toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Olis hududlarda joylashgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning mehnatini yanada ragʻbatlantirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni maʼnaviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga taʼlim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 14-avgustdagi PQ-3907-son qarori ijrosini taʼminlash hamda olis hududlarda joylashgan umumiy oʻrta taʼlim maktablarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning mehnatini yanada ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligining olis hududlarda joylashgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning bazaviy tarif stavkasiga maxsus ustama belgilash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar:
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga maxsus ustama belgilanadigan hududlar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Olis hududlarda joylashgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning bazaviy tarif stavkalariga ish stajidan kelib chiqib belgilanadigan maxsus ustamalar miqdorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 19-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2024-y., 09/24/19/0022-son)
olis hududlarda joylashgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning oylik ish haqiga ish staji uchun maxsus ustamalar berilishini qatʼiy nazoratga olsin;
joylarda oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari bilan uchrashuvlar tashkil etib, ularni chekka hududlarda joylashgan, pedagog kadrlarga ehtiyoj mavjud boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga jalb etish, yosh mutaxassislarga faoliyat yuritish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va taʼlim sifatini yaxshilash choralarini koʻrsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 7-iyun,
471-son
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 471-son qaroriga
1-ILOVA
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga maxsus ustama belgilanadigan hududlar
ROʻYXATI

Hududning nomi

Maxsus ustama belgilanayotgan hudud

1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Nukus shahri

“Karatov” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

Boʻzatov tumani

“Aspantay” ovul fuqarolar yigʻini (OFY)

“Koʻksuv” ovul fuqarolar yigʻini (OFY)

Qoʻngʻirot tumani

“Qoraqalpogʻiston” shaharcha fuqarolar yigʻini (SHFY)

“Qirqqiz” shaharcha fuqarolar yigʻini (SHFY)

“Jasliq” shaharcha fuqarolar yigʻini (SHFY)

“Raushan” ovul fuqarolar yigʻini (OFY)

Moʻynoq tumani

“Qazaqdarya” ovul fuqarolar yigʻini (OFY)

“Hakim ota” ovul fuqarolar yigʻini (OFY)

“Madeli” ovul fuqarolar yigʻini (OFY)

Taxtakoʻpir tumani

“Qostruba” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

Toʻrtkoʻl tumani

“Oqqamish” ovul fuqarolar yigʻini (OFY)

“Qumboskan” ovul fuqarolar yigʻini (OFY)

“Paxtaobod” ovul fuqarolar yigʻini (OFY)

“Yanboshqala” ovul fuqarolar yigʻini (OFY)

“Koʻkcha” ovul fuqarolar yigʻini (OFY)

“Bazirgan” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

Ellikqalʼa tumani

“Chuqurqaq” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

Qoraoʻzak tumani

“Qoybaq” ovul fuqarolar yigʻini (OFY)

Amudaryo tumani

“Nazarxan” ovul fuqarolar yigʻini (OFY)

2. Buxoro viloyati

Shofirkon tumani

“Sharof Rashidov” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

Romitan shahri

“Gazli” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Qizilravot” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

Gʻijduvon tumani

“Koʻkcha” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

Peshku tumani

“Jongeldi” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

3. Jizzax viloyati

Baxmal tumani

“Baxmal” qishloq fuqarolar yigʻini (QFY)

“Muzbuloq” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

Gʻallaorol tumani

“Gulchambar” qishloq fuqarolar yigʻini (QFY)

“Jiydali” qishloq fuqarolar yigʻini (QFY)

“Qipchoqsuv” qishloq fuqarolar yigʻini (QFY)

“Korizquduq” qishloq fuqarolar yigʻini (QFY)

“Qoʻytosh” shaharcha fuqarolar yigʻini (SHFY)

“Oqtosh” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Sovruk” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

Sharof Rashidov tumani

“Koʻrpasoy” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Tinchlik” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

Forish tumani

“Doʻstlik” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Darvoza” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

4. Qashqadaryo viloyati

Qarshi tumani

“Choʻliboʻston” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Mangʻit” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

Gʻuzor tumani

“Qorakoʻl” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Eshonquduq” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Omon-ota” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

Dehqonobod tumani

“Sarchashma” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Terakli” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Boshchorbogʻ” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Oqqishloq” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Tarqopchigʻay” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Oybek” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Obiravon” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Duob” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Boshchorboq” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Chashmaimiron” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Chilgaz” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

Qamashi tumani

“Katta oʻra” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

Koson tumani

“Olachabob” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Uyrot” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Xoʻjaquduq” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Navnihol” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

Nishon tumani

“Doʻstlik” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Qirqquloch” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

Kasbi tumani

“Choʻlquvar” qishloq fuqarolar yigʻini (QFY)

Kitob tumani

“Koʻxsor” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Ayoqchi” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

Mirishkor tumani

“Gulobod” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Pomuq” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Guliston” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Barhayot” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

Chiroqchi tumani

“Langar” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Taragʻay” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Quruqsoy” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Qoʻshanhor” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Galabek” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Qalqama” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Qoʻrgʻontepa” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Uyshun” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Mirzatoʻp” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Beshbuloq” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Arabbandi” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Chambil” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Oq oltin” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Gulobod” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Nurobod” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

Koʻkdala tumani

“Qanoatli” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Chorvador” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Toshli” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Quchqorbuloq” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

Shahrisabz tumani

“Gʻilon” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Sarchashma” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Sayyod” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Koʻl” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Hisor” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Xitoy” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Hisorak” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

Yakkabogʻ tumani

“Tatar” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Xonaqa” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Ishkent” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Daryo” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

5. Navoiy viloyati

Zarafshon shahri

“Daugiztov” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

Xatirchi tumani

“Angidon” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Langar” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Sangijumong” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Qoʻrgʻontepa” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

Uchquduq tumani

“Altintov” ovul fuqarolar yigʻini (OFY)

“Uzunquduq” ovul fuqarolar yigʻini (OFY)

“Bozdun” ovul fuqarolar yigʻini (OFY)

“Mingbuloq” ovul fuqarolar yigʻini (OFY)

Avangard ovuli (“Kukayaz” OFY tarkibida)

Nurota tumani

“Yangiturmush” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Qadoq” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Sentob” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Temirqovuq” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Qizilcha” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Suvliq” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Kattasoy” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Boʻston” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Tinchlik” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

Konimex tumani

“Sarjal” ovul fuqarolar yigʻini (OFY)

“Yangiqazgʻan” qishloq fuqarolar yigʻini (QFY)

“Qaragʻata” qishloq fuqarolar yigʻini (QFY)

“Ushtobe” ovul fuqarolar yigʻini (OFY)

“Boymurat” ovul fuqarolar yigʻini (OFY)

Tomdi tumani

“Ayaqquduq” ovul fuqarolar yigʻini (OFY)

“Keregetov” ovul fuqarolar yigʻini (OFY)

“Koriz” ovul fuqarolar yigʻini (OFY)

“Suketti” ovul fuqarolar yigʻini (OFY)

“Sharq” ovul fuqarolar yigʻini (OFY)

“Shiyeli” ovul fuqarolar yigʻini (OFY)

6. Namangan viloyati

Pop tumani

“Guliston” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Yuqori Chodak boshi” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Qoʻshchinor” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Navbahor” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

Oltinkon shaharchasi (“Yuqori chodak boshi” va “Chodakboshi” MFY tarkibida)

7. Samarqand viloyati

Kattaqoʻrgʻon tumani

“Bunyodkor” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Jizmonsoy” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

Qoʻshrabot tumani

“Toz” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Yangi qishloq” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Oʻrta-soy” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Jonbuloq” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Qoʻshtamgʻali” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Urganji” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Oqchobsoy” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Minishkor” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

Bogʻojat qishlogʻi (“Toz” MFY tarkibida)

Nurobod tumani

“Tepaqul” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Saroy” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Sazagʻon” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Omondara” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Jom” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Sahoba” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Jarquduq” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

Sepqi qishlogʻi (“Buloqboshi” MFY tarkibida)

“Navbahor” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Agʻron” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Arabota” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Bunyodkor” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

Paxtachi tumani

“Chashma” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

Payariq tumani

“Nakurt” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

8. Surxondaryo viloyati

Muzrabot tumani

“Chegarachi” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

Sherobod tumani

“Chorbogʻ” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Vandob” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Uzunsoy” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Qizil olma” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

Termiz tumani

“Gulbahor” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

Oltinsoy tumani

“Xoʻjaipok” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

Boysun tumani

“Qizilnavr” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Xoʻjaidod” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Dehibolo” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Obikor” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Oʻrmonchi” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Chilonzor” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Munchoq” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

Uzun tumani

“Xursand” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Madaniy turmush” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Toltoʻgʻay” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Bobotogʻ” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Yangiobod” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Xoʻjaqulsin” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Oʻrmonchi” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Oqmachit” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Nurli kelajak” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Jiydabuloq” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Pahlavon” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

Qumqoʻrgʻon tumani

“Tebat” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Saxovat” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

Sariosiyo tumani

“Sangardak” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Subhidam” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Ehtirom” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Chosh” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Xonjiza” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Maland” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Karsh” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Daragiston” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Termushobod” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Shabnam” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Bogʻisamarqand” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Nilu” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

Denov tumani

“Chagam” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Jiydabuloq” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Pojur” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Pahlavon” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Yoshlik” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Kukabuloq” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Kuyovsuv” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Fayzabod” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Oybarak” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Ushor” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Rizq-nasiba” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Dashti-chinor” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

Shoʻrchi tumani

“Tamshush” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

9. Sirdaryo viloyati

Mirzaobod tumani

“Yoʻldoshobod” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Bahoriston” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

10. Toshkent viloyati

Bekobod tumani

“Nayman” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Uyas” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Achamayli” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

Parkent tumani

“Tolbuloq” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Fayzobod” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Oydin” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

Ohangaron tumani

“Chinor” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Chetsuv” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Koʻksaroy” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Goʻshsoy” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

Boʻstonliq tumani

“Bolodala” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Algʻabas” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Novabod” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Yakka-tut” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Burchmulla” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Bogʻiston” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Nanay” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Dadaboyev” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Uzun” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Pskom” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

11. Fargʻona viloyati

Fargʻona tumani

“Boy-mahalla” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Yuqori Gulshan” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Gulshan” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Guzar” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Sharq haqiqati” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Ulugʻbek” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Soyboʻyi” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Yuqori Archa” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Qurilish” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Pastki Archa” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Chimyon” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Shifokor” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Mindon” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Qoʻriq” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Fargʻona” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Xonqiz” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Yangi yoʻl” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Maydon” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Qoʻrgʻontepa” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Hosilot” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Shohimardon” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Yordon” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

Rishton tumani

“Choʻngʻara” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

Soʻx tumani

“Istiqlol” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Yangiariq” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Sarikanda” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Saribozorcha” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Qalʼa” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Oftobru” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Navobod” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Mulgon” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Chumoqcha” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Guliston”mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Demursad” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Chashma” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Zangat” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Qizilqiyoq” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

Tariq qishlogʻi (“Chashma” MFY tarkibida)

“Hushyor” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Sharqobod” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

Umabara qishlogʻi (“Devayron” MFY tarkibida)

“Devayron” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Lenbur” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Tul” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Qalʼacha” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Gʻaznob” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Sohibkor” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Sebzor” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Hazrat Ali” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

12. Xorazm viloyati

Qoʻshkoʻpir tumani

“Arablar” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

Tuproqqalʼa tumani

“Nukus” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Hazorasp” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Tuproqqalʼa maskani” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

“Sarimoy” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY)

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 471-son qaroriga
2-ILOVA
Olis hududlarda joylashgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning bazaviy tarif stavkalariga ish stajidan kelib chiqib belgilanadigan maxsus ustamalar
MIQDORLARI

T/r

Umumtaʼlim muassasasida ishlagan davri

Maxsus ustama miqdori, foizlarda

1.

6 oydan — 3 yilgacha

10

2.

3 yildan — 5 yilgacha

20

3.

5 yildan — 10 yilgacha

30

4.

10 yildan — 15 yilgacha

40

5.

15 yildan ortiq

50

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2019-y., 09/19/471/3252-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2024-y., 09/24/19/0022-son; 21.03.2025-y., 06/25/51/0261-son; 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)