Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet eldagi hamda xorijiy fuqarolarning respublikadagi mehnat faoliyati toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-noyabrdagi 505-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 21-son, 216-modda)
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-martdagi 244-sonli “Oʻzbekiston Respublikasiga xorijdan ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasining “Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish va takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1995-yil 25-iyuldagi 287-son qarorining Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet eldagi va xorijiy fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasidagi faoliyatini tartibga solish hamda muvofiqlashtirish qismiga muvofiq va ularning huquq hamda manfaatlarini himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(1-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 23-dekabrdagi 560-sonli qarori bilan chiqarib tashlangan — OʻR QHT, 2003-y., 24-son, 239-modda)
Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (2-ilova).
2. Belgilab qoʻyilsinki, Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tasdiqlangan tarifga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet ellardagi mehnat faoliyatiga ruxsatnomalar rasmiylashtirilganligi, yuridik shaxslarga xorijiy ishchi kuchlarini jalb etish uchun ruxsatnomalar berilganligi (amal qilish muddati uzaytirilganligi), shuningdek xorijiy fuqarolarning Oʻzbekistonda ishga joylashish uchun mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilganligi (amal qilish muddati uzaytirilganligi) uchun toʻlov undiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
3. Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq hamda Tashqi mehnat migratsiya agentligi mehnat faoliyati koʻrsatish uchun ruxsatnomalar olingandan soʻng chet elga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chiqib ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga chiqish hujjatlarini rasmiylashtirish va mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga kelayotgan xorijiy davlatlar fuqarolariga kirish vizalarini berish hamda muddatini uzaytirish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Tashqi ishlar vazirligiga yuklansin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ishchi kuchlarini chetdan keltirish va chetga chiqarish masalalarini boshqarish toʻgʻrisida” 1993-yil 14-iyuldagi 353-son qarori 2-bandining uchinchi va toʻrtinchi xatboshlari va 5-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 23-dekabrdagi 560-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 24-son, 239-modda)
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 19-oktabrdagi 408-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilishga ruxsatnomalar berish (uzaytirish), shuningdek xorijiy fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berish (amal qilish muddatini uzaytirish) shartlari va tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-noyabrdagi 505-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 21-son, 216-modda)
2. Xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilish ruxsatnomasi respublika hududida ishlash uchun yollanadigan xorijiy xodimlarning umumiy va kasblar guruhi boʻyicha yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan eng koʻp sonini belgilaydi.
3. Mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga keluvchi xorijiy fuqaro 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha va ish beruvchi tomonidan olingan ruxsatnoma asosida uning nomiga berilgan mehnat faoliyati huquqi tasdiqnomasi boʻlgandagina Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlashi mumkin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-noyabrdagi 505-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 21-son, 216-modda)
4. Ruxsatnomalar oʻzbekistonlik yuridik shaxslarga, Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalarga, shuningdek oʻz shaxsiy xoʻjaligida yollangan xodimlar mehnatidan foydalanuvchi (bundan buyon “ish beruvchi” deyiladi) ayrim oʻzbekistonlik va Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashovchi xorijiy jismoniy shaxslarga berilishi mumkin. Bunda xorijiy xodimlar mehnat faoliyatlarining davom etish muddati ruxsatnomaning amalda boʻlish vaqtidan oshib ketmasligi kerak.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-noyabrdagi 505-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 21-son, 216-modda)
5. Ruxsatnoma berish Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
6. Ruxsatnoma (tasdiqnoma) berganlik va uning muddatini uzaytirganlik uchun belgilangan tartibda toʻlov undiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-noyabrdagi 505-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 21-son, 216-modda)
7. Ruxsatnoma olish uchun ish beruvchi Agentlikka quyidagi hujjatlarni topshiradi:
ariza;
kontrakt loyihasi yoki xorijiy fuqarolar yoxud chet el firmalari bilan tuzilgan xorijiy mutaxassislarni jalb qilish maqsadi va shartlari toʻgʻrisidagi oldidan ahdlashilganlikni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar;
xorijiy mutaxassisga berilgan fotosuratli anketa;
ruxsatnomani rasmiylashtirish va berish uchun toʻlov toʻlanganligi haqidagi bank (kassa) hujjati;
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
“VICh-infeksiya” yoʻqligi toʻgʻrisida sertifikat.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Agentlik ruxsatnoma berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
8. Agentlik xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilish va ulardan foydalanish uchun ruxsatnoma berishda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining boʻsh ish joylarini egallash boʻyicha ustunlik huquqlari prinsipidan, soʻralayotgan joyda qadri bir xil ishchi kuchlari borligidan kelib chiqishi kerak.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Ushbu talab Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda Davlat turizm qoʻmitasi deb ataladi) iltimosnomalari boʻyicha turizm sohasida ishga jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga tatbiq etilmaydi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-son qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)
9. Ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni bergan kundan boshlab 30 kun mobaynida Agentlik tomonidan qabul qilinadi.
Yuqori malaka va ishlab chiqarish faoliyatida noyob tajribaga shuningdek Davlat turizm qoʻmitasining iltimosnomalari boʻyicha turizm sohasiga ishga jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga ega boʻlgan xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar ish beruvchi ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni bergan kundan boshlab 15 kun mobaynida beriladi. Bunda, xorijiy fuqaroning yuqori malaka va ishlab chiqarish faoliyatidagi noyob tajribasi ish beruvchi tomonidan belgilanadi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)
10. Xorijiy ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish uchun ruxsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisidagi asoslangan qaror arizachiga ushbu qaror qabul qilingandan soʻng bir hafta muddatda yuboriladi.
Xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilish va ulardan foydalanishga ruxsatnomani berish toʻgʻrisidagi arizaning takroriy koʻrib chiqishda Xorijiy ishchi kuchini jalb etish va undan foydalanishga ruxsatnoma berishning ushbu ruxsatnomani berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
11. Ruxsatnoma bir yil muddatga beriladi, mehnat kontrakti muddatini uzaytirish tomonlarning roziligiga koʻra va ish beruvchining mazkur Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni berishi asosida, mehnat shartnomasining amalda boʻlish muddati tugagunga qadar, amalga oshiriladi.
12. Ish beruvchidagi ruxsatnoma boshqa ish beruvchilarga berilmasligi kerak. Ruxsatnoma asosida jalb qilinadigan xorijiy xodimlar boshqa ish beruvchiga ishlash uchun oʻtkazilishi mumkin emas.
13. Ruxsatnoma blankida: ruxsatnoma bergan organning nomi, ruxsatnoma berilgan ish beruvchining nomi va manzili, uning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ushbu shaxs qaysi davlat fuqarosi ekanligi, faoliyatining turi, ruxsatnoma amalda boʻladigan hudud, amalda boʻlish muddati, 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha uzaytirish vaqti koʻrsatiladi. Ruxsatnoma Agentlik rahbari tomonidan vakil qilingan masʼul mansabdor shaxs tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi.
14. Ish beruvchi ruxsatnomada koʻrsatilgan mazkur Nizom shartlarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligini buzganda, buning oqibatida xorijiy mutaxassislarning huquqlari jiddiy kamsitilgan hollarda Agentlik yoʻl qoʻyilgan buzilishlar bartaraf etilgunga qadar ruxsatnomani toʻxtatib qoʻyishi yoki ularni muayyan muddatda bartaraf etish toʻgʻrisida koʻrsatma berishi mumkin. Buzilishlar belgilangan muddatda bartaraf etilmagan taqdirda ruxsatnoma Agentlik qaroriga koʻra bekor qilinishi mumkin.
(13-14-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
15. Mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan va mazkur Nizomni buzgan holda ishga qabul qilingan xorijiy mutaxassislar ish beruvchi mablagʻlari hisobiga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidan chiqarib yuboriladilar.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-noyabrdagi 505-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 21-son, 216-modda)
16. Agentlik xorijiy mutaxassislarni hisobga olishni amalga oshiradi, xorijiy mutaxassislarni ishga joylashtirishning va mehnat shartlarining qonuniyligini tekshiruvdan oʻtkazadi. Yilning har choragida Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligini va ichki ishlar hududiy organlarini xorijiy mutaxassislarning soni, kasb-malaka tarkibi, boʻlish muddatlari haqida xabardor qilib turadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
17. Ruxsatnomalar berishning mazkur Nizom bilan belgilangan majburiy tartibi, shuningdek, mehnat faoliyati huquqiga egalik tasdiqnomalari quyidagi xorijiy fuqarolarga nisbatan qoʻllanmaydi:
a) diplomatik va konsullik muassasalarining, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi diplomatik maqomdan foydalanuvchi tashkilotlarning xodimlariga;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning xalqaro hukumatlararo tashkilotlari va hukumat tashkilotlari vakolatxonalari xodimlariga;
(17-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-apreldagi 203-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 17-son, 199-modda)
v) 3 oygacha muddatga keladigan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlayotgan yoki tashkil etilayotgan qoʻshma korxonalar yoki firmalarning taʼsischilari yoki paychilari hisoblanadiganlarga.
g) Davlat turizm qoʻmitasining iltimosnomalari boʻyicha turizm sohasida ishlashga 3 oygacha muddatga jalb etiladigan mutaxassislarga.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-son qaroriga asosan “g” kichik band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)
Koʻrsatilgan tartib quyidagi xorijiy fuqarolarga nisbatan ham qoʻllanmaydi:
davlatlararo bitimlarga muvofiq tashkil etilgan Oʻzbekiston hududidagi muassasalarda ishlovchi fan va madaniyat arboblariga;
taʼtil vaqtida Oʻzbekiston oliy kasb taʼlimi taʼlim muassasalari dasturlari doirasida ishlab chiqarish amaliyotini oʻtayotgan talabalarga;
Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan muxbirlar va jurnalistlarga;
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida akkreditatsiya qilingan nodavlat notijorat tashkilotlarining xodimlariga;
(17-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 11-son, 126-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi tomonidan akkreditatsiya qilingan xorijiy tijorat tashkilotlari vakolatxonalari xodimlariga;
(17-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-iyuldagi 499-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 693-modda)
Oʻzbekiston akademiyalari va oliy kasb taʼlimi taʼlim muassasalarida maʼruzalar kursini oʻqish va boshqa ishlar uchun jalb qilingan maʼruzachilar va yoʻriqchilarga;
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar bilan tuzilgan davlatlararo bitimlarga koʻra ishga joylashtirishning boshqa xil tartibi belgilangan shaxslarga.
Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida Nizomga muvofiq fuqarosi _____________________________________