

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-4359583" id="onLBC-4359583">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7312"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.72.00 (Кучини йукотган) Oliy taʼlim (bakalavriat va magistratura)]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-4359583" id="onLS-4359583">[<b>TSZ:</b><div id="LS3702"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-4368750" id="-4368750">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-4368751" id="-4368751">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-4368754" id="-4368754">Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filialini tashkil etish toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4368758" id="-4368758"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4368760" id="-4368760">Respublika iqtisodiyotining barcha tarmoqlari, xususan, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda yuqori malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni yanada rivojlantirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “<a href="/mact/-3171590">Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida</a>” 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son hamda “<a href="/mact/-3765586">Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida</a>” 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-son qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4368763" id="-4368763">1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Samarqand viloyati hokimligining Samarqand shahrida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filialini (keyingi oʻrinlarda Filial deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4368766" id="-4368766">Belgilansinki, Filial Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4368773" id="-4368773">2. Quyidagilar Filialning asosiy vazifalari etib belgilansin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4368777" id="-4368777">hududda iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanishi istiqbollari va ustuvor vazifalarini, zamonaviy texnika hamda texnologiyalarning rivojlanishi tendensiyalarini hisobga olgan holda Germaniya va boshqa rivojlangan mamlakatlarning yetakchi universitetlari bilan yaqin hamkorlik oʻrnatib, “Raqamli iqtisodiyot”, “Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti”, “Oziq-ovqat va resurslar iqtisodiyoti”, “Agrobiznes va marketing”, “Buxgalteriya hisobi va audit”, shuningdek, viloyatda ehtiyoj yuqori boʻlgan boshqa mutaxassisliklar boʻyicha nazariy-amaliy koʻnikmalarni egallagan malakali iqtisodchi kadrlarni tayyorlash; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4368778" id="-4368778">Filialning mintaqa va xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish maqsadida xorijiy fuqarolar uchun taʼlim olish imkoniyatini kengaytirish va ilgʻor xalqaro tajribani tatbiq etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4368780" id="-4368780">oʻquv va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, taʼlim va ilmiy izlanishlar jarayoniga malakali mutaxassislarni keng jalb etish maqsadida ishlab chiqarish, qayta ishlash va xizmat koʻrsatish sohalaridagi respublika va xorijiy yetakchi oliy taʼlim muassasalari va ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini kuchaytirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4368782" id="-4368782">pedagog kadrlarning ilmiy salohiyati, kasbiy va malakaviy bilim darajasini uzluksiz rivojlantirib borish mexanizmlarini joriy etish, ularning pedagogik mahoratini rivojlantirishda xorijiy oliy taʼlim muassasalarining ilgʻor tajribasidan keng foydalanish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4368840" id="-4368840">xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4368841" id="-4368841">chet tillarida dars beruvchi yosh pedagog xodimlar qatlamini kengaytirish, ularning mehnatini moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4368842" id="-4368842">respublika va xorijiy oliy taʼlim muassasalari hamda ilmiy markazlarda istiqbolli yosh bitiruvchilarni magistratura va doktoranturada oʻqitish orqali Filialning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4368844" id="-4368844">masofaviy taʼlim elementlarini, shu jumladan, vebinar texnologiyalarini oʻquv jarayoniga joriy etish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4368845" id="-4368845">3. Belgilansinki, Filialda oʻquv jarayoni 2019/2020 oʻquv yilidan boshlanadi hamda talabalarni qabul qilish soni belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4368846" id="-4368846">4. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialining Vasiylik kengashi tarkibi <a href="/mact/-4359583#-4368919">ilovaga </a>muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4368847" id="-4368847">Belgilansinki, Vasiylik kengashi quyidagi ustuvor yoʻnalishlarda Filialni rivojlantirishga koʻmaklashadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4368850" id="-4368850">Filialning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va samarali faoliyatini taʼminlash uchun moliyaviy yordam tashkil etish, budjetdan tashqari mablagʻlarni jalb etish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4368851" id="-4368851">tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar soha tashkilotlari obyektlarida talabalarning malakaviy amaliyotini tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4368852" id="-4368852">bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash boʻyicha davlat, jamiyat va biznes tuzilmalari bilan samarali hamkorlik qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4368853" id="-4368853">oliy taʼlimni rivojlantirishga qaratilgan yangi shakllar, dasturlarni qoʻllab-quvvatlash va ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4368856" id="-4368856">hamkorlik shartnomalarini tuzish amaliyotini rivojlantirish, taʼlim va ilm-fan sohasida xalqaro bitimlar tuzish va amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4368858" id="-4368858">Filial binolarining qurilish-taʼmirlash va jihozlash ishlarini amalga oshirish uchun zarur moliyaviy mablagʻlar safarbar etilishini, zamonaviy oʻquv-laboratoriya jihozlari, kompyuter va boshqa tashkiliy texnika, kutubxona fondi bilan jihozlanishini taʼminlash.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4368860" id="-4368860">5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi ikki oy muddatda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4368862" id="-4368862">Filialning tuzilmasini oliy taʼlim muassasalari uchun belgilangan normativlarga muvofiq tasdiqlasin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4368864" id="-4368864">Filialning ustavini belgilangan tartibda tasdiqlasin va uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4368865" id="-4368865">Filialni tanlov asosida yuqori malakali professor-oʻqituvchilar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4368867" id="-4368867">Filialda oʻquv-metodik jarayonning tashkil etilishini taʼminlash, shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash, uni oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari va kompyuter texnikasi bilan jihozlash boʻyicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4368868" id="-4368868">Filial axborot-resurs markazini tayanch oliy taʼlim muassasasi tomonidan qoʻshimcha oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4368869" id="-4368869">6. Quyidagilar Filial faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4368871" id="-4368871">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4368872" id="-4368872">toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4368874" id="-4368874">xoʻjalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4368875" id="-4368875">jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4368876" id="-4368876">xalqaro moliya va boshqa institutlar, xorijiy tashkilotlarning grantlari doirasida tushadigan mablagʻlar;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5960981" id="edi-5960981"><a href="/mact/-4359583?ONDATE=31.05.2019 00#-4368878">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5960981" id="-5960981"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5960984" id="-5960984">qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5960985" id="-5960985">(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5939741">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4368880" id="-4368880">7. Belgilab qoʻyilsinki, Filialning dastlabki faoliyatini yoʻlga qoʻyish bilan bogʻliq xarajatlar, shu jumladan: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4368881" id="-4368881">Filialning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va Filialni joriy taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlar — Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining budjetdan tashqari, toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlari hisobidan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4368883" id="-4368883">Filialning bino va inshootlarini joriy taʼmirlash va jihozlash (mebellar, kompyuter texnikasi, oʻquv adabiyotlari va boshqa moddiy-texnika vositalari) bilan bogʻliq xarajatlar — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4484675" id="edi-4484675"><a href="/mact/-4359583?ONDATE=31.05.2019 00#-4368884">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4484675" id="-4484675">(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-avgustdagi 682-sonli <a href="/mact/-4477895?ONDATE=17.08.2019 00#-4480809">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2019-y., 09/19/682/3585-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4368888" id="-4368888">9. Filialga 2 ta, shu jumladan, 1 ta yengil va 1 ta maxsus avtotransport vositasini saqlashga limit ajratilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4368889" id="-4368889">10. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga asosan Oʻzbekiston Respublikasining rivojlantirish davlat dasturlarining 2020-yil va keyingi yillar uchun parametrlarini shakllantirishda Filial bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash yuzasidan loyihalar ushbu dasturlarga belgilangan tartibda kiritilishini nazarda tutsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4368891" id="-4368891">11. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining murojaatiga asosan onlayn maʼruza va masofaviy taʼlim bilan taʼminlash maqsadida Filialni yuqori tezlikdagi Internet hamda elektron taʼlim milliy tarmogʻiga 2019-yil 25-dekabrgacha belgilangan tartibda ulash choralarini koʻrsin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4368893" id="-4368893">12. Samarqand viloyati hokimligi tayanch oliy taʼlim muassasasi va xorijiy hamkorlardan faoliyat koʻrsatish uchun Filialga xizmat safariga yuboriladigan professor-oʻqituvchilarga yashash sharoitini yaratish maqsadida Filialni 2 ta xizmat uyi bilan taʼminlash choralarini koʻrsin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4368895" id="-4368895">13. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻlar qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4368896" id="-4368896">14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov, oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov hamda Samarqand viloyati hokimi E.O. Turdimov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-4368898" id="-4368898">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-4368901" id="-4368901">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-4368903" id="-4368903">2019-yil 28-may,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-4368905" id="-4368905">438-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4368919" id="-4368919"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-4368920" id="-4368920">Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-maydagi 438-son <a href="/mact/-4359583">qaroriga </a><br />ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-4368921" id="-4368921">Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialining Vasiylik kengashi</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-4368922" id="-4368922">TARKIBI</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4368923" id="-4368923"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4368924" id="-4368924"><table style="BORDER-COLLAPSE: collapse" cellspacing="0" cellpadding="0" width="100%" border="0">
<tbody>
<tr>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="3%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; TEXT-ALIGN: center" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">1.</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="11%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; TEXT-ALIGN: left" align="left"><span style="FONT-SIZE: 12pt">E.O. Turdimov</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="3%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; TEXT-ALIGN: center" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">―</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="83%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; TEXT-ALIGN: left" align="left"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Samarqand viloyati hokimi, <i>Vasiylik kengashi raisi</i></span></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="3%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; TEXT-ALIGN: center" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">2.</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="11%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; TEXT-ALIGN: left" align="left"><span style="FONT-SIZE: 12pt">U.Sh. Begimkulov</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="3%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; TEXT-ALIGN: center" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">―</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="83%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; TEXT-ALIGN: left" align="left"><span style="FONT-SIZE: 12pt">oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining oʻrinbosari, <i>Vasiylik kengashi raisining oʻrinbosari</i></span></p></td></tr>
<tr style="HEIGHT: 3.3pt">
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8; HEIGHT: 3.3pt" valign="top" width="3%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; TEXT-ALIGN: center" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">3.</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8; HEIGHT: 3.3pt" valign="top" width="11%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; TEXT-ALIGN: left" align="left"><span style="FONT-SIZE: 12pt">B.Y. Xodiyev</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8; HEIGHT: 3.3pt" valign="top" width="3%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; TEXT-ALIGN: center" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">―</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8; HEIGHT: 3.3pt" valign="top" width="83%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; TEXT-ALIGN: left" align="left"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori, <i>Vasiylik kengashi raisining oʻrinbosari</i></span></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="3%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; TEXT-ALIGN: center" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">4.</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="11%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; TEXT-ALIGN: left" align="left"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Q.X. Sobirov</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="3%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; TEXT-ALIGN: center" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">―</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="83%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; TEXT-ALIGN: left" align="left"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Samarqand viloyat bosh boshqarmasi boshligʻi</span></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="3%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; TEXT-ALIGN: center" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">5.</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="11%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; TEXT-ALIGN: left" align="left"><span style="FONT-SIZE: 12pt">S.A. Abraxmatov</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="3%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; TEXT-ALIGN: center" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">―</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="83%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; TEXT-ALIGN: left" align="left"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi</span></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="3%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; TEXT-ALIGN: center" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">6.</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="11%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; TEXT-ALIGN: left" align="left"><span style="FONT-SIZE: 12pt">B.T. Mirzayev</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="3%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; TEXT-ALIGN: center" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">―</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="83%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; TEXT-ALIGN: left" align="left"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Samarqand viloyati moliya boshqarmasi boshligʻi</span></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="3%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; TEXT-ALIGN: center" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">7.</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="11%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; TEXT-ALIGN: left" align="left"><span style="FONT-SIZE: 12pt">K.T. Abdullayev</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="3%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; TEXT-ALIGN: center" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">―</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="83%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; TEXT-ALIGN: left" align="left"><span style="FONT-SIZE: 12pt">“Sam Antep Gilam” kompaniyasi direktori</span></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="3%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; TEXT-ALIGN: center" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">8.</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="11%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; TEXT-ALIGN: left" align="left"><span style="FONT-SIZE: 12pt">F.I. Fuzaylov </span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="3%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; TEXT-ALIGN: center" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">―</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="83%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; TEXT-ALIGN: left" align="left"><span style="FONT-SIZE: 12pt">“Afrosiyob parranda” MChJ boshqaruvi raisi</span></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="3%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; TEXT-ALIGN: center" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">9.</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="11%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; TEXT-ALIGN: left" align="left"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Q. Shomurodov</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="3%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; TEXT-ALIGN: center" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">―</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="83%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; TEXT-ALIGN: left" align="left"><span style="FONT-SIZE: 12pt">“Jomboy don mahsulotlari” AJ boshqaruvi raisi</span></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="3%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; TEXT-ALIGN: center" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">10.</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="11%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; TEXT-ALIGN: left" align="left"><span style="FONT-SIZE: 12pt">B.M. Marupov </span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="3%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; TEXT-ALIGN: center" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">―</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="83%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; TEXT-ALIGN: left" align="left"><span style="FONT-SIZE: 12pt">“TONI-GRIN” MChJ boshqaruvi raisi</span></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="3%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; TEXT-ALIGN: center" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">11.</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="11%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; TEXT-ALIGN: left" align="left"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Sh.A. Jalolov </span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="3%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; TEXT-ALIGN: center" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">―</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="83%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; TEXT-ALIGN: left" align="left"><span style="FONT-SIZE: 12pt">“Agromir-Samarqand” MChJ boshqaruvi raisi</span></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="3%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; TEXT-ALIGN: center" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">12.</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="11%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; TEXT-ALIGN: left" align="left"><span style="FONT-SIZE: 12pt">A.R. Sharopov</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="3%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; TEXT-ALIGN: center" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">―</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="83%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; TEXT-ALIGN: left" align="left"><span style="FONT-SIZE: 12pt">“Sam Ros Xolod” MChJ boshqaruvi raisi</span></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="3%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; TEXT-ALIGN: center" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">13.</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="11%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; TEXT-ALIGN: left" align="left"><span style="FONT-SIZE: 12pt">J.T. Xaydarov</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="3%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; TEXT-ALIGN: center" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">―</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="83%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; TEXT-ALIGN: left" align="left"><span style="FONT-SIZE: 12pt">“Ur-gaz karpet” korxonasi direktori</span></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="3%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; TEXT-ALIGN: center" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">14.</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="11%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; TEXT-ALIGN: left" align="left"><span style="FONT-SIZE: 12pt">M.M. Mavlonov </span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="3%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; TEXT-ALIGN: center" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">―</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="83%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; TEXT-ALIGN: left" align="left"><span style="FONT-SIZE: 12pt">“Oʻzbegim Agro” qoʻshma korxonasi direktori</span></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="3%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; TEXT-ALIGN: center" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">15.</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="11%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; TEXT-ALIGN: left" align="left"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Gʻ. Muxammadiyev</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="3%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; TEXT-ALIGN: center" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">―</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="top" width="83%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; TEXT-ALIGN: left" align="left"><span style="FONT-SIZE: 12pt">“Sam Plast Servis” xususiy korxonasi direktori</span></p></td></tr>
<tr style="HEIGHT: 29.45pt">
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8; HEIGHT: 29.45pt" valign="top" width="3%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; TEXT-ALIGN: center" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">16.</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8; HEIGHT: 29.45pt" valign="top" width="11%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal"><i><span style="FONT-SIZE: 12pt">lavozimi boʻyicha</span></i></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8; HEIGHT: 29.45pt" valign="top" width="3%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; TEXT-ALIGN: center" align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">―</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8; HEIGHT: 29.45pt" valign="top" width="83%">
<p style="LINE-HEIGHT: normal; TEXT-ALIGN: left" align="left"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filiali direktori, <i>Vasiylik kengashi kotibi</i></span></p></td></tr></tbody></table></div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-4368926" id="-4368926">Izoh. <em>Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga, ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.</em></div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-4368927" id="-4368927"><em>Vasiylik kengashi raisi zarur hollarda Kengash tarkibini kengaytirish va oʻzgartirish huquqiga ega.</em> </div></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-4368756" id="-4368756">(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2019-y., 09/19/438/3222-son, 17.08.2019-y., 09/19/682/3585-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
