Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini taʼminlash bilan bogʻliq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2011-yil 22-fevraldagi 1-yu-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2219, 2011-yil 18-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 16-son, 167-modda) bilan tasdiqlangan Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish
qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzgartirishlarning
1,
2 va
4-bandlari 2019-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi.
1.
97-banddagi “eng kam oylik ish haqining” degan soʻzlar “bazaviy hisoblash miqdorining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 100-bandning
birinchi va
ikkinchi xatboshisidagi “eng kam ish haqi miqdorining” degan soʻzlar “bazaviy hisoblash miqdorining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3.
101-banddagi “Davlat veterinariya qoʻmitasi” degan soʻzlar “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
ikkinchi xatboshidagi “Intellektual mulk agentligi” degan soʻzlar “Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshining oʻzbekcha matnidagi “idoralari” degan soʻz “organlari” degan soʻz bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “Davlat veterinariya qoʻmitasi” degan soʻzlar “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.