1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.81.00 (Кучини йукотган) Pedagog kadrlar. Pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oliy taʼlim muassasalarining taʼlim berish jarayoniga noyob isteʼdodli va mahoratli mutaxassislarni jalb etishga doir oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oliy taʼlim muassasalarining taʼlim berish jarayoniga noyob isteʼdodli va mahoratli mutaxassislarni keng jalb qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 8-iyun,
473-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 8-iyundagi 473-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevraldagi 20-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
quyidagi mazmundagi 81-band qoʻshilsin:
“81.Professor, dotsent, katta oʻqituvchi, oʻqituvchi (assistent), oʻqituvchi-stajyor lavozimini egallash uchun tanlovda tasviriy va amaliy sanʼat sohasida oliy maʼlumotga ega boʻlmagan, biroq oʻzining noyob isteʼdodi va mahorati bilan tanilib, xalq eʼtirofiga sazovor boʻlgan “Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi”, “Oʻzbekiston Respublikasi xalq rassomi”, “Oʻzbekiston Respublikasi xalq ustasi” faxriy unvonlariga ega boʻlgan shaxslar hamda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi akademiklari istisno tariqasida qatnashishlari mumkin”.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-avgustdagi 511-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2021-y., 09/21/511/0793-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2019-y., 09/19/473/3258-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2021-y., 09/21/511/0793-son)