1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.03.00 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻi / 07.10.03.02 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan texnologik jihozlar roʻyxatini tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 2-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2436-9]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi boʻyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-dekabrdagi PQ-3448-son “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining 2017-yilgi versiyasini joriy etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 15-fevraldagi 21, 16, 3, 01-02/8-44-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan texnologik jihozlar roʻyxatini tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2436, 2013-yil 20-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 12-son, 157-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Iqtisodiyot va sanoat vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 1-may,
9-son
Moliya vaziri D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 1-may,
55-son
Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. UMURZOQOV
Toshkent sh.,
2019-yil 1-may,
2019/31-1-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M. AZIMOV
Toshkent sh.,
2019-yil 1-may,
01-02/8-17-son
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 1-maydagi 9, 55, 2019/31-1, 01-02/8-17-son qaroriga ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan texnologik jihozlar roʻyxatini tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Muqaddimadagi “2012-yil 10-sentabrdagi PQ-1816-son “Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga solishga doir chora-tadbirlarni davom ettirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-yil, 38-son, 434-modda)” degan soʻzlar “2017-yil 28-dekabrdagi PQ-3448-son “Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining 2017-yilgi versiyasini joriy etish toʻgʻrisida”gi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Mashinalar, elektr va elektrsiz isiydigan sanoat va laboratoriya jihozlari... harorat oʻzgarishi bilan bogʻliq jarayonda materiallarga ishlov berish uchun…
”;
g) 18-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
18.
8421 11 000 0 — 8421 39 (8421 12, 8421 23, 8421 31 va maishiy suv filtrlaridan tashqari)
Sentrifugalar, shu jumladan, markazdan qochuvchi quritgichlar; suyuqlik va gazlarni filtratsiya qilish yoki tozalash uchun jihozlar va moslamalar
”;
d) 20-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
20.
8423 20 000 0 — 8423 30 000 0,
8423 82 100 0
tovarlarni tortish uchun jihozlar, shu jumladan, tortilayotgan yuk vazni bilan harakatga keltiriladigan hisoblash yoki nazorat mashinalari…
Kema derrik-kranlar; koʻtarish kranlari, shu jumladan, kabel — kranlar;
harakatlanadigan koʻtarma fermalar, portalli yuk ortuvchilar va yuk koʻtarish krani bilan jihozlangan aravachalar
”;
z) 34-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
34.
8438 10 — 8438 80
(8438 80 100 0 dan tashqari)
Oziq-ovqat mahsulotlari yoki ichimliklarni…, mol yogʻi yoki uchuvchan boʻlmagan moylarni olib tashlash yoki sanoat yoʻli bilan tayyorlash uchun jihozlar
(ishlab chiqarish joylarida changlarni yigʻish uchun foydalaniladigan changyutkichlar)
Boshqa changyutkichlar (maishiy changyutkichlardan tashqari)
”;
l) 70-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
70.
8515 21 — 8515 80
Elektr, lazer yoki boshqa yorugʻlik yoki foton yordamida… past haroratli kavsharlash yoki yuqori haroratli kavsharlash yoki payvandlash uchun mashinalar va apparatlar
”;
m) 74-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
74.
8543 10 000 0,
8543 30 000 0
Zarralar tezlatkichlari, galvanik qoplash, elektroliz yoki elektroforez uchun mashina va apparaturalar
”;
n) 77 va 78-pozitsiyalardan “(faqat temir yoʻllar uchun )” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
o) 81-pozitsiyada “Yevro 3” degan soʻzlar “Yevro 4” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
p) 82-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
82.
8704 10 102 0,
8704 21 100 0, 8704 23 910 1,
8704 23 910 2, 8704 31 100 0, 8705 10 (yuk koʻtarish qobiliyati 50 tn gacha boʻlgan avtokranlardan tashqari),
8705 20 000 0, 8705 90 300 0 Yevro 4 va undan ortiq standartlarga mos keladigan
Yuk tashish va maxsus maqsadlarga moʻljallangan motorli transport vositalari