Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida qayta ishlash (tolling) boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
nizomni (roʻyxat raqami 987, 2000-yil 29-noyabr) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining 2019-yil 28-maydagi 07-31-4436-son xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida qayta ishlash (tolling) boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
nizom (roʻyxat raqami 987, 2000-yil 29-noyabr) davlat reyestridan chiqarilsin.
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
6. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari M. Istamov zimmasiga yuklansin.