Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 14-yanvardagi 1/1-son qarori (roʻyxat raqami 2330, 2012-yil 2-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 8-9-son, 90-modda) bilan tasdiqlangan Kredit byurolari va kredit byurolariga kredit axborotini taqdim etuvchi organlar va tashkilotlar oʻrtasida kredit axboroti almashinuvi tartibi toʻgʻrisidagi nizomning
5-bandidagi “Kredit byurolarining texnik va dasturiy vositalariga axborot xavfsizligi va muhofazasini taʼminlash boʻyicha qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2318, 2012-yil 23-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 3-4-son, 35-modda)” degan soʻzlar “Kredit byurolarini roʻyxatga olish va ularning faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 3042, 2018-yil 25-iyul)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.