1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasida umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlimni tizimli isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash, oʻsib kelayotgan yosh avlodni maʼnaviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarish, oʻquv-tarbiya jarayoniga taʼlimning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish maqsadida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq taʼlimini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5538-son Farmoniga muvofiq:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
1. Quyidagilar:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va unda quyidagilar nazarda tutilsin:
Oʻzbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) Xalqaro miqyosda oʻquvchilarni baholash dasturi reytingi boʻyicha jahonning birinchi 30 ta ilgʻor mamlakati qatoriga kirishiga erishish;
uzluksiz taʼlim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
oʻqitish metodikasini takomillashtirish, taʼlim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish;
xalq taʼlimi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish;
xalq taʼlimi muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va budjetdan mablagʻ bilan taʼminlashning samaradorligini oshirish;
yoshlarni tarbiyalash va ularning bandligini taʼminlashda maktabdan tashqari taʼlimning zamonaviy usullari va yoʻnalishlarini joriy etish;
davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish hisobiga davlat taʼlim tizimida raqobat muhitini kengaytirish;
yoshlar taʼlim-tarbiyasi uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish;
xalq taʼlimi tizimida faoliyat koʻrsatishning jozibadorligini oshirish maqsadida umumiy oʻrta taʼlim muassasalari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish darajasini bosqichma-bosqich oshirib borish;
b) Oʻzbekiston Respublikasining xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 2019-yilda amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xarita”si (keyingi oʻrinlarda — “Yoʻl xarita”si) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Konsepsiya tegishli davrga moʻljallangan maqsadli parametrlar va asosiy yoʻnalishlardan kelib chiqib, har yili alohida tasdiqlanadigan “Yoʻl xarita”si orqali bosqichma-bosqich amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga:
har yili 1-dekabrga qadar oʻtayotgan yil boʻyicha tasdiqlangan “Yoʻl xarita”sini puxta oʻrganish asosida kelgusi yil uchun “Yoʻl xarita”si loyihasini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
“Yoʻl xarita”larining bajarilishi yuzasidan doimiy monitoring yuritish va uning natijalarini har chorakda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etib borish vazifalari yuklansin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
3. Quyidagilar mazkur Farmonda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
respublika budjeti mablagʻlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Xalq taʼlimi sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari;
imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
4. Quyidagilarga:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimovga — Konsepsiya va “Yoʻl xarita”sini ijro etish yuzasidan masʼul vazirliklar va idoralar faoliyatini samarali tashkil qilish va oʻzaro hamkorlik qilish, “Yoʻl xarita”lari bajarilishi yuzasidan oʻtkazilgan monitoring natijasida aniqlangan kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etish yuzasidan;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, masʼul vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlariga — Konsepsiya va “Yoʻl xarita”sida nazarda tutilgan tadbirlarni oʻz vaqtida, sifatli va toʻliq bajarish yuzasidan;
Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri Sh.X. Shermatovga — Konsepsiyaning maqsadli koʻrsatkichlariga erishilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ommaviy axborot vositalarida ushbu Farmonning maqsad va vazifalarini keng yoritish boʻyicha chiqishlar hamda mavzuga oid koʻrsatuvlar tashkil etsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 29-aprel,
PF-5712-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son Farmoniga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasi
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq taʼlimini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5538-son Farmoni ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
2. Konsepsiya xalq taʼlimi tizimining uzoq muddatli rivojlanishining asosiy yoʻnalishlarini belgilab beradi, jumladan:
Oʻzbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) Xalqaro miqyosda oʻquvchilarni baholash dasturi reytingi boʻyicha jahonning birinchi 30 ta ilgʻor mamlakati qatoriga kirishiga erishish;
uzluksiz taʼlim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
oʻqitish metodikasini takomillashtirish, taʼlim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish;
xalq taʼlimi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish;
xalq taʼlimi muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va budjetdan mablagʻ bilan taʼminlashning samaradorligini oshirish;
yoshlarni tarbiyalash va ularning bandligini taʼminlashda maktabdan tashqari taʼlimning zamonaviy usullari va yoʻnalishlarini joriy etish;
davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish hisobiga davlat taʼlim tizimida raqobat muhitini kengaytirish;
yoshlar taʼlim-tarbiyasi uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish;
xalq taʼlimi tizimida faoliyat koʻrsatishning jozibadorligini oshirish maqsadida umumiy oʻrta taʼlim muassasalari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish darajasini bosqichma-bosqich oshirib borish.
2-bob. Xalq taʼlimi tizimining joriy holati va mavjud muammolar
3. Hozirgi vaqtda xalq taʼlimi tizimi umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlimni oʻz ichiga oladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
4. Xalq taʼlimi tizimida turli ehtiyojga ega boʻlgan bolalarga qaratilgan muassasalar — oʻqitish darajasi taʼlim standartlaridan yuqori boʻlgan muassasalar (ixtisoslashtirilgan muassasalar) va imkoniyati cheklangan bolalar uchun taʼlim muassasalari faoliyat yuritadi.
2019-yil 1-aprel holatiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasida 9 691 ta umumtaʼlim maktablari (jumladan, ayrim fanlar chuqurlashtirib oʻqitiladigan 350 ta davlat ixtisoslashtirilgan muassasalari) mavjud.
Umumtaʼlim maktablaridagi umumiy oʻquvchilar soni 5,8 millionni tashkil qiladi. Shuningdek, 86 ta nodavlat taʼlim muassasasida 13,8 ming nafarga yaqin oʻquvchi tahsil oladi.
Bolalarning ijodiy qobiliyati va iqtidorini rivojlantirish imkoni yaratilgan maktabdan tashqari taʼlim muassasalari (“Barkamol avlod” markazlari) faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.
“Barkamol avlod” markazlarida 5 540 ta toʻgarak tashkil etilgan va ularga 143 ming nafarga yaqin bolalar qamrab olingan.
Respublikamizda umumiy oʻrta taʼlim tizimida boshlangʻich kasb-hunar taʼlimi joriy etilgan boʻlib, 51 turdagi ishchi kasblar boʻyicha kasb-hunar kollejlari hamda umumtaʼlim maktablarida 1 748 ta oʻquv-ishlab chiqarish majmualari tashkil etilgan.
Xalq taʼlimi tizimida jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun 86 ta ixtisoslashtirilgan maktab va 21 ta maktab-internat mavjud boʻlib, ularda 20 610 nafar bola taʼlim olmoqda.
Shuningdek, jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan va uzoq muddatli davolanishga muhtoj 13 437 nafar bolalar uyda taʼlim olmoqda.
Alohida sharoitlarda tarbiyalash va taʼlim berishga muhtoj bolalarning taʼlimi 2 ta ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasida amalga oshirilmoqda.
19 ta Mehribonlik uyi va 3 ta bolalar shaharchasida 2 577 nafar yetim hamda ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar tarbiyalanmoqda.
5. Xalq taʼlimi tizimiga oid qonunchilikda, institutsional rivojlanishda, maktab yoshidagi bolalarga zamon talablariga mos ravishda taʼlim-tarbiya berishda ayrim boʻshliq va kamchiliklar mavjud, shu jumladan:
a) umumiy oʻrta taʼlimni boshqarish sohasida:
umumtaʼlim muassasalari faoliyatini tashkil etishda taʼlim sifatini yuqori bosqichga koʻtarish hamda mavjud muammolarni oʻz vaqtida hal etish talab etilmoqda;
umumtaʼlim muassasalariga yuklatilgan vazifalarning deklarativ xaraktyerga egaligi, ularni amalga oshirish boʻyicha tashkiliy-huquqiy mexanizmlarning yetishmasligi amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda;
mahalliy davlat hokimiyati organlari umutaʼlim muassasalari faoliyatini chuqur tahlil qilmasdan, faqatgina statistik va boshqa maʼlumotlarni toʻplash bilan chegaralanayotganligi joylardagi haqqoniy holatni aniqlashga toʻsqinlik qilmoqda;
davlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish, umumtaʼlim muassasalarini boshqarish, ishlarni rejalashtirish va tashkil etish jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish darajasi pastligi qabul qilinayotgan qarorlarning samarali amalga oshirilishini taʼminlash, ushbu jarayonni tezkor kuzatib borish imkonini bermayapti, shuningdek davlat boshqaruvini ortiqcha byurokratlashtirish va uning sarf-xarajatlari oshishiga olib kelmoqda;
xalq taʼlimi tizimida ijtimoiy va davlat-xususiy sheriklikning rivojlanmaganligi nodavlat notijorat tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlarining taʼlim sohasidagi muammolarni hal etishdagi ishtirokini cheklamoqda;
xalq taʼlimi tizimida boshqaruv vertikalini amalga oshirish mexanizmining yetarlicha rivojlanmaganligi tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari rolining sezilarli darajada pasayishiga sabab boʻlmoqda;
umumtaʼlim muassasalariga bolalarni qabul qilish, shuningdek oʻquv jarayonida turli shakldagi korrupsiya elementlariga barham berish boʻyicha samarali mexanizmlarni joriy qilish talab etilmoqda;
b) kadrlarni tayyorlash sohasida:
matematika, fizika, kimyo, informatika, ingliz tili va boshqa chet tillari kabi fanlar boʻyicha pedagog kadrlar yetishmovchiligi kuzatilmoqda;
oliy taʼlim muassasalariga qabul qilish jarayoniga uzoq hududlardagi talabalar uchun oʻqishga kirishda imtiyozlarning yoʻqligi sababli togʻ va choʻl hududlaridagi maktablarda oʻqituvchilarga ehtiyoj yuqori darajada qolmoqda;
umumtaʼlim muassasalari oʻqituvchilarining 14 foizini oʻrta maxsus maʼlumotli mutaxassislar tashkil etmoqda;
pedagogika yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalari oʻquv dasturlariga boʻlajak pedagog uchun mazmuniy yuklama bermaydigan ayrim fanlar kiritilgan;
pedagogika va metodika fanlariga oid darsliklarning mazmunan eskirib qolganligi, shuningdek pedagogik amaliyotning yuzaki oʻtilishi boʻlajak pedagogning kasbiy sifatlariga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda;
oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari umumiy sonining qariyb 25 foizini “Pedagogika” mutaxassisligi bitiruvchilari tashkil etishi va bu mutaxassislik eng ommaviylardan biri boʻlishiga qaramasdan, uning jozibadorligi pastligi sababli pedagogika yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining oʻz kasbi boʻyicha mehnat qilish motivatsiyasi past darajada qolmoqda;
pedagog kadrlarni ishga qabul qilishda ularning malaka darajasini aniqlash uchun aniq talablarni ishlab chiqish lozim;
direktor va oʻqituvchilar bilishi va bajarishi kerak boʻlgan aniq belgilangan milliy standartlarning mavjud emasligi, ularning salohiyati oʻsishiga hamda amaldagi muassasalar rahbarlarini tanlash va tayinlash tartibining samarasizligiga olib kelmoqda;
mavjud malaka oshirish tizimi oʻqituvchilar ehtiyojlariga mos emasligi, malaka oshirish kurslari mazmuni va qoʻllaniladigan usullar eskirganligi, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini qoʻllash orqali oʻqituvchilarni masofadan qayta tayyorlash mexanizmi yoʻlga qoʻyilmaganligi oʻqituvchilarning bilim va malakasini tizimli oshirib borish imkonini bermayapti;
koʻp yillik mehnat stajiga ega yuqori malakali va tajribali pedagoglar ingliz tili yoki kompyuter savodxonligi boʻyicha yetarli bilimga ega emasligi sababli attestatsiyadan oʻta olmaslik holatlari kuzatilmoqda;
oʻquvchilar soni quvvatiga nisbatan kam boʻlgan maktablarda kadrlar tarkibi salohiyati pastligi tufayli talab darajasidagi taʼlim sifati taʼminlanmayapti;
v) oʻquv jarayonini tashkil etish sohasida:
oʻquvchilarda taʼlim olishga kuchli motivatsiyani shakllantirish talab etilmoqda;
ayrim maktablarda oʻquvchilar soni sinfda oʻquv jarayoni sifatining keskin pasayishiga olib keladigan darajada oshib ketgan;
pedagoglarning metodik taʼminotini yaxshilash lozim;
darsliklarni yaratish tizimida xilma-xillikning yoʻqligi ularni yaratish va nashr qilishni monopollashtirishga omil boʻlib qolmoqda hamda ularning mazmuni, metodikasi va nashr sifatiga salbiy taʼsir etmoqda;
davlat taʼlim standartlari kompetensiyaviy yondashuvga asoslanganligiga qaramasdan, oʻqitish va baholash metodlari, shuningdek darsliklar va boshqa oʻquv materiallarini asosan axborotni yodlash va bayon qilishga qaratilgan boʻlib, tanqidiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash va tahlil qilish koʻnikmalari va boshqa malakalarni rivojlantirishga toʻsqinlik qilmoqda;
foydalanilayotgan darsliklar sifatini oshirish, xorijiy oʻquv qoʻllanmalarini qoʻshimcha yoki muqobil oʻquv materiallari sifatida qoʻllash amaliyotini yoʻlga qoʻyish talab etilmoqda;
xorijiy tillar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini oʻqitish jarayoni metodik yordamga muhtoj;
xalq taʼlimi tizimida inklyuziv taʼlim dasturlari yetarli darajada rivojlanmagan, mamlakatimiz oliy taʼlim muassasalari dasturlarida oʻqituvchilarning inklyuziv taʼlim boʻyicha maxsus tayyorgarligini taʼminlash lozim;
maktablarda nizolarni hal qilish va jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha samarali ichki tizim, shuningdek oʻquvchilarni xavf guruhidan chiqarish uchun maktab oʻqituvchilari va psixologlari malakasini oshirish yuzasidan maxsus dasturlar ishlab chiqish talab etilmoqda;
maktablarning sport zallari va maydonchalari kerakli inventarlar bilan jihozlanmaganligi, sinf xonalarida oʻquv mebel jihozlari, laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasining yetishmasligi, ularning oʻz vaqtida yangilanmasligi ota-onalarning taʼlim tizimiga nisbatan eʼtirozlariga sabab boʻlmoqda;
maktablarning 28 foizida qoʻshimcha jihozlashga ehtiyoj mavjud, ishlatilayotgan jihozlarning 50 foizi maʼnan va jismonan eskirganligi uchun almashtirilishi kerak;
3 000 dan ortiq umumtaʼlim maktablarida oʻquvchilarning sogʻlom ovqatlanishi uchun oshxonalar va bufetlar tashkil etish lozim;
elektr, koʻmir, sovuq va issiq suv, gaz taʼminoti va kanalizatsiya bilan bogʻliq infratuzilma muammolarini hal etishda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yetarli eʼtibor qaratilmayapti, ayniqsa uzoq aholi punktlari va qishloq joylardagi 1 726 umumtaʼlim maktabi qoʻlbola (burjuy) pechlar yordamida isitilmoqda;
umumtaʼlim muassasalarining binolarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash boʻyicha zamonaviy standartlarni joriy etish kerak;
2 907 ta umumtaʼlim maktabi qurilish-taʼmirlash ishlariga muhtoj;
11 yillik taʼlim tizimiga oʻtilishi munosabati bilan qoʻshimcha oʻquvchi oʻrinlariga ehtiyoj mavjud.
d) xalq taʼlimi tizimini moliyalashtirish sohasida:
xalq taʼlimi tizimini moliyalashtirishda mablagʻlarni samarali va shaffof tizim asosida taqsimlash va foydalanish talab etilmoqda;
xalq taʼlimi muassasalariga davlat budjetidan ajratilgan xarajatlarning asosiy qismi ish haqiga sarflanib, oʻquv jihozlari va materiallarini yangilashga, maktab binolarini taʼmirlashga yetarli mablagʻ yoʻnaltirilmayapti.
3-bob. Xalq taʼlimi tizimining asosiy maqsad va rivojlanish yoʻnalishlari
6. Xalq taʼlimi tizimining rivojlanishi mazkur Konsepsiya ilovasida belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarga erishishga asoslanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
7. Quyidagilar xalq taʼlimi tizimining strategik maqsadlari hisoblanadi:
umumtaʼlim tizimida iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi, ilgʻor xalqaro tajriba va jamiyatning zamonaviy talablariga muvofiq sifatli taʼlim olish imkoniyatlarini yaratish;
inson kapitalini mehnat bozorida va umuman mamlakatda oʻquvchining raqobatbardoshlik darajasini belgilovchi asosiy omil sifatida rivojlantirish.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
8. Uzoq istiqboldagi maqsadli vazifalardan kelib chiqib, xalq taʼlimi tizimini rivojlantirish quyidagi ustuvor yoʻnalishlarga asosan amalga oshiriladi:
a) taʼlim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek malakali professional pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish:
pedagogika yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalarini taʼlimning kredit tizimiga bosqichma-bosqich oʻtkazish, pedagogika, didaktika, amaliy pedagogik psixologiya, metodika kabi fanlarga alohida eʼtibor qaratgan holda, oʻquv materiallarini va pedagogik baholashni ishlab chiqish orqali pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish;
taʼlim berishning zamonaviy nazariyalarini oʻzlashtirishni, pedagogik psixologiyani tushunish, taʼlim berishga kompetentlik hamda shaxsga yoʻnaltirilgan yondashuvlar asoslarini egallashni koʻzda tutgan holda pedagoglarni tayyorlash va qayta tayyorlash markazlari faoliyatini qayta koʻrib chiqish;
boʻlajak pedagoglar uchun pedagogik faoliyatga moyillik va ijodkorlik qobiliyatlarini aniqlash va baholash imkoniyatini beruvchi metodlarni ishlab chiqish;
umumtaʼlim muassasalarida oʻqituvchilarning sifat tarkibini, xususan magistrlik darajasiga ega boʻlgan pedagoglar sonini bosqichma-bosqich oshirish;
xalq taʼlimi tizimi uchun boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini, shu jumladan taʼlim sohasiga yosh kadrlar kirib kelishini ragʻbatlantirishni qoʻllab-quvvatlash;
avvalo chekka hududlarda joylashgan, oʻquvchilar soni kam boʻlgan umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilariga qoʻshimcha yangi ixtisosliklar va malakalarni oʻzlashtirishga imkon beradigan taʼlim infratuzilmasini shakllantirish;
uzluksiz taʼlim sifatini mustaqil baholash tizimini shakllantirishga koʻmaklashish va qoʻshimcha pedagogik taʼlim xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish;
xalq taʼlimi sohasida rahbar kadrlar tayyorlash boʻyicha standartlashtirilgan dastur ishlab chiqish hamda “Xalq taʼlimi sohasida boshqaruv” yoʻnalishi boʻyicha malaka oshirish va uni tugatib, imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan barcha tinglovchilarga taʼlim muassasalari rahbarlari lavozimlarini egallash imkonini beruvchi uch yil muddatli maxsus sertifikat berish tizimini yaratish;
umumtaʼlim muassasalari rahbar xodimlari lavozimiga nomzodlar oʻrtasida tanlov asosida saralash amaliyotini joriy qilish va ularni ragʻbatlantirishni kuchaytirish;
pedagoglarning masofadan malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimi samaradorligini oshirish va qamrovini kengaytirish;
malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida oʻqitish mazmuni va metodlarini yangilash, baholash tizimini qayta koʻrib chiqish;
pedagogika yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalarining sirtqi taʼlim yoʻnalishlari uchun qabul kvotalarini oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tavsiyasi asosida pedagog xodimlarga ehtiyoji katta boʻlgan chekka togʻli va choʻl hududlardagi abituriyentlar uchun imtiyozli qabul kvotalarini belgilash mexanizmini joriy etish;
xalq taʼlimi tizimida taʼlim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish maqsadida oʻquvchilarning oʻqish, matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholashga yoʻnaltirilgan PISA (The Programme for International Student Assessment) umumtaʼlim maktablarida taʼlim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish;
pedagog xodimlarning malaka talablarini, shuningdek yangilangan taʼlim standartlarini joriy etish uchun egallanadigan koʻnikmalarni aniqlashning yangi usullarini joriy etish;
yosh oʻqituvchilarni, ularning xizmat mavqeyi oʻsishini hisobga olgan holda, kasbiy qoʻllab-quvvatlash va hamkorlikda ishlash mexanizmini takomillashtirish;
b) iqtidorli bolalar va isteʼdodli yoshlar bilan aniq maqsadga yoʻnaltirilgan ishlarni amalga oshirish tizimini yaratish:
fan olimpiadalarini oʻtkazish mexanizmlarini qayta koʻrib chiqish va eng qobiliyatli, bilimli oʻquvchilarni aniqlashda shaffoflikni taʼminlash, baholash mezonlarini mos ravishda tegishli xalqaro olimpiada va tanlovlar mezonlariga moslashtirish;
oliy taʼlim muassasalarining tadqiqot va innovatsion faoliyati koʻlamini kengaytirish, ular negizida biznes-inkubator va texnoparklarni tashkil etgan holda innovatsion infratuzilmani rivojlantirish hamda ularning taʼlim faoliyatini kasb-hunar kollejlari va umumtaʼlim maktablarida tashkil etilgan oʻquv-ishlab chiqarish majmualariga tatbiq etish;
tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda mahalliylashtirish va import oʻrnini bosish dasturiga alohida eʼtibor qaratgan holda umumtaʼlim muassasalari negizida kasbiy malaka oʻquv markazlari (resurs markazlari)ni tashkil qilish;
oliy taʼlim muassasalari va ular qoshidagi akademik litseylar bilan hamkorlikda xorijiy tillar, matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi muhim va talab yuqori boʻlgan fanlar chuqurlashtirib oʻqitiladigan ixtisoslashgan umumtaʼlim muassasalari tarmogʻini kengaytirish;
2019 — 2021-yillar davomida respublikaning har bir hududida bosqichma-bosqich STEAM (fan, texnologiya, injiniring, sanʼat va matematika) yoʻnalishlariga ixtisoslashtirilgan “Prezident maktablarini” tashkil etish;
oliy taʼlim muassasalarining ilmiy salohiyatga ega pedagogik jamoasini umumtaʼlim maktablarida iqtidorli bolalar bilan ishlashga va taʼlim sifatini baholashga jalb qilish;
nodavlat umumtaʼlim muassasalari tarmogʻini kengaytirish, zarur hollarda iqtidorli bolalar va isteʼdodli yoshlarga manfaatdor jamoat tashkilotlari, tijorat tashkilotlarining yordami va homiyligi orqali yakka tartibda grantlar ajratish yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlagan holda, ularning kelgusida taʼlim olishlariga imkoniyat yaratish;
yuqori natijalarga erishgan yuqori sinf (10-11-sinflar) oʻquvchilariga rivojlangan xorijiy davlatlarda hamkorlik dasturlari orqali maqsadli taʼlim olish tartibini joriy etish;
kichik yoshdan oʻquvchilarda oʻqishga sogʻlom, kuchli va taʼsirchan motivatsiyani shakllantirish hamda kasb tanlash, kasbiy oʻsishini mustaqil rejalashtirish, zamonaviy kasblarni egallash qobiliyatini rivojlantirish;
zamonaviy darsliklar, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etgan holda multimedia ilovalarini yaratish;
kasb-hunarga oʻqitishni takomillashtirish va ishlab chiqarishning koʻplab jarayonlarini avtomatlashtirish tendensiyalarining rivojlanayotganligini inobatga olgan holda oʻquv-ishlab chiqarish majmualarida foydalaniladigan kasb-hunar taʼlimining oʻquv dasturlarini qayta koʻrib chiqish;
davlat taʼlim standartlarida koʻzda tutilgan kompetensiyalar va oʻquv jarayonini interaktiv boshqarish mahorati tamoyillariga asoslangan pedagogik faoliyatni baholash mezonlarini ishlab chiqish;
umumtaʼlim maktab kutubxonalarini oʻquvchilar mustaqil tayyorlanadigan zamonaviy (smart) markazlarga aylantirish maqsadida ularning foydali maydonlarini kengaytirish va moddiy-texnik jihozlash, yagona axborot tizimiga birlashtirish, shuningdek Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi elektron resurslariga ulanish orqali ularning rolini oshirish;
taʼlim muassasalarida oʻquv-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish maqsadida yangi, shu jumladan muqobil yondashuvlarni oʻrganishga va ilmiy asoslashga yoʻnaltirilgan amaliy xarakterdagi ilmiy izlanishlarni rivojlantirish;
oʻquv muddatlarini oʻzgartirmagan holda oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtirish kompetentligini kengaytirishni taʼminlovchi zamonaviy taʼlim texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish;
zamonaviy innovatsion iqtisodiyot talablariga muvofiqlikni taʼminlash maqsadida umumtaʼlim davlat taʼlim standartlari tizimini muntazam takomillashtirib borish;
bir-biri bilan uzviy bogʻliq boʻlmagan fanlar asosida tuzilgan oʻquv dasturidan bosqichma-bosqich voz kechish va oʻquv fanlari sonini optimallashtirish;
oʻquvchilarning bilim olishga boʻlgan motivatsiyasini oshirish maqsadida hamda qiziqishlari va talablarini eʼtiborga olgan holda yuqori sinflarda majburiy va tanlov asosidagi fanlarni joriy qilish;
10-11-sinf oʻquvchilari uchun ixtisoslashtirilgan, shu jumladan ijtimoiylashuvga, iqtidor va kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan oʻquvchilarning kasbiy oʻqitish imkoniyatlarini kengaytirgan holda taʼlim berishni rivojlantirish;
kasbiy taʼlim jarayonini tashkil etishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida hamda xalqaro bozorda talab katta boʻlgan mutaxassisliklar boʻyicha yirik tijorat tashkilotlarini jalb qilish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kelajak kasblar uchun zarur boʻladigan malakali bitiruvchilarni tayyorlashda ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrgangan holda umumtaʼlim muassasalarida informatika fanini oʻqitish dasturini qayta koʻrib chiqishga yoʻnaltirilgan “IT-Nation” dasturini joriy etish;
chet tillari, informatika, matematika, fizika, kimyo, biologiya fanlarini chuqur oʻrganishga eʼtibor qaratgan holda, ixtisoslashtirilgan sinf va maktablarni yaratish amaliyotini kengaytirish usuli bilan maktablarda taʼlim sifatini tubdan yaxshilash;
taʼlim muassasalarining axborot ochiqligi asosida kasb-hunar taʼlimi sifatini baholash va doimiy jamoatchilik monitoringi mexanizmini joriy qilish, hududlarda sertifikatlashtirish va kasb-malaka toifalarini beruvchi integrallashtirilgan markazlarni tashkil etish;
umumtaʼlim muassasalarini boshqarish va taʼlim sifatini nazorat qilishda jamoatchilik va yirik tijorat tashkilotlarining ishtirokini taʼminlash;
oʻquvchilar uchun raqamli texnologiyalardan foydalanishning umumiy darajasini oshirish maqsadida umumtaʼlim maktablarining asosiy oʻquv dasturlariga doimiy oʻzgartirishlar kiritish;
axborot texnologiyalari sohasidagi tashkilotlarning oʻquv jarayonlariga qatnashishini ragʻbatlantirish orqali umumtaʼlim maktablarida informatika fanini oʻqitish metodlarini takomillashtirish;
maktablarda “Bir million dasturchi” loyihasini keng hududda joriy qilish;
(8-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6268-sonli Farmoniga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son)
umumtaʼlim maktab oʻquvchilari uchun sogʻlom ovqatlanish tamoyillarini ommalashtirish;
umumtaʼlim muassasalarida sport toʻgaraklarini tashkil qilish;
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan tarbiyasida muammolari boʻlgan oʻquvchilarning ota-onalari bilan tushuntirish ishlarini olib borish;
rivojlangan mamlakatlarning ilgʻor tajribasini oʻrgangan holda umumtaʼlim muassasalarida oʻquvchilar oʻrtasida zoʻravonlik (buling)ning oldini olishga qaratilgan dasturlarni joriy etish;
d) imkoniyati cheklangan bolalarga koʻrsatiladigan taʼlim xizmatlari sifatini yaxshilash:
imkoniyati cheklangan bolalar taʼlim oladigan taʼlim muassasalari binolariga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
imkoniyati cheklangan bolalar oʻqitiladigan taʼlim muassasalarini zarur adabiyotlar, metodik qoʻllanmalar, turli kasblarga oʻqitish uchun boʻladigan uskuna va jihozlar bilan taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
imkoniyati cheklangan bolalarni oʻqitish uchun inklyuziv taʼlim tizimini tashkil etish, umumtaʼlim muassasalarini maxsus moslamalar (koʻtarish qurilmasi, pandus, tutqich, boshqalar), shuningdek tegishli kadrlar (pedagog-defektolog, bolalarni ruhiy-pedagogik kuzatish boʻyicha mutaxassislar) bilan taʼminlash;
jamoatchilik oʻrtasida imkoniyati cheklangan bolalarning bilim olish huquqi, inklyuziv oʻqitishning mazmun-mohiyati haqida tushuntirish ishlarini olib borish;
ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalarni tarbiyalashning muqobil shakllarini keng joriy etish;
oʻquvchilarning jismoniy va aqliy talab-ehtiyojidan va taʼlim muassasalarining geografik joylashuvidan kelib chiqqan holda maxsus maktab-internatlarni optimallashtirish;
imkoniyati cheklangan bolalarning moslashishi va integratsiyasi uchun maktab-internatlarni bosqichma-bosqich maxsus jihozlar bilan taʼminlash;
imkoniyati cheklangan har bir bolaning inklyuziv taʼlim olishiga boʻlgan huquqini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash;
e) innovatsion iqtisodiyot sharoitida yoshlarni tarbiyalash hamda ularning bandligini taʼminlashda maktabdan tashqari taʼlimning zamonaviy metodlari va yoʻnalishlarini keng joriy etish:
respublikada mavjud “Barkamol avlod” bolalar markazlarini maktabdan tashqari taʼlim yagona markaziga birlashtirish;
xalq taʼlimi tizimining maktabdan tashqari taʼlim muassasalari tarmogʻini kengaytirish boʻyicha choralar koʻrish;
hududiy “Barkamol avlod” bolalar markazlari va axborot-resurs markazlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
hududiy “Barkamol avlod” bolalar markazlarida davr talabi hamda oʻquvchilarning qiziqishlarini hisobga olgan holda dolzarb kasblarning birlamchi asoslarini oʻrgatish uchun toʻgaraklar, shu jumladan robototexnika, dasturlash boʻyicha yoʻnalishlar sonini koʻpaytirish;
maktabdan tashqari taʼlim muassasasi rahbarlarini oʻqitish maqsadida oliy taʼlim muassasalarida taʼlim yoʻnalishlarini ochish boʻyicha takliflar tayyorlash;
maktablarni tashqi xavflardan himoyalash hamda bolalar oʻrtasida jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha umumtaʼlim muassasalari bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarning hamkorligini kuchaytirish;
sanoat korxonalari, ilmiy muassasalar, tashkilotlar hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning maktabdan tashqari taʼlim muassasalari bilan hamkorlik tizimini yaratish;
j) xalq taʼlimi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish:
barcha umumtaʼlim maktablarini yagona maʼlumotlarni uzatish tarmogʻiga birlashtirish hamda foydalanish uchun ruxsat etilgan internet tarmogʻi resurslarini avtomatik filtrlash orqali “xavfsiz maktab interneti” konsepsiyasini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish;
ichki lokal tarmoqlarni yaratish, oʻquv sinflarini, oʻqituvchilar hamda maktab maʼmuriyatini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va vositalari, xususan kompyuter texnikasi, interaktiv doska, planshet va boshqa jihozlar bilan taʼminlash;
davlat-xususiy sheriklik asosida taʼlim jarayonini avtomatlashtirish boʻyicha axborot tizimini joriy etish, barcha darslik va metodik materiallarning elektron shakllarini eduportal.uz portalida joylashtirish va muntazam yangilab borish;
davlat-xususiy sheriklik asosida sogʻlom qadriyatlarga asoslangan taʼlim tizimining milliy kontentini ishlab chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari faoliyatining boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish, hudud va umuman mamlakat miqyosidagi yuz beradigan xavf-xatarlar va muammolarga oʻz vaqtida munosib ravishda eʼtibor qaratish uchun axborot almashinuvining samarali tizimini shakllantirish;
mavjud darslik va oʻquv-uslubiy adabiyotlarni elektron koʻrinishga oʻtkazish;
umumtaʼlim muassasalarida oʻquvchilarning davomati monitoringini taʼminlovchi biometrik tizimni joriy etish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishining zamonaviy tendensiyalarini hisobga olgan holda taʼlim jarayonida kompyuterlashtirish darajasini koʻtarish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda yangi avlod darslik va oʻquv-uslubiy adabiyotlarini tayyorlash va chop etishni tashkillashtirish;
taʼlimda multimedia mahsulotlarini ishlab chiqish va ularni qoʻllash jarayonini tizimli tashkil etish choralarini koʻrish;
“Barkamol avlod” bolalar markazlari toʻgaraklari oʻquvchilarining ijodiy ishlarini sotish uchun elektron doʻkonlar (artshop) tashkil qilish;
elektron kitoblarni mobil uskunalarga yuklab va koʻchirib olish maqsadida bolalar kutubxonalarida QR-kod yordamida elektron kitoblar haqidagi axborotlarni joylashtirish tizimini yaratish;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.12.00 Korrupsiyaga qarshi kurashish]
z) xalq taʼlimi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishning taʼsirchan mexanizmini yaratish:
xalq taʼlimi tizimi davlat xizmatchilarining professional korpusini yaratish maqsadida davlat xizmatini tashkil etish, shu jumladan davlat xizmatchilarining huquqiy maqomi, klassifikatsiyasi, xizmatga qabul qilishning shaffof mexanizmlari (tanlov asosida), kadrlar zaxirasini shakllantirish, odob-axloq normalariga rioya etilishini taʼminlash masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish;
xalq taʼlimi tizimida davlat xizmatining jozibadorligini oshirish, korrupsiyaning yuzaga kelish xavfi va mansab suiisteʼmolchiligini kamaytirish imkonini beradigan davlat xizmatchilari mehnatiga haq toʻlash va ijtimoiy taʼminotining zamonaviy tizimini yaratish;
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va uning xududiy boʻlinmalari faoliyatining shaffofligi va ochiqligini taʼminlash, jismoniy va yuridik shaxslarga axborot taqdim etishning zamonaviy shakllarini joriy qilish orqali jamiyat va biznes bilan oʻzaro hamkorlik qilishda ortiqcha maʼmuriy sarf-xarajatlarga barham berish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, aholi bilan ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyishning yangi, samarali mexanizm va uslublarini joriy etish;
ish vaqti va moddiy ishlab chiqarish resurslaridan oqilona foydalanish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yutuqlarini keng joriy etish hisobiga xalq taʼlimi tizimi xodimlarining mehnat unumdorligini oshirish;
i) xalq taʼlimi muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularni budjetdan moliyalashtirish samaradorligini oshirish:
xalqaro ilgʻor tajribani hisobga olgan holda bosqichma-bosqich qurilish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash ishlarida ilgʻor texnologiyalar va muhandis yechimlariga tayanish;
“Zamonaviy maktab” davlat dasturi doirasida umumtaʼlim maktablari uchun xalqaro tajribalarni hisobga olgan holda yangi turdagi maktablarni barpo etish va muqaddam qurilgan yangi binolarni zamonaviy maktab namunasiga moslashtirishni taʼminlash;
umumtaʼlim maktablarining oʻquv xonalari va laboratoriyalarini zamonaviy mebel, jihozlar, oʻquv-uslubiy materiallar, kompyuter va multimedia texnikalari, videokuzatuv tizimlari bilan jihozlashni taʼminlash;
(8-band “i” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PF-134-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2022-y., 06/22/134/0407-son)
umumtaʼlim muassasalarida pullik xizmatlarni koʻrsatish, shuningdek homiylik va xayriya mablagʻlari orqali budjetdan tashqari jamgʻarmalarni shakllantirish amaliyotini joriy etish;
k) xalq taʼlimini boshqarishda strategik rejalashtirishning zamonaviy shakllarini yaratish, innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalar, sohada xalqaro tajribadan kelib chiqib ilgʻor yutuqlardan foydalanish amaliyotini kengaytirish:
xalq taʼlimi tizimini innovatsion rivojlantirishning kelajak modelini shakllantirishga, mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini koʻtarishga yordam beruvchi uzoq muddatli ssenariy asosida strategik rejalashtirish tizimini yaratish;
konferensiya, koʻrgazma va boshqa tadbirlar yordamida mamlakatning xalq taʼlimi sohasidagi yutuqlarini xalqaro darajada keng yoritish, xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash;
xalq taʼlimi boshqaruvi sohasiga ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatning zamonaviy yutuqlarini joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish;
budjetdan tashqari manbalardan, homiylardan mablagʻlar tushishi va taqsimlanishini nazorat qilish maqsadida raqamli onlayn-platformalarni yaratish;
zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda virtual taʼlim metodlarini joriy etish;
maʼmuriy va taʼlim jarayonlarini optimallashtirish uchun zamonaviy blokcheyn texnologiyalarini joriy etish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
l) davlat-xususiy sheriklik asosida umumtaʼlim tarmogʻini rivojlantirish hisobiga xalq taʼlimi tizimida raqobat muhitini kengaytirish:
nodavlat umumtaʼlim maktablariga davlat subsidiyalarini berish mexanizmini yaratish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
xalq taʼlimi sohasida davlat-xususiy sheriklikning yangi turlarini joriy etish;
m) yoshlar taʼlim-tarbiyasi uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish:
yoshlarni madaniyat va sanʼat muassasalariga keng jalb etish;
yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish;
yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish;
yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish;
4-bob. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
9. Konsepsiya doirasida belgilangan vazifalarni bajarish orqali Oʻzbekiston Respublikasining xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirishda quyidagi koʻrsatkichlarga erishish nazarda tutiladi:
STEAM fanlarni va tanqidiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash va tahlil qilish kompetensiyalari va malakalarining rivojlanishiga alohida urgʻu berishni hisobga olgan holda, zamonaviy innovatsion iqtisodiyot talablariga javob beradigan umumtaʼlim dasturlari va yangi davlat taʼlim standartlari joriy etiladi;
xalq taʼlimi tizimida oʻquvchilarning bilim darajasini baholashda taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro dasturlar va izlanishlar (PISA, TIMSS, PIRLS va boshqalar)da Oʻzbekiston Respublikasining doimiy ishtiroki taʼminlanadi;
taʼlim dasturlari va muassasalarini akkreditatsiya qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasining yetakchi xalqaro birlashmalarga kirishi taʼminlanadi;
xorijiy til, informatika, matematika, fizika, kimyo, biologiya fanlarini chuqur oʻrganishga moʻljallangan didaktik materiallar va multimedia mahsulotlarining yangi avlodlari tayyorlanadi;
muvaffaqiyatli faoliyat koʻrsatayotgan umumtaʼlim muassasalari negizida tarmoq maktablari yaratiladi va ushbu tarmoqqa oʻquvchilarni qamrab olish koeffitsiyenti past boʻlgan boshqa maktablar ham kiritiladi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bittadan Prezident maktablari tashkil etiladi;
davr talabidan kelib chiqib, pedagog kadrlar malakasini oshirish kurslarining oʻquv dasturiga asosan oʻqituvchilarga metodik yordam koʻrsatish maqsadida elektron resurslar yaratiladi;
maktabdan tashqari taʼlim sifatini oshirish va bolalarni maktabdan tashqari taʼlim xizmatlari bilan qamrab olish oʻquvchilar umumiy soniga nisbatan 50 foizga yetkaziladi;
oliy taʼlim muassasalarida “Xalq taʼlimi sohasida boshqaruv” yoʻnalishi boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi;
umumtaʼlim fanlari boʻyicha 3 mingga yaqin pedagog ixtisosligi boʻlmagan kadrlar pedagogik va kasbiy qayta tayyorlash kurslarida oʻqitiladi;
xalq taʼlimi tizimidagi barcha taʼlim muassasalarining elektr energiyasi, tabiiy gaz, koʻmir, ichimlik suvi va boshqa kommunal xizmatlar bilan uzluksiz taʼminlanishi tashkil etiladi;
barcha taʼlim muassasalarining internet tarmogʻiga toʻliq ulanishi taʼminlanadi;
barcha umumtaʼlim maktablarida oʻzlashtirish jurnallari va kundalik yozuvlarning elektron shakllaridan foydalanish, davomatni masofadan monitoring qilish, oʻquvchilarning kelish va ketish vaqtlari nazorati bilan bogʻliq boʻlgan oʻquv jarayonini avtomatlashtirish tizimi joriy etiladi;
barcha umumtaʼlim muassasalarida oʻquvchilarni qabul qilish va boshqa taʼlim muassasalariga oʻtkazish uchun davlat xizmatlarini koʻrsatish mexanizmi joriy etiladi;
barcha umumtaʼlim maktablarida oʻquvchining identifikatsiya kartalari (ID-karta, NFC belgisi va boshqalar) joriy etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga ILOVA
I. Taʼlim mazmuni samaradorligini oshirish va kadrlarning sifat tarkibini yaxshilash
1.
Oʻzbekistonning PISA xalqaro baholash dasturidagi oʻrni.
Xalqaro dasturdagi oʻrni
-
70
-
-
30
Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksi�si, Xalq taʼlimi vazirligi
2.
Xorijiy til (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk) boʻyicha kamida B2 darajadagi xalqaro tan olingan yoki unga tenglashtirilgan milliy sertifikatga ega boʻlgan xorijiy til oʻqituvchilari.
Foizda
(jami xorijiy til oʻqituvchilarisoniga nisbatan)
10%
21%
31%
40%
100%
Xalq taʼlimi vazirligi, Davlat test markazi
3.
Umumtaʼlim maktablaridagi oʻqituvchilar orasida oliy maʼlumotli oʻqituvchilar.
Foizda
(jami oʻqituvchilar soniga nisbatan)
90%
91,5%
93%
95%
100%
Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
4.
Umumtaʼlim maktablaridagi oʻqituvchilar orasida oliy toifali oʻqituvchilar.
Foizda
(jami oʻqituvchilar soniga nisbatan)
5%
6%
6,5%
7%
10%
Xalq taʼlimi vazirligi, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
5.
Umumtaʼlim maktablaridagi oʻqituvchilar orasida birinchi toifali oʻqituvchilar.
Foizda
(jami oʻqituvchilar soniga nisbatan)
15%
16%
18%
20%
25%
Xalq taʼlimi vazirligi, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
6.
Umumtaʼlim maktablaridagi oʻqituvchilar orasida toifaga ega oʻqituvchilar.
Foizda
(jami oʻqituvchilar soniga nisbatan)
50%
55%
62%
67%
80%
Xalq taʼlimi vazirligi, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
7.
Umumtaʼlim maktablarida har bir oʻqituvchiga toʻgʻri keladigan oʻquvchilar.
Oʻrtacha oʻquvchilar soni
12
12
11
11
10
Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi
8.
STEAM (aniq fanlar, texnologiya, injiniring, dizayn va matematika) yoʻnalishidagi fanlarni oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslaridan oʻtgan pedagoglar.
Foizda
(jami tabiiy va aniq fanlar oʻqituvchilari soniga nisbatan)
-
10%
15%
20%
50%
Xalq taʼlimi vazirligi
II. Jamiyatda oʻqituvchining maqomini oshirish
9.
Xalq taʼlimi tizimida faoliyat yuritayotgan soha xodimlarini davlat va tarmoq mukofotlari bilan taqdirlash.
Mukofotlanadiganlar soni
1 100
1 200
1 400
1 500
2 000
Xalq taʼlimi vazirligi
III. Umumtaʼlim maktablarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash, xalq taʼlim tizimida raqobatni kuchaytirish
10.
“Zamonaviy maktab” darajasiga keltiriladigan umumtaʼlim maktablari.
Foizda
(jami maktablar soniga nisbatan)
5%
10%
17%
20%
50%
Xalq taʼlimi vazirligi
11.
Tashkil etiladigan nodavlat umumtaʼlim muassasalari, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida.
Nodavlat umumtaʼlim muassasalari soni
72
100
180
237
500
Xalq taʼlimi vazirligi
12.
Umumtaʼlim maktablarida oʻquvchilarning taʼlim olishini bir navbatga (smenaga) oʻtkazish.
Bir navbatli maktablar foizda
(jami maktablar soniga nisbatan)
40%
43%
48%
50%
60%
Xalq taʼlimi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi
13.
Moddiy-texnika bazasi yaxshilangan umumtaʼlim muassasalari.
Foizda
(jami maktablar soniga nisbatan)
25%
30%
35%
40%
100%
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi
14.
Isitish tizimi toʻliq ishlaydigan umumtaʼlim maktablari.
Foizda
(jami maktablar soniga nisbatan)
100%
100%
100%
100%
100%
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xalq taʼlimi vazirligi
15.
Umumtaʼlim maktablarini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash (maktablarni tashib keltiriladigan uzluksiz suv manbai bilan taʼminlash).
Uzluksiz suv manbai bilan taʼminlangan maktablar foizda
(jami maktablar soniga nisbatan)
80%
85%
95%
100%
100%
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xalq taʼlimi vazirligi
IV. Yoshlar taʼlim-tarbiyasi uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq e�ish
Birinchi tashabbus — yoshlarni madaniyat va sanʼat muassasalariga keng jalb etish
16.
Umumtaʼlim maktablarida Faollar zalini tashkil etish yoki boʻsh xonalarni moslashtirish hamda jihozlash.
Faollar zali bilan taʼminlangan maktablar foizda
(jami maktablar soniga nisbatan)
80%
80,5%
81%
82%
85%
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xalq taʼlimi vazirligi
17.
Umumtaʼlim maktablarida Yoshlar teatr-studiyalarini tashkil etish.
F?izda
(jami maktablar soniga nisbatan)
30%
32%
34%
35%
40%
Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat vazirligi
18.
Yoshlar teatr-studiyalariga oʻquvchilarni jalb qilish.
Foizda
(jami oʻquvchilar soniga nisbatan)
3%
3,5%
3,8%
4%
4,5%
Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat vazirligi
19.
Umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarini sanʼat yoʻnalishidagi toʻgaraklarga jalb etish.
Foizda
(jami maktablar soniga nisbatan)
10%
15%
20%
25%
30%
Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat vazirligi
20.
Umumtaʼlim maktablarida musiqa madaniyati fanini rivojlantirish maqsadida xor ijodiy jamoalarini tashkil etish.
Ishtirok etuvchi oʻquvchilar foizda
(jami oʻquvchilar soniga nisbatan)
2%
2,1%
2,3%
2,5%
3%
Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat vazirligi
21.
Oʻquvchilar oʻrtasida ichki turizmni rivojlantirish — “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” shiori ostida sayohatlar tashkil etish.
Foizda
(jami oʻquvchilar soniga nisbatan)
2%
2,1%
2,3%
2,5%
2,5%
Xalq taʼlimi vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi
Ikkinchi tashabbus — yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish
22.
Umumtaʼlim maktablarida sport zallarini barpo etish.
Sport zali bilan taʼminlangan maktablar foizda
(jami maktablar soniga nisbatan)
85%
85,2%
85,7%
86%
88%
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi
23.
Umumtaʼlim maktablarini sport jihozlari bilan taʼminlash va maʼnan eskirgan birlamchi sport anjomlarini yangilab borish.
Foizda
(jami maktablar soniga nisbatan)
15%
20%
25%
30%
40%
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
24.
Umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarining muntazam sport turlari bilan shugʻullanishga jalb etilishi.
Foizda
(jami oʻquvchilar soniga nisbatan)
20%
21%
22%
23%
25%
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi
Uchinchi tashabbus — yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va Internetdan samarali foydalanish
25.
Umumtaʼlim maktablarini keng polosali Internet tarmogʻiga ulash.
Foizda
(jami maktablar soniga nisbatan)
100%
100%
100%
100%
100%
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi
26.
Zamonaviy kompyuterlar bilan taʼminlash va mavjud maʼnan eskirgan kompyuter texnikalarini yangilash.
Foizda
(ehtiyoj mavjud boʻlgan kompyuter sinflari soniga nisbatan)
30%
40%
50%
60%
100%
Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi
27.
Maktabdan tashqari taʼlim muassasalarida robototexnika, axborot texnologiyalari va dasturlash kabi zamonaviy toʻgaraklar ulushi.
Foizda
(jami toʻgaraklar soniga nisbatan)
3%
6%
9%
10%
15%
Xalq taʼlimi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
28.
Xalq taʼlimi tizimini boshqarish axborot tizimining (ERP) joriy etilishi.
Foizda
(jami maktablar soniga nisbatan)
50%
70%
90%
100%
100%
Xalq taʼlimi vazirligi
29.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 1-sinflarga oʻquvchilar qabuli tashkil etiladigan umumtaʼlim muassasalari.
Umumtaʼlim muassasalar soni
500
700
900
1 000
5 000
Xalq taʼlimi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
30.
Umumtaʼlim maktablarida “Elektron kundalik” axborot tizimini joriy etish.
Foizda
(jami maktablar soniga nisbatan)
60%
75%
90%
100%
100%
Xalq taʼlimi vazirligi
31.
Umumtaʼlim maktablarida oʻquvchilar davomatini nazorat qilishning Yagona elektron apparat-dasturiy kompleksini joriy etish.
Foizda
(jami maktablar soniga nisbatan)
-
5%
8%
10%
30%
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Moliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi
Toʻrtinchi tashabbus — yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish
32.
Umumtaʼlim maktablarida kutubxonalar tashkil etish.
Foizda
(jami maktablar soniga nisbatan)
100%
100%
100%
100%
100%
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xalq taʼlimi vazirligi
33.
Umumtaʼlim maktablari kutubxonalarini lotin grafikasidagi badiiy adabiyotlar bilan taʼminlash.
Foizda
(jami oʻquvchilar soniga nisbatan)
30%
31%
34%
35%
40%
Xalq taʼlimi vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi
34.
Umumtaʼlim maktablarida doimiy kitobxonlar soni.
Foizda
(jami oʻquvchilar soniga nisbatan)
60%
61%
62%
63%
65%
Xalq taʼlimi vazirligi
35.
Oʻzbek mumtoz va jahon adabiyoti (200 nomda) durdona asarlarini audio kitob shaklida nashr etish.
Foizda
40%
60%
80%
100%
100%
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Xalq taʼlimi vazirligi
Beshinchi tashabbus — oʻquvchi-qizlarni ijtimoiy faol hayotga jalb qilish
36.
Umumtaʼlim maktablarining 10-11-sinf oʻquvchilari uchun “Tikuvchilik” yoʻnalishi boʻyicha sinf xonalarini jihozlash.
Sinf xonasi komplekti
636
821
1054
1 286
1 950
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi
37.
Umumtaʼlim maktablarida “Tikuvchilik”, “Oshpazlik” va “Qandolatchilik” yoʻnalishlaridagi toʻgaraklarga oʻquvchi-qizlarni jalb etish.
Foizda
(jami oʻquvchi-qizlar soniga nisbatan)
8%
8,5%
9%
10%
12%
Xalq taʼlimi vazirligi
38.
Umumtaʼlim maktablarining 10-11-sinf oʻquvchilari uchun “Oshpazlik” va “Qandolatchilik” yoʻnalishlari boʻyicha sinf xonalarini jihozlash.
Sinf xonasi komplekti
245
368
557
615
815
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xalq taʼlimi vazirligi
39.
“Oshpazlik” va “Qandolatchilik” yoʻnalishlariga oʻquvchi-qizlarni jalb etish.
Foizda
(jami oʻquvchi-qizlar soniga nisbatan)
7,7%
8%
9%
10%
13,5%
Xalq taʼlimi vazirligi
40.
Umumtaʼlim maktablarining 10-11-sinflari oʻquvchilari uchun “Sartarosh” va “Kosmetolog” yoʻnalishlari boʻyicha sinf xonalarini jihozlash.
Sinf xonasi komplekti
102
132
185
227
370
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xalq taʼlimi vazirligi
41.
“Sartarosh” va “Kosmetolog” yoʻnalishlariga oʻquvchi-qizlarni jalb etish.
Foizda
(jami oʻquvchi-qizlar soniga nisbatan)
4,4%
5%
7%
7,8%
10,8%
Xalq taʼlimi vazirligi
Izohlar:
1) maqsadli koʻrsatkich 2030-yilga qadar 100 foizni tashkil etgan taqdirda, ushbu koʻrsatkich keyingi yillarda saqlanib qoladi;
2) yuqorida koʻrsatilgan koʻrsatkichlarga erishish uchun davlat organlari oʻzlarining vakolatlari doirasida amaliy yordam koʻrsatadilar.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son Farmoniga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 2019-yilda amalga oshirish boʻyicha
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining 2019-yildagi maqsadli koʻrsatkichlariga erishish boʻyicha kompleks choralarni koʻrish.
Tashkiliy-amaliy choralar.
2019-yil
1-iyun
-
Xalq taʼlimi vazirligi
(Sh. Shermatov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
2.
Oʻzgaruvchan oʻquv rejalarini va oʻquv dasturlarini joriy etish, oʻquvchilarning qiziqishlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda maxsus taʼlim dasturlarini ishlab chiqish.
1. Ushbu yoʻnalishda xalqaro tajribani oʻrganish asosida oʻzgaruvchan oʻquv rejalari va taʼlim dasturlarini ishlab chiqish.
2. Ishlab chiqilgan oʻquv rejalari va dasturlarini sinovdan oʻtkazish va sinov natijalarini taʼlim muassasalarida keng joriy etish va qoʻllash boʻyicha qaror qabul qilish.
2019-yil
1-sentabr
2019-yil
1-dekabr
-
Xalq taʼlimi vazirligi
(Sh. Shermatov)
3.
Umumiy taʼlim tizimi uchun ilmiy-pedagogik, pedagogik va boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini bosqichma-bosqich rivojlantirish, shu jumladan yosh kadrlarni taʼlim sohasiga jalb qilishni ragʻbatlantirish.
1. Pedagogik yoʻnalishdagi oliy oʻquv yurtlaridagi sirtqi taʼlim uchun kvotalar sonini koʻpaytirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.
2. Xalq taʼlimi sohasidagi dolzarb masalalar boʻyicha ilmiy-pedagogik tadqiqotlar oʻtkazish uchun yosh oʻqituvchilarni doktortaranturaga yoki mustaqil tadqiqotchilar institutiga jalb etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tayyorlash.
3. Yangi tayinlangan maktab direktorlari uchun qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish.
2019-yil 1-iyul
2019-yil 1-oktabr
2019-yil 1-noyabr
Davlat budjeti
Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov),
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xoʻjayev),
Xalq taʼlimi �azirligi
(Sh. Shermatov), Moliya vazirligi
(D. Sultanov)
4.
Fan olimpiadalarini oʻtkazish mexanizmlarini tubdan qayta koʻrib chiqish va eng qobiliyatli, bilimli oʻquvchilarni aniqlashda shaffoflikni taʼminlash, baholash mezonlarini mos ravishda tegishli xalqaro olimpiada va tanlovlar mezonlariga moslashtirish.
Tashkiliy-amaliy choralar.
2019-yil 1-sentabr
-
Xalq taʼlimi vazirligi
(Sh. Shermatov), Moliya vazirligi
(D. Sultanov)
5.
Umumtaʼlim muassasalarida nogiron bolalarni tarbiyalash uchun zarur sharoitlarni bosqichma-bosqich yaratish bilan imkoniyati cheklangan har bir bolani inklyuziv taʼlim olish huquqini amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish.
Idoraviy hujjat.
2019-yil
1-dekabr
-
Xalq taʼlimi vazirligi
(Sh. Shermatov), Moliya vazirligi
(D. Sultanov)
6.
Sinflar, oʻqituvchilar va maktab maʼmuriyatlarini elektron resurslar, kompyuter, interaktiv doska, planshet va boshqa jihozlar bilan bosqichma-bosqich taʼminlash, elektron interaktiv taʼlim resurslarini ishlab chiqish.
1. Umumtaʼlim muassasalarini jihozlash uchun zarur boʻlgan elektron resurslar, kompyuter texnikasi va boshqa jihozlar bilan taʼminlanish darajasini oʻrganish.
2. Tegishli jihozlarga muhtoj boʻlgan umumtaʼlim muassasalari roʻyxatini shakllantirish.
3. Umumtaʼlim muassasalarini bosqichma-bosqich jihozlar bilan taʼminlash choralarini koʻrish.
2019-yil
1-iyul
2019-yil
1-iyul
2019-yil davomida
Davlat budjeti, Xalq taʼlimi vazirligining
budjetdan tashqari jamgʻarmalari
Xalq taʼlimi vazirligi
(Sh. Shermatov), Moliya vazirligi
(D. Sultanov)
7.
Eduportal.uz portalida darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarning elektron versiyasini joylashtirish va yangilash.
Tashkiliy-amaliy choralar.
2019-yil davomida
-
Xalq taʼlimi vazirligi
(Sh. Shermatov)
8.
Davlat-xususiy sheriklik asosida taʼlim jarayonlarini avtomatlashtirishga (oʻquvchilar kundaliklari, jurnallar, davomati va boshqalar) imkon beradigan axborot tizimini umumtaʼlim muassasalarida bosqichma-bosqich joriy etish.
1. Axborot tizimini yaratish boʻyicha texnik topshiriq ishlab chiqish.
2. Belgilangan tartibda axborot tizimini ishlab chiqaruvchi kompaniyani tanlash.
3. Axborot tizimini sinovdan oʻtkazish.
2019-yil 1-avgust
2019-yil 1-sentabr
2019-yil davomida
Xalq taʼlimi vazirligining
budjetdan tashqari jamgʻarmalari
Xalq taʼlimi vazirligi
(Sh. Shermatov)
9.
Nodavlat umumtaʼlim maktablariga davlat subsidiyalarini berish tartibini ishlab chiqish.
Normativ-huquqiy hujjat.
2019-yil
1-oktabr
-
Xalq taʼlimi vazirligi,
(Sh. Shermatov)
Moliya vazirligi
(D. Sultanov), Adliya vazirligi (R. Davletov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(S. Umurzakov)
10.
Ushbu yoʻnalishda rivojlangan mamlakatlarning ilgʻor tajribasini oʻrganish va tahlil qilish asosida umumtaʼlim muassasalarida oʻquvchilar oʻrtasida zoʻravonlikning (buling) oldini olish boʻyicha dasturni joriy etish.
1. Umumtaʼlim muassasalarida oʻquvchilar oʻrtasida zoʻravonlikning oldini olish boʻyicha xorijiy mamlakatlarning tajribasini oʻrganish va tahlil qilish.
2. Umumtaʼlim muassasalarida oʻquvchilar oʻrtasida zoʻravonlikning oldini olish boʻyicha dasturni ishlab chiqish va uni joriy etish.
2019-yil 1-iyun
2019-yil 1-sentabr
Xalqaro tashkilotlarning grantlari va moliyaviy koʻmak mablagʻlari
Xalq taʼlimi vazirligi
(Sh. Shermatov)
11.
2020-2025-yillarda umumtaʼlim muassasalarini sport inshootlari, maydonchalari, inventarlari va jihozlari bilan jihozlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.
1. Sport infratuzilmasini xatlovdan oʻtkazish.
2. 2020 — 2025-yillarda umumtaʼlim muassasalarini sport inshootlari, maydonchalari, inventarlari va jihozlari bilan jihozlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.
2019-yil 1-iyun 2019-yil
1-oktabr
-
Xalq taʼlimi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev)
12.
Xalq taʼlimi tizimining xodimlari odob-axloq qoidalarining (Etika kodeksi) yangi tahririni ishlab chiqish va tasdiqlash.
Xalq taʼlimi vazirining buyrugʻi.
2019-yil 1-noyabr
-
Xalq taʼlimi vazirligi
(Sh. Shermatov)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 06/19/5712/3034-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son; 11.05.2022-y., 06/22/134/0407-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)