1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.20.00 Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.11.00 Transport vositalarini Davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
“Traktorchi-mashinistlarga guvohnomalar va ogohlantirish talonlari berish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 1-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2469-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi PF-5418-son “Qishloq va suv xoʻjaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2013-yil 11-maydagi 98-son “Traktorchi-mashinistlarga guvohnomalar va ogohlantirish talonlari berish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2469, 2013-yil 14-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 24-son, 322-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2014-yil 17-noyabrdagi 9-son “Traktorchi-mashinistlarga guvohnomalar va ogohlantirish talonlari berish tartibi toʻgʻrisida nizomning 6-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2469-1, 2014-yil 18-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 47-son, 564-modda).
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir J. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 12-aprel,
62-son
Kelishilgan:
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
2019-yil 5-aprel
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I. MAJIDOV
2019-yil 4-aprel
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2019-y., 10/19/2469-2/3042-son)