1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2011-yil 22-fevraldagi 1-yu-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2219, 2011-yil 18-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 16-son, 167-modda) bilan tasdiqlangan Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalarigailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. SADIKOV
Toshkent sh.,
2019-yil 2-aprel,
195-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2019-yil 2-apreldagi 195-mh-son buyrugʻiga ILOVA
Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
birinchi xatboshi “pochta aloqasi xizmatlarini” soʻzlardan keyin “(pochta, kuryerlik joʻnatmalarini qabul qilish, qayta ishlash, tashish va yetkazib berish)” soʻzlar bilan toʻldirilsin;
“Umumjahon pochta ittifoqining blanklari va hujjatlari faqat tayinlangan operator tomonidan foydalanilishi mumkin.”.
2. Quyidagi mazmundagi 401 va 402-bandlar bilan toʻldirilsin:
“401. Formatiga bogʻliq holda yozma xat-xabarli joʻnatmalar quyidagilarga ajratiladi:
ichida hujjatlar boʻlgan kichik formatdagi xatlar;
ichida hujjatlar boʻlgan katta formatdagi xatlar;
ichida hujjatlar boʻlgan formatga mos boʻlmagan xatlar va ichida tovarlar boʻlgan mayda paketlar.
402. Joʻnatuvchi xabarni moddiy yoki elektron shaklda qabul qilinadigan, telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanib ishlov beriladigan, yozma xat-xabarli joʻnatmaga oʻzgartiriladigan va oluvchiga moddiy koʻrinishda topshirish imkoniyatini beradigan gibrid pochta orqali joʻnatishi mumkin.”.
3. 56-banddagi “Pochta markalarini ustma-ust yopishtirish taqiqlanadi. Markalar” degan soʻzlar “Joʻnatuvchi joʻnatilayotgan yozma xat-xabarlarga koʻrsatilayotgan pochta aloqasi xizmatlari uchun toʻlov summasidagi pochta toʻlovining davlat belgilarini tushiradi. Bitta pochta toʻlovining davlat belgisining boshqa davlat belgisini ustiga tushirish taqiqlanadi. Pochta markalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 64-bandning ikkinchi xatboshisidagi “yuborish uchun, joʻnatuvchining muhri yoki plombasi ostida ham ochiq, ham yopiq holda topshirilishi mumkin (buyurtma xatlarni joʻnatishda konvert klapanlarida joʻnatuvchilarga berilgan muhr izi tushirilgan holda)” degan soʻzlar “yuborish uchun yopiq holda topshiriladi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Ustama toʻlovli pul oʻtkazmasi pochta aloqasi obyekti tomonidan pul oʻtkazmalari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Ustama toʻlovli pul oʻtkazmalari blanklarida pochta joʻnatmasining shtrixli pochta identifikatorining raqami ham koʻrsatiladi.”;
“83. Pochta joʻnatmalarida, posilkalariga ilova qilinadigan blanklarda, shuningdek pul oʻtkazmalarining blanklarida joʻnatuvchi tomonidan joʻnatuvchi va adresat manzillari hamda telefon raqamlari (mavjud boʻlsa) koʻrsatiladi. Manzilda qisqartirilgan nomlar, shuningdek manzilga taalluqli boʻlmagan belgilar boʻlmasligi kerak.”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Shaffof manzil oynasi boʻlgan konvertlarda joʻnatiladigan oddiy yoki buyurtma pochta joʻnatmasining oʻrovi ostida pochta manzilini koʻrsatishi mumkin.”;
“91. Xalqaro pochta almashuvida quyidagi qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatiladi:
javobli xalqaro tijoriy xat-xabarlar, u joʻnatuvchilarga ularning chet eldagi korrespondentlari tomonidan beriladigan javobli joʻnatmalar uchun oldindan haq toʻlash imkonini beradi. Ularda faqat yozma xat-xabarlar va bosma nashrlar joʻnatilishi mumkin. Bunday joʻnatmalarning ogʻirligi 50 g dan oshmasligi kerak;
bitta joʻnatuvchi tomonidan bir yoki bir nechta oluvchilar manziliga joʻnatiladigan guruhlashtirilgan “Konsignatsiya” joʻnatmalari;
joʻnatuvchilarning pochta joʻnatmasi yetkazib berish muassasasiga kelishi bilan darhol joʻnatmani maxsus kuryer orqali adresat uyiga yetkazib berish iltimosi bilan qabul qilinadigan, yetkazilishi kuzatiladigan pochta joʻnatmalari (buyurtma pochta varaqchalari, xatlar, mayda paketlar, sekogrammalar va “M” qoplari);
“tovarlarni qaytarish” xizmatiga ega mayda paketlar va posilkalarni oluvchi tomonidan joʻnatuvchining ruxsati bilan joʻnatuvchiga qaytarilishini bildiradi;
adresatga shaxsan topshirilishini bildiradigan “A remettre en main propre” (Shaxsan topshirilsin) belgisi boʻlgan yozma xat-xabarli buyurtma joʻnatmalar, qiymati eʼlon qilingan xatlar va posilkalar;
joʻnatmaning tarif va yigʻimlarni undirmasdan yetkazib berish. Bunda joʻnatuvchi belgilangan muassasasida adresatdan talab qilinishi mumkin boʻlgan butun summani toʻlash majburiyatini oʻz zimmasiga oladi. Zarur boʻlganda joʻnatuvchi oldindan toʻlovni amalga oshirishi kerak.
92. Xalqaro pochta almashuvida guruhlashtirilgan “Konsignatsiya” joʻnatmalari, elektron tijoriy posilkalari (“ECOMPRO” posilkalari) va javobli xalqaro tijoriy xat-xabarlar, “tovarlarni qaytarish” xizmatiga ega mayda paketlar va posilkalar faqat ikki tomonlama bitim imzolangan mamlakatlarga joʻnatish uchun qabul qilinadi.
93. Xalqaro xatlar, qiymati eʼlon qilingan posilkalar, moʻrt va katta posilkalar va xalqaro xatlar, yetkazilishi kuzatiladigan pochta joʻnatmalari, yozma xat-xabarlar joʻnatmalari va “Frans de taxes et de droits” (Tariflar va yigʻimlar undirmasdan) belgili posilkalar, shuningdek “A remettre en main propre” (Shaxsan topshirilsin) belgili qiymati eʼlon qilingan buyurtma joʻnatmalari, xatlar va posilkalar faqat ularni qabul qilish ruxsat berilgan mamlakatlarga joʻnatish uchun qabul qilinadi. Bu mamlakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Umumjahon pochta ittifoqining Xalqaro byurosi tomonidan xabar qilinadi.”.
birinchi xatboshi quyidagi mazmundagi ikkinchi jumla bilan toʻldirilsin:
“Bunda qimmatli qogʻozlar, maʼlumotnomalar, hujjatlarning notarial tasdiqlangan nusxalari, hujjatlar boʻlgan xatning eʼlon qilingan qiymati yoʻqolgan taqdirda bu hujjatlarni tiklash boʻyicha mumkin boʻlgan xarajatlardan oshib ketishi mumkin emas.”;
ikkinchi xatboshidagi “Roʻyxatga olinadigan pochta joʻnatmasi” degan soʻzlar “Buyurtma xatlar, banderollar, ogʻirligi 500 g dan koʻp boʻlgan mayda paketlar, tezkor pochta joʻnatmalari, “M” qoplari va posilkalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“Ushbu Qoidalarning 189-bandida koʻrsatilgan saqlash muddati tugagandan keyin, adresatlar tomonidan olinmagan oddiy xatlar, pochta varaqchalari, sekogrammalar, “M” qoplari, tegishli oʻrovdagi bosma nashrlar tarqatilmagan pochta joʻnatmalari qatoriga topshiriladi. Adresatlar tomonidan olinmagan roʻyxatga olinadigan pochta joʻnatmalari va pul oʻtkazmalari joʻnatuvchilarning hisobidan ularga qaytarib yuboriladi. Belgilangan saqlash muddati oʻtgandan keyin yoki joʻnatuvchi qaytarib yuborilgan pochta joʻnatmasi yoki pul oʻtkazmasini olish va qaytarib joʻnatish haqini toʻlashni rad etganda, ular vaqtincha saqlash uchun tarqatilmagan pochta joʻnatmalari qatoriga topshiriladi.”.
15. 182-bandning birinchi xatboshisi “pul oʻtkazmasi” degan soʻzlardan keyin “, ustama toʻlovli pul oʻtkazmasidan tashqari,” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
“183. Pochta, kuryerlik joʻnatmalarini yangi manzil boʻyicha qayta joʻnatish va qaytarish uchun toʻlov undiriladi, uning miqdori qaytarish (yangi manzilga qayta joʻnatish) sanasida amal qiladigan tariflarga boʻyicha belgilanadi. Pul oʻtkazmalarini yangi manzil boʻyicha qayta joʻnatish va qaytarish uchun toʻlov undirilmaydi. “Chaqiruv qogʼozi. Buyurtma bildirishnoma bilan” — “Povestka. S zakaznim uvedomleniyem” belgilgi buyurtma xatlarni yangi manzil boʻyicha qayta joʻnatish amalga oshirilmaydi.
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Pochta joʻnatmalarini (pul oʻtkazmalarini) saqlash muddati pochta joʻnatmasi (pul oʻtkazmasi) pochta aloqasi obyektiga kelgan kundan keyingi ish kunidan boshlab hisoblanadi.”;
sakkizinchi xatboshidagi “Dori vositalari va tibbiy texnikalar sifatini nazorat qilish bosh” degan soʻzlar “Dori vositalari va tibbiy buyumlar muomalasini tartibga solish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi xatboshi “giyohvandlik vositalari” degan soʻzlardan keyin “va ularning analoglari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
v) “g” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“g) giyohvandlik vositalari va ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar, ular Oʻzbekiston Respublikasida tarkibida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar boʻlgan dorivor vositalarni roʻyxatga olish yoki qayta roʻyxatga olish uchun namunalar sifatida yuborilganda. Giyohvandlik vositalari va ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy rivojlanish masalalari boʻyicha kotibiyatining koʻrsatilgan yuklarning gumanitar yordamga tegishliligi toʻgʻrisidagi xulosasiga muvofiq ular Oʻzbekiston Respublikasidagi muayyan yuridik shaxslarga yuborilayotganda, ularni gumanitar yordam koʻrinishida joʻnatishga ruxsat beriladi.”.
19. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi N. SHARIPOV
2019-yil 2-aprel
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2019-y., 10/19/2219-10/3152-son)