1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.09.00 Oʻrta taʼlim;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.62.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalari haqida namunaviy nizomlar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi rasmiy hujjatlarning davlat namunasini tasdiqlash haqida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-yanvardagi 44-sonli “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi elektron shahodatnomaning davlat namunasini tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻn bir yillik majburiy umumiy oʻrta taʼlim tizimiga izchil oʻtishni taʼminlash, takomillashtirilgan davlat taʼlim standarti va oʻquv dasturlari asosida umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bitiruvchilariga davlat namunasidagi rasmiy hujjatlarni berish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnomaning davlat namunasi va uning tavsifi 1-ilovaga muvofiq;
Psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabni (maktab-internat) tamomlaganlik toʻgʻrisidagi sertifikat namunasi va uning tavsifi 3-ilovaga muvofiq;
Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida davlat namunasidagi rasmiy hujjatlarni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi Xalq taʼlimi vazirligi buyurtmasiga muvofiq zarur miqdordagi umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida davlat namunasidagi rasmiy hujjatlar blankalarini Moliya vazirligi bilan kelishgan holda chop etsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan taqdim etilgan asoslangan hisob-kitoblarga asosan umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida davlat namunasidagi rasmiy hujjatlar blankalarini chop etish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlarni belgilangan tartibda nazarda tutsin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduhakimov va Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 13-may,
393-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 393-son qaroriga 1-ILOVA
Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnomaning davlat namunasi va uning tavsifi
Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnomaning tavsifi
Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnoma 210 x 148 mm oʻlchamli, vertikal joylashgan, toʻq havorang (aʼlo darajali shahodatnoma toʻq qizil rangli) koʻrinishga ega. Uning yuza tomonida yuqori qismiga “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI, RESPUBLIKA UZBEKISTAN, REPUBLIC OF UZBEKISTAN”, quyi qismiga “UMUMIY OʻRTA TAʼLIM TOʻGʻRISIDA SNANODATNOMA, SVIDETELSTVO O SREDNEM OBShEM OBRAZOVANII, CERTIFICATE OF GENERAL SECONDARY EDUCATION” aʼlo darajali shahodatnomaga “UMUMIY OʻRTA TAʼLIM TOʻGʻRISIDA AʼLO DARAJALI SNANODATNOMA, SVIDETELSTVO O SREDNEM OBShEM OBRAZOVANII S OTLIChIYEM, CERTIFICATE OF GENERAL SECONDARY EDUCATION WITN NONOURS” soʻzlari yoziladi va markaziga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushiriladi.
Shahodatnomaning ichki har ikki varagʻida: “shahodatnoma” TM, “aʼlo darajali shahodatnoma” TM-A harfi va yettita raqamli tartib raqami yoziladi.
yorugʻlikda yaxshi koʻrinadigan “paxta koʻsagi” koʻrinishidagi asosiy uch oʻlchovli suv belgisi;
koʻrinadigan rangli tola koʻk va sariq tusda, qogʻoz sirtida tartibsiz joylashgan, uzunligi 2,5 — 3 mm, “kiprik” shaklida, koʻz bilan koʻrinadi;
koʻrinmaydigan tola qizil va yashil tusda, qogʻoz qatlamida tartibsiz joylashgan, uzunligi 2,5 — 3 mm, “kiprik” shaklida ultrabinafsha nurlari ostida koʻrinadi.
Bosma tafsiloti:
Usti qism:
bosma jarayonida eksklyuziv kimyoviy turgʻun matbaa boʻyoqlari qoʻllaniladi;
asosiy foni (shahodatnoma — toʻq havorang, aʼlo darajali shahodatnoma — toʻq qizil rang) relyef tangir setka shaklidagi rasmdan tashkil topgan;
blankaning oʻng tomoni markazida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri chop etiladi, diametri 30 mm;
matn qora rangda chop etiladi.
Ichki qism:
asosiy foni (shahodatnoma — toʻq havorang, aʼlo darajali shahodatnoma — toʻq qizil rang) ikki tangir setkadan iborat va xar xil burilish burchaklarida joylashgan ingichka chiziqlarni aks etgan ornamental rasmdan tashkil topgan;
ornamental rasmdagi tanger setkaning birida “REPUBLIC OF UZBEKISTAN” soʻzi takrorlanadigan kichik matnda yozilgan. Nusxa koʻchirishdan himoya sifatida xizmat qiladi;
blankaning chap tomonida oʻzgaruvchan rangda OVI boʻyogʻi ishlatilgan ochiq kitob tasviri tushirilgan;
blankaning ikki tomon markazida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining koʻrinmaydigan tasviri tushirilgan, diametri 40 mm;
yetti xonali raqam qora fluoressensiya boʻyogʻida chop etiladi, ultrabinafsha nurlarida yashil rangda yorugʻlik sochadi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 393-son qaroriga 2-ILOVA
Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi attestatning davlat namunasi va uning tavsifi
Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi attestatning tavsifi
Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi attestat 210 x 148 mm oʻlchamli, vertikal joylashgan, yashil (kumush medal bilan attestat — kul rang, aʼlo darajali oltin medal bilan — oltin sariq rang) rangli koʻrinishga ega.
Uning yuza tomonida yuqori qismiga “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI, RESPUBLIKA UZBEKISTAN, REPUBLIC OF UZBEKISTAN”, quyi qismiga “UMUMIY OʻRTA TAʼLIM TOʻGʻRISIDA ATTESTAT, ATTESTAT O SREDNEM OBShEM OBRAZOVANII, CERTIFICATE OF GENERAL SECONDARY EDUCATION” aʼlo darajali attestatga “UMUMIY OʻRTA TAʼLIM TOʻGʻRISIDA AʼLO DARAJALI ATTESTAT, ATTESTAT O SREDNEM OBShEM OBRAZOVANII S OTLIChIYEM, CERTIFICATE OF GENERAL SECONDARY EDUCATION WITN NONOURS” soʻzlari yoziladi va markaziga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushiriladi.
Attestatning ichki har ikki varagʻida: “attestat” UM, “kumush medal bilan attestat” UM-K “aʼlo darajali oltin medal” UM-O harfi va yettita raqamli tartib raqami yoziladi.
yorugʻlikda yaxshi koʻrinadigan “paxta koʻsagi” koʻrinishidagi asosiy uch oʻlchovli suv belgisi;
koʻrinadigan rangli tola koʻk va sariq tusda, qogʻoz sirtida tartibsiz joylashgan, uzunligi 2,5 — 3 mm, “kiprik” shaklida, koʻz bilan koʻrinadi;
koʻrinmaydigan tola qizil va yashil tusda, qogʻoz qatlamida tartibsiz joylashgan, uzunligi 2,5 — 3 mm, “kiprik” shaklida ultrabinafsha nurlari ostida koʻrinadi.
Bosma tafsiloti:
Usti qism:
bosma jarayonida eksklyuziv kimyoviy turgʻun matbaa boʻyoqlari qoʻllaniladi;
asosiy foni (shahodatnoma — yashil rang, kumush medal bilan attestat — kul rang, aʼlo darajali oltin medal — oltin sariq rang) relyef tangir setka shaklidagi rasmdan tashkil topgan;
blankaning oʻng tomoni markazida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri chop etiladi, diametri 30 mm;
matn qora rangda chop etiladi.
Ichki qism:
asosiy foni (shahodatnoma — yashil rang, kumush medal bilan attestat — kul rang, aʼlo darajali oltin medal — oltin sariq rang) ikki tangir setkadan iborat va xar xil burilish burchaklarida joylashgan ingichka chiziqlarni aks etgan ornamental rasmdan tashkil topgan;
ornamental rasmdagi tanger setkaning birida “REPUBLIC OF UZBEKISTAN” soʻzi takrorlanadigan kichik matnda yozilgan. Nusxa koʻchirishdan himoya sifatida xizmat qiladi;
blankaning chap tomonida oʻzgaruvchan rangda OVI boʻyogʻi ishlatilgan ochiq kitob tasviri tushirilgan;
blankaning ikki tomon markazida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining koʻrinmaydigan tasviri tushirilgan, diametri 40 mm;
yetti xonali raqam qora fluoressensiya boʻyogʻida chop etiladi, ultrabinafsha nurlarida yashil rangda yorugʻlik sochadi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 393-son qaroriga 3-ILOVA
Psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabni (maktab-internat) tamomlaganlik toʻgʻrisidagi sertifikat namunasi va uning tavsifi
Psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabni (maktab-internat) tamomlaganlik toʻgʻrisidagi sertifikat tavsifi
Psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabni (maktab-internatni) tamomlaganlik toʻgʻrisida sertifikat 210 x 148 mm oʻlchamli, vertikal joylashgan, binafsha rangli koʻrinishga ega. Uning yuza tomonida yuqori qismiga “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI, RESPUBLIKA UZBEKISTAN, REPUBLIC OF UZBEKISTAN”, quyi qismiga “SERTIFIKAT, SERTIFIKAT, CERTIFICATE” soʻzlari yoziladi va markaziga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushiriladi.
Sertifikatning ichki har ikki varagʻida: S harfi va yettita raqamli tartib raqami yoziladi.
yorugʻlikda yaxshi koʻrinadigan “paxta koʻsagi” koʻrinishidagi asosiy uch oʻlchovli suv belgisi;
koʻrinadigan rangli tola koʻk va sariq tusda, qogʻoz sirtida tartibsiz joylashgan, uzunligi 2,5 — 3 mm, “kiprik” shaklida, koʻz bilan koʻrinadi;
koʻrinmaydigan tola qizil va yashil tusda, qogʻoz qatlamida tartibsiz joylashgan, uzunligi 2,5 — 3 mm, “kiprik” shaklida ultrabinafsha nurlari ostida koʻrinadi.
Bosma tafsiloti:
Usti qism:
bosma jarayonida eksklyuziv kimyoviy turgʻun matbaa boʻyoqlari qoʻllaniladi;
asosiy foni binafsha rang, relyef tangir setka shaklidagi rasmdan tashkil topgan;
blankning oʻng tomoni markazida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri chop etiladi, diametri 30 mm;
matn qora rangda chop etiladi.
Ichki qism:
asosiy foni binafsha rang ikki tangir setkadan iborat va xar xil burilish burchaklarida joylashgan ingichka chiziqlarni aks etgan ornamental rasmdan tashkil topgan;
ornamental rasmdagi tanger setkaning birida “REPUBLIC OF UZBEKISTAN” soʻzi takrorlanadigan kichik matnda yozilgan. Nusxa koʻchirishdan himoya sifatida xizmat qiladi;
blankaning chap tomonida oʻzgaruvchan rangda OVI boʻyogʻi ishlatilgan ochiq kitob tasviri tushirilgan;
blankaning ikki tomon markazida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining koʻrinmaydigan tasviri tushirilgan, diametri 40 mm;
yetti xonali raqam qora fluoressensiya boʻyogʻida chop etiladi, ultrabinafsha nurlarida yashil rangda yorugʻlik sochadi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 393-son qaroriga 4-ILOVA
Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi rasmiy davlat hujjatlarini bitiruvchilarga berish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari hamda nodavlat taʼlim xizmatlari faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarga (keyingi oʻrinlarda davlat va nodavlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari deb ataladi) umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlashga buyurtma berish, ularni tayyorlash, saqlash va bitiruvchilarga berish tartibini belgilaydi.
2. Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnoma Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi va taʼlim yoʻnalishi boʻyicha xalqaro bitimni imzolagan davlatlar hududidagi akademik litseylarga, umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi attestat kasb-hunar kollejlari va oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun hujjatlarni topshirish hamda tanlov natijalariga koʻra taʼlim olishni davom ettirish huquqini beradi.
4. Attestat va sertifikat blankalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq taʼlimi boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda hududiy boshqarmalar deb ataladi) hamda tizimida umumiy oʻrta taʼlim muassasalari mavjud boʻlgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning yozma buyurtmalari asosida shakllantirilgan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining buyurtmasiga binoan ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan muhofazalangan qogʻozda chop etiladi.
5. Hududiy boshqarmalar va tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlarida attestat va sertifikat blankalarini saqlash, hisobga olish va joylarga yetkazish boʻyicha masʼul xodimlar (keyingi oʻrinlarda masʼul shaxslar deb ataladi) belgilanadi.
Attestat va sertifikat blankalarini olish va tarqatishga masʼul xodimlardan boshqa shaxslarni jalb qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
Hududiy boshqarmalar va tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlaridagi masʼul shaxslar vaqtinchalik boʻlmagan yoki boshqa ishga oʻtgan taqdirda attestat va sertifikat blankalarini saqlash, hisobga olish va joylarga yetkazish vazifasi boshqa shaxslarga yuklatiladi.
6. Attestat va sertifikat blankalari hududiy boshqarmalarga har yili 1-iyunga qadar yuboriladi.
Boshqa vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning tizimida boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari hamda nodavlat umumtaʼlim tashkilotlari attestat va sertifikat blankalarini joylashgan manzili boʻyicha hududiy boshqarmalardan oladi.
7. Hududiy boshqarmalarga yuboriladigan attestat va sertifikat blankalarining buyurtmalari davlat statistika hisoboti koʻrsatkichiga mos kelishi yoki undan oshmasligi lozim.
8. Hududiy boshqarmalar attestat va sertifikat blankalarini olganlaridan soʻng ularning sonini va tartib raqamlarini yuk xati boʻyicha tekshiradi. Tekshirish yakuniga koʻra attestat va sertifikat blankalarining qabul qilib olinganligi toʻgʻrisida dalolatnoma tuziladi. Dalolatnoma hududiy boshqarma boshligʻi hamda masʼul shaxs tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi. Dalolatnoma nusxasi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga 5 ish kunidan kechiktirmay joʻnatiladi.
9. Hududiy boshqarmalarga olib kelingan attestat va sertifikat blankalari Attestat va sertifikatni hisobga olish va tarqatish daftarida hisobga olinadi va seyfda saqlanadi.
10. Boshqa vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning tizimida boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari hamda nodavlat umumtaʼlim tashkilotlari attestat va sertifikat blankalarini olganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomani tegishliligi boʻyicha bevosita hududiy boshqarmalarga taqdim etadi.
11. Attestat va sertifikat blankalarining tarqatilgani haqidagi hisobot hamda Attestat va sertifikatni hisobga olish va tarqatish daftarini hududiy boshqarmalarning masʼul shaxsi nazoratdan oʻtkazadi.
12. Hududiy boshqarmalar attestat va sertifikat blankalarini har yili 5-iyunga qadar tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi masʼul shaxsiga ishonchnoma asosida beradi.
Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlariga beriladigan attestat va sertifikatlar soni 9, 11-sinflar boʻyicha yakuniy attestatsiyaga qoʻyilgan oʻquvchilar soni asosida belgilanadi.
13. Bitiruvchilarning yakuniy attestatsiyasi natijalariga koʻra tuzilgan baholar vedomostlarini va pedagogik kengashning attestat va sertifikat berish haqidagi qaroridan koʻchirmani umumiy oʻrta taʼlim muassasalari direktorlari tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlariga, boshqa vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning tizimida boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari hamda nodavlat umumtaʼlim tashkilotlari direktorlari tegishliligi boʻyicha hududiy boshqarmalarga topshirishi shart.
14. Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlaridan har yili 8-iyunga qadar attestat va sertifikat blankalari umumiy oʻrta taʼlim muassasalari direktorlariga beriladi va bu haqida dalolatnoma tuziladi.
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari direktorlari attestat va sertifikat blankalarini bitiruvchilarga berishni taʼlim muassasasi pedagogik kengashining umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy attestatsiyasi natijalari haqidagi qarori, 8, 9 hamda 10, 11-sinf jurnallari asosida amalga oshiradi.
15. Hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari har bir davlat va nodavlat umumiy oʻrta taʼlim muassasasiga berilayotgan attestat va sertifikat blankalarining soni, ularning tartib raqamlari Attestat va sertifikatni hisobga olish va tarqatish daftarida qayd etilishini nazoratga oladilar.
Boshqa vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning tizimida boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari hamda nodavlat umumtaʼlim tashkilotlarining bitiruvchilariga berilgan attestat va sertifikat blankalarining soni, ularning tartib raqamlarining umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining Attestat va sertifikatni hisobga olish va tarqatish daftarida qayd etilishi hududiy boshqarmalar tomonidan qatʼiy nazoratga olinadi.
16. Har yili 15-iyunga qadar davlat va nodavlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari pedagogik kengashining umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy attestatsiyasi natijalari haqidagi qarori asosida bitiruvchilarga attestat va sertifikat blankalari toʻldiriladi.
17. Attestat va sertifikat blankalarini toʻldirish tartibi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi.
Attestat va sertifikat blankalari oʻquvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat (tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma, agar 16 yoshga toʻlgan boʻlsa — pasport) va sinf jurnallaridagi maʼlumotlar asosida toʻldiriladi.
19. Attestat va sertifikat direktorning imzosi hamda davlat va nodavlat umumiy oʻrta taʼlim muassasasi muhri bilan tasdiqlanadi. Muhr aniq va oʻqilishi oson boʻladigan holda tushiriladi. Davlat va nodavlat umumiy oʻrta taʼlim muassasasining muhri boʻlmagan attestat va sertifikat haqiqiy hisoblanmaydi.
22. Attestat va sertifikat blankalarining toʻgʻri toʻldirilishi, baholarning haqqoniy qoʻyilishi boʻyicha javobgarlik shaxsan davlat va nodavlat umumiy oʻrta taʼlim muassasasi direktoriga yuklanadi.
23. Attestat va sertifikat blankalarini toʻldirish jarayonida xatoliklarga yoʻl qoʻyilgan taqdirda masʼul xodimlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan choralar koʻriladi va bu haqdagi buyruqdan koʻchirma hamda boshqa zarur hujjatlar asosida buzilgan attestat va sertifikat blankalari oʻrniga yangi nusxalari hududiy boshqarmalardan olinadi. Ushbu blankalar Attestat va sertifikatni hisobga olish va tarqatish daftarining “Asos” ustuniga “buzilgan blankalar oʻrniga” deb yozib qoʻyiladi.
Buzilgan attestat va sertifikat blankalari toʻgʻrisida davlat va nodavlat umumiy oʻrta taʼlim muassasasida dalolatnoma tuziladi. Buzilgan attestat va sertifikatning tartib raqamlari qirqib olinadi va alohida qogʻozga yopishtirilib, dalolatnomaning asl nusxasiga ilova qilingan holda hududiy boshqarmalarga qaytariladi.
Dalolatnomada yoʻq qilingan attestat va sertifikat blankalarning nomi, soni va tartib raqami koʻrsatiladi. Dalolatnoma masʼul shaxs va bosh buxgalter tomonidan imzolanadi va hududiy boshqarmalar rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi.
25. Har yili 10-iyunga qadar davlat va nodavlat umumiy oʻrta taʼlim muassasasi direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosarlari bitiruvchilarning baholarini, oʻquv-tarbiya jarayoni bilan bogʻliq hujjatlarni (sinf jurnali, baholar tabeli) oʻrganadi va attestat va sertifikat bilan taqdirlanadigan bitiruvchilar roʻyxatini shakllantiradi hamda pedagogik kengashga taqdim etadi.
Har yili 15-iyunga qadar davlat va nodavlat taʼlim muassasasi pedagogik kengashi bitiruvchilarni attestat va sertifikat bilan taqdirlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
26. Davlat va nodavlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida bitiruvchilarga attestat va sertifikat har yili 20-iyunga qadar tantanali ravishda topshiriladi.
Attestat va sertifikatlarni tantanali ravishda topshirish tadbiri bitiruvchilarda Vatani, xalqi, taʼlim muassasasi bilan faxrlanish tuygʻulari va ular bilan gʻururlanish hislarini shakllantiradigan ssenariy asosida oʻtkaziladi.
27. Bitiruvchilarga berilgunga qadar toʻldirilgan attestat va sertifikat blankalari, Attestat va sertifikatni hisobga olish va tarqatish daftari davlat va nodavlat umumiy oʻrta taʼlim muassasasi rahbarining seyfida saqlanadi.
28. Eksternat tartibida taʼlim dasturi boʻyicha yakuniy attestatsiyadan oʻtgan shaxslarga attestatlar berish eksternat tartibida imtihon olish huquqi berilgan taʼlim muassasasi direktorlari tomonidan amalga oshiriladi.
30. Attestat va sertifikatni hisobga olish va tarqatish daftarida xatolikka yoʻl qoʻyilsa, ushbu xatolar tegishli izohlar bilan tuzatiladi. Daftardagi barcha yozuvlar davlat va nodavlat umumiy oʻrta taʼlim muassasasida direktori imzosi hamda taʼlim muassasasining muhri bilan tasdiqlanadi.
Attestat va sertifikatni hisobga olish va tarqatish daftari hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlarining masʼul shaxslari tomonidan tekshiruvdan oʻtkaziladi.
31. Uzrli sabablarga (kasalligi, xalqaro koʻrik tanlov va musobaqalarda ishtirok etganligi, vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda boʻlganligiga) koʻra vaqtida berilmagan attestat va sertifikat bitiruvchilarga berilgunga qadar toʻldirilgan holda davlat va nodavlat umumiy oʻrta taʼlim muassasasi direktorining seyfida saqlanadi.
32. Toʻldirilmagan attestat va sertifikat blankalari tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlariga, boshqa vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning tizimida boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim maktablari hamda nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari tomonidan hududiy boshqarmalarga uch kun davomida qaytarilishi shart. Toʻldirilmagan attestat va sertifikatlarni davlat va nodavlat umumiy oʻrta taʼlim muassasasida saqlash qatʼiyan taqiqlanadi.
33. Toʻldirilmagan blankalar yoʻqolgan hollarda davlat va nodavlat umumiy oʻrta taʼlim muassasasi direktori bu haqda darhol tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimiga va ichki ishlar organlariga xabar qiladi, bunda yoʻqolgan attestat va sertifikatning tartib raqami koʻrsatilib, yoʻqotish bilan bogʻliq vaziyatlar aniq bayon qilinadi.
34. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari direktorlari tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlariga, boshqa vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning tizimida boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari hamda nodavlat umumtaʼlim tashkilotlari direktorlari hududiy boshqarmalarga bitiruvchilarga topshirilgan attestat va sertifikat boʻyicha har yili 1-iyulga qadar hisobot beradi.
35. Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari attestat va sertifikatlarning topshirilishi boʻyicha hisobotlar tuzadi va hududiy boshqarmalarga har yili 1-avgustga qadar yetkazadi.
36. Hududiy boshqarmalar attestat va sertifikatlarning topshirilishi boʻyicha hisobotlarni umumlashtirib, har yili 15-avgustga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga yuboradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan har yili 1-sentabrga qadar attestat va sertifikatlarning tarqatilganligi haqida elektron hisobot yuritiladi.
37. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bitiruvchilarini attestat va sertifikatlar bilan taqdirlash tartibi ushbu Nizomga 2-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
5-bob. Attestat va sertifikatlarning dublikatini berish
39. Attestat yoki sertifikatlarni yoʻqotgan yoki familiyasini oʻzgartirgan shaxslarga, yoxud attestat yoki sertifikat yaroqsiz holga kelgan, buzilgan hollarda attestat va sertifikatning dublikati (keyingi oʻrinlarda dublikat deb ataladi) beriladi.
40. Dublikat berishda quyidagi tartibga amal qilinadi:
attestat va sertifikatni yoʻqotgan, olgan attestati yoki sertifikati buzilgan, yaroqsiz holatga kelgan yoki familiyasi oʻzgargan shaxslar yoki ularning ishonchli vakillari (keyingi oʻrinlarda fuqaro deb ataladi) attestat yoki sertifikatni bergan davlat va nodavlat umumiy oʻrta taʼlim muassasasi direktoriga yoʻqotilishi, buzilishi yoki familiyasi oʻzgarishi holati toʻliq bayon etilgan yozma ariza beradilar. Arizaga hujjat yoʻqolganligi toʻgʻrisida gazetada chop etilgan eʼlon, shaxsini tasdiqlovchi pasport (tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma) nusxasi ilova qilinadi (eʼlonda yoʻqolgan attestat yoki sertifikatning berilgan yili, seriyasi va tartib raqami koʻrsatilishi shart);
fuqaroning umumiy oʻrta taʼlim muassasasida oʻqiganligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda 5 kun muddatda direktor dublikat berish masalasini umumiy oʻrta taʼlim muassasasi pedagogik kengashining (keyingi oʻrinlarda pedagogik kengash deb ataladi) navbatdan tashqari yigʻilishida koʻrib chiqish uchun kiritadi;
pedagogik kengash dublikat berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va qarorda yoʻqolgan attestatning berilgan yili, seriyasi va tartib raqami koʻrsatiladi;
pedagogik kengash qarori 5 kun muddatda tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimiga va uning asosida hududiy boshqarmalarga yuboriladi.
boshqa vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning tizimida boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari hamda nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari hududiy boshqarmalarga yuboradi;
dublikatlar hududiy boshqarmalar tomonidan beriladi;
dublikatni berish muddati fuqaro murojaat qilgan davrdan boshlab bir oydan oshib ketmasligi kerak;
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hududiy boshqarmalarning buyurtmalari asosida har yili 1-yanvarga qadar dublikatlarni ajratadi;
hududiy boshqarmalarning buyurtmalari avvalgi yilda fuqarolar murojaatlari asosida berilgan dublikatlar soni asosida belgilanadi;
hududiy boshqarmalar har chorak yakunida fuqarolarga berilgan dublikatlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga hisobot beradi;
dublikatlar Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilangan qoidalarga asosan toʻldiriladi va yuqori qismi oʻng burchagiga “dublikat” soʻzi yoziladi;
dublikatlar Attestat va sertifikatni hisobga olish va tarqatish daftarida qayd etiladi. Daftarning “olganligi haqida imzo” ustuniga “yoʻqolgan asl nusxa oʻrniga __ № ___, ____ da” berilgan hamda “baholar uchun asl nusxa berilgan ustunga qaralsin” deb yoziladi, asl nusxa berilganligi haqidagi qatorda “___№___” dagi dublikat berilganligi yoziladi hamda dublikat olganlik toʻgʻrisida imzo qoʻyiladi va sana koʻrsatiladi.
41. Dublikat olish uchun buyurtmalar asosida bekor qilingan asl attestat va sertifikatning tartib raqamlari hamda dublikatlarning tartib raqamlari hududiy boshqarmalar tomonidan nazorat qilib boriladi.
42. Davlat va nodavlat umumiy oʻrta taʼlim muassasasi tugatilgan hollarda dublikatlar arxiv hujjatlarini saqlash boʻyicha masʼul boʻlgan boshqa umumiy oʻrta taʼlim muassasasi yoki arxiv tomonidan tasdiqlangan maʼlumotnomalar asosida beriladi.
43. Dublikat berish uchun rasmiylashtirilgan hujjatlar yigʻma jildi umumiy oʻrta taʼlim muassasasi arxivida saqlanadi.
44. Hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari, davlat va nodavlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari rahbarlari ushbu Nizom talablariga rioya qilinishi uchun shaxsan javob beradilar.
45. Ushbu Nizomning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javob beradilar.
Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi rasmiy davlat hujjatlarini bitiruvchilarga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bitiruvchilari uchun attestat va sertifikat blankalariga buyurtma berish va chop etish tartibi
SXEMASI
Bosqichlar
Ijrochilar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Umumiy oʻrta taʼlim muassasasi direktori
a) bitiruvchilarning baholarini, oʻquv-tarbiya jarayoni bilan bogʻliq hujjatlarni (sinf jurnali, baholar tabeli) oʻrganish;
b) attestat va sertifikat beriladigan bitiruvchilar roʻyxatini shakllantirish;
v) tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlariga buyurtmani taqdim etish
Tegishli oʻquv yilining 15-noyabriga qadar
2-bosqich
Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari, boshqa vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning tizimida boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari hamda nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari rahbarlari
Attestat va sertifikat blankalarini olish uchun buyurtmalarni hududiy boshqarmalarga taqdim etish
Tegishli oʻquv yilining 25-noyabriga qadar
3-bosqich
Hududiy xalq taʼlimi boshqarmalari rahbarlari
Buyurtmalarni umumlashtirib,
Xalq taʼlimi vazirligiga taqdim etish
Tegishli oʻquv yilining 1-dekabriga qadar
4-bosqich
Xalq taʼlimi vazirligi
Buyurtmalarni umumlashtirib,
“Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasiga buyurtma berish
Tegishli oʻquv yilining 15-dekabriga qadar
5-bosqich
“Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi
Xalq taʼlimi vazirligining buyurtmasi asosida attestat va sertifikat blankalarini tayyorlash va chop etish
Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi rasmiy davlat hujjatlarini bitiruvchilarga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bitiruvchilarini attestat va sertifikatlar bilan taqdirlash tartibi
SXEMASI
Bosqichlar
Ijrochilar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Taʼlim muassasasi direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari
a) bitiruvchilarning baholarini, oʻquv-tarbiya jarayoni bilan bogʻliq hujjatlarni (sinf j�rnali, baholar tabeli) oʻrganish;
b) attestat va sertifikat bilan taqdirlanadigan bitiruvchilar roʻyxatini shakllantirish;
v) attestat va sertifikat bilan taqdirlanadigan bitiruvchilar roʻyxatini Pedagogik kengashga taqdim etish
Tegishli oʻquv yilining 10-iyuniga qadar
2-bosqich
Pedagogik kengash
Bitiruvchilarni attestat va sertifikat bilan taqdirlash toʻgʻrisida qaror qabul qilish
Tegishli oʻquv yilining 15-iyuniga qadar
3-bosqich
Davlat va nodavlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari
Bitiruvchilarga attestat va sertifikatni tantanali ravishda topshirish
Tegishli oʻquv yilining 20-iyuniga qadar
4-bosqich
1.Umumiy oʻrta taʼlim muassasasi direktorlari
2.Boshqa vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning tizimida boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari hamda nodavlat umumtaʼlim tashkilotlari direktorlari
1. Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlariga bitiruvchilarga topshirilgan attestat va sertifikat boʻyicha hisobotlarni taqdim etish
2. Hududiy boshqarmalarga bitiruvchilarga topshirilgan attestat va sertifikat boʻyicha hisobotlarni taqdim etish
Tegishli oʻquv yilining 1-iyulga qadar
5-bosqich
Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari
Attestat va sertifikatlarning topshirilishi boʻyicha hisobotlar tuzish va hududiy boshqarmalarga yetkazish
Tegishli oʻquv yilining 1-avgustga qadar
6-bosqich
Hududiy boshqarmalar
Attestat va sertifikatlarning topshirilishi boʻyicha hisobotlarni umumlashtirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga taqdim etish
Tegishli oʻquv yilining 15-avgustga qadar
7-bosqich
Oʻzbekiston Respublikasi
Xalq taʼlimi vazirligi
Attestat va sertifikatlarning tarqatilganligi haqida elektron hisobot yuritish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 393-son qaroriga 5-ILOVA
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan ayrim qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnomaning davlat namunasini tasdiqlash haqida” 2003-yil 2-iyundagi 235-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” (Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi hududiy organlari tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2011-yil 1-martdagi 52-son qarori) 2011-yil 20-iyundagi 184-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2011-yil, 25-son, 261-modda) ilovaning 1-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/393/3122-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.06.2022-y., 09/22/295/0462-son)