shifokor (12 m2) hamda stomatolog kabinet (14 m2)lari koʻzda tutilishi lozim.
Maktab-internatlari va oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalarining yotoqxonalarida izolyatorlar (100 — 200 oʻringa — 2 ta koyka, 200 — 300 oʻringa — 3 ta koyka) koʻzda tutilishi zarur.
3.23. Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari, maktab-internatlarning oʻquv korpuslarida, oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalarida rekreatsiya xonalari bir oʻquvchiga 0,6 m2 hisobidan koʻzda tutilishi zarur. Ichki rekreatsiya yoʻlaklarining kengligi, oʻquv xonalari bir yoqlama joylashganda 2,4 m dan (2,8 m tavsiya etiladi), ikki yoqlama joylashganda 2,6 — 2,8 m dan (3,2 — 4,0 m oʻlchamda, “zal” koʻrinishida rekreatsiya joyini tashkil etilishi tavsiya etiladi) kam boʻlmasligi lozim.
3.24. Oʻquv binolarida sanitar uskunalarining soni umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari va oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalarini loyihalash boʻyicha idoraviy qurilish normalarida belgilangan hisobiy koʻrsatkichlarga muvofiq qabul qilinadi.
3.25. Oliy taʼlim tashkilotlari xonalarining sigʻimi, tarkibi va maydonlari bir vaqtda shugʻullanuvchi talabalar, magistrlar va aspirantlarning sonidan kelib chiqib, idoraviy qurilish normalarini hisobga olgan holda belgilanadi; boshqa oʻquv muassasalari — malaka oshirish institutlari, oʻquv kombinatlari uchun texnologik asoslar boʻyicha loyihalanadi.
Oʻquv xonalarining: kabinetlar va laboratoriyalar, chizmachilik zallari, kurs va diplom loyihalash zallari, potok auditoriyalari maydonlari 14-jadvalda keltirilgan koʻrsatkichlarni hisobga olgan holda (texnologik asoslar boʻyicha oʻqish dasturiga mos) belgilanadi.
3.26. Oʻqitishda audio-video vositalari bilan jihozlangan, sigʻimi 50 oʻrin va undan ortiq boʻlgan leksiya zallari, katta oʻlchamdagi jihozlar bilan jihozlangan laboratoriyalar, ikki taxmonli javonli kitob saqlash xonalari, shuningdek oʻquv-ishlab chiqarish xonalarining balandligi texnologik jihatdan asoslanib qabul qilinadi.
3.27. Amfiteatrli auditoriyalarda koʻrgazma stoli boʻlganda, pol sathi auditoriya doskasidan ikkinchi qator oʻrindiqlarigacha gorizontal tekis boʻlishi shart. Auditoriya doskasidan koʻrgazma stoligacha boʻlgan masofa 1,6 m dan kam boʻlmasligi kerak.
Oʻquv kabinetlarda va sigʻimi 50 oʻringacha boʻlgan auditoriyalarda koʻrgazma doskasi oʻquv stollarining oldingi qatorigacha boʻlgan masofa, qoida boʻyicha, 1,8 — 2,0 m, koʻrgazma stoli boʻlgan laboratoriyalarda va potok auditoriyalarida esa 2,55 m dan kam boʻlmasligi kerak. Potok auditoriyalari va leksiya zallarida ekrandan birinchi qator oʻrindiqlarining suyanchigʻigacha boʻlgan masofa 3,0 m dan kam boʻlmasligi kerak.
Leksiya zallari qoshidagi preparat xonalari toʻgʻridan toʻgʻri auditoriyaga va korridorga chiqishga ega boʻlishi shart. Preparat xonalarining maydoni ulardagi jihozlarni hisobga olgan (lekin 18 m2 kam boʻlmagan) holda belgilanadi.
Eslatma: Koʻrgazma stoli va videoproyektor ekranining koʻrinish shartlari texnologik talablardan kelib chiqib belgilanadi.
3.28. Oliy taʼlim tashkilotlarining axborot-resurs markazlari (keyingi oʻrinlarda ARM deb yuritiladi) oʻz tarkibiga avanzal, koʻrgazma fondi va katalog xonalari, abonement, mutolaa qilish zali, kitoblarni saqlash va yangi kelganlarini saralash xonalarini oladi.
Mutolaa qilish zallari sigʻimi taʼlim tashkilotining jami talabalari sonining 10 — 15% qismiga bir vaqtning oʻzida xizmat koʻrsatish hisobidan qabul qilinishi; zalda kompyuterlardan foydalangan holda shugʻullanish joylari, shuningdek Wi-Fi tarmogʻining ulanishi nazarda tutilgan boʻlishi kerak (1 ishchi joy uchun kamida 4 m2).
ARMdan taʼlim tashkilotining boshqa xonalariga kesib oʻtilishga yoʻl qoʻyilmaydi. ARM xonalarning umumiy maydoni, qoidaga koʻra, oliy taʼlim tashkilotlarning sigʻimidan kelib chiqib bir talabaga kamida 1,0 m2 hisobdan aniqlanadi. ARM xonalarining maydonlari 19-jadvalda keltirilgan koʻrsatkichlardan kelib chiqib aniqlanadi.
3.29. Rektorat, dekanat, kafedralar, oʻquv qismlari, ilmiy boʻlimlari, maʼmuriy-xoʻjalik boshqarmalari hamda ilmiy-tekshirish boʻlimlarining xonalari loyiha topshirigʻiga asosan bir nafar shtat xodimi uchun maydon 4 — 8 m2 hisobidan qabul qilinadi; maʼmuriy blok xonalari maʼmuriy binolarga qoʻyiladigan talablarni hisobga olgan holda loyihalanishi lozim.
3.30. Oliy taʼlim tashkilotlarining oʻquv binolarida rekreatsiya joylari, qoida boʻyicha, bir talabaga 0,5 m2 maydon, hojatxonalar esa — maʼmuriy binolar normalari boʻyicha nazarda tutiladi.
(3-qismning “Taʼlim tashkilotlari va muassasalari” kichik qismi Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirining 2021-yil 13-apreldagi 82-sonli buyrugʻi tahririda)
Maktabdan tashqari muassasalar
3.31. Maktabdan tashqari muassasalar — ijod va boʻsh vaqtni oʻtkazish uylari (markazlari), sanʼat (badiiy, musiqaviy) maktablar, yosh texniklar, tabiatshunoslar stansiyalari, bolalar badiiy ijod studiyalari klub-toʻgarak va studiya xonalarining shugʻullanish uchun oʻrinlari soni boʻyicha, sport zallari va basseynlarning maʼlum vaqt ichidagi oʻtkazuvchanlik imkoniyatlari boʻyicha hisoblanadi. Xonalarning tarkibi va maydonlari ijodiy mashgʻulot turlarini hisobga olgan holda klub muassasalarining amaldagi loyihalash normalariga asoslanib aniqlanadi (texnologik asoslarni hisobga olib). Toʻgarak xonasining maydoni bir nafar shugʻullanuvchiga 2,5 — 6,0 m2 maydon, ammo qoida boʻyicha, 6 — 10 kishilik guruhga kamida 30 m2 qabul qilinadi. Individual mashgʻulotlar uchun studiya va sinflar tarbiyachi bilan 12 — 18 m2 maydonli boʻlishi kerak (jihozlar va musiqa asboblarining tiplariga bogʻlab). Xoreografiya, raqs, aerobika xonalarida bir nafar shugʻullanuvchiga kamida 6 m2, sport-trenajor zallarida esa kamida 5-6 m2 maydon boʻlishi shart.
Qoʻshimcha xonalar texnologik asoslanishi va amaldagi normalar boʻyicha qabul qilinadi.
Xoreografiya, raqs, jismoniy tarbiya, sport xonalari qoshida yechinish xonasi, hojatxona, dush xonalari boʻlishi shart (shugʻullanuvchilar soni boʻyicha hisoblanadi).
Ekskursiya-turizm stansiyalari turistlar bazasida vaqtinchalik yashovchilar soni boʻyicha hisoblanadi, xizmat koʻrsatish va oʻlka mutaxassis instruktori mashgʻulotlari xonalarini oʻz ichiga oladi (tarkibi texnologik asoslanishi orqali aniqlanadi).
Eslatma: Maktabdan tashqari muassasalarni loyihalash OʻzR Xalq taʼlimi vazirligining bolalar ijodiy uylari, musiqa maktablari, sanʼat maktablari, sport maktablari, yosh texniklar stansiyalari va shunga oʻxshash muassasalar uchun chiqargan nizomlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
3.32. Bolalar uchun sport zallari va sport inshoatlari, bolalar kutubxonalari, kinoteatrlari va teatrlari binolarning mos tiplari uchun normalar talablarini hisobga olgan holda loyihalanadi.
Davolash-profilaktika muassasalari
3.33. Davolash-profilaktika muassasalarini loyihalashda SanPiN № 0231 talablari va ushbu normalar talablari hisobga olinishi zarur.
Ambulatoriya-poliklinika muassasalarining xonalari tarkibi va maydonlari loyiha topshirigʻi boʻyicha bir smenada keluvchilarga texnologik hisob qilinib, 15-jadval koʻrsatkichlari hisobga olingan holda qabul qilinadi.
Shifokorlar kabineti 3 tadan koʻp ambulatoriya va poliklinikalarda umumiy dahlizdan tashqari alohida bolalar boʻlimi uchun, tezkor va keyinga surib boʻlmaydigan yordam boʻlimlari, ayollar konsultatsiyasi va boshqa boʻlimlarga kirish joyi nazarda tutilishi kerak.
dermatolog-venerolog, onkolog, ginekolog, urolog (suyuqlik chiqarib tashlovchi kabinasi bilan)
18(14+4)
logoped, otolaringolog, ftiziatr
18
igloterapiya, fizioterapiya
20
Muolaja-bogʻlab qoʻyuvchi xona
12 — 18
Kichik operatsiya , operatsiya oldi xonalari (xirurg kabineti bilan yondosh joylashtirilsin)
22+8
Sterilizatsiya
10
Massaj 1 stolli
15
Koʻrib qabul qilish boksi alohida kirish joyi bilan
14
Ukolxona shifokor kabineti bilan
20+10
Emizik bolalarni ovalantirish xonasi
12
Eslatma: 1. Kutish joyi (yoʻlakda) aniqlanishi bir vaqtda kutib turuvchilari soni hisobidan: xar bir xonaga (yoki muolaja xonasiga) 4 kishi va bir kishiga 1.2 m2 maydon.
2. Hojatxonalar aniqlanishi bir vaqtga keluvchilar soni boʻyicha: 1 ta san. anjom 10 ayolga, va 1 ta 15 erkakka; ayollar shaxsiy gigiyenasi kabinasi hojatxona tarkibida (3 m2).
3. Kunduzgi statsionar palata xonasi 12 — 18 m2 maydonli qabul qilinadi (kattalar uchun 1 oʻringa 6 m2 , yosh bolalar uchun — 4,5 m2.
3.34. Tib punktlari, davolovchi punktlar bir shifokor va hamshiraga: kabinet (12 m2), muolaja-bogʻlab qoʻyuvchi (14 — 18 m2), sanitar komnatasi (4 m2), hojatxona, dush xonalarini oʻz ichiga olishi kerak.
Izolyator bir koykaga 6-7 m2 hisobidan loyihalanadi. Izolyator qoshida hojatxona dushxonasi bilan, hamshira posti nazarda tutiladi. Izolyator xonalari blokidan tashqariga chiqish joyi boʻlishi shart.
3.35. Rentgen kabinetlarining muolaja xonasini va nur bilan davolovchi xonalarni, ishning klassi I va II boʻlgan radioizatop tajribaxonalarini bolalar va homilador ayollarning palatalariga chegaradosh (gorizont va tik sathlarda) qilib joylashtirish mumkin emas.
Flyurografiya xonasi kamida 20 m2 maydonli boʻlishi shart.
Rentgenadiagnostika kabineti bitta protsedura stoli uchun 30 — 35 m2, ikkitasi uchun 45 — 48 m2 maydonli boʻlishi kerak.
3.36. Boʻlim va poliklinikaning fizioterapevt xonasi, muolaja xonalari muolaja joylari soni boʻyicha hisoblanadi (bitta kushetkaga 6 — 9 m2). Massaj, elektr toki bilan davolash xonalari kamida 14 m2 boʻlishi shart.
Davolash dushi, vannasi va balchiq bilan davolashlar uchun muolaja va texnologik oʻtish yoʻlaklari bor boʻlgan zal xonalari koʻzda tutilishi shart; individual kabinalar qoshida bitta vannaga yoki bitta kushetkaga yechinadigan joy, zarurat boʻlganda dushxona nazarda tutilishi kerak (balchiq bilan davolovchi muassasalarda).
3.37. Kasalxonalar palatali boʻlimlarining, statsionarlarning asosiy xonalari maydoni 16-jadvalda keltirilgan. Palatali setsiyalar, palatalar tiplari (koykalar soni boʻyicha, maydoni boʻyicha) SanPiN № 0231 ga asoslangan holda texnologik talablar boʻyicha aniqlanadi. Palatalar hojatxonasi bilan boʻlishi zarur, 1-2 koykali palatalar tavsiya etiladi.
Bir koykali palatalar kamida 10 m2 maydonli, uylarda kasal holidan xabar oluvchisi va doimiy qarovchisi boʻlganda bir koykali palata, qoida boʻyicha, kamida 14 m2 boʻlishi kerak.
Kasallarning kunduzi boʻlishlari va yaqinlari bilan uchrashishlari uchun xoll-mehmonxonasi bir koykaga 0,3 — 0,35 m2 maydon hisobidan, umumiy maydon kamida 15 — 20 m2 boʻlishi koʻzda tutiladi.
Palatalar qoshida, hamda xollar yaqinida mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda, loyiha topshirigʻiga asosan yozgi xonalar nazarda tutiladi.
16-jadval
Palata va palatali boʻlimlar xonalari
Maydoni, m2
1 koykaga
Xonalar
1
2
3
1. Yuqmaydigan kasalliklar palatalari:
kattalar uchun
7 — 7,5
Bir koykali — 10
bolalar uchun
6
-
jumladan, onalarning kunduzgi kelishiga
8
-
jumladan, onalarning kecha-kunduzgi kelishiga
10
12
2. Yuqumli va sil kasalliklar bilan ogʻriganlar uchun:
kattalar uchun
8,0
Bir koykali — 12
bolalar uchun (onalar uchun joysiz)
6,5
-
3. Kuyib qolgan kasallar, ortoped-travmotologiya va neyroxirurgiya boʻlimlari, tiklash davosi, radiologiya palatalari:
kattalar uchun
10
12
onalari doimo yonida boʻlishi mumkin boʻlgan bolalar uchun
13
13
4. Kattalar va bolalar psixonevrologiya, narkologiya kasalliklari palatalari:
umumiy tipli
6-7
bir koykali — 10
qarovchili va insulinli kasallar uchun
7-8
12
5. Intensiv terapiya, operatsiyadan soʻng palatalari
10 — 13
odnokoyechnie — 14-15
6. 1 yoshgacha boʻlgan bolalar palatalari:
bokslashtirilgan, 1 oʻringa
3 — 4,5
-
jumladan, onalari kelishi mumkin boʻlgan
9
13
intensiv terapiyali
7
-
7. Izolyatsiyalangan palatalar:
1 koykaga shlyuz orqali yoki yarimboks 1 koykaga (vannali)
12
12 — 14
boks 1 koʻykaga
20 — 22
20 — 22
8. Izolyatsiyalangan palatalar: — 1 koʻykaga shlyuz bilan yoki yarimboks 1 koʻykaga (vannali)
12
12 — 14
9. Hamshira posti (komnatasi)
-
6
10. Shifokor kabineti
-
12
11.Ovqat qabul qilish komnatasi
-
14
12. Bufet 1 seksiyaga (30 koykali)
-
15 dan kammas
Eslatma: Palatalar 1,2 va 3 (4) koʻykali qilib koʻzda tutiladi. Intensiv terapiya xonalarida koykalar soni loyiha topshirigʻiga asosan belgilanadi.
3.38. Klinik-diagnostikasi tajribaxonalari loyiha topshirigʻining texnologik talablarida berilib SanPiN № 02 va QMQ 2.08.06 talablarini hisobga olgan holda loyihalanadi.
3.39. Statsionarlarda operatsiya xonasi, qoida boʻyicha, 2 ta stolga kamida 40 m2 maydonli qilib nazarda tutiladi; stoli bitta kichik operatsiya xonasi kamida 24 m2 maydonli boʻlishi kerak. Operatsiya old kirish xonasi kamida 15 m2, tez yordam koʻrsatish boʻlimida esa kamida 18 m2 maydonli boʻlishi kerak.
3.40. Boʻlimning va kasallarni tuzalganidan soʻng kuzatish qabulxonalari har bir boʻlim uchun alohida boʻlishi kerak (yuqmaydigan, akusherlik, yuqimli va boshqa kasalliklar qabulxonalari). Sigʻdiraolishlik miqdori 35 oʻringacha boʻlganda kasallar va keluvchilar uchun umumiy kirish joyini joylashtirish mumkin, yuqumli kasalliklar boʻlimi bundan mustasno. Yuqumli kasalliklar boʻlimi uchun kasallarni qabul qilish joyi va tuzalganlar uchun kuzatish joylari alohida boʻlishini taʼminlash shart.
Qabul qilish boʻlimlari oʻz ichiga kutish dahlizini (kamida 9 m2), koʻrikdan oʻtkazish xonasini (9 — 12 m2), hojatxonani, sanitar komnatasini (8 — 12 m2), narsalarni va toza kiyim-kechakni saqlash xonasini (15-16 m2), tuzalganlarga chiqarish hujjatini yozib berish komnatasini (6 — 9 m2), xodimlar uchun xonalarni (maishiy, kiyim-kechak almashtirish xonalari, hojatxona, dushxona) oladi.
3.41. Ovqatlanish bloki xonalarining tarkibi va maydonlari, kasallar sonini va ishlab chiqarish hajmini hisobga olgan holda, texnologik hisob-kitob orqali aniqlanadi (umumiy maydon bir koykaga 0,35 — 0,5 m2 hisobidan qabul qilinadi). Ovqatlanish blokini yuqmaydigan kasalliklarni davolash korpusi hajmiga kirgan xonalarga alohida kirish joyi bilan joylashtirish mumkin.
3.42. Patologoanatomik boʻlimlarni palata va davolov-diagnostika korpuslarida, hamda ovqat tayyorlash bloklari va binolari old qismi qurilmalarida joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Boʻlim tarkibida dahliz (9-10 m2), seksion xonasi (22m2), shifokor kabineti, qoʻshimcha xonalar, hojatxona dushxonasi bilan joylashtiriladi (xonalar tarkibi texnologik talablar boʻyicha aniqlanadi).
3.43. Yuqumli kasalliklar va bolalar kasalxonalari va boʻlimlari, hamda tugʻruqxonalar xodimlari uchun sanitar oʻtkazish joylarini oʻz ichiga olishi kerak: bitta dush 10 — 12 nafar xodimga ajratilgan yechinish va kiyinish xonalari bilan.
3.44. Asosiy xonalarning kengligini kamida quyidagicha qabul qilinadi(m):
davolash xonalari — 3,2;
palatalar — 2,4;
palatalar yoʻlagi — 2,2;
kutish joyisiz yoʻlaklar — 2,0, kutish joyi bor yoʻlaklar — 2,4÷2,8;
tez yordam koʻrsatish, operatsiya va reanimatsiya bloklari yoʻlaklari — 2,4÷2,8 (va ortiq);
bogʻlab qoʻyuvchi va kichik operatsiya xonalari, kabinetlari: ginekologiya, urologiya, ortopediya, onkologiya, oftalmologiya va otoloringologiya xonalari — 3,2 — 3,6 (jihozlari turiga qarab);
xirurgiya operatsiya xonasi — 5,0;
hojatxona qoʻl yuvish jihozi bilan (kasallar uchun) — 1,65, yuvinish joyi bilan qoʻshilgan hojatxona — 2,2, hojatxona shlyuzi — 1,4.
Eslatma: Parametrlari texnologik talablarga qarab toʻgʻirlanadi.
3.45. Palatalarda, izolyatorlarda, bokslarning tamburi va shlyuzida, tugʻish oldi yarim boks xonalarida, muolaja, bogʻlab qoʻyuvchi, operatsiya xonalari va vanna komnatalarida eshiklarining kengligi kamida 1.1 m boʻlishi shart.
3.46. Xonalarning gorizontal chuqurligi:
koʻpi bilan 6 m — bir tomonlama nur tushuvchi davolash-diagnostika va palatalarda;
kamida 4 m — bogʻlab qoʻyuvchi, shifokor-mutaxassislar kabinetlari (terapevt xonasida 3 m ga yoʻl qoʻyiladi);
4,6 — 5,0 m (yoki ortiqroq) xirurgiya operatsiyasi xonalarida (texnologik talablar boʻyicha toʻgʻirlash kerak).
3.47. Yuqumli kasalliklar boʻlimi asosiy xonalari balandligi, qoida boʻyicha, kamida 3,3 m, a rentgen boʻlimi, suv-balchiq bilan davolash zallari va ovqatlanish blokining pishirish sexlarida esa kamida 3,6 m boʻlishi shart.
3.48. Bolalarning sutli oshxonalari ovqat berish punktlari oʻz ichiga: kutish dahlizini 10 m2 , muzlatgich va idish-tovoq yuvish jihozlari bor yordamchi xonasi bilan ovqat berish joyini 15 m2 , hojatxonani, xodimlar kiyim-kechak almashtirish xonasini, omborchani oladi.
3.49. Tib asosiy xonalarining devor, peregorodka va shiplari yuzasi silliq, suvli tozalashga va xonalarni dezinfeksiya qilishga yoʻl qoʻyadigan boʻlishi shart.
Operatsiya, narkoz berish, operatsiya oldi va boshqa maxsus xonalarning poli suyuqlik oʻtkazmaydigan, yengil tozalanadigan va dezinfeksiya eritmasi bilan tez-tez tozalab turishga yaraydigan boʻlishi kerak. Operatsiya va narkoz berish xonalarining poli statik elektrlanib qolmaydigan boʻlishi shart.
Rentgen kabinetlari va elektr yorugʻlik bilan davolash kabinetlarining devor, peregorodka va pollarining pardozi keramik plitkalardan boʻlmasligi shart.
3.50. Apteka oʻz ichiga: savdo zali, tayyor dori-darmonlarni saqlash, dorivorlar va dori mahsulotlari xonalari, dori-darmon tayyorlash xonalari (assistent, rasfasovka, sterilizatsiya, idishlarni yuvish xonalari), haroratga chidamsiz dori-darmonlar muzlatgich kamerasi bor omborchalar, kislota va dezinfeksiya vositalarining omborchasi, xodimlarning maishiy va sanitar-gigiyenik xonalari, raspakovka xonalarini oladi. Xonalarning tarkibi va maydonlari texnologik talablarga asoslanib tuzilgan loyiha topshirigʻi boʻyicha tayinlanadi.
Tayyor dori-darmon mahsulotlari uchun kichik dorixonalar oʻz ichiga: savdo zalini (12 — 15 m2), omborchani (6 — 8 m2), maʼmuriy-maishiy xonani (8 m2), hojatxonani oladi.
3.51. Oʻz ichiga bioximik va bakteriologik tajribaxonasini, hamda sanitar-epidemiologik xizmati xonasini oladigan tib markazi va majmualarini loyihalashda qoʻshimcha QMQ 2.08.06 talablarini hisobga olish shart.
Davolov-sogʻlomlashtirish va reabilitatsiya yoʻnalishidagi markazlar va binolarni loyihalashda qoʻshimcha SHNK 2.08.03 talablarini hisobga olish zarur.
Sanatoriya-kurort va sogʻlomlantirishga, dam olishga va turizmga moʻljallangan muassasalar
3.52. Sanatoriya va sanatoriya-profilaktika binolarini, reabilitatsiya markazlari va muassasalarini loyihalashda ushbu normalar qatori SanPiN № 0231 va SHNQ 2.08.03. talablarini ham eʼtiborga olish shart. Koʻrsatilgan muassasalar yashash, tiklash, profilaktika va sogʻlomlantirishga moʻljallangan madaniy-maishiy xizmat koʻrsatish, hamda maʼmuriy-xoʻjalik va texnik xonalarini oʻz ichiga oladi.
3.53. Dam olish muassasalari, jumladan bolalar (oʻsmirlar) va yoshlarning sogʻlomlantirish oromgohlari, pansionatlar, dam olish bazalari va uylari, turistlar uchun bazalar, boshpanali manzillar, kempinglar, ovchilar (baliqchilar) bazalari dam oluvchilari va turistlarga yashash va xizmat koʻrsatish xonalarini (ovqatlanishlarini, boʻsh vaqtlarini oʻtkazish va sogʻlomlantirishni tashkil etish xonalari), hamda maʼmuriy-xoʻjalik va texnik yoʻnalishlarga moʻljallangan xonalarni oʻz ichiga oladi. Xonalarning sigʻdiraolishlik miqdori, tarkibi va maydonlari, komfort darajasi loyiha topshirigʻiga asosan tayinlanadi.
3.54. Sanatoriya, dam olish va turizm muassasalarining yashash xonalarini ovqatlanish, madaniy-ommaviy, davolash-diagnostika va jismoniy tarbiya-sportlarga moʻljallangan xonalardan butunlay ajralib turadigan bloklarda joylashtirish zarur.
Yashash (yotoq) korpuslari kirish dahlizini, navbatchi xonasini, qavatlarda mehmon xonalarini, kirxonalarni, inventar xonalarni oʻz ichiga oladi; yozgi xonalar mahalliy sharoitlar boʻyicha qabul qilinadi.
Bolali oilalar yashashi uchun xonalar, qoida boʻyicha, alohida seksiya va bloklarda (qismlarda), 3-qavatdan yuqori boʻlmagan sathlarda, evakuatsiya uchun alohida zinapoya katagi taʼminlangan holda joylashtirilishi kerak.
Yashash uchun xonalar 17-jadval koʻrsatkichlarini hisobga olib koʻzda tutiladi. Dam olish muassasalarining yashash xonalari va sanatoriya palatalari, mehmonxona nomerlari tipi muayyan jihozlar bilan taʼminlanishi boʻyicha, jumladan hojatxonalar bilan, har xil komfortli qilib koʻzda tutiladi. Yashash nomerlari koʻpincha 1-2 odamga, bolali oilalar uchun 3-4 oʻringa moʻljallangan qilib nazarda tutiladi.
17-jadval
Muassasalar
Maydoni, m2 (kamida)
1 oʻringa
xonaning
Kattalarning dam olishi uchun, bolali oilalar uchun sanatoriyalar, sanatoriya-profilaktoriyalar, pansionatlar va boshqalar, turistlar uchun mehmonxonalar, motellar
6,0 — 8,0
1 kishiga — 10
2 kishiga — 12 — 16
Bolalar uchun sogʻlomlantirish oromgohlari- dam olish bazalari
4,5 — 6,0
18
Bolalar uchun sanatoriya oromgohlari
6,0
18
Yozda faoliyat koʻrsatadigan bolalar sogʻlomlantirish oromgohlari
4,0 — 4,5
18
Turistlar qoʻnimi manzillari, ovchilar va baliq ovlovchilar bazalari, kempinglar, motellar (suv yuzida dam olishga moʻljallangan lager-turar joyi)
4,5 — 5,0
9 — 12
Ilova: 1. Komnatalar soni, ularning maydonlari, jihozlanishi, jumladan sanitar-texnik jihozlar bilan, loyiha topshirigʻi boʻyicha oʻrnatiladi.
2. Komnatalar kengligi kamida 2.4 m, uzunligi koʻpi bilan 6 m boʻlishi zarur.
3.55. Dam olish va turizm muassasalarida yashash xonalarining guruhiga yoki qavatga (yoki binoning birinchi qavatida) joylashtiriladigan umumiy hojatxonalarini, yozgi dam olish muassasalarida koʻrinishi alohida bloklar yuvinish, hojat va dushxonalari kanalizatsiyalashtirilgan hollarni, tavsiyaviy 6-ilova koʻrsatkichlarini hisobga olgan holda, koʻzda tutiladi.
3.56. Sanatoriyalar, dam olish va turizm muassasalarida quyidagi xonalar nazarda tutilishi kerak: registratura, maʼmuriyat, tibpunkt izolyatori bilan, hamda davolash-sogʻlomlantirishga moʻljallangan xonalar, ovqatlanish, boʻsh vaqt va dam olishni, sport-trenirovka mashgʻulotlarini tashkil qilish uchun xonalar, ommaviy tadbirlar zali, konsert va kinokoʻrsatish xonalari. Koʻrsatib oʻtilgan xonalarning maydonlari 5-tavsiyaviy ilovada keltirilgan.
Barcha muassasalarda, qoida boʻyicha, kamida 2 koykali izolyator koʻzda tutilishi shart.
Eslatma: 1. Tomosha zallarini 60 — 70% dam oluvchilarga moʻljallab hisoblash tavsiya etiladi, klub va oʻyinlar xonalari maydoni kamida 30 m2 boʻlishi kerak.
2. Yozgi kinokonsert, raqs maydonlari, oʻqish xonasi, oʻyin-kulgi, sport inshootlari mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda nazarda tutiladi.
3.57. Bolalar sogʻlomlantirish va sanatoriya oromgohida yotoq korpuslari yashash seksiyalari yoki bloklari asosida tuzilib otryadga yoki guruhga 30 — 35 bola boʻlishi hisobidan koʻzda tutiladi; tarkibida yashash va sanitar-maishiy yoʻnalishlarga moʻljallangan xonalar nazarda tutilishi kerak (hojatxonalar, dushxonalar, shaxsiy buyumlar omborchalari, maishiy komnatalar); har bir yashash guruhiga tarbiyachi komnatasi nazarda tutiladi.
Bolalar sogʻlomlantirish oromgohlarining — dam olish bazalarining korpuslari mavsumdan boshqa vaqtlarda kattalar, bolali oilalarni qulay joylashtirish imkonini hisobga olib loyihalanishi darkor.
Bolalarning yozgi oromgohlari uchun bir qavatli yotoq pavilonlarini va alohida joylashtirilgan hojatxona va yuvinish xonalari uchun sanitar bloklarini 2 ta otryadga (60 — 70 bola) moʻljallanishi hisobidan loyihalanishi mumkin. Dushxonalar va kir yuvish xonalari oromgoh uchun, qoida boʻyicha, markazlashtirilgan holda nazarda tutiladi.
3.58. Oshxonalar xonalarining tarkibi va maydonlari ovqatlantirishni tashkil qilish texnologik talablari boʻyicha (smenalikni hisobga olgan holda) loyiha topshirigʻiga asosan tayinlanadi.
Ovqatlanish zallarining maydoni ushbu normalarning 3.140 bandini hisobga olib qabul qilinadi. Har bir zalning sigʻdiraolishlik miqdori 250 oʻrindan oshmasligi shart.
Bolalar dam olish muassasalarida ovqatlanish zallari bir smenali xizmat koʻrsatishga hisoblanadi, bunda bolalar oʻrinlari 200 dan oshmasligi zarur.
Eslatma: 1. Yozda faoliyat koʻrsatadigan dam olish muassasalarida ovqatlanish zallari maydoni bir oʻringa 1,0 — 1,2 m2 hisobidan, ovqatlanish bloklari zaldagi bir oʻringa 0,95 — 1,4 m2 maydon toʻgʻri kelishi hisobidan qabul qilinadi.
2. Yozgi oshxonalarning zallarini terrasalarda (tentlar, tepa qoplamali joylar) koʻzda tutish mumkin.
3.59. Oʻrni 250 gacha dam olish uylari va turistik bazalarda koʻp funksiyali — balandligi 4.2 m boʻlgan oshxona-klub zallarini koʻzda tutish mumkin.
Jismoniy tarbiya va sport inshoatlari
3.60. Yopiq va ochiq sport inshoatlari, jumladan sport zallari, arenalar va manejlar, sunʼiy yaxmalakli sirpanish uchoqgohlari, basseynlar, stadionlar va shu kabi boshqalari sport maydonlarining texnologik parametrlarini, jihozlarni joylashtirish talablarini, tomoshabinlar oʻrindiqlarini, sportchilarga va tomoshabinlarga xizmat koʻrsatish talablarini hisobga olgan holda loyihalanishi zarur. Sport zallari asosiy tiplarining qurilish oʻlchamlari va maʼlum vaqtda foydalanish quvvati 7-tavsiyaviy ilovada keltirilgan.
Koʻp funksiyali foydalanishga moʻljallangan universal katta oʻlchamli sport zallar-arenalar va sport manejlari, tomoshabinli sport zallari texnologik yechim variantlarini ishlab chiqish natijasi boʻyicha loyihalanadi.
3.61. Sport inshoatlarini loyihalashda sport turi va tomoshabinlarni joylashtirish texnologik afzalliklarini, kiritib qurilgan va turgʻin boʻlmagan jihozlardan (jihozlar roʻyxati boʻyicha) yukni hisobga olish shart. Ogʻir va yengil atletika, futbol zallari birinchi qavatga joylashtirilishi kerak. Yengil atletika va futbol zallari-manejlariga avtomoshina kira olishini taʼminlash shart.
Oʻrindiqlari 300 va koʻp tribunali tomosha-sport zallarida zal-arena pol sathi yer ustki ikkinchi qavat pol sathidan yuqori boʻlmasligi shart.
Tribunalar joylashtirilayotganda tomoshabinlar birinchi qatori roʻparasida toʻsiq boʻlishi kerak, oʻyin maydonigacha yon va koʻndalang tomonlardan masofa tomoshabinlar xavfsizligini hisobga oladigan texnologik talablardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
3.62. Sport zallari qoshidagi snaryad va inventar xonalari, qoida boʻyicha, zallarga yondosh va aloqasi tirqishlar orqali boʻlishi kerak. Snaryad-inventar xonasi poli sathi zal poli sathi bilan bitta darajada boʻlishi shart (porogsiz). Snaryad va inventar xonalari maydoni texnologik talablar boʻyicha aniqlanadi (oʻlchami 12x24 m li zallar uchun kamida 16 m2, 30x18 m li zallar uchun kamida 21 m2).
3.63. Tomoshabinlar oʻrindiqlari soni 1000 va undan ortiq universal sport-tomoshagoh zallarida (arenalarda) sport oʻyinlari uchun va musobaqa oldidan mashq qilib olish uchun sport zallari koʻzda tutilishi kerak. Oʻquv-trenirovka zallari, trenajor xonalari, individual kuch ishlatadigan tayyorlanish xonalari soni va oʻlchamlari loyiha topshirigʻida koʻzda tutiladi.
3.64. Universal sport-tomoshagoh zal-arenalarda, manejlarda, sunʼiy yaxmalak zallarida maydonni oʻzgartirish (sport va tomosha turlarini hisobga olgan holda), estrada joylashtirish va boshqa imkoniyatlar loyihalashda nazarda tutilishi kerak.
3.65. Yopiq va ochiq oʻquv-trenirovka basseynlarining asosiy hisobiy parametrlari 8-tavsiyaviy ilovada keltirilgan.
Suzishni bilmaydiganlarni suzishga oʻrgatish uchun va bolalar uchun vannalar, qoida boʻyicha, har bir, vannasi 50x25 m vannali, basseyn binosida koʻzda tutilishi kerak.
Basseynlarning hovuz zali balandligi, tomoshabinlar oʻrindigʻisiz (hovuz atrofida yurish yoʻlagi sathidan keyin) va suvga tepadan sakrash joyisiz boʻlganda kamida: hovuz uzunligi 50 m lida 6 m va hovuz uzunligi 25 m lida 5.5 m boʻlishi kerak; oʻquv-trenirovka va sogʻlomlantirish mashgʻulotlari oʻtkaziladigan 25 m li zallarda 4.2 m, hovuz uzunligi 18 m dan oshmaydigan zallarda 3.6 m ruxsat etiladi.
Universal va maxsus hovuzli zallar balandligi, jumladan suvga tepadan sakrash va tomoshabinlar joylari boʻladigan zallar balandligi texnologik talablar boʻyicha belgilanadi.
3.66. Hovuzi uzunligi 25 m va undan ortiq basseynlar tarkibida trenirovka va tayyorgarlik mashgʻulotlari uchun sport zallari koʻzda tutilishi shart.
Hovuzi 25x8.5m va undan kam boʻlgan, hamda ochiq basseynlarda tayyorgarlik koʻradigan zallar koʻzda tutilmasligi mumkin; ammo hovuz yaqinida tayyorgarlik koʻrish uchun kamida 70 m2 li ochiq maydoncha boʻlishi kerak.
3.67. Hovuz tagi nishabi, boʻylama yon devorlari profili, yoʻlakchalari oʻqlarini oʻlchamlanishi, suv ostini kuzatish tirqishi (illyuminatorlari) texnologik talablar boʻyicha qabul qilinadi.
Har bir boʻylama devorlarida uzunligi 50 m li hovuzlarda uchtadan, 50 m dan kamlarida ikkitadan zinapoyalar koʻzda tutilishi kerak; hovuz maydoni 100 m2 dan kam boʻlsa bitta zinapoya oʻrnatish mumkin.
3.68. Vanna devorlari va osti konstruksiyalari suyuqlik oʻtkazmaydigan va kimyoviy reagentlarga bardoshli boʻlishi kerak. Hovuz osti va devorlarining yuzalari yorugʻ tonli boʻlishi kerak. Hovuz devorlari va osti sirgʻanchiq boʻlmasligi shart. Basseynlar hovuzlarining koʻndalang devorlari suv ustki qismlari 0,3 m balandlikda tik va bir-biriga parallel boʻlishi kerak.
Hovuz uzunligi 50 m li yopiq basseynlarda texnik qarab turish va taʼmirlash uchun hovuzning tashqi tomonlarida imkoniyat koʻzda tutilishi kerak.
3.69. Basseyn hovuzining perimetri boʻyicha aylanib yurish yoʻlakchasi yopiqlari uchun kamida 1.5 m, ochiqlari uchun 2 m boʻlishi kerak; yoʻlakcha tashqi chegarasidan oʻrindiqlar joylashtirilishi zarur.
Aylanib yurish yoʻlakchasi sirgʻanmas va trap tomonga 0.01-0.02 nishabli boʻlishi shart.
Bolalar hovuzi uchun (suzishni bilmaydiganlar uchun) aylanib yurish yoʻlakchasi kengligi uch tomoni qirgʻogʻi boʻyicha 0.75 m, yoʻlakcha sathi qirgʻoqdan past, qirgʻoqdagi toʻsiq balandligi 0.9-1.0 m boʻlishi shart.
Eslatma: 1. Yopiq basseynlarda aylanish yoʻlakchalari isitiladigan qilib nazarda tutiladi.
2. Start tumbasi, tramplin, sakrash tepaligi bor borti boʻyicha yoʻlakchaning kengligi texnologik talablardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
3.70. Yechinish xonalari (erkak va ayollarga alohida) toʻgʻridan toʻgʻri hojatxonalarga va dushxonalarga tambur orqali tutashgan boʻlishi kerak.
Shugʻullanuvchilar uchun yechinish xonasining sport zali bilan aloqasi toʻgʻridan toʻgʻri, yoʻlak orqali yoki faqat ular uchun ishlaydigan zinapoya orqali amalga oshirilishi kerak.
Jamoa koʻrinishida boʻladigan sport oʻyinlari oʻtkaziladigan inshoatlarda, qoida boʻyicha, kamida toʻrtta yechinish xonalari boʻlishi kerak, ularning maydoni koʻp zalli sport inshoatlarining yechinish xonalari umumiy hisobiy maydoniga kiritiladi.
Yechinish xonasi bir nafar yechinuvchiga kamida 1 m2 maydon hisobidan nazarda tutiladi; yechinish xonasida kiyim javonlari (0,3x0,5 m, oʻrindiqlar, oyoq vannasi, qoʻl yuvish jihozi, koʻzgu, pol usti tarozisi boʻlishi shart).
Basseynlarda yechinish xonalari aylanib yurish yoʻlakchasi bilan bir sathli va ular aloqasi dushxona orqali, a sport zal yoki tayyorgarlik mashgʻulotlari xonasi bilan esa dushxonani aylanib oʻtadigan boʻlishligi shart.
Yengil atletika sport oʻyinlari uchun sport zallarining qoshidagi va universal sport-tomosha zallaridagi, hamda ochiq sport inshoatlaridagi (ochiq basseynlar bundan mustasno) yechinish xonalari zal bilan (maydon bilan) toʻgʻridan toʻgʻri aloqada boʻlishi va shugʻullanuvchilar bilan tomoshabinlarning yoʻllari kesishmasligi sharti bilan, aloqada boʻlmasligi mumkin.
Eslatma: 1. Sport zallarida shugʻullanuvchilar uchun yechinish xonalari, qoida boʻyicha, bir smenada shugʻullanuvchilarning 200% iga, basseynlarda esa bir smenada shugʻullanuvchilarning 250 — 300% iga hisoblanadi (toʻlishining bir xil boʻlmasligini hisobga olgan holda).
2. Sportning har xil koʻrinishda musobaqa va oʻquv-trenirovka mashgʻulotlari oʻtkaziladigan zallari bor koʻp funksiyali sport inshoatlarida yechinish xonalarining joylari soni texnologik hisob kitob bilan aniqlanadi.
3.71. Sport inshoatlarining sanitar boʻgʻinlaridagi sanitar jihozlari texnologik hisob kitob boʻyicha, 9-tavsiyaviy ilova koʻrsatkichlarini hisobga olgan holda, qabul qilinishi kerak.
Shugʻullanuvchilarning dushxonasi yechinish xonasi bilan, trener va instruktorlar jamoasi uchun dushxonalar instruktorlar xonasi bilan, xodimlar dushxonasi xodimlar maishiy xonalari bilan toʻgʻridan toʻgʻri aloqada boʻlishi kerak.
Basseynlarda shugʻullanuvchilarning dushxonalari (erkak va ayollarniki) aylanib yurish yoʻlakchasi bilan bir sathda boʻlishi shart. Dushxonalar ochiq kabinali va oralarida oʻtish yoʻlakli boʻlishi kerak; oʻtish yoʻlagi kengligi — 1.6 m. Dushxonadan aylanib yurish yoʻlagiga chiqish joyida yoki suzib chiqish joyida chuqurligi 0.1 m poddon oyoq vanna-dushi butunlay kengligi boʻyicha nazarda tutiladi.
Yechinish xonalari qoshidagi hojatxonalar yechinish xonalari bilan yondosh joylashtirilishi zarur (tambur-shlyuz orqali). Hojatxonadan dushxonani chetlab basseyn hovuziga kirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Bolalar yechinish xonasi, dushxonasi va hojatxonalari (oʻgʻil bolalar va qizlar uchun alohida) kattalarnikidan alohida joylashtirilishi shart.
3.72. Hovuzga suzib chiqish joylari — kanallar kengligi 1.8 m va chuqurligi kamida 0.5 m; start tumbachasi yoʻq hovuzlarga suzib chiqish kanali vannaning koʻndalang biqiniga joylashtiriladi.
3.73. Basseynlarning texnik xonalari, xlorlash xonalari va xlor omborlariga alohida maxsus kirish joyi boʻlishi kerak. Xlorlash va xlor omborining xonalarini binoga yopishgan yer sathidan pastga joylashtirish mumkin emas.
3.74. Ochiq inshoatlarning qoʻshimcha xonalari (yechinish, hojatxona, dushxonalari), qoida boʻyicha, inshoatdan 200 m dan uzoqda joylashtirilmasliklari kerak, ochiq basseynlar bundan mustasno, chunki ularning yechinish, hojatxona va dushxonalari bevosita basseyn hovuziga birikishi zarur.
3.75. Qoʻshimcha xonalar balandligi tavsiyasi (toza holda, pastga chiqib turuvchi konstruksiyagacha):
2,7m — dahlizlarda, yechinish xonalarida, massaj xonalarida, shugʻullanuvchilarning dam olishi xonasida, savdo va qoʻshimcha xonalarda, trener-instruktor xonalarida, metodika xonasida, tib xizmati xonasida, navbatchi va yongʻin posti xonalarida, omborxonalarda, inventar xonalarida, qurol-yarogʻ tozalash va saqlash xonalarida:
2,4 m — sudyalar xonalarida;
2,2 m — ustki kiyim almashtirish joyida (yopiq toʻsiq orqasida), trenirovka kiyimlarini almashtirish xonasida, kiyim va oyoq-kiyim quritish xonasida, togʻ changʻi trassasi start va finish qoshilaridagi kichik uycha va pavilonlarda, kassaxonalarda.
3.76. Tomoshabinlar uchun qoʻshimcha xonalar keluvchilar tomosha zallariga toʻliq boʻlgan holatga hisoblanadi (tomosha zalining normativ koʻrsatkichlarini hisobga olib).
3.77. Bufetxona yoki kafeteriyalar loyiha topshirigʻi asosida qabul qilinadi.
Maʼmuriy boshqaruv , idora, ofis, ilmiy-tadqiqot va loyiha tashkilotlari muassasalari
3.78. Maʼmuriyatga moʻljallangan xonalar — boshqaruv, vazirlik, sugʻurta va moliya, loyiha va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari muassasalarining xodimlari uchun ishchi xonalar va kabinetlar bitta shtat xodimiga kamida 6 m2 maydon toʻgʻri kelishi hisobidan loyihalanadi. Bunda koʻp oʻrinli ishchi xonalarida bir xodimga toʻgʻri keladigan maydonni 4-5 m2 gacha qabul qilish mumkin.
Bir nafar xizmatchi kabineti kamida 9 m2 maydonli, keluvchilarni qabul qilish koʻzda tutilgan boʻlsa kamida 12 m2 maydonli boʻlishi kerak.
Rahbarlar kabineti zaruriy keluvchilar uchun oʻrindiqlar joylashtirish soniga hisoblanib qabul qilinadi (bir oʻringa 1.5 — 2.0 m2 maydon hisobidan).
Rahbar qabulxonasi kamida 12 m2 maydonli, ikkita kabinetga xizmat koʻrsatadigan qabulxona kamida 16 m2 maydonli boʻlishi shart.
Rahbarlar, instruktorlar, deputatlar va boshqa koʻp keluvchilari bor kabinetlar qabulxonasi qoshida kutib turish joylari nazarda tutilishi zarur; koʻp keluvchilari boʻlmagan va yoʻlak kengligi 2.4 m dan kam boʻlmagan holatlarda kutib turuvchilar joyi koʻzda tutilmasligi mumkin.
3.79. Koʻrgazmalar va namoyish zallari, yigʻin va keluvchilar bilan suhbat oʻtkazadigan xonalar, kutubxona va arxivlar, nusxa-koʻpaytirish xizmati xonalari, ekspeditsiya, ruxsat yozish xonalari, hamda xizmat koʻrsatuvchi xonalar: kiyim-kechak almashtirish, jihozlar taʼmiri ustaxonalari, omborchalar, jamoat ovqatlanish xonalari, tibpunktlari, xodimlar uchun maishiy xonalar va shu kabilar texnologik talablar boʻyicha koʻzda tutiladi.
3.80. Dahlizlar bir nafar xodimga ustki kiyim yechish joyisiz kamida 0,17 m2/kishi, kiyim yechish joyi bilan 0,25 m2/kishi miqdorlarida koʻzda tutilishi kerak. Kiyim-kechak almashtirish xonasi maydoni bir oʻringa (ilgakka) 0,08 m2 hisobidan qabul qilinadi. Dahliz oʻlchamlari (maydoni) binodan odamlarni evakuatsiya qilish talablariga javob berishi shart; qoida boʻyicha, dahliz maydoni 12 m2 dan kam boʻlmasligi shart.
3.81. Xodimlar uchun hojatxonalar loyihalanishi quyidagi hisoblar boʻyicha boʻlishi kerak: 1 ta unitaz va 1 ta pissuar 30 erkakka; 1 ta unitaz 20 — 25 ayolga va 1 ta shaxsiy gigiyena kabineti 70 — 75 ayolga. hojatxonalar (erkaklar, ayollar uchun) bir qavat oralatib joylashtirilishi mumkin, ammo ishchi xonalardan uzoqligi 75 m dan oshib ketmasligi kerak.
3.82. Kutubxonalar va texnik arxivlar kitob fondi va ish hujjatlarini saqlashga, hamda xodimlar va keluvchilar uchun zaruriy ish maydoni hisoblaridan aniqlanadi. Fondni ochiq saqlash maydoni 1 ta saqlash birligiga 4,5 m2 maydon hisobidan, yopiq saqlash esa maydoni saqlash birligiga 2,5 m2 maydon hisobidan qabul qilinadi. Bir nafar arxiv xodimi yoki kutubxona xodimi uchun ish maydoni 6 m2 hisobidan koʻzda tutiladi. Kutubxona fondi kitoblari 25 minggacha boʻlganda kutubxonani bir xonaga joylashtirish mumkin.
Arxivga kiruvchilarning bir nafariga yoki oʻqish zalida bir oʻquvchiga 3 m2 maydon, kompyuter qoʻllanilishiga 4 — 6 m2 maydon koʻzda tutilishi kerak.
3.83. Nusxa-koʻpaytirish va nashriyot xizmatlari uchun xonalar bir xodimga kamida 6 m2, ammo har bir xona kamida 12 m2 maydonli boʻlishi shart.
3.84. Konferens-zallar har xil moʻljallangan yoʻnalishini, sigʻdiraolishlik miqdorini va har xil jihozlar bilan taʼminlanishini hisobga olgan holda nazarda tutilishi kerak; bu holatlarda zal maydonlari qabul qilinadi:
100 oʻringacha boʻlgan zallar uchun 1,3 — 2 m2 stol atrofidagi bir oʻringa;
100 dan koʻp 150 oʻringacha zallarda stolda kitob qoʻyuvchi moslamasiz 1-1,1 m2 bir oʻringa, moslamasi bor holda — 1,25 m2 bir oʻringa;
150 oʻrindan koʻp zallarda stolda kitob qoʻyuvchi moslamasiz — 0,9-1,0 m2 bir oʻringa.
3.85. Tomoshalar zallari oʻrindiqlari 200 va undan koʻp boʻlgan zallar bir oʻringa 0,7 m2 hisobidan tomoshagoh zallar normalari boʻyicha loyihalanishi shart.
Estrada qoshidagi prezidium uchun xona kamida 12 m2 boʻlishi kerak. Tomosha zallari qoshida kuluarlar (0,3 m2 zaldagi bir oʻringa), chekish va hojatxonalar koʻzda tutiladi (tomosha zallari normalari boʻyicha).
3.86. Tibpunkti va oshxonalar, qoida boʻyicha, 200 va undan ortiq xodimlarga hisoblanadi, kam oʻrinliklar esa mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda nazarda tutiladi.
Sigʻdiraolishlik miqdori 50 oʻringacha muassasalarda choy qaynatish va idish-tovoq yuvish jihozi oʻrnatilgan toʻsiqli joylar nazarda tutiladi.
Eslatma: 1. Tibpunkt oʻz tarkibiga bir yoki bir necha maydoni kamida 12 m2 boʻlgan xonalarni oladi (jumladan muolaja, massaj, fizaterapiya xonalari va boshqalar).
2. Ovqatlanish bloki bilan oshxonalar bir necha muassasaga va “tashqaridan keluvchilarga” xizmat koʻrsatadigan qilib koʻzda tutilishi mumkin. Xonalarning tarkibi va maydonlari texnologik asoslar va ushbu normalar talablaridan kelib chiqqan holda qabul qilinadi.
3.87. Qishloq boshqaruv maʼmuriy binolarida, idoralarda xonalar bir xodimga 8-9 m2 maydon toʻgʻri keladigan qilib, ammo xona maydoni 12 m2 dan kam boʻlmagan holda qabul qilinadi. Yigʻilish oʻtkaziladigan xona maydoni, qoida boʻyicha, kamida 30 m2 maydonli boʻlishi kerak. Maʼmuriy binoda ZAGS (15 — 20 m2), preparat xonasi bilan qishloq agrokimyo laboratoriyasi (jami 25 — 30 m2), aloqa boʻlimi joylashtirilishi mumkin.
Huquqqa oid muassasalar
3.88. Huquqqa oid muassasalar: prokuraturalar, ZAGSlar, huquqiy maslahat, notarial korxonalari maʼmuriy binolarga qoʻyiladigan talablarni hisobga olgan holda loyihalanadi. (3.78 — 3.86 bandlar).
Sudlar sudyalar soni va sud majlislari zallarining sigʻdiraolishlik miqdoriga qarab, sudlarning maʼmuriy xonalari maʼmuriy muassasalar maydoni koʻrsatkichlari boʻyicha nazarda tutiladi.
Huquqqa oid muassasalar xonalarining tarkibi va maydoni loyiha topshirigʻiga asosan oʻrnatiladi.
3.89. Sud majlislari zalining maydoni zalda bir oʻringa, m2:
kichik 25 — 40 oʻrin — 1,7
shunday, oʻrin oldi stoli bilan — 2,0
80 dan 100 oʻringacha — 1,3
100 dan 200 oʻringacha — 1,1 — 0,9
200 oʻrindan ortiq — 0,7
Eslatma: Sud majlisi zallari qoshida sudya va sudlanuvchilar uchun qoʻshimcha xonalar, keluvchilar uchun kuluarlar, ashyoviy dalillarni saqlash uchun omborchalar va hojatxonalar nazarda tutiladi.
3.90. ZAGSlar xodimlarning ish xonalarini, arxivni, qoʻshimcha xonalarni oʻz ichiga olishi kerak; registratsiya zallari maydoni kamida 24 m2 boʻlishi kerak; tantanavor nikoh registratsiyasi uchun zallar maydoni 40 — 60 m2 li tavsiya etiladi. Keluvchilarni qabul qiladigan ish xonalari kamida 12 m2 maydonli boʻlishi kerak. ZAGS tarkibida keluvchilar uchun xonalar koʻzda tutiladi: hojatxona, xoll-mehmonxona, kuyov va kelin xonasi, qoʻshimcha xonalari bilan banket zali. Xonalar tarkibi va maydonlari loyiha topshirigʻi boʻyicha belgilanadi.
Qishloq joylarda ish maydoni — ZAGS xonalari kamida 24 m2, jumladan registratsiya xonasi kamida — 15 m2 boʻlishi kerak.
Arxivlar
3.91. Turli yoʻnalishdagi arxivlar quyidagi xonalarni oʻz ichiga oladi: qabulxona, ishlov berish xonasi, hujjatlarni komplektlash va saqlash xonalari; dahliz va keluvchilar uchun xona, hujjatlarni nusʼhalash xonasi, restavratsiya va ekspertiza qilish xonalari, boshqa ishchi va maishiy xonalar. Xonalarning tarkibi va maydonlari loyiha topshirigʻi boʻyicha belgilanadi. Xodimlar uchun ish xonalari maʼmuriy binolar uchun berilgan koʻrsatkichlar boʻyicha qabul qilinadi, keluvchilar uchun xonalar bir ish oʻrni 3,0 — 6,0 m2 maydonli boʻlishidan kelib chiqqan holda koʻzda tutiladi.
Arxivning saqlash xonasi saqlanadigan hujjatlar hajmi boʻyicha saqlashning bir mingta shartli birligiga 2,5 m2 maydon hisobidan aniqlanadi.
Eslatma: Dahliz, hojatxonalar maʼmuriy binolardagi kabi qabul qilinadi.
Bank muassasalari
3.92. Bank muassasalari operatsiya kassalari soni, kassa operatsiyalari hajmi boʻyicha hisoblanadi; Banklarni loyihalashni idoraviy texnologik talablardan kelib chiqqan holda amalga oshirish kerak.
Bank tarkibida mijozlarni qabul qilish va bank operatsiyalari zallari, maʼmuriyatning ishlash xonalari, kassa uzellari, jumladan rezerv fondi va aylanma kassa omborlari, kechki kassa, aylanma va kechki kassalar kassirlari kabinalari, pul sanash kabinalari, operatsiya kassasi kabinalari, mijozlar uchun pul sanash xonasi koʻzda tutiladi; xonalarning tarkibi va maydonlari texnologik talablar boʻyicha oʻrnatiladi. Kassa uzellarini shunday joylashtirish kerakki, qoida boʻyicha, birinchi qavatga, boshqa tizim boʻlinmalaridan ajratilgan holda, ammo hisobga olish-operatsiya hujjatlarini bankning kerakli boʻlinmalardan olib kelish qulay boʻlsin. Kassa uzellaridan inkassator mashinasidan qabul qilish boksi xonasiga aloqa boʻlishi shart. Omborcha va kassir kabinasidan iborat boʻladigan kechki kassa pul sanaydigan kassa, hamda inkassator mashinasidan qabul qilish boksi xonalari bilan qulay aloqada boʻlishi shart.
Xodimlarning maʼmuriy ishlash xonalari, sanitar-maishiy xonalar maʼmuriy muassasalarning tipi boʻyicha nazarda tutiladi.
3.93. Operatsiya va kassa zallari maydonlari texnologik asoslanish boʻyicha kassa operatsiyalari hajmini va 18-jadval koʻrsatkichlarini hisobga olgan holda oʻrnatiladi.
18-jadval
Xonalar
Zalning bitta tirqishiga hisobiy maydon, m2, ishchi tirqishlar (kassalar) soni boʻyicha
Qishloq uchun
Shahar uchun
1
3
2-3
5 — 10
Operatsiya zali
20 — 24
12
15
12 — 15
Kutubxonalar
3.94. Kutubxonalar kitob fondini saqlash birligining va zallarida oʻqish joylarining sonlari boʻyicha hisoblanadi. Kutubxonalarning xonalari tarkibi va maydonlari texnologik talablar boʻyicha ularning moʻljallangan yoʻnalish, ihtisoslashishlari hisobga olingan holda qabul qilinadi; tarkib va maydonlarini aniqlash uchun asosiy koʻrsatkichlari 19-jadvalda keltirilgan.
Keluvchilar uchun dahliz va hojatxonalar klublar muassasalarining mos hisobiy koʻrsatkichlarini hisobga olgan holda nazarda tutiladi. Dahlizlar qoshida ustki kiyim saqlash joyi (zalning 100% sigʻdiraolishlik miqdori boʻyicha) va qoʻl xalta saqlash xonasi, nusxa koʻchirish xizmati va pereplet-jildlash xonalari koʻzda tutiladi.
Kitob saqlash xonalari bitta yarus yoki koʻp yarusli soʻrilarda saqlashga boʻlgan texnologik talablarni hisobga olgan holda loyihalanadi.
19-jadval
Xonalar
Oʻlchovi
Hisoblash koʻrsatkichi, m2
1
2
3
Bibliografik-maʼlumot boʻlimi
Bir oʻqish joyi
0,1
Avanzal (oʻquvchi kishilar uchun 15 — 20% oʻrin hisobidan)
-'-
1,5
Oʻqish zallari:
kattalar uchun umumiy va ilmiy-tarmoq
-'-
2,4 — 3,0
bolalar, yoshlar
-'-
2,0 — 2,5
maxsus boʻlimlar
-'-
3,0 — 3,5
izografiya, not, kartografiya
-'-
3,5 — 5,0
kompyuterdan foydalanib audiovizual xizmat
-'-
4 — 6 (10 — 20% oʻqish oʻrinlariga)
Abonement (oʻquvchi kishilar uchun)
Bir oʻqish joyi
1,8
Kutubxonalar abonement, komplektlash boʻlimi
Xizmatchining bir ish oʻrni
6,0
komplektovaniya
Xizmat va ishlab chiqarish
1 xizmatchi
5-8
Kitob saqlash:
1000 saqlash birligida shunday
yopiq saqlash
2,5
ochiq , fond qoshiga borish mumkin holda saqlash
5,0 (kichiklari — 4,5)
Eslatma: 1. Kataloglar xonasi quyidagi hisobda qabul qilinadi: 1 ta kitob javoni 20 ming saqlash birligiga (1000x500x1450 mm) 48 ta yashikli -3.5 m2.
* Shuningdek kataloglarni elektron nusxada saqlash uchun bir kompyuter ish oʻrniga 4 — 6 m2 maydon hisobidan joy koʻzda tutiladi.
2. Suratlarni tiklash, kseronusʼhasi, fotonusʼha, pereplet-jildlash laboratoriyalarini qabul qilish: 1000 ta saqlash birligiga — 2,0 m2; har bir xona kamida 12 m2; gigiyenik ishlov va restavratsiya laboratoriyalari kamida 15 m2 (har biriga).
3.95. Avanzal kataloglar bilan ishlash joyini, adabiyot koʻrgazma stendi, ulashish kafedrasi va oʻqish zaliga beriladigan adabiyot ishchi fondini vaqtinchalik saqlash joylarini oʻz ichiga oladi; avanzal maydoni, qoida boʻyicha, kamida 30 m2 boʻlishi shart.
Abonement hududi ulashish kafedrasi va kitob qabul qilish kafedrasini oʻz ichiga oladi, bu hudud oʻqish zalidan doimiy boʻlmagan peregorodka bilan ajratiladi; boʻlim maydoni kamida 20 m2 boʻlishi kerak.
Bibliograf-maʼlumot boʻlimi: oʻquvchi kishilar uchun joylarni, navbatchi bibliograf-maslahatchi joyini, kitob koʻrgazmasi hududini oʻz ichiga olib umumiy maydon kamida 20 m2 boʻlishi kerak.
3.96. Komplektlash va ishlov berish boʻlimida hududlar nazarda tutiladi: xizmat kataloglari, xodimlarning ishlash joylari, kitoblarga ishlov berish va komplektlash joylari.
Xodimlar uchun xizmat va maishiy xonalar maʼmuriy binolar hisobiy normalari boʻyicha nazarda tutiladi.
3.97. Maxsus oʻqish zallari notalar, noyob kitoblar, patentlar, sanʼat albomlari va boshqa fondlar saqlanadigan tegishli boʻlimlar qoshida joylashtiriladi; zallar maydoni konkret sharoitlardan kelib chiqqan holda belgilanadi. Zallarda kompyuterlar, vidiokoʻrish, musiqa yozuvlarini eshitish kabinalari joylashtirilishi koʻzda tutiladi.
Kutubxonalar qoshida qoʻshimcha zal-auditoriyalar, konsert zallari, fonoteka, koʻrgazma va muzey zallari, internet-kafe zallari va boshqa shunga oʻxshashlar nazarda tutiladi.
Muzey va koʻrgazmalar zallari
3.98. Muzey va koʻrgazmalar zallari ekspozitsiyalar va vaqtinchalik koʻrgazmalar uchun zaruriy maydonlarga hisoblanadi; asosiy, qoʻshimcha va xizmat koʻrsatish xonalarining tarkibi va maydonlari loyiha topshirigʻida beriladi.
Qoʻshimcha xonalarga quyidagilar kiradi: kommunikatsiya va rekreatsiya, axborot va madaniy-oqartuv yoʻnalishiga moʻljallangan (kinonutq va oʻqish zallari, klub-toʻgarak, kutubxona) xonalar, maʼmuriyat va ilmiy xodimlar ishlash xonalari, eksponatlarni saqlash omborchalari, laboratoriyalar, ustaxonalar (maket, qolip, restavratsiya, badiiy va boshqa xonalar).
Xizmat koʻrsatish xonalariga quyidagilar kiradi: dahliz, ustki kiyim saqlash joyi, hojatxonalar, chekish xonalari, bufetlar, xoʻjalik va texnik xonalar.
3.99. Ekspozitsiya zallarini, qoida boʻyicha, uchinchi qavatdan yuqori boʻlmagan qavatlarda joylashtiriladi. Zallarning rejasi ekspozitsiyalarni koʻrishga qulay va zallarning shaklan oʻzgartirish variantlarini boʻlishi hisobga olingan holda amalga oshirilishi shart. Ekspozitsiya zallari keluvchilarni qabul qilish va xizmat koʻrsatish xonalari, hamda eksponatlarni ekspozitsiyaga tayyorlash, fond saqlash xonalari bilan qulay bogʻlangan boʻlishi kerak.
3.100. Ekspozitsiya maydoni va zal gabaritlari eksponatlar gabaritlari va ularni qulay koʻrish boʻyicha, zalga keluvchilarning soni boʻyicha oʻrnatiladi. Kichik gabaritli eksponatlar uchun bir keluvchiga 6 — 8 m2 maydon hisobidan 36 — 50 m2 maydonli zallar koʻzda tutiladi, oʻrtacha gabaritli eksponatlar uchun esa kamida 60 m2 maydon talab etiladi. Bosh yoki “yoʻnaltiruvchi” eksponatlar qoshidagi boʻsh maydon 6 — 15 m2 boʻlishi kerak. Zallardagi oʻtish yoʻlaklari, qoida boʻyicha, kamida 2.4 m kenglikda boʻlishi shart.
Kichik gabaritli ekspozitsiyalar zallari balandligi 3 — 3.6 m, katta gabaritli suratlar galereyasi zallari balandligi 4.5 m yoki koʻproq qabul qilinadi.
3.101. Fond saqlash xonalari oʻz ichiga eksponatlarni qabul qilish, ishlov berish va saqlash, ilmiy xodimlar va keluvchilar uchun xonalarni oladi. Fond saqlash xonalari eksponatlarni saqlash texnologiyasini hisobga olgan holda loyihalanadi va alohida seksiya va har xil saqlash rejimli xonalarga boʻlinadi.
Ekspontlarni qabul qilish xonasi vaqtinchalik va doimiy saqlash joylari bilan, izolyator va kimyoviy ishlov berish dezokameralari bilan, restavratsiya tajribaxonalari bilan qulay bogʻlangan boʻlishi kerak.
3.102. Dahlizlar, ustki kiyim saqlash joylari, foye, bufetlar, maʼlumot va madaniy-oqartuv yoʻnalishiga moʻljallangan xonalar, hojatxonalar tomoshagohlar majmuasining hisobiy normalarini nazarda tutgan holda, bir vaqtda maksimal keluvchilarning 25 — 50% iga hisoblanadi.
3.103. Xodimlar uchun maʼmuriyat va xizmat koʻrsatish-maishiy xonalar maʼmuriy binolarning hisobiy normalari boʻyicha qabul qilinadi.
Restavratsiya ustaxonalari va laboratoriyalari texnologik talablar boʻyicha loyihalanadi va restavrator ish joylarini, tadqiqot oʻtkazish va eksponatlarni vaqtinchalik saqlash joylarini oʻz ichiga oladi.
Klublar, klub-toʻgarak va studiya xonalari, boʻsh vaqtni oʻtkazish markazlari
3.104. Klublar, madaniyat (boʻsh vaqtni oʻtkazish) uylari va markazlari klub-toʻgarak va boʻsh vaqtni oʻtkazish xonlarida mashgʻulotlar uchun keluvchilar oʻrinlari soni boʻyicha, tomosha zallarida oʻrindiqlar soni boʻyicha hisoblanadi. Qishloq posyolkalari va shaharlarning klub muassasalarida klub-toʻgarak va studiya mashgʻulotlari, dam olish va oʻyin-kulgi xonalarining bir vaqtda sigʻdiraolishlik miqdori 30 — 50 dan 300 — 500 oʻringacha qabul qilinadi; tomosha zallarining sigʻdiraolishlik miqdori 100 — 800 oʻringacha.
Madaniyat va boʻsh vaqt oʻtkazish markazlari klub-studiya xonalari qatori oʻz ichiga har xil yoʻnalishga moʻljallangan tomosha zallarini oladi: nutq soʻzlash, konfrens-zallar, kinozallar va teatr uchun (kichik va katta), hamda koʻrgazma va muzey majmualari, klub-studiya xonalarini.
3.105. Dam olish va oʻyin-kulgilar uchun xonalar, klub-toʻgarak va studiya mashgʻulotlari uchun xonalar, axborot yoʻnalishiga moʻljallangan xonalar bir nafar shugʻullanuvchiga hisoblash maydoni boʻyicha qabul qilinadi, jumladan:
1 kishiga stol — 3 m2, kompyuteri bilan — 4 — 6 m2;
1 kishiga, haykaltarosh, musiqa va xoreografiya sinfida, aerobika bilan shugʻullanuvchiga — 5-6 m2, mashgʻulotlarning ayrim koʻrinishlari uchun — 7-8 m2;
Mashgʻulotlar uchun studiyalar 9 — 12 m2, pedagog bilan mashgʻulotlar uchun 12 — 15 m2, ikkita royalda mashgʻulotlar uchun kamida — 18 m2.
10 — 15 kishiga mehmon va toʻgarak xonalari kamida 30 m2, orkestr, raqs, xoreografiya mashgʻulotlari xonalari 50 — 60 m2 va koʻp boʻlishi shart.
Xoreografiya, aerobika, sheyping, raqs zallari balandligi kamida 4.2 m, akrobatika i sirk mashgʻulotlari zallarining balandligi — 6 — 8 m boʻlishi shart. Zallar qoshida dushxonasi bilan yechinish xonalari boʻlish kerak.
Rassomlik, ganch, haykaltaroshlik, keramikani kuydirib ishlash xonalari tegishli texnologik jihozlangan boʻlishi zarur
3.106. Klub majmualarining dahliz guruhidagi xonalarining tarkibi va maydonlari bir nafar keluvchi va zaldagi bir oʻrindiqlarga hisoblanib, tavsiyaviy 10-jadval koʻrsatkichlari hisobga olingan holda qabul qilinadi.
Maʼmuriyat va xizmat koʻrsatish xonalari shtat kundaligi boʻyicha bir xodimga 6 m2 maydon hisobidan nazarda tutiladi.
3.107. Klublarning tomosha zallari 3.109 bandini hisobga olgan holda loyihalanishi kerak. Zal, estrada yoki sahna gabaritlari loyiha topshirigʻida berilishi lozim.
100 oʻrinli zallardagi estrada kamida 27 m2 maydonli, 150 — 200 oʻrinlilardagi zallarda kamida 36 m2 maydon boʻlishi shart. Estrada qoshida prezidium va artistlar xonalari koʻzda tutiladi (15 m2 dan).
Foye va raqs zallaridagi, kichik auditoriya-zallarda estrada maydoni kamida 12 m2 (4x3 m) boʻlishi kerak.
3.108. Klub, konsert va teatr zallarining tomoshabinlar uchun xonalari tomoshagoh muassasalarning talablarini hisobga olgan holda loyihalanishi zarur.
Tomoshagoh muassasalar — kinoteatrlar, teatrlar, konsert zallari, sirklar
3.109. Teatrlar, kinoteatrlar, klublar, konsert-filarmoniyalarning tomosha zallari 20-jadval koʻrsatkichlarini hisobga olgan holda loyihalanadi.
Balkonli, lojali, pogʻonali zallarning maydoni ajratib turuvchi konstruksiyalar chegarasida aniqlanadi, jumladan: kinoteatrlar uchun — estradani qoʻshgan holda, teatrlar, konsert zallari, universal zallar uchun — estradaning yoki avansahnaning oldi chegarasigacha (yoki orkestr chuqurligi toʻsigʻigacha).
Tomosha zallarining oʻlchamlari sahnadan yaxshi koʻrinish va eshitish texnologik talablarni hisobga olgan holda aniqlanadi. Tomosha zalining uzunligi dramatik va musiqa-dramatik teatrlarda sahnaning qizil chizigʻidan oxirgi qatorgacha boʻlgan uzunlik uzoqlashuvi — 25 — 27 m, opera-balet teatrlarida 30 — 35 m qabul qilinadi.
* Sigʻdiraolishlik miqdori va stollar bilan jihozlanishiga bogʻlangan holda. Qavs ichida yoʻl qoʻyiladigan parametrlar.
Eslatma: Koʻrsatilgan kattaliklardan zalning solishtirma hajmi koʻrsatkichlari ogʻishi 20% ga kamayish tomoniga — ventilyatsiya, konditsiyalashtirish hisoblariga mumkin boʻladi.
3.110. Kinoekranli tomosha zallarining parametrlariga talablar tavsiyaviy 11-ilovada keltirilgan. Tomoshabinning koʻrish nuri yoʻnalishi oldi tomonida oʻtirgan tomoshabinning koʻzidan koʻtarilish balandligi kamida 0.06 m boʻlishi kerak.
Tomosha zalida pol nishabi (oʻtish yoʻlagi panduslari) koʻpi bilan 1:7 qilib qabul qilish zarur; yoʻlakni pogʻonali qilinsa pogʻona balandligi koʻpi bilan 0.2 m boʻlishi shart.
3.111. Siljimas suyanchiqli kreslolar oʻrnatilgan tomosha zallarida oʻtish yoʻlagi kengligi kamida 0.8 m boʻlishi shart; kenglikni 0.65 m gacha kamaytirish 300 oʻringacha boʻlgan kichik zallarda, hamda lojada, balkonlarda, yozgi kinokonsert zallarida yoʻl qoʻyiladi.
Kreslolar oraliq kengligi (suyanchiq tepa oʻqlari oraligʻi) kamida 0.52 m, stul va oʻrindiq kengligi — kamida 0.45 m boʻlishi shart.
3.112. Tomosha zalida tepa sath yoki balkonlar loyihalanishida qatorlar soni uchtadan oshmasa, tomoshabinlar oʻrni polidan shipning turtib tushgan konstruksiyalarigacha balandlik kamida 2.1 m, qatorlar soni uchtadan koʻp boʻlsa — kamida 3.0 m qilib belgilanishi zarur.
3.113. Kinoteatrlarning tomosha zallari parametrlari, kinoproyektor tiplari va soni, kinoproyeksion xonalari tarkibi va maydonlari texnologik talablar boʻyicha tavsiyaviy 11-ilovani hisobga olgan holda aniqlanadi.
Kinoproyeksion guruhlari tarkibida koʻzda tutiladi: proyeksion xonasi peremotka xonachasi bilan, kinomexanik komnatasi ustaxonasi bilan, radiouzel, hojatxona; koʻrsatilgan xonalarning umumiy maydoni boʻlishi kerak: 35 mm li filmlar uchun — 40 — 60 m2 , 70 mm li uchun — 100 m2.
3.114. Teatr zallarida anʼanaviy kalosnikali sahnalar qatori (sahna karmonlari bilan, sahna korobkalari bilan, ishchi galereyalar va kalosnikalar bilan) har xil tipli estrada va sahnalar (markazlashgan, arenali, panoramali, aylanasimon va boshqa) qabul qilinishlari mumkin. Sahna tiplari, uning parametrlari, sahna va kalosnikalar “karmonlari”ning gabaritlari texnologik talablar boʻyicha aniqlanadi.
Oʻrni 300 gacha kichik zallarda sahnalar kengligi 12 — 18 m, boʻylama chuqurligi 8 — 12 m, balandligi 10 — 13 m qilib qabul qilinadi. Oʻrni 400 va undan koʻp zallarda sahnalar kengligi kamida 20 m, boʻylama chuqurligi 12 — 18 m, balandligi 18 — 20 m (tarhda 6x12 m li karmonlari va balandligi kamida 1.9 m li, tarhda oʻlchamlari sahna oʻlchamlariga teng tryumlari bilan).
Sahna va avansahna plansheti, aryersahnalar va karmonlarning poli bir sathli qilib nazarda tutilishi zarur.
Avansahna qurilish portali kengligi chegaralarida koʻzda tutiladi, avansahnadan ikkitadan kam boʻlmagan tomosha zaliga chiqish yoʻlagi nazarda tutiladi.
Sahnaning qizil chizigʻi sahna poli tekisligi bilan sahna tomonidan qurilish portali tekisliklarining kesishgan chizigʻidir.
Sahnaning (avansahnaning, estradaning) plansheti sathi balandligi birinchi qator poli sathidan koʻpi bilan 1.1 m, 300 oʻringacha boʻlgan kichik sigʻdiraolishlik miqdorli zallarda — 0.8 m boʻlishi shart.
Eslatma: 1. Texnologik asoslar boʻyicha qiya sahna planshetlari qabul qilinishi mumkin.
2. Namoyishlarda yoritish ishlarini boshqarish texnologiyasiga moʻljallangan xonalar va boshqalar loyiha topshirigʻida beriladi.
3.115. Kinokonsert zallarida, jumladan klublardagi estrada, qurilish portali, avansahna oʻlchamlari zalning moʻljallangan yoʻnalishi boʻyicha texnologik talablar bilan, 3.114 bandni hisobga olgan holda, aniqlanadi.
3.116. Tomoshabinlar kompleksi xonalari tomoshabinlarning oʻrni soni boʻyicha tavsiyaviy 10-ilovaning koʻrsatkichlariga mos hisoblanadi.
Koʻp zalli tomoshagohlar majmualari uchun xonalarning hisobi texnologik asoslar boʻyicha, zallardan foydalanish rejimi hisobga olingan holda, ulardan avtonom foydalanish bilan birga amalga oshiriladi.
Tomoshagohlar majmuasi tarkibida axborot va boʻsh vaqtni oʻtkazishga moʻljallangan xonalar, koʻrgazmalar zallari, artistlar xonalari va boshqalar joylashtirilishi mumkin.
3.117. Orkestr chuqurligi parametrlari texnologik talablar boʻyicha berilgan orkestr tarkibini hisobga olgan holda oʻrnatiladi (bir orkestrantga kamida 1,2 m2 maydon taʼminlanishi hisobidan). Orkestr chuqurining kengligi kamida 2.5 m, chuqurlik oʻlchami kamida 1.9 m boʻlishi shart.
Orkestr chuqurligining toʻsigʻi baryeri balandligi — 0.9 m. Baryerdan birinchi qator joyigacha masofa — kamida 0.9 m.
3.118. Artistlarning sahnaga chiqish oldidan kutib turish xonasi sahnaga yondosh joylashtirilishi va bir nafar artistga 1.8 — 2.0 m2 maydon toʻgʻri kelishi hisobga olinishi shart.
3.119. Artistlar uchun grim xonalari quyidagi maydon koʻrsatkichlarini hisobga olib koʻzda tutiladi: xonalarda bir nafarga — 9 m2 (balet, sirk artistlari uchun 11), ikki nafarga — 6 m2 dan (balet artistlari uchun 7.5 dan), uch nafarga — 4.5 — 5.0; 4 nafarga — 3.5 — 4.5; 6 nafarga — 3 — 3.5; 6 nafardan koʻp boʻlsa — 3 m2/nafar.
Dushxonasi bilan hojatxonalar solistlar grim xonalari qoshida koʻzda tutiladi, artistlar xonalari qoshida hojatxonalar quyidagi hisob-kitoblar boʻyicha nazarda tutiladi: 1 unitaz va 1 dush 3-4 nafar artistga, yuz-qoʻl yuvish jihozi har bir grim va hojatxona qoshida boʻlishi shart.
3.120. Studiya va repititsiya zallari, ularning gabariti, ular qoshidagi qoʻshimcha xonalarning tarkibi va maydonlari texnologik talablar boʻyicha koʻzda tutiladi. Dramatik teatrlarda ikki-uchta repititsiya zallari, musiqa-dramatik va opera-balet teatrlarida uchtadan kam boʻlmagan repititsiya zallari koʻzda tutiladi. Balet repititsiyasi oʻtkaziladigan xonalar balandligi kamida 4.2 m boʻlishi shart.
3.121. Maʼmuriyat va badiiy rahbariyat, texnik taʼminlash xonalari 5-6 m2/kishi hisobidan, alohida kabinetlar 9÷12÷18 m2 maydonli qilib koʻzda tutiladi.
3.122. Texnologik va muhandislik taʼminoti xonalarining tarkibi va maydonlari, jumladan ovoz va aloqa xonalari texnik-muhandisligi talablari boʻyicha qabul qilinadi.
3.123. Ishlab chiqarish xonalarining tarkibi — ustaxonalarning, ularning gabaritlari va maydonlari texnologik asoslar boʻyicha aniqlanadi. Ustaxonalarning balandligi (yogʻochsozlik, chilangar, matolarga chizgilar berish, jihozlarga qarovchi xonalari) kamida 3.6 m boʻlishi shart; dastgohli dekaratsiyani montaj qilish uchun xona balandligi sahna karmoni balandligidan kam boʻlmasligi kerak. Kichik ustaxonalar, qoida boʻyicha, kamida 15 m2 maydonli boʻlishi shart.
3.124. Joriy repertuarning dekaratsiyasi omborlari sahna yaqiniga joylashtirilishi kerak; omborxonalarning balandligi va maydonlari texnologik talablar boʻyicha qabul qilinadi.
3.125. Tryumlarda (balandligi 2.4 m) yigʻma dekoratsiya, yongʻinga qarshi darparda, sahna shiti xonalarini joylashtirish mumkin.
3.126. Sirk maneji (arenasi) diametri 13 m boʻlishi kerak va baryer koʻrinishidagi toʻsigʻi balandligi va kengligi 0.5 m boʻlishi shart. Manejga chiqish oʻqlari boʻyicha toʻrttadan kam boʻlmasligi zarur: asosiysi artistlarniki va yordamchilari.
Asosiy chiqish joyi qoshida artistlarning va hayvonlarning chiqishni kutib turuvchi joyi yoki xonasi koʻzda tutilishi shart (maydoni texnologik talablardan olinadi).
Estrada asosiy chiqish joyi tepasiga joylashtiriladi. Estrada qoshida orkestr xonasi koʻzda tutiladi.
Sirkning maneji (arenasi) tepa kupol osti fazosi balandligi texnologik talablar boʻyicha qabul qilinadi.
3.127. Sirklarda hayvonlarning arena qoshidagi xonalari arena poli sathida arenaga chiqish joyiga yaqin joylashtirilishi shart; xonalar tabiiy nur tushib turadigan va tashqariga alohida chiqish joyi bor holda joylashtirilishi zarur.
Ustaxonalar, omborxonalar, maʼmuriy-xoʻjalik, oʻquv-trenirovka xonalari, hayvonlarni saqlash xonalari texnologik talablar boʻyicha loyiha topshirigʻida beriladi.
Savdo korxonalari
3.128. Chakana savdo doʻkonlari savdo zalining maydoni boʻyicha (m2), buyurtma qilish doʻkonlari — kuniga buyurtmalar soni boʻyicha hisoblanadi. Doʻkonlar moʻljallanishi boʻyicha farqlanadi: oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari savdosi, maxsus (mol guruhlari boʻyicha), oziqa mahsulotlari keng assortimenti boʻlgan universal va nooziq-ovqat mahsulotlarning universal assortimenti savdosi.
Savdo zalida oziqa mahsulotlarini va nooziq-ovqat mahsulotlarini joylashtirish amaldagi sanitar normalarga mos nazarda tutilishi kerak.
3.129. Doʻkonlarning savdo zallari oziq-ovqatlar va mahsulotlar qoʻyilgan joyga erkin bora olinadigan qilib loyihalanadi.
Doʻkonning savdo zali, qoida boʻyicha, kamida 30 m2 maydonli boʻlishi kerak. Kichik doʻkonlarning bloki savdo markazlari qoshida loyihalansa uning savdo zali 15 — 25 m2 maydonli boʻlishi mumkin, savdo kioski xaridorlar kirmaydigan hollarda 4 — 6 m2 maydonli boʻlishi mumkin.
Maydoni 250 m2 gacha savdo zallarining balandligi, sokol yoki yertoʻla qavatlarida joylashtirilsa, tepa turtib chiqqan konstruksiyasigacha 2.5 m boʻlishi mumkin. Maydoni 650 m2 savdo zallari balandligi kamida 3.6 m, 1000 m2 lisida — kamida 4.2 m boʻlishi shart.
Eslatma: Prilavkali doʻkonlarda prilavka orti boʻylama chuqurligi, qoida boʻyicha, kamida 2.4 m boʻlishi shart (devor oldi jihozi oʻrni bilan).
3.130. Doʻkonlar tarkibida savdo zali qatori koʻzda tutiladi (quvvati va moʻljallanishlariga bogʻliq holda):
xizmat byurosi, buyurtma qabuli va ulashish boʻlimlari, yangi isteʼmol mollarining namoyish zali yoki hududi;
kafeteriy-barlar yoki kafe, saqlash kameralari, hojatxonalar, bolalarga xonalar va boshqalar;
isteʼmol mollarini sotuvga tayyorlash va saqlash xonalari (qabul qilish va yuk tushirish xonalari, omborchalar, sovitgich kameralar, kesish, komplektlash va boshqa xonalar);
qadoqlash ashyolari va konteynerlarni saqlash xonalari, inventarxona, kirxona, jihozlarning taʼmirlash ustaxonalari, reklama-dekoratsiya ustaxonalari, shisha idishlar qabuli punktlari, yuvish xonalari, chiqindilar kameralari;
maʼmuriy va maishiy xonalar (idora, yongʻin-qoʻriqchi himoya xonasi, maishiy kiyim-kechak almashtirish xonalari, dushxonalar, hojatxonalar).
Xonalarning tarkibi va maydonlari texnologik talablar boʻyicha loyiha topshirigʻida beriladi.
3.131. Omborchalarga kirish joylari yuk tushirish xonalari tomonidan (yuk qabuli) nazarda tutilishi zarur.
Savdo zali maydoni 100 m2 gacha boʻlgan doʻkonlarda omborchalarga yuk olib kirish savdo zali orqali boʻlishiga ruxsat etiladi.
Yuk qabuli-tushirish xonalari bitta mashina oʻringa 16 m2 maydon hisobidan koʻzda tutiladi. Mexanik vositalardan foydalaniladigan ichki yoʻlak kengligi kamida 1.8 m boʻlishi shart; kichik savdo obyektlarida 1.5 m boʻlishiga ruxsat etiladi.
3.132. Sovitish kameralari mahsulotlar turi boʻyicha alohida-alohida koʻzda tutiladi; kamera maydoni kamida 6 m2 (kengligi kamida 2.6 m) boʻlishi kerak. Sovitish kamerasining balandligi kamida 2.4 m boʻlishi shart.
3.133. Savdo yoʻnalishida boʻlmagan binolarning savdoga moʻljallangan xonalari ikkinchi qavatdan yuqori boʻlmagan sathlarda joylashtirilishi kerak. Savdo zali maydoni 100 m2 boʻlsa, ularga kirish savdo yoʻnalishida boʻlmagan binolar xonalariga kirish dahlizlari orqali amalga oshirilishi mumkin.
3.134. Keluvchilar uchun savdo-koʻrgazma salonlari, buyurtma qabuli va tarqatish zallari omborxona va buyurtmalarni komplektlab ishlab chiqarish xonalaridan alohida joylashtirilishi mumkin.
Buyurtmalarni qadoqlash va koplektlash xonalari, mahsulot va isteʼmol mollari saqlash xonalari, maishiy-xizmat xonalari texnologik talablar boʻyicha buyurtmalarning tayyorlov hajmiga mos nazarda tutiladi. Buyurtmalarni komplektlash sexlarining gabaritlari qoʻllaniladigan jihozlar oʻlchamlarini hisobga olgan holda qabul qilinadi.
3.135. Bozorlar tarkibida nazarda tutilishi kerak:
yil boʻyi savdo qilinadigan savdo zallari va ustqoplamasi bor sabzavotlar savdosi maydonlari (1 ta savdo joyiga, jihoz va oʻtish yoʻlaklarini hisobga olgan holda, 6 — 8 m2 savdo maydoni toʻgʻri kelishi zarurligi hisobidan);
xaridorlarga xizmat koʻrsatish xonalar (xizmat byurosi, kafeteriy, bar, boshqalar);
saqlash xonalari: omborchalar (jumladan bokslar), sovutgich kameralari, sovitgich jihozi va goʻsht chopish xonalari);
veterenar-sanitariya ekspertizasi laboratoriyalari — goʻsht va sut-moy mahsulotlari uchun alohida-alohida (koʻzdan kechirish, laboratoriya, izolyator, qaynatish, sovitish va boshqalar);
yordamchi xonalar (torozi xonalari, kassa apparati, inventar, maxsus kiyim-bosh, yuvish, taʼmir ustaxonasi xonalari);
xodimlar uchun maʼmuriy-xizmat va maishiy xonalar (idora, yongʻin-qoʻriqlash himoyasi, maishiy kiyim-kechak almashtirish xonalari bilan, hojatxonalar, dushxonalar);
tara va konteynerlarning saqlash joylari, chiqindi yoqgich, bozor ichi transporti va tozalash moshinalari, jamoat hojatxonalari.
Xizmat koʻrsatish elementlari tarkibi, xonalarning tarkibi va maydonlari texnologik asoslar boʻyicha loyiha topshirigʻida beriladi (mahsulotlarning sotilish hajmi, saqlash hajmi va boshqalarni hisobga olgan holda).
Loyiha topshirigʻida bozor majmuasi tarkibiga har xil qoʻshimcha obyektlar kiritiladi: doʻkonlar, jamoat ovqatlanishi korxonalari va maishiy xizmat, mehmonxonalar (chetdan kelganlar uylari), boshqalar.
Savdo joylari 150 — 250 ta boʻlgan oʻrta quvvatlik yopiq bozorlar tarkibi tavsiyaviy 13-ilovada keltirilgan.
3.136. Bozorlarning savdo zallari va sabzavotlar savdosi tepa qoplamali maydonlarining gabaritlari texnologik talablar boʻyicha savdo joylarini ratsional joylashtirishni, shamollatish va yoritishni, oʻtish yoʻlaklarini va telejka yoki avtotransport yoʻllarini hisobga olgan holda oʻrnatiladi.
Bozor zallari mahsulotlar yuk tushirish va saqlash joylari bilan qulay bogʻlangan boʻlishi kerak. Har xil q/h isteʼmol mollari savdosi maydonlarining nisbati mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda qabul qilinadi.
Oʻtish yoʻlaklarining kengligi evakuatsiya talablariga va mahsulotlarni savdo joylariga olib oʻtish talablariga javob berishi shart. Bozorning markaziy oʻtish yoʻlagi kengligi kamida 2.8 m, ikkinchi darajali peshtaxta yoʻlaklari oraligʻi kengligi kamida 1.8 m boʻlishi kerak; peshtaxta bilan orqa devor oraligʻi kamida 1.5 m boʻlishi shart.
Yerosti hosili bilan savdo qilinadigan zal (yoki boʻlim) asosiy zaldan alohida va yuk tushirish joyiga toʻgʻridan toʻgʻri biriktirilgan boʻlishi zarur.
3.137. Yuk tushirish joyi bir mashina oʻrniga 16 m2 maydon zarurligi hisobidan nazarda tutiladi. Yuk tushirish joyi bilan omborchalarni va sovitgich kameralarni bogʻlovchi yoʻlak kengligi kamida 1.8 m boʻlishi kerak.
3.138. Mavsumiy sabzavot savdosi tashkil etish uchun qattiq pol qoplamali va usti yopiq savdo qilish maydonlari koʻzda tutiladi. Savdo joyi yaqinida sabzavotlarni yuvish joyi, qoʻl yuvish jihozi va ichimlik suv favvorachasi koʻzda tutilgan boʻlishi kerak. Savdo maydonidagi oʻtish yoʻlaklari 3.136 bandni hisobga olgan holda nazarda tutiladi.
Hojatxonalar, qoida boʻyicha, alohida joylashgan bloklarda nazarda tutiladi.
Jamoat ovqatlanishi korxonalari
3.139. Jamoat ovqatlanishi korxonalari ixtisoslashuvi boʻyicha farqlanadi — oshxonalar, restoranlar, kafelar, gazakxonalar, kafeteriylar, barlar va boshqalar; sigʻdiraolishlik miqdori savdo (ovqatlanish) zallaridagi oʻrindiqlar soni boʻyicha aniqlanadi; mavsumiy sigʻdiraolishlik miqdorini oshirish yopiq terrasalar (ayvonlar), obodonlashtirilgan ochiq maydonlar (tepa qoplamali, tentli va boshqalar) hisobiga koʻzda tutiladi.
3.140. Savdo yoki ovqatlanish zalining maydoni (ovqat ulashish joyidan tashqari) zalda bir oʻrindiqqa quyidagi koʻrsatkichlarni hisobga olgan holda hisoblanadi, m2:
restoranlarda 1,8, estrada va raqs maydonchasi koʻzda tutilsa — 2,0;
oshxonalarda va umum tipli kafelarda, korxonalarning va oliy oʻquv yurtlarining oshxonasida — 1,6 — 1,8;
tezkor xizmat koʻrsatuvchi korxonalarda, barlarda — 1,2-1,3(1,4);
oʻrta-maxsus oʻquv muassasalaridagi oshxonalarda — 1,3;
maktablar (internat-maktablar) oshxonalarida — 0,7-0,8;
bolalar sogʻlomlantirish oromgohlaridagi oshxonalarda — 1,0;
sanatoriya oromgohlarida — 1,4;
sanatoriya pansionat oshxonalarida — 1,6 — 1,8;
turistlar va dam olish bazalari oshxonalarida — 1,4;
davolash va statsionarli ijtimoiy muassasalar qoshidagi oshxonalarda — 1,8, nogironlar kreslo-aravachalarida qatnaydigan zallarda — 2,2 — 2,5.
Eslatma: Maxsuslashtirilgan zallarda nostandart jihozlar qoʻllanilsa, raqs maydoni joylashtirilishida maydon va balandlik konkret shart-sharoitlar boʻyicha oʻrnatiladi.
3.141. Ovqatlanish korxonalarining zallari balandligi har bir sigʻdiraolishlik miqdori birligiga 4-5 m3 havo hajmi muhiti taʼminlanishini hisobga olgan holda qabul qilinishi shart.
Oʻrindigʻi 50 tagacha boʻlgan kichik zallar balandligi 2.8 m qabul qilinishi mumkin, zallar sokol qavatida joylashtirilsa -2.5 m shipdan pastka turtib chiqib turuvchi joygacha.
3.142. Jamoat ovqatlanishi korxonalari tarkibida quyidagi xonalar guruhi nazarda tutiladi:
mijozlar uchun — dahlizlar va avanzallar, savdo zallari, buyurtmalar boʻlimlari, pishiriqlar savdosi boʻlimlari, kiyim-kechak almashtirish xonalari va hojatxonalar;
ishlab-chiqarish xonalari — mahsulotlarni qayta ishlash sexlari (xom-ashyoga ishlashda) yoki oxirgi tayyorlov sexlari (polufabrikatga ishlashda), yuvish xonalari, ovqat ulashish joylari va boshqalar;
omborxona-yuk tushirish xonalari, omborchalar, sovitgich kameralari, tara va inventarlar kameralari, chiqindilar kamerasi va boshqalar;
maʼmuriy-maishiy xonalar — idoraviy va xodimlar uchun maishiy, jumladan kiyim-kechak almashtirish xonalari, hojatxonalar gigiyena kabinasi bilan, dushxonalar, kirxonalar va boshqalar.
Xonalarning maydonlari texnologik talablar boʻyicha tavsiyaviy 14-ilova koʻrsatkichlari hisobga olingan holda oʻrnatiladi.
3.143. Mijozlar uchun xonalar boshqa ishlab chiqarishga moʻljallangan xonalarning guruhidan har tomonlama izolyatsiyalangan boʻlishi kerak. Ustki kiyim yechish joyi, hojatxonasi bor dahliz va avanzal zalning sigʻdiraolishlik miqdorini hisobga olgan holda nazarda tutiladi, bu holda dahliz (ustki kiyim yechish joyisiz), hamda avanzal kamida 12 m2 maydonli boʻlishi shart (xar bir xona).
Pishiriqlar sotish doʻkonlariga (yoki boʻlimlari), hamda ichimlik va muzqaymoq barlariga alohida kirish joyi boʻlishi shart.
3.144. Ovqat pishirish sexlari xonalarining balandligi, qoida boʻyicha, ularga yondosh savdo zallari xonalarining balandligidan kam boʻlmasligi kerak.
Dahlizlar, kiyim-kechak almashtirish xonalari, hojatxonalar, ovqat pishirilmaydigan mahsulotlarni qayta ishlash sexi, yuvish xonasi, omborxonalar, maʼmuriy-maishiy xonalar, yordamchi xonalar balandligini 2.5 m qilib belgilash mumkin.
3.145. Oʻrni 100 va undan ortiq ovqatlanish korxonalari binolarida yuk joylash xonasiga kirish joyi xodimlar uchun kirish joyidan alohida boʻlishi shart.
3.146. Ovqatlanish bloklarida ichki yoʻlaklar kengligi kamida 1.5 m, mexanizatsiyalashgan vositalardan foydalanilsa kamida 1.8 m boʻlishi kerak.
3.147. Sovitish kameralari kamida 6 m2 maydonli boʻlishi kerak va texnologik talablar boʻyicha saqlanadigan mahsulotlarning turi va hajmini hisobga olgan holda hisoblanadi (balandligi kamida 2.4 m).
Maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari
3.148. Maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari ish oʻrinlari soni (qabul qiluvchilarni qoʻshib) boʻyicha hisoblanadi va quyidagi xonalarni oʻz ichiga oladi:
mijozlar uchun: dahliz, buyurtmalar qabuli va ulashish xonasi, sartaroshxona salonlari, namoyish va koʻrgazmalar zallari, kiyib koʻrish xonalari, suratxonalar va boshqalar;
atelye va ustaxona ishlab chiqarish (ish) xonalari, boshqalar;
yordamchi-omborxonalar (ashyolar, inventarlar, tayyor buyumlar);
maʼmuriy va maishiy xonalar: idora, kiyim-kechak almashtirish xonalari va maishiy xonalar, dushi bilan hojatxonalar.
3.149. Dahliz va mijozlarning qabul qilish xonalari maydonlari bir nafar qabul qiluvchiga kamida 12 m2, qabul qilishni va buyurtmani bajarishni bir xonada amalga oshirilsa — 15 m2 boʻlishi shart.
Kutib turish joylari bir nafar mijozga 2-3 m2 maydon toʻgʻri kelishi hisobidan nazarda tutiladi. Atelyelarda dahliz qoshida kiyib koʻrish kabinasini joylashtirish koʻzda tutilishi kerak (1.7x2.0 m).
Sartoroshxona va goʻzallik saloni zallarida bir ish oʻringa kamida 6 m2, manikyur zalida — 5 m2, kosmetika va pedikyur kabinetlarida — 8-9 m2 hisoblaridan maydonlar nazarda tutiladi, bu holda alohida xona maydoni kamida 12 m2 boʻlishi shart.
Ustaxonalar maydoni — mayda taʼmirlash, tikuv xonalari bir ish oʻrniga kamida 6 m2, katta gabaritli maishiy texnika taʼmiri uchun — 8-9 m2 boʻlishi kerak. Ustaxona maydoni, qoida boʻyicha, kamida 15 m2 boʻlishi zarur.
Xonadonlarni taʼmiriga, mebel tayyorlashga, kiyim tikishga, oyoq kiyim tikishga, trikotaj buyumlariga buyurtma olish byurolarida 25 — 30 m2 va undan koʻp boʻlgan maydonli koʻrgazmalar zalini koʻzda tutish tavsiya etiladi. Modellarni namoyish etish uchun podiumi bor koʻrgazma zallari maydoni kamida 60 m2 boʻlishi shart.
Eslatma: 1. Ishlab chiqarish va omborxonalar xonalari gabariti va maydonlari texnologik talablar boʻyicha qabul qilinadi.
2. Kompleks xizmat koʻrsatish korxonalari tarkibi va maydonlari texnologik talablar va hisob-kitob orqali aniqlanadi.
3. Katta gabaritli maishiy texnika taʼmiri ustaxonalari, mebel taʼmiri yoki tayyorlanishi xonalari, transport vositalari taʼmiri va xizmat koʻrsatilishi xonalari ishlab chiqarish binolarining normativ talablarini hisobga olgan holda loyihalanishi zarur.
3.150. Maʼmuriy-maishiy xonalarning tarkibi, bir smenada band ish joylari sonini hisobga olgan holda, maʼmuriy muassasalarning hisobiy normalariga mos, ishlab chiqarish sexlari uchun SHNQ 2.09.04 ni hisobga olgan holda qabul qilinadi.
Hammomlar va hammom-sogʻlomlantirish majmualari
3.151. Hammomlar va hammom-sogʻlomlantirish majmualari yuvinish-dushxona va bugʻli, hamda individual xonalardagi joylar soni boʻyicha hisoblanadi. Hammomlar va hammom-sogʻlomlantirish majmualari xonalari tarkibi va maydonlari texnologik asoslar boʻyicha 21-jadvalni hisobga olgan holda loyiha topshirigʻida beriladi; tarkibiga har xil tipli bugʻli xonalar (milliy, turkcha, finlarniki, ruslarniki), sogʻlomlantirish dushlari va vannalari (miniralli, ignabargli, boshqalar), massajxona, goʻzallik saloni, sartoroshxona, badan qoraytirish, choy ichish, fitobar va boshqa xonalarni oladi.
Oʻz ichiga sogʻlomlantirish dushlarini, vannalarni, massajxonalarni, saunalarni, basseynlarni oladigan sogʻlomlantirish boʻlimlarining xonalari texnologik talablar boʻyicha amaldagi loyihalash normalarini hisobga olgan holda loyihalanadi.
Eslatma: 1. Yechinish xonasi, yuvinish xonasi (yoki dushxona), va bugʻli xona oʻzaro nisbatlari texnologik hisob-kitoblar boʻyicha aniqlanadi (notekis foydalanishlikni hisobga olgan holda).
2. Sigʻdiraolishlik miqdori 20 va undan ortiq joy boʻlgan hammomlar, qoida boʻyicha, ikki boʻlimli boʻlishi kerak (erkak va ayollar boʻlimlari); 20 tagacha joyli hammomlar bir boʻlimli navbat bilan foydalaniladigan boʻlishi mumkin (ayollar va erkaklar uchun).
21-jadval
Xonalarning nomlanishi
oʻlchanishi
Maydoni, m2
Hisobiy birligiga
Jami, m2, kamida
1. Kiyim-kechak almashtirish xonalari bilan dahliz
1 oʻringa
0,35 (50 oʻringacha 0,45)
12
2. Gigiyenik xonalar:
yechinish
''
0,75 — 0,8(1,0)
12
yuvinish
''
2,4 — 2,2
15
dushxonalar (ochiq kabinalar)
''
2,2 — 2,5
(kabina 1,1x1,1)
15
vannli kabinlar (yopiq)
1 kabinaga
4,8
yopiq yechinish xonasi bilan dush kabinlari
shunday
(kabina 2,5x1,35)
3. Sauna-bugʻli xona
xona
4,0 — 10,0
-
Eslatma: 1. Yechinish xonalari qoshida hojatxonalar joylashtirilishi shart (20 oʻringa bitta san jihoz, ammo har bir yechinish xonasi qoshida bittadan kam emas).
2. Sauna xonalari tarkibi va maydonlariga talablar 3.156 bandida keltirilgan. Koʻp oʻrinli bugʻli xonalarning (finlarniki, ruslarniki , turklarniki) gabaritlari va maydonlari texnologik shartlar boʻyicha qabul qilinadi.
3. Vannasi va dushi bor alohida kabinalar qoshida kabina-saunalar nazarda tutilishi mumkin; bunda yechinish xonasi maydoni kamida 6 m2 (dam olish joyi bilan) boʻlishi shart.
4. Qoʻshimcha va yordamchi xonalar, jumladan omborchalar, inventar xonalari, kirxonalar, xodimlar uchun hojatxona va dushxonasi bilan maishiy xonalar barcha tipdagi hammomlarda boʻlishi shart (tarkibi texnologik asoslar boʻyicha aniqlanadi).
5. Tezkor kir yuvish xonalari kamida 50 oʻrinli hammomlarda bir oʻringa bir smenada 1.0 — 1.5 kg quruq kir toʻgʻri kelishi hisobidan koʻzda tutilishi mumkin; yechinish xonasidan kir kiyimni kir yuvish xonasiga uzatib yuborish joyi nazarda tutilishi mumkin. Kir yuvish xonasining quvvati, xonalarining tarkibi loyiha topshirigʻida beriladi.
3.152. Umumiy bugʻli, yuvinish, dushxona va hojatxonalarga kirish joylari yechinish xonalaridan tambur orqali nazarda tutilishi shart. Bugʻli xonaga kirib chiqqandan soʻng yechinish xonasi maydonida dam olish joyi tashkil etilishi mumkin (umumiy maydoni kamida 12 m2, individual yechinish xonasida kamida 6 m2).
3.153. Sanitar oʻtkazish xonalari sifatida foydalaniladigan, sigʻdiraolishlik miqdori 50 va undan ortiq joyli, hammomlarni loyihalashda nazarda tutilishi zarur:
yuvinish va dushxonalarda ayollar va erkaklar boʻlimlari orasida qoʻshimcha eshiklar;
yuvinish xonasida maxsus chayinish dushlari — oʻrindiqlar orasi oʻtish yoʻlagida;
yuvinish va dushxonadan sanitar oʻtkazish yechinish xonasining toza yarmiga chiqishda — qoʻshimcha chayinish dushli qurilmalari;
xonalarni va jihozlarni davriy dezinfeksiya qilish uchun qurilmalar;
joyi 200 va undan ortiq hammomlarda — statsionar dezinfeksiya kameralari;
kir kiyimlarni qabul qilish va yuvilganlarini ulashish xonalari, mos ravishda, yechinish xonalariga yondosh joylashtirilishi shart.
3.154. Namlik rejimida foydalaniladigan xonalarni boshqa rejimda foydalaniladigan xonalar ust qismiga joylashtirish mumkin emas. Toʻsib turuvchi konstruksiyalar namlikdan ishonchli izolyatsiya bilan taʼminlanishi shart. Nam va hoʻl xonalarning deraza tirqishlari ost qismi pol sathidan kamida 1.2 m balandlikda boʻlishi shart.
“Hoʻl” (nam) faoliyatli xonalarning pollari va pardozi suvga bardoshli, nam olmaydigan va biochidamli ashyolardan nazarda tutilishi zarur.
3.155. Sogʻlomlantirish muolajalari uchun xonalar amaldagi loyihalash normalarini hisobga olgan holda nazarda tutiladi.
Sogʻlomlantirish dushi va vannalari xonalari 21-jadvalni hisobga olgan holda va SHNQ 2.08.03 ga asosan qabul qilinadi.
Badan qoraytirish va massaj xonalari kamida 14 m2, kosmetika kabineti kamida 12 m2, shifokor-maslahatchi kabineti — 12 — 16 m2, davolash badan — tarbiya kabineti (trenajor xonasi) — kamida 20 m2 maydonli boʻlishi kerak.
Ayollar va erkaklar zallarini, manikyur va pedikyur kabinetlarini oʻz ichiga oluvchi goʻzallik saloni, sartaroshxonalarning maydonlari normalarni hisobga olgan holda nazarda tutiladi.
Fitobar 1,2-1,3 m2 maydon bir mijoz oʻriniga hisoblanib koʻzda tutiladi; fitobar qoshida suv tushish jihozi bor yordamchi xona boʻlishi shart.
Kafeteriyalar, choyxonalar amaldagi normalar boʻyicha loyihalanadi.
3.156. Sauna xonalarining majmuasi tarkibiga, qoida boʻyicha, quyidagi xonalar nazarda tutiladi: yechinish xonasi, dam olish xonasi, dushxona, hojatxona, bugʻli-sauna, basseynli xona (xonalarning maydoni — texnologik asoslar boʻyicha). Bitta xonada dam olish hududini va mikrobasseynni joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi. Bugʻli-sauna qurilmasiga boʻlgan talablar 2.77 bandida.
Bugʻli-saunada pogʻonalar yogʻochdan, devorlar yogʻoch ashyosidan (qayin, joʻka, togʻterak, tilogʻoch) boʻlishi kerak.
3.157. Maydoni 25 — 30 m2 i undan koʻp basseynlarning vannalari balandligi kamida 3.6 m boʻlgan zallarga joylashtirilishi shart; Vannalar ixtiyoriy shaklda va chuqurlikda boʻlishi mumkin. Basseyn vannasining perimetri boʻyicha kamida kengligi 1 m li aylanib yurish yoʻlakchasi koʻzda tutiladi. Basseyn xonasiga kirish joyi bugʻli, yuvinish va dushxona yaqinida tambur orqali joylashtiriladi; basseyn xonasiga oʻtish yoʻli oyoq vannasi orqali boʻlishi kerak.
Oʻlchami 6x10 m va undan ortiq vannalar sogʻlomlantirish mashgʻulotlari uchun basseynlarga qoʻyiladigan normativ talablarni hisobga olgan holda, yordamchi va texnik xonalarni qoʻshib loyihalanishi shart.
Kir yuvish va kiyimlarni kimyoviy tozalash xonalari
3.158. Kir yuvish xonalari quvvati boʻyicha — bir smenada yuviladigan kirlar soni (kg) boʻyicha hisoblanadi.
Kir yuvish xonalari tarkibida nazarda tutiladi: kir qabuli, yuvish sexi, quritish va dazmollash, taxlash va qadoqlash, toza kiyimlarni saqlash va topshirish, omborchalar xonalari, (jumladan yuvish vositalarini saqlash), xodimlar uchun maʼmuriy-maishiy xonalar (jumladan hojatxona dushxonasi bilan), taʼmirlash-mexanik punkti. Mijozlar uchun xona kamida 12 m2 boʻlishi shart. Tashqi kirish joylari kir topshirish va toza kiyimlarni qaytarib olish uchun alohida boʻlishi kerak, bunda toza va kir kiyimlar potoki kesishmasligi zarur.
Xonalarning taxminiy umumiy maydonlari quyidagi hisob-kitob boʻyicha qabul qilinadi: bir smenada 125 kg gacha kir ishlab chiqarish unumdorligi boʻlganda — 0,8 m2/kg , 250 kg gacha — 0,5 m2/kg ishlov beriladigan kirlarga.
Bir smenada 125 — 250 kg kir ishlab chiqarish unumdorligi boʻlganda yuvish sexi balandligi kamida 3.6 m , smenada 500 kg kirga — kamida 4.2 m boʻlishi shart.
Loyihalashda jihozlarni joylashtirishga texnologik talablar, hamda ishlab chiqarish binolariga qoʻyiladigan qurilish normalari hisobga olinadi.
3.159. Kimyoviy tozalash korxonalari va punktlari qabulxonalari smenada ishlov beriladigan kiyimlar hajmi boʻyicha kg ga hisoblanadi. Qabul qilish punktlari tarkibida: qabul qilish va kiyimlar qaytarilishi hududlari bilan dahliz, xodimlar uchun maʼmuriy-maishiy xonalar (jumladan hojatxona dushi bilan), kiyim saqlash xonalari, inventar xonalari boʻladi. Mijozlar uchun xona maydoni kamida 12 m2 boʻlishi kerak.
Kiyimlarni kimyoviy tozalash korxonalarining ishlab chiqarish xonalari texnologik talablar boʻyicha nazarda tutiladi; taxminiy umumiy maydon hisob-kitob boʻyicha qabul qilinadi: quvvati smenada 50 dan 150 kg gacha kiyimlar 1.4 m2 bir kg ga, 150 kg dan koʻp boʻlsa — 1,0 m2 bir kg ga, omborchalarning maydonlari 1 kg ga 0.1 m2 maydon hisobidan nazarda tutiladi.
Ilova: Korxona klassi F 5.1 va F 5.3 boʻlganda ishlab chiqarish korxonalari uchun amaldagi normalarga mos (portlash-yongʻin xavfi kategoriyasini hisobga olgan holda).
Mehmonxona korxonalari
3.160. Mehmonxona binolari, motellar, kempinglar vaqtinchalik yashash uchun joylar soni boʻyicha hisoblanadi.
Komfort yashash va komfort xizmat koʻrsatilishi boʻyicha razryadlanishni hisobga olgan holda mehmonxona korxonalarining asosiy tiplari (xizmat koʻrsatish va jihozlanish tarkibi boʻyicha) 22-jadvalda keltirilgan.
Yashash sharoitini razryadlanishi boʻyicha nomerlar tipi 23-jadvalda berilgan. Bunda bir binoda yashash sharoitining komfort darajasi har xil boʻlgan nomerlar qabul qilinishi mumkin.
Mehmonxona korxonalarining sigʻdiraolishlik miqdori va razryadlanishi, jumladan har xil komfortlilik darajasi nisbatlari, madaniy-maishiy xizmat elementlari tarkibi, texnologik taʼminlanishi loyiha topshirigʻida beriladi; bunda mehmonxonalarni xalqaro klassifikatsiyalash boʻyicha taxminiy koʻrsatkich va tavsiflaridan foydalanish mumkin — “yulduz” lar soni boʻyicha (tavsiyaviy 16-ilovaga qarang).
Oliy razryadli mehmonxonalarni asosiy koʻrsatkichlari va tavsiflari boʻyicha 5-4 “yulduzli” ga, I razryadli mehmonxonalarni 4-3 “yulduzli” ga, II razryadli mehmonxonalarni 3-2 “yulduzli” ga yaqinlashtirib loyihalash tavsiya etiladi.
Sigʻdiraolishlik miqdori 200 va undan koʻp oʻrinli mehmonxonalar, qoida boʻyicha, oliy razryadli, yashash komforti yuqori darajada boʻlishi shart — xizmat koʻrsatish elementlari tarkibi oshirilgan holda; 100 oʻringa — I razryaddan quyi boʻlmagan, 50 oʻringa — II razryaddan kam boʻlmagan holda.
III razryadli korxonalarda yashash komforti 23-jadvalga mos holda taʼminlanadi, xizmat koʻrsatish tarkibi mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda oʻrnatiladi, IV razryadli korxonalarda umumiy hojatxona va dushxonalar bino qavatlarida yoki alohida turuvchi sanitar bloklarda joylashtirilishi mumkin, minimum xizmat koʻrsatish turlari tarkibi koʻzda tutilishiga yoʻl qoʻyiladi, jumladan oshxona bloklarida mijozlarning oʻzlari taom tayyorlashlari mumkin.
22-jadval
Korxona tiplari
Razryadlari
Umumiy tipli, kurortdagi, turistik mehmonxonalar
Oliy (lyuks),
I, II, III
Avtoturistlar mehmonxona korxonalari-motellar
I, II, III, IV
Kempinglar (koʻproq avtoturistlar uchun mavsumiy “lager-mashina qoʻnoqlari”)
III, IV
Eslatma: Razryadlanish yashash komfortini va madaniy-maishiy xizmat elementlarining tarkibini aks ettiradi. Mehmonxonalarda, motellarda va kempinglarda yashash uchun har xil razryadli, har xil yashash komforti darajali nomerlar koʻzda tutilishi mumkin.
Dush, yuz-qoʻl yuvish, unitaz (nomerlar guruhiga ruxsat etiladi)
* Yashash komnatasi maydoni javon qoʻyilgan joyni hisobga olmagan holda berilgan.
Eslatma: nomerning yashash maydoni, komnatalar soni, hojatxonalar jihozi va kirish joyi loyiha topshirigʻida beriladi.
3.161. Dahliz xonalari guruhi tarkibiga kiritiladi: registratsiya hududi, maʼmuriyat va porte xonalari, shvetsar va yuk tashuvchi xonalari, yuk saqlash, hujjatlar va qimmatbaho narsalarni saqlash, hojatxona va boshqa xonalar kiradi. Dahlizlarda qabul qilish va maʼlumotlar hududchalari, dam olish va kutish joylari, valyuta ayirboshlash punktlari, aloqa punktlari, transport va turistik agentligi punktlari, gazeta, jurnal, kitoblar, suvinirlar, parfyumeriya va boshqalar uchun kiosklar nazarda tutiladi.
Dahliz xonalari guruhlarining umumiy maydoni 24-jadval koʻrsatkichlaridan aniqlanishi mumkin.
24-jadval
Mehmonxona korxonalari tiplari
Maydoni, m2, oʻrinlar soni boʻyicha
15
25
50
100
200
300
400
500
800
Mehmonxonalar va motellar
2,35
1,8
1,5
0,9 — 1,2
0,9 — 1,2
1,2-1,3
1,25
1,15 — 1,23
1,0 — 1,2
Kempinglar
2,0
1,5-1,6
1,0
0,8 — 0,6
0,4-0,5
0,3
0,25
0,22
Eslatma: xonalarning tarkibi va maydonlari texnologik asoslar boʻyicha loyiha topshirigʻida beriladi.
3.162. Yashash uchun xonalar — yashash nomerlari “shovqin” rejimli (restoranlardan, kafedan, konfrens-zaldan, tomosha xonalaridan, basseynlardan va boshqa) xonalardan funksional alohidalashtirilgan holda joylashtirilishi shart.
Yashash xonasi kengligi kamida 2.4 m, boʻylama chuqurligi — koʻpi bilan 6 m boʻlishi kerak. Bir kishiga moʻljallangan yashash xonasining maydoni kamida 9 m2, tavsiya etilishi 10 — 12 m2, ikki kishilik uchun — kamida 12 m2.
Kirish oldi joyi kengligi, qoida boʻyicha, kamida 1.2 m boʻlishi shart. Nomerga kirish eshiklari kengligi kamida 0.9 m zichlanib yopiladigan pritvorli boʻlishi kerak.
Oliy komfortli nomerlar bir necha qavatli joylashtirilishi mumkin, bunda ichki zinapoyalar nazarda tutiladi (kvartira ichi tipida), dam olishga moʻljallangan foydalaniladigan tom osti qismlariga chiqish joyi nazarda tutilishi mumkin.
Har xil komfortli nomerlar qoshida oshxona-burchagi (elektr plitali) koʻzda tutilishi mumkin.
Nomerlar qoshida yozgi xonalar mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda koʻzda tutiladi.
IV razryadli mehmonxona korxonalari uchun qavatdagi yashash xonalari guruhiga umumiy hojatxonalar va dushxonalar koʻzda tutilishi mumkin.
Eslatma: 1. Qoʻzgʻalmas javon oʻrnatilgan nomerlar jihozlanishi mahalliy sharoitlar boʻyicha koʻzda tutiladi.
2. Kreslo-aravachadagi nogironlarni joylashtiriladigan nomerlar oʻlchamlari va maydonlari, jihozlari SHNQ 2.07.02 ga mos boʻlishi kerak.
3. Kemping nomerlari, qoida boʻyicha, bir-ikki qavatli blok-binolarda nazarda tutilib, joylarning qismida treylerlar, palatkalar koʻzda tutiladi.
3.163. Yashash bloklarining qavatlarida yordamchi xonalar koʻzda tutiladi: dam olish va suhbatlashish xollari, bufet-kafeteriy, kir javoni boʻlgan xodimlar komnatasi, kiyimlarni tozalash va dazmollash xonasi, inventar xona, kir yuvish xonasi (tarkibi texnologik asoslar boʻyicha).
Eslatma: 1. Xollar, qoida boʻyicha, har bir qavatda boʻlishi kerak.
2. 60 — 100 ta nomerga yordamchi xonalar (6 — 10) har bir qavatda yoki qavat tashlab nazarda tutiladi; umumiy maydoni kamida 50 m2 boʻlishi mumkin (xollar hisobga olinmagan holda).
3.164. Jamoat ovqatlanish korxonalarining — restoranlar, barlarning umumiy sigʻdiraolishlik miqdori, qoida boʻyicha, mehmonxonaning sigʻdiraolishlik miqdoridan kam boʻlmasligi shart.
Jamoat ovqatlanish korxonalarining — restoranlar, barlar, kafelar, kafeteriylarning umumiy sigʻdiraolishlik miqdori va tiplari mahalliy sharoitlar boʻyicha aniqlanadi; loyihalanishi texnologik asoslar va amaldagi normalar boʻyicha amalga oshiriladi.
Eslatma: shaharda (aholi punktida) yashovchilarga moʻljallangan kafe, restoranlar va barlarning koʻcha tomondan kirish joylari boʻlishi kerak (mos ravishda ustki kiyim yechish joyi bor dahlizi, hojatxonasi nazarda tutiladi).
3.165. Oʻz ichiga sartaroshxonani yoki goʻzallik salonini, kimyoviy tozalash va kir yuvish xonalarini, kichik tezkorlikda oyoq kiyim, kiyim-bosh, charmgalanteriyasi va soat taʼmirlash xonalarini, foto ishlar buyurtmasi xonasi, turistik inventar prokati xonasi, sogʻlomlantirish xizmatlari koʻrsatish xonalarini (saunali hammom-sogʻlomlantirish, massaj, badan qoraytirish, basseyn va boshqalar) oladigan maishiy xizmat koʻrsatish xonalari texnologik asoslar boʻyicha, sigʻdiraolishlik miqdorlarining birligiga tahminiy umumiy maydon koʻrsatkichi kamida 0,3 — 0,5 m2 boʻlishini hisobga olgan holda hisoblanadi.
Madaniy-axborot va oʻyin-tomosha yoʻnalishlariga moʻljallangan xonalar tarkibi: axborot markazlari, kutubxona-oʻqish xonalarini, internet-kafelarni, konferens-zallarni, artistlar xonasi boʻlgan kinokonsert zallarini, bilyard xonalarini, kegli oʻyini uchun xonalarni, diskoklublarni va boshqalarni oʻz ichiga oladi. Koʻrsatib oʻtilgan xonalarning umumiy maydonlari sigʻdiraolishlik miqdorining birligiga kamida 1,55 — 1,8 m2 toʻgʻri kelishi hisobidan qabul qilinishi mumkin.
Mavsumiy foydalaniladigan kempinglarda madaniy-maishiy xizmat xonalarini yozgi pavilonlarda, ochiq maydonchalarda joylashtirilishi mumkin.
3.166. Asosiy guruhlar yoki bloklar xonalari orasida ochiq aloqa boʻlishini nazarda tutish mumkin; jumladan motellarda va kempinglarda alohida sanitar-texnik bloklarini joylashtirishga ruxsat etiladi (hojatxonalar, yuz-qoʻl yuvish xonalari, dushxonalar) va boshqalar.
Avtomoshinalarga texnik xizmat koʻrsatish punktlari tarkibi va maydonlari loyiha topshirigʻida beriladi (texnologik asoslar va amaldagi loyihalash normalari boʻyicha).
21-§. Modulli mehmonxonalar
3.1661. Modulli mehmonxonalarni loyihalash QMQ 2.01.03-19ga muvofiq amalga oshirilishi, bunda ularning maksimal balandligi, joylashish joyi, shamol va seysmik taʼsirlarni hisobga olgan holda aniqlanishi kerak.
3.1662. Modullarni loyihalashda boʻylama va vertikal devorlari orqali tushadigan yuklar pastki modullarga uzluksiz uzatilishi hamda ustki modulning devorlari pastki modulga tayanishi, bunda modullar shamol va seysmik kuchlarga chidamli boʻlishi lozim.
3.1663. Yengil metall devorlar karkasi shveller koʻrinishidagi profillardan tayyorlanishi, bunda profillar koʻndalang kesimining qisqa tomoni oʻlchami 65 mm dan 100 mm gacha boʻlishi zarur.
3.1664. Modulli mehmonxona binolari pol toʻsinining qalinligi 150 mm yoki 200 mm, shuningdek pol va shiftning umumiy qalinligi 300 mm dan 400 mm gacha boʻlishi kerak.
3.1665. Modulli mehmonxona binolarining tomi QMQ 2.03.10-19ga muvofiq loyihalanishi lozim.
3.1666. Balandlikda modullarni koʻtarish, tushirish, tashish, montaj qilish va xavfsiz yechib olish maxsus koʻtarma ramalardan foydalangan holda amalga oshirilishi kerak.
3.1667. Modulli mehmonxonalar darak berish va yongʻindan himoya qilish uskunalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
3.1668. Modulli mehmonxona binolari uchun zavod sharoitida tayyorlangan modullarni tashish OʻzDst 681:96 talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
3.1669. Modulli mehmonxona binolarini toʻliq modulli yoki metall konstruksiyalarning aralash shakllaridan foydalangan holda loyihalashda quyidagi modullardan foydalaniladi:
toʻrt tomonli;
ochiq turdagi;
birlamchi strukturali ramaga tayanuvchi;
ortiqcha yuklantirilmaydigan.
3.16610. Toʻrt tomonli modullar deraza va eshik boʻshliqlarga ega boʻlishi, shuningdek ularning eni 4 m, ichki kengligi 3 — 3,6 m, uzunligi 6 — 10 m tashkil etishi lozim.
3.16611. Ochiq turdagi modullarning karkasi va boʻylama chetki toʻsinlari metall boʻlishi hamda ularning oraligʻi 5 — 8 m, chetki toʻsin, shift va polning birgalikdagi qalinligi 600 — 800 mm ni tashkil etishi lozim.
Ochiq turdagi modullarning kengligi (eni) 3 — 3,6 m boʻlishi kerak.
3.16612. Birlamchi strukturali ramaga tayanuvchi modullar poʻlat yoki kompozit toʻsinlarga tayanishi, bunda toʻsinlar chizigʻidan har bir qavatga tushadigan yuk 15 kgf/m ni tashkil etishi, shuningdek ustun (kolonnalar) har 2-3 moduldan keyin joylashtirilishi hamda konstruksiyalarning oraliq masofasi 10 — 18 m boʻlishi zarur.
3.16613. Ortiqcha yuklantirilmaydigan modullarning shakli toʻrt tomonli modullardek loyihalanilishi, tashqi yuk taʼsirlarga moʻljallanmasligi, ular bevosita polga yoki alohida konstruksiya ustiga oʻrnatilishi, qurilish davomida pol ustiga surib joylashtirilishi lozim.
Mazkur modullar binolarda hojatxonalar, vannaxonalar va xizmat koʻrsatuvchi xonalar sifatida qoʻllanilishi kerak.
(21-paragraf Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal koʻjaligi vazirining 2023-yil 20-dekabrdagi 442-sonli buyrugʻiga (hisob raqami 226, 22.12.2023-y.) asosan kiritilgan)
Turar-joydan foydalanish xizmati tashkilotlari
3.167. Turar-joydan foydalanish xizmati tashkilotlari (kvartirali turar-joylarga xizmat), jumladan turar-joy mulkdorlari shirkati idoralari, maʼmuriyatga va jamoaga moʻljallangan xonalarni oʻz ichiga oladi (uyga oid xonalar, bolalar uchun klublarni, ommaviy tadbirlar, majlislar zallarini, hamda muhandis-texnika xizmati xonalarini (ustaxonalar va omborxonalar). Xonalarning tarkibi va maydonlari turar-joy binolariga xizmat koʻrsatish fondini hisobga olgan holda mahalliy sharoitlar boʻyicha loyiha topshirigʻida koʻrsatiladi (1 ming kishiga kamida 18 — 25 m2 hisobidan).
Turar-joy idoralarining xonalari maydoni kamida 12 m2, ommaviy tadbir va majlislar zali maydonini kamida 30 m2, jamoaga moʻljallangan xonani (toʻgarak-klub) — kamida 20 m2; xonalar tarkibida qoʻl yuvish jihozi bor hojatxona boʻlishi kerak (yoki ikkita hojatxona — ayollar va erkaklar uchun).
Maʼmuriy-jamoat xonalari turar-joy mavzeylarining mahalliy markazlari tarkibiga kiradi — “mahalla”; bunda xonalarning tarkibi va maydonlari mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda xizmat koʻrsatiladigan aholi soni boʻyicha, mahalliy oʻz-oʻzini boshqarish, xizmat koʻrsatish funksiyalarining rivojlanish darajasi boʻyicha 1 ming kishiga kamida 30 — 60 m2 maydon hisobidan oʻrnatiladi.
Yordamchi xoʻjalikka oid va texnik yoʻnalishiga moʻljallangan xonalar — omborchalar va taʼmir ustaxonalari mahalliy sharoitlar boʻyicha hisoblanadi va alohida bloklarda, yortoʻla xonalarida joylashtirilishi mumkin.
Eslatma: Maʼmuriyat va jamoatga moʻljallangan xonalarning maydonlarining hisobiy normalari SHNQ 2.07.01 da keltirilgan — yashash joyi boʻyicha turar-joydan foydalanish xizmati obyektlari va jamoaga moʻljallangan xonalar.
Sanitar gigiyenaga moʻljallangan xonalar
3.168. Jamoat binolarida va inshoatlarida, jumladan sport va savdo markazlari, bozorlar, koʻrgazmalar markazlari, avtovokzallar, temir yoʻllari vokzallari, aerovokzallar tarkibida hojatxonalar odamlar boʻladigan eng uzoq joylashgan xonalardan uzoqligi 75 m dan oshib ketmagan masofada joylashtirilishi zarur.
Har xil yoʻnalishga moʻljallangan ochiq inshoatlar majmualarining, jumladan shahar va qishloq markazlari tarkibidagi savdo-bozor, ommaviy-boʻsh vaqtni oʻtkazish joylari, parklarning jamoaviy hududlarining mijozlari uchun jamoa hojatxonalarigacha masofa, qoida boʻyicha, 150 — 200 m atrofida boʻlishi kerak.
3.169. Har xil yoʻnalishga moʻljallangan bino va inshoatlarda ishlovchilar (xodimlar) uchun sanitar jihozlarning soni maʼmuriy muassasalardagi kabi qabul qilinadi.
Har xil xizmat koʻrsatish korxonalari va muassasalarining mijozlari uchun sanitar jihozlarining soni nazarda tutilishi: erkaklar uchun — 1 ta unitaz 50 — 60 kishiga, 1 ta pissuar 40 — 60 kishiga, 1 ta qoʻl yuvish jihozi 4 ta unitazga (lekin hojatxonada bittadan kam boʻlmasligi kerak), ayollar uchun — 1 ta unitaz 25 — 30 nafarga, 1 ta qoʻl yuvish jihozi 3-4 ta unitazga (ammo bir hojatxonada bittadan kam emas).
Transport xizmati obyektlarida, jumladan avtostansiya, avtovokzal, temir yoʻl vokzali, aerovokzallar tarkibida sanitar jihozlar quyidagi hisoblarda qabul qilinadi: 1 ta unitaz 75 — 100 nafar ayollarga, 1 ta unitaz va 2 ta pissuar 150 — 200 nafar erkaklarga (konkret sharoitlar boʻyicha aniqlik kiritiladi); koʻrsatib oʻtilgan transport obyektlarining maʼmuriyat va xizmat koʻrsatish xonalarida ishlovchilar uchun hojatxonalar maʼmuriy muassasalarning hisobiy normalari boʻyicha qabul qilinadi.
Ochiq inshoatlar majmualarining jamoat hojatxonalarida sanitar jihozlarning soni va tarkiblari texnologik hisob-kitob bilan mijozlarning sonini, erkak va ayollarning nisbatini, boshqalarni hisobga olgan holda oʻrnatiladi; 1 ta koʻzga (1ta unitaz) tahminan hisobiy koʻrsatkichlar 300 — 500 kishi uchun.
Hojatxonalar qoshida kreslo-aravachadagi nogironlar uchun kabinalar SHNQ 2.07.02 talablarini hisobga olgan holda nazarda tutilishi kerak.
3.170. Umumiy tipdagi hojatxonalar (bir necha jihozga) tabiiy yorugʻlik tushadigan va shamollatish imkoniyatili qilib nazarda tutilishi tavsiya etiladi.
Jamoat hojatxonalari 1 ta koʻzga yoki unitazga kamida 1.25 m2 maydon hisobidan, har bir pissuarga (yoki har bir 0.75 m lotok uzunligiga) kamida 1 m2 maydon hisobidan nazarda tutiladi. Hojatxonaga kiraverishda qoʻl yuvish jihozi bor tambur nazarda tutilishi kerak.
Hojatxona kabinalarining eshiklari oʻzi yopilib qoluvchan eshikli, kabina oʻlchamlari kamida 1.0x1.25 m, peregorodkasi balandligi kamida 1.25 m boʻlishi kerak. Hojatxona qoshida xodimlar xonasi, tozalash inventarlari va dezinfeksiya vositalari kabinasi bilan nazarda tutilishi shart.
Alohida turuvchi hojatxona bloklari xonalari balandligi kamida 2.4 m boʻlishi shart.
Jamoat hojatxonalarini SHNQ 2.07.02 talablarini hisobga olgan holda loyihalash zarur (panduslar, kreslo-aravachalar yoʻlagi kengligi kamida 1.6m, kabinalar gabaritlari va jihozlari va boshqalar).
Devorlar, ship va pollar otdelkasi nam (hoʻl) holda tozalash talablarini hisobga olgan holda (shlanka bilan yuvishni), pollar trapli qilinib bajarilishi shart.
4. MUHANDISLIK JIHOZLARI
4.1. Muhandislik jihozlari tarmoqlari ushbu boʻlim va boshqa amaldagi normalar va qoidalarning talablarini qoniqtirishi shart.
Sanitar-texnik va isitish jihozlari va ularga ulanadigan quvuroʻtkazgichlar jamoat muassasasining kontingenti tomonidan foydalanishda mexanik taʼsir etilish ehtimoliga chidamli boʻlishi kerak yoki toʻsiqlar bilan himoyalanishi shart.
4.2. Jamoat binolarida ovqat pishirish elektr quvvati bilan amalga oshirilishi kerak. 4.106 bandida nazarda tutilgan holatlarda ovqat pishirish gaz jihozlarida amalga oshirilishi mumkin.
4.3. Ishlashida shovqin va vibratsiya chiqaradigan muhandislik jihozlarini joylashtirish va oʻrnatish, xizmat koʻrsatiladigan binoning xonalariga va bino oldi hududlariga normalangan vibroakustik taʼsirni taʼminlab berishni hisobga olgan holda, QMQ 2.01.08 ga mos nazarda tutiladi.
Issiqlik taʼminoti, isitish, ventilyatsiya va konditsiyalashtirish
4.4. Jamoat binolarining xonalarida meterologik parametrlarning, chegaraviy yoki optimal issiqlik komforti boʻyicha, normalanishini taʼminlash uchun isitish va ventilyatsiyalashni yoki konditsiyalashtirishni loyihalash zarur. Konditsiyalashtirish mikroklimat parametrlarining chegaraviy yoki optimal holatini yaratish uchun qabul qilinadi, agarda u holatlarni ventilyatsiyalash yoʻli bilan taʼminlab boʻlmasa.
4.5*. Butunlay havoning retsirkulyatsiyasiga ishlovchi avtonom konditsionerlarni jamoat binolarida xonaga tashqi havoni sanitar normadan kam boʻlmagan miqdorda kiritib beradigan ventilyatsiya boʻlganda qoʻllash mumkin.
4.6. Bekor qilindi.
4.7*. Binolarda uzluksiz 8 soat foydalanilmaydigan isitiladigan xonalar haroratini ushbu vaqtda normadan kam qilib ushlab turish kerak, lekin quyidagi darajalardan kam emas:
15 oC — yashash xonalarida;
12 oC — jamoat xonalarida;
5 oC — jamoat ovqatlanish korxonalarining pishiruv sexlari, yengil konstruksiyali chakana savdo qiluvchi doʻkonlarning xonalari, yopiq bozor zallari va savdo passajlarida.
Haroratning norma holatini xonalardan foydalanish boshlanishi vaqtiga taʼminlash zarur.
4.8. Yilning issiq, oraliq va sovuq davrlari uchun normalangan, chegaraviy yoki optimal issiqlik komforti miqdorlariga toʻgʻri keladigan, jamoat binolari xonalarining xizmat koʻrsatish hududchalarining hisobiy parametrlarini (harorat, nisbiy namlik, havo oqimi tezligini) 25-jadvaldan qabul qilish zarur. Normalangan, chegaraviy yoki optimal issiqlik komforti miqdorlarini taʼminlash zaruriyati loyiha topshirigʻida beriladi.
Jamoat binolari xonalarining xizmat koʻrsatish hududchalarining hisobiy haroratlari normalangan haroratlardan yilning issiq davrida koʻp boʻlmasligi va sovuq davrida kam boʻlmasligi shart.
25-jadval
Yil davrlari
Parametrlari
Hisobiy harorat, °C
Nisbiy namlik, %
Havo oqimi tezligi,
m/s, dan koʻpmas
I zona
II zona
III zona
Hamma klimatik zonalar uchun
1
2
3
4
5
6
7
Issiq
N
Ch
O
dan koʻrmas
33
25 — 28
26-27
25-26
dan koʻrmas
33
24 — 26
24 — 26
23 — 25
dan koʻrmas
28
23 — 26
24-25
23-24
dan koʻrmas
65
65 — 30
60 — 30
60 — 30
0,5
0,5
0,3
0,2
Oraliq
N
Ch
O
-
20 — 28
23 — 26
-
16 — 23
18 — 22
-
-
-
65 — 30
65 — 30
45 — 30
0,3
0,2
0,2
Sovuq
N
Ch
O
Bino tiplarining mos jadvallariga qarang
65 gacha
65 — 30
45 — 30
0,3
0,2
0,2
Eslatma: 1. N — normalangan yoʻl qoʻyiladigan parametrlar; Ch va O — issiqlik komfortining chegaraviy va optimal parametrlari.
2. Xonada 2 soatdan koʻp boʻladigan insonlar uchun oʻrnatilgan parametrlar.
3. Bazi xonalarda hisobiy parametrlar texnologik talablar boʻyicha qabul qilinishi mumkin (kompyuter xonalari va shunga oʻxshash).
4. odamlar ustki kiyim bilan boʻladigan xonalar uchun sovuq davrda xona harorati kamida 14 °C boʻlishi kerak.
5. Yilning issiq davrida 2 qavatgacha boʻlgan binolarda , hamda koʻp qavatli binolar hajmida bir vaqtda 5 kishidan oshmagan va har bir kishiga kamida xona hajmining 15 m3 toʻgʻri keladigan xonalar uchun havo parametrlarini normalamaslikka yoʻl qoʻyiladi. Koʻrsatilgan xonalardan farq qiladigan xonalar uchun yilning issiq davrida tashqaridan havo kiritishni normalangan (ruxsat etilgan) parametrlarini taʼminlash mumkin boʻlmagan hollarda, tashqi havoni xonalarga kiritishni sanitar normalarini saqlagan holda, havoni sovitishning bugʻlanib ketish, bilvosita-bugʻlantirish yoki sunʼiy usullarini qoʻllash, jumladan avtonom konditsiyalashtirish zarur. Bunda yilning oraliq davri uchun hisobiy harorat normalanmaydi.
4.9*. Xonalar uchun havoning hisobiy haroratini va havoalmashuvining karraligini tashqi havo boʻyicha ushbu boʻlimning bandlariga mos qabul qilish kerak, maʼlumot boʻlmagan hollar uchun taalluqli binolarning loyihalash normalari yoki sanitar-gigiyenik va texnologik talablarni hisobga olgan holda loyiha topshirigʻiga asosan qabul qilinadi.
4.10. Jamoat binolarida havo almashtirish davriyligi miqdorlarining hisobini insonlardan, texnologik jihozlardan, quyosh radiatsiyasidan, elektr yoritgichlardan va boshqa manbalardan chiqadigan issiqliklarni qoʻshilib ketishi sharti boʻyicha, zaruriyat boʻyicha korbonat konsentratsiyasini va boshqa zararli chiqindilarni chegaraviy miqdorlarini tekshirgan holda, amalga oshirish shart. Xizmat va yordamchi xonalarda havo almashtirishni faqat davrilik miqdorlarining hisobi boʻyicha amalga oshirish mumkin.
4.11*. Ichki yoʻlaklar yoki qoʻshni xonalarga nisbatan talab qilinadigan havo zichlanishi (havo siyraklanishi) boʻyicha jamoat binolarining xonalari tiplarga boʻlinadi (kiritiladigan havo hajmi xona havo hajmidan oshib ketsa zichlanishi holati yuzaga kelib toza havo kirmay qoʻyadi, kiritiladigan havo hajmi xona hajmi havosidan kam boʻlsa siyraklanishi holati yuzaga keladi, tashqaridan havo kirishi imkoniyati paydo boʻladi):
R1 — har bir eshik orqali qoʻshni xonalardan 50 m3/soat miqdorida havo kirishini taʼminlaydigan, siyraklanishi talab etiladi (3 va 4 xavflilik klassidagi zararli moddalar chiqaradigan xonalar, kam miqdorda hid chiqaradigan nam rejimli xonalar);
R2 — har bir eshik orqali qoʻshni xonalardan 100 m3/soat miqdorida havo kirishini taʼminlaydigan, siyraklanishi talab etiladi (1 va 2 xavflilik klassidagi zararli moddalar chiqaradigan xonalar yoki oʻtkir yoqimsiz hid chiqaradigan xonalar);
P1 — har bir eshik orqali qoʻshni xonalarga 50 m3/soat miqdorida havo chiqarishni taʼminlaydigan, podpor talab etiladi (qoʻshni xonalarga kiritiladigan havo oʻzi orqali oʻtkaziladigan xonalar, boshqa xonalardan havo kirishiga yoʻl qoʻyilmaydigan xonalar, koʻp miqdorlarda shamol esadigan tumanlarda havosini konditsiyalashtiriladigan xonalar);
P2 — har bir eshik orqali qoʻshni xonalarga 100 m3/soat miqdorida havo chiqarishni taʼminlaydigan, zichlanish talab etiladi (alohida toza xonalar);
B — qoʻshni xonalar bilan teng bosim taʼminlanishini talab etadi (zararli moddalar chiqaradigan, ishlov berilmagan havo kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydigan xonalar);
D — har bir eshik orqali koʻpi bilan 50 m3/soat miqdorida havo oqimini ushbu xonaga tashqaridan kirish havosi berilayotganda (kiritilayotganda) katta boʻlmagan zichlanishga (qoʻshni xonaga havo chiqishi bilan) yoki razryajeniyega (agar ushbu xonadan chiqariladigan havo kiritiladigan havodan koʻproq boʻlsa) yoʻl qoʻyiladigan xonalar.
Xonalarning tipi boʻyicha har xil koʻrinishdagi ventilyatsiyaning qabul qilinishining tavsiyaviy doirasi 17-ilovada berilgan.
Maydoni 35 m2 dan kam boʻlgan ishchi xonalardan havoni chiqarib tashlashni havo oqib chiqadigan ventilyatsiya reshyotkalari orqali yoki eshik zixlari tirqishlaridan ichki yoʻlakka nazarda tutishga yoʻl qoʻyiladi.
4.12. Tirqish, framuga yoki boshqa qurilmalardan, jumladan ventilyatorlar bilan isitmasdan yoki qisman ilitib xonalarni ventilyatsiya qilishda issiqlik tizimi kiritilayotgan havoni ilitish uchun ortiq issiqlik miqdori bilan taʼminlab bera olishi shart. Isitish jihozlaridan ortiq issiqlik miqdorini bir sutkada kiritilayotgan havoni isitish issiqlik miqdori bilan xonalarda insonlar boʻlgan soatlarda chiqaradigan issiqlik miqdorlarining ayirmasiga teng qilib qabul qilish zarur.
4.13*. Ayollarning gigiyena xonalaridan, hojatxonalardan, dushxonalardan, yuz-qoʻl yuvish xonalaridan, vanna komnatalaridan, chekish xonalaridan, zararli moddalar chiqaradigan xonalardan, hamda soʻrib olish javoni va zontlaridan soʻrib chiqarish ventilyatsiya tizimlarini jamoat binosining boshqa xonalaridan soʻrib chiqarish tizimi bilan qoʻshib yuborish mumkin emas.
Sovuq, iliq va ochiq boʻgʻotli jamoat binolarida QMQ 2.03.10-95* boʻyicha sanab oʻtilgan tizimlardan chiqarish havosini atmosferaga yoʻnaltirish boʻgʻot tashqarisida boʻlishi shart.
4.14. Jamoat binolari tarkibiga kiruvchi, koʻproq tarqalgan yordamchi va sanitar-gigiyenik yoʻnalishga moʻljallangan, xonalarda, iqlim zonasidan qatʼiy nazar, sovuq davr uchun hisobiy havo haroratini va havo almashishining davriyligi miqdorlarini 26-jadval boʻyicha qabul qilish zarur.
** Qoʻshni xonalar bilan havo muvozanati saqlanish sharti bilan havo kiritish nazarda tutiladi..
Eslatma: 1. Moʻljallanishi boʻyicha, tirqishlar orqali yoki yopilmas oʻtish joylari orqali bogʻlangan xonalar hisobiy haroratlari bir xil qabul qilinadi. Havoni konditsiyalashtirishda yoki sunʼiy havo kiritish — chiqarish ventilyatsiyasi boʻlgan holatda havo kiritishni binoda havo balansi taʼminlanishi sharti boʻyicha hisob-kitob bilan nazarda tutiladi.
2. Tabiiy havo chiqarib tashlash ventilyatsiyasi boʻlgan binolarda tashqi havoni kiritish ventilyatsiyasini nazarda tutmaslik mumkin.
4.15. Birinchi klimatik zonada barpo etiladigan va sunʼiy ventilyatsiya jihozlari bilan taʼminlanadigan, odamlar doimo boʻladigan jamoat binolarida havo kiritilishining miqdori havo chiqarib tashlanishining miqdoridan oshiqligi, butun bino uchun, kamida 10% qilib nazarda tutilishi shart.
4.16. Bolalar maktabgacha muassasalarida sovuq davr uchun hisobiy havo haroratini va havo almashishining davriyligi miqdorlarini 27-jadval boʻyicha qabul qilinishi zarur.
27-jadval
Xonalar
Parametrlar
Hisobiy harorat,°C
1 soatda havo almashishi davriyligi, kamida
I zona
II zona
III zona
1
2
3
4
5
6
Guruhlar, kichik yoshdagi 2-guruh va 1-kichkinalar yechinish xonalari, yotoqlar
N
Ch
O
20
20 — 23
21-22
20
20 — 23
21-22
21
21 — 24
22-23
1,5
1,5
1,5
Guruhlar, 2-kichkinalar yechinish xonalari
N
Ch
O
20
20 — 23
21-22
20
20 — 23
21-22
20
20 — 23
21-22
1,5
1,5
1,5
Oʻrta, katta va maktabgacha yoshdagilar xonalari
N
Ch
O
19
1 9 — 22
20-21
19
19 — 22
20-21
19
19 — 22
20-21
1,5
1,5
1,5
Hojatxonalar: yasli gruhlariniki
N
Ch
O
21
21 — 24
22-23
20
20 — 23
21-22
21
21 — 23
22-23
1,5
1,5
1,5
maktabgacha yoshdagilarniki
N
Ch
O
20
20 — 23
21-22
19
19 — 22
20-21
19
19 — 22
20-21
1,5
1,5
1,5
Bufetlar
N
Ch
O
16
-
-
16
-
-
16
-
-
1,5
1,5
1,5
Musiqa va jismoniy tarbiya mashgʻulotlari zallari
N
Ch
O
18
18 — 20
19
18
18 — 20
19
18
18 — 20
19
1.5
1,5
1,5
Sayl qilish ayvonlari
N
Ch
O
12
12 — 14
12-13
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Bolalarni suzishga oʻrgatish basseynlarining zallari
N
Ch
O
30
30 — 32
30-31
30
30 — 32
30-31
30
30 — 32
30-31
Hisob kitob boʻyicha kamida 50 m3/ch bolaga
Eslatma: 1. N — normalanadigan miqdor, Ch i O — issiqlik komforti chegaraviy va optimal parametrlari.
2. Talab qilingan havo almashishini tabiiy soʻrib chiqarish ventilyatsiyasi orqali taʼminlanishi zarur.
3. Basseynlar zallarining ventilyatsiyasini sport inshoatlarining ventilyatsiyasiga qoʻyiladigan talablar boʻyicha loyihalash zarur.
4.17. Maktab yoshigacha boʻlgan bolalar doimo boʻladigan xonalardagi qirrali isitish jihozlari, tozalikni saqlab turish uchun, oson yechib olinadigan, yogʻoch reshetkali himoya vositasi bilan toʻsilishi shart.
Maktabgacha muassasalarning guruhlari xonalaridagi, deraza ostki qismiga oʻrnatiladigan, radiatorlar ostki sathi bilan pol sathi orasi kamida 50 mm boʻlishi zarur.
4.18. Birinchi qavatda joylashtiriladigan barcha tipdagi bolalar maktabgacha muassasalarining guruhlarida, hamda yechinish va yotoqxonalarida, tayanch-harakatida nuqsonlari bor bolalarning muassasalarida pol yuzasidagi harorat polni isitish hisobiga 23 °C atrofida boʻlishi shart. Ushbu xonalarni isitish davrida 20 °C dan kam boʻlmagan harorat bilan taʼminlanadigan yertoʻla, sokol yoki texnik xonalarning ustiga joylashtirilganda polni isitish shart emas.
4.19. Bolalar maktabgacha muassasalarining burchakli shamollatiladigan yotogʻidan havoni chiqarib tashlash xonalar guruhlari orqali amalga oshirilishi mumkin.
Ovqatlantirish blokidan havo soʻrib chiqaradigan havoquvirlari guruhlar yoki yotoqlar xonalari orqali oʻtishi mumkin emas.
4.20. Umumtaʼlim maktablari, maktab-internatlar va oʻrta maxsus oʻquv muassasalarining binolarida, hamda maktabdan tashqari oʻquv muassasalarida sovuq davr uchun havoning hisobiy harorati va havo almashishi davriyligini 28-jadvaldan qabul qilish kerak.
Eslatma: N — normalanadigan miqdor, Ch va O — issiqlik komforti chegara va optimal parametrlari.
4.21*. Oʻqitish xonalarida mexanik ravishda havo kiritish va markazlashtirilmagan havo kiritish ventilyatsiyasini loyihalashda soatiga kamida bir karra almashtirish hisobi boʻyicha tabiiy havo chiqarish ventilyatsiyasini nazarda tutilishi shart. Qolgan havo hajmini chiqarib tashlash rekreatsiya xonalari, hojatxonalar va kimyo tajribaxonalaridagi soʻrib chiqarib tashlash javonlari orqali amalga oshiriladi.
Maktab va oʻrta maxsus oʻquv muassasalarining binolarida retsirkulyatsiyani qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oʻrni 250 gacha boʻlgan maktablarda havo kiritish ventilyatsiyasi qurilmalari mexanik ravishda boʻlmasligi mumkin.
Umumtaʼlim va maxsuslashtirilgan maktablarda, hamda oʻrta maxsus oʻquv muassasalarida havo bilan isitishni qoʻllash taʼqiqlanadi.
4.22. 100 nafar odamlarni sigʻdiraoladigan faollar va sport zallarida tabiiy havo kiritish va chiqarib tashlash ventilyatsiyasini nazarda tutish mumkin.
4.23. Oʻquv muassasalari ovqatlantirish blokining ishlab chiqarish xonalariga havo kiritish ovqatlanish zali orqali nazarda tutilishi shart. Kiritiladigan havo hajmi oshxona texnologik jihozlaridan issiqlik chiqarishini qoplashni hisobga olgan holda va ovqatlanish zalidagi bir oʻringa kamida 20 m3/s berilishi zarurligi boʻyicha hisoblanishi kerak.
4.24. Oliy oʻquv yurtlarining (OOʻYU) xonalarida sovuq davr uchun havo hisobiy harorati va havo almashtirish karraliligi 29-jadval boʻyicha qabul qilinishi kerak.
29-jadval
Xonalar
Parametrlar
Barcha klimatik hududlarda havoning hisobiy harorati, °C
Auditoriyalar, oʻquv kabinetlari, laboratoriyalar, kurs i diplom loyihalash zallari, oʻqish zallari, xizmat xonalari
N
O
19
20
Hisob kitob boʻyicha, ammo 1 kishiga 20 m3/s dan kam emas
d
Zararli radiaktiv moddalar chiqaruvchi laboratoriyalar va boshqa laboratoriya qoshidagi havo soʻrib chiqargich javonli yuvish xonalari, yuqori aniqlikda ishlaydigan uskunali laboratoriyalar
N
O
19
20
Hisob kitob boʻyicha texnologik topshiriqqa asosan
Havo soʻrib chiqargich javoni boʻlmagan laboratoriyaning idishlar yuvish xonasi
Eslatma: Sigʻdiraolishlik miqdori 30 kishigacha boʻlgan xonalarda tabiiy chiqaruvchi ventilyatsiya nazarda tutilishi mumkin.
4.25. Oʻquv muassasalari, ilmiy tadqiqot institutlari va boshqa jamoat binolarining tarkibiga kiruvchi oʻquv-ishlab chiqarish va ishlab chiqarish ustaxonalarining laboratoriya va ishlab chiqarish binolari va xonalarining isitish, ventilyatsiya va boshqa muhandislik tizimlari bilan jihozlanishini loyihalash amaldagi ishlab chiqarish binolarining normativ hujjatlari boʻyicha amalga oshirilishi kerak.
4.26. Kamida 4 ta va undan koʻp auditoriyalarga xizmat qiluvchi yoki auditoriyalarda 100 oʻrindan koʻp joy boʻlsa ventilyatsiya tizimining ishlash unumdorligini aniqlashda auditoriyalarning toʻlmasligini va ularning ishlashi bir vaqtga toʻgʻri kelmasligi 0.75 koeffitsiyent bilan hisobga olishga yoʻl qoʻyiladi.
Havo soʻruvchi javonlardan havoni chiqarib tashlash umumiy tizim bilan bir yoki bir necha xonalardan nazarda tutilishi mumkin, sharti shuki portlash xavfsizligi talablari taʼminlanishi kerak.
4.27. Teatr, klub, kinoteatr, vidiosalon, konsert va koʻrgazmalar tomoshabinlar zallarining tomoshabinlar joylashtiriladigan hududlarida yilning sovuq davrida havo parametrlari 30-jadvalga mos taʼminlanishi shart. Yilning issiq davri uchun konditsiyalashtirish tizimi yoki sovitib havo kiritish ventilyatsiyalari nazarda tutilishi lozim. Qoʻshimcha tungi havo almashtirish imkoniyatlari koʻzda tutilishi mumkin. Seans boshlanishidan oldin yoki tanaffuslarda zalni tayyorlash imkoniyati nazarda tutilishi mumkin (isitish, sovitish yoki shamollatish).
30-jadval
Xonalar
Parametrlar
Barcha klimatik hududlarda havoning hisobiy harorati, °C
1 soatda havoning havo almashtirish karraligi, kamida
Eslatma: 1. Yilning sovuq davriga isitishni loyihalashda kinoteatrlar uchun havoning hisobiy harorati: +14°C, klublar va teatrlar uchun: +16°C (ustki kiyim yechish joyi bor klublar, teatrlar, koʻrgazmalar va konsert zallari uchun: +20°C); nisbiy namlik: tashqi havoning B parametrlari boʻyicha hisobiy haroratida 40 — 45%.
Yilning issiq davrida tomoshabinlar zallarida hisobiy harorat — koʻpi bilan 28 °C (kinoteatrlarda — koʻpi bilan 29 °C), ammo tashqaridagi havo hisobiy haroratidan farqi koʻpi bilan 12 °C boʻlishi kerak; nisbiy namlik: tashqi havoning B parametrlari boʻyicha hisobiy haroratida 50 — 55%.
2. Kichik aholi punktlarida, tumanlarda va qishloq joylarda sigʻdiraolishlik miqdori 150 oʻringacha boʻlgan kinoteatrlar va klublarning tomoshabinlar zallarida yilning issiq davri uchun havo parametrlarini normalamaslikka yoʻl qoʻyiladi.
4.28. Yilning issiq davrida sutkaning kechki vaqtlarida faoliyat koʻrsatuvchi madaniy-tomosha muassasalari uchun ventilyatsiya yoki konditsiyalashtirish tizimlarini hisoblashda tashqi havo parametrlari soat 19-00 ga qabul qilinishi mumkin.
4.29. Klublar, kinoteatrlar va teatrlarning tomoshabinlar zallari uchun havo isitish tizimi ventilyatsiya va konditsiyalashtirish tizimlari bilan qoʻshilgan hollarida kiritiladigan havo haroratini ikkita rejim uchun qabul qilish kerak — tomoshabinlar bilan va tomoshabinlarsiz. Bu holda ichki havoning retsirkulyatsiyasiga yoʻl qoʻyiladi.
4.30. Chuqur kolosnika sahnali klub va teatrlarning tomoshabinlar zallarida chiqarib tashlanadigan havo sarfi kiritiladigan toza havoning 90% ini tashkil etishi kerak, 10% havo zalda zichlanishni taʼminlaydi: sahna orqali zaldan umumiy sarfning 17% idan koʻp boʻlmagan havo chiqarib tashlanishi kerak.
4.31. Kinoapparat va akkumulyator xonalari uchun ventilyatsiya tizimining mustaqil chiqarib tashlash va kiritish tizimlari nazarda tutilishi shart. Kinoproyeksion xonasining havo chiqarib tashlash tizimini boshqa tizimlar bilan qoʻshishga (peremotka qilish, tarjimon kabinasi va deraza kuchaytirgich javonidan havo chiqarib tashlash tizimlari bundan mustasno) yoki boshqa tizimlarning proyeksion xonalaridan havo quvurlarini tranzit qilib oʻtkazishlarga ruxsat etilmaydi. Tomoshabinlar zallari 100 oʻringacha boʻlgan binolarning kinoproyeksion xonalariga toza havo kiritish ventilyatsiyaning umumiy tizimidan amalga oshirishga ruxsat etiladi.
4.32*. Muzey va koʻrgazmalar ekspozitsiya zallarida, muzeylarning nodir kitoblar va qoʻlyozmalar saqlanadigan xonalarida, hamda 1 mln. va undan koʻp birlik hajmdagi kutubxona saqlash xonalarida, va I guruhdagi arxivlarning saqlash xonalarida konditsiyalashtirish nazarda tutilishi shart. Muzeylar, kutubxonalar va arxivlarda yilning sovuq davri uchun havo hisobiy harorati va havo almashtirish karraligi 31-jadval boʻyicha qabul qilinishi kerak.
31-jadval
Xonalar
Parametrlar
Barcha klimatik hududlarda havoning hisobiy harorati, °C
1 soatda havoning havoalmashtirish karraligi, kamida
Eslatma: 1. Muzeylar, doimiy faoliyat koʻrsatuvchi sanʼat asarlarining namoyishi ekspozitsion zallarida, fondi hajmi 1 mln. birlikda va undan koʻp saqlash xonalarida, 1 guruh arxivlarida va muzeylarning saqlash xonalarida haroratni va havoning nisbiy namligini xonalarda yil davomida doimo ushlab turish shart. Yil davomida havoni konditsiyalashtirishda haroratning ruxsat etiladigan tebranishi ±2 °C dan oshmasligi, nisbiy namlik esa ±3 % oshmasligi shart. Texnologlar bilan kelishilgan holda yil davomida konditsiyalashtirishda muzeylar va doimiy faoliyat koʻrsatuvchi sanʼat asarlarining namoyishi ekspozitsion zallarida haroratni va nisbiy namlikni yil davomida yoki yilning issiq davrida ushbu jadvaldagi miqdorlardan 2 °C koʻp boʻlgan miqdorlarda ushlab turishga ruxsat etiladi.
2. Fondi 1 mln. saqlash birligigacha boʻlgan kutubxonalarning saqlash xonalarida va 2 va 3 guruhdagi arxivlarda yilning issiq davrida xonalarning havo harorati 25-jadvalda keltirilgan miqdorlardan oshib ketmasligi shart.
3. 4.34 bandda koʻrsatilgan binolarda yilning issiq davrida havo parametrlarini normalash shart emas.
4.33. Oʻqish, nutq soʻzlash zallarida va fondi 200 ming va koʻp saqlash birligidagi kutubxonalar saqlash xonalarida, muzeylarning ekspozitsiya va saqlash zallarida, sigʻdiraolishlik miqdori 300 ming saqlash birligidan koʻp arxivlarning saqlash xonalarida, qoida boʻyicha, havoli isitishni havo kiritish ventilyatsiyasi yoki havoni konditsiyalashtirish tizimi bilan qoʻshilgan holda qoʻllash zarur, havo chiqarib tashlash ventilyatsiyasini tabiiy uygʻonuvchan qilib loyihalanishi zarur. Suvli isitishni ushbu binolarning boshqa xonalari uchun nazarda tutish mumkin.
4.34. Oʻqish joylarini bir xonada kitob fondi bilan joylashtiriladigan saqlash birligi 50 mingacha boʻlgan ommaviy kutubxonalarda, hamda 300 ming birlikkacha saqlash birligidagi arxivlarda tabiiy ventilyatsiya qurilmalari bir karra havo almashtirishdan kam boʻlmagan hisob bilan nazarda tutilishi mumkin.
4.35. Saqlash birligi 200 ming va koʻp kutubxonalarning saqlash, nutq soʻzlash va oʻqish zallarida, hamda sigʻdiraolishlik miqdori 300 ming boʻlgan arxivlarning saqlash xonalarida havoning retsirkulyatsiyasini nazarda tutish lozim. Tashqi havo sarfini hisob kitob bilan aniqlash shart. Saqlash binolarining xonalarida u umumiy kiritiladigan havo sarfining 10% idan oshib ketmasligi shart.
4.36. Muzeylar, kutubxonalar va arxivlarning saqlash xonalarini tashqaridan kiradigan changdan tozalash va texnologik topshiriqda beriladigan havo resirkulyatsiyasini yoʻl qoʻyiladigan chegaraviy konsentratsiyagacha boʻlishi nazarda tutilishi shart.
Muzey, kutubxona va arxiv binolarida havoning nisbiy namligi 50 — 55% qilib qabul qilinishi shart.
4.37. Chakana savdo korxonalarining xonalarida sovuq davr uchun havoning hisobiy harorati va havo almashtirish karraliligi, jumladan alohida joylashgan va kiritib qurilgan har xil mutaxassislashgan doʻkonlar, yarim ochiqli yoʻlovchilar joyi bor savdo rastalari qatorlari, 150 oʻringacha boʻlgan sabzavot bozorlari uchun 32-jadvaldan qabul qilinishi lozim.
32-jadval
Xonalar
Parametrlar
Barcha klimatik hududlarda havoning hisobiy harorati, °C
1 soatda havoning havo almashtirish karraligi, kamida
Eslatma: N — normalanadigan parametrlar, O — issiqlik komforti optimal parametrlari.
4.38*. Alohida joylashgan va kiritib qurilgan doʻkonlar uchun, hamda yarim ochiqli yoʻlovchilar joyi bor savdo rastalari qatorlari xonalari uchun issiqlik beruvchi yuzasida harorat 110 °C dan oshmagan suvli, bugʻli va elektr isitish, hamda havoli isitish tizimlari nazarda tutilishi mumkin.
Tim osti savdo maydonlari uchun bundan tashqari, yuqori haroratli koʻrinmas nurlanuvchi yuzasi 250 oC haroratdan oshmagan va 2,5 m balandlikda joylashtiriladigan elektr va gazli isitgichlar qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Yengil oʻt oluvchan suyuqliklari bor qayta ishlov berish va saqlashga moʻljallangan xonalar va doʻkonlarning savdo zallari uchun isitish tizimlari kategoriyalari A, B va V boʻlgan ishlab chiqarish xonalarining talablariga mos boʻlishi kerak.
4.39*. Doʻkonlar va yopiq bozorlarda tashqari havo bilan havo almashtirish savdo zalining har bir kvadrat metriga kamida 10 m3/soat hisobida boʻlishi kerak.
Savdo maydoni 600 m2 va koʻp boʻlgan doʻkonlarda yilning issiq davri uchun sovutilmagan tashqi havoli ventilyatsiya bilan birga konditsiyalashtirish yoki retserkulyatsiyali havosovutgichlardan foydalanish nazarda tutilishi lozim.
Savdo maydoni 250 m2 gacha boʻlgan doʻkonlarda va savdo maydoni 600 m2 gacha boʻlgan yopiq bozorlarning zallarida ventilyatsiyani loyihalash faqat tabiiy uygʻonishli boʻlishi mumkin.
4.40. Maishiy kimyo mollari 50% va koʻp boʻlgan savdo zallarida markazlashtirilgan havoni retsirkulyatsiyasi qabul qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
4.41. Kimyoviy, sintetik yoki boshqa hid chiqaradigan moddalar omborchalarida va mollarni joylashtirish va sotuvga tayyorlash omborchalar maydonlariga tashqi havoni kiritish 1 ish oʻrniga kamida 60 m3/soat qilib nazarda tutish shart.
4.42. Savdo maydoni 250 m2 va koʻp boʻlgan doʻkonlarning va yopiq bozorlar uchun — 800 m2 va koʻp boʻlganda tashqi havo harorati minus 15 °C va kam (B parametrlari) boʻlganda xaridorlar kirish tamburlari issiq havo toʻsiqlari bilan jihozlanishi shart.
4.43. Sport inshoatlar va sogʻlomlantirish hammomlari majmualari xonalarida yilning sovuq davri uchun hisobiy havo harorati, nisbiy namligi va havo almashtirish karraligini 33-jadvaldan qabul qilish zarur.
33-jadval
Xonalar
Parametrlar
Barcha klimatik hududlarda
1 soatda havoning havo almashtirish karraligi, kamida
Xonalar tipi*
Havoning harorati, °C
Nisbiy namligi
1
2
3
4
5
6
Sport zallari, tomoshabinlar joylari bor yopiq sirpanib uchish zallari
N
Ch
O
18
18 — 20
19-20
30 — 60
Hisob kitob boʻyicha, ammo bir shugʻullanuvchiga tashqi havo 80 m3/soatdankam emas va 1 tomoshabinga20 m3/soat dan kam emas
D
Tomoshabinlar joylari yoʻq yopiq sirpanib uchish zallari
N
Ch
O
14
14 — 16
16
30 — 55
Shunday
D
Tomoshabinlar oʻrinlari boʻlmagan sport zallari
N
Ch
O
16
16 — 18
17-18
30 — 60
Shunday
D
Basseynlarning hovuzlari uchun zallar
N
Ch
O
27
27 — 30
28-29
50 — 60
Shunday
D
Basseynlarda tayyorgarlik uchun zallar, xoreografik sinflar, jismoniy tarbiya-sogʻlomlantirish mashgʻulotlari xonalari
N
Ch
O
18
18 — 20
19
30 — 60
Shunday
D
Yechinish xonalari**
N
Ch
O
22
22 — 25
23 — 25
30 — 60
3
Sovunli xonalar
N
G
O
26
26 — 30
28
60 — 75
Bugʻlixonalar (nam bugʻli)
N
40
75 — 85
1
R1
Bugʻlixonalar (quruq bugʻli), saunalar
N
120
-
mijozlar yoʻqligida davriy faoliyat koʻrsatuvchi
-
Dush kabinalari, vanna kabinalari, sogʻlomlantirish vanna va dushxonalari
N
25
60 — 75
5
R1
Massaj, dam olish komnatalari, sauna qoshidagi xonalar
** Havo kiritilishi qoʻshni xonalar bilan havo balansi boʻlishi shartidan nazarda tutiladi.
Eslatma: 1. N — normalanadigan parametrlar; Ch i O — issiqlik komfortining chegaraviy va optimal parametrlari. Nisbiy namlikning pastki chegarasi yilning sovuq davri uchun keltirilgan.
2. Yilning issiq davrida sport zallarida havo harorati tashqi havo hisobiy harorati B parametrlari boʻyicha boʻlganda 27°C dan oshmasligi shart.
3. Tomoshabinlar oʻrni boʻlmagan sport zallari uchun yoki ularning soni 100 tagacha boʻlganda, hamda 50 oʻringacha hammom — sogʻlomlantirish majmualarida yilning issiq davri uchun havo parametrlarini normalash zarur emas va soatiga bir karrali havo almashtirish tabiiy kiritish va chiqarish ventilyatsiyasini nazarda tutish mumkin.
4. Basseynlarning vannalari uchun zallarda havo haroratini vannadagi suv haroratidan 1-2° yuqori olish mumkin.
5. Yopiq dush kabinalarida havo almashtirish karraligini 2-marta oshirish mumkin.
4.44. Jismoniy tarbiya — sogʻlomlantirish inshoatlarida shugʻullanuvchilar boʻladigan hududchalarda havo siljishi, m/s , oshib ketmasligi shart:
0,2 — basseynlarning vanna zallarida;
0,3 — kurash, stol tennisi, yopiq sirpanib uchish va eshkakli basseyn sport zallarida;
0,5 — boshqa sport zallarida, basseynlarda va jismoniy tarbiya-sogʻlomlantirish mashgʻulotlari uchun tayyorgarlik koʻrish zallarida.
Basseynlarning vannalari zallaridagi toʻsuvchi konstruksiyalarning teplotexnik hisob kitobida havoning nisbiy namligini 60 %, haroratini 29 °C qilib qabul qilish darkor.
4.45. Nam va hoʻl rejimli xonalarda tashqi devorlarda isitish asboblari oʻrnatish uchun chuqurchalar nazarda tutilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hammomlarda va basseynlarda yechinish xonalari va basseyn atrofi yoʻlakchasi pollarini isitish yoki pol qoplamasini issiqlikni kam yutuvchan ashyolardan nazarda tutish tavsiyalanadi. Pol va yoʻlakchalar yuzasi harorati 31°C oshib ketmasligi shart.
4.46. Tomoshabinlar oʻrindiqlari bor sunʼiy yaxlik yopiq sirpanib uchish universal zallarida havo almashtirish hisob kitobini quyidagi foydalanish rejimlari uchun amalga oshirish zarur:
yaxmalakdan va tomoshabinlar uchun joylardan foydalanish;
tomoshabinlar uchun joylardan yaxmalaksiz foydalanish;
yaxmalakdan tomoshabinlar uchun joylarsiz foydalanish.
Sunʼiy yaxmalaksiz va tomoshabinlar joylari bor basseyn vannalari sport zallarida havo almashtirish hisob kitobi ikkita rejim uchun amalga oshiriladi — tomoshabinlar bilan va ularsiz.
4.47*. Yopiq sirpanib uchish va sport zallarida havoli isitish agregatlarini oʻrnatish mumkin.
Basseyn zallarda havo almashuvini kamaytirish maqsadida havoni qurituvchi retsirkulyatsiya qurilmalarini oʻrnatish tavsiyalanadi.
4.48. Havoning ventilyatsiyasi va konditsiyalashtirishi bilan qoʻshilgan basseynlar va sport zallarining havoli isitish tizimlarida havoni retsirkulyatsiyasiga yoʻl qoʻyiladi.
4.49. Umumovqatlanish korxonalarida, jumladan gazakxona (palovxona, kabobxona, lagʻmonxona, kafe-choyxona va choyxonalarda) yilning sovuq davri uchun havoning hisobiy harorat va havo almashtirish karraliligi 34-jadvaldan qabul qilinishi kerak.
34-jadval
Xonalar
Parametrlar
Barcha klimatik hududlarda havoning hisobiy harorati, °C
1 soatda havoning havo almashtirish karraligi, kamida
Eslatma: 1. odamlar ustki kiyimlari bilan boʻlgan hollariga xizmat koʻrsatuvchi bufetlar uchun haroratni 14 °C qabul qilish mumkin.
2. Navbatchi isitishni va ishdan tashqari vaqtni hisoblash uchun harorat.
3. N — normalanadigan parametrlar, Ch i O — issiqlik komfortining chegaraviy va optimal parametrlari.
4.50. Oʻrindiqlari soni 50 tagacha boʻlgan jamoa ovqatlantirish korxonalarida ventilyatsiyani tabiiy uygʻonuvchan qilib loyihalash mumkin.
4.51. Havo soʻrib chiqaruvchi ventilyatsiya tizimlarini boʻlak loyihalash quyidagi xonalar guruhi uchun zarur:
a) oshxona bilan yondosh boʻlmagan ovqatlanish zallari va mijozlar uchun boshqa xonalaridan, pishirish sexlari va yuvish xonalaridan;
b) ishlab chiqarish (pishirish va yuvish sexlari mustasno), omborxonalar va maʼmuriy xonalardan;
v) mahsulotlarni saqlash uchun sovutish kameralaridan;
g) ovqat chiqindilarini saqlash uchun kameralardan.
4.52. Pishirish sexlarida, konditer pishiriqlari va non-boʻlka mahsulotlari uchun xonalarda va yuvish xonalarida havo soʻrib chiqarish kamida ushbu xonalarning ikki karra hajmiga havoni kiritishdan oshib ketmasligi shart, soʻrib chiqarishni kompensatsiyasini esa ovqatlanish zallari orqali nazarda tutish lozim.
4.53*. Sigʻdiraolishlik miqdoridan qatʼiy nazar restoranlarning ovqatlanish zallarida sovutilmagan tashqi havoli ventilyatsiya bilan birga konditsiyalashtirish yoki retsirkulyatsiyali havosovutgichlardan foydalanish nazarda tutilishi lozim.
4.54. Mehmonxonalar, motellar, kempinglar, sanatoriyalar, dam olish muassasalarining xonalarida yilning sovuq davri uchun havoning hisobiy harorati va havo almashtirish karraliligini 35-jadvaldan qabul qilish lozim.
35-jadval
Xonalar
Parametrlar
Barcha klimatik hududlarda havoning hisobiy harorati, °C
1 soatda havoning havo almashtirish karraligi, kamida
Eslatma: 1. N — normalanadigan parametrlar, Ch i O — issiqlik komfortining chegaraviy va optimal parametrlari
2. Kumushvodorod suvi va balchiq ishlatilganda havo almashtirishni kumushvodorodning konsentratsiyasi ruxsat etilgan norma chegarasiga kelgunicha hisobidan aniqlanadi.
4.55*. Oliy va birinchi razryadli mehmonxona va motellarda yashash xonalari, nomerlarida sovutilmagan tashqi havoli ventilyatsiya bilan birga konditsiyalashtirish yoki retsirkulyatsiyali havosovutgichlardan foydalanish nazarda tutilishi lozim.
2-3 razryadli va kamroq nomerlarda, hamda bir-ikki qavatli mehmonxona va motellar binolarida, razryadidan qatʼiy nazar, tabiiy uygʻonuvchan ventilyatsiyani qoʻllash mumkin.
4.56. Hojatxonasi bor mehmonxona nomerlari va sanatoriyalar yotoq komnatalaridan havoni chiqarib tashlash hojatxonalar orqali amalga oshirilishi kerak, hojatxonalar boʻlmaganda yashash xonalaridan ventilyatsiya kanallari orqali amalga oshiriladi.
4.57. Motel va kempinglar qoshidagi texnik xizmat koʻrsatish stansiyalari uchun alohida isitish va ventilyatsiya qilish tizimlari, havoning almashishi karraligi hisob kitob boʻyicha boʻlib, loyihalanishi shart.
4.58*. Oliy razryadli, hamda 1 va 2 razryadli mehmonxonalarning restoranlari, kafelari va ovqatlanish zallarida konditsiyalashtirishni koʻzda tutish lozim yoki sovutilmagan tashqi havoli ventilyatsiya bilan birga retsirkulyatsiyali havosovutgichlardan foydalanish nazarda tutilgan holda.
4.59. Boshqaruv muassasalari, hokimiyatlar, mahalla markazlari, jamoat tashkilotlari, loyiha, konstruktorlik, yuridik firmalar, har xil yoʻnalishdagi yuridik idoralar, bank muassasalari, agentliklar, yuridik firmalarning binolarida sovuq davr uchun havoning hisobiy harorati va havo almashtirish karraligi 36-jadvaldan qabul qilinishi kerak.
36-jadval
Xonalar
Parametrlar
Barcha klimatik hududlarda havoning hisobiy harorati, °C
1 soatda havoning havo almashtirish karraligi, kamida
Eslatma: N — normalanadigan parametrlar, Ch i O — issiqlik komfortining chegaraviy va optimal parametrlari.
4.60. Muassasalar, hokimiyatlar, byurolar, loyiha va konstruktorlik firmalari tarkibiga kiruvchi nusxa-koʻpaytirish xizmati, texnika taʼmiri ustaxonalari, oshxonalari, bufetlari, kinoapparat xonalari, akkumulyator xonalari va boshqa ishlab chiqarish xonalari uchun mustaqil havo soʻrib chiqaruvchi ventilyatsiya tizimlari loyihalanishi zarur.
4.61*. Yilning issiq davrida ishchi xonalarda va xodimlar uchun kabinetlarda , konferens zallarda, qoʻshimcha xizmat xonalarida konditsiyalashtirish tizimini oʻrnatgan yoki sovutilmagan tashqi havoli ventilyatsiya bilan birga retsirkulyatsiyali havosovutgichlardan foydalanishlar holda havo muhitini optimal yoki issiqlik komforti chegaraviy parametrlarini nazarda tutish tavsiyalanadi.
4.62. Muassasalar, boshqarmalar, hokimiyatlar, byurolar, ofislar, loyiha va konstruktorlik firmalari, bank va yuridik muassasalar, tijorat va turistik agentliklar va firmalarning binolarida xodimlarning ishchi xonalarida va kabinetlarida, davolash — profilaktika muassasalarida havoni markazlashtirilgan retsirkulyatsiyasiga yoʻl qoʻyilmaydi.
4.63. Kasalxonalar, kasallar doimo boʻladigan korpuslar, tugʻruqxonalar, dispanser va statsionarli ijtimoiy muassasalar, bolalarning sutli oshxonalarini issiqlik bilan taʼminlash ishonchliligini 1 kategoriyaga, boshqa muassasalarni esa 2 kategoriyaga taalluqli deb bilish zarur.
4.64*. 1 kategoriyadagi issiqlik isteʼmolchilari uchun bir biriga bogʻliq boʻlmagan ikkita kirish manbaidan yoki 1 kategoriyali issiqlik manbaidan taʼminlanuvchi halqalangan issiqlik magistralidan nazarda tutiladi yoki elektr energiyasidan foydalanib rezerv isitish va issiq suv taʼminotlarini nazarda tutish kerak. Issiqlikning bitta kirishi boʻlganda kimyotozalagich va akkumulyator baklarisiz suv isitish qozoni bor rezerv qozonxona nazarda tutilishi mumkin.
4.65. Davolash muassasalarining asosiy xonalarida hisobiy haroratni va havo almashtirish karraligini 37-jadvaldan qabul qilish lozim. Boshqa xonalar uchun va sogʻliqni saqlash muassasalarining boshqa tipdagi binolari uchun ularni amaldagi loyihalash normativ hujjatlari va qoʻllanmalariga mos ravishda qabul qilish kerak.
4.66. Davolash muassasalarining isitish tizimi istitgich uskunalari silliq yuzali boʻlishi shart va, qoida boʻyicha, ular derazalar ostiga nishasiz oʻrnatiladi. Asoslangan holatlarda ularni ichki toʻsish konstruksiyalariga ilish mumkin.
Dahlizlarda, zinapoya kataklarida va oshirilgan sanitar — gigiyenik talab qoʻyiladigan xonalarning atrofida boʻlmagan ichki yoʻlaklarda poʻlat konvektorlar qoʻllanishi mumkin.
Zinapoya kataklarini va dahlizlarni isitgich javonlari bilan isitilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
4.67. Qurilish konstruksiyalariga kiritib qurilgan isitgich uskunalarini 37-jadvalning 5 — 11-bandlarida sanab oʻtilgan xonalarda qoʻllash zarur, hamda kasalxonalarning elektrnur davolovi va psixiatriya boʻlimlarida.
Aseptik sharoitlarni taʼminlab beruvchi talab qoʻyiladigan xonalarda quvuroʻtkazgichlar va armaturalar yopiq holda oʻtkaziladi.
4.68. Kasalxona binolaridagi ventilyatsiya havo oqimini “iflos I” hududchalardan (xonalardan) “toza T” va “juda toza JT” hududchalarga oʻtib ketishini cheklashi shart. Boʻlimlarning (xonalarning) hududchalarga mos ravishda kategoriyalari 37-jadvalda koʻrsatilgan.
Bir biridan havo oqimi oʻtishiga yoʻl qoʻyilmaydigan boʻlimlar yoki xonalar guruhi shlyuz xonalari bilan ajratilishi darkor. Shlyuzga beriladigan yoki undan chiqarib tashlanadigan ventilyatsiya havosi sarfi hisob kitob bilan aniqlanadi.
37-jadval
T/r
Xonalar
Xonalarda havoning hisobiy harorati, °C
Xonalarda havo almashishi karraligi, 1 soat
Xonalarning tozalik boʻyicha kategoriyasi
Tabiiy ventilyatsiyada havo chiqarib tashlash karraligi
kiritish
chiqarish
1
2
3
4
5
6
7
1.
Katta yoshli kasallar uchun palatalar, bolalar boʻlimining onalar uchun xonalari, gipotermiya xonalari
N 20
Ch 20 — 27
O 24 — 26
80 m3/ch 1 koykaga
Hisob kitob boʻyicha, ammo koykaga 80 m3/soat dan kam emas Shunday
Operatsiya xonasi qoshidagi sterilizatsiya xonalari (septik boʻlimlar)
Shunday (aseptik boʻlimlar)
N 20
N 20
-
3
3
-
I
T
2
2
Eslatma: 1. N — normalanadigan parametrlar, Ch i O — issiqlik komfortining chegaraviy va optimal parametrlari
2. 5 — 7 bandlarda sanab oʻtilgan xonalar uchun sterillangan havo berilishi nazarda tutiladi. Operatsiya, narkoz berish xonalariga 100% havo berilib 80% havo chiqarib tashlash hisobiga havo zichlanishi nazarda tutilishi kerak.
3. 5 — 7 bandlarda sanab oʻtilgan xonalar uchun nisbiy namlikni 55 — 60% da ushlab turish, ishchi hududchada havo oqimini koʻpi bilan 0,15 m/s da, insonlar doimo boʻladigan barcha qolgan xonalar uchun nisbiy namlikni 35 — 55%, a havo oqimi koʻpi bilan 0,2 m/s boʻlishi shart.
4. Qishloq aholi punktlarida quriladigan kasalxonalarning palata boʻlimlarini loyihalashda havo kiritish ventilyatsiya qurilmalari va konditsiyalashtirishdan kiritiladigan havoni namlash zaruriy emas.
4.69. Davolash muassasalarining asosiy binolarida, qoida boʻyicha, mexanik uygʻotiladigan yoki aralash ventilyatsiyalash nazarda tutiladi.
37-jadvalning 5 — 7-bandlarida sanab oʻtilgan xonalarga konditsiyalashtirish oʻrnatilishi kerak.
Alohida joylashgan 3 qavatdan ortiq binolar uchun tabiiy ventilyatsiyaga, 37-jadvalning 5 — 7-bandlarida sanab oʻtilgan xonalar mustasno qilingan holda, ruxsat etiladi.
Palata boʻlimlarida yoʻlaklarning ikki tomonida qurilmalar boʻlgan holatlarda yelvizak shamollatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Eslatma: Radiologik boʻlimlarning ventilyatsiyasini radioaktiv moddalar bilan ishlash va nurlanishning ionizatsiyalashadigan boshqa manbalari asosiy qoidalariga, hamda radiatsion xavfsizlikning amaldagi normalari va ular asosida ishlangan tarmoq hujjatlariga mos loyihalash zarur.
4.70. Aralashgan tuzilmali va har bir xonalar guruhiga har xil sanitar-gigiyenik talablar qoʻyilgan binolar uchun, hamda har xil davomli ish vaqti boʻlganda har bir guruh xonalar uchun alohida ventilyatsiya tizimini nazarda tutish lozim.
Operatsiya bloklari uchun alohida havo kiritish va chiqarish ventilyatsiyalari tizimini nazarda tutish kerak (aseptik va septik boʻlimlar uchun alohida); reanimatsiya zallar va intensiv terapiya palatalari uchun (koʻchadan keluvchi va kasalxona boʻlimlaridan tushuvchilar uchun alohida); tugʻruqxona, kasalxonalarning va tugʻruqxonalarning akusherlik boʻlimlari palatalarida, yangi tugʻilgan, chala tugʻilgan va shikastlanib tugʻilgan goʻdaklar palatalarida — fiziologik va observatoriya boʻlimlari uchun alohida.
4.71. Mikrobiologik, bioximik laboratoriyalar va aptekalar, nopatogen ashyoli steril bokslarning ventilyatsiyasini qurishda havo zichlanishi nazarda tutilishi lozim; patogen ashyoli bokslar uchun — havoning siyraklanishi.
4.72. Yuqumli kasalliklar kasalxonasida (boʻlimlarida) bokslashgan palatalarga havo berilishi shlyuz orqali amalga oshirilishi shart, u yerda palataga havo kirishini zich yopilmaydigan eshik pritvori orqali boʻlishini taʼminlaydigan havo zichlanishi hosil qilgan holda.
4.73. Laboratoriya xonalarida mahalliy soʻrib olish va umum almashuv havo chiqarilishlarni bitta ventilyatsiya tizimiga qoʻshish mumkin.
Rodonli laboratoriyada havo soʻrib tashqariga chiqaruvchi javon mexanik chiqarishdan tashqari soʻrib oluvchi ventilyator toʻxtatilganda ishga tushiriladigan tabiiy ventilyatsiyali boʻlishi kerak.
4.74. Maishiy xizmat, atelye, kir yuvish (oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatuvchi kir yuvish korxonalari mustasno), kimyoviy tozalash, oyoq kiyim taʼmiri, kiyim, maishiy texnika ustaxonalari va shunga oʻxshash ishlab chiqish korxonalarida havo hisobiy harorati va havo almashishini amaldagi loyihalash normalariga va texnik topshiriqqa mos qabul qilish darkor.
Havoning harorati va havo almashishi karraligi tavsiyalari 38-jadvalda keltirilgan.
38-jadval
Xonalar
Parametrlar
Barcha klimatik hududlarda havoning hisobiy harorati, °C
1 soatda havoning havo almashtirish karraligi, kamida
Buyurtma qabuli va ulashish, madaniy-maishiy moʻljalidagi predmetlar prokati, fotografiya, yuviler va graver ishlari, ovoz yozish studiyalari xonalari
N
18
Yondosh xonalar bilan balansi boʻyicha, ammo kamida 2
D
Kiyim, bosh kiyim tikish va taʼmiri, oyoq kiyim va charm galanteriyasi yasash va taʼmiri, metal va plastmas buyumlar, soat, optika, musiqa asboblari taʼmiri, jildlash ishlari xonalari
N
18
Hisob kitob boʻyicha, ammo kamida 3
R1
Radioapparatura va televizor taʼmiri xonalari
N
18
Hisob kitob boʻyicha, ammo kamida 5
R1
Ashyolarga ishlov berish xonalari
N
18
Hisob kitob boʻyicha, ammo kamida 10
R1
Kimyoviy tozalash
N
18
Hisob kitob boʻyicha
R1
Kir yuvish xonalarida qabul qilish, sortlarga ajratish i kir kiyimlarni saqlash xonalari
Eslatma: Oʻrinlari 5 tagacha boʻlgan korxonalarda mahalliy soʻrib oluvchi tizimi boʻlmasa tabiiy uygʻonuvchan havo chiqarib tashlash ventilyatsiyasini nazarda tutish mumkin.
Suv taʼminoti va kanalizatsiya
4.75. Jamoat binolarida xoʻjalik-ichimlik, yongʻinga qarshi va issiq suv taʼminoti, kanalizatsiya va suv ketkazish tizimlarini nazarda tutish lozim, ular amaldagi normativ hujjatlarga asoslangan holda loyihalanishi kerak.
Aholi yashash punktlarining kanalizatsiyasi bor tumanlarida bunyod etiladigan barcha tipdagi jamoat binolarida ichki suv taʼminoti va kanalizatsiyasi tizimlarini nazarda tutish shart.
4.76. Barcha tipdagi jamoat binolarida ichki suv quvuri tizimini qurishda tozalash inventarlari saqlash xonalaridagi, shaxsiy gigiyena komnatasidagi, dushxonadagi, hojatxonalardagi, tib punktlaridagi, oshxona, bufet, kafeteriylardagi yuvish, yuz-qoʻl yuvish yoki qoʻl yuvish jihozlariga va boshqa loyiha topshirigʻiga asosan xonalardagi jihozlarga sovuq va issiq suvlarni tortib borish nazarda tutilishi kerak.
4.77. Issiq suv harorati joʻmrakdan tushishida issiq suv taʼminoti tizimidan qatʼiy nazar 50 °C dan kam emas va 75 °C dan koʻp boʻlmagan qilib qabul qilinadi, bundan bolalar maktabgacha muassasalari xonalaridagi dush va yuz-qoʻl yuvish jihozlari joʻmragidan tushadigan issiq suv harorati mustasno, ularda harorat 37 °C dan oshmasligi shart.
4.78. Yongʻinga qarshi ichki vodoprovod KMK 2.04.01 ga va 18-ilovaga mos nazarda tutilishi kerak.
4.79. Chakana savdo korxonalarining mahsulotlarni sotuvga tayyorlash xonalari yuz-qoʻl yuvish jihozlari bilan taʼminlanishi shart.
4.80. Oziq-ovqat doʻkonlari va umumovqatlanish korxonalaridagi ovqat chiqindilari uchun kameralarning shlyuzi bachoklarni yuvish uchun yuvish jihozlari va yuz-qoʻl yuvish jihozlari bilan taʼminlanishi darkor.
4.81. Hammomlarda va kir yuvish xonalarida vodoprovodning ikkita tizimi nazarda tutilishi mumkin: xoʻjalik — ichimlik — tashqi tarmoqdan, ishlab chiqarish — balanslovchi baklardagi qoʻshimchadan. Ishlab chiqarish tizimi vodoprovodini kontrast mikrobasseynlariga va sovunli, bugʻli, dush va vannali xonalarga oʻrnatiladigan sanitar jihozlarga ulash mumkin, qolgan jihozlar xoʻjalik-ichimlik tizimiga ulanadi.
4.82. Hojatxonalarni, dushxonalarni, sovunli, bugʻli hammomlarni, ochiq va yopiq basseynlar hovuzlari atrofidagi yoʻlakchalarni, hammomlarni, balchiq bilan davolash xonalarini, tribunalarni, ochiq sport inshoatlari va kinoteatrlarining tomoshabinlar oʻtiradigan joylarini, kir yuvish xonalarini yuvish va tozalash uchun sovuq va issiq suv ulangan suv quyish kranlari oʻrnatilishi lozim. Operatsiya oldi xonalari, tugʻdirishga tayyorlash xonalari, vannaxonalari, ikki va undan koʻp unitazlar bilan jihozlangan hojatxonalari, klizmaxonalari, yuqimli kasalliklar boʻlimlarining boks va yarimbokslari xonalari, klyonkalarni yuvish va quritish xonalarida sovuq va issiq suv quyish kranlari va traplar oʻrnatilishi nazarda tutilmogʻi lozim.
4.83. Basseynlardagi suv hisobiy harorati ularning moʻljallangan yoʻnalishi boʻyicha qabul qilinadi, ammo barcha hollarda ular harorati kamida 24 °C va koʻpi bilan 30 °C boʻlishi kerak. Sauna qoshidagi basseynlardagi suv harorati 18 °C dan kamroq boʻlishi mumkin.
Basseyn hovuzlariga quyiladigan suv harorati 37 °C dan oshib ketmasligi shart. Qishda ochiq basseynlarga quyiladigan suv harorati sanitar nazorati organlari bilan kelishilgan holda oshirilishi mumkin.
4.84. Basseynlar vannalarini toʻldirish vaqti 24 soatdan oshmasligi, suvini chiqarib tashlash 12 soatdan oshmasligi zarur. Toʻldirish va chiqarib tashlash oraligʻidagi vaqt vannani va jihozlarni tozalash sanitar ishlov berishga sarflanadi.
Basseyn vannasidagi suvni almashtirish basseynning yoʻnalishi boʻyicha, ammo bir oyda bir martabadan kam boʻlmasligi shart.
4.85. Basseynlardagi suv almashtirish sutkada suvning retsirkulyatsiyasi bilan va hovuz hajmining 10% idan kam boʻlmagan toza suv kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Bunda toʻliq suv almashishiga ketadigan vaqt 12 soatdan oshiq qabul qilinmasligi zarur.
Dezinfeksiyalab retsirkulyatsiyasiz tinimsiz toza suv bilan taʼminlashga (bir marta foydalanadigan) yoʻl qoʻyiladi.
4.86. Basseynlarning hovuzlaridagi sirkulyatsiya suvini tozalash suv taʼminoti tashqi tarmogʻi va inshoatlarini loyihalash boʻyicha amaldagi normativ hujjatlarga mos oldindan koalgulyatsiyalangan filtrlar bilan amalga oshiriladi.
4.87. Basseynlarda vanna suvini dezinfeksiya qilish nazarda tutilishi zarur. Dezinfeksiya sanitar nazorat organlari ruxsat etgan moddalar va vositalar bilan amalga oshirilishi kerak. Dezinfeksiya moddalari retsirkulyatsiya tizimi quvurlariga filtrdan oldin, tinimsiz hovuzga suv kiritilishida esa — suv kiritish joyida qoʻshiladi.
4.88. Basseynlarni loyihalashda suv sarfi va yillik issiqlik yuki ikkita rejimga hisoblanishi zarur: basseyn vannalarini toʻldirishda va berilgan haroratni saqlab turish uchun suvni isitishni hisobga olgan holda foydalanishda.
4.89. Kanalizatsiyasi yoʻq hududlarda ichki suv taʼminoti tizimini qurishda mahalliy tozalash inshoati bilan ichki kanalizatsiya tizimini nazarda tutish lozim.
Ichki kanalizatsiya tizimi yoʻq boʻlganda ichki suv quvuri tizimini qurish mumkin emas.
4.90. Aholi yashash punktlari va qishloq joylardagi kanalizatsiyasi yoʻq hududlarda alohida joylashtirilgan yerga qazilgan tipdagi hojatxonalar bilan quyidagi bino va inshoatlar jihozlanishi mumkin (balandligi, qoida boʻyicha, 2 qavatdan koʻp emas):
joyi 90 gacha boʻlgan bolalar maktabgacha muassasalari — chiqindilarini olib ketishni tashkil qilgan holda;
maktablar va internat-maktablar, kasb hunar kollejlari (oshxona, shifokor kabineti va kimyo xonalari uchun suv quvukri va oʻyiqqa tushiriladigan kanalizatsiya qurilishi sharti bilan);
savdo maydoni 250 m2 gacha boʻlgan doʻkonlar, yopiq bozorlarning savdo zallari — 250 m2;
oʻrni 50 tagacha boʻlgan jamoa ovqatlanishi korxonalari (choyxonalar, kafelar, gazakxonalar, kabobxonalar);
boshqaruv organlari, har xil yoʻnalishdagi idoralar, ofislar, firmalar, byurolar binolari (balandligi 2 qavatdan oshmagan);
balandligi 1-2 qavat 50 oʻringacha mehmonxonalar, motellar va kempinglar;
bolalar yozgi oromgohlari, dam olish bazalari, sigʻdiraolishlik miqdori 240 oʻringacha turistlar bazalari oshxonalaridan chiqindi suvlar uchun yer qudugʻiga chiqarish bilan;
sigʻdiraolishlik miqdori 500 oʻringacha kinoteatrlar i klublar;
tirlarning otish galereyalari va alohida joylashgan ochiq tirlar;
ochiq tekis inshoatlar, jumladan tomoshabinlar uchun 300 oʻrni borlari;
sport inshoatlarining start maydonlari — tramplinlarning, togʻ changʻi trassalarining va boshqa;
bir smenada 25 xodimgacha boʻlgan maishiy xizmat korxonalari;
normativ aktlar yoki vazirlik, qoʻmita yoki taʼsis yoʻnalishi boʻyicha idoralarning qarorlariga mos boshqa oʻrinlari koʻp boʻlmagan jamoat muassasalari.
4.91. Boshqa yoʻnalishga moʻljallangan yoki ularga old qurilgan savdo, jamoat ovqatlanish va maishiy xizmat koʻrsatish korxonalarining kanalizatsiya tizimi ushbu binolarning kanalizatsiya tizimidan ajratilgan holda nazarda tutilishi shart.
4.92. Maishiy xizmat koʻrsatuvchi korxonalar uchun ichki kanalizatsiya tizimini, jumladan oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish kir yuvish xonalarining, loyihalash maishiy va ishlab chiqarish chiqindilari suvlari uchun qoʻshilgan holda amalga oshirilishi mumkin, loyihalanishi amaldagi normalar boʻyicha boʻlgan kimyoviy tozalash, hammom va kir yuvish xonalari kanalizatsiyalari bundan mustasno.
4.93. Jamoat binolarining ventilyatsiya va konditsiyalashtirish tizimi jihozlaridan chiquvchi suvni chiqarish maishiy kanalizatsiya tarmogʻiga yoki irrigatsiya tarmogʻiga ulanishi lozim.
4.94. Oʻtish oyoq dushlari va vannalaridan, toshib chiqadigan tarnovlardan va basseynlarning boʻshatish va yuvish suvlarini chiqarib tashlash maishiy kanalizatsiya yoki irrigatsiya tarmogʻiga loyihalanishi shart. Vannalarni kanalizatsiya tarmogʻiga ulashda tarmoqdan vannaga suv qaytib kirish ehtimoli oldi olinishi kerak.
4.95. Ishlab chiqarish chiqindi suvlarini chiqarishda yogʻ tutib qoluvchi qurilmalar quyidagi jamoat ovqatlanish korxonalarida nazarda tutilishi zarur:
xom ashyoga ishlovchi — zallarida oʻrindiqlar 200 dan koʻp; yarim tayyor mahsulotlarga ishlovchi — oʻrindiqlari soni 500 dan koʻp;
markazlashgan issiq suv taʼminoti boʻlmagan sigʻdiraolishlik miqdori 600 oʻquvchidan koʻp oʻquv binolarining ovqatlanish bloklarida.
Bolalar maktabgacha muassasalari ovqatlanish bloklari yogʻ tutqichlar bilan jihozlanmaydi.
4.96. Smenada ishlab chiqarish unumdorligi 1 tonnadan koʻp sabzavot sexlari bor jamoat ovqatlanish korxonalari uchun binodan tashqarida iflos tindirgich va poʻstloq tutgich qurilmalari nazarda tutilishi shart.
Elektrotexnik qurilmalar
4.97. Jamoat binolarida elektrjihoz, elektryoritgich, shahar telefon aloqalari qurilmasi, simli eshittirish va televideniye nazarda tutilishi lozim. 10 kishidan kam ishlovchi xodimi boʻlgan ayrim jamoat binolarida asoslangan holda telefon aloqasi qurilmasi va televideniye nazarda tutilmasligi mumkin, bolalarning maktabgacha muassasalari, umumtaʼlim va maxsuslashgan maktablar, oʻrta maxsus muassasalar, mehmonxonalar, boshqaruv organlari va aholiga kommunal xizmat koʻrsatish binolari, bank muassasalari binolari, sugʻurta agentliklari binolari bundan mustasno.
Loyiha topshirigʻiga, idoraviy qurilish normalari talablariga yoki bino komfortligi klassiga asosan ayrim binolar va xonalar mahalliy (ichki) telefon aloqasi, mahalliy simli eshittirish va televideniye, nutqning ovoz kuchaytirgichi, sinxron tarjimasi qurilmalari, signalizatsiya, yongʻin haqida xabar beruvchi tizim, gaz chiqishi haqida xabar beruvchi signalizatsiya, tutun va suv toshishi signalizatsiyalari, muhandislik qurilmalari avtomatizatsiya va dispetchirizatsiya tizimlari va boshqa qurilmalar turlari bilan, hamda elektr pasttokli tarmoqlari bilan jihozlanishi mumkin.
Avtomatik yongʻin signalizatsiyasi tizimlari (AYOST) va yongʻin oʻchirgich avtomatik qurilmalari (YOOʻAQ) OʻzR IIV YHBB ning 21-majburiy ilovada keltirilgan roʻyxati boʻyicha nazarda tutiladi. AYOST va YOOʻAQ bilan jihozlanishi shart konkret xonalarning roʻyxati obyekt loyiha topshirigʻida berilishi lozim.
Yongʻinni avtomatik oʻchirish uchun yonish boʻlmaganda ishlab ketadigan yoki zarari yongʻinda boʻladigan zararga yaqin qimmatli tovar-ashyolarga va xonalarga shikast yetkazadigan qurilmalarni oʻrnatmaslik mumkin.
4.98. Jamoat binolarining elektr qabul qiluvchilari elektr taʼminotining ishonchliligini taʼminlash darajasi boʻyicha 19-ilovadagi mos kategoriyalarga taalluqli boʻlishi shart. Kategoriyasi yanada yuqori elektr qabul qiluvchilarning elektr taʼminoti ishonchliligiga talablar kichik kategoriyadagi elektr qabul qiluvchilar taalluqli boʻlishi mumkin emas.
4.99. Bino qavatliligiga bogʻliq elektr taʼminotining ishonchliligi boʻyicha kategoriyasini aniqlashda qavatlar soniga barcha yer ustki qavatlari, jumladan mansarda, texnik qavat, hamda sokol qavat, agarda uning tepa qoplamasi yerning rejaviy sathidan 2 m dan kam boʻlmagan balandlikda boʻlganda, kiritiladi.
Binoning qismlarida har xil qavatli qismlar boʻlsa har bir qism uchun qavatlik alohida aniqlanadi.
4.100. Yongʻinga qarshi qurilmalarning va qoʻriqlash signalizatsiyasi elektr qabul qiluvchilari, jumladan oʻt oʻchiruvchilarni tashiydigan liftlarning ham, har xil kirishlarning ishonchliligi kategoriyasiga bogʻliq boʻlmagan holda taʼminlanishi shart, a bitta kirish joy boʻlganda — ushbu kirish joyidan ikkita liniya bilan. Bunda boshqa isteʼmolchilarni oʻchirish yongʻinga qarshi qurilmalarning elektr qabul qiluvchilarini oʻchirish bilan bogʻlangan boʻlmasligi kerak.
4.101. Bino va xonalarning qoʻriqlash signalizatsiyasi jihozlari loyiha topshirigʻiga asosan nazarda tutiladi.
4.102. Bank binolari, omonat kassalari, ofislar va boshqa jamoat binolarida pul bilan, qimmatbaho qogʻozlar bilan, qimmatli metal buyumlar bilan operatsiya amalga oshiruvchi xonalardagi ish joylari trevoga signalizatsiyasi bilan jihozlanishi shart. Kommutator qurilmasi joyi loyiha topshirigʻida beriladi.
4.103. Yashinqaytargich RD 34.21.122-87 asosida jamoat binosining moʻljallangan yoʻnalishi va uning joylashgan hududida momaqaldiroq boʻlish intensivligini, hamda televizor antennalari va telefon aloqalarining tik quvurlari borligini hisobga olgan holda nazarda tutilishi kerak. Yashinqaytargich oʻrnatilishi zarur boʻlmagan holatlarda antennalarni va tik quvurlarni yerga simlash atmosfera elektrini yerga oʻtkazib yuborish uchun zarur.
4.104. Mexanik umumiy ventilyatsiyasi bor binolarda avtomatik yongʻinga qarshi signalizatsiya va avtomatik yongʻinoʻchirgichlar ishlaganda avtomat holda ventilyatsiya oʻchirilishi nazarda tutilishi kerak, agar yongʻinga qarshi qurilmalar va avtomat oʻchirgich boʻlmasa markazlashtirilgan joydan ventilyatsiyani oʻchirish zarur.
4.105. Jamoat binolarida himoya oʻchirgichi qurilmasining ishlashi tok kuchi 30 mA dan koʻp boʻlmasligi, ishlab ketish vaqti -100 ms gacha boʻlishi shart.
Gaz taʼminoti
4.106. Tabiiy gazda ovqat tayyorlash uchun jihozlar oshxonalarda, restoranlarda, kafelarda, gazakxonalarda va maʼmuriy boshqaruv organlari binolari, idoralar, ofislar, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, loyiha-konstruktorlik byurolari, mahalla turar-joy — foydalanish tashkilotlari, yuridik va bank muassasalari, sanatoriya-kurort yoʻnalishidagi muassasalar, dam olish va turizm, hammom va hammom-sogʻlomlantirish majmualari, kir yuvish xonalari, jismoniy tarbiya — sport binolari va inshoatlarining bufetlarida ruxsat etiladi.
Kiritib qurilgan, old qismiga qurilgan, tom qismiga va alohida qurilgan isitish qozonxonalarida gazdan foydalanish mumkin, yertoʻla qismda joylashgan qozonxonalar bundan mustasno.
Texnologik maqsadlar uchun asosiy binoda yoki uning old qismiga joylashgan tish davolash poliklinikalarida markazlashgan gaz taʼminotiga ruxsat etiladi.
Jamoat ovqatlanishi, ovqatlanish bloklari, oshxonalar, aptekalar, laboratoriyalarning va boshqa asosiy jamoat binosining qoʻshimcha xizmatiga kiritiladigan markaziy tayyorlash xonalarida, hamda axlat yoqish uchun pechlarda markazlashgan gaz taʼminotiga yoʻl qoʻyiladi.
Jamoat binolarining gaz taʼmini tizimlarini KMK 2.04.08 ga, hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davtexnazoratida tasdiqlangan gaz xoʻjaligida xavfsizlik qoidalariga mos loyihalash zarur.
1-ILOVA Majburiy.
JAMOAT BINOLARI VA INSHOATLARINING ASOSIY FUNKSIONAL-TIPOLOGIK GURUHLARI ROʻYXATI
1. OʻQUV-TARBIYAVIY YOʻNALISHGA MOʻLJALLANGAN, OʻRTA VA MAXSUS OLIY TAʼLIM, KADRLAR TAYYORLASH BINOLARI
1.1. Barcha tipdagi maktabgacha muassasalar,maktab-internatlarning yotoq korpuslari, jismoniy va aqliy rivojlanishida nuqsonlari bor bolalar uchun maxsuslashgan oʻquv-tarbiyaviy muassasalar
F 1.1
1.2. Umumtaʼlim muassasalari (maktablar, akademik litseylar)
F 4.1
1.3. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari — kasb-hunar kollejlari*
F 4.1; F 4.3
1.4. Oliy va diplomdan soʻng taʼlim muassasalari, maxsus kadrlar tayyorlash muassasalari*
F 4.3
1.5. Maxsuslashtirilgan oʻquv muassasalari (avtomaktablar, aeromaktablar, aero-klublar, mudofaa oʻquv yurtlari)*
F 4.3
1.6. Maktabdan tashqari muassasalar (toʻgaraklar, studiyalar, ijod uylari, yosh texniklar stansiyalari, badiiy, musiqa va sport maktablari)
F 4.1
2. SOGʻLIQNI SAQLASH, IJTIMOIY XIZMAT KOʻRSATISH VA SOGʻLOMLANTIRISH MUASSASALARINING BINOLARI
2.1.Statsionari (kasalxonasi) bilan davolash, tibbiyot markazlari
F 1.1
2.2. Ambulatoriya-poliklinika va tip-sogʻlomlantirish binolari
F 3.4
2.3. Tib-reabilitatsiya va korreksiya (statsionarsiz) binolari
F 3.4
2.4. Aholiga ijtimoiy xizmat koʻrsatish muassasalari (statsionarsiz)
F 3.4
2.5. Reabilitatsiya muassasalari, statsionari bilan ijtimoiy xizmat koʻrsatish markazlari, bolalar uchun vasiylik muassasalari*
F 1.1
2.6. Sauna, basseynlari bilan sogʻlomlantirish majmualari*
F 3.6
3. MAʼMURIY VA BOSHQARUV, YURIDIK, HUQUQNI HIMOYALOVCHI, MOLIYA-KREDIT, LOYIHA VA ILMIY TADQIQOT, NASHRIYOT BINOLARI
3.1.Boshqaruv organlari, maʼmuriyat, agentlik, firma, boshqa oʻxshash muassasalari.
F 4.3
3.2. Ijtimoiy boshqaruv muassasalari — sobeslar, mehnat birjalari, boshqa oʻxshash muassasalar.
F 4.3
3.3. Moliya-kredit tashkilotlari, banklar
F 4.3
3.4. Yuridik tashkilotlar, sudlar, prokuraturalar*
F 3.5
3.5. Huquq himoyasi tashkilotlari — ichki ishlar boshqarmalari, pasport-viza, nalog i tamojnya xizmatlari, boshqa oʻxshash tashkilotlar.
F 4.3
3.6. Loyiha-konstruktorlik va ilmiy tadqiqot tashkilotlari (eksperimental ishlab chiqarish maxsus obyektlari, maxsus tajribaxonalar va shunga oʻxshashlar bundan mustasno.)*
F 4.3
3.7. Axborot, tahririyat-nashriyot tashkilotlari (bosmaxona bundan mustasno)
F 4.3
4. MADANIYAT, BOʻSH VAQT OʻTKAZISH, TOMOSHAGOH, FUQORO VA DIN MAROSIMLARI, JISMONIY TARBIYA-SPORT OBYEKTLARINING BINOLARI
4.1. Tomoshagoh inshoatlar, moʻljallanganligi turli tomosha zallari
F 2.1
4.2. Ochiq havoda tomosha inshoatlari
F 2.3
4.3. Klub, studiya, boʻsh vaqt oʻtkazish — oʻyin-kulgi muassasalari (tomoshabinlar zalisiz)*
F 2.2
4.4. Kutubxonalar va oʻqish zallari
F 2.1
4.5. Muzeylar va koʻrgazmalar zallari
F 2.2
4.6. Tomoshabinlar oʻrindigʻisiz jismoniy tarbiya — sport obyektlari
F 3.6
4.7. Tomoshabinlar uchun oʻrindiqlari mavjud sport-tomosha va jismoniy tarbiya-sport obyektlari
F2.1
4.8. Aholi qatnaydigan diniy obyektlar (machitlar, sinagoglar, cherkovlar)
F4.3
5. SANATORIYA, DAM OLISH VA TURIZM, VAQTINCHALIK YASHASH MUASSASALARINING BINOLARI
5.1. Maktab-internatlari oʻquvchilarining turar joy korpuslari v bloklari, bolalar sanatoriyalari va oromgohlarining turar joy korpuslari
F 1.1
5.2. Sanatoriyalar, sanatoriya-profilaktoriyalar
F 1.2
5.3. Dam olish va turizm muassasalari* (dam olish uylari, pansionatlar, dam olish va turistlar bazalari)
F 1.2
5.4. Mehmonxonalar, motellar, kempinglar
F 1.2
6. XIZMAT KOʻRSATISH KORXONALARINING BINOLARI
(savdo, umumovqatlanish, maishiy, transport i turistik xizmatlar)
6.1. Chakana savdo (mayda ulgurji) korxonalari, savdo markazlari va majmualari* (jumladan bozorlar va bozorlar majmualari)
F 3.1
6.2. Umumovqatlanish korxonalari
F3.2
6.3.Maishiy va kommunal xizmat koʻrsatish, marosimlarga xizmat koʻrsatish obyektlari
F 3.5
6.4. Pochta-telegraf, telefon aloqasi obyektlari
F 3.5
6.5. Sogʻlomlantirish, jismoniy tarbiya-trenirovka va sanitar-maishiy xizmat koʻrsatish (hammom-sauna va boshqalar) obyektlari
F 3.6
6.6. Yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish, transport va turistlar agentliklari
F3.5
6.7. Hamma turdagi transport vokzallari (aerovokzallar, t/y vokzallari, avtovokzallar i avtostansiyalar)
F 3.3
7. JAMOAT VA KOMMUNAL XIZMAT KOʻRSATISHLARNING BOSHQA BINOLARI
7.1.Yongʻin deposi
F4.4
7.2. Kir yuvish binolari
F5.1
7.3.Omborxonalar, kitob saqlash, arxiv saqlash binolari
F5.2
Eslatma: 1. Ushbu ilova koʻrsatkichlari jamoat binolarini funksional-tipologik guruhlarining keltirilgan klassifikatsiyasi doirasidagi obyektlar, hamda koʻp funksiyali binolar va majmualarning loyihalanishiga tatbiq etiladi.
Belgilangan “*” nishonli obyektlar, koʻrsatilgan funksional yongʻin xavfi ramkasidan tashqariga chiqib ketadigan, koʻp funksiya tizimiga ega, bunga loyiha topshirigʻida aniqlik kiritiladi.
2. Funksional yongʻin xavfi klassi bino va inshoatlarning yongʻin xavfsizligini taʼminlash SHNK2.01.02 normalari hisobga olgan holda keltirilgan. 2*-ILOVA
2*-ILOVA Majburiy.
TERMINLAR VA ANIQLIK KIRITISH
Aktiv geliotizim — issiq suv yoki isitish maqsadlarida quyosh energiyasini tutish va foydalanish uchun maxsus geliotexnik jihozdan foydalanishga asoslangan tizim.
Atrium — yopiq, qoida boʻyicha, balandligi boʻyicha 3 va undan koʻp qavatlarni bogʻlaydigan, tepa qoplamasi orqali tabiiy yorugʻlik tushib turadigan, koʻp sathli erkin joy (binoning yopiq ichki hovlisi).
Ichki hovli — bino yoki majmua tizimidagi ichki ochiq hovli, tabiiy yorugʻlik va xonalarni shamollatish sharoitini taʼminlaydigan, rekreatsiya vazifasini bajaradigan boʻshliq.
Kemping — mehmonxona korxonasi, qoida boʻyicha, mavsumiy tipli, hamda lager-mashina turishi joyili, yashash xonalarini oʻz ichiga oladi (uychalar, palatkalar, treylerlar) va xizmat koʻrsatish elementlari, jumladan avtoturistlar mashinalari uchun ham.
Kollej — kasb egallashga oʻqitish oʻrta maxsus oʻquv muassasasi (kasb va mutaxassislik davlat klassifikatori boʻyicha).
Laboratoriya — ishlashning maxsus sharoiti va texnologik jihozlanishi bilan oʻqitishga yoki ishlashga moʻljallangan xona (kimyoviy, biologik, fizika, elektrotexnika va boshqa tajribaxonalar).
Yozgi xona — ochiq yoki yarim ochiq isitilmaydigan xona; tiplari boʻyicha farqlanadi: lodjiya-ayvonlar, verandalar, terraslar, ichki hovlilar.
Litsey — taʼlim yoʻnalishidagi oʻrta maxsus oʻquv muassasasi (texnik, fizika-matematik, gumanitar, yuridik, boshqa).
Lift xolli — liftga kirish joyidagi xona.
Lodjiya — bir tomoni tashqariga ochiq, tepa qoplamasi bor, yon uch tomoni toʻsilgan, boʻylama chuqurligi, orqa tomonida joylashgan tutash xonaga yorugʻlik nuri tushishi sharti bilan, chegaralangan xona.
Lyuk — evakuatsiya uchun kirish-chiqish tirqishi.
Mansard — foydalanishga moʻljallangan boʻgʻot osti xonasi.
Mahalla markazi — oʻz-oʻzini boshqarish va boʻsh vaqtni oʻtkazish uchun turar-joy kvartallaridagi jamoat xonalari majmuasi.
Motel — avtoturistlar uchun mehmonxona xizmati korxonasi.
Jamoat binolari — aholiga madaniy-maishiy xizmat koʻrsatishga moʻljallangan har xil turdagi muassasa va korxonalarni joylashtirish uchun binolar.
Yertoʻla yoki sokol qavatining boʻlimi — yongʻinga qarshi toʻsiqlar bilan chegaralangan (devorlar, peregorodkalar, tepa qoplamalari) boʻlimi; boʻlim ichida xonalar u yoki bu olovbardoshlik chegarasidagi peregorodkalar bilan ajratilishi mumkin.
Yongʻin boʻlimi — yongʻinga qarshi toʻsiqlar bilan ajratilgan, yongʻin tarqalishiga qarshilik koʻrsatadigan binoning qismi.
Odamlar ommaviy ravishda boʻladigan xona — odamlar doimiy yoki vaqtinchalik boʻladigan (avariya holatlaridan tashqari), bir kishiga 1 m2 dan koʻp 50 m2 va undan ortiq maydonli xona, jumladan dahlizlar, foyelar, har xil yoʻnalishga moʻljallangan zallar, nutq soʻzlash auditoriyalari, restoranlar, doʻkonlar va boshqalar).
Insonlar doimiy ravishda boʻladigan xona — insonlar oʻz faoliyatida uzluksiz ikki soatdan ortiq yoki ish vaqtining 50% ortiq boʻladigan xona.
Binoning rekonstruksiyasi — hozirgi davrda samarali foydalanish uchun binoning rejayu-hajmiy yechimini, uning tashqi koʻrinishini, asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini (maydonini, qurilish hajmini, sigʻdiraolishlik miqdorlarini, qabul qilish imkoniyatlarini va boshqalar), moʻljallanishini oʻzgartirishga yoʻnaltirilgan tashkiliy-texnik va qurilish tadbirlari majmuasi.
Passiv geliotizim — binoni isitish yoki ventilyatsiyalash uchun quyosh energiyasini iloji boricha koʻproq tutish va foydalanish maqsadlarida maxsus nazarda tutiladigan binoning hajmiy-rejaviy va konstruktiv yechimlari tizimi.
Tambur — binoga kirish joyida eshiklar oraligʻidagi oʻtib ketish xonachasi; tambur-shlyuz bino ichiga sovuq (issiq, changlangan) havoni, tutunni va yoqimsiz hidlarni kirishidan himoyalaydi.
Tribuna — tomoshabinlar uchun qatorlari tepaga oldingisiga nisbatan bir tekis koʻtarilib boradigan qilib qurilgan inshoat.
Maktab — oʻz ichiga oʻqitishning I va II pogʻonasini oladigan: 1 — 4 sinflar (boshlangʻich maktab) va 5 — 9 sinflar (asosiy, baza maktabi), maktab yoshidagi (7 — 15 yoshliklar) bolalar uchun umumtaʼlim oʻquv muassasasi.
Boʻgʻot — tom qoplamasi konstruksiyalari bilan tepa qavat tepa qoplamasi orasidagi boʻshliq.
Binoning qavatlari:
mansard — boʻgʻotga joylashtiriladigan, foydalanishga moʻljallangan qavat;
yer usti — xonalari pol sathi yerning rejaviy sathidan past boʻlmagan qavat(lar);
yertoʻla — xonalarining poli sathi yerning rejaviy sathidan xona balandligining yarmidan koʻp miqdorida chuqurda boʻlgan qavat;
texnik — muhandislik jihozlari joylashtirishga va kommunikatsiyalar oʻtkazilishga moʻljallangan qavat: binoning pastki qismida (texnik yer pol osti), tepa qismida (texnik boʻgʻot) yoki oʻrta qismida joylashtirish mumkin;
sokol — xonalari polining sathi rejaviy yer sathidan xona balandligining yarmidan kam miqdoridagi chuqurda joylashtirilgan qavat.
3-ILOVA Majburiy.
BINOLARNING UMUMIY, FOYDALI VA HISOBIY MAYDONLARI, QURILISH HAJMI, QURISH MAYDONI VA QAVATLIKLARINI HISOB-KITOB QILISH TARTIBLARI
1. Umumiy maydon binoning barcha qavatlari maydonlarining yigʻindisi sifatida aniqlanadi (texnik, mansard, sokol, yertoʻla qavatlari maydonlari ham ushbu yigʻindiga kiritiladi).
Binoning qavati maydoni tashqi devorlar ichki yuzasi chegaralarida oʻlchaniladi. Antresollar, boshqa binoga oʻtish yoʻlaklari, tomosha va boshqa zallarning oynalangan verandalari, galereyalari va balkonlari maydonlari ham binoning umumiy maydoniga qoʻshiladi. Qavatlararo tepa qoplamasi boʻlmagan (tepasi ochiq) xonalarning maydoni umumiy maydonni hisoblashda faqat bir qavatdagi maydoni hisobga olinadi.
Tashqi devorlar qiya boʻlsa maydon pol sathi boʻyicha hisoblanadi.
2. Foydali maydon binoga joylashtirilgan barcha xonalarning maydonlari yigʻindisiga teng (zallardagi, foyelardagi va boshqalaridagi balkonlar va antresollar maydonlari ham qoʻshiladi), zinapoyalar kataklari, lift shaxtalari, ichki ochiq zinapoya va panduslar bundan mustasno.
3. Hisobiy maydon binoga joylashtirilgan barcha xonalarning maydonlari yigʻindisiga teng, ichki yoʻlaklar, tamburlar, oʻtish yoʻlaklari, zinapoya kataklari, lift shaxtalari, ichki ochiq zinapoyalar, hamda muhandislik jihozlarini va muhandislik tarmoqlarini joylashtiriladigan xonalar maydonlari bundan mustasno.
Oʻquvga moʻljallangan binolarning, davolash-sogʻlomlantirishga moʻljallangan binolarning, dam olish uylarining, klublarning va boshqa muassasalarning rekriatsiya-yoʻlak maydonlari hisobiy maydonga qoʻshiladi, jumladan dam olish yoki xizmat koʻrsatuvchilarni kutib turish yorugʻ xoll-karmonlari ham.
Radiouzel, kommutatsion xonalar, estrada va sahna qoshidagi yordamchi xonalar, kinoapparat xonalari maydonlari, hamda 1 m kenglikdan kam boʻlmagan va balandligi kamida 1.8 m boʻlgan nishalar, qoʻzgʻalmas kiritib oʻrnatilgan javonlar (muhandislik nisha va javonlari bundan mustasno) maydonlari hisobiy maydon miqdoriga kiritiladi.
4. Boʻgʻot, texnik boʻgʻot, polidan tepa qoplamasidan turtib chiqqan konstruksiyagacha masofa 1.8 m dan kam boʻlgan texnik yer pol osti maydonlari, hamda lodjiyalar, tamburlar, tashqi balkonlar, portiklar, tashqi kirish joylari, tashqi ochiq zinapoyalar maydonlari binoning umumiy, foydali va hisobiy maydonlari hisobiga kiritilmaydi.
5. Bino xonalarining maydoni pardoz qilingan devorlar va peregorodkalar yuzasi oraliqlarida, pol sathi boʻyicha, plintuslarni hisobga olmay aniqlanishi zarur; mansard qavatidagi xonalar maydoni qiya shipgacha 1.6 m boʻlgan joylar oraligʻi boʻyicha hisoblanadi.
6. Qurilish hajmi yer ustki qurilish hajmi — ±0,00 sathdan boshlab (yer ustki qismi) va ushbu sathdan past (yer osti qismi) qurilish hajmlari yigʻindisi sifatida aniqlanishi kerak.
Binoning yer ustki va osti qismlarining qurilish hajmi har bir qismlarining toza pol sathlaridan boshlab binoning tashqi yuzalari boʻyicha oʻrab turgan konstruksiyalarni, yorugʻlik tushiruvchi fonarlarni, gumbazlarni va shunga oʻxshash konstruksiyalarni hisobga olgan holda aniqlanadi, turtib chiqib turuvchi arxitektura detallari va konstruksiya elementlari, yer pol osti kanallari, portiklar, terrasalar, balkonlar, bino ostidan oʻtuvchi mashina yoʻlaklari va bino ustunlariga oʻrnatilgan hollardagi bino tagi boʻshliqlari hajmlari mustasno.
7. Binoning sokol sathi gorizontal qirqimi boʻyicha, ushbu sath tashqi devorlaridan tashqariga turtib chiqib turuvchi konstruksiya va detallarning maydonlarini hisobga olgan holda, binoning tashqi devorlari yuzalari oraligʻi boʻyicha, bino ostidan oʻtish mashina yoʻlaklari yuzalarini, ustunlarga oʻrnatilgan joylari boʻlsa, uning maydonini ham qoʻshgan xolda, binoning qurilish maydoni hisoblanadi.
8. Bino qavatlar sonini aniqlashda barcha yer ustki qavatlari qoʻshiladi, yaʼni texnik, mansard, tepa qoplamasi yerning rejaviy sathidan kamida 2 m yuqori boʻlgan sokol qavatlari ham. Faqat eng yuqori qavat ustidagi texnik qavat etajlar soniga kiritilmaydi.
Binoning turli qismlarida har xil qavatlik boʻlsa, hamda binoni nishab yerlarga joylashtirilganda nishab hisobiga qavatlar soni oshsa, bino qavatligi binoning har bir qismi uchun alohida aniqlanadi.
9. Doʻkonning savdo maydoni savdo zallari maydoni va qoʻshimcha xizmat koʻrsatish uchun maydonlar yigʻindisi tarzida aniqlanadi (buyurtmalar qabul qilish va tarqatish zallari, kafeteriya, barlar va boshqalar).
4-ILOVA Majburiy.
YERTOʻLA VA SOKOL QAVATLARIDA JOYLASHTIRILISHI MUMKIN BOʻLGAN JAMOAT BINOLARINING XONALARI ROʻYHATI
Yertoʻla qavatlari
1. Boyler xonasi; vodoprovod va kanalizatsiya nasoslari uchun xona; havoni ventilyatsiya i konditsiyalashtirish kamerasi; binoning muhandislik-texnologiyasi jihozlari uchun boshqaruv xona va boshqa xonalari; liftlarning mashina boʻlimlari.
2. Birinchi qavatdan tashqariga chiqish dahlizlari; kiyim-kechak almashtirish xonalari, yechinish xonalari, hojatxonalar, gigiyena kabinalari, dushxonalar, chekish xonalari, kiyim va inventar xonalari, buyumlarni saqlash kameralari.
3. Omborchalar, omborxonalar (oson alanga oladigan ashyolar va kategoriyasi A va B boʻlgan yonuvchan suyuqliklar omborxonalari bundan mustasno), makulatura yigʻish va saqlash xonalari.
4. savdo zallarining maydoni 400 m2 boʻlgan oziq-ovqat va nooziqa doʻkonlari (oson alanga oladigan ashyolar va yonuvchan suyuqliklar savdosidan tashqari); shishataralar qabuli, konteynerlar saqlash tozalash inventarlari xonalari.
5. Koʻpi bilan 100 oʻrinli umumovqatlanish korxonalari (sanatoriya, maktab, oʻrta maxsus oʻquv muassasalarining oshxonalari zallari bundan mustasno).
6. Davolash muassasalarida: sanitar oʻtkazish joylari; dezinfeksiyalash xonalari; texnika xavfsizligi xonalari; kirxonalar; omborchalar; yuk tushirish va raspakovka xonalari; marmit aravachalarni saqlash va yuvish xonalari; radioktiv moddalarni saqlash xonalari, radioktiv moddalar bilan kirlangan chiqindi va kirxonalar, kompressor xonalari, hamda dezinfeksiya, sterilizatsiya, yuvish va quritish xonalari (choyshab, xolst, brezentlar klenkalari va boshqalar), vaqtinchalik murda saqlash, gips saqlash, davolash balchigʻini tayyorlash va uni regeneratsiya qilish xonalari.
7. Kiyimlarni dazmollash va tozalash xonalari; kiyim va oyoq kiyimlarni quritish xonalari; kir yuvish xonalari.
8. Laboratoriyalar va maxsus kabinetlar (texnologik asoslash boʻyicha), texnika xavfsizligi xonalari.
9. Yongʻin va sanitar xizmati ruxsati boʻyicha, jihozlarni taʼmirlash ustaxonalari (taʼlim va davolash-profilaktika oʻquv ustaxonalaridan tashqari).
10. Maishiy xizmat qabuli punktlari; koʻrgazmalar zallari; laboratoriyasi bilan fotoatelye zallari; prokat punkti xonalari, yordamchi va qoʻshimcha xonalar, banketlar zallari.
11. Radiouzellar, kinofoto laboratoriyalar; televideniya yopiq tizimi xonalari.
12. Oʻqotar tirlar, sport zallari, trenirovka va tomoshabinlar oʻrindiqlari boʻlmagan jismoniy tarbiya — sogʻlomlantirish xonalari; omborchalar va inventar xonalar; billiard xonalari; kegelban oʻyini xonalari; trenerlar xonalari, instruktorlar xonalari, massaj xonalari, yordamchi xonalar.
13. Kitoblarni saqlash xonalari, arxiv saqlash xonalari, tib arxivlari.
14. Tomoshagoh muassasalarning dahlizlari, foyelari, kiyim-kechak almashtirish xonalari, 300 oʻringacha boʻlgan zallar, koʻrgazmalar zallari, kattalarning klub-toʻgarak mashgʻulotlari uchun xonalar, yordamchi xonalar.
15. Kattalar uchun klub va oʻyingoh zallari, repititsiya zallari, bir vaqtda keluvchilar soni har bir boʻlimda koʻpi bilan 100 kishi boʻladigan va devor, shiplari yonmas ashyolardan boʻlgan disko klublar.
16. Orkestr chuqurliklari; dirijyor va orkestrant komnatalari; tryum sahnalari, estradalar, arenalar.
17. Yuk saqlash kameralari; yuk tushirish va saralash uchun xonalar.
18. Nusxa-koʻpaytirish xizmati xonalari.
19. Amaldagi qurilish va sanitar-gigiyenik normalarga asoslangan avtomobil saqlash-toʻxtab turish xonalari.
Sokol qavati
1. Yertoʻlaga joylashtirilishiga ruxsat etilgan barcha xonalar.
2. Maʼmuriy-xizmat koʻrsatish xonalari, idora xonalari, ruxsatnomalar berish xonalari, maʼlumot berish xonalari, registraturalar, jamgʻarma va boshqa kassalar; bank boʻlimlari, transport agentliklari; kasallarni tuzalganidan keyin kuzatib qoʻyish xonalari; davolash muassasalari va sanatoriyalarning markaziy kirxonalari.
3. Basseynlar, tomoshabinlar uchun tribunalari boʻlmagan sunʼiy yaxlik sirpanib uchish xonalari.
4. Quruq jazirama hammomlar.
5. Turi va sigʻimi har-xil boʻlgan umumovqatlanish korxonalari, jumladan oʻquv muassasalaridagi, sanatoriya-profilaktoriyalardagi oshxonalar, statsionarlarning ovqatlantirish bloklari.
6. Oziq-ovqat va nooziqa mollari doʻkonlari (yengil alanga oluvchan va yonuvchan suyuqliklar savdosi bundan mustasno).
7. Suv bilan davolovchi muassasalardagi rodon va serovodorod suvlarini tayyorlash laboratoriyalari.
8. Ustaxonalar, jumladan sanitar va yongʻinga qarshi xizmati ruxsat etgan oʻquv va maishiy xizmat koʻrsatish yoʻnalishdagilar.
Eslatma: 1. Otmoska sathidan koʻpi bilan 0.5 m chuqurlikda boʻlgan sokol qavatlarida joylashtirilishi mumkin boʻlgan jamoat binolarining xonalari 2.11 bandda koʻrsatilgan.
2. Yertoʻla va sokol qavatlarida joylashtiriladigan garaj-toʻxtab turish joylari boʻyicha sanitar-gigiyenik va yongʻinga qarshi normalar, avtotoʻxtab turish joylarini loyihalash normalari (SNiP 21-02-99*) hisobga olinishi shart.
5-ILOVA Tavsiyaviy
SOGʻLOMLANTIRISH, DAM OLISH VA TURIZMGA MOʻLJALLANGAN MUASSASALARDA XIZMAT KOʻRSATISHGA MOʻLJALLANGAN XONALAR
Dahliz (qabulxona-registraturasi, navbatchi maʼmuriyat kabineti, hojatxonasi, kutish joylari bilan)
sanatoriyalar, pansionatlar
turbazalar, dam olish uylari, dam olish bazalari, yil davomida ishlaydigan bolalar sanatoriya oromgohlari
yozgi sogʻlomlantirish oromgohlari,
yozgi turbazalar
Turizm, jismoniy tarbiya, sport, ommaviy-madaniy tadbirlar xonalari
m2 , 1
oʻringa
-'-
0,6 — 1,0
-'-
0,35 — 0,6
kamida 12
0,08 — 0,15
kamida 12
xona
kamida 8
Saqlash kameralari
-'-
6 — 8 va koʻp
Tibpunkti
-'-
12 — 14 va koʻp
Bank boʻlimi
-'-
dahliz maydonida
(12 — 20)
-''-
Aloqa boʻlimi
-'-
kamida 12
Maishiy xizmat punkti,
-'-
(har bir xona)
sartaroshxona
dahliz maydonida
Bar-bufet
(12 — 20)
Eslatma: Tibpunkti tarkibi dam olish muassasasining spetsifikasini hisobga olgan holda loyiha topshirigʻida beriladi; tibpunkti qoshida izolyator nazarda tutiladi.
6-ILOVA Tavsiyaviy
DAM OLISH VA TURIZM MUASSASALARIDA JAMOAT HOJATXONALARINING HISOBIY KOʻRSATKICHLARI
4. Har bir 10 oʻringa yechinish xonasi bilan dushxonalar
bolalar oromgohida har bir 15 oʻringa
1 kabina (1,8x0,9 m)
1 kabina
5. Bolalar sogʻlomlantirish muassasalarining hojatxonalari (bolalar va qizlar uchun alohida)
1 unitaz 15 qizga
1 unitaz i 1 pissuar 20 bolaga
Eslatma: 1. Yozda ishlaydigan dam olish va turizm muassasalarida yuz-qoʻl yuvish xonalarini shiypon tagiga joylashtirish mumkin (maydoni 0,2 m2/kishi hisobidan).
2. Hojatxonalarni alohida bloklarda (40 — 60 kishilik yashash guruhlariga) joylashtirish mumkin, qoida boʻyicha, 25 m masofadan ortiq va 75 m masofadan oshmagan uzoqlikda.
7-ILOVA Tavsiyaviy
SPORTNING HAR XIL TURLARI UCHUN YOPIQ ZALLARNING OʻLCHAMLARI VA QABUL QILISH IMKONIYATLARI
Qurilish oʻlchamlari
1 smenada qabul qila olish qobiliyati, kishi
Qoʻshimcha talablar
Uzunlik
Kenglik
Pastga turtib chiquvchi konstruksiyagacha boʻlgan balandlik
1
2
3
4
5
6
1. Akrobatika 1 komplekt tabel jihoziga
36
18
6 — 8
8 — 20
Musobaqalar uchun maydoncha 38x20 m (optimali: 43x20 m)
2. Basketbol 1-maydoniga va 1 komplekt tabel jihoziga
36 (30)
18
7
20
Oʻyin maydoni 26x14 m. Tomoshabinlarni maydon chegarasidan joylashtirish uzoqligi 2 m dan kam boʻlmasin
3. Boks 1 ringga
24 (18)
12
4
8 — 20
Musobaqalar uchun zal kamida 30x18 m (ring 14x14)
4. Klassik kurash (1 gilamga); dzyudo (1 tataga)
36 (24)
18 (15)
4
24
Musobaqalar uchun zal kamida 36x18 m (gilam 17x17)
5. Voleybol (1-maydonga)
36
(24)
18 (15)
8
12 — 24
Oʻyin maydoni 18x9 m. Tomoshabinlarni maydon chegarasidan joylashtirish uzoqligi yon tomonida 8 m dan, boʻylama tomoni boʻyicha 5 m dan kam boʻlmasin
6. Gandbol (1-maydonga)
45 — 48 (42)
24
6
24
Trenirovka mashgʻulotlari uchun 42x20 m
7. Sport gimnastikasi (1 komplekt tabel jihoziga)
36 (30)
18
6 — 8
8 — 20
Musobaqalar uchun zal oʻlchami 42x20 m boʻlishi shart, optimal 48x24 m
8. Badiiy gimnastika (1-maydonga)
30 — 36 (24)
18 (15)
7-8
8 — 16
Musobaqalar uchun zal oʻlchami 36x18 m boʻlishi shart
9. Tennis (1-maydonga)
36
18
8-9
9 — 16
Oʻyin maydoni: yakka uchuvchilar uchun 24x9 m, juft uchuvchilar uchun 24x12 m.
Musobaqalar uchun zal oʻlchami kamida 42x20 m boʻlishi shart
10. Konkida figurali uchish
65
35
6
20
Arena 61x30 m
11. Minifutbol
65
35
6 — 8
22 — 30
Arena 61x30 m
12. Zalda futbol
96
48
15
30
Arena 90x45 m
13. Muz ustida xokkey
65
35
6
30
Arena 61x30 m
* Qurilish oʻlchamlari zalning qurilish oʻqlari boʻyicha berilgan (zal ichiga oʻqdan bogʻlash 0.5 m dan oshmasligi sharti bilan); qavs ichlarida oʻquv-trenirovka mashgʻulotlari uchun ruxsat etilgan oʻlchamlar.
Eslatma: 1. Universal sport zallari bir necha turdagi sport oʻyinlari uchun gabaritlarga ega boʻlishi kerak.
2. Jadvalda koʻrsatilgan balandlik oʻyin maydoni tepasida taʼminlanishi kerak; maydon tashqarisidagi hajmlarda balandlikni kamaytirish mumkin, lekin kamayish umumiy oʻlchamlar chegarasida 3 m dan oshmasligi shart. Musobaqalar uchun maksimal balandlik taʼminlanishi zarur.
3. Maktablar va oʻrta maxsus oʻquv muassasalari oʻquvchilarining oʻquv-trenirovka mashgʻulotlari uchun universal sport zallarining qabul qilish qobiliyati: 12x24 m — 30-35 kishi 1 smenada; 30x18 m va 36x18 m — 35-50 kishi 1 smenada; 42x20 m va 45x24 m — 60 kishi 1 smenada
8-ILOVA Tavsiyaviy
OʻQUV-TRENIROVKA VA SOGʻLOMLANTIRISH MASHGʻULOTLARI UCHUN BASSEYNLAR HOVUZLARINING HISOBIY PARAMETRLARI
4. Oyoq yuvish vannalari — shugʻullanuvchilar uchun yechinish xonalarida
20 nafar shugʻullanuvchiga 1 ta vanna (1,0x0,85)
5. Rakovinlar yoki yuvish jihozlari-basseynlarning xlorator tamburi va xlor omborida, tozalash inventarlari xonasida
Har bir xonada 1 ta rakovin yoki yuvish jihozi
B. Tomoshabinlar uchun
1. Yopiq inshoatlar
75 — 100 ayolga 1 ta unitaz, 150 nafar erkakka 1 ta unitaz va 2 ta pissuar
2. Ochiq inshoatlar
100 ayolga 1 ta unitaz va 500 eokakka 1 ta unitaz va 5 ta pissuar
Eslatma: 1. Sanitar priborlari sport inshoati tipi va erkaklar va ayollar sonlarining nisbatini hisobga olgan holda texnologik hisob-kitob boʻyicha qabul qilinishi zarur.
Yechinish xonalarining qoshida dushxonasi bilan hojatxona boʻlishi majburiy (kamida 1 ta unitaz), hojatxonalarda qoʻl yuvish jihozi boʻlishi kerak va yechinish xonasiga oʻtish tambur-shlyuz orqali boʻlishi shart.
2. Ochiq inshoatlar uchun sanitar-maishiy xonalarning bloklari (yechinish xonasi, dushxona, hojatxona) koʻpi bilan 150 m masofada joylashtirilishi shart.
Ochiq basseynlar qoshida yechinish va dushxonalari (hojatxonasi bilan) toʻgʻridan toʻgʻri basseyn vannasiga taqalib joylashtirilishi shart.
3. Tomoshabinlar uchun hojatxonalar har bir boʻlimda koʻpi bilan 30 ta jihozga hisoblab nazarda tutiladi. Zallar va manejlar qoshidagi hojatxonalar koʻpi bilan 75 m masofada, ochiq inshoatlar qoshidagilari esa koʻpi bilan 150 — 200 m masofada joylashtirilishi zarur.
10-ILOVA Tavsiyaviy
KLUBLAR VA TOMOSHA MUASSASALARINING DAHLIZLARI GURUHI XONALARINING HISOBIY KOʻRSATKICHLARI
g — koʻpi bilan 7°*4— kinoproyektor optik oʻqining kinoekran markazidagi normaldan ogʻish burchaklari
v
—
"
"
8°
i
—
"
"
3°
K — tepa proyeksion nurdan eng yaqin ship yuzasigacha masofa — kamida 0.6 m; L — tomoshabinlar oʻrindiqlarining hududida pastki proyeksion nurdan polgacha boʻlgan masofa — kamida 1.9 m;
Hisobiy kuzatish nuqtasidan koʻrinishni yasashda *6oldi qatorda oʻtirgan tomoshabinning koʻzi sathidan ushbu nuqtaga yoʻnaltirilgan koʻrish nurining koʻtarilishi 0.14 m qabul qilinishi tavsiya etiladi (rekonstruksiyada 0.12 m boʻlishi mumkin).
Oʻtirgan tomoshabinning koʻz sathi balandligi pol sathidan 1.2 m qilib qabul qilinadi.
Kino namoyishi paytida tomoshabinlar zali va kinoekran parametrlari
* Sh, V va G parametrlarda indekslar ekranlarni belgilaydi: f — kengformatli, sh — keng, k — kashetirlangan, o — oddiy.
*2 Qavslar ichidagilar — klublar, teatrlar va mavsumiy ishlaydigan kinoteatrlar uchun
*3 Mahalliy ishlab chiqarilgan kinoproyeksion jihoz foydalanilganda — kamida 34.5 m.
*4 Klub va teatrlarda koʻpi bilan 9° qabul qilinishi mumkin.
*5 Tovushni bir kanalli chiqarilganda yoki tovush kuchaytirgichni ekran tomonlariga joylashtirilganda 0.1 — 0.3 m ga yoʻl qoʻyiladi.
*6 Kinoteatrlarda — kinoekranning pastki zixi.
12-ILOVA Majburiy
SAHNA TEPA QOPLAMASIDA YONGʻINGA QARSHI DARPARDA VA TUTUN LYUKLARINING QURILMALARIGA QOʻYILADIGAN TALABLAR
1. Yongʻinga qarshi darparda polotnosi gazoʻtkazmas va qurilish portalining ora oʻyigʻini yon tomonlaridan 0.4 m va tepadan 0.2 m qoplab turishi kerak.
Dekoratsiya omborlarining yongʻinga qarshi darparda va yongʻinga qarshi eshiklarining (shtorlarining) sinchini hisoblashda tomoshabinlar zallari tomonidan gorizontal bosim hisobga olinadi, yaʼni sahnaning har bir metr balandligiga 10 Pa bosim, planshetdan tom qoplamasi konyokigacha 1.2 ogʻirlatuvchi koeffitsiyent qoʻllab, qabul qilinadi. Metall sinch elementlarining egilishi hisobiy proletning 1/200 dan oshmasligi kerak.
Yongʻinga qarshi darparda harakati tezligi kamida 0,2 m/s bilan oʻz ogʻirlik kuchi asosida harakatlanishi kerak. Darparda harakatini masofadan boshqarish uch joydan koʻzda tutilishi kerak: yongʻin postidan, sahna planshetidan va yongʻinga qarshi darparda lebedkasi xonasidan.
Darpardada uning koʻtarilishi va tushishini anglatadigan tovush va yorugʻlik signalizatsiyasi boʻlishi shart.
2. Lyuklarning ochiq holdagi kesimi maydoni hisob-kitob bilan yoki tryum polidan sahna tepa qoplamasigacha kolosnikali sahnaning har 10 m balandligiga 2.5% ga teng qilib qabul qilinadi.
Lyuklarning klapanlari ochilishi ularni ushlab turuvchi qurilmadan yechilishi bilan oʻz ogʻirlik kuchi taʼsirida taʼminlanishi kerak, bunda klapanning perimetri boʻyicha kromkalarida yopishib qolish kuchini, 0,3 kN/m qabul qilib, hisobga olish kerak.
Lyuklarning klapanlariga xizmat qiluvchi lebedka sahna planshetidan, yongʻin postidan — dispetcher xonasidan va ushbu lebedka xonasidan masofadan boshqarish imkoniyatili boʻlishi kerak.
Tutun lyuklari tepa qurilmasi NG guruhidagi yonmas ashyolardan bajarilishi zarur, klapanlar esa — G1 guruhi ashyolaridan.
Tutun lyuklarini sahna karobkasining yongʻinga qarshi devorlariga oʻrnatilganda ularni uchirilib ketmaslik sharti taʼminlanishi kerak.
13-ILOVA Tavsiyaviy
YOPIQ BOZORLARNING XONALARI MAYDONLARINING TARKIBI (150 — 250 SAVDO OʻRINLI)
sut mahsulotlari boʻlimi (koʻzdan kechirish, mexanik ravishda tarkiga ajratish jihozli laboratoriya)
Kimyo reaktivlar omborchasi
Yuvish jihozi bor tara omborchasi
35 — 50
5 — 10
Saqlash hajmi boʻyicha
(har biri kamida 6 m2)
Sotuvchilarning shaxsiy buyumlarini saqlash kamerasi
12 — 15
60 — 90
Qoʻriqlash yongʻin-soqchilik komnatasi
(texnologik
hisob-kitob boʻyicha aniqlik kiritiladi)
10 — 12
Yopiq zal va ochiq maydondagi sotuvchilar uchun kiyim-kechak almashtirish xonasi, hojatxona va boshqa xonalar
texnologik
hisob-kitob boʻyicha
-"-
Mijozlar uchun hojatxonalar (alohida blokdagi jamoat hojatxonasi)
Torozi, kassa apparati, savdo qilish inventari saqlash va berish xonasi
4 — 6
20 — 25
20 — 25
Eslatma: 1. Bozorlarning xonalari maydoni mahalliy sharoitlar boʻyicha loyiha topshirigʻida beriladi (savdo oʻrinlari soni, savdo hajmi hisobga olingan holda).
2. Mavsumiy savdo uchun yopiq savdo joylari va ochiq maydonlar nazarda tutiladi.
3. Hududda chiqindilar konteynerlari, bozor ichki transporti, tozalash mexanizmlari, jamoat hojatxonalari uchun joylar nazarda tutilishi zarur (jihozlarning yoki transport vositalarining gabaritlarini hisobga olgan holda).
14-ILOVA Tavsiyaviy
UMUMOVQATLANISH KORXONALARINING XONALARI MAYDONLARINING HISOBIY KOʻRSATKICHLARI (ZALDAGI BIR OʻRINGA)
Eslatma: 1. Maydonlar konkret sharoitlar boʻyicha qabul qilinadi; joylarning joylashtirishga terraslarda, ochiq maydonlarda ruxsat etiladi. Zalda estrada, raqs maydonchalari boʻlsa zal maydoni kattalashtiriladi.
2. Savdo (ovqatlanish) zallari maydoniga mijozlar uchun xonalar, hamda dahliz-foyelar (yechinish joyi bilan), hojatxonalar qoʻshiladi.
3. Yarim tayyor va tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish boʻlsa qoʻshimcha savdo qilish uchun mos holda maydon oshiriladi: savdo, ishlab chiqarish va omborxonalar.
15-ILOVA Tavsiyaviy
BIR SMENADA 500 VA 1000 KG QURITILGAN KIRGA ISHLOV BERA OLADIGAN KIR YUVISH XONALARI
Xonalar
Maydon, m2
500 kg
1000 kg
1
2
3
Kir qabul qilish sexi (qabul qilish, sortirovka, saqlash)
35
65
Kir topshiruvchi mijozlar uchun kutish xonasi
12
15
Yuvish sexi (yuvish, kir chayish, saqlash va yuvish moshinalarini tayyorlash)
30
40 — 50
Ashʼyo bilan taʼminlash omborxonasi
20
30
Quritish-dazmollash sexi
30 — 40 (ot tipa oborudovaniya)
Kirlarni ajratish, taxlash va qadoqlash sexi
30
50
Toza kirni qaytarish sexi (saqlash va qaytarish punkti)
12
12
Toza kirni olishda mijozlar uchun kutish xonasi
12
12
Taʼmirlash ustaxonasi
15
20
Elektrjihozlarning taʼmirlash ustaxonasi
15
Laboratoriya
12
Eslatma: Qoʻllaniladigan texnologik jihozlarni hisobga olgan holda kir yuvish xonalarining tarkibi va maydonlari loyiha topshirigʻida beriladi.
16-ILOVA Tavsiyaviy
MEHMONXONA KORXONALARINING XALQARO KLASSIFIKATSIYA BOʻYICHA ASOSIY TAVSIFLARI — “YULDUZCHALAR” SONI BOʻYICHA
Koʻrsatkichlar, tavsiflar
Yulduzchalilar uchun boʻlishi majburiy
Eslatma
1
2
3
1. Bino:
alohida joylashgan, tashqi koʻrinishi, reklamasi jozibali
5*, 4*, 3*
yopiq kirish hududi (soyabon)
5*, 4*, 3*
yopiq avtomoshina turish joyi bor
5*
2. Kirish hududi, dahliz:
keng, axborot tablosi, audiokoʻrish vositalari, aloqa punkti va valyuta almashtirish shahobchasi, transport i turistik agentliklari, savdo kiosklari
5*, 4*, 3*
mijozlar va yuk olib kirish alohida yoʻllari
5*, 4*, 3*
kirish tamburi va kalorifer qurilmasi borligi
5*, 4*, 3*
3. Axborot xizmati, aloqa: kecha-kunduz
5*, 4*, 3*
1 va 2-yulduzchalida-ammo kamida 12 soat
4. Nomerlar:
100% yuqori komfortli 1 i 2-oʻrinli (jumladan lyuks va appartament xonalar)
Shaharsozlik sharoitlari boʻyicha xalqaro darajadagi kongresslar va simpoziumlar zallari nazarda tutiladi
universal kinokonsert zali, prezentatsiya, konferensiya zallari
5*, 4*
brifing va intervyu berish xonalari (kamida 2 ta)
5*, 4*
sogʻlomlantirish majmuasi (sauna, massaj, trenajer zallari)
5*, 4*, 3*
suzish suv havzasi kamida 25x11 m mineral yoki dengiz suvili (zaruriy qoʻshimcha xonalari bilan), badan chiniqtirish xonasi
5*, 4*
Koʻrgazmalar namoyishi zali
5*, 4*
8. Muhandislik taʼminoti:
tez harakatlanuvchi passajir liftlari, xodimlar va yuklar uchun alohida liftlar
5*, 4*
1 va 2 “yulduzchalida”
Amaldagi norma va standartlar boʻyicha
ovqatlanish bloklari kafe va barlariga chiqaruvchi lift va koʻtarish qurilmalari
5*, 4*, 3*
barcha xonalarda havoni kechayu-kunduz konditsiyalash
5* , 4*
shu qatori yoz mavsumida
3*, 2*
markazlashtirilgan chang va chiqindi chiqargichlar
5*, 4*, 3*
nomerlarda koʻpkanalli kabel televideniyesi
5*, 4*, 3*, 2*
nomerdan internetga ulanish
5*, 4*, 3*
vanna xonasida telefon boʻlishi
5*, 4*
nomerda qoʻriqlash signalizatsiyasi boʻlishi
5*, 4*
qoʻriqlash signalizatsiyasi bor seyflar
5*
Eslatma: 1. Yulduzchaliligi boʻyicha mehmonxona korxonasining kategoriyasi konkret sharoitlar boʻyicha qabul qilinadi.
2. 4-5 — yulduzchali har qanday sigʻdiraolishlik miqdoridagi va balandlikdagi, hamda har qanday yulduzchali va sigʻdiraolishlik miqdorli 5 qavatdan koʻp mehmonxonalarda avtomatik yongʻin oʻchirish jihozi tizimi boʻlishi shart.
17-ILOVA Tavsiyaviy
HAR XIL TURDAGI VENTILYATSIYALARNING QOʻLLANILISH TAVSIYAVIY DOIRASI
MADANIY-TOMOSHAGOH MUASSASALAR, KUTUBXONALAR, ARXIVLAR VA SPORT INSHOATLARI BINOLARINING ICHKI YONGʻINGA QARSHI SUV QUVURLARIGA QOʻYILADIGAN TALABLAR
1. Madaniy-tomoshagoh muassasalarning binolarida nazarda tutilishi zarur:
Sigʻdiraolishlik miqdori 700 oʻringacha boʻlgan estradali kinoteatr va klublarda — yongʻin kranlari; 700 oʻrindan koʻp boʻlganda kolosnikasi boʻlganda — yongʻin kranlari va ushbu ilovaning 9-bandiga asosan drencher qurilmasi;
Klublarda sahna oʻlchamlari, m: 12,5x7,5, 15x7,5, 18x9 va 12x12 tomoshabinlar zali 700 oʻrinli — yongʻin kranlari va drencher qurilmasi;
Klublarda sahna oʻlchamlari 18x9, 21x12 tomoshabinlar zali 700 oʻrindan koʻp, sahnasi 18x18 va 21x15 m sigʻdiraolishlik miqdoridan qatʼiy nazar, hamda teatrlarda — yongʻin kranlari, drencher va sprinkler qurilmalari;
Sigʻdiraolishlik miqdori 600 oʻrin va koʻproq panoramali, uch tomonli va markaziy tipdagi koʻrgazmalar majmualarida — yongʻin oʻchirgich qurilmalari.
2. Teatr binosi qismida yoki yordamchi -ishlab chiqarish xonalari va teatr binosini joylashtirishda alohida korpusda joylashtiriladigan ishlab chiqarish xonalari va rezerv omborlarida ichki yongʻin kranlari va sprinkler qurilmalarini ushbu ilovaning 4 va 11-bandlari talablariga mos koʻzda tutish zarur.
Teatr binosi qismidan alohida joylashtiriladigan ishlab chiqarish xonalari va rezerv omborlarining sprinkler qurilmalari ushbu ilovaning 11-bandiga mos nazarda tutilib, yongʻin kranlari suv sarflashi QMQ 2.04.01-98* talablariga mos qabul qilinadi.
3. Binolarda ichki yongʻin oʻchirgich yongʻin kranlaridan suv sarfi qabul qilinishi shart:
Tomoshabinlar zalining sigʻdiraolishlik miqdori 300 oʻrinligacha boʻlgan estradali kinoteatr va klublarda — 2 ta struyali kamida 2,5 l/s, 300 oʻrindan koʻp boʻlganda kamida har biri 5l/s ;
Sigʻdiraolishlik miqdoridan qatʼiy nazar sahnali klublar va teatrlarda — 2 ta struyali kamida 2,5 l/s , 2 ta struyali kamida har biri 5 l/s.
4. Yongʻin kranlarini tomosha zaliga kiraverishda va sahnaga yoki zinapoya maydonchasiga kiraverishda oʻrnatiladi..
Klub binolarida sahnalar oʻlchamlari, m: 18x12, 21x12, 21x15 boʻlganda, hamda teatr binolarida 65 mm diametrli 19 mm li purkashi va 10 m uzunlikdagi rukavkasi bilan qoʻshimcha yongʻin kranlari sahna planshetiga oʻrnatiladi.
50 mm diametrli 16 mm li purkashi va 10 m uzunlikdagi rukavkasi bilan yongʻin kranlari kolosnikalarda va ishchi galereyalarda oʻrnatiladi; xuddi shu boshqa barcha teatr xonalarida 20 m rukavkali qilib oʻrnatiladi.
5. Maydoni 500 m2 boʻlgan sahna planshetlarida 3 ta, kattaroqlarida esa 4 ta yongʻin kranlari oʻrnatiladi.
Har bir ishchi galereyada va kolosnikada kamida ikkita yongʻin krani oʻrnatiladi, sahnaning chap va oʻng tomonlarida bittadan.
Kranlarni ochiq javonsiz oʻrnatish mumkin.
6. Yongʻin kranlarini shunday oʻrnatish kerakki, unda xonalarning har qanday nuqtasiga 2 ta struya bilan suv sepish mumkin boʻlsin.
7. Yongʻin kranlarining ichki tarmogʻi aylanma boʻlishi va ikkita kiritish joyi bilan ham tashqi tarmoqqa, ham sprinklerli va drencherli tizimning tarqatish tarogʻiga ulanishi kerak. Tarmoqda tarqatish zadvijkalari ikkitadan koʻp boʻlmagan shaxobchali qismlarni oʻchirish imkoni hisob-kitobi boʻyicha oʻrnatiladi. Ikkitadan koʻp yongʻin krani bor ustunchalar asos qismida ventil va zadvijkalar oʻrnatiladi.
8. Yongʻin kranlarida erkin suv bosimi shunday nazarda tutilishi kerakki, olinadigan kompakt struya hisobiy xonaning baland qismiga bemalol suv yetkazsin. Sahna planshetidagi yongʻin kranlaridagi suv bosimi planshetdan kolosnika nastiligacha boʻlgan masofadan 2 m ga oshadigan kompakt struyani taʼminlab berishi kerak.
9. Drencherlar kolosnika sahnasi va aryersahna ostiga, ishchi galereyasining va ularning pastki oʻtish koʻprikchlari qoʻshilishi pastki sathi ostiga, tahlangan dekoratsiya seyfida va sahnaning hamma kirish tirqishlarida, portal, karmon va aryersahna tirqishlarini qoʻshgan holda, hamda sahnaning kiritilib qurilgan jihozlarining konstruksiyalari egallagan tryumlari va koʻtarish-tushirish qurilmalari tirqishlarida oʻrnatiladi.
Yongʻinga qarshi darpardaga suv sepish sahna tomonidan nazarda tutilishi kerak.
10. Sprinkler qurilmasi bilan jihozlanadi: sahna va aryersahna tepa qoplamasi, barcha ishchi galereyalar va oʻtish koʻprikchalari, pastki, tryum (sahnaga kiritib qurilgan jihozdan tashqari) koʻprikchalari mustasno, sahna, aryersahna karmonlari, hamda omborxonalar, omborchalar, ustaxonalar, stanok va hajmi katta dekoratsiya xonalari, chang chiqargich kameralari.
11. Drencher va sprinkler suv purkachlarini oʻrnatish quyidagi shartlar boʻyicha amalga oshiriladi:
bitta suv purkach bilan himoyalanadigan pol maydoni, oʻrtacha suv sepish intensivligida 1 m2 pol maydoniga kamida 0,1 l/s sarf boʻlganda, koʻpi bilan 9 m2 qabul qilinadi;
sahnaning tirqishiga suv purkash sarfi 1 m tirqishga 0,5 l/s , sahna portaliga sepishga — 1 m portal kengligi, 7.5 m gacha balandligiga kamida 0,5 l/s va 1 m kenglik, 7.5 m balandlikdan koʻp boʻlgan holiga 0,7 l/s.
Eng uzoq va baland joylashgan purkagichda erkin suv bosimi kamida 0,05 MPa (5 m suv. ust.) boʻlishi kerak.
Bitta binoda barcha purkagichlar teshigi diametri bir xil boʻlishi kerak.
12. Drencher qurilmalarini boshqarishni quyidagicha nazarda tutish kerak :
sahnaning planshetida ikki joydan va sahnaning himoyasi seksiyalari uchun yongʻin posti xonalaridan, aryersahnadan va sahna tirqishlaridan elektr va gidravlik tarzda;
sahna portalining drencher pardalari uchun sahnaning spinklerlarini boshqarish uzelida datchiklardan yuqorida eslatilgan joylardan masofaviy elektr yoki gidravlik avtomat tarzda;
tarqatish tarogʻi oʻrnatilgan xonalardan masofaviy — oʻralgan dekaratsiyalarning seyfi himoyasi seksiyalari uchun.
13. Kolosnika sahnalari va aryersahnalar, ishchi galereyalarning pastki sathlari va ularning oʻtish koʻprikchalari tutashishining drencherlarini bitta yoki bir necha seksiyalarga birlashtiriladi.
Sahna eshik tirqishlari va aryersahnaning tirqishlari tepasidagi drencherlarni ikkita alohida seksiyaga birlashtiriladi.
14. Sahnaga, aryersahnaga, yon karmonlarga, sahna tryumiga oʻrnatiladigan sprinklerlarni alohida boshqaruvli bitta seksiyaga birlashtiriladi. Sahna ishchi galereyasida yongʻin kranlarini sahnaning sprinkler tarmogʻining ustunlariga ulash mumkin.
15. Jami hisobiy suv sarfi ichki yongʻin oʻchirgich vositalari ishlashlarining ikkita holatidan kattaroq qabul qilinadi:
sahnaning sprinklerlari (sahna tepa qoplamasi, barcha ishchi galereyalar va oʻtish koʻprikchalari), planshetda bir paytda ishlovchi, umumiy suv sarfi kamida 10 l/s boʻlgan, ikkita yongʻin krani va tepa ishchi galereyalarda, umumiy 10 daqiqada 5 l/s suv sarfi boʻlgan, ikkita krani, hamda sahna portali drencherlarining seksiyalari ishlashlarining;
sahnaning kolosnikasi osti va aryersahna, pastki galereyalar sathi va ularning ishchi koʻprikchalari ulanish joylarining barcha drencherlari, sahna planshetida umumiy suv sarfi kamida 10 l/s boʻlgan ikkita yongʻin krani bir vaqtda ishlashining va tepa ishchi galereyalarda suv sarfi 5 l/s boʻlgan ikkita krani, hamda sahna portalining drencherlari ishlashlarining.
16. Tashqi tizimda suv bosimi yetarli boʻlmaganda yongʻinga qarshi qurilmalarning hisobiy ishlashini taʼminlash uchun nasos qurilmalari nazarda tutilishi zarur, ularni ishga tushirish loyihalanishi:
masofadan, yongʻin kranlaridagi knopkalardan — sprinkler va drencher qurilmalari boʻlmaganda;
avtomatik — sprinkler va drencher qurilmalari boʻlganda, yongʻin posti va nasos xonalaridan masofaviy takrorlash orqali (ishga tushirish va oʻrnatish uchun) boʻlishi kerak.
17. Yongʻin nasos agregatlari 100% li rezerv bilan boʻlishi kerak va ular alohida isitiladigan, tashqariga yoki zinapoya katagiga chiqish joylari bor, xonalarga joylashtiriladi. Faqat yongʻin kranlari bilan jihozlangan kinoteatr va klub binolarida nasoslarni isitish qozonxonasiga joylashtirish mumkin.
18. Qoʻzgʻaluvchan yongʻin nasoslarining rukavkalarini ulash uchun nasoslar bilan sprinkler va drencher qurilmalarining tarqatish tarogʻi orasidagi suv bosimi yoʻnalishidan tashqariga diametri 80 mm boʻlgan, qaytish klapani va standart yongʻin kallagi boʻlgan, ikkita patrubka chiqarilishi shart.
19. Ichimlik-xoʻjalik suv taʼminoti nasoslari vibraizolyatsiyali asoslarga oʻrnatilgan va kirish tarmogʻi, hamda ichki tarmoqdan elastik oraliq quvurchalari bilan ajratilgan boʻlishi shart.
20. Agarda tashqi suveltgich tarmoqlarda bosim yongʻin oʻchirishga hisobiy suv sarfini taʼminlab bera olmasa yoki boshi berk tarmoqqa ulanganda yerosti rezervuari qurilmasi nazarda tutilishi kerak, uning hajmi taʼminlashi zarur:
uch soat mobaynida ichki yongʻin kranlaridan hisobiy suv sarfi hisobini;
bir soat mobaynida sprinkler va drencher qurilmalarining hisobiy suv sarfi bilan ishlashini;
uch soat mobaynida tashqi yongʻin oʻchirishni suv sarfini.
21. Kutubxona va arxivlar binolarida yongʻinga qarshi suv taʼminoti bino hajmi 7500 m3 va undan koʻp boʻlgan hollarda nazarda tutilishi kerak. Suv sarfi va ichki yongʻin oʻchirish struyasi hisobining normalarini QMQ 2.04.01-98* ga asosan qabul qilish shart.
22. Sportga moʻljallangan binolarda sprinkler qurilmalaridan foydalanishda suv purkash intensivligi 1 m2 maydonga 0,08 l/s, 120 m2 gacha boʻlgan maydonga bir vaqtning oʻzida tizimning 30 daqiqa ishlab turishi zarurligi hisoblaridan qabul qilinishi kerak.
19-ILOVA Majburiy
JAMOAT BINOLARI ELEKTRPRIYOMNIKLARINING ELEKTR TAʼMINOTI ISHONCHLILIGI KATEGORIYASI
Jamoat binolarining guruhlari yoki tiplari
Yongʻinga qarshi qurilmalar, qoʻriqlash va lift signalizatsiyalari elektrpriyomniklari
Boshqa elektropriyomniklar majmuasi
Barcha elektropriyomniklar majmuasi
1
2
3
4
Ishlovchilar soni 2000 nafardan koʻp, qavatidan qatʼiy nazar muassasalar, boshqaruv, ilmiy-tadqiqot, loyiha-qidiruv va konstruksiya tashkilotlari binolari
I
II
-
Xuddi shunday, ishlovchilar soni 50 dan 2000 nafargacha , hamda 10 qavatdan koʻp binolar
-
-
II
Ishlovchilar soni 50 nafardan ortiq boshqaruv organlari binolari (hokimlar mahkamalari)
I
II
Xuddi shunday, ishlovchilar soni 50 nafargacha
-
-
III
Respublika ahamiyatidagi bank muassasalarining binolari (moliyalash, kreditlash, sugʻurtalash).
I
II
Xuddi shunday, viloyat, tuman va shahar ahamiyatidagilari, kichik tijorat muassasalari
-
-
II
Oʻquvchilari soni 1000 nafardan ortiq taʼlim, tarbiya va kadr tayyorlash muassasalari
I
II
-
Xuddi shunday, oʻquvchilari soni 1000 nafargacha
-
-
II
Bolalar maktabgacha va maktabdan tashqari muassasalar (sigʻdiraolishlik miqdoridan qatʼiy nazar), 160 nafardan ortiq bolalar oromgohlari
-
-
II
160 nafargacha boʻlgan bolalar oromgohlari
-
-
III
Fondi 1000 ming saqlash birligidagi kutubxona va arxivlar
I
II
-
Xuddi shunday, 100 mingdan 1000 minggacha saqlash birligidagilari
-
-
II
Xuddi shunday, 100 minggacha saqlash birligidagilari
-
-
III
Davolash-profilaktika muassasalari binolari: operatsiya va tugʻdirish bloklari, anesteziologiya, reanimatsiya va intensiv terapiya boʻlimlari, laparaskopiya, branxoskopiya va angiografiya kabinetlari
-
-
I
Boshqa davolash-profilaktika muassasalari binolari
I
II
-
Savdo zallari maydoni 2000 m2 ortiq savdo korxonalari
I
II
-
Xuddi shunday, savdo zali maydoni 250 dan 2000 m2 gacha
-
-
II
Xuddi shunday, savdo zali maydoni 250 m2 gacha
-
-
III
Umumovqatlanish korxonalari:
oʻrinlari soni 500 dan koʻp
I
II
-
oʻrinlari soni 100 dan 500 gacha
-
-
II
oʻrinlari soni 100 gacha, sut mahsulotlari tarqatish punktlari
-
-
III
Maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari: ish oʻrni 15 tadan koʻp sartaroshxonalar, ish oʻrni 50 tadan koʻp atelye va ustaxonalar, bir smenada 500 kg dan koʻp kir tozalash kir yuvish va kimyoviy tozalash xonalari, joyi 100 dan koʻp hammomlar;
-
-
II
oʻrni 15 tagacha sartaroshxonalar, ish oʻrni 50 tagacha atelye va ustaxonalar va bir smenada 500 kg gacha kir tozalash kir yuvish va kimyoviy tozalash xonalari, joyi 100 gacha hammomlar
-
-
III
Respublika ahamiyatidagi muzey va koʻrgazmalar
-
-
I
Xuddi shunday, viloyat ahamiyatidagilar
1
II
-
Xuddi shunday , mahalliy ahamiyatdagilari va oʻlkashunoslik muzeylari
-
-
III
Oʻrinlari soni 1000 dan koʻp mehmonxonalar, turistlar markazlari, motellar, pansionatlar va dam olish muassasalari
I
II
-
Xuddi shunday, 200 dan 1000 gacha oʻrinlilari
-
-
II
Xuddi shunday, 200 gacha oʻrinlilari
-
-
III
Tomoshabinlar uchun oʻrindiqlari 800 dan koʻp yopiq sport inshoatlari (avariya yoritgichlari mustasno, u 1 kategoriyaga kiradi)
-
-
II
Xuddi shunday, oʻrinlari 200 dan 800 gacha yoki bir smenada shugʻullanuvchilar 120 nafardan koʻp
-
-
II
Xuddi shunday, oʻrinlari 200 dan kam yoki bir smenada shugʻullanuvchilar soni 120 dan kam
-
-
III
Ochiq sport inshoatlari:
futbol, yengil atletika, qoʻl sport oʻyinlari sport arenalari, qatorlari 20 va undan koʻp koʻchmas tribunali suv havza inshoatlari
-
-
II
Xuddi shunday, qatorlari soni 20 tagacha, boshqa ochiq inshoatlar
-
-
III
Tomoshabinlar zallarining jami sigʻdiraolishlik miqdori 500 oʻrin va undan koʻp tomoshagoh korxonalari; joylar sonidan qatʼiy nazar bolalar kinoteatrlari va teatrlari, qoʻgʻirchoq teatrlari, sirklar
I
II
-
Xuddi shunday, zallarning sigʻdiraolishlik miqdorlari 500 dan kam
-
-
II
Eslatma: 1. Jamoat binolarining elektropriyomnik majmualariga, binoni yoki xonalar guruhini jihozlaydigan barcha elektr qurilmalari kiradi.
2. Jamoat binolarining barcha turlarida, tomosha tadbirlari uchun doimiy foydalanishda boʻlganlaridan tashqari, konferens-zallari va faollar zallari, jumladan koʻchmas kinoproyeksion va estradalilarini ularni kiritib qurilgan binolari kategoriyasiga mos qabul qilinadi.
20-ILOVA Majburiy
XONALAR VA JOYLARNING SUNʼIY YORITISH TURLARIGA QOʻYILADIGAN TALABLAR
Moʻljallanganligi boʻyicha yoritish turi
Xonalar, joylar
1
2
Ishchi
Odamlarning ishlashi va yurishi uchun bino va joylarning barcha xonalari uchun, hamda transport vositalarining harakati uchun.
Avariya xavfsizligi
Ishchi yoritish oʻchib qolishi avariya holatini yuzaga keltiradigan yoki insonlarga ziyon yetkazadigan xonalar uchun; jumladan dispetcher xonalari uchun; aloqa uzellarida; kinoapparatlar xonalarida; elektr shiti xonalarida; tibpunktlarida, doimiy qoʻriqlash postlarida, navbatchilarning postlarida, 300 va undan ortiq kiyimlar turadigan kiyim-kechak almashtirish xonalarida; asosiy kassalarda, bolalar xonalarida va doʻkonlarning omborlariga kiraverishida, doʻkonlarning savdo zallarida; maktabgacha yoshdagi muassasalarning oʻyin-kulgi xonalarida, mehmonxonalarning dahlizlarida, restoran va kafelarning zallarida, mehmonxonalar va turbazalarning qutqaruv fondi xonalarida, liftlarning moshina boʻlimlarida; kasalxonalarning operatsiya xonalarida, tez yordam koʻrsatish kabinetlarida, reanimatsiya xonalarida, davolash muassasalarining qabul qilish punktlarida, kasalxonalarning tugʻdirish boʻlimlarida, qayta bogʻlab qoʻyish xonalarida, muolaja xonalarida, tezkor tekshiruv laboratoriyalarida, tib hamshirasi navbatchilik punktlarida, operativ qism xonalarida, tez yordam stansiyalarining dorixona va yordamga joʻnab ketishda birga olib yuriladigan yashiklar saqlash xonalarida.
Navbatchi xodimlar doimiy boʻladigan xonalar: nasoslar xonalarida, issiqlik berish punktlarida yoki xonalarning elektropriyemniklari elektr taʼminoti ishonchliligi boʻyicha I kategoriyaga kiradigan xonalarda.
Avariya evakuatsiyasi
Kesib oʻtiladigan xonalarda, ichki yoʻlaklarda, xollarda, foye va dahlizlarda, 50 nafardan ortiq odamlarni evakuatsiya qilish uchun xizmat qiladigan zinapoyalarda, bolalar maktabgacha muassasalarida esa bolalar sonidan qatʼiy nazar zinapoyalarda; bir paytda 100 dan ortiq odamlar boʻladigan xonalarda (auditoriyalarda, ovqatlanish zallarida, konferens-zallarda); maydoni 90 m2 va undan koʻp savdo zallarida va ulardan chiqish yoʻlaklarida, savdo korxonalarining transport tunnellarida; evakuatsiya paytida u xonalardan chiqishda lat yeyish xavfi bor xonalarda (ovqat pishirish xonalarida, ovqat ulashish va boshqa jamoat ovqatlanishi ishlab chiqarish xonalarida, kir yuvish, taʼmirlash ustaxonalarida, basseynlar zallarida, hammomlarning yuvinish va bugʻlanish xonalarida; elektrnur davolash xonalarida, yechinish xonalarida, balchiq bilan davolash, davolash-profilaktika muassasalarining tiklov davosi dushxonalari va vanna xonalarida va sh.oʻ.); odamlar oʻtishi xavfli joylarda.
Navbatchi
Ishdan tashqari vaqtlarda dahlizlar, ichki yoʻlaklar va savdo zallarini yorugʻlik bilan taʼminlash uchun; bolalar maktabgacha muassasalarining va maktab-internatlarning yotoq xonalarida va izolyator palatalarida.
21-ILOVA Majburiy
OʻzR IIV YHBB TOMONIDAN ISHLANGAN AVTOMATIK YONGʻIN SIGNALIZATSIYASI VA AVTOMATIK YONGʻIN OʻCHIRISH QURILMALARI BILAN HIMOYALASH SHART BOʻLGAN XONALAR, INSHOATLAR VA JAMOAT BINOLARINING ROʻYXATI
I. Avtomatik yongʻin signalizatsiyasi
1. Avtomatik yongʻin signalizatsiyasi qurilmasi (bundan keyin matn boʻyicha — AYOS) — himoyalanadigan obyektlarga oʻrnatilgan qurilma — texnik vositalarning majmui, yaʼni yongʻinni zudlikda payqaydi, ishlov berib, ushbu obyektda koʻrsatilgan koʻrinishda xabar qiladi, maxsus axborot va (yoki) muhandislik qurilmalariga signal-topshiriq beradi va yongʻin oʻchirgich qurilmalarini ishlatib yuboradi.
2. SHNQ 2.08.02 ning 1-ilovasiga mos jamoat binolari va inshoatlarining asosiy funksional-tipologik guruhlariga toʻgʻri keladigan va idoraviy taalluqliligidan va mulk shaklidan qatʼiy nazar jamoat binolari va inshoatlarining barcha xonalari (jumladan evakuatsiya yoʻlaklari) AYOS bilan jihozlanadi.
Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati kelishuvi boʻyicha ushbu roʻyxatga kirmagan, ammo funksional moʻljallanishi boʻyicha analog va oʻxshash jamoat binolari va inshoatlarining xonalari ham avtomatik yongʻin oʻchirgich signalizatsiyasi qurilmasi bilan jihozlanadi.
3. Bundan tashqari, AYOS bilan jihozlanishi shart:
a) Jamoatga moʻljallangan xonalar, boshqa yoʻnalishga moʻljallangan bino va inshoatlarga kiritib qurilgan (old yoniga qurilgan) xonalar (ishlab chiqarish, omborxonalar, turar joy, aloqa, transport va boshqa xonalar);
b) tutunni sezadigan yongʻin xabarini beruvchi jihozdan foydalanib, yongʻin himoyasining tizimini ishga tushirib yuboradigan, boshqaruv apparatining ishga tushirishga signal berishini shakllantirish maqsadida, bir vaqtning oʻzida avtomatik yongʻin oʻchirgich qurilmalari va tutunga qarshi himoya tizimi bilan jihozlanadigan jamoat binolari va inshoatlari.
4. AYOS ni zinapoya kataklarida, sprinkler yongʻin oʻchirgich qurilmasi bilan jihozlangan xonalarda (36-bandda keltirilgan holatlardan tashqari), hoʻl jarayoni (dushxonalar, hojatxonalar, sovutish kameralari, yuvish xonalar va shunga oʻxshash xonalarda), goʻsht, baliq, sabzavot, mevalarni (yonmas qadoqlarda) sotuvga tayyorlash va saqlash xonalarida, shamollatish kameralarida, suv taʼminoti nasosxonalarida va shunga oʻxshash xonalarda, boshqa yonuvchan ashyolar va jihozlar yoʻq xonalarda nazarda tutmaslik mumkin, agarda loyiha topshirigʻida koʻzda tutilmagan boʻlsa.
5. AYOS ni SHNQ 2.04.09 “Bino va inshoatlarning yongʻin avtomatikasi” talablariga va boshqa shu tarmoqdagi normativ hujjatlarga mos loyihalash zarur.
II. Avtomatik yongʻin oʻchirgich qurilmasi
6. Avtomatik yongʻin oʻchirgich qurilmasi (kelgusi bandalarda AYOOʻQ) — yongʻin oʻchiruvchi moddani chiqarish hisobiga yongʻin oʻchirish uchun statsionar texnik vositalarning majmui.
7. AYOOʻQ ni qoʻllash zaruriyati, jumladan boshqa normativ hujjatlar asosida ham aniqlanadi, hamda loyiha topshirigʻida beriladi*.
8. AYOOʻQ ni SHNQ 2.04.09 “Bino va inshoatlarning yongʻin avtomatikasi” talablariga va boshqa ushbu tarmoqdagi amaldagi normativ hujjatlarga mos loyihalash zarur.
9. AYOOʻQ bilan idoraviy boʻysunishi yoki mulki shaklidan qatʼiy nazar jamoat binolari va inshoatlari jihozlanadilar.
10. Agar avtomatik yongʻin oʻchirgich qurilmasi bilan jihozlanishi shart boʻlgan bino xonalari maydoni butun xonalar maydonining 50% idan koʻp boʻlsa, binoni butunlay avtomatik yongʻin oʻchirgich qurilmasi bilan jihozlash shart.
11. AYOOʻQ bilan 4 bandda koʻrsatilgan xonalarni jihozlash shart emas.
12. AYOOʻQ nazarda tutish zarur:
12.1. Noyob jihoz va ashyolari bor xonalarda, noyob bosma asarlar, hisobot, qoʻlyozma va boshqa qimmatli hujjatlari saqlash va tarqatish xonalarida — maydonidan qatʼiy nazar;
12.2. Kutubxona binolarida va davlat arxivlarida saqlash xonalari, xizmat kataloglari va roʻyxatlarini saqlash xonalarida — maydonlaridan qatʼiy nazar.
500 ming birlikdan kam saqlanadigan, koʻrsatilgan kutubxona va saqlash fondlari va 400 kv.m (har biri) dan kam maydonli viloyat va tuman ahamiyatidagi arxivlari avtomatik yongʻin oʻchirgich signalizatsiyasi va koʻchib yuruvchi sovuqli va uglekislotali yongʻin oʻchirgich jihozlari bilan taʼminlanishi mumkin;
12.3. Davlat muassasalarining server xonalarida — maydonidan qatʼiy nazar.
Boshqa mulk shaklidagilar muassasalarning server xonalari uchun zaruriyat loyiha topshirigʻida beriladi;
12.4. Buzilishi insonlarning xavfsizligi va hayot tizimi barqaror ishlashiga taʼsir qiladigan ogʻir texnologik jarayonli boshqaruv tizimlarida ishlatiladigan elektron-hisoblash mashinalari bor xonalarda;
12.5. Muzey qimmatbaho narsalarini saqlash xonalarida — maydonlaridan qatʼiy nazar;
12.6. Lombardlarning saqlash xonalarida — maydonlari 100 kv.m dan koʻp;
12.7. Kino- va telestudiyalarning tasvirga olish pavilonlarida — maydonlari 500 kv.m va koʻp;
12.8. Qoʻl xazinasining yuk saqlash kameralari xonalarida va aerovokzal va vokzal binolarining yonuvchan ashyolar omborxonalarida (avtomatik yacheyka bilan jihozlanganlaridan tashqari: sokol va yertoʻla qavatlarida — maydonlaridan qatʼiy nazar, yer ustki qavatlarida — 300 kv.m va koʻp;
12.9. Yonuvchan ashyolarni yoki yonmas ashyolarni yonuvchan upakovkalarda saqlanadigan, maydoni 100 kv.m dan koʻp boʻlgan xonalarda, ularning joylashishi boʻyicha:
yopiq sport inshoatlarining har qanday sigʻdiraolishlik miqdoridagi tribuna ostida;
ochiq sport inshoatlarining sigʻdiraolishlik miqdori 3000 va koʻp tribuna ostida;
yopiq sport inshoatlarining sigʻdiraolishlik miqdori 800 tomoshabinlar oʻrni va undan koʻp binolarida;
12.10. Savdo korxonalarining xonalarida (doʻkonlarda, marketlarda va analog obyektlarda):
savdo zalini sokol yoki yertoʻla qavatlariga joylashtirilganda, binoning qavatlar sonidan qatʼiy nazar — 200 kv.m va koʻp;
bir va ikki qavatli binolarda — umumiy savdo maydoni 3500 kv.m va koʻproq;
uch va koʻproq qavatli binolarda — umumiy savdo maydoni 1500 kv.m dan koʻp;
omborxonalarda — maydoni 1000 kv.m va koʻproq, yertoʻla va sokol qavatlarda joylashganlarida — maydoni 500 kv.m va koʻproqlarida;
turar joy va jamoat binolariga kiritib qurilgan umumiy maydoni 1500 kv.m va undan koʻproq xonalarda;
12.11. Balandligi 28 m dan katta boʻlgan binolarning xonalarida**
12.12. Banklarning qimmatbaho mollarni saqlash xonalari va omborchalarida — maydonidan qatʼiy nazar;
12.13. Yengil oʻt oluvchan, yonuvchan suyuqliklar (YEOʻS va YOS), yonuvchan ximikatlar saqlanadigan xona va omborxonalarda — maydoni 300 kv.m va koʻp;
12.14. Koʻrgazma pavilonlarida — maydoni 1500 v.m va koʻp;
12.15. Alohida joylashtirilgan va jamoat binolariga kiritib qurilgan avtomashinalar uchun parkinglar AYOOʻQ bilan amaldagi avtomobillarga xizmat koʻrsatish korxonalarini loyihalash normalari talablariga asosan jihozlanadi;
12.6-12.10 va 12.13, 12.14 bandlarida koʻrsatilgan xonalardan maydoni va sigʻdiraolishlik miqdori kam boʻlgan bino va inshoatlarning xonalari avtomatik yongʻin signalizatsiyasi bilan jihozlanishi shart.
Eslatma: * Avtomatik yongʻin oʻchirgich qurilmasi tipini, oʻchirish usulini (hajmi boʻyicha, maydoni boʻyicha, lokal va boshqa), yongʻin oʻchiruvchi modda turini (suv, koʻpik, poroshok, gaz) tanlash buyurtmachi bilan loyiha tashkiloti ushbu yoʻnalishdagi amaldagi normativ hujjatlar talablari hisobga olingan loyiha topshirigʻiga asosan amalga oshiradilar.
** Bino balandligi SHNK 2.01.02-04 “Bino va inshoatlar yongʻin xavfsizligi” talablariga asosan.