toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.07.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Kredit byurolari, kredit axborotidan foydalanuvchilar va kredit axborotini yetkazib beruvchilar oʻrtasida kredit axboroti almashinuvi hamda kredit hisobotlarini taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 20-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2331-1]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 17-iyundagi 12/9-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3645, 07.07.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 14-yanvardagi 1/2-son qarori (roʻyxat raqami 2331, 2012-yil 2-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 8-9-son, 91-modda) bilan tasdiqlangan Kredit byurolari, kredit axborotidan foydalanuvchilar va kredit axborotini yetkazib beruvchilar oʻrtasida kredit axboroti almashinuvi hamda kredit hisobotlarini taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandidagi “Kredit byurolarining texnik va dasturiy vositalariga axborot xavfsizligi va muhofazasini taʼminlash boʻyicha qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2318, 2012-yil 23-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 3-4-son, 35-modda)” degan soʻzlar “Kredit byurolarini roʻyxatga olish va ularning faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 3042, 2018-yil 25-iyul)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 8-iyun,
13/7-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 10/19/2331-1/3313-son)