toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.10.2020
Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining
buyrugʻi
Umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmogʻida telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 11-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1323-7]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2020-yil 30-iyundagi 208-mh-sonli “Telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3275, 30.06.2020-y.) asosan 2020-yil 1-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2003-yil 19-dekabrdagi 359-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1323, 2004-yil 15-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 11-son, 130-modda) bilan tasdiqlangan Umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmogʻida telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. SADIKOV
Toshkent sh.,
2019-yil 27-may,
198-son
Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2019-yil 27-maydagi 198-son buyrugʻiga
ILOVA
Umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmogʻida telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartishlar va qoʻshimcha
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
abonent liniyasi — telefon stansiyasidan abonentning telefon apparatiga boruvchi, butun uzunligi boʻyicha oʻralgan simlar jufti;”;
toʻrtinchi xatboshidagi “abonent qurilmasi” degan soʻzlar “oxirgi (terminal) qurilma” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi oʻn toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
abonentning shaxsiy hisobvaragʻi — abonent tomonidan foydalaniladigan aloqa xizmatlari uchun haq toʻlashga moʻljallangan, aloqa xizmatlaridan foydalanishda abonent tomonidan kiritiladigan va sarflanadigan pul mablagʻlari toʻgʻrisidagi pul ekvivalentida ifodalangan axborotdan iborat boʻlgan telekommunikatsiya operatorining avtomatlashtirilgan hisob-kitoblar tizimidagi tahliliy elektron hujjat;”;
oʻn toʻrtinchi — yigirma toʻrtinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻn beshinchi — yigirma beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oʻn sakkizinchi xatboshidagi “oldindan buyurtmani qabul qilmasdan telefonchi yordamida” degan soʻzlar “buyurtmani qabul qilgandan keyin telefonchi yordamida zudlik bilan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi yigirma ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
oldindan hisob-kitob tizimi — hisob-kitob tizimi, bunda xizmatlar faqat abonentning shaxsiy hisobvaragʻida telekommunikatsiya operatorining tarif rejasi bilan belgilangan yetarli mablagʻlar boʻlganda taqdim etiladi;”;
yigirma ikkinchi — yigirma beshinchi xatboshilar tegishli ravishda “yigirma uchinchi — yigirma oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
yigirma toʻrtinchi xatboshidagi “abonent qurilmalari oʻrtasida aloqaning oʻrnatilishi. Telefon bogʻlanishdan soʻzlashuvni yuritish hamda maʼlumotlar yoki faksimil xabarlarni uzatish” degan soʻzlar “oxirgi qurilmalar oʻrtasida aloqaning oʻrnatilishi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 14-bandning birinchi xatboshidagi “barcha abonentlarga” degan soʻzlar “barcha abonentlarga qarzdorligi sababli telefon aloqasi xizmatlari uzib qoʻyilganda ham foydalanuvchilar tomonidan teng ravishda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 21-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ariza roʻyxatga olingandan kundan boshlab 10 kun ichida telekommunikatsiya operatori qabul qilingan qaror toʻgʻrisida ariza beruvchiga xabar qilishi kerak.”.
4. 24-bandning ikkinchi xatboshisidan ikkinchi jumla chiqarib tashlansin.
5. 66-bandning “b” kichik bandida:
ikkinchi xatboshidagi “toʻlamaganda, bu haqda abonentni uzib qoʻyishdan kamida 5 kun oldin telefon orqali xabar qilib yoki yozma ravishda” degan soʻzlar “toʻlanmaganda, bu haqda abonentni uzib qoʻyishdan kamida 5 kun oldin telefon, yozma yoki elektron xabar bilan E-mail yoki SMS orqali” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agar abonent telefon aloqasidan foydalanish toʻxtatib qoʻyilgandan keyin 60 kun ichida telefon aloqasi xizmatlariga haq toʻlash boʻyicha qarzdorligini yopmasa, telekommunikatsiya operatori Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga muvofiq bir tomonlama tartibda Shartnomani bekor qilish huquqiga ega. Bu haqda operator abonentga mazkur bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisida belgilangan usullardan biri orqali kamida 10 kun oldin xabar berishi kerak;”.
6. 89-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Abonent telekommunikatsiya operatori yoki provayderining Call-markaziga qoʻngʻiroq qilganda IVR (oldindan yozib olingan ovozli xabarlar tizimi)ni eshitish vaqti yoki avtoinformatorning audio-xabarlari bogʻlanishning tarifikatsiyalanadigan davomiyligiga kiritilmaydi.”.
7. 100-banddagi “blankiga kiritilgan” degan soʻzlar “blankiga kiritilgan yoki avtomatlashtirilgan hisob-kitoblar tizimining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“102. Telefon aloqasi xizmatlari uchun abonentga — yuridik shaxsga quyidagilardan iborat hisob taqdim etiladi:”;
ikkinchi xatboshidagi “operatori rekvizitlarining nomi” degan soʻzlar “operatorining nomi, bank rekvizitlari va” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi va toʻqqizinchi xatboshilardan “(oldindan toʻlov toʻlanganda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Abonent — jismoniy shaxsga uning talabiga asosan hisob-kitob qilingan xizmatlar va toʻlovlar toʻgʻrisidagi axborot taqdim etiladi.”.
9. 107-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“107. Oylik telefon aloqasi xizmatlarini hisob-kitob qilish hisob-kitob (joriy) oyining birinchi sanalarida amalga oshiriladi. Shaharlararo va xalqaro telefon aloqasi xizmatlarini hisoblash, mahalliy soʻzlashuvlarni vaqtbay hisobga olish va boshqa bir martalik toʻlovlar (masalan, pulli maʼlumotnoma xizmati va h.k.) xizmat koʻrsatishni tugatish va kommunikatsiya uskunasi orqali maʼlumotlarni qayta ishlash fakti boʻyicha amalga oshiriladi.
Oldindan hisob-kitob tizimida har oylik xizmatlar boʻyicha hisoblash faqat abonentning shaxsiy hisobvaragʻida telekommunikatsiya operatorining tarif rejasi bilan belgilangan yetarlicha mablagʻlar boʻlganda amalga oshiriladi. Abonentning shaxsiy hisobvaragʻida yetarlicha mablagʻlar boʻlmaganda, telekommunikatsiya operatori abonentni mazkur Qoidalarning 66-bandi “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisida berilgan usullardan biri orqali ogohlantirib, abonentning telekommunikatsiya operatorining tarmogʻidan foydalanishini vaqtincha toʻxtatib turish huquqiga ega.
Hisob-kitob tugagach, abonentlarga barcha xizmatlarning toʻlovi uchun bitta hisob taqdim etiladi. Hisoblangan telefon aloqasi xizmatlari uchun toʻlov hisob-kitobda koʻrsatilgan sanadan kechiktirilmagan muddatda amalga oshiriladi.
Hisoblarni toʻlash muddati hisob taqdim etilgandan boshlab 20 kundan oshmasligi kerak.
Agar 15 kunlik toʻlov muddati tugaganidan keyin toʻlov amalga oshirilmasa, abonentlarga mazkur Qoidalarning 66-bandi “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisida berilgan usullardan biri orqali koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq toʻlash zarurligi toʻgʻrisida xabar qilinadi.
Xabar berilgandan soʻng abonent hisoblangan xizmatlar uchun 5 kun ichida toʻlovni amalga oshirmasa, telekommunikatsiya operatori abonent qurilmasini oʻchirish yoʻli bilan abonentning telefon aloqa tarmogʻidan foydalanishini vaqtincha toʻxtatib qoʻyish huquqiga ega.
Telekommunikatsiya operatori va abonent oʻrtasida toʻlovni undirish boʻyicha kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holda, kelishmovchiliklar sud tartibida hal etiladi.
Telekommunikatsiya tarmogʻidan ruxsatsiz foydalanish yoʻli orqali begona shaxslar tomonidan telefon aloqasi xizmatlaridan foydalanish natijasida kelib chiqadigan kelishmovchiliklarda bajarilgan soʻzlashuvlarning kimga tegishliligini aniqlash uchun belgilangan tartibda tekshirilishi kerak. Tekshiruv natijalari bilan rozi boʻlmasa, abonent sudga murojaat qilish huquqiga ega.”.
10. 1 va 2-ilovadan “M.Oʻ.” qisqartmasi chiqarib tashlansin.
11. Ushbu oʻzgartishlar Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi N. ShARIPOV
2019-yil 24-may
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2019-y., 10/19/1323-7/3267-son)