toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 18-mayda qabul qilingan
Senat tomonidan 2019-yil 21-iyunda maʼqullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi faoliyatini tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi toʻgʻrisidagi qonunchilik
Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining huquqiy maqomi
Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi (bundan buyon matnda Hisob palatasi deb yuritiladi) davlat tashqi auditi va moliyaviy nazoratining oliy organidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Hisob palatasi yuridik shaxs boʻlib, u Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va davlat tilida oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.
(3-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 17-iyuldagi OʻRQ-856-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2023-y., 03/23/856/0489-son)
4-modda. Hisob palatasining asosiy vazifalari
Hisob palatasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun (bundan buyon matnda Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun deb yuritiladi) loyihasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari loyihalarining ekspertizasini hamda oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiya tahlilini oʻtkazish;
(4-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-740-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 03/21/740/1209-son)
qabul qilinayotgan davlat dasturlarining va hududiy dasturlarning moliyalashtirish manbalari bilan taʼminlanganligi auditini amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarining toʻgʻri qoʻllanilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
budjet tizimi budjetlariga va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarga mablagʻlar tushumlarining toʻliqligini, shuningdek yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga qaratilgan choralarning amalga oshirilishini oʻrganish hamda nazorat qilish;
(4-moddaning toʻtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 27-avgustdagi OʻRQ-712-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 03/21/712/0828-son)
Oldingi tahrirga qarang.
budjet tizimi budjetlarining va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarning daromadlarini koʻpaytirish zaxiralarini aniqlash hamda safarbar qilish;
(4-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 25-avgustdagi OʻRQ-711-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son)
budjet tizimi budjetlarining va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarning amalga oshirilayotgan xarajatlari samaradorligi hamda qonuniyligini auditdan oʻtkazish, bu xarajatlarni barcha darajalarda qisqartirish imkoniyatlarini aniqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
budjet tizimi budjetlarining mablagʻlari va davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish hisobidan amalga oshiriladigan loyihalarning maqsadga muvofiqligi, asosliligi hamda samaradorligini baholash;
(4-moddaning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 29-apreldagi OʻRQ-836-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/836/0232-son — 2023-yil 2-avgustdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
soliq, bojxona va budjet toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirishga, tizimli qoidabuzarliklar sabablarini, shuningdek xalqaro tajribani umumlashtirish hamda oʻrganish orqali budjetni rejalashtirishning zamonaviy usullarini joriy etishga doir takliflar ishlab chiqish;
(4-moddaning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari oʻrtasidagi nisbatning maqbulligini, mahalliy davlat hokimiyati organlarining daromadlarga oid vakolatlari hamda xarajatlar boʻyicha majburiyatlari chegaralanishining toʻgʻriligini baholash, ularning oʻzini oʻzi moliyaviy jihatdan yetarlicha taʼminlashiga doir takliflar ishlab chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
oʻz vakolatlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari ijrosi ustidan nazoratni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari toʻliq hamda oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish va amalga oshirish;
(4-moddaning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 17-iyuldagi OʻRQ-856-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2023-y., 03/23/856/0489-son)
Oʻzbekiston Respublikasining pul-kredit va valyuta siyosatini, Oʻzbekiston Respublikasining aktivlari hamda majburiyatlari holatini, oltin-valyuta zaxiralarining boshqarilishini, shuningdek qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan amalga oshirilayotgan operatsiyalarni tashqi auditdan oʻtkazish.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-moddaning oʻn toʻrtinchi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1155-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1155/0616-son)
5-modda. Hisob palatasi faoliyatining asosiy prinsiplari
Hisob palatasi faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, mustaqillik, xolislik, ochiqlik va shaffoflikdan iboratdir.
6-modda. Qonuniylik prinsipi
Oldingi tahrirga qarang.
Hisob palatasining mansabdor shaxslari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga soʻzsiz rioya etishi hamda ularni bajarishi shart.
(6-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qonun talablarini aniq bajarishdan va ularga rioya etishdan har qanday tarzda chekinish, buning sabablari qanday boʻlishidan qatʼi nazar, qonuniylikning buzilishidir va u belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagikodeksi va Jinoyat kodeksi.
7-modda. Mustaqillik prinsipi
Hisob palatasi oʻz vakolatlarini har qanday davlat organlaridan, boshqa tashkilotlardan va ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda, faqat qonunga boʻysungan holda amalga oshiradi.
Hisob palatasi faoliyatiga davlat organlarining, boshqa tashkilotlarning va ular mansabdor shaxslarining aralashuvi taqiqlanadi.
Hisob palatasi faoliyatini tekshirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan amalga oshiriladi.
8-modda. Xolislik prinsipi
Hisob palatasi oʻz faoliyatini ishlarning haqiqiy holatini aniqlash orqali, Hisob palatasining mansabdor shaxslari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga subyektiv fikrlarning taʼsir qilishiga yoʻl qoʻymagan holda amalga oshirishi shart.
9-modda. Ochiqlik va shaffoflik prinsipi
Hisob palatasi oʻz faoliyatini ochiq va shaffof tarzda, davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hisob palatasining faoliyati toʻgʻrisidagi yillik hisobot Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga taqdim etiladi va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi shart.
(9-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi va oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiya, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobot yuzasidan Hisob palatasining xulosalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi lozim.
(9-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hisob palatasi moliya yilining birinchi oyida moliya yili uchun ish rejalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.
Hisob palatasi nazorat tadbirlari natijalari boʻyicha aniqlangan moliyaviy huquqbuzarliklar va ularning bartaraf etilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har chorak yakunlariga koʻra, chorakdan keyingi oyning 25 sanasidan kechiktirmay oʻz rasmiy veb-saytiga joylashtiradi, bundan davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni oʻz ichiga olgan maʼlumotlar mustasno.
Hisob palatasi har chorakda kamida bir marta oʻz faoliyati toʻgʻrisida jamoatchilik oldida ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirokida hisobot berib boradi.
(9-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 17-iyuldagi OʻRQ-856-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2023-y., 03/23/856/0489-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonuni 325-moddasi, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonuni 334-moddasi.
10-modda. Hisob palatasining boʻysunuvi va hisobdorligi
Oldingi tahrirga qarang.
Hisob palatasi oʻz faoliyatida bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga boʻysunadi, Prezidentga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga hisobdordir.
(10-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
2-bob. Hisob palatasining tuzilmasi va tarkibi
11-modda. Hisob palatasining tuzilmasi va tarkibi
Hisob palatasining tuzilmasi va shtatlarining cheklangan soni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hisob palatasi Hisob palatasining raisi, raisning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlaridan, shuningdek Hisob palatasining shoʻba mudirlari, bosh inspektorlari, yetakchi inspektorlari, inspektorlari yordamchi va texnik xodimlaridan iborat tarkibda tuziladi.
(11-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 17-iyuldagi OʻRQ-856-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2023-y., 03/23/856/0489-son)
12-modda. Hisob palatasining mansabdor shaxslarini va xodimlarini lavozimga tayinlash hamda lavozimidan ozod qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Hisob palatasining raisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati maʼqullaganidan keyin lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
(12-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1155-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1155/0616-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
(12-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1155-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1155/0616-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hisob palatasining shoʻba mudirlari, bosh inspektorlari, yetakchi inspektorlari, inspektorlari, yordamchi va texnik xodimlari Hisob palatasining raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod qilinadi.
(12-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 17-iyuldagi OʻRQ-856-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2023-y., 03/23/856/0489-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 17-iyuldagi OʻRQ-856-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2023-y., 03/23/856/0489-son)
13-modda. Hisob palatasi raisining vakolatlari
Hisob palatasining raisi:
Hisob palatasi ishini tashkil etadi va uning faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga Hisob palatasining faoliyati toʻgʻrisidagi yillik hisobotlarni taqdim etadi;
(13-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga Hisob palatasining faoliyati toʻgʻrisidagi, shu jumladan Davlat budjetiga tushumlarning toʻliqligi taʼminlanishiga doir axborotni tizimli asosda taqdim etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hisob palatasi zimmasiga yuklatilgan vazifalar va vakolatlar doirasida nazoratni tashkil etish toʻgʻrisida farmoyish qabul qiladi;
(13-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 25-avgustdagi OʻRQ-711-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son)
Hisob palatasi tomonidan qabul qilingan qarorlar ijrosi ustidan nazoratni tashkil etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, ularning qoʻmitalari, komissiyalari va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari majlislarida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislarida Hisob palatasi faoliyatiga taalluqli masalalarning koʻrib chiqilishida ishtirok etadi;
(13-moddaning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining majlislarida ishtirok etishi, koʻrib chiqish uchun masalalar kiritishi va koʻrilayotgan masala yuzasidan fikr bildirishi mumkin;
chet davlatlarning tegishli tashqi audit va moliyaviy nazorat organlari, xalqaro tashkilotlar hamda ularning vakolatxonalari bilan hamkorlik toʻgʻrisida bitimlar tuzadi;
Hisob palatasining mansabdor shaxslarini Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlariga taqdim etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq Hisob palatasiga xodimlarni ishga qabul qilishni amalga oshiradi va ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qiladi;
buyruqlar chiqaradi va Hisob palatasining tarkibiy tuzilmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
Hisob palatasining shtat jadvalini tasdiqlaydi.
(13-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 17-iyuldagi OʻRQ-856-sonli Qonuniga asosan oʻn birinchi, oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2023-y., 03/23/856/0489-son)
14-modda. Hisob palatasi raisi birinchi oʻrinbosarining va oʻrinbosarlarining vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari oʻz vakolatlarini qonunchilikka hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining Reglamentiga muvofiq amalga oshiradi.
(14-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hisob palatasining raisi yoʻqligida uning vakolatlarini raisning birinchi oʻrinbosari, birinchi oʻrinbosar ham yoʻqligida esa Hisob palatasi raisining oʻrinbosarlaridan biri amalga oshiradi.
(14-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 17-iyuldagi OʻRQ-856-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2023-y., 03/23/856/0489-son)
15-modda. Hisob palatasi mansabdor shaxslarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
Hisob palatasining mansabdor shaxslari xizmat majburiyatlarini bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, ularning qoʻmitalari, komissiyalari va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislarida, ijro etuvchi hokimiyat organlari hayʼatlarining va boshqa davlat organlarining majlislarida Hisob palatasi faoliyatiga taalluqli masalalar koʻrib chiqilayotganda hozir boʻlish;
(15-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, nazorat obyektlarining hududlari va binolariga moneliksiz kirish, ularning hujjatlari hamda materiallaridan foydalanish, har qanday ishlab chiqarish, omborxona, savdo binolarini va boshqa binolarni koʻzdan kechirish;
qalbakilashtirish, soxtalashtirish, talon-toroj qilish hollari aniqlangan taqdirda hamda mazkur gʻayriqonuniy harakatlarga chek qoʻyish uchun zarur hujjatlar va materiallarni qonunchilikda belgilangan cheklovlarni hisobga olgan holda olib qoʻyish, hujjatlarni koʻzdan kechirish, olib qoʻyish dalolatnomalarini va olib qoʻyilgan hujjatlarning roʻyxatini tuzish hamda zarurat boʻlganda kassani, kassa xonalarini va xizmat xonalarini, omborlarni hamda arxivlarni muhrlash;
(15-modda birinchi qismining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
davlat organlarining mansabdor shaxslariga soʻrovlar yuborish;
nazorat obyektlarining mansabdor shaxslaridan nazoratni oʻtkazish chogʻida aniqlangan qoidabuzarliklar faktlari yuzasidan yozma tushuntirishlar, shuningdek hujjatlarning zarur boʻlgan tegishli tarzda tasdiqlangan koʻchirma nusxalarini talab qilish va olish;
nazorat obyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyatiga taalluqli barcha zarur hujjatlar, shu jumladan davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni oʻz ichiga olgan hujjatlar bilan tanishish;
nazorat natijalarini qayd etish uchun texnik vositalardan, shu jumladan audio-, foto- va video qayd etish vositalaridan foydalanish;
elektron maʼlumotlar bazalariga oid texnik hujjatlar bilan tanishish;
nazorat natijalari boʻyicha dalolatnomalar, maʼlumotnomalar va xulosalarni rasmiylashtirish, shuningdek maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisida bayonnomalar tuzish.
Nazorat obyektlarining rahbarlari Hisob palatasining mansabdor shaxslariga ishlash uchun zarur sharoitlar yaratishi shart.
Hisob palatasining mansabdor shaxslari nazorat obyektlarining xoʻjalik faoliyatiga aralashishga, shuningdek olingan axborotni Hisob palatasi raisi tomonidan tegishli qaror qabul qilinguniga qadar oshkor etishga haqli emas.
Hisob palatasining mansabdor shaxslari nazoratni oʻtkazish chogʻida oʻziga maʼlum boʻlib qolgan davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni saqlashi, nazoratni xolisona oʻtkazishi hamda uning natijalarini haqqoniy aks ettirishi shart.
Hisob palatasining mansabdor shaxslari lavozim majburiyatlarini bajarish chogʻida manfaatlar toʻqnashuviga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan shaxsiy manfaatdorlik yuzaga kelganligi toʻgʻrisida Hisob palatasi raisiga maʼlum qilishi, shuningdek bunday toʻqnashuvning oldini olish yoki uni bartaraf etish choralarini koʻrishi shart.
Hisob palatasining mansabdor shaxslari oʻzi oʻtkazgan nazorat natijalarining xolisligi va haqqoniyligi uchun qonunga muvofiq javobgar boʻladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi, Jinoyatkodeksi hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi.
16-modda. Hisob palatasi mansabdor shaxslarining faoliyatidagi cheklovlar
Hisob palatasining mansabdor shaxslari:
Oldingi tahrirga qarang.
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarida, xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida hamda oʻzga tashkilotlarda boshqa lavozimlarni egallashga;
(16-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishga;
oʻz vakolatlarini amalga oshirish davrida siyosiy partiyaga aʼzo boʻlishga haqli emas.
Hisob palatasining mansabdor shaxslari oʻz vakolatlari davrida siyosiy partiyaga aʼzolikni, bunday aʼzolik mavjud boʻlgan taqdirda, toʻxtatishi shart.
3-bob. Hisob palatasining davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorligi
17-modda. Hisob palatasining davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorligi hamda axborot almashishi
Hisob palatasi oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi hamda axborot, shu jumladan elektron shakldagi axborot almashishni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hisob palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamkorlik toʻgʻrisidagi kelishuvda belgilangan tartibda budjet va smeta-shtat intizomining, shuningdek davlat xaridlari sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablarining aniqlangan buzilishlari haqidagi maʼlumotlar yuzasidan axborot almashishni amalga oshiradi.
(17-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Davlat organlari va boshqa tashkilotlar Hisob palatasining zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishida unga oʻz vakolatlari doirasida yordam koʻrsatishi shart.
18-modda. Hisob palatasi qonuniy talablarining bajarilishi majburiyligi
Oldingi tahrirga qarang.
Hisob palatasining qonuniy talablari, shu jumladan qonunchilikka rioya etish, hujjatlarni, nazorat materiallarini va boshqa maʼlumotlarni taqdim etish, mutaxassislar ajratish, qonunchilikni buzganlik faktlari boʻyicha hozir boʻlish va tushuntirishlar berish toʻgʻrisidagi talablari barcha davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.
(18-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar, materiallar va boshqa maʼlumotlar tekin taqdim etiladi.
19-modda. Hisob palatasi qarorlarining bajarilishi majburiyligi
Hisob palatasining oʻziga berilgan vakolatlar doirasida qabul qilingan qarorlari davlat organlari hamda mulkchilik shaklidan va boʻysunuvidan qatʼi nazar boshqa tashkilotlar, shuningdek ularning mansabdor shaxslari tomonidan bajarilishi majburiydir.
4-bob. Hisob palatasining funksiyalari
Oldingi tahrirga qarang.
20-modda. Hisob palatasining Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari loyihalarining ekspertizasini hamda oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiya tahlilini oʻtkazish sohasidagi funksiyalari
Hisob palatasi Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari loyihalarining ekspertizasini hamda oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiya tahlilini oʻtkazish sohasida:
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari loyihasining, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari loyihalarining shakllantirilishini ularning koʻrsatkichlari asosliligini aniqlash, ularning daromadlarini prognoz qilish hamda xarajatlarini rejalashtirish, qarz siyosati va budjetlararo munosabatlarning sifatiga baho berish maqsadida oʻrganishni va tahlil qilishni amalga oshiradi;
Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi, Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi va oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiya, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining loyihalari boʻyicha xulosa beradi.
(20-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-740-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 03/21/740/1209-son)
21-modda. Hisob palatasining qabul qilinayotgan davlat dasturlarining va hududiy dasturlarning moliyalashtirish manbalari bilan taʼminlanganligi auditini amalga oshirish sohasidagi funksiyalari
Hisob palatasi qabul qilinayotgan davlat dasturlarining va hududiy dasturlarning moliyalashtirish manbalari bilan taʼminlanganligi auditini amalga oshirish sohasida:
qabul qilinayotgan davlat dasturlari va hududiy dasturlar moliyalashtirish manbalari bilan taʼminlanganligining auditini oʻtkazadi;
davlat dasturlari va hududiy dasturlar doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni moliyalashtirish uchun mablagʻlar oʻz vaqtida ajratilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
davlat dasturlari va hududiy dasturlar amalga oshirilishining toʻliqligi hamda samaradorligi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
211-modda. Hisob palatasining davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarining toʻgʻri qoʻllanilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasidagi funksiyalari
Hisob palatasi davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarining toʻgʻri qoʻllanilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasida:
davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshiradi;
davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilayotgan davlat xaridlarining samaradorligi va qonuniyligining auditini oʻtkazadi;
davlat xaridlarini amalga oshirish mexanizmlari, tartib-taomillari hamda usullarining samaradorligi va shaffofligini oshirishga qaratilgan takliflarni tayyorlaydi.
212-modda. Hisob palatasining budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish sohasidagi funksiyalari
Hisob palatasi budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish sohasida:
Oldingi tahrirga qarang.
birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar, ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar, hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar, davlat maqsadli jamgʻarmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi, davlat moliyaviy nazorat organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan oʻz rasmiy veb-saytlariga budjet jarayonining ochiqligini taʼminlaydigan axborotning joylashtirilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
(212-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
qonunchilik hujjatlarida belgilangan budjet jarayonining ochiqligini taʼminlaydigan axborotni joylashtirish muddatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
(211 va 212-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 27-avgustdagi OʻRQ-712-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 03/21/712/0828-son)
Oldingi tahrirga qarang.
22-modda. Hisob palatasining budjet tizimi budjetlariga va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarga mablagʻlar tushumlarining toʻliqligini, shuningdek yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga qaratilgan choralarning amalga oshirilishini oʻrganish hamda nazorat qilish sohasidagi funksiyalari
(22-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 27-avgustdagi OʻRQ-712-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 03/21/712/0828-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hisob palatasi budjet tizimi budjetlariga va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarga mablagʻlar tushumlarining toʻliqligini, shuningdek yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga qaratilgan choralarning amalga oshirilishini oʻrganish hamda nazorat qilish sohasida:
(22-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 27-avgustdagi OʻRQ-712-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 03/21/712/0828-son)
soliq va bojxona toʻlovlari yigʻilishi darajasining soliq turlari hamda hududlar kesimidagi tizimli tahlilini oʻtkazadi, uning tarmoqlar va hududlar kesimlarida pasayishiga taʼsir koʻrsatgan sabab-oqibat omillarini aniqlaydi;
Davlat budjetining, davlat maqsadli jamgʻarmalari va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalar budjetlarining shakllantirilishini nazorat qiladi hamda uning monitoringini yuritadi;
soliq solish obyektlari va soliq solinadigan baza qamrab olinishining toʻliqligi, manzilli yoʻnalishlar hamda nazorat dasturlarining shakllantirilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, shu jumladan soliq va boshqa davlat organlarining maʼlumotlar bazasini tahlil etish hamda monitoring qilish asosida nazoratni amalga oshiradi;
davlat mol-mulkini davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish hamda ijaraga berishdan olinadigan mablagʻlarning budjet tizimi budjetlariga tushumlari bilan bogʻliq masalalar yuzasidan tahlil oʻtkazadi va nazoratni amalga oshiradi;
mulkida davlat ulushi boʻlgan korxonalarning moliya-xoʻjalik faoliyatini dividendlarning toʻgʻri hisoblanishi va toʻlanishi nuqtai nazaridan nazorat qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga qaratilgan choralarning amalga oshirilishi ustidan monitoring oʻtkazadi va nazorat qiladi.
(22-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 27-avgustdagi OʻRQ-712-sonli Qonuniga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 03/21/712/0828-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: “Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma” (30.03.2016-y., roʻyxat raqami 2771), “Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining gʻazna ijrosi qoidalari” (22.12.2016-y., roʻyxat raqami 2850).
Oldingi tahrirga qarang.
23-modda. Hisob palatasining budjet tizimi budjetlarining va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarning daromadlarini koʻpaytirish zaxiralarini aniqlash hamda safarbar qilish sohasidagi funksiyalari
(23-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 25-avgustdagi OʻRQ-711-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hisob palatasi budjet tizimi budjetlarining va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarning daromadlarini koʻpaytirish zaxiralarini aniqlash hamda safarbar qilish sohasida:
(23-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 25-avgustdagi OʻRQ-711-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son)
davlat organlari hamda oʻzga tashkilotlar soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblash uchun foydalanadigan maʼlumotlar bazasining ishonchliligini baholaydi;
iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari faoliyatining budjet tizimi budjetlariga qoʻshimcha tushumlar zaxiralarini aniqlashga yoʻnaltirilgan tahlilini amalga oshiradi;
soliq solish tizimini, soliq va bojxona maʼmuriyatchiligini tahlil qilish hamda baholash asosida budjet tizimi budjetlari daromadlarini koʻpaytirish zaxiralarini aniqlash hamda ularning safarbar etilishini taʼminlash choralarini koʻradi;
daromadlar prognozini sifatli shakllantirish va bajarish, soliq solinadigan bazani kengaytirish, soliqlarning toʻliq yigʻilishini hamda soliq toʻlovchilar toʻliq hisobga olinishini taʼminlashda moliya va davlat soliq organlarining masʼuliyatini oshirish hamda ularga har tomonlama koʻmaklashish choralarini koʻradi.
24-modda. Hisob palatasining budjet tizimi budjetlarining va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarning amalga oshirilayotgan xarajatlari samaradorligi hamda qonuniyligini auditdan oʻtkazish, bu xarajatlarni barcha darajalarda qisqartirish imkoniyatlarini aniqlash sohasidagi funksiyalari
Hisob palatasi budjet tizimi budjetlarining va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarning amalga oshirilayotgan xarajatlari samaradorligi hamda qonuniyligini auditdan oʻtkazish, bu xarajatlarni barcha darajalarda qisqartirish imkoniyatlarini aniqlash sohasida:
Davlat budjetining, davlat maqsadli jamgʻarmalari va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalar budjetlarining xarajatlar qismi ijro etilishi yuzasidan monitoring yuritadi;
budjet mablagʻlaridan, davlat maqsadli jamgʻarmalarining va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarning mablagʻlaridan maqsadli, oqilona hamda samarali foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining budjet ssudalari va kredit liniyalaridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
(24-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar huzuridagi missiyalari va vakolatxonalari tomonidan chet el valyutasidagi mablagʻlardan toʻgʻri va maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat qiladi;
(24-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 25-avgustdagi OʻRQ-711-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(24-moddaning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 27-avgustdagi OʻRQ-712-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 03/21/712/0828-son)
Davlat budjetining ijro etilishi va budjet tizimi budjetlarining barcha darajalarida davlat mablagʻlarining sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi hamda davlat xarajatlarini qisqartirish imkoniyatlarini aniqlash choralarini koʻradi;
moliya organlari, shu jumladan gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan budjet tizimi budjetlari mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan nazorat qilishga doir vazifalarning bajarilishi samaradorligini tahlil qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining bank hisobvaraqlaridagi mablagʻlar shakllantirilishining qonuniyligi, ularning maqsadli va samarali sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
(24-moddaning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni tashqi auditdan va baholashdan oʻtkazadi, ular yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xulosalar taqdim etadi;
(24-moddaning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat budjetining hamda davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi choraklik hisobotlar yuzasidan tezkor xulosani Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
(24-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuniga asosan oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
25-modda. Hisob palatasining budjet tizimi budjetlarining mablagʻlari va davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish hisobidan amalga oshiriladigan loyihalarning maqsadga muvofiqligi, asosliligi hamda samaradorligini baholash sohasidagi funksiyalari
Hisob palatasi budjet tizimi budjetlarining mablagʻlari va davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish hisobidan amalga oshiriladigan loyihalarning maqsadga muvofiqligi, asosliligi hamda samaradorligini baholash sohasida:
budjet tizimi budjetlarining mablagʻlari va davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish hisobidan amalga oshiriladigan loyihalarning shakllantirilishi yuzasidan monitoring oʻtkazadi hamda nazorat qiladi;
budjet tizimi budjetlarining mablagʻlari va davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish hisobidan amalga oshiriladigan loyihalarning toʻliq hamda samarali bajarilishi ustidan nazorat qiladi;
davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish hisobidan amalga oshirilgan va yakunlangan loyihalarni auditdan oʻtkazadi, audit natijalari haqidagi axborotni har chorak oxirida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboradi.
(25-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 29-apreldagi OʻRQ-836-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/836/0232-son — 2023-yil 2-avgustdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
26-modda. Hisob palatasining soliq, bojxona va budjet toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirishga, tizimli qoidabuzarliklar sabablarini, shuningdek xalqaro tajribani umumlashtirish hamda oʻrganish orqali budjetni rejalashtirishning zamonaviy usullarini joriy etishga doir takliflar ishlab chiqish sohasidagi funksiyalari
Hisob palatasi soliq, bojxona va budjet toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirishga, tizimli qoidabuzarliklar sabablarini, shuningdek xalqaro tajribani umumlashtirish hamda oʻrganish orqali budjetni rejalashtirishning zamonaviy usullarini joriy etishga doir takliflar ishlab chiqish sohasida:
zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish jarayonida aniqlanadigan budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishining turlarini hisobga oladi va tasniflaydi;
nazorat tadbirlari natijalarini, shuningdek budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishini, bunga olib kelayotgan sabablar va shart-sharoitlarni tahlil qiladi, budjet toʻgʻrisidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
soliq va bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishini, bunga olib kelayotgan sabablar hamda shart-sharoitlarni tahlil qiladi, mazkur qonunchilikni takomillashtirish, soliq va bojxona imtiyozlarini bekor qilish, shuningdek soliq stavkalarini oʻzgartirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik normalari amalga oshirilishining monitoringini oʻtkazadi va budjet jarayonidagi chetga chiqishlarni aniqlaydi;
budjet jarayonining va budjet toʻgʻrisidagi qonunchilikning xalqaro normalar hamda standartlarga muvofiqligini oʻrganadi;
(26-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yashirin iqtisodiyotning rivojlanishiga olib keladigan omillarni tahlil qiladi, ularni bartaraf etish mexanizmlarini joriy etishga doir takliflarni tayyorlaydi va kiritadi.
(26-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 27-avgustdagi OʻRQ-712-sonli Qonuniga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 03/21/712/0828-son)
27-modda. Hisob palatasining Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari oʻrtasidagi nisbatning maqbulligini, mahalliy davlat hokimiyati organlarining daromadlarga oid vakolatlari hamda xarajatlar boʻyicha majburiyatlari chegaralanishining toʻgʻriligini baholash, ularning oʻzini oʻzi moliyaviy jihatdan yetarlicha taʼminlashiga doir takliflar ishlab chiqish sohasidagi funksiyalari
Hisob palatasi Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari oʻrtasidagi nisbatning maqbulligini, mahalliy davlat hokimiyati organlarining daromadlarga oid vakolatlari hamda xarajatlar boʻyicha majburiyatlari chegaralanishining toʻgʻriligini baholash, ularning oʻzini oʻzi moliyaviy jihatdan yetarlicha taʼminlashiga doir takliflar ishlab chiqish sohasida:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining shakllantirilishi va ijro etilishini, ularning mutanosibligini tahlil qiladi hamda ular ustidan nazoratni amalga oshiradi;
yuqori turuvchi va quyi turuvchi budjetlar oʻrtasidagi belgilangan umumdavlat soliqlari ajratmalari normativlarining, budjetlararo ajratiladigan transfertlarning asosliligini oʻrganadi;
yuqori turuvchi va quyi turuvchi budjetlar oʻrtasidagi xarajatlar boʻyicha majburiyatlarning chegaralanishi toʻgʻriligini baholaydi;
mahalliy davlat hokimiyati organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni hal etishdan kelib chiqqan holda barcha darajadagi budjetlar oʻrtasidagi moliyaviy resurslar nisbatini maqbullashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
28-modda. Hisob palatasining Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari ijrosi ustidan nazoratni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari toʻliq hamda oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish va amalga oshirish sohasidagi funksiyalari
Hisob palatasi oʻz vakolatlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari ijrosi ustidan nazoratni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari toʻliq hamda oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish va amalga oshirish sohasida:
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining ijrosi ustidan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari toʻliq hamda oʻz vaqtida bajarilishi ustidan doimiy nazoratni oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiradi va ularning natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarida belgilangan ijro muddatlarini uzaytirish toʻgʻrisidagi takliflar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga xulosalar kiritadi.
(28-modd Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 17-iyuldagi OʻRQ-856-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2023-y., 03/23/856/0489-son)
29-modda. Hisob palatasining Oʻzbekiston Respublikasining pul-kredit va valyuta siyosatini, Oʻzbekiston Respublikasining aktivlari hamda majburiyatlari holatini, oltin-valyuta zaxiralarining boshqarilishini, shuningdek qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan amalga oshirilayotgan operatsiyalarni tashqi auditdan oʻtkazish sohasidagi funksiyalari
Hisob palatasi Oʻzbekiston Respublikasining pul-kredit va valyuta siyosatini, Oʻzbekiston Respublikasining aktivlari hamda majburiyatlari holatini, oltin-valyuta zaxiralarining boshqarilishini, shuningdek qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan amalga oshirilayotgan operatsiyalarni tashqi auditdan oʻtkazish sohasida:
milliy valyutani mustahkamlash, uning xarid qobiliyatini oshirish, pul massasini va pul agregatlarini maqbullashtirish hamda bankdan tashqari pul aylanmasini qisqartirish boʻyicha chora-tadbirlarni tahlil qiladi va baholaydi;
bank tizimining moliyaviy barqarorligini oʻrganadi va tahlil qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasining va toʻlov balansining holatini tahlil qiladi;
ichki valyuta bozorida valyutaga boʻlgan talab va taklifni oʻrganadi, milliy valyutaning ayirboshlanishi holati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
davlat tomonidan xorijdan mablagʻ jalb qilish hajmlarini va maqsadga muvofiqligini baholashni, chet el kreditlari hamda grantlari mablagʻlaridan samarali va oqilona foydalanilishi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan yoki Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolati ostida olingan tashqi kreditlarga oʻz vaqtida xizmat koʻrsatilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
oltin-valyuta zaxiralarining qayta tiklanishi va ularga doir operatsiyalar ustidan nazoratni amalga oshiradi, tashqi aktivlarni boshqarish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni tahlil qiladi, ularni xorijiy banklarga samarali joylashtirish va qayta joylashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi, oltin-valyuta zaxiralari, shu jumladan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan oʻtkaziladigan operatsiyalar ustidan nazoratni taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u tomonidan vakolat berilgan organlar taraflarning biri sifatida qatnashayotgan oltin-valyuta zaxiralari bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshirish boʻyicha barcha qarorlarni kelishib oladi;
valyuta, eksport va import operatsiyalari oʻtkazilishining qonuniyligi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat qarzini samarali boshqarish boʻyicha monitoring oʻtkazadi, ularga oʻz vaqtida va toʻliq xizmat koʻrsatilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
(29-moddaning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 29-apreldagi OʻRQ-836-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/836/0232-son — 2023-yil 2-avgustdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(291-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1155-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1155/0616-son)
5-bob. Hisob palatasining vakolatlari, nazorat shakllari va turlari
30-modda. Hisob palatasining vakolatlari
Hisob palatasi:
Oldingi tahrirga qarang.
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa davlat organlaridan hamda oʻzga tashkilotlardan oʻz vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha materiallar, maʼlumotlar va tushuntirishlarni soʻrab oladi;
(30-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun real vaqt rejimida davlat organlari va boshqa tashkilotlarning, shu jumladan banklarning maʼlumotlar bazasidan foydalanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidan davlat mablagʻlarining bank hisobvaraqlaridagi hamda yagona gʻazna hisobvaragʻidagi harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soʻrab oladi;
(30-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
davlat organlarini va ularning vakillarini, nodavlat auditorlik xizmatlarini va ayrim mutaxassislarni nazorat oʻtkazish uchun oʻz vakolatlari doirasida jalb etadi;
Davlat budjeti daromadlari prognozining toʻgʻriligini baholash, soliq solinadigan bazani kengaytirish, soliqlarning toʻliq yigʻilishini va soliq solish obyektlarining toʻliq hisobga olinishini taʼminlash boʻyicha amalga oshiriladigan nazoratga moliya, soliq organlarining hamda boshqa davlat organlarining xodimlarini jalb etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalar va vakolatlar doirasida dastlabki va yakuniy nazoratni amalga oshiradi;
(30-moddaning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 25-avgustdagi OʻRQ-711-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son)
siyosiy partiyalarga moliyaviy va boshqa mablagʻlarning kelib tushishi hamda bu mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi va oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiya, shuningdek Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining loyihalari boʻyicha tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga xulosa taqdim etadi;
(30-moddaning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotning, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotning tashqi auditini va uni baholashni amalga oshiradi;
(30-moddaning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat budjetining hamda davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi choraklik hisobotlar yuzasidan tezkor xulosa tayyorlaydi;
(30-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuniga asosan oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining bank hisobvaraqlaridagi mablagʻlarning qonuniy shakllantirilganligi, maqsadli hamda samarali sarflanganligi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
(30-moddaning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, shuningdek belgilangan tartibda tashkil qilingan boshqa jamgʻarmalar mablagʻlarining shakllantirilishi hamda ulardan foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
(30-moddaning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 25-avgustdagi OʻRQ-711-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining, uning tarkibiy boʻlinmalari va muassasalarining moliya-xoʻjalik faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
nazorat natijalari boʻyicha koʻrsatmalar, taqdimnomalar, tahliliy maʼlumotlar va xulosalar kiritadi;
nazorat oʻtkazish davrida jinoyat alomatlarini koʻrsatuvchi maʼlumotlar, shu jumladan korrupsiyaga doir huquqbuzarliklar alomatlari aniqlangan taqdirda, tegishli materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiradi;
nazorat natijalari boʻyicha davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari ijro etilmaganligi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari toʻliq hamda oʻz vaqtida ijro etilmaganligi, shu jumladan ularning ijro etilishi jarayoni toʻgʻrisidagi axborot qonunchilikda belgilangan tartibda “ijro.gov.uz” axborot tizimi orqali toʻliq, haqqoniy tarzda va oʻz vaqtida taqdim etilmaganligi, uchun respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining va boshqa tashkilotlarning rahbarlarini javobgarlikka tortish toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
(30-moddaning oʻn sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1155-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1155/0616-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi bilan hamkorlikni, shu jumladan budjet tashkilotlari, budjetdan mablagʻ oluvchilar, boshqa davlat organlari hamda tashkilotlarni birgalikda nazorat qilishni rejalashtirish va amalga oshirish masalalari boʻyicha hamkorlikni tashkil etadi;
(30-moddaning oʻn sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Hisob palatasi bilan oldindan kelishib olinishi lozim boʻlgan barcha masalalar boʻyicha xulosa beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
budjet va smeta-shtat intizomini budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash tartibini, davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda, shuningdek Hisob palatasining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilganlikda aybdor shaxslarni belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortadi;
(30-moddning yigirmanchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 17-iyuldagi OʻRQ-856-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2023-y., 03/23/856/0489-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 2152 va 2456-moddalari.
Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida davlat boji toʻlamasdan sudga murojaat qilishga haqli;
Oldingi tahrirga qarang.
oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi;
(30-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 25-avgustdagi OʻRQ-711-sonli Qonuniga asosan yigirma ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlariga qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritishga haqli.
(30-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 17-iyuldagi OʻRQ-856-sonli Qonuniga asosan yigirma uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2023-y., 03/23/856/0489-son)
31-modda. Hisob palatasi tomonidan amalga oshiriladigan nazoratning shakllari va turlari
Oldingi tahrirga qarang.
Hisob palatasi oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalar va vakolatlar doirasida dastlabki hamda yakuniy nazorat tarzida taftish, tekshirish (shu jumladan budjet toʻgʻrisidagi qonunchilikning avvalgi taftishda yoki tekshirishda aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish yuzasidan nazorat tartibida tekshirish) va oʻrganish shaklida nazorat tadbirlarini amalga oshiradi.
(31-moddning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 17-iyuldagi OʻRQ-856-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2023-y., 03/23/856/0489-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Taftish nazorat tadbiri bilan qamrab olingan davrda nazorat obyekti tomonidan amalga oshirilgan barcha moliya-xoʻjalik operatsiyalarining qonuniyligi va asosliligini, ularning buxgalteriya hisobotlarida hamda moliyaviy hisobotlarda haqqoniy tarzda va toʻgʻri aks ettirilishini hujjatlar asosida aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
Tekshirish nazorat obyektining muayyan davrdagi ayrim harakatlarini (operatsiyalarini) yoki faoliyatining muayyan yoʻnalishini nazorat qilish maqsadida oʻtkaziladi.
Tekshirish kameral va sayyor turlarga boʻlinadi.
Kameral tekshirish, qoida tariqasida, Hisob palatasi joylashgan yerda, Hisob palatasida mavjud boʻlgan yoki Hisob palatasining soʻroviga koʻra taqdim etilgan maʼlumotlarga va hujjatlarga asosan oʻtkaziladi.
Sayyor tekshirish nazorat obyekti joylashgan yerda oʻtkaziladi.
Oʻrganish nazorat obyektining muayyan sohasini hamda faoliyatini statistik, moliyaviy va boshqa maʼlumotlar asosida tahlil qilish hamda baholash maqsadida amalga oshiriladi.
(31-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 17-iyuldagi OʻRQ-856-sonli Qonuniga asosan ikkinchi — yettinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2023-y., 03/23/856/0489-son)
Hisob palatasi oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida koʻrsatmalar va taqdimnomalar qabul qiladi, shuningdek tahliliy maʼlumotlar hamda xulosalar tayyorlaydi.
32-modda. Koʻrsatma
Oldingi tahrirga qarang.
Yakuniy nazorat jarayonida nazorat obyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyatida va boshqa faoliyatida davlatga zarar keltirayotgan hamda shu sababli kechiktirmasdan barham berish talab etiladigan buzilishlar, shuningdek yakuniy nazorat natijalari boʻyicha, shu jumladan davlat organlari va oʻzga tashkilotlarning soliqlar hamda boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish uchun foydalaniladigan maʼlumotlar bazasining haqqoniyligini tekshirishdagi buzilishlar aniqlanganda Hisob palatasi nazorat obyektlarining yoki yuqori tashkilotning rahbarlariga aniqlangan kamchiliklar va qoidabuzarliklarni bartaraf etish, davlatga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash hamda qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish choralarini koʻrish uchun koʻrsatma yuborishga haqli.
(32-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hisob palatasining koʻrsatmasi Hisob palatasi raisi tomonidan yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi Reglamentida belgilangan hollarda Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari yoki oʻrinbosarlari tomonidan qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hisob palatasining koʻrsatmasi aniqlangan kamchiliklar va qonunchilikning buzilishlari toʻgʻrisidagi hamda ularni bartaraf etish, shuningdek bunday buzilishlarning yuzaga kelishiga imkon beruvchi sabablar va sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan choralar koʻrish haqidagi talablarni oʻz ichiga olishi kerak.
(32-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hisob palatasining koʻrsatmasi unda koʻrsatilgan muddatda yoki, agar muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, u nazorat obyektiga kiritilgan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida bajarilishi kerak. Koʻrsatmani bajarish muddati Hisob palatasi raisining qarori bilan yana shu muddatga, lekin bir martadan oshmagan holda uzaytirilishi mumkin. Koʻrsatmaning bajarilishi natijalari boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida Hisob palatasi nazorat obyekti rahbari yoki uning yuqori turuvchi tashkiloti tomonidan yozma shaklda xabardor qilinadi.
33-modda. Taqdimnoma
Oldingi tahrirga qarang.
Yakuniy nazorat jarayonida Davlat budjeti daromadlarining tasdiqlangan prognozi bajarilmaganligi va budjetga toʻlovlar boʻyicha soliq qarzdorligi kamaymaganligi aniqlangan taqdirda Hisob palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasiga hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasiga, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlariga hududiy moliya organlarining, davlat soliq va bojxona xizmati organlarining rahbarlariga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisida taqdimnomalar kiritishga haqli.
(33-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari ijro etilmaganligi uchun, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari sifatli tarzda hamda oʻz vaqtida ijro etilmaganligi, shu jumladan ularning ijrosi toʻgʻrisidagi axborot qonunchilikda belgilangan tartibda “ijro.gov.uz” axborot tizimi orqali toʻliq, haqqoniy tarzda va oʻz vaqtida taqdim etilmaganligi uchun, Hisob palatasi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga va boshqa tashkilotlarga ularning xodimlariga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisida taqdimnomalar kiritishga haqli.
(33-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1155-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1155/0616-son)
Hisob palatasining taqdimnomasi Hisob palatasi raisi yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining Reglamentida belgilangan hollarda Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari yoki oʻrinbosarlari tomonidan qabul qilinadi.
Hisob palatasining taqdimnomasi aniqlangan kamchiliklar haqidagi axborotni va intizomiy jazo choralarini qoʻllash masalasini koʻrib chiqish, shuningdek bunday kamchiliklarning yuzaga kelishiga imkon beruvchi sabablar va sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi talabni oʻz ichiga olishi kerak.
Hisob palatasining taqdimnomasi kiritilgan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay bajarilishi kerak.
Taqdimnomaning bajarilishi natijalari boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar haqida Hisob palatasi yozma shaklda xabardor qilinadi.
34-modda. Tahliliy maʼlumot
Hisob palatasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlari va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining soʻrovlari boʻyicha oʻtkazilgan nazorat natijalari yuzasidan, shuningdek nazorat obyektining muayyan sohasini va faoliyatini oʻrganish natijalari yuzasidan tahliliy maʼlumot tayyorlanadi.
Tahliliy maʼlumot Hisob palatasi raisi yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining Reglamentida belgilangan hollarda Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari yoki oʻrinbosarlari tomonidan imzolanadi.
Tahliliy maʼlumotda oʻtkazilgan oʻrganish yoki tahlil toʻgʻrisidagi umumlashtirilgan maʼlumotlar, aniqlangan muammolar, mavjud toʻsiqlar va kamchiliklarning qisqacha tavsifi, shuningdek ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar koʻrsatilishi kerak.
35-modda. Xulosa
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasini ekspertizadan oʻtkazish va oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiyani tahlil qilish, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish natijalari, Oʻzbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotning, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotning tashqi auditi hamda uni baholash natijalari, Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasini koʻrib chiqish natijalari, siyosiy partiyalarga moliyaviy va boshqa mablagʻlarning kelib tushishi hamda bu mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat natijalari yuzasidan, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda Hisob palatasi tomonidan xulosa tayyorlanadi.
(35-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
Xulosa Hisob palatasi raisi yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining Reglamentida belgilangan hollarda Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari yoki oʻrinbosarlari tomonidan imzolanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
351-modda. Tezkor xulosa
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari ijrosining choraklik hisobotlarini Davlat moliyasini boshqarish axborot tizimi va boshqa elektron manbalardan olingan statistik, moliyaviy hamda boshqa maʼlumotlarni oʻrganish asosida Hisob palatasi tezkor xulosa tayyorlaydi.
(351-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
36-modda. Hisob palatasining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilish
Hisob palatasining koʻrsatmalari va taqdimnomalarini bajarishdan boʻyin tovlash yoki oʻz vaqtida bajarmaslikda, maʼlumotlar bazasidan hamda axborotdan foydalanish imkoniyatini bermaslikda, bila turib notoʻgʻri axborotni taqdim etganlikda namoyon boʻladigan tarzda Hisob palatasining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik, shuningdek Hisob palatasining faoliyatiga aralashganlik va uning mansabdor shaxslari zimmasiga yuklatilgan vazifalarning hamda funksiyalarning qonuniy ravishda ijro etilishiga toʻsqinlik qilish maqsadida biror-bir shaklda taʼsir koʻrsatganlik qonunda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 2152 va 2456-moddalari.
6-bob. Hisob palatasining faoliyatini tashkil etish
37-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining Reglamenti
Hisob palatasining faoliyati masalalari, Hisob palatasi mansabdor shaxslari oʻrtasida majburiyatlarning ichki taqsimlanishi, ishlarni yuritish tartibi Hisob palatasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining Reglamentida belgilanadi.
38-modda. Hisob palatasining ishini rejalashtirish
Hisob palatasi oʻz faoliyatini Hisob palatasi vakolatlariga kiruvchi masalalar ustidan taʼsirchan tizimli nazoratni taʼminlash zaruriyatidan kelib chiqqan holda shakllantiriladigan nazorat ishlarining yillik dasturi asosida tashkil etadi. Nazorat ishlarining yillik dasturi Hisob palatasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining soʻrovlari asosida oʻtkaziladigan nazorat tadbirlari Hisob palatasi nazorat ishlarining yillik dasturiga kiritilishi shart.
Hisob palatasi nazorat ishlarining yillik dasturi ijrosini tashkil etish Hisob palatasining farmoyishi asosida amalga oshiriladi, bunda Hisob palatasining mansabdor shaxslari orasidan har bir nazorat tadbirini tashkil etish uchun masʼullar tayinlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Nazorat tadbirlari faqat nazorat ishlarining yillik dasturiga kiritilgan nazorat obyektlarida amalga oshiriladi, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining soʻrovlariga asosan oʻtkaziladigan nazorat tadbirlari, kameral nazorat va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar mustasno.
(38-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 17-iyuldagi OʻRQ-856-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2023-y., 03/23/856/0489-son)
39-modda. Hisob palatasining standartlari
Hisob palatasining standartlari Hisob palatasi faoliyatini tashkil etish standartlaridan, shuningdek Hisob palatasi tomonidan amalga oshiriladigan tashqi audit va moliyaviy nazorat standartlaridan iboratdir.
Hisob palatasi faoliyatini tashkil etish standartlari, shuningdek Hisob palatasi tomonidan amalga oshiriladigan tashqi audit va moliyaviy nazorat standartlari Hisob palatasi tomonidan ishlab chiqiladi hamda tasdiqlanadi.
Hisob palatasi faoliyatini tashkil etish standartlari Hisob palatasida uslubiy taʼminlashni, ishlarni rejalashtirishni, hisobotlar tayyorlashni, boshqa davlat organlari va oʻzga tashkilotlar bilan hamkorlik qilishni hamda Hisob palatasining boshqa ichki faoliyat turlarini tashkil etish va amalga oshirish xususiyatlari, qoidalari hamda tartib-taomillarini belgilaydi.
Hisob palatasi tomonidan amalga oshiriladigan tashqi audit va moliyaviy nazorat standartlari nazorat faoliyatining umumiy talablari, xususiyatlari, qoidalari hamda tartib-taomillarini belgilaydi.
7-bob. Hisob palatasining mansabdor shaxslarini huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilish
40-modda. Hisob palatasining mansabdor shaxslarini huquqiy jihatdan himoya qilish kafolatlari
Hisob palatasining mansabdor shaxslari davlat himoyasida boʻladi.
Hisob palatasining mansabdor shaxslari oʻz majburiyatlarini bajarish chogʻida faqat bevosita yoki toʻgʻridan-toʻgʻri rahbarga boʻysunadi.
Bevosita qonun bilan vakolat berilgan shaxslardan tashqari hech kim Hisob palatasi mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga aralashish, shuningdek Hisob palatasining mansabdor shaxslarini Hisob palatasi zimmasiga qonun bilan yuklatilmagan vazifalarni bajarishga majburlash huquqiga ega emas.
41-modda. Hisob palatasi mansabdor shaxslarining daxlsizligi kafolatlari
Hisob palatasining mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori tomonidan qoʻzgʻatilishi mumkin.
Hisob palatasining mansabdor shaxslarini maʼmuriy javobgarlikka tortish masalasi Hisob palatasining raisi tomonidan hal etiladi.
42-modda. Hisob palatasining mansabdor shaxslarini moddiy va ijtimoiy jihatdan taʼminlash
Hisob palatasining raisi maqomi, mehnatga haq toʻlash, tibbiy xizmat va transport taʼminoti sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisiga, Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosariga, Hisob palatasi raisining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosariga, Hisob palatasining masʼul xodimlari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli xodimlariga tenglashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hisob palatasining mansabdor shaxslariga lavozim maoshiga nisbatan alohida mehnat sharoitlari va uzoq muddatli uzluksiz ish staji uchun qonunchilikda belgilangan tartibda hamda miqdorlarda koeffitsiyentlar qoʻllanilgan holda har oylik ustamalar toʻlanadi.
(42-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hisob palatasining mansabdor shaxslari uchun avvalgi ish joyida berilgan uzoq muddatli xizmatlari, harbiy va maxsus unvonlar (martaba darajalari, malaka darajalari, diplomatik darajalar va boshqalar) uchun ustama va qoʻshimcha toʻlovlar saqlanib qoladi.
Hisob palatasining mansabdor shaxslari avvalgi ish joyi boʻyicha xodimlar uchun belgilangan barcha imtiyozlardan, moddiy va ijtimoiy himoya choralaridan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida amalda boʻlgan mehnat sharoitlarini hisobga olgan hamda lavozim maoshi va boshqa toʻlovlar miqdori saqlangan holda foydalanadi.
Hisob palatasida ishlangan davr harbiy va maxsus unvonlarni berish uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi.
Hisob palatasida ishlash davrida harbiy va maxsus unvonlarni berish avvalgi ish joyi boʻyicha nazarda tutilgan tartibda tegishli harbiy va maxsus unvonlarni berish uchun zarur boʻlgan muddatlar oʻtgandan soʻng amalga oshiriladi.
Mehnat faoliyatida yuqori natijalarga erishganligi, majburiyatlarini namunali bajarganligi, shuningdek boshqa alohida xizmatlari uchun Hisob palatasining mansabdor shaxslari Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlariga taqdim etilishi mumkin.
43-modda. Hisob palatasining mansabdor shaxslarini uy-joy bilan taʼminlash
Hisob palatasining mansabdor shaxslariga uy-joy ijarasi uchun pullik kompensatsiya toʻlanadi.
Hisob palatasining mansabdor shaxslariga imtiyozli uzoq muddatli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda uy-joy olish huquqi beriladi.
44-modda. Hisob palatasining mansabdor shaxslarini ish bilan taʼminlash kafolatlari
Hisob palatasining mansabdor shaxslariga ularning mehnat faoliyati tugaganidan soʻng, ular Hisob palatasiga qabul qilinguniga qadar egallagan avvalgi ishi (lavozimi), u mavjud boʻlmagan taqdirda esa, unga teng boʻlgan boshqa ish (lavozim) ularning davlat organlaridagi va boshqa tashkilotlardagi mutaxassisligi hisobga olingan holda beriladi, bundan mansabdor shaxsning malakasi yetishmasligi yoki sogʻligi holati tufayli bajariladigan ishga noloyiqligi yoxud mansabdor shaxsning oʻz mehnat majburiyatlarini buzganligi uchun mehnat faoliyati tugatilgan hollar mustasno.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
45-modda. Hisob palatasining moliyaviy va moddiy-texnika taʼminoti
Oldingi tahrirga qarang.
Hisob palatasi faoliyatining moliyaviy va moddiy-texnika taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Hisob palatasida budjetdan tashqari jamgʻarma tashkil etiladi, undan foydalanish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
(45-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 17-iyuldagi OʻRQ-856-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2023-y., 03/23/856/0489-son)
46-modda. Xalqaro hamkorlik
Oldingi tahrirga qarang.
Hisob palatasining chet davlatlarning tashqi audit va moliyaviy nazorat organlari, xalqaro tashkilotlar hamda ularning vakolatxonalari bilan hamkorligi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
(46-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
47-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(47-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
48-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
49-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(49-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Oldingi tahrirga qarang.
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
(49-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
50-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun 2020-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 1-iyul,
OʻRQ-546-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 03/19/546/3359-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son, 28.08.2021-y., 03/21/712/0828-son, 29.12.2021-y., 03/21/740/1209-son; 01.05.2023-y., 03/23/836/0232-son; 18.07.2023-y., 03/23/856/0489-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son; 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son; 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son; 23.06.2026-y., 03/26/1155/0616-son)