1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilga moʻljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mamlakatimizda investitsiya siyosatini tubdan takomillashtirish va isloh qilish, uni amalga oshirish yuzasidan zamonaviy, samarali yondashuv va mexanizmlarni joriy etish, shuningdek, investitsiya jarayonlarini jadallashtirish va umuman ishbilarmonlik muhitini yaxshilash boʻyicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, avvalambor, iqtisodiyot tarmoqlarini, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmalarini jadal rivojlantirish va modernizatsiya qilishni, sanoat ishlab chiqarishni kompleks diversifikatsiya qilish va uning raqobatbardoshligini oshirishni taʼminlashga xizmat qilmoqda.
Faol investitsiya siyosatini davom ettirish, amaldagi ishlab chiqarishlarni texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash va yangi yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish boʻyicha strategik va muhim ahamiyatga ega boʻlgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun investitsiyalarni, shu jumladan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish hamda samarali oʻzlashtirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni inobatga olgan holda saʼy-harakatlarni jamlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish, shuningdek, buning asosida aholi bandligini, ularning turmush darajasi va sifati oshirilishini taʼminlash maqsadida:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.04.00 Iqtisod sohalarini moliyalashtirish. Investitsiyalash]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi tomonidan Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ishlab chiqilgan, quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilga moʻljallangan Investitsiya dasturi:
2019-yilda kapital qoʻyilmalarning asosiy parametrlari 1-ilovaga* muvofiq;
2019-yilda ijtimoiy, uy-joy, muhandislik va transport infratuzilmasi obyektlarini ishga tushirish prognozi 2-ilovaga* muvofiq;
2019-yilda obyektlar va ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish manzilli dasturi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.12.00 Hududlarni rivojlantirish;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.04.00 Iqtisod sohalarini moliyalashtirish. Investitsiyalash;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.03.00 Kapital qoʻyilmalar. Investitsiyalar (qurilishni moliyalashtirish). Narxlar shakllanishi;
5.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.09.00 Maʼmuriy va ijtimoiy-madaniy obyektlarni qurish]
2. Quyidagilar:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan, 2019-yilda obyektlar qurish va ularni rekonstruksiya qilish manzilli dasturi 4-ilovaga* muvofiq;
b) markazlashtirilgan investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriladigan:
2019-yilda melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish, shuningdek, texnikalar xarid qilish manzilli dasturi 5-ilovaga* muvofiq;
2019-yilda avtomobil yoʻllari, koʻpriklar va yoʻl oʻtkazgichlar qurish va rekonstruksiya qilish, shuningdek, obyektlarni jihozlash va texnikalar xarid qilish manzilli dasturi 6-ilovaga* muvofiq;
2019-yilda oliy taʼlim muassasalari, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari, bolalar musiqa va sanʼat maktablari, tibbiy, ilmiy-tadqiqot, umumtaʼlim va maktabgacha taʼlim muassasalari obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash manzilli dasturlari 7, 7a, 7b, 7v, 7g, 7d va 7e-ilovalarga* muvofiq;
2019-yilda ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya tizimlari obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish manzilli dasturi 8-ilovaga* muvofiq;
2019-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida loyihalarni moliyalashtirishni tashkil qilgan holda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish manzilli dasturi 9-ilovaga* muvofiq;
v) 2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasi davlat kafolati bilan xorijiy kreditlarni jalb qilgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli dasturi 10-ilovaga* muvofiq;
g) 2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlarini jalb qilgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli dasturi 11-ilovaga* muvofiq;
d) 2019-yilda tarmoq investitsiya loyihalari doirasida investitsiyalarni oʻzlashtirish yigʻma manzilli dasturi 12-ilovaga* muvofiq;
e) markazlashtirilmagan investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriladigan:
2019-yilda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb qilgan holda amalga oshiriladigan tarmoq investitsiya loyihalarining manzilli dasturi 13-ilovaga* muvofiq;
2019-yilda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda amalga oshiriladigan hududiy investitsiya loyihalarining manzilli dasturi 14-ilovaga* muvofiq;
j) quyidagilar:
2019-yilda loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlashni jadallashtirish talab etiladigan investitsiya loyihalari roʻyxati 15-ilovaga* muvofiq;
2019-yilda koʻrib chiqiladigan istiqbolli investitsiya va infratuzilma tarmoq loyihalari roʻyxati 16-ilovaga* muvofiq;
2019-yilda loyihaoldi va loyiha hujjatlari ishlab chiqiladigan hamda tasdiqlanadigan, qurilishi va rekonstruksiya qilinishi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishi nazarda tutilayotgan obyektlar roʻyxati 17-ilovaga* muvofiq;
2019-yilda loyihaoldi va loyiha hujjatlari ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan, markazlashtirilgan investitsiyalar hisobidan moliyalashtirilishi nazarda tutilayotgan ijtimoiy soha obyektlari roʻyxati 18-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.04.00 Iqtisod sohalarini moliyalashtirish. Investitsiyalash;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish natijalari boʻyicha loyihalar (obyektlar) yuzasidan roʻyxatlarga va kapital qoʻyilmalar limitlariga (qiymatiga) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi rahbarining qarorlari bilan aniqlik va tuzatishlar kiritilishi mumkin;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
loyihalar (obyektlar) boʻyicha tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan kiritiladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.04.00 Kapital qurilishni loyihalashtirish]
qurilish hamda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish jarayonlariga tegishli vakolatga ega boʻlmagan shaxslarning aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.03 Yoʻl va boshqa davlat jamgʻarmalari]
4. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasiga (keyingi oʻrinlarda — Rivojlanish jamgʻarmasi) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlarini oʻtkazish mazkur qaror bilan maʼqullangan manzilli dasturlarga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun avval ajratilgan mablagʻlar sarflanganligi Rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan tasdiqlanishiga qarab amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.02.00.00 Moliya va iqtisod sohasidagi boshqaruv]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi zimmasiga loyihalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan mablagʻlar Rivojlanish jamgʻarmasiga moliyalashtirish jadvali asosida oʻz vaqtida oʻtkazilishini taʼminlash yuzasidan javobgarlik yuklansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda jalb etilayotgan kreditlarning garov taʼminoti uchun Oʻzbekiston Respublikasi tashqi qarzlarining va davlat kafolatlari summasining cheklangan hajmi meʼyorlarini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.01.00 Umumiy qoidalar;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
6. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari — mazkur qaror bilan maʼqullangan manzilli dasturlarga kiritilgan loyihalar buyurtmachilari (keyingi oʻrinlarda — loyihalar buyurtmachilari):
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.06.00 Moliyalashtirishning boshqa manbalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.04.00 Kapital qurilishni loyihalashtirish]
ikki hafta muddatda — yildan-yilga oʻtib kelayotgan loyihalarni moliyalashtirish manbalari va hajmlarini qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishning kalendar jadvallari bilan uzviy bogʻliqlikda aniqlashtirgan holda, ular boʻyicha 2019-yilga moʻljallangan qurilishlarning manzilli roʻyxati ishlab chiqilishini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligiga taqdim etilishini;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan birgalikda uch hafta muddatda — markazlashtirilgan investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriladigan, 2019-yilda yangidan boshlanadigan loyihalar boʻyicha loyiha hujjatlarini tasdiqlash ishlari yakunlanishini;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.09.00 Pudrat / 03.11.09.02 Qurilish pudrati]
ikki oy muddatda tasdiqlangan loyiha hujjatlari asosida — tender (tanlov) hujjatlari kompleks ekspertizadan oʻtkazilishini, belgilangan tartibda yangi boshlanadigan loyihalar boʻyicha xarid qilish tartib-taomillari yakunlanishini va tender (tanlov) gʻoliblari bilan pudrat shartnomalari tuzilishini;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.02.00.00 Moliya va iqtisod sohasidagi boshqaruv]
xarid qilish tartib-taomillari yakunlanganidan soʻng bir hafta muddatda — yangidan boshlanadigan loyihalar boʻyicha qurilishlarning yakuniy manzilli roʻyxatlari kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligiga taqdim etilishini;
ikki hafta muddatda — mazkur qarorning 10, 11, 12, 13 va 14-ilovalariga kiritilgan loyihalarni amalga oshirishning kompleks tarmoq jadvallari Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga taqdim etilishini;
bir oy muddatda — mazkur qarorning 15-ilovasiga kiritilgan loyihalar yuzasidan loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash boʻyicha “yoʻl xaritalari” Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim etilishini taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
respublika shaharlari va shahar posyolkalarining ishlab chiqilgan va bugungi kunga qadar tasdiqlanmagan bosh rejalari loyihalarini ularning asosiy qoidalari va texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari asoslantirilganligi nuqtai nazaridan oʻrganib chiqilishini;
shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tartibini, ularni ishlab chiqish bilan bogʻliq tadbirlarni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish, shuningdek, xususiy loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini ragʻbatlantirish, ushbu sohaga innovatsion yechimlarni va ilgʻor xorijiy tajribani joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlanishini;
ajratilayotgan mablagʻlar samaradorligini oshirishga, shuningdek, yoʻl infratuzilmasini va umuman tarmoqni rivojlantirishga qaratilgan davlat-xususiy sheriklikning zamonaviy mexanizmlarini joriy etishni inobatga olgan holda, avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va saqlash sohasidagi ishlarni yanada takomillashtirish, ularning samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqilishini taʼminlasin.
8. Vazirliklar, idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlari zimmasiga:
Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilga moʻljallangan Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar boʻyicha qurilish-montaj ishlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini, mablagʻlarning toʻliq hajmda oʻzlashtirilishini hamda obyektlar va ishlab chiqarish quvvatlari belgilangan muddatlarda ishga tushirilishini taʼminlash;
mazkur qarorning 17 va 18-ilovalariga kiritilgan loyihalar boʻyicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini 2019-yilda ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
9. Rivojlanish jamgʻarmasi kuzatuv kengashi loyihalar buyurtmachilari bilan birgalikda:
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining ijobiy xulosalari mavjud boʻlgan holda, 2019-yilning 6 va 9 oyligi yakunlari boʻyicha kapital qoʻyilmalarning tejab qolingan yoki foydalanilmagan limitlarini, birinchi navbatda, Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilga moʻljallangan Investitsiya dasturiga kiritilayotgan tegishli hududdagi suv taʼminoti, kanalizatsiya tizimi, shuningdek, sogʻliqni saqlash va taʼlim obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash boʻyicha loyihalarni moliyalashtirishga maqsadli yoʻnaltirgan holda belgilangan tartibda qayta taqsimlashni;
har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 10 sanasiga qadar mazkur qaror bilan maʼqullangan manzilli dasturlarga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirish holati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va Vazirlar Mahkamasiga hisobot taqdim etishni;
zarur hollarda, xarid qilish tartib-taomillari yakunlanganidan soʻng Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilga moʻljallangan Investitsiya dasturida nazarda tutilgan mablagʻlarning amalda oʻzlashtirilishini hisobga olgan holda va kapital qoʻyilmalarning parametrlari doirasida qurilishlarning manzilli dasturlariga aniqlashtirish va tuzatishlar kiritilishini taʼminlasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan birgalikda mazkur qaror bilan maʼqullangan manzilli dasturlarga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli tahlil hamda monitoring oʻtkazilishini hamda har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga maʼlumotlar kiritilishini taʼminlasin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.R. Xolmuradov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari G.K. Saidova zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 19-dekabr,
PQ-4067-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2018-y., 07/18/4067/2354-son; 10.07.2019-y., 07/19/4388/3400-son)