Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid
davlat dasturi” ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QXT, 2016-y., 42-son, 417-modda) bilan tasdiqlangan Davlat korxonalari toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Davlat soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
13-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“davlat unitar korxonalarining yillik yigʻilishi yil tugaganidan keyin olti oydan kechiktirmay oʻtkazilishi va davlat budjetiga ajratmalarni sof foydani taqsimlash toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan sanadan 60 kundan kechiktirmay toʻlash”.
“davlat korxonasining oʻz faoliyatidan olingan daromadlari, shuningdek, davlat korxonalarining boshqa jamiyat ustav fondidagi ulushi boʻyicha dividend”.