Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-503-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-maydagi PF-5441-son “Advokatura instituti samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning mustaqilligini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 14-avgustdagi 220-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3073, 2018-yil 29-sentabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2018-y., 10/18/3073/1977-son) bilan tasdiqlangan Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun moʻljallangan maxsus qabulxonalarning ichki tartib
qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
75-band “giyohvandlik vositalari” degan soʻzlardan keyin “, ularning analoglari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
“135. Advokatning himoya ostidagi shaxs bilan uchrashish jarayonida elektron vositalardan (mobil telefon, fotoapparat va diktofon) foydalanish imkoniyati yaratiladi. Bunda advokat tomonidan elektron vositalardan maʼlumotlarni qayd etish bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi.
Himoyachilar (advokatning himoyachi sifatida ishtirok etishi bundan mustasno), qonuniy vakillar, qarindoshlar va boshqa shaxslarga uchrashuvlar berilganda, ularning yonida aloqa vositalari, shaxsiy kompyuter, fotoapparat, videokamera va ovoz yozish qurilmalarining boʻlishi taqiqlanadi.
136. Uchrashuv jarayonida advokat tomonidan maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarga Qoidalarning 3-ilovasida koʻrsatib oʻtilgan taqiqlangan ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlarini topshirish holatlari aniqlanganda uchrashuv muddatidan oldin toʻxtatiladi.
Advokat bilan uchrashuv muddatidan oldin toʻxtatilgan hollarda, maxsus qabulxona maʼmuriyati tomonidan advokatlik siri va daxlsizligini taʼminlashga doir qonun hujjatlari talablariga rioya qilgan holda dalolatnoma rasmiylashtiriladi. Dalolatnoma nusxasi Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasiga va ushbu advokatga guvohnoma bergan hududiy adliya organiga yuboriladi.
137. Qarindoshlar va boshqa shaxslar bilan uchrashuvlar maxsus qabulxona xodimlarining nazorati ostida amalga oshiriladi. Himoyachi, qonuniy vakil, qarindoshlar va boshqa shaxslar tomonidan maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarga mazkur Qoidalarning 3-ilovasida koʻrsatib oʻtilgan taqiqlangan ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlarini topshirishga urinilgan hollarda uchrashuv muddatidan oldin toʻxtatib qoʻyiladi. Uchrashuvga kelgan shaxs bu haqda uchrashuv boshlanishidan oldin maxsus qabulxonaning masʼul xodimlari tomonidan ogohlantirilishi shart.”.
3. 3-ilovaning
5-bandi “giyohvandlik vositalari,” degan soʻzlardan keyin “ularning analoglari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
4. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Advokatlar palatasi bilan kelishilgan.