

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;29.12.2023
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-4313279" id="onLBC-4313279">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7082"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.02.00 Bojxona ishini boshqarish. Bojxona organlarida xizmatni oʻtash]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-4313279" id="onLS-4313279">[<b>TSZ:</b><div id="LS3788"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-4314040" id="-4314040">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-4314042" id="-4314042">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-4314044" id="-4314044">Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organi xodimining yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq holda yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4314054" id="-4314054"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-6750603" id="-6750603">Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 700-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarining shaxsiy tarkibi hamda ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tizimini tartibga solish toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-6732824?ONDATE=29.12.2023 00#-6738196">qaroriga</a> asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4314057" id="-4314057">“Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/mact/-67566">Qonuniga </a>muvofiq davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining yoki ularning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq holda yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash tartibini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4314058" id="-4314058">1. Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organi xodimining yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq holda yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom <a href="/mact/-4313279#-4314076">ilovaga </a>muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4314059" id="-4314059">2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4314063" id="-4314063">3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-4314064" id="-4314064">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-4314067" id="-4314067">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-4314068" id="-4314068">2019-yil 29-aprel,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-4314070" id="-4314070">364-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4314076" id="-4314076"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-4314081" id="-4314081">Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 364-son <a href="/mact/-4313279">qaroriga </a><br />ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-4314086" id="-4314086">Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organi xodimining yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq holda yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisida</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-4314087" id="-4314087">NIZOM</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4314090" id="-4314090"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-4314091" id="-4314091">1-bob. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4314093" id="-4314093">1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organi xodimining (keyingi oʻrinlarda xodim deb ataladi) yoki uning yaqin qarindoshlarining (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, er-xotinlar, farzandlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari va opa-singillari) mol-mulkiga xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq holda yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash tartibini belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4314095" id="-4314095">2. Xodimning yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrni xodimning oʻz xizmat majburiyatlarini bajarishi vaqtida yetkazilgan taqdirdagina qoplanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4314096" id="-4314096">Mazkur Nizom davlat bojxona xizmati organlaridan pensiyaga chiqarilgan shaxslarga, agar zarar ularning yoki yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga davlat bojxona xizmati organlaridagi xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq holda yetkazilgan boʻlsa, tatbiq etiladi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-4314099" id="-4314099">2-bob. Zararni qoplash masalasini koʻrib chiqish tartibi</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5978171" id="-5978171"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5978174" id="-5978174">3. Mazkur Nizomni amalga oshirish maqsadida xodimning yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq holda yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash masalasini oʻrganish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi markaziy apparatida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha bojxona boshqarmalarida, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi, Bojxona instituti va Milliy kinologiya markazida (keyingi oʻrinlarda bojxona organlari deb ataladi) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda doimiy faoliyat koʻrsatuvchi komissiyalar tuziladi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5978186" id="-5978186">(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5939698">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4314102" id="-4314102">4. Komissiya tarkibi bojxona organining tegishli xizmatlari xodimlaridan tashkil topadi va bojxona organi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4314104" id="-4314104">5. Zarar oʻrnini qoplash boʻyicha tegishli hujjatlarni yigʻish va rasmiylashtirish bojxona organlarining Kadrlar boshqarmasi va joylardagi kadrlar boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda kadrlar xizmatlari deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4314106" id="-4314106">6. Oʻz mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash maqsadida xodim yoki uning yaqin qarindoshlari bojxona organi rahbariga bildirgi (ariza) bilan murojaat qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4314107" id="-4314107">Ariza u kelib tushgan kunning oʻzida bojxona organi rahbari tomonidan kadrlar xizmatiga yoʻnaltiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4314108" id="-4314108">7. Mol-mulkka yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash haqidagi bildirgi (ariza) kelib tushgan kundan boshlab uch kun muddatda bojxona organining kadrlar xizmati tomonidan tegishli komissiyaga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4314110" id="-4314110">mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash haqida xodimning bildirgisi yoki uning yaqin qarindoshlarining arizasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4314112" id="-4314112">mol-mulkiga zarar yetkazilgan holatlar boʻyicha tekshiruv xulosasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4314114" id="-4314114">mol-mulkiga yetkazilgan zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4314115" id="-4314115">8. Komissiya tomonidan hujjatlar ular taqdim etilgan kundan boshlab oʻn besh kun muddatda koʻrib chiqiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4314116" id="-4314116">9. Hujjatlarni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha mol-mulkka yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishi yoki uni qoplash rad etilishi toʻgʻrisida komissiya qarori qabul qilinadi va bojxona organi rahbari tomonidan tasdiqlanadigan bayon bilan rasmiylashtiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4314117" id="-4314117">10. Komissiya qarori uch kun muddatda manfaatdor shaxslarga yetkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4314118" id="-4314118">11. Komissiya raisi va aʼzolari zararning oʻrnini qoplash yoki qoplashni rad etish toʻgʻrisidagi komissiya qarorining qonuniyligi va toʻgʻri qabul qilinganligiga masʼul hisoblanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-4314120" id="-4314120">3-bob. Zararning oʻrnini qoplash tartibi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4314121" id="-4314121">12. Mol-mulkka yetkazilgan zararning haqiqiy miqdorini aniqlash, bojxona organi tomonidan baholash tashkiloti jalb qilingan holda, mol-mulkiga zarar yetkazilgan shaxsning ishtirokida amalga oshiriladi. Bunda zarar miqdori uning oʻrnini qoplash vaqtida amal qilayotgan bozor narxlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4314122" id="-4314122">13. Hisob-kitoblar naqd pul koʻrinishida yoki pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Zarar natura shaklida, teng qiymatdagi mulkni berish, uni taʼmirlash yoki boshqa koʻrinishlarda ham qoplanishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4314132" id="-4314132">Mazkur Nizomda nazarda tutilgan toʻlovlar bojxona organlarining moliya-iqtisodiyot xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4314134" id="-4314134">14. Mol-mulkka yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash boʻyicha tegishli qaror qabul qilinganidan soʻng, ushbu zararning oʻrni bojxona organlari tomonidan oʻn kun muddatda manfaatdor shaxslarga qoplab berilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4314136" id="-4314136">15. Mol-mulkka yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi va keyinchalik aybdor shaxslardan undirib olinadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-4314139" id="-4314139">4-bob. Zararni aybdor shaxslardan undirish tartibi</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5978239" id="-5978239"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5978241" id="-5978241">16. Xodimning yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplagan bojxona organi bu bilan bogʻliq xarajatlarni zarar yetkazilishi uchun aybdor boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslardan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda undirish choralarini koʻradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5978242" id="-5978242">Bunda aybdor shaxslarni topish maqsadida vakolatli organlarga tegishli soʻrovnomalar yuborilishi va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa zarur tadbirlar amalga oshirilishi mumkin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5978244" id="-5978244">(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5939698">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4314145" id="-4314145">17. Bojxona organlari moliya-iqtisodiyot xizmatlari tomonidan zararning oʻrni qoplangan kundan boshlab ikki kun muddatda zararning oʻrni qoplanganligini tasdiqlovchi hujjatlar (toʻlov topshiriqnomasi, chiqim kassa orderlari, toʻlov vedomstlari hisob-faktura va boshqalar) nusxalari tegishli bojxona organining yuridik xizmatiga aybdor shaxslardan zarar summasini undirish choralarini koʻrish uchun taqdim etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4314147" id="-4314147">18. Bojxona organlarining yuridik xizmatlari zararning oʻrni qoplanganligini tasdiqlovchi hujjatlar qabul qilingan kundan boshlab oʻn kun muddatda </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5978247" id="-5978247"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5978250" id="-5978250">aybdor shaxslarga nisbatan daʼvo (qarshi daʼvo) kiritish uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda zarur hujjatlarni rasmiylashtiradi va ularga nisbatan daʼvo (qarshi daʼvo) kiritish choralarini koʻradi; </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5978259" id="-5978259">(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5939698">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4314151" id="-4314151">sudlarda tegishli bojxona organi vakili sifatida ishtirok etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4314154" id="-4314154">undirishga qaratilgan, lekin undirilmay qolgan mablagʻlarni (aybdor jismoniy shaxs vafot etgan, I guruh nogironlik roʻyxatiga kiritilgan hollarda) mablagʻlarni hisobdan chiqarish uchun sud qarorlari yoki boshqa hujjatlarni tegishli bojxona organining moliya-iqtisodiyot xizmatiga taqdim etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4314155" id="-4314155">oʻz vakolati doirasida zararning oʻrnini qoplash xarajatlarini undirish bilan bogʻliq boshqa tadbirlarni amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4314156" id="-4314156">19. Xodimning yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq holda yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash mazkur Nizomning <a href="/mact/-4313279#-4314246">ilovasidagi </a>sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-4314158" id="-4314158">5-bob. Yakunlovchi qoidalar</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5978268" id="-5978268"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5978276" id="-5978276">20. Xodimning yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq holda yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash boʻyicha nizo va kelishmovchiliklar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5978281" id="-5978281">(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5939698">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5978286" id="-5978286"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5978293" id="-5978293">21. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5978298" id="-5978298">(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5939698">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4314246" id="-4314246"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-4314248" id="-4314248">Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organi xodimining yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq holda yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi <a href="/mact/-4313279#-4314086">nizomga</a><br />ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-4314251" id="-4314251">Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organi xodimining yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq holda yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-4314255" id="-4314255">sxemasi</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4314256" id="-4314256"></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-4314260" id="-4314260"><img src="/files/4318276" /></div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-4314052" id="-4314052">(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2019-y., 09/19/364/3035-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
