1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.06.00.00 Harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash / 15.06.04.00 Voyaga etmagan fuqarolarni harbiy jihatdan tayyorlash maqsadidagi qoʻshimcha taʼlim dasturlari boʻlgan oʻrta (toʻliq) umumiy taʼlim muassasalari]
[TSZ:
1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Harbiy xizmat. Muqobil xizmat]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻsmirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash xamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Bugungi kunda, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimidagi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish boʻyicha qabul qilingan konsepsiyalarni amalga oshirish doirasida har tomonlama rivojlangan, bilimdon, xalqiga, shuningdek, Vatanga xizmat qilish ishiga sodiq yoshlarni tarbiyalash boʻyicha keng miqyosli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, milliy qadriyatlarga, xalqlarning madaniyatiga va oʻzligiga boʻlgan tahdidlar, yod gʻoyalarni singdirishga boʻlayotgan urinishlar kuchayib borayotgan globalizatsiya jarayonlari jadal rivojlanayotgan sharoitda yoshlar eng zaif qatlam boʻlib qolayotganligi sababli bu yoʻnalishda qoʻshimcha kompleks chora-tadbirlar qabul qilinishi dolzarb vazifalardan biri boʻlib qolmoqda.
Yuksak intellektual salohiyatga, zamonaviy fikrlash hamda dunyoqarashga ega, davlatimiz manfaatlari va suverenitetini fidokorona himoya qilishga tayyor boʻlgan har tomonlama kamol topgan, jismonan sogʻlom va maʼnaviy yetuk yosh avlodni tarbiyalash tizimini yaratishga qaratilgan davlat siyosatini faol va izchil amalga oshirishni taʼminlash maqsadida:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.03 (Кучини йукотган) Litseylar, kollejlar / 13.01.61.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.71.00 (Кучини йукотган) Oʻrta-maxsus kasb-hunar taʼlimi (litseylar, kolledjlar)]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi tarkibida prinsipial yangi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari (keyingi oʻrinlarda — “Temurbeklar maktablari”) 1-ilovaga muvofiq tashkil etilsin.
Quyidagilar “Temurbeklar maktablari”ning asosiy vazifalari etib belgilansin:
oʻquvchilarda xalqimizning maʼnaviy-maʼrifiy qadriyatlariga, uning madaniyati va urf-odatlariga chuqur hurmatni, ularda halollik, vijdoniylik, vatanparvarlik, sadoqat, fidokorlik singari shaxs sifatlarini, shuningdek, milliy gʻurur tuygʻularini shakllantirish;
xalqimizning tarixi va boy madaniyati, buyuk ajdodlarimizning, eng avvalo Amir Temurning bebaho merosi, Vatan ozodligi va farovonligi yoʻlida oʻzini qurbon qilgan zamondosh vatandoshlarimizning qahramonligi asosida, Oʻzbekiston xalqiga sodiq, qatʼiy hayotiy qarashlar va faol fuqarolik pozitsiyasiga ega boʻlgan oʻquvchilarni tarbiyalash;
oʻquvchilarda keng dunyoqarash, intellektual salohiyat, ijodiy va tahliliy fikrlashni rivojlantirish, tabiiy va aniq fanlar, xorijiy tillar va zamonaviy axborot texnologiyalari boʻyicha mustahkam bilimlarni shakllantirish, shuningdek, ularga harbiy ishdagi boshlangʻich bilimlarni singdirish;
notiqlik va yetakchilik xislatlariga ega, jismonan rivojlangan, chidamli, mard va jasur Vatan himoyachilarini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar rezervini shakllantirish maqsadida respublikaning oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun munosib nomzodlarni tayyorlash.
2. Quyidagilar:
Prinsipial yangi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylarini tashkil etish va ularning oʻquv-tarbiyaviy jarayonini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi (“Yoʻl xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq;
“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylariga biriktirilgan oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarining roʻyxati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tasdiqlanayotgan Chora-tadbirlar dasturini (“Yoʻl xaritasi”ni) toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash yuzasidan shaxsiy masʼuliyat tegishli vazirlik va idoralar hamda harbiy-maʼmuriy sektorlarning rahbarlari zimmasiga yuklansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa, ichki ishlar va favqulodda vaziyatlar vazirlari, Davlat xavfsizlik xizmati raisi va Milliy gvardiyasi qoʻmondoniga, zarur hollarda, tegishli ravishda vazirlik va idoralar qoʻshinlarining umumiy soni doirasida “Temurbeklar maktabi”ning tashkiliy-shtat tuzilmasiga oʻzgartirish kiritish huquqi berilsin.
5. Belgilansinki:
yangi shakllantirilayotgan “Temurbeklar maktablari”ga qabul va oʻqitish 2020/2021 oʻquv yilidan boshlanadi;
“Temurbeklar maktabi”da oʻqish davomiyligi ikki yil boʻlib har biriga yillik qabul kvotasi 100 kishini tashkil etadi;
2020/2021 oʻquv yiliga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy-texnik yoʻnalishidagi Fargʻona akademik litseyi va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent harbiy-akademik litseyi oʻquvchilari oʻqishni amaldagi oʻquv dasturlari asosida belgilangan tartibda yakunlaydilar;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini yanada isloh qilish va rivojlantirish vazifalarini amalga oshirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-2738-son qarori bilan tashkil etilgan maxsus guruhlarga oʻquvchilarni oʻqishga qabul qilish va oʻqitish 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab toʻxtatiladi. Bunda, maxsus guruhlarda oʻqiyotgan oʻquvchilar belgilangan tartibda oʻz oʻqishlarini amaldagi oʻquv dasturlari boʻyicha yakunlaydilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga harbiy-yuridik yoʻnalishidagi Urganch akademik litseyi va harbiy-qurilish yoʻnalishidagi Samarqand akademik litseylari faoliyatini toʻxtatish hamda ularning binolari (inshootlari) va ularga tutash hududlarni 2019/2020 oʻquv yilida oʻqishga kirgan oʻquvchilar amaldagi oʻquv dasturi boʻyicha oʻqishni yakunlaganidan soʻng tegishliligi boʻyicha Xorazm va Samarqand viloyati hokimliklari tasarrufiga oʻtkazishga;
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish hamda yongʻin xavfsizligini taʼminlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi PF-5706-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi “Favqulodda vaziyatlar tuzilmalarining faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4276-son qaroriga muvofiq tashkil etilishi koʻzda tutilgan Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi qoshidagi ixtisoslashtirilgan akademik litsey oʻrniga “Temurbeklar maktabi”ni tashkil etishga ruxsat berilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
uch oy muddatda kasb-hunar kollejlari va akademik litseyni bino va inshootlari, mavjud shtat birliklarini toʻliq saqlab qolgan holda, moddiy-texnik vositalari, oʻquv jihozlari va boshqa mulklari bilan birgalikda operativ boshqarish huquqi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklariga 6-ilovaga muvofiq topshirsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda kasb-hunar kollejlari, akademik va harbiy-akademik litseylarning ishdan boʻshatilayotgan ishchi va xizmatchilarini oʻz vaqtida ishga joylashtirilishini taʼminlasin.
a) “Temurbeklar maktabi”, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ixtisoslashtirilgan maktab-internati ishchi va xizmatchilari xodimlarining bazaviy tarif stavkalari 2019-yil 1-sentabrdan boshlab:
direktor va uning oʻrinbosarlari, oʻqituvchilar, oʻquv boʻlimi xodimlari uchun — 5 barobar;
toʻgarak (seksiya) rahbarlari va psixologlari uchun — 3 barobar;
axborot-resurs markazi (kutubxona), axborotlashtirish va aloqa boʻlinmalari xodimlari, instruktorlar va laborantlar uchun — 2 barobar miqdorda oshiriladi;
b) 2019-yil 1-sentabrdan boshlab “Temurbeklar maktablari”da xizmat oʻtayotgan harbiy xizmatchilarning pul taʼminotiga ularning lavozim maoshining 50 foiziga teng miqdorida har oylik ustama toʻlanadi;
v) “Temurbeklar maktablari”ning ishchi va xizmatchilariga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash miqdorlari va shartlari qoʻllaniladi hamda ular qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquq va imtiyozlardan foydalanadi. “Temurbeklar maktablari”ning ishchi va xizmatchilariga Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ishchi va xizmatchilariga belgilangan ish staji uchun foizli ustama belgilash tartibi ham qoʻllaniladi;
g) “Temurbeklar maktabi” bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarida oʻzlari toʻplagan ballarning 30 foizi miqdoridagi, respublikaning boshqa davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda esa oʻzlari toʻplagan ballarning 15 foizi miqdoridagi qoʻshimcha ballar koʻrinishida imtiyoz beriladi;
d) “Temurbeklar maktabi”ni imtiyozli diplom bilan tugatgan bitiruvchilarga, tarkibida “Temurbeklar maktabi” boʻlgan vazirlik va idoralarning tegishliligi boʻyicha oliy harbiy yoki ixtisoslashtirilgan bilim yurtlariga test sinovlarsiz, harbiy-kasbiy saralash tadbirlarini muvaffaqiyatli oʻtish natijalari boʻyicha kirish huquqi beriladi.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylarining infratuzilmasi, oʻquv va moddiy-texnik bazasini takomillashtirish boʻyicha Kompleks dasturni ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda uning oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirilishini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda shu qarorga muvofiq tegishli kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarni vazirlik va idoralarga topshirilishi munosabati bilan ularning xarajatlar smetalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin;
2020-yildan boshlab har yili tegishli vazirlik va idoralarning asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq “Temurbeklar maktablari”ning oʻquv va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun qoʻshimcha budjet mablagʻlari ajratilishini taʼminlasin.
11. Belgilansinki, mazkur qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiyasining asoslangan hisob-kitoblariga koʻra har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan, xorijiy mamlakatlarning davlat kreditlari va xalqaro moliya tashkilotlarining mablagʻlarini jalb qilish orqali, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
12. 2019-yil 1-avgustdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining 7-ilovada koʻrsatilgan qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiyasi:
2020/2021 oʻquv yilidan boshlab “Temurbeklar maktablari”da samarali taʼlim jarayonini taʼminlash maqsadida ularga yuklatilgan vazifalarni muntazam monitoring qilish, tizimli asosda ularga zarur metodik va amaliy yordam koʻrsatish hamda oʻqituvchilarning malakasini oshirishni tashkil etsin;
boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 28-iyun,
PQ-4375-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-iyundagi PQ-4375-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiyasi tarkibida tashkil etilayotgan “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylarining
ROʻYXATI
T/r
Tarkibida HAL tashkil etilayotgan
vazirlik va idoraning nomi
Tashkil etilayotgan HALning nomi
Taʼlim muassasasining
amaldagi nomi
Joylashgan manzili
1.
Mudofaa vazirligi
Fargʻona “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy-texnik yoʻnalishidagi Fargʻona harbiy-akademik litseyi
Fargʻona viloyati, Fargʻona shahri, Guliston koʻchasi, 7-uy
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-iyundagi PQ-4375-son qaroriga 2-ILOVA
Prinsipial yangi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylarini tashkil qilish va ularning oʻquv-tarbiyaviy jarayonini takomillashtirish boʻyicha CHORA-TADBIRLAR
Oʻtkaziladigan tadbirlarning maqsad va vazifalarini yetkazish, yangi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylarini tashkil qilish va ularning faoliyatini takomillashtirish, vazirlik va idoralarning ishchi guruhlarini shakllantirish boʻyicha ish majlisini oʻtkazish. Ishchi guruhlarning ish tartibini aniqlash.
Idoralararo va idoraviy ichki yigʻilishlar, yigʻilishlar bayonnomalari
2019-yil
10-iyulga qadar
XK (V. Maxmudov),
MV (B. Kurbanov),
DXX (A. Azizov),
IIV (P. Bobojonov),
MG (B. Tashmatov),
FVV (T. Xudaybergenov),
OOʻMTV (I. Majidov)
2.
“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylarining namunaviy ustavini va boshqa asosiy hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha idoralararo ishchi guruhini tuzish.
Ishchi guruh, shuningdek, idoralararo ish faoliyati samaradorligini tashkillashtirish, axborot-tahliliy materiallar hisobotini tuzish va nazoratni amalga oshirish.
Ishchi guruh faoliyatining batafsil rejasi
doimo
MV (A. Ikramov),
DXX (F. Muxtarov),
IIV (R. Xatamov),
MG (Sh. Shakirov),
FVV (A. Kuldashev),
OOʻMTV (U. Begimkulov)
4.
Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiya markaziy apparatlarida koʻrsatilgan vazirlik va idoralarning umumiy son miqdoridan kelib chiqib “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari samarali ish faoliyatini tashkillashtirish uchun zaruriy hollarda boʻlinmalarni (boʻlim va boʻlinmalar) shakllantirish.
Vazirlik va idoralarning tegishli qarorlari
2019-yil
1-oktabrga qadar
MV(A. Ikramov),
DXX (F. Muxtarov),
IIV (R. Xatamov),
MG (Sh. Shakirov),
FVV (A. Kuldashev),
ishchi guruhlari
II. “TEMURBEKLAR MAKTABI” HARBIY-AKADEMIK LITSEYLARI ISH FAOLIYATINING
NORMATIV-HUQUQIY BAZASINI TAKOMILLASHTIRISH
1.
HAL rahbar va pedagog kadrlar tarkibi, oʻquvchilarning umumiy huquq va majburiyatlari, shuningdek, HAL boʻlinmalari va boshqa mansabdor shaxslarning faoliyatini tashkillashtirish tartibini belgilovchi “Temurbeklar maktabi” HAL Ustavini ishlab chiqish va tasdiqlash.
Vazirlik va idoralarning qoʻshma qarorlari
2019-yil
20-avgustga qadar
MV (B. Kurbanov),
DXX (A. Azizov),
IIV (P. Bobojonov),
MG (B. Tashmatov),
FVV (T. Xudaybergenov),
OOʻMTV (I. Majidov)
2.
“Temurbeklar maktabi” HAL Ustavini tasdiqlash va amalga joriy qilish.
Tegishli vazirlik va idoralarning buyruqlari
2019-yil
10-oktabrga qadar
MV (B. Kurbanov),
DXX (A. Azizov),
IIV (P. Bobojonov),
MG (B. Tashmatov),
FVV (T. Xudaybergenov),
OOʻMTV (I. Majidov)
3.
“Temurbeklar maktabi” HAL oʻquvchilarini oziq-ovqat va harbiy kiyim taʼminoti, kiyim rusumining yagona namunalari, taqdirlash nishonlari va ularni taqish tartibi, shuningdek, “Temurbeklar maktabi” HALni tugatganligi toʻgʻrisidagi koʻkrak nishoni va diplomi meʼyorlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.
Vazirlik va idoralarning qoʻshma qarorlari
2019-yil
10-oktabrga qadar
MV (B. Kurbanov),
DXX (A. Azizov),
IIV (P. Bobojonov),
MG (B. Tashmatov),
FVV (T. Xudaybergenov),
OOʻMTV (I. Majidov)
4.
Zamonaviy talablardan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va kiritish.
Tegishli normativ-huquqiy hujjatning loyihasi
2019-yil
1-sentabrga qadar
MV (A. Ikramov),
MG (Sh. Shakirov),
idoralararo ishchi
guruhi
III. INFRATUZILMA VA MODDIY-TEXNIK BAZANI TAKOMILLASHTIRISH
1.
Kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarni Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga oʻtkazishni amalga oshirish.
“Temurbeklar maktabi” HAL infratuzilmalarini takomillashtirish, tadbirlarni moliyalashtirish manbalari va tegishli hisobotlarni tayyorlash yuzasidan zaruriy choralarni belgilash.
Qabul qilish va topshirish toʻgʻrisida bayonnomalar, texnik-iqtisodiy hisobotlar
2019-yil
1-sentabrga qadar
Ishchi guruhlar
2.
“Temurbeklar maktabi” HAL obyektlarining infratuzilmasi, oʻquv va moddiy-texnik bazasini takomillashtirish boʻyicha hamda “Temurbeklar maktabi” HALda:
kompyuter, mashq qilish (trenajyor) sinflari hamda masofadan oʻqitish uchun sinflar va elektron axborot-resurs markazlarini yaratishni;
zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalar, shu bilan bir qatorda interaktiv virtual stendlar va laboratoriyalar koʻrinishida dasturiy-pedagogik taʼlim olish vositalarini joriy qilishni;
oʻquvchilarining jismoniy tayyorgarligi va sport yutuqlari darajasini oshirish uchun tegishli sharoitlarni yaratishni;
oʻquv jarayonining yagona avtomatlashtirilgan ichki monitoringi tizimini joriy qilish va nazoratni tashkillashtirish;
pedagogik tarkibni va oʻquvchilarni taʼlim fanlari boʻyicha oʻquv materiallar bilan taʼminlash va mustaqil ishlarni tashkillashtirish uchun yagona elektron axborot-resurs bazasini yaratishni koʻzda tutuvchi chora tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.
Hukumat Qarori
2019-yil
1-sentabrga qadar
Vazirlar Mahkamasi, MV, DXX, IIV, FVV, MG, OOʻMTV, Toshkent shahar va viloyat hokimiyatlari
IV. OʻQUV-USLUBIY BAZALAR VA OʻQUV JARAYONINI TAKOMILLASHTIRISH
1.
Prinsipial yangi samarali oʻquv rejalari va dasturlari, tematik rejalar, oʻquv-uslubiy resurslar ishlab chiqish, shuningdek, zamonaviy taʼlim berish shakli va uslublarini qoʻllash.
Respublikamizning oliy harbiy taʼlim muassasalari, maxsus va boshqa oliy oʻquv yurtlariga kirish uchun zarur boʻlgan alohida fanlarni (matematika, fizika, kimyo, ona tili va adabiyot, tarix va xorijiy tillar) chuqurlashtirilgan tarzda taʼlim berilishi uchun sharoit yaratish.
Vazirlik va idoralarning tegishli, shu bilan bir qatorda qoʻshma qarorlari
2019-yil
1-dekabrga qadar
MV (A. Ikramov),
DXX (F. Muxtarov),
IIV (R. Xatamov),
MG (Sh. Shakirov),
FVV (A. Kuldashev),
OOʻMTV (U. Begimkulov),
ishchi guruhlari
2.
“Temurbeklar maktabi” HAL oʻquvchilariga Yoʻl harakati qoidalarini oʻrgatish (yengil va yuk avtomobillarini boshqarish), haydovchilik guvohnomasini olish uchun asos boʻladigan tegishli hujjatlarni berish tartibi va mexanizmini ishlab chiqish va tatbiq etish.
Vazirlik va idoralarning tegishli, shu bilan bir qatorda qoʻshma qarorlari
2019-yil
1-dekabrga qadar
MV (A. Ikramov),
DXX(F. Muxtarov),
IIV (R. Xatamov),
MG (Sh. Shakirov),
FVV (A. Kuldashev),
ishchi guruhlar
3.
“Temurbeklar maktabi” HAL oʻquvchilari tomonidan muntazam ravishda badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarni oʻqish tizimini ishlab chiqish va joriy qilish, shuningdek, oʻquvchilarda musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va boshqa sanʼat turlariga qiziqishni oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Vazirlik va idoralarning tegishli, shu bilan bir qatorda qoʻshma qarorlari
2019-yil
1-dekabrga qadar
MV (A. Ikramov),
DXX(F. Muxtarov),
IIV (R. Xatamov),
MG (Sh. Shakirov),
FVV (A. Kuldashev),
OOʻMTV (U. Begimkulov),
HTV (A. Umarov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov)
4.
“Temurbeklar maktabi” HALni oʻquv maqsadlari uchun moʻljallangan zaruriy oʻquv, ilmiy va maxsus adabiyotlar, qurol-aslaha va harbiy-texnik mulk namunalari bilan taʼminlash.
Vazirlik va idoralarning rejalari
2020-yil
1-may qadar va HAL shakllanishiga muvofiq
5.
Respublikamizning oliy harbiy, maxsus va boshqa taʼlim muassasalariga kirish uchun zaruriy fanlar boʻyicha bilimlarni mustahkamlash uchun fakultativ mashgʻulotlar va toʻgarak ishlarini tashkillashtirish.
Vazirlik va idoralarning tegishli, shu bilan bir qatorda qoʻshma qarorlari
doimo
MV (A. Ikramov),
DXX (F. Muxtarov),
IIV (R. Xatamov),
MG (Sh. Shakirov),
FVV (A. Kuldashev),
OOʻMTV (U. Begimkulov)
V. HARBIY-VATANPARVARLIK VA MAʼNAVIY-MAʼRIFIY
TARBIYA JARAYONINI TAKOMILLASHTIRISH
1.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga, xalqiga sodiq boʻlgan Vatanga xizmat qilishga tayyor turgan aql-zakovatli nomzodlarni respublikamizning oliy harbiy, maxsus va boshqa taʼlim muassasalariga kirishini taʼminlash maqsadida “Maʼnaviyat asoslari” darsi boʻyicha oʻquv dasturi, rejalari va oʻquv-uslubiy komplekslarini takomillashtirish.
Yangi oʻquv dasturi, Harbiy-vatanparvarlik va maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya boʻyicha rejalari va oʻquv-uslubiy komplekslari
2019-yil
1-sentabrga qadar
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi ishchi guruhlar bilan hamkorlikda
2.
Oʻquvchilarning maʼnaviy-maʼrifiy oʻsishini taʼminlash uchun kitoblarni oʻqish, kinoteatr, teatr va muzeylarga borish, madaniyat va sport vakillari bilan uchrashuvlarni tashkillashtirish, shuningdek, oʻzbek xalqining tarixi, anʼanalari va boyliklarini faol oʻrganish yoʻli bilan zaruriy sharoitlarni yaratish.
Alohida reja asosida
doimo
Masʼul shaxslar Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan hamkorlikda
3.
Bellashuv ruhi va fikr-mulohazalar bilan almashish uchun sharoitlar, oʻquvchilarda muomala qilish madaniyati, xarizma, notiqlik va liderlik sifatlarni shakllantirish maqsadida “Temurbeklar maktabi” HALda fan olimpiadalari, sport musobaqalari va doimo amalda boʻlgan munozarali klublarni tashkillashtirish.
Vazirlik va idoralarning qoʻshma qarorlari
2020-yil
1-mayga qadar
MV (A. Ikramov),
DXX (F. Muxtarov),
IIV (R. Xatamov),
MG (Sh. Shakirov),
FVV (A. Kuldashev)
4.
Oʻquvchilarda axloqiy-psixologik barqarorlik va kasbiy vazifalarni bajarishga shay turishni shakllantirish maqsadida ularni psixologik qoʻllab-quvvatlashni tashkillashtirish.
Joylarda oʻquvchilarga psixologik yordamni tashkillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksi
doimo
MV (A. Ikramov),
DXX (F. Muxtarov),
IIV (R. Xatamov),
MG (Sh. Shakirov),
FVV (A. Kuldashev)
VI. RAHBAR VA PEDAGOGIK TARKIBLAR TAYYORGARLIGI VA MALAKASINI OSHIRISHI
1.
“Temurbeklar maktabi” HAL rahbar va pedagog tarkibining shaxsiy va kasbiy sifatlarini kompleks baholash mezonlarini aniqlash va ishlab chiqish.
Rahbar va pedagog tarkibning shaxsiy va kasbiy sifatlarini kompleks baholash mezonlari
2019-yil
20-avgustga qadar
Idoralararo ishchi guruhi
2.
Egallab turgan lavozimiga muvofiqligini obyektiv baholash maqsadida rahbar va pedagog tarkiblarning shaxsiy va kasbiy sifatlarini oʻrganish. Zamon talablariga javob beruvchi malakali kadrlar bilan “Temurbeklar maktabi” HALni butlash va ularni almashinuvini oʻtkazish.
Vazirlik va idoralarning shaxsiy tarkib boʻyicha tegishli qarorlari
2019-yil
1-sentabrga qadar va HAL shakllanishiga muvofiq
Vazirlik va idoralarning ishchi guruhlari
3.
Oliy taʼlim muassasalari va xorijiy oliy taʼlim muassasalari bazalarining tegishli hududiy (soha) markazlarida rahbar va pedagog tarkiblarning taʼlim olishini tashkillashtirish.
“Temurbeklar maktabi” HAL rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish rejasi
Har yili, alohida rejalar boʻyicha
MV (A. Ikramov),
DXX (F. Muxtarov),
IIV (R. Xatamov),
MG (Sh. Shakirov),
FVV (A. Kuldashev),
OOʻMTV (U. Begimkulov)
4.
Respublika va xorijiy oliy taʼlim muassasalarida tashkillashtiriladigan konferensiyalarda rahbar va pedagog tarkibning ishtirokini taʼminlash, shuningdek ular uchun AKT oʻrganish boʻyicha intensiv kurslar va xorijiy tillarni oʻrganishini tashkillashtirish.
Vazirlik va idoralarning alohida rejalari boʻyicha
Har yili, alohida reja boʻyicha
Vazirlik va idoralarning masʼul mansabdor shaxslari
5.
Ilgʻor pedagogik tajribani ommalashtirish maqsadida oʻquv-metodik seminarlar, treninglar, mahorat darslari, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni tashkillashtirish.
6.
Mashgʻulotlarni, shu bilan bir qatorda, taʼlim berishning innovatsion usullari boʻyicha oʻquv jarayoniga yuqori malakali milliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilish samarali mexanizmini tatbiq etish.
7.
Mamlakatning yetakchi oliy taʼlim muassasalarida rahbar va pedagog tarkiblarning stajirovkasini tashkillashtirish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-iyundagi PQ-4375-son qaroriga 3-ILOVA
“Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Asosiy qoidalar
1. Mazkur nizom “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyi (keyingi oʻrinlarda — “Temurbeklar maktabi”)ning maqomi, faoliyatning tashkiliy asoslari, maqsadlari, asosiy vazifalari, oʻquvchilarni saralash, qabul qilish va chetlatish tartibi, rahbarlarining javobgarligini belgilaydi.
2. “Temurbeklar maktabi” davlat taʼlim muassasasi hisoblanadi va faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni, mazkur nizom, boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlar va oʻz Ustaviga muvofiq amalga oshiradi.
3. “Temurbeklar maktabi”da oʻquv-tarbiyaviy jarayon oʻquvchilarni harbiy-kasbiy yoʻnaltirish va kelgusida ularni respublikaning oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida oʻqitish koʻzda tutilgan Davlat taʼlim standartlari, oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi.
“Temurbeklar maktabi”da oʻqish muddati ikki yilni tashkil etadi.
4. “Temurbeklar maktabi”ga umumiy rahbarlik qilish, uning faoliyatini moliyalashtirish, moddiy-texnik taʼminoti tegishli ravishda tasarrufida “Temurbeklar maktabi” boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya (keyingi oʻrinlarda — vazirlik va idoralar) tomonidan amalga oshiriladi.
5. “Temurbeklar maktabi”ning Namunaviy ustavi, oʻquvchilar kiyim-bosh namunalari va kiyinish tartibi, ularning sutkalik oziq-ovqat payogi normalari vazirlik va idoralarning qoʻshma qarori bilan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
6. “Temurbeklar maktabi” yuridik shaxs hisoblanib, bank muassasalarida hisob raqami va boshqa hisoblar, belgilangan namunadagi muhr, shtamp, oʻz nomi tushirilgan blankalariga ega.
2-bob. “Temurbeklar maktabi”ning maqsad va vazifalari
7. Oʻquvchilarni maʼnaviy-axloqiy va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirish, mamlakatimiz suvereniteti va mustaqilligini taʼminlash uchun masʼuliyat hissini oshirish, shuningdek, ularning huquqiy bilim va madaniyatini, Oʻzbekiston Respublikasiga sodiq fidoyi fuqarolarni aniq maqsadli va tizimli tayyorlash samaradorligini takomillashtirish “Temurbeklar maktabi” faoliyatining maqsadidir.
8. “Temurbeklar maktabi”ning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
oʻquvchilarda xalqimizning maʼnaviy-maʼrifiy qadriyatlariga, uning madaniyati va urf-odatlariga chuqur hurmatni, ularda halollik, vijdoniylik, vatanparvarlik, sadoqat, fidokorlik singari shaxs sifatlarini, shuningdek, milliy gʻurur tuygʻularini shakllantirish;
xalqimizning tarixi va boy madaniyati, buyuk ajdodlarimizning, eng avvalo Amir Temurning bebaho merosi, Vatan ozodligi va farovonligi yoʻlida oʻzini qurbon qilgan zamondosh vatandoshlarimizning qahramonligi asosida, Oʻzbekiston xalqiga sodiq, qatʼiy hayotiy qarashlar va faol fuqarolik pozitsiyasiga ega boʻlgan oʻquvchilarni tarbiyalash;
oʻquvchilarda keng dunyoqarash, intellektual salohiyat, ijodiy va tahliliy fikrlashni rivojlantirish, tabiiy va aniq fanlar, xorijiy tillar va zamonaviy axborot texnologiyalari boʻyicha mustahkam bilimlarni shakllantirish, shuningdek, ularga harbiy ishdagi boshlangʻich bilimlarni singdirish;
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.03.00.00 Qurolli Kuchlar / 15.03.08.00 Qurolli Kuchlar kadrlari]
notiqlik va yetakchilik xislatlariga ega, jismonan rivojlangan, chidamli, mard va jasur Vatan himoyachilarini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar rezervini shakllantirish maqsadida respublikaning oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun munosib nomzodlarni tayyorlash.
3-bob. Oʻquv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish
9. “Temurbeklar maktabi”da oʻquv jarayoni Oʻzbekiston Respublikasining oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishib, vazirlik va idoralar tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiq hamda Davlat taʼlim standartlari asosida tashkillashtiriladi.
10. “Temurbeklar maktabi”da taʼlim davlat tilida va rus tilida (Nukus harbiy akademik litseyida qoʻshimcha ravishda qoraqalpoq tilida) olib boriladi.
11. Tibbiy va pedagogik asoslarga asoslangan taʼlim, mehnat, dam olish va turli tadbirlar uygʻunligini taʼminlovchi kun tartibi oʻquvchilar kechayu-kunduz “Temurbeklar maktabi”da boʻlishini hisobga olib tuziladi va Ilmiy-pedagogik kengash qarori bilan tasdiqlanadi.
12. Mansabdor shaxslarning vazifa va funksional majburiyatlari, shuningdek, oʻquvchilarning huquq va majburiyatlari “Temurbeklar maktabi”ning Ustavi bilan belgilanadi.
13. Birinchi kursda oʻqish yakunlanganidan soʻng yakuniy nazorat natijalari asosida “Temurbeklar maktabi” oʻquvchilarini keyingi kursga oʻtkazish toʻgʻrisida direktorning buyrugʻi chiqariladi.
14. Xalqaro va respublika fan olimpiadalarida 1 — 3-oʻrinlarni egallagan “Temurbeklar maktabi” oʻquvchilarini hamda ularning oʻqituvchilarini ragʻbatlantirish (mukofotlash) respublika umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining oʻquvchilarini va ularning oʻqituvchilarini ragʻbatlantirishni (mukofotlashni) tartibga soluvchi meʼyoriy-huquqiy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
4-bob. “Temurbeklar maktabi” oʻquvchilarini saralash tartibi
15. “Temurbeklar maktabi”ga joriy yilda umumtaʼlim va ixtisoslashtirilgan maktab-internat maktablarining (keyingi oʻrinlarda — umumtaʼlim maktablar) 9-sinfini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi shahodatnomaga ega, sogʻligʻining holatiga koʻra oʻqishga yaroqli deb topilgan hamda haqqoniy va shaffoflik tamoyillariga asoslangan saralash tanlovidan muvaffaqiyatli oʻtgan, erkak jinsli Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari oʻqishga qabul qilinadi.
16. Saralash tanlovi dastlabki tanlash, harbiy-kasbiy tanlov va test sinovlaridan iborat.
Saralash tanlovini oʻtkazish muddati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan kelishilgan holda vazirlik va idoralarning qoʻshma qarori bilan belgilanadi.
17. Nomzodlarning shaxsiy yigʻmajildlari bilan ishlash, tashkiliy ishlarni bajarish, zarur material va hisobotlarni tayyorlash uchun “Temurbeklar maktabi”da qabul komissiyasi tuziladi, uning tarkibi har yili tegishli vazirlik va idoralar rahbarlarining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Qabul komissiyasi oʻz faoliyatini “Temurbeklar maktabi”ning Ustavi asosida amalga oshiradi.
18. Harbiy-kasbiy tanlov tadbirlarini oʻtkazish uchun harbiy okruglarda vazirlik va idoralar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining vakillaridan iborat tarkibda tegishli harbiy okrug qoʻmondoni raisligida maxsus idoralararo komissiya tuziladi.
Idoralararo komissiyaning tarkibi har yili vazirlik va idoralar rahbarlarining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadi.
Idoralararo maxsus komissiyaning ishini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bilan kelishilgan holda vazirlik va idoralarning qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadi.
19. Dastlabki tanlovni oʻtkazishdan asosiy maqsad nomzodlarning keyinchalik oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish, davlat xizmatchisi boʻlish istagida boʻlgan shaxslarga sogʻligʻi, shaxsiy-psixologik sifatlari, jismoniy tayyorgarligi boʻyicha qoʻyiladigan talablarga muvofiqligini, shuningdek, yuqori intellektual va maʼnaviy-axloqiy salohiyatga ega nomzodlarni aniqlash hisoblanadi.
20. Quyidagilar dastlabki tanlovning asosiy tadbirlari hisoblanadi:
nomzodga tegishli hujjatlarni va uni tavsiflovchi maʼlumotlarni toʻplash;
nomzod toʻgʻrisidagi turli maʼlumotlarni (oilaviy ahvoli, ota-onasi va yaqin qarindoshlarining harbiy xizmatga munosabati va shu kabilar), nomzodning “Temurbeklar maktabi”ga oʻqishga kirishini tanlashiga asoslar va sabablarni aniqlashtirish;
umumtaʼlim fanlari boʻyicha oʻzlashtirishi, sogʻligʻi va jismoniy tayyorgarlik holatini har tomonlama va xolisona baholash;
nomzodlarning shaxsiy-psixologik xususiyatlarini oʻrganish.
21. Nomzodlar uchun dastlabki tanlov “Temurbeklar maktabi”ga oʻqishga kirish istagini bildirgan nomzodlarning arizalari asosida yashash joyi boʻyicha mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlarda oʻtkaziladi.
22. Quyidagilar “Temurbeklar maktabi”ga kirish uchun rad javobini berilishiga asos boʻladi:
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.05.00.00 Aholi / 19.05.02.00 Fuqarolikka ega boʻlish va uni yoʻqotish]
nomzodning Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi emasligi;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.09.00 Ishni sudga qadar yuritish]
nomzodga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilganligi, dastlabki tergov yoki surishtiruv oʻtkazilayotganligi, jinoyat ishi sudda koʻrib chiqilayotganligi;
jazo chorasi turidan yoki amnistiya qarori qoʻllanilganligidan qatʼi nazar sodir etilgan jinoyat uchun ayblov hukmi chiqarilganligi;
yashash joyidan va ichki ishlar organlaridan salbiy tavsiyanomalar mavjudligi.
23. Nomzodlar tomonidan mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlarga taqdim etiladigan hujjatlar roʻyxati “Temurbeklar maktabi” Ustavi bilan belgilanadi.
24. Nomzodlarning birinchi tibbiy tekshiruvi mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlar huzuridagi tibbiy komissiyalar tomonidan oʻtkaziladi. Bunda nomzodlarga qoʻyilgan antropometrik maʼlumotlar tasarrufida tegishli “Temurbeklar maktabi” boʻlgan vazirlik va idoralar tomonidan mustaqil belgilanadi.
Tibbiy tekshiruv natijalariga asoslangan sogʻligʻining holatiga koʻra nomzodning oʻqishga yaroqliligi toʻgʻrisida xulosa chiqariladi.
26. Dastlabki tanlov natijalari boʻyicha “Temurbeklar maktabi”ga oʻqishga kirish uchun tavsiya qilingan nomzodlarning shaxsiy yigʻmajildlari tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlari tomonidan mudofaa ishlari boshqarmalariga topshiriladi.
27. Harbiy-kasbiy tanlovning bosh maqsadi oʻzining psixofiziologik xususiyatlari va sogʻligʻining holati boʻyicha zamonaviy talablarga javob beradigan, yetakchilik sifatlariga, ichki ishonchga, mustahkam maʼnaviy-axloqiy va intellektual salohiyatga ega, kelgusida munosib Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchi va xodimlari hamda davlat xizmatchilari boʻla oladigan nomzodlarni aniqlashdir.
28. Harbiy-kasbiy tanlovning asosiy tadbirlari quyidagilardan iborat:
taqdim qilingan nomzodga tegishli hujjatlar va uni tavsiflovchi maʼlumotlarni oʻrganish;
nomzodlarni yakuniy tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish;
nomzodning savodxonlik darajasini (orfografiya va punktuatsiya) baholash;
nomzodlarning psixofiziologik xususiyatlarini oʻrganish;
nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash;
nomzod bilan yakka tartibda yakuniy suhbat oʻtkazish va nomzodlarni test sinovlariga qoʻyish toʻgʻrisida yakuniy qaror qabul qilish.
29. Harbiy-kasbiy tanlov nomzodning yashash joyi boʻyicha mudofaa ishlari boshqarmasida oʻtkaziladi.
30. Nomzodlarni yakuniy tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri va sogʻliqni saqlash vazirining qoʻshma buyrugʻi bilan tasdiqlanadigan tibbiy mutaxassislardan iborat tarkibdagi harbiy-tibbiy komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.
31. Yakuniy tibbiy tekshiruv natijalariga asoslangan sogʻligʻining holatiga koʻra nomzodning “Temurbeklar maktabi”da oʻqishga yaroqliligi holati toʻgʻrisidagi qaror chiqariladi.
Sogʻligʻining holatiga koʻra oʻqishga yaroqsiz deb topilgan nomzodlar saralashning keyingi tadbirlariga qoʻyilmaydi.
32. Nomzodlarning savodxonlik darajasini (orfografiya va punktuatsiya) baholash diktant yozdirish yoʻli bilan aniqlanadi.
Diktant oʻtkazish tartibi va uni baholash mezonlari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Diktant natijasida qoniqarsiz baho olgan nomzodlar saralashning keyingi tadbirlariga qoʻyilmaydi.
33. Nomzodlarning psixofiziologik xususiyatlarini oʻrganish tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda psixologik testlar oʻtkazish orqali harbiy okruglar tomonidan tashkillashtiriladi va oʻtkaziladi. Psixologik testlarni oʻtkazish tartibi va psixologik testlar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Psixofiziologik xususiyatlarni oʻrganish natijalari yakka tartibdagi yakuniy suhbat davomida qaror qabul qilishda hisobga olinadi.
34. Psixofiziologik xususiyatlarni oʻrganish natijalariga koʻra quyidagi xulosalar chiqariladi:
oʻqishga kirish uchun tavsiya etiladi;
oʻqishga kirish uchun tavsiya etilmaydi.
Psixofiziologik xususiyatlarni oʻrganish natijalari boʻyicha oʻta olmagan hamda oʻqishga kirish uchun tavsiya etilmagan nomzodlar saralashning keyingi bosqichiga qoʻyilmaydi.
35. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasi mudofaa ishlari boshqarmasi tomonidan aniqlanadi.
Jismoniy tayyorgarlik darajasi boʻyicha talablarga javob bermaydigan nomzodlar saralashning keyingi bosqichiga qoʻyilmaydi.
36. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat idoralararo maxsus komissiya tomonidan nomzodning yetakchilik sifatlari, mantiqiy fikrlash darajasi, savodxonligi, aqliy qobiliyatlari hamda boshqa harbiy xizmatchi va davlat xizmati xodimi uchun muhim kasbiy sifatlarini aniqlash maqsadida psixofiziologik xususiyatlarini oʻrganish va diktant natijalari asosida mudofaa ishlari boshqarmasida oʻtkaziladi.
37. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalariga koʻra nomzodni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarini topshirishga qoʻyish toʻgʻrisida yakuniy qaror qabul qilinadi.
38. Yakka tartibdagi yakuniy suhbatdan oʻta olmagan nomzodlarning shaxsiy yigʻmajildlari (va boshqa hujjatlari) dalolatnoma asosida nomzodning yashash joyi boʻyicha Xalq taʼlimi vazirligi hududiy boshqarmasi vakiliga topshiriladi.
39. Mudofaa ishlari boshqarmalari tomonidan rasmiylashtirilgan nomzodlarning shaxsiy yigʻmajildlari mudofaa ishlari boshqarmasi orqali tegishli “Temurbeklar maktabi”ning qabul komissiyasiga yuboriladi.
“Temurbeklar maktabi” qabul komissiyasiga nomzodlarning shaxsiy yigʻmajildlarini ushbu maqsadlar uchun vakolatga ega boʻlmagan boshqa shaxslar orqali topshirish qatʼiyan man etiladi.
40. Test sinovlariga ruxsat etilgan nomzodlarga mudofaa ishlari boshqarmalari tomonidan maʼlumotnoma beriladi. Maʼlumotnoma oʻrta umumtaʼlim maktabidan umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnomani olish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
41. Shaxsiy yigʻmajildlarini oʻrganish natijalariga koʻra test sinovlariga ruxsat etilgan nomzodlarning roʻyxatlarini mudofaa ishlari boshqarmalarigacha yetkazish uchun “Temurbeklar maktabi”ning qabul komissiyasi masʼul hisoblanadi.
42. Nomzodlarning test sinovlarida ishtirok etish uchun oʻz vaqtida “Temurbeklar maktabi”ga yetib kelishi uchun javobgarlik mudofaa ishlari boshqarmalari boshliqlariga yuklatiladi.
43. “Temurbeklar maktabi”ga kelib-ketish, test sinovlariga tayyorlanish va topshirish davrida joylashish hamda ovqatlanish bilan bogʻliq xarajatlar nomzodlarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan qoplanadi.
44. Test sinovlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʻrnatilgan tartibda oʻtkaziladi.
45. Test sinovlari oʻtkaziladigan umumtaʼlim fanlari bloki Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Nomzodlar test sinovlarini oʻz ixtiyoriga koʻra uch tildan — oʻzbek, qoraqalpoq va rus tillaridan birida topshiradilar.
46. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʻtkazilgan test sinovlarining natijalari Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi belgilagan muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasiga hamda tegishli “Temurbeklar maktabi” qabul komissiyasiga taqdim etiladi.
47. Test sinovlariga belgilangan muddatda kelmagan nomzodlar uchun takroriy test sinovlari oʻtkazilmaydi.
48. “Temurbeklar maktabi”ga qabul qilinmagan (saralashdan oʻtmagan) nomzodlarning shaxsiy yigʻmajildlari (va boshqa hujjatlari) dalolatnoma asosida keyinchalik nomzodlarning yashash joyi boʻyicha Xalq taʼlimi vazirligining hududiy boshqarmalariga topshirish uchun mudofaa ishlari boshqarmasi vakiliga beriladi.
50. Test topshiriqlari umumiy oʻrta taʼlimi fanlari (5 — 9 sinflari kesimida)ning Davlat taʼlim standartlariga muvofiq tuziladi.
51. Test sinovlari natijasidan norozi boʻlgan nomzod, uning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchilar (vasiylar) test sinovlari natijasi eʼlon qilingandan keyin ikki ish kuni davomida test sinovi oʻtkazilgan “Temurbeklar maktabi”da tashkil etilgan apellyatsiya komissiyasiga yozma ravishda test natijalari boʻyicha apellyatsiya shikoyati berish huquqiga ega boʻlib, ularning shikoyati qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Qonunining 63-moddasi.
52. Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining qaroriga muvofiq dastlabki va harbiy-kasbiy tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan quyidagi nomzodlar “Temurbeklar maktabi”ga test sinovlarisiz tanlovdan tashqari oʻqishga qabul qilinadi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.17.00 Olimpiadalar. Tanlovlar]
xalqaro va respublika fan olimpiadalarining gʻoliblari — belgilangan qabul kvotasi doirasida;
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.17.00.00 Harbiy xizmatchilar maqomi. Harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatdan boʻshatilgan fuqarolar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish / 15.17.03.00 Xizmatchilar, xizmatdan boʻshagan fuqarolar va ular oila aʼzolariga beriladigan imtiyozlar]
oʻz xizmat vazifalarini bajarish chogʻida halok boʻlgan hamda jarohatlanish (shikastlanish) natijasida nogiron boʻlib qolgan harbiy xizmatchilar, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari va Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruv boʻlinmalari xizmatchilarining farzandlari — kvotadan tashqari;
yetim, ota-ona qarovisiz qolgan, ijtimoiy nosogʻlom oilalarda yashayotgan, davlat va jamiyat koʻmagiga muhtoj boʻlgan, joriy yilda umumtaʼlim maktablarining 9-sinfini tamomlagan Voyaga yetmagan yoshlar bilan ishlash boʻyicha hududiy idoralararo komissiya tavsiyasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlarining qarorlari asosida — kvotadan tashqari, belgilangan kvotaning 5 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda.
53. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi rahbarligida oʻtkazilayotgan respublika va xalqaro sport musobaqalarining gʻoliblariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan “Temurbeklar maktabi”ga kirish uchun oʻtkazilayotgan test sinovlarida ular toʻplagan ballarning 20 foizi miqdoridagi qoʻshimcha ballar koʻrinishida imtiyoz beriladi.
5-bob. “Temurbeklar maktabi” oʻquvchilarini qabul qilish tartibi
54. Nomzodlarni “Temurbeklar maktabi” oʻquvchilari safiga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʻtkazilgan test sinovlari natijalariga koʻra amalga oshiriladi.
Mazkur Nizomning 52-bandida koʻrsatilgan imtiyozlarga ega boʻlgan nomzodlar dastlabki va harbiy-kasbiy tanlash natijalariga asosan oʻqishga qabul qilinadi.
55. Dastlabki va harbiy-kasbiy tanlashdan oʻtgan nomzodlar soni belgilangan qabul kvotalaridan kam boʻlgan taqdirda test sinovlari oʻtkazilmaydi va nomzodlar dastlabki va harbiy-kasbiy tanlash natijalariga asosan qabul qilinadi.
56. Bir nechta nomzodlarning oʻtish reyting ballari teng boʻlgan hollarda ular orasida birinchi blok fanidan test natijalari yuqori boʻlgan nomzod qabul qilinadi, shunda ham baholar teng boʻlib qolgan taqdirda, umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnomadagi matematika, fizika, ona-tili va adabiyot fanlaridan olgan yakuniy baholari yigʻindisi boshqalarnikidan yuqori boʻlgan nomzod oʻqishga qabul qilinadi.
57. Test natijalari taqdim etilgandan soʻng “Temurbeklar maktabi”ning qabul komissiyasi nomzodlar roʻyxatini tuzadi hamda bayonnomani rasmiylashtiradi. Mazkur hujjatlar qabul komissiyasi raisi va aʼzolari tomonidan imzolanib, “Temurbeklar maktabi”ning muhri bilan tasdiqlanadi.
58. Qabul komissiyasining bayonnomasi nomzodlarni “Temurbeklar maktabi”ga oʻquvchilar safiga qabul qilish toʻgʻrisida “Temurbeklar maktabi” direktorining buyrugʻini chiqarish uchun asos boʻladi.
59. “Temurbeklar maktabi”ga oʻqishga qabul qilinadigan shaxslar oʻquvchi deb ataladi, ularga belgilangan namunadagi oʻquvchi bileti va reyting daftarchasi beriladi.
60. “Temurbeklar maktabi”ning tashkiliy-shtat tuzilishiga muvofiq oʻquv kurslari boʻyicha akademik guruhlar vzvodlarga birlashadi.
Algebra, geometriya, fizika, xorijiy tillar, informatika, rus tili, ona tili va adabiyot fanlari boʻyicha mashgʻulotlarni oʻtkazish vaqtida oʻquvchilar guruhi ikkita kichik guruhlarga boʻlinishi mumkin.
61. “Temurbeklar maktabi”ni tamomlagandan keyin bitiruvchilarga belgilangan namunadagi diplom va koʻkrak nishoni beriladi.
“Temurbeklar maktabi”ni tamomlaganlik toʻgʻrisidagi koʻkrak nishonining yagona namunasi vazirlik va idoralarning qoʻshma qarori bilan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Koʻkrak nishoni kitel koʻkrak qismining oʻng tomoniga taqiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
6-bob. “Temurbeklar maktabi” oʻquvchilarni oʻqishdan chetlatish tartibi
62. Oʻquvchilarni “Temurbeklar maktabi”dan chetlatish quyidagilarga asoslanib amalga oshiriladi:
sogʻligʻi tufayli (tibbiy komissiya xulosasi asosida);
oʻquvchining arizasiga muvofiq, uning ota-onasi yoki ular oʻrnini bosuvchi shaxslarning tashabbusiga koʻra;
akademik oʻzlashtirishdan ortda qolish, bir semestr mobaynida ikki hafta davomida (72 va undan koʻp soat) uzrli sabablarsiz mashgʻulotlarda qatnashmaslik;
“Temurbeklar maktabi”ning Ustavida belgilangan ichki tartibni qoʻpol ravishda buzish;
sudning qaroriga koʻra jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topilishi;
vafot etganligi munosabati bilan.
63. Oʻquvchilarni “Temurbeklar maktabi”dan chetlatish Ilmiy-pedagogik kengashning qaroriga muvofiq direktorning buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
Oʻqishdan chetlatilgan oʻquvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yigʻmajildi Ilmiy-pedagogik kengashning qarori qabul qilingandan soʻng “Temurbeklar maktabi” direktorining buyrugʻi imzolangan kundan boshlab bir hafta muddatda uning boshqa oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida taʼlim olishni davom ettirishini tashkillashtirish uchun Xalq taʼlimi vazirligi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga taqdim etiladi.
64. Shaxsiy hujjatlar yigʻmajildi (va boshqa hujjatlar) Xalq taʼlimi vazirligi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligidan oʻquvchining aniq oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim muassasasida tahsil olishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingani haqida xabarnoma olingandan soʻng dalolatnoma asosida ota-onasining ishtirokida unga qaytarib beriladi.
65. Oʻqishdan chetlatilgan oʻquvchilarni tiklash, oʻquvchilarni bir “Temurbeklar maktabi”dan boshqa “Temurbeklar maktabi”ga oʻtkazish, shuningdek, boshqa taʼlim muassasalaridan “Temurbeklar maktabi”ga oʻtkazish taqiqlanadi.
66. Oʻquvchilarni “Temurbeklar maktabi”dan chetlatishdan norozi boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda yuqori turuvchi davlat organlariga murojaat qilish huquqiga egadirlar.
7-bob. Rahbar va pedagog kadrlar, “Temurbeklar maktabi”ni boshqarish
67. Rahbar va pedagog kadrlar hamda kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar lavozimlarini butlash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
68. “Temurbeklar maktabi”ga qonunchilikda belgilangan tartibda vazirlik va idoralar rahbarlari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi.
69. Direktor “Temurbeklar maktabi”ning faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi, oʻquvchilarga sifatli taʼlim berish va tarbiyalash, oʻquv reja va dasturlarining bajarilishi, “Temurbeklar maktabi”ning oʻquv-uslubiy va moliya-xoʻjalik faoliyati lozim darajada amalga oshirilishi uchun javob beradi. Direktor ishchi va xizmatchilarni ishga qabul qiladi va ishdan boʻshatadi, oʻz vakolati doirasida qonunchilikda belgilangan tartibda “Temurbeklar maktabi” boʻyicha buyruqlar chiqaradi.
70. “Temurbeklar maktabi” direktori tasarrufida “Temurbeklar maktabi” boʻlgan tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda taʼlim sohasida hamkorlik boʻyicha respublika va xorijiy taʼlim muassasalari bilan xalqaro memorandum va bitimlar tuzish huquqiga ega.
71. “Temurbeklar maktabi”da pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishga tegishli maʼlumotga va professional tayyorgarlikka hamda yuksak axloqiy sifatlarga ega shaxslar haqlidir.
72. “Temurbeklar maktabi”da direktor huzurida oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil qilish va takomillashtirishga koʻmaklashuvchi, kollegial organ hisoblanadigan Ilmiy-pedagogik kengash tuziladi.
Ilmiy-pedagogik kengashning vazifa va funksiyalari “Temurbeklar maktabi” Ustavi bilan belgilanadi.
8-bob. Davlat organlarining” Temurbeklar maktabi”ni boshqarish boʻyicha asosiy vazifalari
73. Quyidagilar vazirlik va idoralarning asosiy vazifalari hisoblanadi:
“Temurbeklar maktabi”ga biriktirilgan oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari bilan oʻzaro samarali hamkorlikni tashkil etish, oʻquvchilarning oliy harbiy, ixtisoslashtirilgan va oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun sifatli tayyorlashda ularning roli va masʼuliyatini oshirish, shuningdek, bevosita ishtirokini taʼminlash;
taʼlim dasturlari va oʻquv jarayoniga ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish;
“Temurbeklar maktabi”ni harbiy xizmatga chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik uchun moʻljallangan oʻquv vositalari, maxsus adabiyotlar, sport jihozlari, zamonaviy kompyuter texnikasi, oʻquv maqsadlari uchun moʻljallangan qurol-aslaha va harbiy-texnik mulklarning zamonaviy namunalari bilan taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi yoshlarini harbiy xizmatga chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik dasturiga muvofiq oʻquv va koʻrgazmali qoʻllanmalar bilan taʼminlash;
“Temurbeklar maktabi” oʻquvchilari bilan harbiy va ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim muassasalari va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining dala oʻquv maydonlari bazalarida chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik amaliy mashgʻulotlarini oʻtkazish;
“Temurbeklar maktabi” oʻquvchilarining oliy harbiy taʼlim muassasalariga, harbiy qismlar va muassasalarga tashriflarini tashkil etish;
“Temurbeklar maktabi” harbiy xizmatchilarini oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari malaka oshirish fakultetlarida hamda Qurolli Kuchlar Akademiyasi (Mudofaa vazirligi harbiy taʼlim muassasalari oʻqituvchi kadrlari malakasini oshirish markazi)da malaka oshirishini tashkil qilish;
oʻquvchilarni harbiy-vatanparvarlik, huquqiy, maʼnaviy-axloqiy va estetik tarbiyalashni taʼminlaydigan kompleks maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlarni oʻtkazish;
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda “Temurbeklar maktabi”ga munosib nomzodlarni tanlab olish uchun oʻrta umumtaʼlim maktablarining 5-6 sinf oʻquvchilarining bilimi, jismoniy qobiliyatlari va shaxsiy sifatlarini doimiy ravishda oʻrganish va ular boʻyicha yagona maʼlumotlar bazasini tuzish, hamda umumtaʼlim maktablarida “Temurbeklar maktablari”ning faoliyati, qabul shartlari va taqdim qilinayotgan imtiyozlar toʻgʻrisida oʻquvchilarni xabardor qilish boʻyicha keng targʻibot-tashviqot ishlarini muntazam ravishda olib borsin.
vazirlik va idoralar tomonidan davlat taʼlim standartlariga muvofiq ishlab chiqilgan “Temurbeklar maktabi”ning oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini oʻrganish va kelishish;
sohadagi oliy taʼlim muassasalari negizida va malaka oshirish muassasalarida “Temurbeklar maktabi” pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
oʻquv jarayonini tashkillashtirish uchun “Temurbeklar maktabi”ni barcha zarur rasmiy hujjatlar hamda oʻquv muassasasini tamomlaganlik toʻgʻrisida davlat namunasidagi diplom va sertifikatlar bilan taʼminlash;
“Temurbeklar maktabi”ni zarur oʻquv va ilmiy adabiyotlar bilan taʼminlash.
75. Quyidagi masalalarda koʻmaklashish “Temurbeklar maktabi”ga biriktirilgan oliy harbiy, ixtisoslashtirilgan va oliy taʼlim muassasalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
oʻquv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish, taʼlim dasturlari va oʻquv jarayoniga ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, tahsil olayotgan yoshlarni oliy taʼlim muassasasiga qadar kasbga yoʻnaltirish va pedagog kadrlar malakasini oshirishni samarali tashkillashtirish;
oʻquvchilarning bilim darajasi va intellektual salohiyatini yanada rivojlantirish, ularni aniq maqsadga yoʻnaltirilgan tarzda oliy taʼlim muassasalarda oʻqishni davom ettirishga tayyorlash;
milliy va xorijiy taʼlim muassasalarining ilgʻor tajribasini hisobga olgan holda taʼlim jarayonini tashkillashtirishning zamonaviy metodlarini joriy etish, shuningdek, uning mazmunini doimiy ravishda yangilash;
yuqori bilim darajasi, intellektual salohiyat va professional mahoratga hamda kamida 5 yil uzluksiz pedagogik ish stajiga ega boʻlgan oʻqituvchilarni “Temurbeklar maktabi”da ishlash uchun tanlab olish.
9-bob. “Temurbeklar maktabi”ning moliyaviy va moddiy-texnik taʼminoti
76. “Temurbeklar maktabi” faoliyatini moliyalashtirish qonun hujjatlariga muvofiq quyidagilar hisobidan amalga oshiriladi:
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish]
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti;
vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlar;
harbiy-maʼmuriy sektorlarning mablagʻlari;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.06.00 Moliyalashtirishning boshqa manbalari]
yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy xayriyalari hamda maqsadli badallari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalari.
77. Moliyalashtirish mablagʻlari “Temurbeklar maktabi” ixtiyorida boʻlib, ulardan qonunchilik va “Temurbeklar maktabi” Ustaviga muvofiq mustaqil ravishda foydalaniladi.
Har bir “Temurbeklar maktabi”da tasarrufida ushbu maktablar boʻlgan vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari, tegishli harbiy-maʼmuriy sektorlarning mablagʻlari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa moliyalashtirish manbalari hisobidan shakllantiriladigan “Temurbeklar maktabi”ning ishchi va xodimlari mehnatiga haq toʻlash fondining 15 foizi miqdoridagi direktor fondi tashkil etiladi.
Ushbu fondning mablagʻlaridan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiyasi tomonidan mustaqil belgilanadi.
“Temurbeklar maktabi” direktori fondining joriy yilda oʻzlashtirilmagan moliyaviy mablagʻlarini keyinchalik maqsadli foydalanish uchun kelasi yilga oʻtkazishga ruxsat etiladi.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar]
78. “Temurbeklar maktabi” belgilangan tartibda oʻz ishining natijalarini operativ va buxgalteriya hisob-kitoblarini amalga oshiradi, statistik va buxgalterlik hisobini yuritadi.
“Temurbeklar maktabi”da xoʻjalik va moliya intizomiga rioya qilinishi ustidan nazorat vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
79. “Temurbeklar maktabi”ni tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan amalga oshiriladi.
80. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor deb topilgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-iyundagi PQ-4375-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-iyundagi PQ-4375-son qaroriga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari tarkibiga berilayotgan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-iyundagi PQ-4375-son qaroriga 7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 1-avgustdan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 22-maydagi “Harbiy akademik litseylar faoliyatini tashkil etishga doir chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-641-son qarori.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini isloh qilish va yanada rivojlantirish vazifalarini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-2738-son qarorining 8-bandi va 2-ilovasi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-sentabrdagi “Oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-3290-son qarorining 3-ilovasi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini isloh qilish va yanada rivojlantirish vazifalarini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida” 2017-yil 24-yanvardagi PQ-2738-sonli qaroriga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi PQ-3776-son qarori.
5. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-fevraldagi “Harbiy-akademik litseylar faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 21-son qarori.
6. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibini takomillashtirish haqida”gi 367-son qarorining 2-ilovasi.
7. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-apreldagi “Oliy harbiy taʼlim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 227-son qarori.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.06.2019-y., 07/19/4375/3424-son; 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 07/21/5235/0840-son; 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son; 03.08.2022-y., 07/22/344/0704-son; 21.01.2023-y., 07/23/10/0043-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 31.10.2023-y., 07/23/349/0810-son)