1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent viloyatidagi filiali faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Baliqchilik tarmogʻini jadal rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 6-apreldagi PQ-3657-son hamda “Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi ikki tomonlama strategik hamkorlik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 3-noyabrdagi PQ-3997-son qarorlari ijrosini taʼminlash, shuningdek, respublikada baliqchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish va yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, baliqchilik sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.07.00 Xorijiy mamlakatlarning taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.06.00 Fan va taʼlim sohasidagi hamkorlik]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, Toshkent davlat agrar universiteti va Astraxan davlat texnika universitetining (Rossiya Federatsiyasi) (keyingi oʻrinlarda Bosh muassasa deb yuritiladi), Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent viloyatidagi filialini (keyingi oʻrinlarda Filial deb yuritiladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.07.00 Xorijiy mamlakatlarning taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
2. Quyidagilar Filial faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.12 Baliqchilik]
baliqchilik tarmogʻi ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqarish va eng muhim ilmiy-tadqiqot vazifalarini hal etishga qodir boʻlgan yuqori malakali kadrlarni xalqaro taʼlim standartlari darajasida tayyorlash;
akvakulturani rivojlantirish, tabiiy va sunʼiy suv havzalaridan oqilona foydalanish, baliq mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash quvvatlarini kengaytirish, shuningdek, baliq yetishtirishning ilmiy asoslangan usullari va intensiv texnologiyalarini joriy etish, baliqlarni parvarishlash, inkubatsiyalash, oziqlantirish, tovar baliq yetishtirish, xorij texnologiyasi asosida sovuq suvda yashovchi baliqlarni respublika iqlim sharoitiga moslashtirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish va takomillashtirish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
Bosh muassasaning boy tajribasidan foydalangan holda fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlash;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.12.00 Innovatsiya. Innovatsion faoliyat. Innovatsion infratuzilma]
innovatsion va zamonaviy intensiv texnologiyalarni keng joriy etish, shu jumladan, qafas (sadok) usulida, yopiq suv taʼminoti qurilmalarida baliq yetishtirish, sunʼiy suv havzalari hosildorligini oshirish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani tatbiq etish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari]
oʻquv rejasi va fan dasturlarida soha boʻyicha zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari, yuqori unumli va resurslarni tejaydigan ilgʻor texnologiyalar boʻyicha bilimlarni aks ettirish, taʼlim berish jarayonida nazariya va amaliyot uygʻunligini taʼminlash orqali bitiruvchilarning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
professor-oʻqituvchilar, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning malakasini oshirish va stajirovkasini tashkil etishda hamkorlikni rivojlantirish;
fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borish hamda ularning natijalarini amaliyotga joriy etish, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda ilmiy-texnik vazifalarni hal etishga yoʻnaltirilgan amaliy va innovatsion izlanishlarni amalga oshirish.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.07.00 Xorijiy mamlakatlarning taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
Filial Bosh muassasaning Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti huquqlari boʻlgan hamda uning funksiyalarini nizom asosida amalga oshiruvchi alohida boʻlinmasi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi qonunchiligi hamda xalqaro shartnomalarga muvofiq tashkil etiladi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
Filial Bosh muassasa tomonidan taʼsis etiladi va kadrlarga boʻlgan talabni hisobga olgan holda kelishilgan asosiy bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari (magistratura mutaxassisliklari) boʻyicha mutaxassislar, jumladan, ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlaydi, qayta tayyorlaydi va ularning malakasini oshiradi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari]
Bosh muassasa oʻquv jarayoniga ilgʻor pedagogik hamda axborot texnologiyalarini, fan va texnikaning eng yangi yutuqlarini joriy etishga, shuningdek, Filialning kutubxona fondini zamonaviy oʻquv, oʻquv-metodik hamda ilmiy-texnik adabiyotlar bilan toʻldirishga koʻmaklashadi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
2019/2020 oʻquv yilida Toshkent davlat agrar universiteti Bosh muassasa bilan hamkorlikda “Suv bioresurslari va akvakultura” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha kunduzgi shaklda qoʻshma taʼlim dasturi asosida ikki tomonlama tan olinadigan diplom berish uchun toʻlov-kontrakt asosida rus guruhida kadrlar tayyorlashni davom ettiradi;
Filialning taʼlim faoliyati 2020/2021 oʻquv yilidan boshlanadi;
Filialning har yilgi qabul parametrlari manfaatdor vazirliklar va idoralarning kadrlarga boʻlgan ehtiyoji hisobga olingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, Bosh muassasa bilan kelishgan holda tayyorlangan takliflar asosida Filialining Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadi;
Filialda oʻqitish Oʻzbekiston Respublikasi davlat taʼlim standartlari talablarini eʼtiborga olgan holda Bosh muassasa tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejalari va dasturlar asosida amalga oshiriladi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
Filial bitiruvchilarining attestatsiyasi Bosh muassasa tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadigan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
Filial bitiruvchilariga oʻqishni tamomlaganidan soʻng Bosh muassasaning belgilangan namunadagi diplomi beriladi va ushbu diplom Oʻzbekiston Respublikasida oliy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat sifatida eʼtirof etiladi.
4. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari]
Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent viloyatidagi filialida mutaxassislar tayyorlashning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari (magistratura mutaxassisliklari) roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.20.00.00.00 Kadrlar masalalari, mukofotlar, faxriy unvonlar, esdalik nishonlar, faxriy yorliqlar bilan taqdirlash, amnistiya va afv etish masalalari hamda fuqarolik berish boʻyicha individual aktlar / 20.06.00.00 Idoralararo kollegial organlarni tashkil etish, tasdiqlash (aʼzolari tarkibini tasdiqlash, yangilash), tugatish]
Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent viloyatidagi filiali Vasiylik kengashining (keyingi oʻrinlarda Vasiylik kengashi deb yuritiladi) tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.03.00 Tarif setkalari. Mansab okladlari]
Vasiylik kengashi ikki oy muddatda Filialning tashkiliy tuzilmasi va shtatlar jadvalini tasdiqlasin.
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.06.00.00 Noturar joylar. Maʼmuriy binolar / 08.06.02.00 Noturar joy fondi obyektlariga mulk huquqi va boshqa huquqlar. Balansdan balansga berish]
5. Filial Toshkent shahri, Mirobod tumani, Yangi Qoʻyliq koʻchasi, 2-uyda joylashgan Toshkent davlat transport universiteti Logistika fakulteti binosiga operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-sentabrdagi PF-177-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2025-y., 06/25/177/0880-son)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
bir oy muddatda Filial taʼsis hujjatlarining ishlab chiqilishi, kelishilishi hamda uning belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 542-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlari va muassasalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va davlat organlarini tugatish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.10.00 Pedagoglarning va taʼlim tashkilotlari boshqa xodimlarining huquqiy maqomi]
2020-yil 1-avgustga qadar Filial malakali professor-oʻqituvchilar tarkibi bilan tanlov asosida toʻldirilishini taʼminlasin.
7. Belgilab qoʻyilsinki:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.06.00 Ijtimoiy va boshqa sohalarni moliyalashtirish]
a) Filial faoliyatini moliyalashtirish:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga talabalarni, biroq Filialga taʼlim olish uchun qabul qilinadigan talabalar umumiy sonining 40 foizidan ortiq boʻlmagan holda, davlat granti asosida oʻqitishga ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.10.00 Pullik xizmat koʻrsatish]
talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik]
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hamda Vasiylik kengashi qarorlari asosida shakllantiriladigan pul mablagʻlari;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.05.00 Xorijdan mablagʻ jalb qilish]
xalqaro (xorijiy) moliya institutlari va tashkilotlarining grantlari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi;
(7-band “a” kichik bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.06.00 Ijtimoiy va boshqa sohalarni moliyalashtirish]
b) Filialning dastlabki faoliyatini yoʻlga qoʻyish bilan bogʻliq xarajatlar (mebel, kompyuter texnikasi, oʻquv adabiyotlari va boshqa moddiy-texnika vositalarini xarid qilish) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga qoplanadi;
v) Filialni saqlash uchun budjet mablagʻlari 2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining ijtimoiy soha boʻyicha tasdiqlangan xarajatlari parametrlari doirasida ajratiladi, 2021-yildan boshlab esa mazkur sohaning yillik xarajatlar parametrlarida nazarda tutiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.01 Investitsiya dasturlari]
8. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga asosan Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturining 2020-yil va keyingi yillar uchun parametrlarini shakllantirishda Filialning bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash hamda jihozlash yuzasidan loyihalar ushbu dasturlarga belgilangan tartibda kiritilishini nazarda tutsin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.09.00 Mehnat migratsiyasi]
9. Filialning oʻquv jarayoniga xorijiy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalaridan jalb qilingan olimlar, professor-oʻqituvchilar va mutaxassislarning mehnatiga haq toʻlash va xizmat safari xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son qarorining 4-bandiga muvofiq amalga oshirilsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari]
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Filialning buyurtmanomalariga koʻra mazkur qarorni amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy professor-oʻqituvchilar tarkibi va boshqaruv xodimlari, shuningdek, ularning oila aʼzolari uchun kirish vizalari konsullik yigʻimlari va boshqa yigʻimlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish]
11. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Filialning buyurtmanomalariga koʻra Filialning xorijiy professor-oʻqituvchilari va boshqaruv xodimlariga, shuningdek, ularning oila aʼzolariga davlat boji undirilmasdan koʻp martalik vizalar berilishini va muddati uzaytirilishini hamda ularning vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishini va muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.09.00 Mehnat migratsiyasi]
12. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Filialning buyurtmanomalariga koʻra Filial faoliyatini tashkil etishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarni jalb qilish uchun belgilangan tartibda ruxsatnomalar berilishini (uzaytirilishini), shuningdek, xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilishini (uzaytirilishini) taʼminlansin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
13. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov, Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 19-iyul,
608-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyuldagi 608-son qaroriga 1-ILOVA
Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent viloyatidagi filialida mutaxassislar tayyorlashning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari (magistratura mutaxassisliklari)
ROʻYXATI
1.
Suv bioresurslari va akvakultura
2.
Ekologiya va tabiatdan foydalanish
3.
Baliq mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi
4.
Baliqchilik xoʻjaligi iqtisodiyoti
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyuldagi 608-son qaroriga 2-ILOVA
Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent viloyatidagi filiali Vasiylik kengashining
TARKIBI
J.A. Xodjayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri, Vasiylik kengashi raisi
U.Sh. Begimkulov
—
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining oʻrinbosari, Vasiylik kengashi raisining oʻrinbosari
O.M. Musayev
—
“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi raisi
Lavozimi boʻyicha
—
Astraxan davlat texnika universiteti vakili (Rossiya Federatsiyasi) (kelishuv asosida)
B.B. Ashrafxanov
—
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari
Lavozimi boʻyicha
—
Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent viloyatidagi filiali ijrochi direktori — Filial direktori oʻrinbosari, Vasiylik kengashi kotibi
Izoh. Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtganda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.07.2019-y., 09/19/608/3454-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 30.09.2025-y., 06/25/177/0880-son)