toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.07.2025
Hujjat 20.06.2019 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Kredit tashkilotlari tomonidan Kredit axborotining davlat reyestriga va kredit byurolariga kredit axborotini taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 20-iyundagi roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2332-3]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 17-iyundagi 12/9-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3645, 07.07.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 14-yanvardagi 1/4-son qarori (roʻyxat raqami 2332, 2012-yil 2-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 8-9-son, 92-modda) bilan tasdiqlangan Kredit tashkilotlari tomonidan Kredit axborotining davlat reyestriga va kredit byurolariga kredit axborotini taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Kredit axborotining taqdim etilishida uning butligini, ishonchliligini va maxfiyligini taʼminlash maqsadida Kredit byurolarini roʻyxatga olish va ularning faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 3042, 2018-yil 25-iyul) muvofiq xavfsizlik choralari koʻrilishi lozim.”.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 8-iyun,
13/8-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 10/19/2332-3/3312-son)