toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.06.2025
Hujjat 27.03.2020 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy rivojlanish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 10-yanvardagi PF-5621-son Farmoni va “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 10-yanvardagi PQ-4105-son qaroriga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 10-yanvardagi PQ-4105-son qaroriga muvofiq:
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining Maʼmuriy binosidan foydalanish boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda Boshqarma deb ataladi) xodimlarining cheklangan umumiy soni 70 birlikdan iborat etib belgilanganligi va budjet tashkilotiga tenglashtirilganligi;
Boshqarma Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining tashkiliy tuzilmasiga kiritilganligi;
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziriga idoraviy boʻysunuvdagi tashkilotlar tuzilmasiga belgilangan shtatlar soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining Maʼmuriy binosidan foydalanish boshqarmasi xodimlarining tarkibi va mehnatiga haq toʻlash razryadlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi ikki hafta muddatda Boshqarmaning tashkiliy tuzilmasi, ustavini va shtatlar jadvalini belgilangan tartibda tasdiqlasin hamda uning davlat muassasasi sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
4. Belgilab qoʻyilsinki, Boshqarma faoliyati har yili tasdiqlanadigan xarajatlar smetasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Oliy attestatsiya komissiyasi deb ataladi) Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (keyingi oʻrinlarda Institut deb ataladi) huzurida makroiqtisodiyot, mintaqaviy iqtisodiyot va sanoat iqtisodiyoti ixtisosliklari boʻyicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengashni tashkil qilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Institut tomonidan “Iqtisodiyot: tahlillar va prognozlar” jurnali tashkil etilsin hamda jurnalni chop etishni tashkil etish ishlari bilan shugʻullanish uchun Institut tarkibida Tahririy-nashriyot boʻlimi tuzilsin.
Qayd etilsinki, jurnalni chop etish bilan bogʻliq xarajatlar Davlat budjeti, Institutning budjetdan tashqari hamda xoʻjalik faoliyatidan tushgan mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
(6-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 07/20/4653/0376-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 07/20/4653/0376-son)
Oliy attestatsiya komissiyasi “Iqtisodiyot: tahlillar va prognozlar” jurnalini doktorlik dissertatsiyalarining asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar roʻyxatiga kiritsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda har yili Iqtisodiyot va sanoat vazirligining buyurtmasi asosida Institut tomonidan amalga oshiriladigan ilmiy-amaliy loyihalar uchun (Institut faoliyatining har bir yoʻnalishi boʻyicha) belgilangan tartibda maqsadli grantlar ajratib borsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilga moʻljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4067-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilga moʻljallangan Investitsiya dasturiga 17-ilovada keltirilgan 2019-yilda loyihaoldi va loyiha hujjatlari ishlab chiqiladigan hamda tasdiqlanadigan, qurilishi va rekonstruksiya qilinishi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishi nazarda tutilayotgan obyektlar roʻyxatiga Institut binosining texnik maydonlarini rekonstruksiya qilish va muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish ishlari (keyingi oʻrinlarda obyekt deb ataladi) kiritilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilga moʻljallangan Investitsiya dasturida:
“kelgusi yillar loyiha-qidiruv ishlari” uchun nazarda tutilgan markazlashgan kapital qoʻyilmalar hisobidan obyektning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun oʻn kun muddatda mablagʻlar ajratsin;
nazarda tutilgan markazlashgan kapital qoʻyilmalar limitini 2019-yilning birinchi yarim yillik yakunlari bilan qayta taqsimlash asosida davlat ekspertizasidan oʻtgan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq obyektning qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun zarur miqdordagi mablagʻlarni ajratsin.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Institut ilmiy kotibi maqomi, mehnatga haq toʻlash shartlari, tibbiy va transport taʼminoti sharoitlari boʻyicha Institut direktori oʻrinbosariga tenglashtirilsin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 07/20/4653/0376-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti qoʻshimcha mablagʻlari hisobidan Institutga 4 dona xizmat yengil avtomobillari xarid qilishga zarur mablagʻlar ajratsin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 07/20/4653/0376-son)
11. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarda xizmat yengil avtomobillaridan foydalanishni yanada tartibga solish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2011-yil 26-maydagi 153-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri B.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 24-iyun,
521-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyundagi 521-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining Maʼmuriy binosidan foydalanish boshqarmasi xodimlarining tarkibi va mehnatiga haq toʻlash
razryadlari*

T/r

Lavozimlar nomi**

Xodimlar toifasi

Shtat birliklari soni

YTS boʻyicha razryadi

I. Boshqaruv xodimlari

1.

Boshqarma boshligʻi

B

1

15

2.

Bosh muhandis

B

1

14

3.

Bosh buxgalter

B

1

13

4.

Yuriskonsult

B

1

11

5.

Kadrlar boʻyicha bosh mutaxassis

B

1

11

Jami boshqaruv xodimlari

B

5

II. Texnik xodimlar

6.

Transport vositalari boʻyicha bosh mutaxassis

T

1

10

7.

Xoʻjalik va taʼminot ishlari boʻyicha mutaxassis

T

1

9

8.

Binodan foydalanish, tozalik va hududlarni obodonlashtirish boʻyicha mutaxassis

T

1

9

9.

Buxgalter (tovar-moddiy boyliklari va ish haqi hisobchisi)

T

1

9

10.

Radioaloqa muhandisi

T

1

9

11.

Mutaxassis

T

4

8

12.

Ruxsatnomalar byurosi navbatchisi

T

1

5

13.

Dispetcherlik xizmati operatori

T

1

5

14.

Nusxa koʻchiruvchi

T

1

4

15.

Arxivarius

T

1

4

Jami texnik xodimlar

T

13

III. Xizmat koʻrsatuvchi xodimlar

16.

Avtoslesar

X

1

6

17.

Oliy toifali muolaja hamshirasi

X

1

5

18.

Duradgor

X

1

4

19.

Avtomashina haydovchisi

X

19***

3

20.

Hovli supuruvchi

X

3

3

21.

Bogʻbon

X

1

3

22.

Xizmat xonalarini yigʻishtiruvchi

X

23***

3

23.

Yordamchi ishchi

X

3

3

Jami xizmat koʻrsatuvchi xodimlar

X

52

JAMI XODIMLAR

70

Izoh:
* boshqarma xodimlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining markaziy apparati xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etiladi;
** boshqarmaning ishlab chiqarish va xoʻjalik faoliyati zaruriyatidan kelib chiqib, lavozimlar nomiga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin;
*** belgilangan tegishli normalardan kelib chiqqan holda, shtatlar soni oʻzgarishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyundagi 521-son qaroriga
2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarda xizmat yengil avtomobillaridan foydalanishni yanada tartibga solish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2011-yil 26-maydagi 153-son qaroriga kiritilayotgan
oʻzgartirish va qoʻshimcha
1. 1-ilovaning rus tilidagi matnining 33-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

33.

Ministerstvo ekonomiki
i promishlennosti

52

55

28

19

8

-

-

Sentralniy apparat

13

16

7

3

6

Oblastnie zvenya

30

30

14

14

2

-

-

Rayonnie zvenya

-

-

-

-

-

-

-

Podvedomstvennie organizatsii

9

9

7

2

-

-

-

”.

2. 2-ilovaning rus tilidagi matniga quyidagi tahrirdagi 69-pozitsiya qoʻshilsin:

69.

Ministerstvo ekonomiki
i promishlennosti

-

9

5

2

2

-

-

Sentralniy apparat

-

-

-

-

-

-

-

Oblastnie zvenya

-

-

-

-

-

-

-

Rayonnie zvenya

-

-

-

-

-

-

-

Podvedomstvennie organizatsii

-

9

5

2

2

-

-

”.

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2019-y., 09/19/521/3331-son; 27.03.2020-y., 07/20/4653/0376-son; 30.04.2021-y., 09/21/258/0400-son)