1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.81.00 (Кучини йукотган) Pedagog kadrlar. Pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻquvchilarni psixologik-pedagogik qoʻllab-quvvatlash ishlarini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni maʼnaviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga taʼlim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 14-avgustdagi PQ-3907-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus davlat taʼlim muassasalarida oʻquvchilarni psixologik-pedagogik qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari (keyingi oʻrinlarda taʼlim muassasalari deb ataladi) oʻquvchilarini psixologik-pedagogik qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish maqsadida taʼlim muassasalarida psixologik xizmat faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Quyidagilar psixologik xizmatning asosiy vazifalari etib belgilansin:
taʼlim muassasalarida psixologik xizmat faoliyatini samarali va sifatli tashkil etish, shu jumladan, ish faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash orqali oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish ishlari samaradorligini oshirish;
oʻquvchilarning qobiliyati, layoqati, qiziqishlari hamda kasb-hunarga moyilliklari asosida toʻgʻri kasb-hunar tanlashlariga koʻmaklashish;
turli yosh davrlarida oʻquvchilarning shaxsiy, aqliy va ijtimoiy rivojlanishini psixologik jihatdan kuzatib borish, taʼlim-tarbiyadagi psixologik nuqsonlarni aniqlash, ularning aqliy taraqqiyotida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan har qanday salbiy ogʻishlarning oldini olish;
oʻquvchilar taʼlim muassasasining ijtimoiy muhitiga moslasha olmasligi holatlarini korreksiyalash, ularni ijtimoiy reabilitatsiya qilish boʻyicha tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish;
pedagogik jamoalarda sogʻlom psixologik muhitni yaratish va qoʻllab-quvvatlash, jamoa aʼzolarining hissiy-emotsional holatlari, shaxslararo munosabatlar va ziddiyatli xatti-harakatlarni korreksiyalash, ularning psixologik madaniyatini yuksaltirish;
isteʼdodli va iqtidorli oʻquvchilarni aniqlash, ularning individual-psixologik, fiziologik xususiyatlari va qiziqishlarini oʻrganish, qobiliyatlarini namoyon etishlari va rivojlantirishlari uchun shart-sharoitlar yaratish;
axborot-psixologik xurujlarning xavfi, Internet jahon axborot tarmogʻining salbiy taʼsiri, yoshlar tarbiyasiga xavf solayotgan “ommaviy madaniyat”ning kirib kelishi holatlarining oldini olishga qaratilgan tadbirlarni oʻtkazish;
pedagog xodimlar, oʻquvchilar hamda ota-onalarning psixologik-pedagogik bilimlarini oshirishga koʻmaklashish, pedagog xodimlar, ota-onalar va jamoat tashkilotlarining samarali hamkorligini taʼminlash.
3. Quyidagilar:
Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus davlat taʼlim muassasalarida psixologik xizmat faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus davlat taʼlim muassasasidagi psixologik xizmatning psixolog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi ikki oy muddatda:
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda taʼlim muassasalari psixolog kadrlarining lavozim majburiyatlari hamda ularga qoʻyiladigan malaka talablarini qayta koʻrib chiqsin;
taʼlim muassasalaridagi psixologik xizmat xonalarini jihozlash meʼyorlarini ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qaror ijrosini taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlar uchun zarur mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida “Taʼlim” sohasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida ajratilishini taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov, Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri Sh.X. Shermatov hamda Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 12-iyul,
577-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 577-son qaroriga 1-ILOVA
Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus davlat taʼlim muassasalarida psixologik xizmat faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
nizom
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom umumiy oʻrta va oʻrta maxsus davlat taʼlim muassasalarida (keyingi oʻrinlarda taʼlim muassasalari deb ataladi) psixologik xizmat faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Psixologik xizmatning faoliyati:
xalq taʼlimi tizimidagi taʼlim muassasalarida — Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi (keyingi oʻrinlarda Respublika tashxis markazi deb ataladi), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda hududiy xalq taʼlimi boshqarmalari deb ataladi) hamda tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda xalq taʼlimi boʻlimlari deb ataladi) tomonidan;
akademik litseylarda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda idoraviy mansubligiga koʻra tegishli oliy taʼlim muassasasi (keyingi oʻrinlarda oliy taʼlim muassasasi deb ataladi) tomonidan;
kasb-hunar taʼlimi muassasalarida — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari tomonidan muvofiqlashtiriladi.
3. Psixologik xizmat oʻz faoliyatini taʼlim muassasalarida pedagog va tibbiyot xodimlari, oʻquvchilarning ota-onalari va ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (keyingi oʻrinlarda ota-onalar deb ataladi), fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etadi.
2-bob. Psixologik xizmatning maqsad va vazifalari
4. Psixologik xizmatning maqsadi oʻquvchilarning maʼnaviy va aqliy rivojlanishi, barkamol shaxs sifatida shakllanishi, faol ijtimoiy moslashuvi va ularning yosh davrlari boʻyicha rivojlanishida salomatligini muhofaza qilish, uzluksiz taʼlim jarayonida oʻzligini anglashi, individual psixologik xususiyatlari, shaxsiy imkoniyatlari va qobiliyatlarini namoyon etishlari uchun psixologik-pedagogik shart-sharoitlar yaratishdan iborat.
5. Quyidagilar psixologik xizmatning asosiy vazifalari hisoblanadi:
taʼlim muassasalarida psixologik xizmat faoliyatini tashkil etish ishlarini sifatli tashkil etish, shu jumladan, ish faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash orqali oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish ishlari samaradorligini oshirish;
oʻquvchilarning qobiliyati, layoqati, qiziqishlari hamda kasb-hunarga moyilliklari asosida kasb-hunarni toʻgʻri tanlashlariga koʻmaklashish;
turli yosh davrlarida oʻquvchilarning shaxsiy, aqliy va ijtimoiy rivojlanishini psixologik jihatdan kuzatib borish, taʼlim-tarbiyadagi psixologik nuqsonlarni aniqlash, ularning aqliy rivojlanishida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan har qanday salbiy ogʻishlarning oldini olish;
oʻquvchilar taʼlim muassasasining ijtimoiy muhitiga moslasha olmasligi holatlarini korreksiyalash, ularni ijtimoiy reabilitatsiya qilish boʻyicha tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish;
pedagogik jamoalarda sogʻlom psixologik muhitni yaratish va qoʻllab-quvvatlash, jamoa aʼzolarining hissiy-emotsional holatlari, shaxslararo munosabatlar va ziddiyatli xatti-harakatlarni korreksiyalash, ularning psixologik madaniyatini yuksaltirish;
isteʼdodli va iqtidorli oʻquvchilarni aniqlash, ularning individual-psixologik, fiziologik xususiyatlari va qiziqishlarini oʻrganish, qobiliyatlarini namoyon etishlari va rivojlantirishlari uchun shart-sharoitlar yaratish;
axborot-psixologik xurujlarning xavfi, Internet jahon axborot tarmogʻining salbiy taʼsiri, yoshlar tarbiyasiga xavf solayotgan “ommaviy madaniyat”ning kirib kelishi holatlarining oldini olishga qaratilgan tadbirlarni oʻtkazish;
pedagog xodimlar, oʻquvchilar hamda ota-onalarning psixologik-pedagogik bilimlarini oshirishga koʻmaklashish, pedagog xodimlar, ota-onalar va jamoat tashkilotlarining samarali hamkorligini taʼminlash.
3-bob. Psixologik xizmat faoliyatining asosiy yoʻnalishlari
6. Quyidagilar psixologik xizmat faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
psixologik maʼrifat va tashviqot;
psixologik-pedagogik tashxis;
psixologik profilaktika;
psixologik korreksiya;
psixologik maslahat;
kasb-hunarga yoʻnaltirish.
7. Psixologik xizmat faoliyatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilarni nazarda tutadi:
a) psixologik maʼrifat va tashviqot yoʻnalishida:
pedagogik jamoa, sinf rahbarlari va ota-onalarning psixologik savodxonligi va kompetentligini oshirishda dastlabki psixologik-pedagogik bilim va tushunchalar, har bir oʻquvchiga individual yondashuv orqali oilaviy munosabatlar, shaxsiy gigiyena va sogʻlom turmush boʻyicha tavsiyalar berish;
oʻquvchilar, pedagog xodimlar, ota-onalar bilan yakka va jamoaviy shakldagi suhbatlar, maslahatlar, seminar-treninglar tashkil etish, turli xil yigʻilishlarda maʼruzalar bilan chiqishlar, shuningdek, ommaviy axborot vositalari orqali psixologik bilimlarni berib borish;
b) psixologik-pedagogik tashxis yoʻnalishida:
oʻquvchilarning taʼlim-tarbiya jarayonidagi ishtiroki, ularning har bir holat, voqea va hodisaga munosabatini psixologik-pedagogik tashxisga oid yangi metodikalar asosida oʻrganish, tahlil etish va zarur koʻrsatmalar berish;
oʻquvchilarning qiziqishlari, moyilliklari, isteʼdodi va iqtidoridagi asosiy yoʻnalishlarni aniqlash;
taʼlim muassasasiga qabul qilingan oʻquvchilarning psixologik moslashuvi va rivojlanish dinamikasini, oʻquvchilarning oʻqishga tayyorgarlik holatlari, oʻzlashtirishi va rivojlanishiga toʻsqinlik qilayotgan omillarni aniqlash, oʻrganish, tahlil qilish va tavsiyalar ishlab chiqish;
taʼlim muassasasining keyingi bosqichlariga oʻtgan oʻquvchilarning yangi ijtimoiy muhitga moslashuvi, oʻquv faoliyati, bilim, koʻnikma va malakalarni egallash dinamikasi, shaxs sifatlari, shaxslararo munosabatlar shakllanishini kuzatib borish, tahlil etish, korreksion mashgʻulotlarni tashkil etish;
psixologik-pedagogik tashxislar, soʻrovnomalar, suhbatlar orqali oʻquvchilarning kasbiy qobiliyatlari, qiziqishlari va fanni oʻzlashtirishga boʻlgan moyilliklarini aniqlash, ularning ongli ravishda kasb-hunar tanlashlariga koʻmaklashish, taʼlimning keyingi bosqichlarida oʻqishni davom ettirish uchun oʻquvchilar va ota-onalarga tavsiyalar berish va yoʻnaltirish;
ijtimoiy-psixologik muammolari mavjud hamda fanlarni oʻzlashtirishi past boʻlgan oʻquvchilar bilan psixologik-pedagogik tashxislar, soʻrovnomalar, suhbatlar oʻtkazish orqali muammo turini aniqlash, guruhlash va ular bilan korreksion ishlarni olib borish;
v) psixologik profilaktika yoʻnalishida:
oʻquvchilardagi barcha salbiy holatlar va moyilliklarning oldini olish boʻyicha pedagog xodimlar va ota-onalar uchun tavsiyalar ishlab chiqish;
oʻquvchilarning tengdoshlari va kattalar bilan oʻzaro munosabatlarida psixologik shikast yetkazuvchi omillarni bartaraf etishda yordam koʻrsatish;
oʻquvchilar oʻrtasidagi huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha olib boriladigan profilaktika ishlarida ishtirok etish;
oʻquvchilar xulq-atvoridagi salbiy holatlarning oldini olish, ruhiy zarba, nizo, salbiy emotsional kechinmalar holatlari yuzaga kelishining oldini olish;
salomatligi jihatidan imkoniyati cheklangan oʻquvchilarni psixologik qoʻllab-quvvatlash;
mahalliy davlat hokimiyati organlari, sogʻliqni saqlash, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, ota-onalar bilan uchrashuvlar, suhbatlar, seminar-treninglar, munozaralar va ochiq muloqotlar tashkil etish, taqdimotlar va videofilmlar namoyishlarini oʻtkazish;
g) psixologik korreksiya yoʻnalishida:
taʼlim olish va kasb-hunar tanlashda qiynalayotgan oʻquvchilar, shaxsning motivatsion doirasi bilan bogʻliq muammolarni hal etish borasida individual va jamoaviy korreksiya ishlarini olib borish;
yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning psixologik reabilitatsiyasini taʼminlash;
mutaxassis sifatida oʻquvchining psixologik holatiga oid maʼlumotlarga munosabat bildirish, tarbiyasida salbiy holatlar mavjud boʻlgan oʻquvchilar bilan korreksion ishlarni amalga oshirish;
taʼlim olish jarayonida oʻquvchilarning bilish faolligi hamda qiziqishlarini rivojlantirish, ularning intellektual passivligini korreksiyalash;
individual yoki jamoaviy tartibda ota-onalar va pedagog xodimlarni jalb etgan holda oʻyin, muloqot, suhbat, trening, mashq va mashgʻulotlar shaklida tadbirlar tashkil etish;
d) psixologik maslahat yoʻnalishida:
oʻquvchilarning individual rivojlanishidagi muammolarni hal etish boʻyicha barcha taʼlim jarayoni qatnashchilariga maslahatlar berish;
oʻquvchilarga taʼlim olish, kelajagini aniqlash, tengdoshlari va yoshi kattalar bilan munosabatlaridagi muammoli holatlar yuzasidan maslahatlar berish;
oʻquvchilarning psixik rivojlanish xususiyatlari, shaxs sifatida shakllanishi, shaxslararo munosabat maqomi, ularning yosh, jins, individual-tipologik xususiyatlari muammosi boʻyicha amaliy maslahatlar tashkil etish;
e) kasb-hunarga yoʻnaltirish yoʻnalishida:
oʻquvchilarga turli kasblar, ixtisosliklar, mansab lavozimlari, tanlangan kasbni, ixtisoslikni egallash mumkin boʻlgan taʼlim muassasalari hamda kasbning insonga, uning jismoniy, psixologik va shaxsiy sifatlariga, salomatligiga qoʻyadigan talablari haqida maʼlumotlar berish;
oʻquvchilarning bilish (oʻquv predmetlariga, fanga) va kasbiy (kasblarga, mutaxassisliklarga) qiziqishlarini, kasb tanlash motivlari va kasbiy rejalarini aniqlash hamda baholash;
oʻquvchilarga ularning individual xususiyatlari va mehnat bozori talablarini, taʼlim olish hamda kelgusida ishga joylashish imkoniyatlarini hisobga olgan holda kasb va taʼlim muassasasini tanlashga koʻmaklashish;
oʻquvchilarda mehnat koʻnikmalarini, kasblarga qiziqish, mehnatsevarlik, ishchanlik va masʼuliyatni shakllantirish hamda rivojlantirish.
4-bob. Psixologik xizmat faoliyatini tashkil etish
8. Taʼlim muassasasida psixologik xizmat muassasa rahbarining buyrugʻiga muvofiq oʻquvchilar sonidan kelib chiqib 1 — 3 ta shtat birligidan iborat tarkibda tashkil etiladi.
Psixologik xizmatning psixolog kadrlari (keyingi oʻrinlarda psixolog kadrlar deb ataladi) soni bir nafardan ortiq boʻlganda ulardan biriga psixologik xizmat rahbarligi yuklanadi.
9. Psixolog kadrlar lavozimiga qoʻyiladigan malaka talablari tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda belgilanadi.
10. Taʼlim muassasalarida psixologik xizmat faoliyatining nazorati bevosita taʼlim muassasasi rahbari tomonidan amalga oshiriladi. Psixolog kadrlar oʻz faoliyati doirasida bevosita taʼlim muassasasi rahbariga boʻysunadi.
Psixolog kadrlar taʼlim muassasasining pedagog xodimlari bilan birgalikda oʻquvchilarning psixologik holati, muassasaning psixologik muhiti, korreksion-rivojlantiruvchi va profilaktik tadbirlarning amalga oshirilishi, kasb-hunarga yoʻnaltirish va tashxis qoʻyish faoliyati uchun masʼul hisoblanadi.
11. Psixolog kadrlar oʻz faoliyatini taʼlim muassasasining ichki tartib-qoidalariga hamda oʻquv dasturi va oʻquv rejasida belgilangan dars mashgʻulotlari oʻtkazilishini inobatga olgan holda amalga oshiradi.
12. Taʼlim muassasalarida psixolog kadrlar uchun haftasiga 36 soatli ish tartibi joriy etiladi.
13. Taʼlim muassasasi rahbariyati tomonidan psixolog kadrlarning faoliyat olib borishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratib beriladi.
14. Psixolog kadrlar malakasini oshirish muvofiqligi boʻyicha tegishli muassasalarda har uch yilda kamida bir marta amalga oshiriladi.
15. Psixolog kadrlarning vazifalari va funksiyalari taʼlim muassasasi ustavida belgilanadi.
16. Taʼlim muassasalarida psixologik xizmatning faoliyati tegishliligi boʻyicha Respublika tashxis markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy ish reja asosida tashkil etiladi.
17. Psixolog kadrlarning ish rejasi taʼlim muassasasining pedagogik kengashi qarori asosida namunaviy ish rejaga muvofiq tasdiqlanadi.
18. Psixologik xizmatning tashkiliy, ilmiy-metodik va dasturiy taʼminoti tegishli ravishda Respublika tashxis markazi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda amalga oshiriladi.
5-bob. Psixolog kadrlarning huquq va majburiyatlari
19. Psixolog kadrlar quyidagi huquqlarga ega:
taʼlim muassasasini boshqarishda qatnashish;
taʼlim muassasasi pedagog xodimlari uchun belgilangan barcha kafolatlar va imtiyozlardan foydalanish, jamoat birlashmalariga saylash va saylanish;
oʻquvchilar, ularning ota-onalari, shuningdek, taʼlim muassasasi pedagoglari bilan olib boriladigan ishlarning muayyan yoʻnalishlarini mustaqil shakllantirish;
taʼlim muassasasi rahbariyatidan oʻzining faoliyat olib borishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berilishini talab qilish;
taʼlim muassasasi rahbariyati bilan kelishgan holda sinfdagi va sinfdan tashqaridagi mashgʻulotlarda hamda boshqa tadbirlarda oʻquvchilarning xulq-atvori hamda individual xususiyatlarini, ularning oʻqishga va pedagog xodimlarga boʻlgan munosabatlarini oʻrganish maqsadida ishtirok etish;
dars mashgʻulotlari, maʼnaviy-tarbiyaviy tadbirlar va sport musobaqalarini kuzatish, tahlil qilish, oʻquvchilarning shaxsiy hujjatlari bilan tanishish, zarur taklif va maslahatlar berish;
taʼlim muassasasining pedagogik va metodik kengashlarida ishtirok etish, oʻz yoʻnalishi boʻyicha takliflar berish;
ilgʻor xorijiy tajribani inobatga olib psixologik-pedagogik tashxisga oid yangi metodik dasturlarni ishlab chiqish, tajriba-sinovdan oʻtkazishda qatnashish, ularni amaliyotga joriy etishda ishtirok etish;
taʼlim muassasasi rahbariyatining qonun hujjatlariga zid ravishda berilgan topshiriq va koʻrsatmalarini bajarmaslik;
oʻquvchilarning hayoti va faoliyatiga doir turli ishchi guruhlar va komissiyalar ishida oʻz ixtiyoriga koʻra qatnashish, fikrlar bildirish, ularda qabul qilingan qarorlar ustidan yuqori turuvchi tashkilotlarga murojaat qilish;
davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarga, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga oʻquvchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan iltimosnomalar berish.
Psixolog kadrlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
taʼlim muassasasining ichki tartib-qoidalariga rioya qilish va oʻquvchilarni psixologik taʼsirlardan himoya qilishga;
oʻzining kasbiy koʻnikmalari va mahoratini doimiy ravishda takomillashtirish hamda belgilangan muddatlarda oʻz malakasini oshirib borishga;
psixologik-pedagogik tashxis natijalarini toʻgʻri rasmiylashtirish, tashxis natijalari boʻyicha asoslangan tavsiyalar berishga;
faoliyatini ish rejasi asosida tashkil etishga, amalga oshirishga, ish rejasining ijrosi boʻyicha hisobotlar tayyorlashga;
psixologik maʼrifat, tashxis, psixologik profilaktika, korreksion-rivojlantiruvchi, maslahat tadbirlarini sifatli tashkil etish va muddatlariga rioya qilishga;
taʼlim jarayoni ishtirokchilarining shaxsiy maʼlumotlari hamda tashxis natijalariga oid maʼlumotlarini oshkor etmaslikka majbur.
Psixolog kadrlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 577-son qaroriga 2-ILOVA
Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus davlat taʼlim muassasasidagi psixologik xizmatning psixolog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom umumiy oʻrta va oʻrta maxsus davlat taʼlim muassasasidagi psixologik xizmatning psixolog kadrlarini (keyingi oʻrinlarda psixolog kadrlar deb ataladi) attestatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
2. Psixolog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazishda ularning Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda tasarrufida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan psixolog kadrlarga qoʻyiladigan malaka talablariga (keyingi oʻrinlarda malaka talablari deb ataladi) muvofiqligi oʻrganiladi.
3. Quyidagilar psixolog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
mutaxassisligi boʻyicha malakasi va psixologik yoʻnalishlar boʻyicha oʻtkazilgan psixologik tashxis metodikalarining natijaviyligiga ega boʻlgan, trening oʻtish mahorati, mehnati samaradorligi hamda ijtimoiy-siyosiy bilimlarini oshirgan psixolog kadrlarni ragʻbatlantirish;
malaka talablariga muvofiq ularning kasbiy mahorati darajasini aniqlash va malaka toifalarini berish (oʻzgartirish);
kasbiy mahorati darajasining malaka talablariga muvofiqligini aniqlash;
kompyuter savodxonligi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanish boʻyicha amaliy koʻnikmalarga ega boʻlishning majburiyligini taʼminlash.
4. Majburiylik, davriylik, oshkoralik hamda xolislik attestatsiyaning asosiy prinsiplari hisoblanadi.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda Hududiy xalq taʼlimi boshqaruvi organlari deb ataladi), tegishli oliy taʼlim muassasalari hamda Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari psixolog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish jarayonini tashkil etishga masʼul hisoblanadi.
6. Attestatsiya umumiy oʻrta taʼlim muassasalari psixolog kadrlari uchun har besh yilda, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari (akademik litseylar va kasb-hunar taʼlimi muassasalari) psixolog kadrlari uchun har uch yilda bir marta oʻtkaziladi.
7. Malaka oshirish kursini tugatganlik toʻgʻrisidagi sertifikatga ega boʻlgan oliy maʼlumotli psixolog kadrlar belgilangan muddatda attestatsiyadan oʻtkazilishi shart.
8. Attestatsiya oʻtkazish muddatlari attestatsiyadan oʻtuvchilarga uning boshlanishidan kamida bir oy oldin Hududiy xalq taʼlimi boshqaruvi organlari, tegishli oliy taʼlim muassasalari hamda Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari orqali xabar qilinadi.
9. Ishga yangi qabul qilingan psixolog kadrlar ishga qabul qilinganidan boshlab bir yildan soʻng, oliy taʼlim muassasalarini bitirib birinchi bor ishga kirganlar kasbiy faoliyatiga uch yil toʻlgandan soʻng attestatsiyadan oʻtkaziladi.
10. Taʼlim muassasalari psixolog kadrlarining tashabbusi bilan ular oʻz arizasi va taʼlim muassasasi rahbarining tavsiyasiga asosan navbatdan tashqari birinchi yoki oliy malaka toifasini olish uchun attestatsiyadan oʻtkazilishi mumkin.
Psixolog kadrlarni navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkazish oxirgi attestatsiya oʻtkazilganidan boshlab kamida ikki yildan keyin amalga oshiriladi.
11. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirilgan holda attestatsiya oʻtkazish davri mobaynida davolanayotgan, homiladorlik, tugʻish hamda bola parvarishlash taʼtilidagi psixolog kadrlar ish faoliyatiga qaytganiga bir yil toʻlgandan soʻng attestatsiyaga jalb etiladi.
12. Psixolog kadrlarning malaka toifalari bir taʼlim muassasalaridan boshqasiga ishga oʻtganda saqlanadi.
13. Psixolog kadrlar oliy maʼlumoti, qayta tayyorlash kurslaridan oʻtganligi haqidagi diplomda (keyingi oʻrinlarda diplom deb ataladi) koʻrsatilgan taʼlim yoʻnalishlari, mutaxassislik yoki ixtisosliklarga mos keladigan mutaxassisligi boʻyicha attestatsiyadan oʻtadi.
14. Taʼlim muassasalari psixolog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish, muvofiqlashtirish va attestatsiya komissiyalari ish natijalarini tahlil qilish va baholash:
xalq taʼlimi tizimidagi muassasalar uchun — Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi (keyingi oʻrinlarda Respublika tashxis markazi deb ataladi);
akademik litseylar hamda kasb-hunar taʼlimi muassasalari uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
2-bob. Psixolog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi
15. Attestatsiya har yili mart-iyun oylarida oʻtkaziladi.
16. Psixolog kadrlarning attestatsiyasini tashkil etish va oʻtkazish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
17. Psixolog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish quyidagi tartibda tashkil qilinadi:
oxirgi ikki yil davomidagi ilmiy va metodik, amaliy psixologik xizmat faoliyatining natijaviyligi, tadbirlarda faol ishtirok etishni oʻrganish;
psixologiya sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi va kasbiy bilim koʻnikmalari yuzasidan malaka sinovlarini oʻtkazish;
xorijiy tillar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ijtimoiy-siyosiy bilimlarni egallaganligi boʻyicha suhbat.
Suhbat jarayonida berilgan savol va javoblar maxsus (sahifalangan, tikilgan, muhrlangan) jurnalga qayd etiladi.
18. Attestatsiyadan oʻtuvchi psixolog kadrlar oʻtkazilishi belgilangan attestatsiyadan bir oy oldin taʼlimning tegishli boshqaruv organiga va taʼlim muassasasi rahbariga quyidagi hujjatlarni topshirishi kerak:
maʼlumotnoma-tarjimai hol;
mehnat daftarchasi, maʼlumoti, malaka toifasi, ilmiy darajasi va ilmiy unvoni toʻgʻrisidagi (agar boʻlsa), malaka oshirganligi va qayta tayyorlash kurslaridan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari;
nashr etilgan ilmiy ishlari, maqolalari, psixologik yoʻnalishlar boʻyicha oʻtkazilgan psixologik tashxis metodikalarining natijaviyligi, maslahat tadbirlarida faol ishtirok etganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar va hisobot (taʼlim muassasasi muhri bosilgan);
psixologik xizmatni rivojlantirish boʻyicha istiqboldagi rejalari toʻgʻrisidagi qisqacha maʼlumot.
Notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar uchun attestatsiyadan oʻtuvchi javobgar hisoblanadi.
3-bob. Attestatsiyani tashkil etish va attestatsiya komissiyalarini tuzish tartibi
19. Psixolog kadrlar asosiy ish joyi boʻyicha attestatsiyaga jalb etiladi. Taʼlim muassasalarida oʻrindoshlik asosida ishlayotgan va asosiy ish joyi boʻyicha psixologik faoliyat bilan shugʻullanmaydigan psixolog kadrlar (Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tizimidagi boshqaruv idoralaridagi psixolog kadrlar bundan mustasno) oʻrindoshlik asosida faoliyat yuritayotgan taʼlim muassasasida attestatsiyadan oʻtadi.
20. Taʼlim muassasalari rahbarlari attestatsiyadan oʻtuvchilarning har biri uchun alohida hujjatlar yigʻmajildini tayyorlaydi.
Hujjatlar yigʻmajildida attestatsiyadan oʻtuvchining pasporti, diplomi, attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi va amalda foydalanayotgan sertifikati (agar mavjud boʻlsa), malaka oshirganligi haqidagi sertifikati nusxalari, soʻnggi bir yil davomidagi psixologik yoʻnalishlar boʻyicha oʻtkazilgan psixologik tashxis metodikalarining natijaviyligi, trening mashgʻulotlari, oʻqituvchilar darslarining psixologik tahlillari, oʻz faoliyati yuzasidan amalga oshirgan ishlari, erishgan yutuqlari (agar mavjud boʻlsa) haqidagi maʼlumotlar toʻplanadi.
21. Attestatsiya Respublika tashxis markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar taʼlimi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti attestatsiya komissiyalari (keyingi oʻrinlarda attestatsiya komissiyalari deb ataladi) tomonidan psixolog kadrlarning malaka talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalarining oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifasiga talabgor psixolog kadrlar attestatsiyasini oʻtkazish uchun Respublika tashxis markazida attestatsiya komissiyasi tuziladi va komissiya tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
23. Oliy taʼlim muassasalari qoshidagi akademik litseylarning psixolog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi attestatsiya komissiyasi tuziladi hamda komissiya tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
24. Kasb-hunar taʼlimi muassasalaridagi psixolog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish uchun Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar taʼlimi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti attestatsiya komissiyasi tuziladi va komissiya tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
25. Quyidagilar attestatsiya komissiyalarining vazifalari hisoblanadi:
oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifasiga talabgor psixolog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish;
oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifali psixolog kadrlarga sertifikatlar olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasiga buyurtma berish hamda attestatsiya oʻtkazilgandan soʻng bir oy muddatda psixolog kadrlarni ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakldagi sertifikatlar bilan taʼminlash;
attestatsiya komissiyasining oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifasiga talabgor psixolog kadrlarning attestatsiyasi yakunlari boʻyicha hisobotlarini tayyorlash va rahbariyatga taqdim etish.
26. Attestatsiyadan oʻtuvchi psixolog kadrlar attestatsiya komissiyalari tarkibiga kiritilmaydi.
27. Komissiyalar raislari va aʼzolari attestatsiya jarayonining ushbu Nizom talablari va tasdiqlangan jadvalga muvofiq oʻtkazilishi uchun masʼul hisoblanadilar.
28. Attestatsiyani oʻtkazish attestatsiya komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Attestatsiya komissiyasi qoshida 5 kishidan iborat ekspert guruhi tuziladi. Ekspert guruhining asosiy vazifalari taqdim etilgan maʼlumotlar asosida attestatsiyadan oʻtuvchi psixolog kadrlarning kasbiy faoliyatini baholashdan iborat.
Ekspert guruhi aʼzolari attestatsiyadan oʻtuvchilarga qoʻyilgan baholar uchun javobgardirlar.
Ekspert guruhining tarkibi:
Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalari psixolog kadrlari uchun — hududiy xalq taʼlimi boshqarmalari;
akademik litseylar psixolog kadrlari uchun — tegishli oliy taʼlim muassasasi;
kasb-hunar taʼlimi muassasalari psixolog kadrlari uchun — Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalarining rahbarlari buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
4-bob. Attestatsiyadan oʻtkazish, sertifikatlar berish hamda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga qoʻyilgan talablarni belgilash tartibi
29. Attestatsiya quyidagi ikki bosqichda oʻtkaziladi:
1-bosqich — attestatsiyadan oʻtuvchining trening mashgʻulotini oʻtish mahorati, mehnati samaradorligi va mutaxassisligi boʻyicha malaka sinovi natijalari ekspert guruhi tomonidan oʻrganiladi hamda tegishli tavsiyalar tayyorlanadi;
2-bosqich — attestatsiya komissiyalari tomonidan psixolog kadrlarning xorijiy tillar, kompyuter savodxonligi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bilishi hamda ijtimoiy-siyosiy bilimlarini aniqlash yuzasidan suhbat oʻtkaziladi. Suhbat jarayoni videotasvirga olinadi hamda berilgan savollar va javoblar maxsus (sahifalangan, tikilgan va muhrlangan) daftarda qayd etiladi.
30. Attestatsiya quyidagi baholash mezonlari boʻyicha oʻtkaziladi:
trening-mashgʻulot ishlari — oʻqituvchi darslarining psixologik tahlillari, ochiq trening mashgʻulotlari oʻtganligi, taʼlim oluvchilarning xulqidagi oʻzgarish koʻrsatkichlari, trening oʻtish vositalari hamda shakllarini maqbul ravishda tanlashi, tavsiya etilgan ilgʻor psixologik metodika va texnologiyalarni qoʻllashi;
mehnati samaradorligi — attestatsiyadan oʻtuvchining taʼlim muassasasida psixologik yoʻnalishlar boʻyicha oʻtkazilgan psixologik tashxis metodikalarining natijaviyligi, oʻquvchilarning tuman (shahar), viloyat, respublika va xalqaro koʻrik-tanlovlar, turli musobaqalarda ishtirok etishida ularni psixologik tayyorlashda qoʻshgan hissasi hamda erishgan yutuqlari;
mutaxassisligi boʻyicha malaka sinovlari — diplomida koʻrsatilgan taʼlim yoʻnalishi, mutaxassisligi yoki ixtisosligi boʻyicha oʻtkaziladigan test sinovi natijalari;
xorijiy tillar, kompyuter savodxonligi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bilishi hamda ijtimoiy-siyosiy bilimlarini aniqlash yuzasidan oʻtkazilgan suhbat yakunlari.
Psixolog kadrlarning attestatsiya natijalarini baholash mezonlari Nizomga 2-ilovaga muvofiq boʻyicha amalga oshiriladi.
31. Oliy va birinchi malaka toifalariga talabgor psixolog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazganlik uchun eng kam oylik ish haqi (2019-yil 1-sentabrdan boshlab bazaviy hisoblash miqdori)ning bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Attestatsiyadan oʻtkazganlik uchun undiriladigan yigʻim tegishliligi boʻyicha Respublika tashxis markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar taʼlimi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining maxsus hisobraqamiga oʻtkaziladi.
Ariza beruvchi berilgan arizadan voz kechgan taqdirda hamda psixolog kadrga nisbatan “Attestatsiyadan oʻtmadi, tegishli malaka toifasiga muvofiq emas” qarori qabul qilinganda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Psixolog kadrlar attestatsiyaning biror bosqichida uzrli sababga (mehnatga layoqatsizlik varaqasi, taʼlimni boshqarish boʻyicha maxsus vakolat berilgan davlat organi yoki taʼlim muassasalari rahbarlari maʼlumotnomasi) koʻra qatnashmagan boʻlsa, ularning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchirilgan taqdirda yigʻim summasi takroran undirilmaydi.
32. Oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifali hamda mazkur malaka toifalariga talabgor psixolog kadrlar uchun test materiallari mazmunini shakllantirish, nashr etish va mazkur jarayonni oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
33. Attestatsiya komissiyasi psixolog kadrlarning trening mashgʻulotini oʻtish mahorati, mehnati samaradorligi hamda mutaxassisligi boʻyicha malaka sinovi natijalarini tahlil qiladi, xorijiy tillar, kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bilishi hamda ijtimoiy-siyosiy bilimlarini aniqlash yuzasidan suhbat oʻtkazadi va tegishli qaror qabul qiladi.
34. Attestatsiya komissiyasi aʼzolarining uchdan ikki qismi ishtirok etgan yigʻilish vakolatli hisoblanadi.
35. Attestatsiya komissiyasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
a) oliy malaka toifali psixolog kadr baholash mezonlarining har biridan:
75 foiz va undan yuqori koʻrsatkichga ega boʻlsa — “Attestatsiyadan oʻtdi, oliy malaka toifasi saqlansin”;
74 foiz va undan past koʻrsatkichga ega boʻlsa — “Attestatsiyadan oʻtmadi, birinchi malaka toifasiga tushirilsin”;
b) birinchi malaka toifali psixolog kadr baholash mezonlarining har biridan:
75 foiz va undan yuqori koʻrsatkichga ega boʻlsa — “Attestatsiyadan oʻtdi, oliy malaka toifasi berilsin”;
74 foizdan 65 foizgacha koʻrsatkichga ega boʻlsa — “Attestatsiyadan oʻtdi, birinchi malaka toifasi saqlansin”;
64 foiz va undan kam koʻrsatkichga ega boʻlsa — “Attestatsiyadan oʻtmadi, ikkinchi malaka toifasiga tushirilsin”;
v) ikkinchi malaka toifali psixolog kadr baholash mezonlarining har biridan:
65 foiz va undan yuqori koʻrsatkichga ega boʻlsa — “Attestatsiyadan oʻtdi, birinchi malaka toifasi berilsin”;
64 foizdan 60 foizgacha koʻrsatkichga ega boʻlsa — “Attestatsiyadan oʻtdi, ikkinchi malaka toifasi saqlansin”;
59 foiz va undan kam koʻrsatkichga ega boʻlsa — “Attestatsiyadan oʻtmadi, mutaxassis malaka toifasiga tushirilsin”;
g) mutaxassis-psixolog kadr baholash mezonlarining har biridan:
60 foiz va undan yuqori koʻrsatkichga ega boʻlsa — “Attestatsiyadan oʻtdi, ikkinchi malaka toifasi berilsin”;
59 foizdan 55 foizgacha koʻrsatkichga ega boʻlsa — “Attestatsiyadan oʻtdi, mutaxassis lavozimi saqlansin”;
54 foiz va undan kam koʻrsatkichga ega boʻlsa — “Attestatsiyadan oʻtmadi, mutaxassis lavozimiga muvofiq emas”.
36. Attestatsiya komissiyalari psixolog kadrlar boʻyicha “Attestatsiyadan oʻtmadi, mutaxassis lavozimiga muvofiq emas” qarorini qabul qilsa, ular navbatdan tashqari malaka oshirish kurslariga yuboriladi hamda keyingi yilda qayta attestatsiyaga jalb etiladi.
Attestatsiya komissiyasi qayta attestatsiyaga jalb etilgan psixolog kadr boʻyicha “Attestatsiyadan oʻtmadi, mutaxassis lavozimiga muvofiq emas” qarorini qabul qilsa, ish beruvchi tomonidan ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat haqidagi qonunlarda belgilangan tartibda bekor qilinadi.
37. Baholash mezonlari boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkich chiqarilmaydi hamda baholash mezonlarining birortasi boʻyicha belgilangan koʻrsatkichdan past baholansa “attestatsiyadan oʻtmadi” degan qaror qabul qilinadi.
38. Psixolog kadrlar attestatsiyaning biror bosqichida uzrli sababga (mehnatga layoqatsizlik varaqasi, taʼlimni boshqarish boʻyicha maxsus vakolat berilgan davlat organi yoki taʼlim muassasalari rahbarlari maʼlumotnomasi) koʻra kelmagan boʻlsa, attestatsiya komissiyasining qarori bilan ularning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchiriladi.
39. Psixolog kadr uzrsiz sababga koʻra attestatsiyaning biror bosqichida ishtirok etmagan boʻlsa attestatsiyadan oʻtmagan hisoblanadi hamda unga nisbatan “Attestatsiyadan oʻtmadi, tegishli malaka toifasi tushirilsin” yoki “Attestatsiyadan oʻtmadi, mutaxassis lavozimiga muvofiq emas” qarori qabul qilinadi.
40. Attestatsiya komissiyasi qarori ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi hamda komissiya raisi, rais oʻrinbosari va kotib tomonidan imzolanadi.
41. Attestatsiya komissiyasi qarori asosida ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakldagi attestatsiya varaqasi rasmiylashtiriladi hamda attestatsiya komissiyasi raisi, rais oʻrinbosari, yigʻilishda ishtirok etgan aʼzolar va kotib tomonidan imzolanadi.
Attestatsiya varaqasi ikki nusxada toʻldiriladi va bir nusxasi psixolog kadrning ish joyidagi shaxsiy hujjatlari yigʻmajildida, ikkinchi nusxasi attestatsiya komissiyasida saqlanadi.
42. Psixolog kadrning attestatsiyasiga oid hujjatlari toʻplangan yigʻmajildi navbatdagi attestatsiyagacha taʼlim muassasasida saqlanadi.
43. Attestatsiya komissiyasi qaroriga koʻra oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifasiga ega boʻlgan psixolog kadrlarga ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakldagi psixolog kadrning attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisida sertifikat attestatsiya oʻtkazilganidan soʻng bir oy muddat ichida topshiriladi.
Sertifikatlarning xatosiz toʻldirilishi uchun attestatsiya komissiyasi raislari masʼul hisoblanadi.
44. Sertifikat qatʼiy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi, unda hisob seriyasi, raqami va himoya darajasi boʻladi. Sertifikat blankalari Respublika tashxis markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar taʼlimi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti buyurtmasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan tayyorlanadi.
45. Respublika tashxis markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar taʼlimi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti rahbarlari sertifikatlarning hisobga olinishi, saqlanishi hamda maqsadli ishlatilishi yuzasidan shaxsan javobgar hisoblanadi.
46. Attestatsiya komissiyalari sertifikatlarning psixolog kadrlarga tarqatilishini roʻyxatga olish uchun maxsus daftar (sahifalangan, tikilgan va muhrlangan) yuritadi va unda quyidagilarni qayd etadi:
tartib raqami;
psixolog kadrlarning familiyasi, ismi va otasining ismi;
sertifikatning seriyasi va tartib raqami;
sertifikat berilishiga asos boʻlgan komissiya qarorining sanasi va tartib raqami;
sertifikatni bergan komissiyaning nomi;
sertifikatning amal qilish muddati;
sertifikat nusxasi (dublikati)ning berilishi asosi va sanasi.
47. Psixolog kadrlarning mehnatiga haq toʻlashning bazaviy tarif stavkalari miqdori ularning malaka toifasi sertifikati asosida belgilanadi.
48. Sertifikatning amal qilish muddati tugagan psixolog kadrlarga mutaxassis lavozimi boʻyicha haq toʻlanadi.
Homiladorlik, tugʻish hamda bolani parvarish qilish taʼtilida boʻlgan psixolog kadrlarga ish faoliyatiga qaytganida taʼtilga chiqish sanasiga qadar amalda boʻlgan malaka toifasi boʻyicha bir yil davomida haq toʻlanadi.
49. Sertifikatning amal qilish muddati tugab, mutaxassis lavozimi boʻyicha haq toʻlanayotgan psixolog kadrlar navbatdagi attestatsiyaga oxirgi sertifikatida koʻrsatilgan malaka toifasi boʻyicha jalb qilinadi.
50. Attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisida sertifikatga ega boʻlmagan ishga yangi qabul qilingan yoxud oliy taʼlim muassasalarini bitirib, birinchi bor ishga kirgan psixolog kadrlarga quyidagi tartibda malaka toifasi:
bakalavr darajasiga — mutaxassis lavozimi;
magistr darajasiga ega, shuningdek, oliy maʼlumot darajasi boʻyicha akademik darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy maʼlumotli psixolog kadrlarga — ikkinchi malaka toifasi (ushbu malaka toifasi attestatsiya natijasiga koʻra oʻzgarishi mumkin);
falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki psixologiya fanlari doktori (Doctor of Science Psihology (DSc) ilmiy darajasiga ega boʻlgan psixolog kadrlarga — oliy malaka toifasi (ushbu malaka toifasi attestatsiya natijasiga koʻra oʻzgarishi mumkin) beriladi.
5-bob. Attestatsiya natijalari yuzasidan murojaat qilish tartibi
51. Attestatsiya komissiyalari qaroridan norozi boʻlgan psixolog kadrlar attestatsiya natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab oʻn kun mobaynida apellyatsiya komissiyasiga yozma ravishda ariza (shikoyat) berishlari mumkin.
52. Apellyatsiya komissiyasi attestatsiya boshlangandan keyin uch kun ichida psixolog kadrlarning arizalarini koʻrib chiqish uchun tegishliligiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri, oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining buyrugʻi bilan besh kishidan iborat tarkibda Respublika tashxis markazi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida tashkil etiladi.
53. Apellyatsiya komissiyasining ish tartibi apellyatsiya komissiyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi buyruqda belgilanadi.
54. Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga attestatsiya komissiyalari tarkibidan aʼzo kiritilmaydi.
55. Apellyatsiya komissiyasi muammoli holatlarga aniqlik kiritish maqsadida jamoatchilik asosida malakali mutaxassislarni jalb etishi mumkin.
56. Apellyatsiya komissiyasi yigʻilishida komissiya aʼzolarining uchdan ikki qismi ishtirok etsa, uning qabul qilgan qarori qonuniy kuchga ega boʻladi.
57. Ariza (shikoyat) roʻyxatga olingan kundan boshlab oʻn besh kun muddatda koʻrib chiqiladi.
58. Murojaat etuvchi psixolog kadr apellyatsiya komissiyasi tomonidan arizasi (shikoyati) koʻrib chiqilishi jarayonida ishtirok etishi mumkin.
59. Apellyatsiya komissiyasi attestatsiya komissiyasi qarorini oʻzgartirishsiz qoldirish yoki uni bekor qilib, qayta attestatsiya tashkil etish haqida qaror chiqaradi.
60. Apellyatsiya komissiyasi qarori nusxasi murojaat etuvchi psixolog kadrga va tegishli attestatsiya komissiyasiga apellyatsiya komissiyasi qarori chiqqan kundan eʼtiboran besh kun muddatda taqdim etiladi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
61. Attestatsiya komissiyasi yoki apellyatsiya komissiyasi qarori yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus davlat taʼlim muassasasidagi psixologik xizmatning psixolog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Psixolog kadrlarning attestatsiyasini tashkil etish va oʻtkazish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Hududiy xalq taʼlimi boshqarmalari, tegishli oliy taʼlim muassasalari, Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari
Keyingi yilda attestatsiyadan oʻtish muddati keladigan psixolog kadrlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tegishliligi boʻyicha Respublika tashxis markaziga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga hamda Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar taʼlimi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutiga taqdim etadi.
Har yili 15-dekabrga qadar
2-bosqich
Respublika tashxis markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar taʼlimi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
Attestatsiyadan oʻtish muddati kelgan psixolog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish jadvalini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga kiritadi.
Har yili 10-yanvarga qadar
3-bosqich
Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
Attestatsiyadan oʻtkazish jadvalini tasdiqlaydi.
Har yili 20-yanvarga qadar
4-bosqich
Respublika tashxis markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
Attestatsiya komissiyalari tarkibini tasdiqlaydi.
Har yili 25-yanvarga qadar
5-bosqich
Attestatsiya komissiyalari
Psixolog kadrlarning faoliyatini tahlil qiladi, xorijiy tillar, kompyuter texnikasi va axborot texnologiyalarini bilish hamda ijtimoiy-siyosiy bilimlarini aniqlash yuzasidan suhbat oʻtkazadi va tegishli qaror qabul qiladi.
Har yili
mart-iyun oylarida
6-bosqich
Attestatsiya komissiyalari
Attestatsiya komissiyalarining qaroriga koʻra oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifasiga ega boʻlgan psixolog kadrlarga sertifikat topshiradi.
Attestatsiya oʻtkazilgandan soʻng bir oy mobaynida
Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus davlat taʼlim muassasasidagi psixologik xizmatning psixolog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Psixolog kadrlarning attestatsiya natijalarini
BAHOLASH MEZONLARI
T/r
Baholash obyekti
Ball
1.
Trening-mashgʻulot ishlari
jami 100 ball
Darslarning psixologik tahlillari uchun (oʻquv yili davomida):
30 ball
34 ta va undan ortiq darslarning psixologik tahlili
30 ball
21 tadan 33 tagacha darslarning psixologik tahlili
20 ball
11 tadan 20 tagacha darslarning psixologik tahlili
10 ball
Trening mashgʻulotlarini oʻtganligi uchun (oʻquv yili davomida):
30 ball
toʻrt va undan ortiq trening mashgʻulotlari oʻtgan boʻlsa
30 ball
uch marta trening mashgʻuloti oʻtgan boʻlsa
20 ball
ikki marta trening mashgʻuloti oʻtgan boʻlsa
10 ball
Ilgʻor va interfaol usullardan foydalangan holda ixtiyoriy trening mashgʻulotini oʻtish:
40 ball
Ekspert guruhi tomonidan trening mashgʻulotlari tahlil etiladi hamda ilgʻor va interfaol usullardan toʻliq foydalanib, maqsadga erishilgan mashgʻulotga maksimal (40) balgacha baholanadi. Ushbu shartlar toʻliq bajarilmaganda maksimal ball qoʻyilmaydi.
2.
Mehnat samaradorligi
jami 100 ball
Seminarlar (2 ta va undan ortiq seminar mashgʻuloti oʻtilganda)
10 ball
Davra suhbatlari (3 ta va undan ortiq davra suhbati oʻtilganda)
5 ball
Oʻquvchilar va ularning ota-onalari bilan olib borilgan individual ishlar
10 ball
Psixologik-pedagogik tashxis, psixokorreksiya va kasb-hunarga yoʻnaltirishga oid amalga oshirilgan ishlar
20 ball
Konferensiyalardagi maʼruzalar bilan ishtiroki, ish faoliyatiga kiritgan yangiliklari
10 ball
Mualliflik ish qoʻllanmalarining mavjudligi
20 ball
Malaka va mahoratini oshirganligi
10 ball
Psixologik xizmat yoʻnalishidagi hujjatlarning mavjudligi
15 ball
3.
Mutaxassisligi boʻyicha malaka sinovi
jami 100 ball
40 ta savoldan iborat test savollariga javob berganligi uchun
100 ball
har bir savolga berilgan toʻgʻri javob uchun
2,5 ball
4.
Xorijiy tillar, kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bilish hamda ijtimoiy-siyosiy bilimlarni aniqlash yuzasidan oʻtkazilgan suhbat yakunlari
jami 100 ball
Xorijiy tillarni bilganligi uchun:
30 ball
tinglab tushunganini ogʻzaki bayon eta olsa, ogʻzaki erkin muloqot qila olsa
30 ball
tinglab tushunsa va tinglab tushunganini ogʻzaki bayon eta olsa
20 ball
sodda matnlarni oʻqiy olsa, oʻzi haqida maʼlumot bera olsa
Internet resurslari, multimedia vositalari va mahsulotlaridan maqsadli foydalana olsa va ofis dasturlari yordamida oʻquv-metodik, koʻrgazmali materiallarni tayyorlay olsa
30 ball
ofis dasturlari (matn muharriri, elektron jadval, taqdimot) yordamida oʻquv-metodik, koʻrgazmali materiallarni tayyorlay olsa
20 ball
kompyuter tuzilishi va imkoniyatlarini bilsa, ofis dasturlaridan (matn muharriri, elektron jadval, taqdimot) foydalana olsa
15 ball
Ijtimoiy-siyosiy bilimlarni egallaganligi uchun:
40 ball
jahonda va respublikaning ijtimoiy-siyosiy hayotida sodir boʻlgan muhim voqeliklardan, soʻnggi voqea-hodisalardan xabardor boʻlsa hamda ularning ijobiy va salbiy jihatlarini erkin tarzda tahlil qila olsa
40 ball
respublikaning ijtimoiy-siyosiy hayotida sodir boʻlgan muhim voqeliklardan, soʻnggi voqea-hodisalardan xabardor boʻlsa hamda ularga nisbatan oʻz munosabatini bildira olsa
30 ball
respublikaning ijtimoiy-siyosiy hayotida sodir boʻlgan muhim voqeliklardan va soʻnggi voqea-hodisalardan xabardor boʻlsa
20 ball
Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus davlat taʼlim muassasasidagi psixologik xizmatning psixolog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
____________________________________ komissiyasining 20 __ yil “___” _________ kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishi
(komissiya nomi yoziladi)
____-sonqarori
Raislik qiluvchi:_____________________________________________komissiya raisi
Ishtirok etganlar:___________________________________________komissiya raisining oʻrinbosari
________________________________________komissiya aʼzosi
________________________________________komissiya aʼzosi
________________________________________komissiya aʼzosi
________________________________________komissiya aʼzosi
________________________________________komissiya aʼzosi
T/r
Taʼlim muassasasining raqami yoki nomi
Psixolog kadrning
Amaldagi malaka toifasi
Mutaxassisligi boʻyicha malaka sinovi balli
Psixologik malakasi balli
Mehnati samaradorligi balli
Suhbat natijasi balli
Attestatsiya natijalariga koʻra komissiya qarori
Attestatsiya natijalariga koʻra berilgan malaka toifasi
Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus davlat taʼlim muassasasidagi psixologik xizmatning psixolog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
__________________________________________________________ (respublika, viloyat, tuman (shahar) nomi) __________________________________________________________ (taʼlim muassasasining raqami yoki nomi) ATTESTATSIYA VARAQASI ___________________________________________________________ (psixolog kadrning familiyasi, ismi, otasining ismi)
Tugʻilgan yili, kuni va oyi ____________________________________________________________________
Maʼlumoti
_________________________________________
_____________________________
(taʼlim olgan muassasasining nomi)
(tamomlagan yili)
Tasniflash boʻyicha ___________________________________________________________________________
(taʼlim yoʻnalishi, mutaxassisligi yoki ixtisosi nomi)
Ilmiy darajasi yoki ilmiy unvoni _____________________________________________________________ Psixologning staji _________________________________________________________________________ Amaldagi malaka toifasi boʻyicha ish staji ________________ yil; shu jumladan, ushbu taʼlim muassasasida ______________ yil Malakasini oshirgan taʼlim muassasasi nomi, vaqti _______________________________________________ ___________________________________________________________________________________________
(malaka oshirgan sohasi: kasbiy, axborot yoki pedagogik texnologiyalar va boshqa mavzularda)
Komissiya qarori ____________________________________________________________________________
(toʻliq yoziladi)
Komissiya raisi
___________________________________
_______________
(F.I.O)
(imzo)
Komissiya raisining oʻrinbosari
___________________________________
_______________
(F.I.O)
(imzo)
Komissiya kotibi
___________________________________
_______________
(F.I.O)
(imzo)
Komissiya aʼzolari
___________________________________
_______________
(F.I.O)
(imzo)
___________________________________
_______________
(F.I.O)
(imzo)
___________________________________
_______________
(F.I.O)
(imzo)
___________________________________
_______________
(F.I.O)
(imzo)
Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus davlat taʼlim muassasasidagi psixologik xizmatning psixolog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Psixolog kadrning attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisida SERTIFIKAT
Seriyasi ________ № _______________
Ushbu sertifikat____________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________ ga
(familiyasi, ismi, otasining ismi)
_______________ yil “_____” _________________ da oʻtkazilgan ____________________________________ ______________________________________________________________________________ yigʻilishining
(komissiya nomi yoziladi)
__________________-son qarori asosida ________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________ boʻyicha
(taʼlim yoʻnalishi, mutaxassisligi yoki ixtisosligi soʻz bilan yoziladi)
____________________________________________________________________________________ berildi.
(malaka toifasi yoki lavozimi soʻz bilan yoziladi)
Komissiya raisi
_________________________________
______________
(familiyasi, ismi, otasining ismi)
(imzo)
M.Oʻ.
Qayd raqami ____________________________________
(tarqatish daftariga qayd etilgan raqam yoziladi)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/577/3416-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 01.03.2025-y., 09/25/130/0199-son)