1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.01.00 Umumiy qoidalar;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jamoat tartibi va jamoat xavfsizligini muhofaza qilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qoʻriqlash va nazorat-litsenziya faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni B.X. Tashmatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 9-iyul,
568-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 568-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
2. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 8-maydagi 207-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2001-y., 9-son, 47-modda) bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari toʻgʻrisida nizomning 3.1-bandi birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3.1. Diplomatik vakolatxonalar va diplomatik vakolatxonalar boshliqlarining xususiy qarorgohlari binosi, shuningdek, diplomatik vakolatxonalar aʼzolarining uy-joylari daxlsiz hisoblanadi. Diplomatik vakolatxonani va xususiy qarorgohni qoʻriqlash Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi taqdimnomasiga binoan shartnoma asosida qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalariga qoʻriqlashga ishonib topshirilayotgan diplomatik vakolatxonalar va qarorgohlarning texnik mustahkamligi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining normativ-huquqiy hujjatlari talablariga muvofiq boʻlishi kerak”.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
4. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 9-sentabrdagi 203-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2008-y., 37-38-son, 373-modda) bilan tasdiqlangan Oʻrmon qoʻriqchiligi toʻgʻrisidagi nizomning 21-bandi birinchi xatboshidagi “Ichki ishlar vazirligi” soʻzlari “Milliy gvardiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-iyundagi 338-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2022-y., 09/22/338/0534-son)
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-noyabrdagi 630-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2022-y., 09/22/630/0980-son)
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida qoʻriqlash faoliyati bilan shugʻullanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 24-yanvardagi 16-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 5-son, 57-modda) rus tilidagi matnida:
a) 4-banddagi “Ministerstvu vnutrennix del” soʻzlari “Natsionalnoy gvardii” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 5-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “Ministerstva vnutrennix del” soʻzlari “Natsionalnoy gvardii” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 14-apreldagi 92-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 16-son, 180-modda) bilan tasdiqlangan Telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar obyektlarini qoʻriqlash, muhofaza qilish hamda ularning xavfsiz faoliyat koʻrsatishi qoidalarida:
“5. Nodavlat telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar obyektlari belgilangan tartibda Milliy gvardiya Qoʻriqlash bosh boshqarmasiga qoʻriqlash uchun berilishi, kirish cheklangan xonalari majburiy tartibda Milliy gvardiya qoʻriqlash boʻlimlarining texnik qoʻriqlash markaziga (punktiga) qoʻriqlash uchun topshirilishi kerak”;
“12. Yongʻin, avariya yuz berganda va boshqa favqulodda vaziyatlarda obyekt boʻyicha navbatchi yoki Milliy gvardiya Qoʻriqlash bosh boshqarmasi xodimi darhol yongʻin, avariya komandasini chaqiradi, nodavlat telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar obyektining rahbariga va ijaraga beruvchiga, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati boʻlinmalariga xabar beradi va ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻradi”;
v) 18-banddagi “Davlat xavfsizlik xizmati” soʻzlaridan keyin “Milliy gvardiyasi” soʻzlari qoʻshilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyundagi 159-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 25-son, 309-modda) bilan tasdiqlangan “Doʻrmon” milliy bogʻi toʻgʻrisidagi nizomning 15-bandidagi “ichki ishlar organlari” soʻzlari “Milliy gvardiya boʻlinmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
12. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 322-son qarori bilan tasdiqlangan Maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar va maʼmuriy huquqbuzarlik yoʻli bilan maʼnaviy, jismoniy yoki mulkiy zarar yetkazilgan shaxslarni markazlashtirilgan hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 8-ilovada:
a) 076 kodli pozitsiya chiqarib tashlansin;
b) quyidagi mazmundagi 180-1 kodli pozitsiya qoʻshilsin:
“
180-1
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi tibbiy xizmatlari
”;
v) quyidagi mazmundagi 380 va 381 kodli pozitsiyalar qoʻshilsin:
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
15. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-avgustdagi 697-son qarori bilan tasdiqlangan Toshkent shahrining jamoat tartibini taʼminlash kuchlari tarkibida xizmatni oʻtayotgan xodimlar va harbiy xizmatchilar faoliyatini baholash va ularga bir martalik pul mukofoti toʻlash mezonlarini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Ushbu Nizom ichki ishlar organlarining yoʻl-patrul xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻriqlash xizmatlari va saf boʻlinmalari xodimlari hamda Milliy gvardiyaning shartnoma asosida xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilariga tatbiq etiladi”.
16. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 29-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomning 18-bandi 23-kichik bandidagi “Ichki ishlar vazirligi” soʻzlari “Milliy gvardiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/568/3403-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son, 17.06.2022-y., 09/22/338/0534-son; 02.11.2022-y., 09/22/630/0980-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)