

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-4417140" id="onLBC-4417140">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7317"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.81.00 (Кучини йукотган) Pedagog kadrlar. Pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-4417140" id="onLS-4417140">[<b>TSZ:</b><div id="LS3702"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-4418314" id="-4418314">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-4418315" id="-4418315">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-4418316" id="-4418316">Oʻquvchilarni psixologik-pedagogik qoʻllab-quvvatlash ishlarini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4418318" id="-4418318"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4418321" id="-4418321">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni maʼnaviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga taʼlim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 14-avgustdagi PQ-3907-son<a href="/mact/-3864155"> qarori </a>ijrosini taʼminlash, shuningdek, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus davlat taʼlim muassasalarida oʻquvchilarni psixologik-pedagogik qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4418322" id="-4418322">1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari (keyingi oʻrinlarda taʼlim muassasalari deb ataladi) oʻquvchilarini psixologik-pedagogik qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish maqsadida taʼlim muassasalarida psixologik xizmat faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4418323" id="-4418323">2. Quyidagilar psixologik xizmatning asosiy vazifalari etib belgilansin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4418325" id="-4418325">taʼlim muassasalarida psixologik xizmat faoliyatini samarali va sifatli tashkil etish, shu jumladan, ish faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash orqali oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish ishlari samaradorligini oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4418326" id="-4418326">oʻquvchilarning qobiliyati, layoqati, qiziqishlari hamda kasb-hunarga moyilliklari asosida toʻgʻri kasb-hunar tanlashlariga koʻmaklashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4418328" id="-4418328">turli yosh davrlarida oʻquvchilarning shaxsiy, aqliy va ijtimoiy rivojlanishini psixologik jihatdan kuzatib borish, taʼlim-tarbiyadagi psixologik nuqsonlarni aniqlash, ularning aqliy taraqqiyotida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan har qanday salbiy ogʻishlarning oldini olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4418329" id="-4418329">oʻquvchilar taʼlim muassasasining ijtimoiy muhitiga moslasha olmasligi holatlarini korreksiyalash, ularni ijtimoiy reabilitatsiya qilish boʻyicha tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4418331" id="-4418331">pedagogik jamoalarda sogʻlom psixologik muhitni yaratish va qoʻllab-quvvatlash, jamoa aʼzolarining hissiy-emotsional holatlari, shaxslararo munosabatlar va ziddiyatli xatti-harakatlarni korreksiyalash, ularning psixologik madaniyatini yuksaltirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4418333" id="-4418333">isteʼdodli va iqtidorli oʻquvchilarni aniqlash, ularning individual-psixologik, fiziologik xususiyatlari va qiziqishlarini oʻrganish, qobiliyatlarini namoyon etishlari va rivojlantirishlari uchun shart-sharoitlar yaratish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4418335" id="-4418335">axborot-psixologik xurujlarning xavfi, Internet jahon axborot tarmogʻining salbiy taʼsiri, yoshlar tarbiyasiga xavf solayotgan “ommaviy madaniyat”ning kirib kelishi holatlarining oldini olishga qaratilgan tadbirlarni oʻtkazish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4418336" id="-4418336">pedagog xodimlar, oʻquvchilar hamda ota-onalarning psixologik-pedagogik bilimlarini oshirishga koʻmaklashish, pedagog xodimlar, ota-onalar va jamoat tashkilotlarining samarali hamkorligini taʼminlash.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4418337" id="-4418337">3. Quyidagilar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4418338" id="-4418338">Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus davlat taʼlim muassasalarida psixologik xizmat faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizom <a href="/mact/-4417140#-4418354">1-ilovaga </a>muvofiq;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7422975" id="edi-7422975"><a href="/mact/-4417140?ONDATE=13.07.2019 00#-4418339">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7422975" id="-7422975">(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 130-sonli <a href="/mact/-7409825?ONDATE=01.03.2025 00#-7420186">qaroriga </a>asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/130/0199-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4418341" id="-4418341">4. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi ikki oy muddatda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4418342" id="-4418342">Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda taʼlim muassasalari psixolog kadrlarining lavozim majburiyatlari hamda ularga qoʻyiladigan malaka talablarini qayta koʻrib chiqsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4418343" id="-4418343">taʼlim muassasalaridagi psixologik xizmat xonalarini jihozlash meʼyorlarini ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4419872" id="-4419872">5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qaror ijrosini taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlar uchun zarur mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida “Taʼlim” sohasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida ajratilishini taʼminlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4418344" id="-4418344">6. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4418345" id="-4418345">7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov, Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri Sh.X. Shermatov hamda Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-4418347" id="-4418347">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-4418349" id="-4418349">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-4418350" id="-4418350">2019-yil 12-iyul,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-4418351" id="-4418351">577-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4418352" id="-4418352"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-4418354" id="-4418354">Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 577-son <a href="/mact/-4417140">qaroriga <br /></a>1-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-4418356" id="-4418356">Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus davlat taʼlim muassasalarida psixologik xizmat faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-4418357" id="-4418357">nizom</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4418358" id="-4418358"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-4418359" id="-4418359">1-bob. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4418360" id="-4418360">1. Ushbu Nizom umumiy oʻrta va oʻrta maxsus davlat taʼlim muassasalarida (keyingi oʻrinlarda taʼlim muassasalari deb ataladi) psixologik xizmat faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4418361" id="-4418361">2. Psixologik xizmatning faoliyati:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4419878" id="-4419878">xalq taʼlimi tizimidagi taʼlim muassasalarida — Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi (keyingi oʻrinlarda Respublika tashxis markazi deb ataladi), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda hududiy xalq taʼlimi boshqarmalari deb ataladi) hamda tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda xalq taʼlimi boʻlimlari deb ataladi) tomonidan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4419879" id="-4419879">akademik litseylarda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda idoraviy mansubligiga koʻra tegishli oliy taʼlim muassasasi (keyingi oʻrinlarda oliy taʼlim muassasasi deb ataladi) tomonidan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4419880" id="-4419880">kasb-hunar taʼlimi muassasalarida — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari tomonidan muvofiqlashtiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4419881" id="-4419881">3. Psixologik xizmat oʻz faoliyatini taʼlim muassasalarida pedagog va tibbiyot xodimlari, oʻquvchilarning ota-onalari va ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (keyingi oʻrinlarda ota-onalar deb ataladi), fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etadi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-4419883" id="-4419883">2-bob. Psixologik xizmatning maqsad va vazifalari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4419884" id="-4419884">4. Psixologik xizmatning maqsadi oʻquvchilarning maʼnaviy va aqliy rivojlanishi, barkamol shaxs sifatida shakllanishi, faol ijtimoiy moslashuvi va ularning yosh davrlari boʻyicha rivojlanishida salomatligini muhofaza qilish, uzluksiz taʼlim jarayonida oʻzligini anglashi, individual psixologik xususiyatlari, shaxsiy imkoniyatlari va qobiliyatlarini namoyon etishlari uchun psixologik-pedagogik shart-sharoitlar yaratishdan iborat.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4419885" id="-4419885">5. Quyidagilar psixologik xizmatning asosiy vazifalari hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4419886" id="-4419886">taʼlim muassasalarida psixologik xizmat faoliyatini tashkil etish ishlarini sifatli tashkil etish, shu jumladan, ish faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash orqali oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish ishlari samaradorligini oshirish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4419887" id="-4419887">oʻquvchilarning qobiliyati, layoqati, qiziqishlari hamda kasb-hunarga moyilliklari asosida kasb-hunarni toʻgʻri tanlashlariga koʻmaklashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4419888" id="-4419888">turli yosh davrlarida oʻquvchilarning shaxsiy, aqliy va ijtimoiy rivojlanishini psixologik jihatdan kuzatib borish, taʼlim-tarbiyadagi psixologik nuqsonlarni aniqlash, ularning aqliy rivojlanishida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan har qanday salbiy ogʻishlarning oldini olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4419889" id="-4419889">oʻquvchilar taʼlim muassasasining ijtimoiy muhitiga moslasha olmasligi holatlarini korreksiyalash, ularni ijtimoiy reabilitatsiya qilish boʻyicha tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4419891" id="-4419891">pedagogik jamoalarda sogʻlom psixologik muhitni yaratish va qoʻllab-quvvatlash, jamoa aʼzolarining hissiy-emotsional holatlari, shaxslararo munosabatlar va ziddiyatli xatti-harakatlarni korreksiyalash, ularning psixologik madaniyatini yuksaltirish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4419892" id="-4419892">isteʼdodli va iqtidorli oʻquvchilarni aniqlash, ularning individual-psixologik, fiziologik xususiyatlari va qiziqishlarini oʻrganish, qobiliyatlarini namoyon etishlari va rivojlantirishlari uchun shart-sharoitlar yaratish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4419893" id="-4419893">axborot-psixologik xurujlarning xavfi, Internet jahon axborot tarmogʻining salbiy taʼsiri, yoshlar tarbiyasiga xavf solayotgan “ommaviy madaniyat”ning kirib kelishi holatlarining oldini olishga qaratilgan tadbirlarni oʻtkazish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4419894" id="-4419894">pedagog xodimlar, oʻquvchilar hamda ota-onalarning psixologik-pedagogik bilimlarini oshirishga koʻmaklashish, pedagog xodimlar, ota-onalar va jamoat tashkilotlarining samarali hamkorligini taʼminlash.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-4419895" id="-4419895">3-bob. Psixologik xizmat faoliyatining asosiy yoʻnalishlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4419896" id="-4419896">6. Quyidagilar psixologik xizmat faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4419897" id="-4419897">psixologik maʼrifat va tashviqot;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4419898" id="-4419898">psixologik-pedagogik tashxis;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4419899" id="-4419899">psixologik profilaktika;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4419900" id="-4419900">psixologik korreksiya;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4419901" id="-4419901">psixologik maslahat;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4419902" id="-4419902">kasb-hunarga yoʻnaltirish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4419903" id="-4419903">7. Psixologik xizmat faoliyatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilarni nazarda tutadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4419904" id="-4419904"><em>a) psixologik maʼrifat va tashviqot yoʻnalishida:</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4419905" id="-4419905">pedagogik jamoa, sinf rahbarlari va ota-onalarning psixologik savodxonligi va kompetentligini oshirishda dastlabki psixologik-pedagogik bilim va tushunchalar, har bir oʻquvchiga individual yondashuv orqali oilaviy munosabatlar, shaxsiy gigiyena va sogʻlom turmush boʻyicha tavsiyalar berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4419906" id="-4419906">oʻquvchilar, pedagog xodimlar, ota-onalar bilan yakka va jamoaviy shakldagi suhbatlar, maslahatlar, seminar-treninglar tashkil etish, turli xil yigʻilishlarda maʼruzalar bilan chiqishlar, shuningdek, ommaviy axborot vositalari orqali psixologik bilimlarni berib borish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4419907" id="-4419907"><em>b) psixologik-pedagogik tashxis yoʻnalishida:</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4419909" id="-4419909">oʻquvchilarning taʼlim-tarbiya jarayonidagi ishtiroki, ularning har bir holat, voqea va hodisaga munosabatini psixologik-pedagogik tashxisga oid yangi metodikalar asosida oʻrganish, tahlil etish va zarur koʻrsatmalar berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4419910" id="-4419910">oʻquvchilarning qiziqishlari, moyilliklari, isteʼdodi va iqtidoridagi asosiy yoʻnalishlarni aniqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4419913" id="-4419913">taʼlim muassasasiga qabul qilingan oʻquvchilarning psixologik moslashuvi va rivojlanish dinamikasini, oʻquvchilarning oʻqishga tayyorgarlik holatlari, oʻzlashtirishi va rivojlanishiga toʻsqinlik qilayotgan omillarni aniqlash, oʻrganish, tahlil qilish va tavsiyalar ishlab chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4419915" id="-4419915">taʼlim muassasasining keyingi bosqichlariga oʻtgan oʻquvchilarning yangi ijtimoiy muhitga moslashuvi, oʻquv faoliyati, bilim, koʻnikma va malakalarni egallash dinamikasi, shaxs sifatlari, shaxslararo munosabatlar shakllanishini kuzatib borish, tahlil etish, korreksion mashgʻulotlarni tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4419916" id="-4419916">psixologik-pedagogik tashxislar, soʻrovnomalar, suhbatlar orqali oʻquvchilarning kasbiy qobiliyatlari, qiziqishlari va fanni oʻzlashtirishga boʻlgan moyilliklarini aniqlash, ularning ongli ravishda kasb-hunar tanlashlariga koʻmaklashish, taʼlimning keyingi bosqichlarida oʻqishni davom ettirish uchun oʻquvchilar va ota-onalarga tavsiyalar berish va yoʻnaltirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4419918" id="-4419918">ijtimoiy-psixologik muammolari mavjud hamda fanlarni oʻzlashtirishi past boʻlgan oʻquvchilar bilan psixologik-pedagogik tashxislar, soʻrovnomalar, suhbatlar oʻtkazish orqali muammo turini aniqlash, guruhlash va ular bilan korreksion ishlarni olib borish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4419926" id="-4419926"><em>v) psixologik profilaktika yoʻnalishida:</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4419928" id="-4419928">oʻquvchilardagi barcha salbiy holatlar va moyilliklarning oldini olish boʻyicha pedagog xodimlar va ota-onalar uchun tavsiyalar ishlab chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4419929" id="-4419929">oʻquvchilarning tengdoshlari va kattalar bilan oʻzaro munosabatlarida psixologik shikast yetkazuvchi omillarni bartaraf etishda yordam koʻrsatish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4419931" id="-4419931">oʻquvchilar oʻrtasidagi huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha olib boriladigan profilaktika ishlarida ishtirok etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4419933" id="-4419933">oʻquvchilar xulq-atvoridagi salbiy holatlarning oldini olish, ruhiy zarba, nizo, salbiy emotsional kechinmalar holatlari yuzaga kelishining oldini olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4419934" id="-4419934">salomatligi jihatidan imkoniyati cheklangan oʻquvchilarni psixologik qoʻllab-quvvatlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4419936" id="-4419936">mahalliy davlat hokimiyati organlari, sogʻliqni saqlash, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, ota-onalar bilan uchrashuvlar, suhbatlar, seminar-treninglar, munozaralar va ochiq muloqotlar tashkil etish, taqdimotlar va videofilmlar namoyishlarini oʻtkazish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4419937" id="-4419937"><em>g) psixologik korreksiya yoʻnalishida:</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4419938" id="-4419938">taʼlim olish va kasb-hunar tanlashda qiynalayotgan oʻquvchilar, shaxsning motivatsion doirasi bilan bogʻliq muammolarni hal etish borasida individual va jamoaviy korreksiya ishlarini olib borish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4419939" id="-4419939">yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning psixologik reabilitatsiyasini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4419942" id="-4419942">mutaxassis sifatida oʻquvchining psixologik holatiga oid maʼlumotlarga munosabat bildirish, tarbiyasida salbiy holatlar mavjud boʻlgan oʻquvchilar bilan korreksion ishlarni amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4419944" id="-4419944">taʼlim olish jarayonida oʻquvchilarning bilish faolligi hamda qiziqishlarini rivojlantirish, ularning intellektual passivligini korreksiyalash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4419947" id="-4419947">individual yoki jamoaviy tartibda ota-onalar va pedagog xodimlarni jalb etgan holda oʻyin, muloqot, suhbat, trening, mashq va mashgʻulotlar shaklida tadbirlar tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4419949" id="-4419949"><em>d) psixologik maslahat yoʻnalishida:</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4419950" id="-4419950">oʻquvchilarning individual rivojlanishidagi muammolarni hal etish boʻyicha barcha taʼlim jarayoni qatnashchilariga maslahatlar berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4419953" id="-4419953">oʻquvchilarga taʼlim olish, kelajagini aniqlash, tengdoshlari va yoshi kattalar bilan munosabatlaridagi muammoli holatlar yuzasidan maslahatlar berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4419956" id="-4419956">oʻquvchilarning psixik rivojlanish xususiyatlari, shaxs sifatida shakllanishi, shaxslararo munosabat maqomi, ularning yosh, jins, individual-tipologik xususiyatlari muammosi boʻyicha amaliy maslahatlar tashkil etish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4419959" id="-4419959"><em>e) kasb-hunarga yoʻnaltirish yoʻnalishida:</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4419960" id="-4419960">oʻquvchilarga turli kasblar, ixtisosliklar, mansab lavozimlari, tanlangan kasbni, ixtisoslikni egallash mumkin boʻlgan taʼlim muassasalari hamda kasbning insonga, uning jismoniy, psixologik va shaxsiy sifatlariga, salomatligiga qoʻyadigan talablari haqida maʼlumotlar berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4419963" id="-4419963">oʻquvchilarning bilish (oʻquv predmetlariga, fanga) va kasbiy (kasblarga, mutaxassisliklarga) qiziqishlarini, kasb tanlash motivlari va kasbiy rejalarini aniqlash hamda baholash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4419965" id="-4419965">oʻquvchilarga ularning individual xususiyatlari va mehnat bozori talablarini, taʼlim olish hamda kelgusida ishga joylashish imkoniyatlarini hisobga olgan holda kasb va taʼlim muassasasini tanlashga koʻmaklashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4419968" id="-4419968">oʻquvchilarda mehnat koʻnikmalarini, kasblarga qiziqish, mehnatsevarlik, ishchanlik va masʼuliyatni shakllantirish hamda rivojlantirish.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-4419969" id="-4419969">4-bob. Psixologik xizmat faoliyatini tashkil etish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4419973" id="-4419973">8. Taʼlim muassasasida psixologik xizmat muassasa rahbarining buyrugʻiga muvofiq oʻquvchilar sonidan kelib chiqib 1 — 3 ta shtat birligidan iborat tarkibda tashkil etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4419975" id="-4419975">Psixologik xizmatning psixolog kadrlari (keyingi oʻrinlarda psixolog kadrlar deb ataladi) soni bir nafardan ortiq boʻlganda ulardan biriga psixologik xizmat rahbarligi yuklanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4419976" id="-4419976">9. Psixolog kadrlar lavozimiga qoʻyiladigan malaka talablari tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4419978" id="-4419978">10. Taʼlim muassasalarida psixologik xizmat faoliyatining nazorati bevosita taʼlim muassasasi rahbari tomonidan amalga oshiriladi. Psixolog kadrlar oʻz faoliyati doirasida bevosita taʼlim muassasasi rahbariga boʻysunadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4420143" id="-4420143">Psixolog kadrlar taʼlim muassasasining pedagog xodimlari bilan birgalikda oʻquvchilarning psixologik holati, muassasaning psixologik muhiti, korreksion-rivojlantiruvchi va profilaktik tadbirlarning amalga oshirilishi, kasb-hunarga yoʻnaltirish va tashxis qoʻyish faoliyati uchun masʼul hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4420145" id="-4420145">11. Psixolog kadrlar oʻz faoliyatini taʼlim muassasasining ichki tartib-qoidalariga hamda oʻquv dasturi va oʻquv rejasida belgilangan dars mashgʻulotlari oʻtkazilishini inobatga olgan holda amalga oshiradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4420147" id="-4420147">12. Taʼlim muassasalarida psixolog kadrlar uchun haftasiga 36 soatli ish tartibi joriy etiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4420148" id="-4420148">13. Taʼlim muassasasi rahbariyati tomonidan psixolog kadrlarning faoliyat olib borishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratib beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4420149" id="-4420149">14. Psixolog kadrlar malakasini oshirish muvofiqligi boʻyicha tegishli muassasalarda har uch yilda kamida bir marta amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4420150" id="-4420150">15. Psixolog kadrlarning vazifalari va funksiyalari taʼlim muassasasi ustavida belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4420151" id="-4420151">16. Taʼlim muassasalarida psixologik xizmatning faoliyati tegishliligi boʻyicha Respublika tashxis markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy ish reja asosida tashkil etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4420152" id="-4420152">17. Psixolog kadrlarning ish rejasi taʼlim muassasasining pedagogik kengashi qarori asosida namunaviy ish rejaga muvofiq tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4420153" id="-4420153">18. Psixologik xizmatning tashkiliy, ilmiy-metodik va dasturiy taʼminoti tegishli ravishda Respublika tashxis markazi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda amalga oshiriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-4420154" id="-4420154">5-bob. Psixolog kadrlarning huquq va majburiyatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4420155" id="-4420155">19. Psixolog kadrlar quyidagi huquqlarga ega:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4420156" id="-4420156">taʼlim muassasasini boshqarishda qatnashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4420157" id="-4420157">taʼlim muassasasi pedagog xodimlari uchun belgilangan barcha kafolatlar va imtiyozlardan foydalanish, jamoat birlashmalariga saylash va saylanish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4420158" id="-4420158">oʻquvchilar, ularning ota-onalari, shuningdek, taʼlim muassasasi pedagoglari bilan olib boriladigan ishlarning muayyan yoʻnalishlarini mustaqil shakllantirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4420159" id="-4420159">taʼlim muassasasi rahbariyatidan oʻzining faoliyat olib borishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berilishini talab qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4420160" id="-4420160">taʼlim muassasasi rahbariyati bilan kelishgan holda sinfdagi va sinfdan tashqaridagi mashgʻulotlarda hamda boshqa tadbirlarda oʻquvchilarning xulq-atvori hamda individual xususiyatlarini, ularning oʻqishga va pedagog xodimlarga boʻlgan munosabatlarini oʻrganish maqsadida ishtirok etish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4420161" id="-4420161">dars mashgʻulotlari, maʼnaviy-tarbiyaviy tadbirlar va sport musobaqalarini kuzatish, tahlil qilish, oʻquvchilarning shaxsiy hujjatlari bilan tanishish, zarur taklif va maslahatlar berish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4420164" id="-4420164">taʼlim muassasasining pedagogik va metodik kengashlarida ishtirok etish, oʻz yoʻnalishi boʻyicha takliflar berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4420165" id="-4420165">ilgʻor xorijiy tajribani inobatga olib psixologik-pedagogik tashxisga oid yangi metodik dasturlarni ishlab chiqish, tajriba-sinovdan oʻtkazishda qatnashish, ularni amaliyotga joriy etishda ishtirok etish;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5960729" id="edi-5960729"><a href="/mact/-4417140?ONDATE=13.07.2019 00#-4420166">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5960729" id="-5960729"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5960732" id="-5960732">taʼlim muassasasi rahbariyatining qonunchilik hujjatlariga zid ravishda berilgan topshiriq va koʻrsatmalarini bajarmaslik;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5960735" id="-5960735">(19-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5939794">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4420169" id="-4420169">oʻquvchilarning hayoti va faoliyatiga doir turli ishchi guruhlar va komissiyalar ishida oʻz ixtiyoriga koʻra qatnashish, fikrlar bildirish, ularda qabul qilingan qarorlar ustidan yuqori turuvchi tashkilotlarga murojaat qilish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4420170" id="-4420170">davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarga, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga oʻquvchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan iltimosnomalar berish.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5960739" id="edi-5960739"><a href="/mact/-4417140?ONDATE=13.07.2019 00#-4420171">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5960739" id="-5960739"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5960740" id="-5960740">Psixolog kadrlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5960741" id="-5960741">(19-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5939794">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4420172" id="-4420172">20. Psixolog kadrlar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4420173" id="-4420173">taʼlim muassasasining ichki tartib-qoidalariga rioya qilish va oʻquvchilarni psixologik taʼsirlardan himoya qilishga; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4420174" id="-4420174">oʻzining kasbiy koʻnikmalari va mahoratini doimiy ravishda takomillashtirish hamda belgilangan muddatlarda oʻz malakasini oshirib borishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4420175" id="-4420175">psixologik-pedagogik tashxis natijalarini toʻgʻri rasmiylashtirish, tashxis natijalari boʻyicha asoslangan tavsiyalar berishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4420176" id="-4420176">faoliyatini ish rejasi asosida tashkil etishga, amalga oshirishga, ish rejasining ijrosi boʻyicha hisobotlar tayyorlashga; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4420177" id="-4420177">psixologik maʼrifat, tashxis, psixologik profilaktika, korreksion-rivojlantiruvchi, maslahat tadbirlarini sifatli tashkil etish va muddatlariga rioya qilishga; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4420178" id="-4420178">taʼlim jarayoni ishtirokchilarining shaxsiy maʼlumotlari hamda tashxis natijalariga oid maʼlumotlarini oshkor etmaslikka majbur.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5960742" id="edi-5960742"><a href="/mact/-4417140?ONDATE=13.07.2019 00#-4420180">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5960742" id="-5960742"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5960743" id="-5960743">Psixolog kadrlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5960744" id="-5960744">(20-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5939794">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-4420183" id="-4420183">6-bob. Yakunlovchi qoidalar</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4420185" id="-4420185"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5960746" id="edi-5960746"><a href="/mact/-4417140?ONDATE=13.07.2019 00#-5960745">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5960746" id="-5960746"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5960747" id="-5960747">21. Psixolog kadrlarga ish haqi miqdorlari (lavozim maoshlari) qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5960748" id="-5960748">(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5939794">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-7158556" id="-7158556">Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-941876">qarori</a>.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4420187" id="-4420187">Taʼlim muassasasi rahbari psixolog kadrlarni ragʻbatlantirish maqsadida ustamalar, qoʻshimcha haq belgilashi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4420189" id="-4420189">22. Psixologik xizmatning samarali tashkil etilishi va faoliyat yuritishi boʻyicha javobgarlik taʼlim muassasasi rahbariga yuklanadi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5960749" id="edi-5960749"><a href="/mact/-4417140?ONDATE=13.07.2019 00#-4420191">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5960749" id="-5960749"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5960750" id="-5960750">23. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5960751" id="-5960751">(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5939794">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7422979" id="edi-7422979"><a href="/mact/-4417140?ONDATE=13.07.2019 00#-4420197">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7422979" id="-7422979">(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 130-sonli <a href="/mact/-7409825?ONDATE=01.03.2025 00#-7420187">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/130/0199-son)</div></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-4418317" id="-4418317">(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/577/3416-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 01.03.2025-y., 09/25/130/0199-son)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
