Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Oʻzbekiston Respublikasining “
Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “
Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-son “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoni va 2017-yil 13-sentabrdagi PQ-3272-son “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/8-son qarori (roʻyxat raqami 3002, 2018-yil 25-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 17-son, 353-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida depozitga oʻtkaziladigan majburiy rezervlari toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror 2019-yil 1-avgustdan eʼtiboran kuchga kiradi.
“majburiy rezervlarning hisob-kitob davri — majburiy rezervlarni saqlash davridan oldingi hisobot oyi;”;
oʻninchi xatboshidagi “oʻn toʻrt” degan soʻzlar “yigirma sakkiz yoki oʻttiz besh” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“saqlash davri kalendari — majburiy rezervlarning saqlash davrini belgilovchi yillik kalendar.”.
2.
2-banddagi “hamda oʻrtachalash koeffitsiyenti” degan soʻzlar “, oʻrtachalash koeffitsiyenti hamda saqlash davri kalendari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3.
11-banddagi “hisob-kitob davri tugagan kundan keyingi” degan soʻzlar “saqlash davri boshlanish kunidan oldingi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.