1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolik. Aholi. Pasport tizimi]
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 13-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2358-2]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2020-yil 16-iyundagi 197-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqidagi buyrugʻi, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2358-3, 17.07.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 28-avgustdagi PQ-3924-son qarorini amalga oshirish; chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2012-yil 1-maydagi 71-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2358, 2012-yil 4-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 19-son, 210-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomagailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2019-yil 4-may,
120-son
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2019-yil 4-maydagi 120-son buyrugʻiga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 2-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Doimiy propiskaga ega boʻlish uchun fuqarolar davlat xizmatlari koʻrsatishning soddalashtirilgan tartibini taʼminlaydigan elektron tizim orqali murojaat qilishlari mumkin.”.
“uy-joy hujjatlarining asl nusxasi (nusxalari olinib, asli qaytariladi);”.
14. Quyidagi mazmundagi 351 — 355-bandlar bilan toʻldirilsin:
“351. Fuqaro roʻyxatdan chiqish uchun TShIIBB MvaFRBga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-fevraldagi 41-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha ariza;
pasport yoki tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma;
mudofaa ishlari boʻlimidan hisobdan chiqarilganligi haqida belgi boʻlgan hisob-harbiy hujjatlar;
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-fevraldagi 41-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3 — 5-ilovalariga muvofiq uy daftari yoki qayd etish kartochkasi va kvartiralar boʻyicha kartochka;
roʻyxatdan chiqarganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi kvitansiya.
352. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarni roʻyxatdan chiqarish mahkumning ishonchnomasi asosida yoki uy-joy binosidan foydalanish huquqini yoʻqotganlik haqidagi sud qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
353. Vafot etganlar oʻlim qayd etilganidan keyin roʻyxatdan chiqarilishi lozim.
354. Propiskadan oʻtish yoki roʻyxatdan chiqarilganlik sud qaroriga koʻra shuningdek, qonunda koʻzda tutilgan boshqa hollarda ham bekor qilinishi mumkin.
355. Roʻyxatdan chiqarilganda yoki roʻyxatdan oʻtganlik bekor qilinganda MvaFRB inspektori uch kun muddat ichida Toshkent shahar IIBB va Toshkent viloyati IIB manzil-maʼlumotlar byurosiga ketish varaqlarini Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-fevraldagi 41-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 6-ilovasiga muvofiq yuboradi.”.
15. Quyidagi mazmundagi 381 — 383-bandlar bilan toʻldirilsin:
“381. Turar joy mulkdori oʻz oila aʼzolarini va boshqa shaxslarni propiskadan oʻtkazish huquqiga ega.
382. Bir nechta uyga yoki kvartiraga ega boʻlgan mulkdor ulardan faqat bittasigagina doimiy propiskadan oʻtishi mumkin.
383. Harbiy xizmatga majbur shaxslarni propiska qilish ular mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlarda harbiy hisobga qoʻyilganlaridan keyin amalga oshiriladi. 16 yoshdan 45 yoshgacha boʻlgan fuqarolar harbiy hisobga qoʻyilishlari kerak.”.
16. Quyidagi mazmundagi 401 va 402-bandlar bilan toʻldirilsin:
“401. Chegara zonasida joylashgan aholi punktlarida doimiy propiskaga ega boʻlish uchun ushbu zonaga kirishga yashash joyi boʻyicha ichki ishlar organlaridan chegara zonasiga kirishdan oldin belgilangan tartibda olingan ruxsatnoma ham taqdim etiladi.
402. Fuqaroni propiska qilish va propiskadan chiqarish belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma asosida ham amalga oshirilishi mumkin.”.
17. 1-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon qilinsin.
18. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuraturasi va Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati raisi A. AZIZOV
2019-yil 3-may,
Bosh prokuror O. MURODOV
2019-yil 3-may,
Tashqi ishlar vaziri A. KOMILOV
2019-yil 3-may,
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 1-ILOVA
________________________________________________ (boshliqning rezolyutsiyasi, imzo va sana)
Familiyasi _____________________________________ Ismi ___________________________________ Otasining ismi____________________________________ Tugʻilgan sanasi _________________________ Tugʻilgan joyi ______________________________________
Qayerdan keldi ___________________________________
(mintaqa nomi)
Kelish maqsadi ____________________________________________________________________________
(oʻz uy-joyiga, qarindoshlarga, vasiy (homiy)ga, ishga, oʻqishga va boshqa sabablar)
Quyidagi manzil boʻyicha propiskaga qoʻyishni soʻrayman: ______________________________tumani (shahar), ________________________koʻchasi ___________ (kvartal) _______ uy ________korpus __________ kvartira. Turar joy _________________________________________________________________ tomonidan berildi.
(oldi-sotdi shartnomasi, order, raqami, qachon va kim tomonidan berilgan, uy-joy mulkdori F.I.O. yoki
uy-joy bergan tashkilot nomi)
Bir vaqtning oʻzida men bilan quyidagi oila aʼzolarimni propiskaga qoʻyishni soʻrayman:
Qarindoshlik darajasi
F.I.O.
Tugʻilgan yili va joyi
Qayerdan keldi
Ariza beruvchi yoki ishonchli shaxsning F.I.O. ____________________________________________________
Imzo _________________
20__ yil “___” __________________
Izoh: Voyaga yetmagan ariza beruvchilar uchun ota-onalar, vasiy (homiy)lar ishonchli shaxslar hisoblanadi.”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2019-y., 10/19/2358-2/3285-son)