toggle_night_mode
Hujjat 19.06.2019 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining
buyrugʻi
Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni maʼmuriy javobgarlikdan ozod etish va pasportni rasmiylashtirishda davlat bojini qoplash uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish hamda sudlarga va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-apreldagi 309-son “Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni maʼmuriy javobgarlikdan ozod etish va pasportni rasmiylashtirishda davlat bojini qoplash uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish hamda sudlarga va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2019-yil 2-may,
71-son
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 2-maydagi 71-son buyrugʻiga
ILOVA
Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni maʼmuriy javobgarlikdan ozod etish va pasportni rasmiylashtirishda davlat bojini qoplash uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish hamda sudlarga va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga taqdim etish tartibi toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-apreldagi 309-son “Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni maʼmuriy javobgarlikdan ozod etish, pasport va yashash guvohnomasini rasmiylashtirishda davlat bojini qoplash uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish hamda sudlarga va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga taqdim etish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
reabilitatsiya markazi — muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni ularning shaxsi aniqlangungacha maʼmuriy sudning ajrimi asosida oʻttiz sutkadan koʻp boʻlmagan muddatga saqlab turish va reabilitatsiya qilish uchun moʻljallangan ichki ishlar organlari tizimidagi davlat muassasasi;
Keyingi tahrirga qarang.
muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxs — shaxsini tasdiqlovchi hujjati, shuningdek, biron-bir manzilda vaqtincha yoki doimiy propiskasi boʻlmagan yoxud yashash joyi boʻyicha hisobda turmagan, gʻayriijtimoiy xulq-atvorli, huquqbuzarlik sodir etishga moyil boʻlgan 18 yoshdan oshgan shaxs;
Keyingi tahrirga qarang.
reabilitatsiya qilish — muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarga huquqiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa turdagi yordam koʻrsatish, shuningdek, ularga jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalarini singdirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui.
2. Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 21 va 3081-moddalariga asosan ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilish toʻgʻrisida taqdimnoma bilan sudga murojaat qiladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-apreldagi 309-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari toʻgʻrisidagi nizomga asosan muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarning pasport yoki yashash guvohnomasini rasmiylashtirishi uchun davlat bojlari tuman (shahar) ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlarining (bundan buyon matnda MvaFRB deb yuritiladi) talabnomasiga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjet mablagʻlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
2-bob. Pasport yoki yashash guvohnomasini rasmiylashtirishda muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligini aniqlash
Keyingi tahrirga qarang.
4. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi MvaFRB tomonidan aniqlanadi.
5. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarning arizasiga koʻra, ularning MvaFRBlarda pasport yoki yashash guvohnomasini rasmiylashtirishlari uchun reabilitatsiya markazlari tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaxsini tasdiqlovchi vaqtinchalik maʼlumotnoma beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslar reabilitatsiya markazidan olgan shaxsini tasdiqlovchi vaqtinchalik maʼlumotnoma bilan tuman (shahar) ichki ishlar organlariga murojaat etadi. Bunda shaxsini tasdiqlovchi vaqtinchalik maʼlumotnoma tuman (shahar) ichki ishlar organi devonxonasidan (kotibiyatidan) roʻyxatdan oʻtkaziladi va tegishli ichki ishlar organi boshligʻi tomonidan MvaFRBga beriladi.
7. MvaFRB masʼul xodimi muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi uning tugʻilgan vaqti va joyi, qayerda yashaganligi, tugʻilganlik haqidagi guvohnoma yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar mavjudligi yoki mavjud emasligi, ota-onasi, turmush oʻrtogʻi, farzandlari va boshqa yaqin qarindoshlari, avvalgi doimiy propiska qilingan manzili haqidagi maʼlumotlarni aniqlash orqali oʻrganib chiqadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻrganish natijalariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi yoki mansub emasligi yuzasidan tegishli xulosa chiqariladi va ushbu xulosa tegishli tuman (shahar) ichki ishlar organining boshligʻi yoki uning oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
8. Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik pasporti bilan avval hujjatlashtirilgan, ammo uni yoʻqotib qoʻygan va doimiy propiskasi boʻlmagan (sud qarori bilan doimiy propiskadan chiqarib yuborilgan va (yoki) doimiy propiskaga qoʻyishga asoslari mavjud boʻlmagan) muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni turgan joyi boʻyicha hisobga olish istisno tariqasida, vaqtincha hududiy reabilitatsiya markazlari joylashgan manzilda amalga oshiriladi va Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik pasporti qayta rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Oʻzbekiston Respublikasi yoki boshqa davlat fuqaroligiga mansubligi aniqlanmagan hollarda MvaFRB muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsga uning shaxsini tasdiqlovchi vaqtinchalik maʼlumotnomani beradi, shuningdek tuman (shahar) hokimliklari bilan birgalikda doimiy propiskani rasmiylashtirish hamda yashash guvohnomasini hujjatlashtirish choralarini koʻradi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxs Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansub deb topilganda, ushbu shaxsga doimiy propiskada turgan manzilidagi ichki ishlar organi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolik pasporti rasmiylashtirib beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarga pasport yoki yashash guvohnomasi reabilitatsiya markazi tomonidan berilgan shaxsini tasdiqlovchi vaqtinchalik maʼlumotnomaga asosan rasmiylashtirib berilgan boʻlsa, ularga shaxsini tasdiqlovchi vaqtinchalik maʼlumotnoma takroran berilmaydi.
Bunda, muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 5-yanvardagi PF-4262-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda umumiy asoslarda hujjatlashtiriladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
12. MvaFRB tomonidan muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni hujjatlashtirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar boʻyicha har oyning yakunida tegishli hududdagi reabilitatsiya markazlariga maʼlumot yuboriladi.
3-bob. Pasport yoki yashash guvohnomasini rasmiylashtirishda muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilish
Keyingi tahrirga qarang.
13. MvaFRB uch sutka ichida tuman (shahar) maʼmuriy sudiga pasport yoki yashash guvohnomasini rasmiylashtirishda muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilish toʻgʻrisida mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq taqdimnoma bilan sudga murojaat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Taqdimnomada muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsning maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilinishi sabablari va asoslari koʻrsatilishi lozim.
14. Tuman (shahar) maʼmuriy sudi muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsga pasport yoki yashash guvohnomasini rasmiylashtirishda uni maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilish toʻgʻrisidagi taqdimnomani koʻrib chiqadi va quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
taqdimnomani qanoatlantirish va muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsga pasport yoki yashash guvohnomasini rasmiylashtirishda uni maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilish toʻgʻrisida;
taqdimnomani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Tuman (shahar) maʼmuriy sudi tomonidan taqdimnoma qanoatlantirilganda muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxs jarimadan ozod etilgan holda unga MvaFRB tomonidan pasport yoki yashash guvohnomasi rasmiylashtirib beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Taqdimnomani rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan hollarda rad etish sabablari va manfaatdor tomonga chiqarilgan sud qarori ustidan shikoyat qilish huquqlari tushuntiriladi.
16. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsga pasport yoki yashash guvohnomasini rasmiylashtirishda uni maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilish toʻgʻrisidagi taqdimnomani koʻrib chiqish natijasi boʻyicha chiqarilgan qaror ustidan shikoyat berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
4-bob. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarga pasport yoki yashash guvohnomasini rasmiylashtirish uchun davlat bojlarini qoplash tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
17. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarga pasport yoki yashash guvohnomasini rasmiylashtirish uchun davlat bojlarini qoplash toʻgʻrisida MvaFRB tomonidan tegishli tuman (shahar) hokimliklariga mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq talabnoma kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Talabnomaga reabilitatsiya markazidan muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsga berilgan shaxsini tasdiqlovchi vaqtinchalik maʼlumotnoma hamda sudning qarori nusxalari ilova qilinadi.
19. Tegishli tuman (shahar) hokimliklari tomonidan muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsga pasport yoki yashash guvohnomasini rasmiylashtirish uchun davlat bojlari qoplangandan soʻng, ularning biografik maʼlumotlari va biometrik parametrlari jamlanadi va ushbu maʼlumotlar MvaFRB tomonidan belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5-bob. Yakuniy qoidalar
20. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan kelishilgan.
Oliy sud raisi K. KAMILOV
2019-yil 1-may
Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni maʼmuriy javobgarlikdan ozod etish va pasportni rasmiylashtirishda davlat bojini qoplash uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish hamda sudlarga va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

‎Reabilitatsiya markazining
‎‎‎shtampi

‎‎‎________________ tuman (shahar)
‎ichki ishlar organi boshligʻiga

‎‎20___yil “____” ____________ ___________________________-son


‎‎‎SHAXSINI TASDIQLOVCHI VAQTINCHALIK
‎MAʼLUMOTNOMA

‎‎‎ ‎‎Fuqaro_________________________________________________________________

‎‎‏‏Rasm uchun joy

‎‎(tugʻilgan vaqti va joyi)

‎‎___________________________________________________________________ning

‎‎(F.I.O.)

‎‎20___ yil “ ___ “___________da ______________tuman (shahar) IIB tomonidan berilgan ____ ______________ - raqamli ________________________________

(‎‎pasport yoki yashash guvohnomasi)

‎‎yoʻqolganligi maʼlum boʻldi. Shu sababli, ushbu fuqaroga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-apreldagi 309-son “Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq ______________________ rasmiylashtirib berishingiz soʻraladi.

‎‎(pasport yoki yashash guvohnomasi)

‎‎Amal qilish muddati “____” ___________________ 20____ y.
‎‎Reabilitatsiya markazi boshligʻi ‎‎____________________________

‎‎(F.I.O.)

Keyingi tahrirga qarang.
Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni maʼmuriy javobgarlikdan ozod etish va pasportni rasmiylashtirishda davlat bojini qoplash uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish hamda sudlarga va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA


‎________________ tuman (shahar) maʼmuriy ishlar boʻyicha sudiga ‎‎



‎‎‎Pasport yoki yashash guvohnomasini rasmiylashtirishda shaxsni maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilish toʻgʻrisida
‎TAQDIMNOMA

‎‎Fuqaro __________________________________________________________________________ ga

‎‎(muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsning F.I.O.)

‎‎_________________________________ rasmiylashtirishda uni Oʻzbekiston Respublikasining

‎‎( pasport yoki yashash guvohnomasi)

‎‎Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 21 va 3081-moddalari asosida maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilinishi maqsadga muvofiq.

‎‎Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasi rahbari ______________‎‎ ‎‎_______________________

‎‎(imzo)

‎‎(F.I.O.)

Keyingi tahrirga qarang.
Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni maʼmuriy javobgarlikdan ozod etish va pasportni rasmiylashtirishda davlat bojini qoplash uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish hamda sudlarga va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA


‎________________________
‎tuman (shahar) hokimligiga



‎‎‎Pasport yoki yashash guvohnomasini rasmiylashtirish uchun davlat bojlarini qoplash toʻgʻrisida
‎TALABNOMA

‎‎Fuqaro __________________________________________________________________________ ga

‎‎(muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsning F.I.O.)

‎‎_________________________________ rasmiylashtirishda uni Oʻzbekiston Respublikasining

‎‎( pasport yoki yashash guvohnomasi)

‎‎Mahkamasining 2018-yil 26-apreldagi 309-son “Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan davlat bojlari uchun __________________ soʻmni qoplab berishingiz soʻraladi
(hisob raqami: _______________________________)

‎‎Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasi rahbari ______________‎‎ ‎‎_______________________

‎‎(imzo)

‎‎(F.I.O.)

Keyingi tahrirga qarang.