toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
Ambulatoriyada davolanishda imtiyozli taʼminlash uchun moʻljallangan dori vositalarining roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 11-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2522-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-fevraldagi PQ-4190-son “2019 — 2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi aholisining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining 2013-yil 8-noyabrdagi 27 va 103-son qarori (roʻyxat raqami 2522, 2013-yil 13-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 46-son, 608-modda) bilan tasdiqlangan Ambulatoriyada davolanishda imtiyozli taʼminlash uchun moʻljallangan dori vositalarining roʻyxatiga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Sogʻliqni saqlash vaziri A. SHADMANOV
Toshkent sh.,
2019-yil 27-may,
77-son
Moliya vaziri D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 27-may,
65-son
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligining 2019-yil 27-maydagi 77, 65-son qaroriga
ILOVA
Ambulatoriyada davolanishda imtiyozli taʼminlash uchun moʻljallangan dori vositalarining roʻyxatiga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. I boʻlimdagi Omnopon pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

Omnopon

inyeksiya uchun eritma 1% 1 ml

inyeksiya uchun eritma 2% 1 ml

.

a) Klozapin pozitsiyasidan soʻng quyidagi pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:

Trifluoperazi043D

tabletka 5 mg

Flufenazin

inyeksiya uchun eritma 25 mg/ 1 ml

;

b) Xlorpromazin pozitsiyasidan soʻng quyidagi pozitsiya bilan toʻldirilsin:

Olanzapin

tabletka 5 mg

.

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2019-y., 10/19/2522-2/3268-son)