Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga oʻquvchilarni tanlash va oʻqishga qabul qilishda tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-sentabrdagi 767-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga oʻquvchilarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
“Nomzodlar yashash joyi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi tomonidan tashkil etiladigan tibbiy komissiya koʻrigidan oʻtadi.
Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish yakunlari boʻyicha nomzodga tibbiy maʼlumotnoma beriladi”.