toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Respublika iqtisodiyotiga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Respublika iqtisodiyotiga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish faoliyati samaradorligini oshirish, xorijiy investorlarni mamlakatimiz imkoniyatlari va salohiyati toʻgʻrisida xabardor qilish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va oʻzlashtirish sohasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirishni yaxshilash, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining quyidagilar orqali toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish ishlarini faollashtirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
kimyo va neft-gaz sanoati, mashinasozlik sohasidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlar, bank-sugʻurta tashkilotlari ustav kapitallaridagi davlat aksiyalar (ulushlar) paketlarini sotish;
toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun tayyor investitsiya takliflarini ishlab chiqish;
investitsiya va biznes forumlar, taqdimotlar (“Road Show”) va marketing kampaniyalari imkoniyatlaridan keng foydalanish;
davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlarni tashkil etish.
2. Quyidagilar:
Investorlarga, shu jumladan xorijiy investorlarga sotish uchun taklif qilinadigan xoʻjalik jamiyatlarining ustav kapitallaridagi davlat aksiyalar (ulushlar) paketlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Belgilangan tartibda sotiladigan davlat aktivlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Xorijiy investorlarga taklif qilinadigan investitsiya takliflari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq;
2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasi vakillari ishtirok etishi uchun tavsiya qilinadigan xalqaro iqtisodiy va investitsiyaviy forumlar roʻyxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat komissiyasiga xoʻjalik jamiyatlari davlat aksiyalari (ulushlari) paketlarini xorijiy investorlarga sotish shartlari va usullariga oʻzgartirish kiritish huquqi berilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2023-y., 06/23/42/0177-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2019-yil kuz faslida Toshkent shahrida Toshkent xalqaro investitsiya forumini (keyingi oʻrinlarda — Xalqaro investitsiya forumi) oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
5. Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita (keyingi oʻrinlarda — Tashkiliy qoʻmita) 5-ilovaga muvofiq tuzilsin.
Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar rejasi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Tashkiliy qoʻmitaga (Aripov):
zarur hollarda, Xalqaro investitsiya forumini moliyaviy, yuridik va axborot jihatdan taʼminlash uchun yetakchi xorijiy kompaniyalarni jalb qilish;
Xalqaro investitsiya forumi dasturi va uni oʻtkazishning aniq sanasi, shuningdek, unga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish boʻyicha xarajatlar smetasini tasdiqlash;
istiqbolli investitsiya va infratuzilma loyihalari boʻyicha dastlabki TIA va boshqa loyiha hujjatlarini loyiha tashkilotlarini jalb qilgan holda ishlab chiqishni taʼminlash huquqi berilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi istiqbolli investitsiya loyihalarini Tashkiliy qoʻmitaga taqdim qilgan holda tadbirkorlik subyektlarining Xalqaro investitsiya forumida faol ishtirok etishlarini taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi:
2019-yil davomida muntazam ravishda yirik xalqaro biznes va moliyaviy xablarga maqsadli auditoriya uchun moʻljallangan taqdimotlar bilan tashrif buyurgan holda “Road Show” dasturlarini ishlab chiqsin va taqdim etsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi PF-5611-son “Oʻzbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida investitsiyaviy rezidentlik toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
ikki oy muddatda marketingning eng yangi texnologiyalaridan foydalanish, mamlakatning yagona integratsiyalashgan brendini yaratish va ilgari surish hamda strategik kommunikatsiyalar boʻyicha xalqaro maslahatchilarni jalb qilish orqali xalqaro biznes arenada Oʻzbekistonning ijobiy imidjini ilgari surish boʻyicha “Invest in Uzbekistan” — yagona, muvofiqlashtirilgan axborot kampaniyasini ishlab chiqsin.
9. Quyidagilarga:
Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga — vazirlik va idoralarning Xalqaro investitsiya forumi doirasida xorijiy investorlarga taklif qilinadigan investitsiya loyihalarini tayyorlash boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish yuzasidan;
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.X. Kamilov va Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari zimmasiga — Xalqaro investitsiya forumida qatnashishi uchun potensial investorlar va xorijiy mamlakatlarning ishbilarmon tuzilmalari vakillarini taklif qilish va ularning faol ishtirokini taʼminlash yuzasidan;
tarmoq vazirlik va idoralari rahbarlari zimmasiga — tegishli sohalarda istiqbolli investitsiya va infratuzilma loyihalarini ishlab chiqish va Tashkiliy qoʻmitaga taqdim qilish yuzasidan;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga — Xalqaro investitsiya forumida tegishli hududlarning faol ishtirokini taʼminlash, uning investitsiyaviy salohiyatini taqdim qilish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
xorijiy mamlakatlarda “Road Show”da ishtirok etadigan Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi vakillariga koʻmaklashsin;
Xalqaro investitsiya forumining xorijiy ishtirokchilari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining viza talablariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasiga kirish vizalarini belgilangan tartibda konsullik va boshqa yigʻimlarni undirmasdan rasmiylashtirilishini taʼminlasin;
Xalqaro investitsiya forumining oʻtkazilishini Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari orqali keng yoritishni taʼminlasin.
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari har bir yer uchastkasi va xorijiy investorlarga foydalanishga tayyor holda taklif qilinadigan boʻsh turgan davlat mulki obyektlari, shu jumladan maxsus turistik zonalar hududlarida joylashgan obyektlar boʻyicha investitsiya loyihalari materiallarining ingliz va rus tillaridagi taqdimot katalogini har oy tayyorlasin va kiritsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda:
2019-yil 1-iyulga qadar xorijiy investorlar uchun iqtisodiyotning turli tarmoqlarida investitsiyaviy talab va potensial loyihalar, zarur taqdimot materiallarini tayyorlasin;
2019-yil davomida mamlakatda keng miqyosli islohotlarning amalga oshirilayotganligi, investitsiya kiritish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar va ishbilarmonlik muhitining yaxshilanganligi toʻgʻrisida, eng avvalo, xorijiy ishbilarmonlar, tadbirkorlar, potensial investorlar, davlat va jamoat arboblari orasida targʻibot va keng xabardor qilish masalalari boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Xalqaro investitsiya forumi doirasida, amalga oshirilayotgan islohotlar, investitsiya loyihalarining dolzarb jihatlariga bagʻishlangan, shu jumladan tarmoq vazirlik va idoralari rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, mutaxassislar va tadbirkorlar, milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining ishtirokida brifinglar, matbuot anjumanlari, davra suhbatlarini oʻtkazsin;
Internet tarmoqlarida davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan tarmoq islohotlari, har bir amalga oshiriladigan investitsiya loyihasining asosiy parametrlari, loyihalarni amalga oshirish kafolatlari, ularning raqobatdagi ustunliklari va boshqalar toʻgʻrisida batafsil va tushunarli rasmiylashtirilgan axborot resurslarini tayyorlash borasidagi ishlarning muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi, Ichki ishlar vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Xalqaro investitsiya forumini oʻtkazish kunlarida xorijiy ishtirokchilarning tegishli hududlarda joylashgan madaniy-tarixiy obyektlarga tashrifini yuqori darajada tashkil etish choralarini koʻrsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar Xalqaro investitsiya forumi va “Road Show”ni oʻtkazish, Oʻzbekiston Respublikasi vakillarining xalqaro investitsiya va biznes forumlarda ishtirokiga oid tadbirlarni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan 2019-yilda ishlab chiqilishi lozim boʻlgan davlat-xususiy sheriklik loyihalari roʻyxati 7-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga mazkur qarorning 7-ilovasida nazarda tutilgan davlat-xususiy sheriklik loyihalarining toʻlaqonli bajarilishi uchun zarur boʻlgan moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblarni oʻz vaqtida amalga oshirish, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-259-sonli Farmoniga asosan 16-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/259/1224-son)
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari E.M. Gʻaniyev va J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 29-aprel,
PQ-4300-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PQ-4300-son qaroriga
1-ILOVA
Investorlarga, shu jumladan xorijiy investorlarga sotish uchun taklif qilinadigan xoʻjalik jamiyatlarining ustav kapitallaridagi davlat aksiyalar (ulushlar) paketlari
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Xoʻjalik jamiyatining nomi

Joylashgan manzili

Sotilishi belgilangan aktivlar (foizda)

davlat ulushi

xoʻjalik boshqaruvi organining ulushi

Moliyaviy institutlar

4.

“Kafolat” AJ (1) (2)

Toshkent shahri

25,0

-

Qurilish

5.

“Qizilqumsement” AJ (2)

Navoiy viloyati

35,9

-

6.

“Kvars” AJ (1) (2) (6)

Fargʻona viloyati

74,98

-

Yogʻ-moy tarmogʻi

7.

“Yevrosnar” MCHJ

Buxoro viloyati

51,0

-

8.

“Kattaqoʻrgʻon yogʻ-moy” AJ

Samarqand viloyati

64,9

9.

“Urganch yogʻ-moy” AJ

Xorazm viloyati

60,3

-

10.

“Toshkent yogʻ-moy kombinati” AJ

Toshkent shahri

51,0

-

11.

“Fargʻona yogʻ-moy” AJ

Fargʻona viloyati

84,5

-

12.

“Qarshi yogʻ ekstraksiya” AJ

Qashqadaryo viloyati

51,0

-

Alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish

13.

“N.A. Xovrenko nomidagi Samarqand vino kombinati” AJ

Samarqand viloyati

71,2

-

14.

“Namangan vino” AJ

Namangan viloyati

57,24

-

15.

“Shoxrud” AJ

Buxoro viloyati

51,0

-

Kimyo sanoati (1) (2) (5)

17.

“Fargʻona azot” AJ

Fargʻona viloyati

48,05

2,95

18.

“Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

-

51,0

19.

“Dehqonobod soda zavodi” MCHJ

Qashqadaryo viloyati

-

51,0 ortiq

Elektr energetika tarmogʻi

20.

“Angren IES” AJ

Toshkent viloyati

-

99,0

21.

“Yangi Angren IES” AJ

Toshkent viloyati

-

99,59

Neft-gaz tarmogʻi

22.

“Buxoroneftgazparmalash” AJ

Buxoro viloyati

-

51,24

23.

“Oʻzneftgazquduqtaʼmirlash” AJ

Buxoro viloyati

-

74,0

24.

“Qashqadaryoparmalash ishlari” AJ

Qashqadaryo viloyati

-

51,0

25.

“№eft va gaz quduqlarini sinash” AJ

Qashqadaryo viloyati

-

73,87

26.

“Surxon parmalash ishlari” AJ

Surxondaryo viloyati

-

51,0

27.

“Andijonneftgazquduq-taʼmirlash” MCHJ

Andijon viloyati

-

100

28.

“Fargʻona neftbazasi” MCHJ

Fargʻona viloyati

-

100

29.

“Guliston neftbazasi” MCHJ

Sirdaryo viloyati

-

100

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi PF-5992-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2020-y., 06/20/5992/0581-son)
Izoh:
Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita zaruratga koʻra mazkur Roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega.
Sotilishi belgilangan davlat ulushi yoki xoʻjalik boshqaruvi organlarining ulushi miqdori oʻzgargan taqdirda, aktivlarning sotilishi oʻzgarishlarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
1) aksiya paketlari (ulushlar)ni baholash nufuzli xalqaro baholovchi kompaniyalar tomonidan umumqabul qilingan xalqaro baholash standartlari asosida amalga oshiriladi. Aksiya paketlari (ulushlar)ni baholash nufuzli xalqaro baholovchi kompaniyalar tomonidan amalga oshirilganda baholash hisobotlarining haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazish talab etilmaydi. Baholovchilarni tanlab olish eng maqbul takliflar asosida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish orqali amalga oshiriladi, bunda baholash xizmatlariga haq toʻlash aksiya paketlari (ulushlar) sotilishi belgilangan xoʻjalik jamiyatlari mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
2) sotish investitsiyaviy vositachilar yoki konsultantlar orqali amalga oshirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
3) aksiyalarni ommaviy joylashtirish (SPO)ga moʻljallangan 10 foizni hisobga olgan holda. Bunda, potensial investorlarning taklifi mavjud boʻlganda Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat komissiyasi unga aksiyalarni ommaviy joylashtirishning oldingi bosqichi tugaganidan soʻng SPO yoʻli bilan realizatsiya qilinadigan qoʻshimcha ulushni sotish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli.
(izohning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2023-y., 06/23/42/0177-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4) ustav kapitalining amalda shakllangan qismidan kelib chiqib, aksiyalarni ommaviy joylashtirish (IPO)ga moʻljallangan 10 foizni hisobga olgan holda. Bunda, potensial investorlarning taklifi mavjud boʻlganda Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat komissiyasi unga aksiyalarni ommaviy joylashtirishning oldingi bosqichi tugaganidan soʻng IPO yoʻli bilan realizatsiya qilinadigan qoʻshimcha ulushni sotish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli.
(izohning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2023-y., 06/23/42/0177-son)
5) sotish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-apreldagi PQ–4265-son “Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda mazkur qarorga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
6) SPO orqali 20 foiz aksiya paketini bosqichma-bosqich ommaviy joylashtirgandan soʻng, 15,0 mln. AQSH dollari miqdorida investitsiyalarni kiritish yoki uchinchi shaxslarga qoʻshimcha aksiyalarni chiqarish sharti bilan. Bunda, ommaviy joylashtirishning avvalgi bosqichi yakunlangandan soʻng salohiyatli investor mavjud boʻlganda Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat komissiyasi SPO yoʻli bilan realizatsiya qilinadigan qoʻshimcha ulushni mazkur salohiyatli investorga sotish boʻyicha qaror qabul qilish huquqiga ega.
(izohning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2023-y., 06/23/42/0177-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PQ-4300-son qaroriga
2-ILOVA
Belgilangan tartibda sotiladigan davlat aktivlari
ROʻYXATI

T/r

Nomlanishi

Joylashgan manzili

Davlat ulushi
(foizda) (2)

Yogʻ-moy sanoati korxonalari

1.

“Turon Xojeyli” AJ

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

79,7

2.

“Yogʻgar Beruniy” AJ

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

89,3

3.

“Andijon yogʻ-moy” AJ

Andijon viloyati

58,4

4.

“Asaka yogʻ” AJ

Andijon viloyati

51,1

5.

“Kogon yogʻ ekstraksiya” AJ

Buxoro viloyati

51,0

6.

“Nurli don” MCHJ

Jizzax viloyati

51,0

7.

“Boʻston olami” MCHJ

Jizzax viloyati

51,0

8.

“Koson yogʻ ekstraksiya” AJ

Qashqadaryo viloyati

51,0

9.

“Guliston yogʻ ekstraksiya” AJ

Sirdaryo viloyati

58,9

10.

“Surxonoziqovqatsanoati” AJ

Surxondaryo viloyati

59,9

11.

“Agroxizmat shindon” MCHJ

Surxondaryo viloyati

51,0

12.

“Vangozi Agroeksport” MCHJ

Navoiy viloyati

51,0

13.

“Kontinent-N yogʻ-moy” MCHJ

Navoiy viloyati

51,0

14.

“Uchqoʻrgʻon yogʻ-moy” AJ

Namangan viloyati

51,7

15.

“Namangan tola tekstil” MCHJ

Namangan viloyati

51,0

16.

“Yangiyoʻl yogʻ-moy” AJ

Toshkent viloyati

51,0

17.

“Qoʻqon yogʻ-moy” AJ

Fargʻona viloyati

51,0

“Oʻzagrokimyohimoya” AJ

18.

“Samarqand viloyat “Agrokimyohimoya”AJ (1)

Samarqand viloyati

32,4

19.

“Toshkent viloyat “Agrokimyohimoya”AJ (1)

Toshkent viloyati

34,8

Boshqalar

20.

“Buxoroparranda” AJ

Buxoro viloyati

36,2

21.

“Buxoro goʻsht-sut savdo” AJ

Buxoro viloyati

30,8

22.

“Samarqandmarmar” AJ

Samarqand viloyati

6,9

23.

“Surxondaryo oziq-ovqat mollari” AJ

Surxondaryo viloyati

100,0

24.

“Namanganagromash” MCHJ

Namangan viloyati

91,5

25.

“Fargʻona goʻsht-sut savdo” AJ

Fargʻona viloyati

25,0

26.

“Xorazmsuvqurilish” AJ

Xorazm viloyati

70,0

27.

“Oʻrta osiyo trans” AJ

Toshkent shahri

51,0

28.

“Matbuot tarqatuvchi” AJ

Toshkent shahri

26,0

29.

“Oʻzimpeksaloqa” MCHJ

Toshkent shahri

51,9

30.

“Stroyservis” MCHJ QK

Toshkent shahri

21,0

31.

“Druppa-dizayn” MCHJ QK

Toshkent shahri

32,0

32.

“Issiqlikquvattaʼmir” MCHJ

Toshkent shahri

51,1

33.

“SPI&OWT” MCHJ QK

Toshkent shahri

4,0

34.

“Bezak” MCHJ

Toshkent shahri

17,5

35.

“4-son taʼmirlash qurilish yigʻish boshqarmasi” MCHJ

Toshkent shahri

98,6

Izoh:
Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita zaruratga koʻra mazkur Roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega.
1) nominal qiymatda “Oʻzagrokimyohimoya” AJ ustav kapitaliga beriladi.
2) xoʻjalik jamiyatlarining tashkiliy-huquqiy shakli yoki sotilishi belgilangan davlat ulushi miqdori oʻzgargan taqdirda, aktivlarning sotilishi oʻzgarishlarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PQ-4300-son qaroriga
3-ILOVA
Xorijiy investorlarga taklif etiladigan istiqbolli investitsiya takliflarining
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Taklif nomi

Hudud

Quvvat

Taxminiy qiymat

(mln doll.)

Loyiha ustida ishlash uchun masʼul organlar

I. Yoqilgʻi-energetika va neft-kimyo tarmoqlarida investitsiya takliflari

(takliflar soni — 20, takliflar qiymati — 4 447,6 mln AQSH.doll.)

1.

Neft-kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun piroliz distillatini qayta ishlash (BTK, LAB/LAS)

Aniqlanmoqda

8 ming t

250

Energetika vazirligi
(A. Sultanov),
Investitsiyalar va tashqi
savdo vazirligi
(S. Umurzoqov)

2.

Oʻzbekiston Respublikasida Investitsiyalar bloklarida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish imkoniyatlarini oʻrganish (Aginskiy, Nasambek, Aralomor, Kossor, Meshekli-Tuzskoyskiy, Samsko-Kosbulakskiy, Orol dengizi akvatoriyasi, Bayterek, Sirdaryo, Pritashkent, Chinobod, Uzunqun, Sharqiy Surxon va boshqalar)

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Surxondaryo va Fargʻona viloyatlari

geologiya-qidiruv ishlarini olib borish

Investitsiyalar bloki boʻyicha materiallarni oʻrganish yakunlari boʻyicha aniqlanadi

Energetika vazirligi
(A. Sultanov),
Investitsiyalar va tashqi
savdo vazirligi
(S. Umurzoqov)

3.

Suyuq uglevodorodlarni qazib olishni uzoq vaqt davomida ishlab chiqilgan, kam debitli, konservatsiya qilingan neft konlarida va qazib chiqarilishi qiyin zaxiraga ega boʻlgan konlarda koʻpaytirish

respublika boʻyicha

konlardan kelib chiqib

konlardan kelib chiqib

Energetika vazirligi
(A. Sultanov),
Investitsiyalar va tashqi
savdo vazirligi
(S. Umurzoqov)

4.

100 MVtgacha quyosh fotoelektrik stansiyalarini qurish

Namangan, Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo va Navoiy viloyatlari

600 MVt

600

Energetika vazirligi
(A. Sultanov),
Investitsiyalar va tashqi
savdo vazirligi
(S. Umurzoqov)

5.

Quvvati 100 MVtgacha shamol elektr stansiyalarini qurish

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Navoiy viloyati

600 MVt

900

Energetika vazirligi
(A. Sultanov),
Investitsiyalar va tashqi
savdo vazirligi
(S. Umurzoqov)

6.

Ammiak va karbamid ishlab chiqarish loyihasini tashkil etish

Sirdaryo viloyati

400 ming t ammiak
va 660 ming tonna karbamid

600

“Oʻzkimyosanoat” AJ
(O. Temirov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(S. Umurzoqov)

7.

Ferrosilitsiya ishlab chiqarishni tashkil etish

Navoiy viloyati

10 ming t

10

“Oʻzkimyosanoat” AJ
(O. Temirov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(S. Umurzoqov)

8.

Fosforli oʻgʻitlar, sulfat kislotasi ishlab chiqarish, fosforit rudasini qayta ishlash

Navoiy viloyati

f.mning 100 foizida
274 ming t fosforli oʻgʻitlar
va 1,5 mln. t sulfat kislotasi,
2,4 mln t fosforit rudasini qayta ishlash

950

“Oʻzkimyosanoat” AJ
(O. Temirov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(S. Umurzoqov)

9.

Oʻsimliklar himoyasi uchun kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish

Navoiy viloyati

5 ming t

5

“Oʻzkimyosanoat” AJ
(O. Temirov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(S. Umurzoqov)

10.

Sulfat kaliy va boshqa kaliy tuzlari ishlab chiqarishni tashkil etish

Qashqadaryo viloyati

120 ming t

61

“Oʻzkimyosanoat” AJ
(O. Temirov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(S. Umurzoqov)

11.

Granulalangan kaliy xlorid ishlab chiqarishni tashkil etish

Qashqadaryo viloyati

180 ming t

15

“Oʻzkimyosanoat” AJ
(O. Temirov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(S. Umurzoqov)

12.

Polisulfat natriy va ammoniy rodaniti asosida tiomochevin ishlab chiqarishni tashkil etish

Navoiy viloyati

10 ming t

50

“Oʻzkimyosanoat” AJ
(O. Temirov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(S. Umurzoqov)

13.

Quruq siantuzlar ishlab chiqarishni tashkil etish

Navoiy viloyati

10 ming t

30

“Oʻzkimyosanoat” AJ
(O. Temirov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(S. Umurzoqov)

14.

Angren EIZ hududida tekstil kordini ishlab chiqarishni tashkil etish

Toshkent viloyati

3 ming t

20

“Oʻzkimyosanoat” AJ
(O. Temirov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(S. Umurzoqov)

15.

Angren EIZ hududida texnik uglerod ishlab chiqarishni tashkil etish

Toshkent viloyati

40 ming t

100

“Oʻzkimyosanoat” AJ
(O. Temirov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(S. Umurzoqov)

16.

Mahsulotlarning keng assortimentlarini ishlab chiqarishni tashkil etish

Navoiy viloyati

formaldegid — 40,0 ming t, karbamid-formaldegid smolasi
40 ming t, melamin-formaldegid smolasi 15,0 ming t,
MTBE — 35,0 ming t,

xlor uksus kislotasi —
30 ming t, metilamin — 30,0 ming t

435

“Oʻzkimyosanoat” AJ
(O. Temirov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(S. Umurzoqov)

17.

LAB asosida sintetik yuvish vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish

aniqlanmoqda

aniqlanmoqda

58,6

“Oʻzkimyosanoat” AJ
(O. Temirov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(S. Umurzoqov)

18.

Peroksid vodorod ishlab chiqarish

aniqlanmoqda

12 ming t

25

“Oʻzkimyosanoat” AJ
(O. Temirov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(S. Umurzoqov)

19.

Polivinilxlorid ishlab chiqarish uchun kaustik soda va xlor ishlab chiqarishni tashkil etish

aniqlanmoqda

60 ming t kaustik soda va 56 ming t xlor

213

“Oʻzkimyosanoat” AJ
(O. Temirov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(S. Umurzoqov)

20.

Katalizator ishlab chiqarishni tashkil etish

aniqlanmoqda

7,5 ming t katalizator

125

“Oʻzkimyosanoat” AJ
(O. Temirov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(S. Umurzoqov)

II. Metallurgiya, mashinasozlik, elektrotexnika tarmoqlari va yengil sanoat sohalarida investitsiya takliflari

(takliflar soni– 13, takliflar qiymati — 537,3 mln AQSH.doll.)

21.

Qimmatbaho metallar uchun istiqbolli maydonlarni geologik jihatdan oʻrganish

Navoiy va

i Samarqand viloyatlari

geologik-qidiruv ishlari

10

Geologiya qoʻmitasi

(B. Islamov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(S. Umurzoqov)

22.

Rangli metallar uchun istiqbolli maydonlarni geologik jihatdan oʻrganish

Surxondaryo va Navoiy

viloyatlari

geologik-qidiruv ishlari

5

Geologiya qoʻmitasi

(B. Islamov), Investitsiyalar va tashqi savdo vzirligi

(S. Umurzoqov)

23.

Nodir metallar va nodir yer elementlari uchun istiqbolli maydonlarni geologik oʻrganish

Jizzax va Qashqadaryo

viloyatlari

geologik-qidiruv ishlari

5

Geologiya qoʻmitasi

(B. Islamov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(S. Umurzoqov)

24.

Mustahkamlash buyumlarini, shu jumladan bolt va gayka ishlab chiqarishni tashkil etish

Toshkent shahri, Mirzo-Ulugʻbek tumani

360 t

7,2

“Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ

(M. Karimov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(S. Umurzoqov)

25.

Qizdirib ishlaydigan va galvanik qoplamali vallar va tishli gʻildiraklarni ishlab chiqish quvvatlarini tashkil etish

Toshkent shahri, Mirzo-Ulugʻbek tumani

12 ming. mashina-komplekt

12,2

“Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ

(M. Karimov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(S. Umurzoqov)

26.

Traktorlarga unifitsiyalashtirilgan kabinalar ishlab chiqarishni oʻzlashtirish

Toshkent shahri, Mirzo-Ulugʻbek tumani

12 ming. mashina-komplekt

3,9

“Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ (M. Karimov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(S. Umurzoqov)

27.

Gusenitsali ixtisoslashtirilgan, yoʻl-qurilish va qishloq xoʻjaligi texnikasini ishlab chiqarishni tashkil etish

Toshkent shahri, Mirzo-Ulugʻbek tumani

aniqlanmoqda

10

“Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ

(M. Karimov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(S. Umurzoqov)

28.

Toshkent shahrida kichik biznes subyektlari ishtirokida tarmoqlararo amkorlikni taʼminlaydigan va tarkibida quyuv, vakum quyuv usulida zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, 3D texnologiyasidan foydalangan holda toshlar bilan quyish, mixlovchi va charxlovchi zargarlarni, 3D dizayn va modellashtirish mutaxas��islarini tayyorlovchi oʻquv markazidan iborat zargarlik klasteri loyihasini amalga oshirish

Toshkent shahri

aniqlanmoqda

aniqlanmoqda

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi

(D. Samatov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(S. Umurzoqov)

29.

Kichik biznes subyektlari, zargarlik korxonalari ishtirokida, sayyohlik markazlarida ishlab chiqarish va savdo pavilyonlari shaklida loyihani amalga oshirish

Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo, Xorazm va Namangan viloyatlari

aniqlanmoqda

aniqlanmoqda

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi

(D. Samatov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(S. Umurzoqov)

30.

Gazlama va tayyor mahsulotlarni bosqichma-bosqich ishlab chiqarishini tashkil etish

aniqlanmoqda

aniqlanmoqda

10

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi

(I. Xaydarov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(S. Umurzoqov)

31.

Maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash markazlarini yaratish (Data-sentr)

Toshkent shahri, Fargʻona va Buxoro viloyatlari

10 Pbayt gacham

46,6

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sodiqov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(S. Umurzoqov)

32.

Oʻzbekiston Respublikasida keng polosali ulanishni kengaytirish

respublika boʻyicha

620 mingta portga uskunalarni oʻrnatish

404,5

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sodiqov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(S. Umurzoqov)

33.

Kommutatsiya uskunalarini NGN texnologiyasi boʻyicha kengaytirish

respublika boʻyicha

550 ming raqamli uskunalarni oʻrnatish

22,9

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sodiqov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(S. Umurzoqov)

III. Qishloq xoʻjaligi va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasida istiqbolli takliflar

(takliflar soni — 26, takliflar qiymati — 551,2 mln AQSH.doll.)

34.

Agro logistika kompleksini tashkil qilish

Toshkent viloyati

100 ming t

55,5

Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(S. Umurzoqov)

35.

Uzum plantatsiyalarini kengaytirish va vino ishlab chiqarishni tashkil etish

Jizzax viloyati

3.5 ming t

4,4

Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(S. Umurzoqov)

36.

Bolalar va boshqa turdagi ozuqa mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish

Samarqand viloyati

7,5 ming t

11,8

Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(S. Umurzoqov)

37.

Integratsiyalashgan parrandachilik fabrikasini barpo etish

Andijon viloyati

10 ming t.

50

Veterinariya qoʻmitasi
(B. Norqobilov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(S. Umurzoqov)

38.

Yillik quvvati 5 000 dona boʻlgan tuyaqush xoʻjaligini barpo etish

Jizzax viloyati

5 000 dona

1,7

Veterinariya qoʻmitasi
(B. Norqobilov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(S. Umurzoqov)

39.

Baliq yetishtirish va baliq mahsulotlarini ishlab chiqarish

Jizzax viloyati

2,6 ming t

6,7

Veterinariya qoʻmitasi
(B. Norqobilov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(S. Umurzoqov)

40.

Chorvachilik klasterini tashkil etish

Sirdaryo viloyati

5,2 ming bosh

45

Veterinariya qoʻmitasi
(B. Norqobilov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(S. Umurzoqov)

41.

Zamonaviy “Nethaus” agrotexnologiyalari asosida sabzavot mahsulotlarini yetishtirishni tashkil etish

respublika boʻyicha

6 ming t

13

Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(S. Umurzoqov)

42.

Zamonaviy “Nethaus” agrotexnologiyalari asosida dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalari uchun taqsimlash agromarkazini barpo etish (koʻchat koʻpaytirish kompleksi, saralash va qadoqlash markazi, saqlash ombori)

Fargʻona, Andijon va

Namangan viloyatlari

200 ming t

60

Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev),

Fargʻona viloyat hokimiyati (Sh. Gʻaniyev),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(S. Umurzoqov)

43.

Quvvati 1000 gektar boʻlgan limon yetishtiruvchi issiqxona xoʻjaliklarini tashkil etish

respublika boʻyicha

150 ming t

113

“Limon ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar” uyushmasi (F. Nuritdinov)

Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(S. Umurzoqov)

44.

Yunon yongʻogʻi, bodom va pista yetishtirish boʻyicha intensiv bogʻlar tashkil etish

aniqlanmoqda

35,5 ming t

37,7

Yunon yongʻogʻini ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi

(K. Abdulloyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(S. Umurzoqov)

45.

INVITRO laboratoriyasidan foydalanib oʻsimliklarning mikroklonal tarqalishini tashkil etish

Samarqand viloyati

2 mln. dona klon

3,2

Yunon yongʻogʻini ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi

(K. Abdulloyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(S. Umurzoqov)

46.

Birlamchi uzumni qayta ishlash punktini yaratish

(Oʻzbekiston Respublikasidan hamkor “Oʻzbekiston shampani” AJ)

Toshkent viloyati, Qibray tumani

3 ming t

1,4

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi (R. Boboyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(S. Umurzoqov)

47.

Uzumni birlamchi ishlov berish uchun punktini tashkil etish

(Oʻzbekiston Respublikasidan hamkor “Kombinat Tashkentvino” AJ II)

Jizzax viloyati, Zomin tumani

5 ming t

5

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi (R. Boboyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(S. Umurzoqov)

48.

Qamish qayta ishlash va qogʻoz, paxta va zarrachalarni ishlab chiqarishni tashkil qilish
(Oʻzbekiston Respublikasidan hamkor “WANG DA GROUP” MCHJ QK)

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

100 ming t qamishni qayta ishlash

5

Oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasi (N. Bakirov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(S. Umurzoqov)

49.

Qizil miya ildizini qayta ishlash zavodini yaratish orqali mahsulot ishlab chiqarish (ekstraktlar, changlar va boshqalar)

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

240 ming t qizilmiya ildizini qayta ishlash

7

Oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasi (N. Bakirov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(S. Umurzoqov)

50.

Yuqori proteinli baliq ozuqa ishlab chiqarish uchun oq lyupin yetishtirish va oq lyupinni qayta ishlash zavodini tashkil etish

(Oʻzbekiston Respublikasidan hamkor “AGRO GREEN TECNNOLOGY” MCHJ)

Jizzax viloyati, Zomin tumani

20 ming t oq lyupinni qayta ishlash

3,5

“Oʻzbekbaliqsanoati” uyushmasi

(O. Musayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(S. Umurzoqov)

51.

Yopiq suv taʼminoti qurilmalarini yaratish orqali baliq yetishtirishni tashkil etish

(Oʻzbekiston Respublikasidan hamkor “Sof xavzalar” MCHJ)

Qashqadaryo viloyati, Nishon tumani

100 t baliq yetishtirish

0,5

“Oʻzbekbaliqsanoati” uyushmasi

(O. Musayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(S. Umurzoqov)

52.

Baliqchilik majmuasini yaratish

(Oʻzbekiston Respublikasidan hamkor “Namuna balikchiligiMCHJ)

Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani

500 t baliq yetishtirish,
2 000 t ozuqa ishlab chiqarish

2

“Oʻzbekbaliqsanoati” uyushmasi

(O. Musayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(S. Umurzoqov)

53.

Baliqchilik majmuasini yaratish

(Oʻzbekiston Respublikasidan hamkor “Masterok garant” MCHJ)

Qashqadaryo viloyati, Qarshi sh.

150 t baliq yetishtirish,
10 ming t ozuqa ishlab chiqarish

0,5

“Oʻzbekbaliqsanoati” uyushmasi

(O. Musayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(S. Umurzoqov)

54.

Kichik intensiv suv havzalari usulida baliqchilik kompleksini yaratish

(Oʻzbekiston Respublikasidan hamkor “Oq Amur Baliqlari” FX)

Samarqand viloyati, Samarqand tumani

150 t baliq yetishtirish, 100 t ozuqa ishlab chiqarish

1

“Oʻzbekbaliqsanoati” uyushmasi

(O. Musayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(S. Umurzoqov)

55.

Baliq mahsulotini qayta ishlashni tashkil etish

Sirdaryo viloyati, Sardoba tumani

100 t

1

“Oʻzbekbaliqsanoati” uyushmasi

(O. Musayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(S. Umurzoqov)

56.

Yopiq suv taʼminoti qurilmalarini yaratish orqali baliqchilik kompleksini yaratish

(Oʻzbekiston Respublikasidan hamkor “MR-Fish Namangan” MCHJ)

Namangan viloyati, Pop tumani

50 t

1

“Oʻzbekbaliqsanoati” uyushmasi

(O. Musayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(S. Umurzoqov)

57.

Zamonaviy baliqchilik kompleksini tashkil qilish

(Oʻzbekiston Respublikasidan hamkor “Boʻston turizm” MCHJ)

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Ellikqalʼa tumani

40 t

1

“Oʻzbekbaliqsanoati” uyushmasi

(O. Musayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(S. Umurzoqov)

58.

Agrosanoat logistika markazini yaratish

(Oʻzbekiston Respublikasidan hamkor “Boʻstonliq kartoshkachilik markazi” MCHJ)

Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani

30 ming t
sovutish ombori

10,3

Kartoshka ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi

(E. Toshpoʻlatov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(S. Umurzoqov)

59.

Qishloq hoʻjaligi ekinlarining urugʻlarini ishlab chiqarish boʻyicha klaster yaratish

Fargʻona viloyati,

Qoʻqon sh.

aniqlanmoqda

10

Innovatsion rivojlantirish vazirligi

(I. Abduraxmonov)

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(S. Umurzoqov)

IV. Yoʻl-transport infratuzilmasi, kommunal uy-xoʻjaligi qurilishi va qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida
istiqbolli takliflar

(takliflar soni — 5, takliflar qiymati — 534,3 mln AQSH.doll.)

60.

Sanfayans (rakovina va unitaz) ishlab chiqarishni tashkil etish

Toshkent va Buxoro viloyatlari

500 ming. dona

10,5

“Oʻzqurilishsanoatmateriallari” uyushmasi

(B. Zaripov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(S. Umurzoqov)

61.

Tabiiy toshlardan (granit, marmar va travertin) mahsulotlar ishlab chiqarish

Samarqand, Navoiy, Buxoro, va Namangan viloyatlari

100 ming kub. m

6,8

“Oʻzqurilishsanoatmateriallari” uyushmasi

(B. Zaripov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(S. Umurzoqov)

62.

Gazobeton bloklari ishlab chiqarishni tashkil etish

Toshkent, Fargʻona, Navoiy, Buxoro va Xorazm viloyatlari

500 ming kub. m

14

“Oʻzqurilishsanoatmateriallari” uyushmasi

(B. Zaripov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(S. Umurzoqov)

63.

Oboylar (gulqogʻozlar) ishlab chiqarishni tashkil etish

Xorazm viloyati

2,1 mln rulon

3

“Oʻzqurilishsanoatmateriallari” uyushmasi

(B. Zaripov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(S. Umurzoqov)

64.

Sement ishlab chiqarishni tashkil etish

Surxondaryo, Samarqand, Jizzax, Buxoro, Fargʻona viloyatlari

4 mln t

500

“Oʻzqurilishsanoatmateriallari” uyushmasi

(B. Zaripov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(S. Umurzoqov)

V. Ijtimoiy, turistik va farmatsevtika sohalarida istiqbolli takliflar

(takliflar soni — 22, takliflar qiymati — 160,6 mln. AQSH doll.)

65.

Laboratoriya diagnostika markazlarini barpo etish

Toshkent shahri

aniqlanmoqda

29,5

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(S. Umurzoqov)

66.

Koʻp tarmoqli klinikani tashkil etish

Toshkent shahri

aniqlanmoqda

15

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(S. Umurzoqov)

67.

Zamonaviy onkologik klinika va reabilitatsiya markazini qurish

Toshkent shahri

aniqlanmoqda

10

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(S. Umurzoqov)

68.

Onkologik klinika qurish

Toshkent viloyati

aniqlanmoqda

10

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(S. Umurzoqov)

69.

Kardioxirurgiya markazini kelgusida koʻp tarmoqli tibbiyot markaziga aylantirishni koʻzda tutib, qurish

Toshkent shahri

aniqlanmoqda

15,0

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(S. Umurzoqov)

70.

Inyeksion eritmalar tayyorlanishi uchun kukunlar ishlab chiqarishni tashkil etish

(Oʻzbekiston Respublikasidan hamkor “Sirdaryo med farm” MCHJ)

Sirdaryo viloyati

aniqlanmoqda

17,2

Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(S. Umurzoqov)

71.

Infuzion eritmalar asosida dori-darmonlar ishlab chiqarishni tashkil etish

(Oʻzbekiston Respublikasidan hamkor “Temur med farm” MCHJ)

Sirdaryo viloyati

aniqlanmoqda

15

Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(S. Umurzoqov)

72.

Osh qozon-ichak yoʻllari patologiyalarini davolash vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish

respublika boʻyicha

5,2 mln shartli birlik.

7

Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(S. Umurzoqov)

73.

Diabetga qarshi preparatlar ishlab chiqarishni tashkil etish

respublika boʻyicha

10 mln shartli birlik

2

Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(S. Umurzoqov)

74.

Onkologiyaga qarshi preparatlar ishlab chiqarishni tashkil etish

respublika boʻyicha

4,5 mln shartli birlik

5

Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(S. Umurzoqov)

75.

Immunobiologik preparatlar ishlab chiqarishni tashkil etish

respublika boʻyicha

18,5 mln shartli birlik

6,4

Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(S. Umurzoqov)

76.

Yalligʻlanishga qarshi nesteroid preparatlar ishlab chiqarishni tashkil etish

respublika boʻyicha

22 mln shartli birlik

5

Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(S. Umurzoqov)

77.

Yurak-tomir kasalliklariga qarshi preparatlar ishlab chiqarishni tashkil etish

respublika boʻyicha

25 mln shartli birlik

6

Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(S. Umurzoqov)

78.

Nafas organlari patologiyalarini davolash preparatlari ishlab chiqarishni tashkil etish

respublika boʻyicha

8,4 mln shartli birlik

3

Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(S. Umurzoqov)

79.

Antibiotiklar ishlab chiqarishni tashkil etish

respublika boʻyicha

6 mln shartli birlik

4,5

Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(S. Umurzoqov)

80.

Bolalarning tuberkulez bilan infeksiyalanganligini erta aniqlash boʻyicha diaskin testlar ishlab chiqarishni tashkil etish

respublika boʻyicha

12,2 mln shartli birlik

2,8

Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(S. Umurzoqov)

81.

Kontratseptiv vositalar ishlab chiqarishni tashkil etish

respublika boʻyicha

15 mln shartli birlik

3,2

Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(S. Umurzoqov)

82.

Virusga qarshi vositalar ishlab chiqarishni tashkil etish

respublika boʻyicha

7 mln shartli birlik

4

Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(S. Umurzoqov)

83.

Yangiqoʻrgʻon tumanidagi Nanay dam olish zonasining turistik infratuzilmasini takomillashtirish

Namangan viloyati

aniqlanmoqda

aniqlanmoqda

Namangan viloyati hokimligi (X. Bozarov),

Davlat turizm qoʻmitasi
(A. Akkulov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(S. Umurzoqov)

84.

Zomin tumanidagi Suffa hududining turistik infratuzilmasini takomillashtirish

Jizzax viloyati

aniqlanmoqda

aniqlanmoqda

Jizzax viloyati hokimligi (E. Saliyev),

Davlat turizm qoʻmitasi
(A. Akkulov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(S. Umurzoqov)

85.

Chortoq tumani infratuzilmasini takomillashtirish

Namangan viloyati

aniqlanmoqda

aniqlanmoqda

Namangan viloyati hokimligi (X. Bozarov),

Davlat turizm qoʻmitasi
(A. Akkulov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(S. Umurzoqov)

86.

Peshku tumanida “Abu ali ibn Sino” majmuasi hududida turistik xizmatlarni tashkil etish

Buxoro viloyati

aniqlanmoqda

aniqlanmoqda

Buxoro viloyati hokimligi (U. Barnoyev),

Davlat turizm qoʻmitasi
(A. Akkulov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(S. Umurzoqov)

Jami

6 131 mln. doll.

Izoh:
Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita, zaruriyat boʻlgan taqdirda, ushbu roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-iyuldagi PF-6263-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PQ-4300-son qaroriga
4-ILOVA
2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasi vakillari ishtirok etishi uchun tavsiya qilinadigan xalqaro iqtisodiy va investitsiyaviy forumlar
roʻyxati

T/r

Forum nomi

Oʻtkazish sanasi

Oʻtkazish joyi

Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi tarkibi

1.

“World Business Forum”

2019-yil

5-6-iyun

London,
Buyuk Britaniya

Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Qashqadaryo, Toshkent va Fargʻona viloyatlari hokimliklari, xususiy kompaniyalar

2.

23-chi Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi — 2019

2019-yil

6 — 8-iyun

Sankt-Peterburg, Rossiya

Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Namangan, Surxondaryo,
va Fargʻona viloyatlari hokimliklari, xususiy kompaniyalar

3.

Global investitsion forum

2019-yil

13-14-iyun

Jeneva, Shveysariya

Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Qashqadaryo, Toshkent va Fargʻona viloyatlari hamda Toshkent shahri hokimliklari

4.

Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar boʻyicha butunjahon forumi “World Forum for Direct Foreign Investment”

2019-yil

17 — 19-iyun

Sidney, Avstraliya

Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Toshkent va Fargʻona viloyatlari hamda Toshkent shahri hokimliklari

5.

Sharqiy iqtisodiy forumi 2019

2019-yil

4 — 6-sentabr

Vladivostok, Rossiya

Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Namangan va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari

6.

Belorus sanoat forumi

2019-yil

17 — 20-sentabr

Minsk,

Belarus Respublikasi

Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Andijon, Buxoro viloyatlari hamda Toshkent shahri hokimliklari, uyushmalar va kompaniyalar tarmoqlari vakillari,
xususiy kompaniyalar

7.

Yevroosiyo iqtisodiy forumi

2019-yil

oktabr

Verona, Italiya

Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oliy Majlis Senati, Savdo-sanoat palatasi, Milliy bank, Oʻzsanoatqurilishbank, Asakabank, uyushmalar va kompaniyalar tarmoqlari vakillari,
xususiy kompaniyalar

8.

Xalqaro investitsiyalar sammiti “Future Investment Initiative summit”

2019-yil

oktabr

Ar-Riyod, Saudiya Arabistoni Qirolligi

Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Jizzax, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlari hamda Toshkent shahri hokimliklari,
xususiy kompaniyalar

9.

Turistik investitsion forum (The Tourism Investment Forum)

2019-yil

noyabr

Parij, Fransiya

Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Buxoro, Samarqand, Toshkent va Xorazm viloyatlari hokimliklari, xususiy kompaniyalar

Izoh:
Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita zaruratga koʻra mazkur Roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PQ-4300-son qaroriga
5-ILOVA
Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita
TARKIBI

A.N. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Tashkiliy qoʻmita raisi

E.M. Gʻaniyev

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari

S.U. Umurzakov

Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, Tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari

Tashkiliy qoʻmita aʼzolari:

S.S. Safoyev

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisining birinchi oʻrinbosari (kelishuvga binoan)

A.X. Kamilov

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri

K.I. Allamjonov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori v.b.

A.Ya. Haydarov

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori

I.R. Maxkamov

Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining birinchi oʻrinbosari

O.R. Isakov

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri oʻrinbosari

A.U. Akkulov

Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi v.v.b.

A.A. Nazirov

Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori

A.I. Ikramov

Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi

J.O. Artikxodjayev

Toshkent shahar hokimi

K.Yu. Kamalov

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish agentligi direktori, Tashkiliy qoʻmita kotibi

Izoh. Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqirda, ushbu lavozimga qayta tayinlangan shaxslar yoki ularning funksiyalarini bajarish topshirilgan shaxslar uning tarkibiga qoʻshiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PQ-4300-son qaroriga
6-ILOVA
Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha
TASHKILIY CHORA-TADBIRLAR REJASI

T/r

Chora-tadbirlarning nomlanishi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Axborot-mazmuni qismi

1.

Malakali xorijiy tashkilotni jalb etgan holda Toshkent xalqaro investitsiya forumi (keyingi oʻrinlarda — Forum) konsepsiyasini ishlab chiqish.

2019-yil
1-iyungacha

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

2.

Forumning xorijiy ishtirokchilari tarkibini ishlab chiqish, xususan:

investorlar va boshqa shaxslarning Forumda ishtirok etishi yuzasidan diplomatik kanallar orqali soʻrovlar yuborish;

davlat organlari va tashkilotlarga forumda ishtirok etishga nomzod xorijiy investorlarni tavsiya etish yuzasidan soʻrovlar yuborish;

taqdim etilgan materiallar yakunlariga koʻra, Forumda ishtirok etuvchi xorijiy ishtirokchilar roʻyxatini, shu jumladan ular va ushbu investorlar vakil boʻlgan tashkilotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni (CV) tayyorlash.

2019-yil
1-iyulgacha

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

TIV, manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Xalqaro tashkilotlar, diplomatik korpus vakillari, yetakchi xorijiy investorlar va biznes tuzilmalar vakillarining soni va tarkibi toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2019-yil
10-iyulgacha

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

4.

Forumda ishtirok etadigan mahalliy vakillar, shu jumladan maʼruzachi va moderatorlar tarkibini ishlab chiqish.

2019-yil
15-iyulgacha

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

Nutqlar, maʼruzalar, taqdimotlar hamda moderatorlikni hisobga olgan holda Forum dasturini ishlab chiqish.

2019-yil
1-avgustgacha

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

6.

Taqdimotlar mazmunini, tarqatma materiallar, axborot va boshqa maʼlumotnomalarni, shu jumladan mazkur qarorga muvofiq amalga oshiriladigan istiqbolli investitsiya va infratuzilma loyihalari boʻyicha dastlabki TIA va boshqa loyiha hujjatlari asosida ishlab chiqish.

2019-yil
15-avgustgacha

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

II. Tashkiliy-texnik masalalar

7.

Forum logotipi (emblemasi) dizaynini ishlab chiqish va rasmiylashtirish.

2019-yil
1-iyungacha

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Intellektual mulk agentligi

8.

Forumda ishtirok etish istagida boʻlgan shaxslarni ochiq elektron roʻyxatdan oʻtkazish, kun tartibi, oʻtkazish dasturi, ishtirok etish shartlari toʻgʻrisidagi va boshqa maʼlumotlarni olish imkonini beruvchi Forumning rasmiy veb-saytini yaratish va ishga tushirish, domenni zaxiraga olish.

2019-yil
1-maygacha

Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

9.

Forum oʻtkazilishi haqida keng ommaga yetkazish maqsadida xorijiy media tashkilotlarni jalb qilish.

2019-yil
15-maygacha

Investitsiyalarni jalb etish boʻyicha agentlik,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

10.

Forum doirasida oʻtkaziladigan asosiy tadbirlar uchun joylarni aniqlash.

2019-yil
15-iyungacha

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
Samarqand viloyati hokimligi

11.

Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya salohiyati toʻgʻrisida videorolik yaratish.

2019-yil
15-avgustgacha

MTRK, “Oʻzbekkino” agentligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

12.

Tadbirlarni oʻtkazishda koʻmaklashish, shuningdek, Forumning xorijiy ishtirokchilarini kuzatib borish (zarur hollarda) uchun tegishli oliy oʻquv yurtlarining talabalari orasidan koʻngillilarni tayyorlash.

2019-yil
20-avgustgacha

Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, Oliy taʼlim vazirligi (OʻzDJTU, TDSHI, TDIU), TIV (JIDU)

13.

Forumning xorijiy ishtirokchilari, shu jumladan xorijiy mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalar, firmalar, agentliklar va sohaga tegishli boshqa tashkilotlarning yuqori martabali shaxslariga taklifnomalarni oʻrnatilgan tartibda yuborish.

2019-yil
15-iyulgacha

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, TIV, manfaatdor vazirlik va idoralar

14.

Tashrif buyuruvchi xorijiy ishtirokchilarga tegishli vazirlik va idoralarning masʼul rahbarlarini biriktirishni nazarda tutgan holda, Forum ishtirokchilarining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi dasturini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2019-yilning
15-avgustiga qadar

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

15.

Toshkent xalqaro aeroporti, boshqa aeroportlarda (zarur hollarda), temir yoʻl stansiyalarida Forum ishtirokchilarining kutib olish va kuzatishni tashkil etish.

grafikka muvofiq

“Uzbekistan Airports” AJ,
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

16.

Forumning xorijiy ishtirokchilariga, zarurat boʻlganda xalqaro aeroportlarda konsullik va boshqa toʻlovlarsiz kirish vizalari belgilangan tartibda berish.

arizalar kelib tushishiga qarab

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
TIV

17.

Forum mavzulariga doir taqdimotlar, maʼlumotnomalar, axborot va tarqatma materiallar, shuningdek, bosma materiallar tayyorlash.

2019-yilning
20-avgustiga qadar

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, takliflar mualliflari

18.

Forum oʻtadigan joylarda infratuzilma obyektlarini tayyorlash, shu jumladan markaziy koʻchalar va Forum oʻtkaziladigan joylar, aeroportlar va temir yoʻllarga tutash hududlarning tashqi bezash.

2019-yilning
1-sentabriga qadar

Toshkent shahar hokimligi

19.

Forum tadbirlari oʻtkaziladigan va xorijiy ishtirokchilar tashrif buyuradigan joylarda xavfsizlikni taʼminlash.

2019-yil
avgust-sentabr

IIV, Milliy gvardiya, Sogʻliqni saqlash vazirligi

20.

Forum oʻtkaziladigan joylarda uzluksiz elektr taʼminotini taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2019-yil
5 — 7-sentabr

“Oʻzbekenergo” AJ,

Toshkent shahar hokimligi

21.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining buyurtmanomalariga binoan Forum doirasida ovozni kuchaytirish va sinxron tarjima uchun zarur uskunalar, shuningdek, Forum ishi mobaynida tezkor maʼlumot almashish uchun simsiz Internet tarmogʻi (Wi-fi) bilan taʼminlash.

2019-yil
sentabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

22.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan, avvalo, mamlakatning investitsiya va ishbilarmonlik muhitiga ijobiy taʼsir koʻrsatayotgan islohotlar (soliq islohotlari, davlat xizmatlari, ishbilarmonlik va boshqa sohalardagi islohotlar) toʻgʻrisida taqdimotlarni tashkil etish.

2019-yil
sentabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
DSQ, Savdo-sanoat palatasi, vazirlik va idoralar

23.

Forum doirasidagi tadbirlarda (ochilish va yopilish marosimlari, umumiy va shuʼba yigʻilishlari, taqdimotlar va boshqalar) sinxron tarjimani tashkil etishni taʼminlash.

2019-yil
sentabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

24.

Forum xorijiy ishtirokchilarining Samarqand, Buxoro, Fargʻona, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida joylashgan madaniy tarixiy obidalarga tashriflari uchun yuqori darajada tayyorgarlik koʻrish va tashkil qilish.

2019-yil
sentabr

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi,

Samarqand, Buxoro, Fargʻona, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklari

25.

Forumga tayyorgarlik koʻrish, oʻtkazish va uning natijalari toʻgʻrisidagi materiallar ommaviy axborot vositalari, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va hokazolarda keng yoritilishini taʼminlash.

2019-yil
avgust-sentabr

MTRK, OʻzA, AOKA, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Dunyo” AA, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy uyushmasi

Izoh:
Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita zarurat boʻlganda Forumni oʻtkazishning aniq sanasi belgilangandan keyin ham Chora-tadbirlar rejasiga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PQ-4300-son qaroriga
7-ILOVA
2019-yilda ishlab chiqilishi lozim boʻlgan davlat-xususiy sheriklik loyihalari
ROʻYXATI

T/r

Loyiha nomi

Hudud

Loyiha qiymati

(mln AQSH doll. )

Bosqichlar va muddatlar

Masʼul vazirlik va idoralar

1.

100 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektrik stansiyasi

Navoiy viloyati

100

Takliflar soʻrovini eʼlon qilish — 2019-yil may

Tender gʻolibini aniqlash, bitimni imzolash — 2019-yil 3 chorak

Qurilishni boshlash — 2020-yil 1 chorak

Foydalanishga topshirish — 2021-yil 1 chorak

Oʻxshash shartlar asosida bitimlar tuzish — 2019-yil 4 chorak

Energetika vazirligi

(A. Sultanov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov),

Navoiy viloyat hokimligi

(K. Tursunov),
DXSH Agentligi

(Gʻ. Xoljigitov)

2.

Gemodializ markazlarini yaratish va gemodializ xizmatini koʻrsatish

Respublika viloyatlari

27

Qiziqishni bildirish takliflarini eʼlon qilish — 2019-yil fevral

Loyiha konsepsiyasini maʼqullash — 2019-yil may

Dastlabki malakani saralash bosqichida ishtirok etish soʻrovini eʼlon qilish — 2019-yil may

Ishtirokchilarni baholash va saralash — 2019-yil iyul

Takliflar soʻrovini eʼlon qilish — 2019-yil avgust

Tender gʻolibini eʼlon qilish, bitimni imzolash 2019-yil oktabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
DXSH Agentligi

(Gʻ. Xoljigitov)

3.

Xalqaro aeroport modernizatsiya qilish

Toshkent shahar

470

Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan konsultatsiya xizmatini koʻrsatish boʻyicha bitim tuzish — 2019-yil may

DXSH loyihasi boʻyicha hujjatlarni tayyorlash — 2019-yil 3 chorak

Tender takliflari soʻrovini eʼlon qilish — 2019-yil sentabr

Tender takliflarini tayyorlash va topshirish — 2019-yil dekabr

Tender takliflarini baholash — 2020-yil yanvar

Tender gʻolibini eʼlon qilish — 2020-yil fevral

Bitimni imzolash — 2020-yil mart

Modernizatsiya qilishni boshlash –2020-yil may

Transport vazirligi

(I. Maxkamov),

“Uzbekistan Airports” AJ,

“Uzbekistan Airways” AJ,

DXSH Agentligi

(Gʻ. Xoljigitov)

4.

Viloyat aeroportlarini modernizatsiya qilish

Respublika shaharlari

363

Xalqaro moliya institutlari bilan konsultatsiya xizmatini koʻrsatish boʻyicha bitim tuzish — 2020-yil may

DXSH loyihasi boʻyicha hujjatlarni tayyorlash — 2020-yil may — sentabr

Tender takliflari soʻrovini eʼlon qilish — 2021-yil fevral

Tender takliflarini tayyorlash va topshirish — 2020-yil fevral

Tender takliflarini baholash — 2021-yil mart

Tender gʻolibini eʼlon qilish — 2021-yil aprel

Bitimni imzolash — 2021-yil may

Modernizatsiya qilishni boshlash — 2021-yil iyul

Transport vazirligi

(I. Maxkamov),

“Uzbekistan Airports” AJ,

AO “Uzbekistan Airways”,

DXSH Agentligi

(Gʻ. Xoljigitov)

5.

Toshkent-Andijon pullik avtomobil yoʻlini qurish

Toshkent viloyati, Namangan viloyati

aniqlanmoqda

Jahon banki bilan konsultatsiya xizmatini koʻrsatish boʻyicha bitim tuzish — 2019-yil iyun

DXSH loyihasi boʻyicha hujjatlarni tayyorlash — 2020-yil yanvar

Qiziqishni bildirish takliflarini eʼlon qilish — 2020-yil mart

Loyiha konsepsiyasini maʼqullash — 2020-yil aprel

Dastlabki malakani saralash bosqichida ishtirok etish soʻrovini eʼlon qilish — 2020-yil iyun

Ishtirokchilarni baholash va saralash — 2020-yil sentabr

Takliflar soʻrovini eʼlon qilish — 2020-yil sentabr

Tender gʻolibini eʼlon qilish, bitimni imzolash — 2020-yil dekabr

Qurilishni boshlash — avgust 2021-yil

Transport vazirligi

(I. Maxkamov),

Toshkent viloyati hokimligi

(G. Ibragimov),

Namangan viloyati hokimligi

(X. Bozarov)

DXSH Agentligi

(Gʻ. Xoljigitov)

6.

200 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektrik stansiyasi

Samarqand viloyati

200

Loyiha prezentatsiyasi — 2019-yil aprel

DXSH bitimi shartlari boʻyicha muzokaralar olib borish 2019-yil 2 chorak

Bitimlarni imzolash — 2019-yil 3 chorak

Qurilishni boshlash — 2020-yil 1 chorak

Foydalanishga topshirish — 2020-yil 4 chorak

Energetika vazirligi

(A. Sultanov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov),

Samarqand viloyati hokimligi

(E. Turdimov),
DXSH Agentligi

(Gʻ. Xoljigitov)

7.

Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimini boshqaruvga topshirish

Samarqand, Buxoro, Namangan, Qarshi shaharlari

-

Osiyo taraqqiyot banki bilan konsultatsiya xizmatini koʻrsatish boʻyicha bitim tuzish — 2019-yil may

Hujjatlarni tayyorlash — 2019-yil may — sentabr

Qiziqishni bildirish takliflarini eʼlon qilish — 2019-yil noyabr

Dastlabki malakani saralash bosqichida ishtirok etish soʻrovini eʼlon qilish — 2020-yil fevral

Ishtirokchilarni baholash va saralash — 2020-yil aprel

Takliflar soʻrovini eʼlon qilish — 2020-yil may

Tender gʻolibini eʼlon qilish, bitimni imzolash — 2020-yil iyul

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Saliyev),

Samarqand viloyati hokimligi

(E. Turdimov), Buxoro viloyati hokimligi

(U. Barnoyev), Namangan viloyati hokimligi (X. Bozarov)
va Qashqadaryo viloyati hokimliklari (Z. Ruziyev),

DXSH Agentligi

(Gʻ. Xoljigitov)

8.

Issiqlik taʼminoti tizimini boshqaruvga topshirish

Toshkent shahar

-

Osiyo taraqqiyot banki bilan konsultatsiya xizmatini koʻrsatish xizmati boʻyicha bitim tuzish — 2019-yil may

Hujjatlarni tayyorlash — 2019-yil may-sentabr

Qiziqishni bildirish takliflarini eʼlon qilish — 2019-yil noyabr

Loyiha konsepsiyasini maʼqullash — dekabr 2019-yil

Dastlabki malakani saralash bosqichida ishtirok etish soʻrovini eʼlon qilish — 2020-yil fevral

Ishtirokchilarni baholash va saralash — 2020-yil aprel

Takliflar soʻrovini eʼlon qilish — 2020-yil may

Tender gʻolibini eʼlon qilish, bitimni imzolash — 2020-yil iyul

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Saliyev),

Toshkent shahar hokimligi

(J. Artikxodjayev), DXSH Agentligi (Gʻ. Xoljigitov)

9.

Gaz taʼminoti tizimini boshqaruvga topshirish

Toshkent shahar

-

Osiyo taraqqiyot banki bilan konsultatsiya xizmatini koʻrsatish boʻyicha bitim tuzish — 2019-yil may

Hujjatlarni tayyorlash — 2019-yil may-sentabr

Qiziqishni bildirish takliflarini eʼlon qilish — noyabr 2019-yil

Loyiha konsepsiyasini maʼqullash — dekabr 2019-yil

Dastlabki malakani saralash bosqichida ishtirok etish soʻrovini eʼlon qilish — 2020-yil fevral

Ishtirokchilarni baholash va saralash — 2020-yil aprel

Takliflar soʻrovini eʼlon qilish — 2020-yil may

Tender gʻolibini eʼlon qilish, bitimni imzolash — 2020-yil iyul

Energetika vazirligi

(A. Sultanov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov),

DXSH Agentligi

(Gʻ. Xoljigitov)

10.

Elektr

energiyasi taqsimot tarmogʻini boshqaruvga topshirish

Toshkent shahar

-

Osiyo taraqqiyot banki bilan konsultatsiya xizmatini koʻrsatish boʻyicha bitim tuzish — 2019-yil 2-3 chorak

Hujjatlarni tayyorlash — 2019-yil 3-4 chorak

Qiziqishni bildirish takliflarini eʼlon qilish — 2019-yil 4 chorak

Loyiha konsepsiyasini maʼqullash — 2019-yil 4 chorak

Dastlabki malakani saralash bosqichida ishtirok etish soʻrovini eʼlon qilish — 2020-yil 1 chorak

Ishtirokchilarni baholash va saralash — 2020-yil 2 chorak

Takliflar soʻrovini eʼlon qilish — 2020-yil 2 chorak

Tender gʻolibini eʼlon qilish, bitimni imzolash — 2020-yil 2-3 chorak

Energetika vazirligi

(A. Sultanov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov),

DXSH Agentligi

(Gʻ. Xoljigitov)

11.

IES qurish/modernizatsiya qilish (kombinatsiya qilingan sikl)

Toshkent viloyati

500

Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan konsultatsiya xizmatini koʻrsatish boʻyicha bitim tuzish — 2019-yil 2 chorak

Hujjatlarni tayyorlash — 2019-yil 3 chorak

Qiziqishni bildirish takliflarini eʼlon qilish — 2019-yil 4 chorak

Loyiha konsepsiyasini maʼqullash — 2019-yil 4 chorak

Dastlabki malakani saralash bosqichida ishtirok etish soʻrovini eʼlon qilish — 2020-yil 1 chorak

Ishtirokchilarni baholash va saralash — 2020-yil 2 chorak

Takliflar soʻrovini eʼlon qilish — 2020-yil 2 chorak

Tender gʻolibini eʼlon qilish, bitimni imzolash — 2020-yil 3 chorak

Qurilishni boshlash — 2021-yil 1 chorak

Energetika vazirligi

(A. Sultanov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov),

DXSH Agentligi

(Gʻ. Xoljigitov)

12.

Maishiy chiqindilarni yigʻish va ularni chiqarish xizmatlari boʻyicha xususiy sheriklarni jalb etish

Toshkent shahar va Toshkent viloyati

-

Osiyo taraqqiyot banki bilan konsultatsiya xizmatini koʻrsatish boʻyicha bitim tuzish — 2019-yil may

Hujjatlarni tayyorlash — 2019-yil may-sentabr

Qiziqishni bildirish takliflarini eʼlon qilish — 2019-yil noyabr

Loyiha konsepsiyasini maʼqullash — 2019-yil dekabr

Dastlabki malakani saralash bosqichida ishtirok etish soʻrovini eʼlon qilish — 2020-yil fevral

Ishtirokchilarni baholash va saralash — 2020-yil aprel

Takliflar soʻrovini eʼlon qilish — 2020-yil may

Tender gʻolibini eʼlon qilish, bitimni imzolash — 2020-yil iyul

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Saliyev),

Toshkent shahar hokimligi

(J. Artikxodjayev),

Toshkent viloyati hokimligi

(G. Ibragimov),

DXSH Agentligi

(Gʻ. Xoljigitov)

13.

“Cengiz Enerji Sanayii ve Ticaret A.S” (Turkiya) tomonidan elektr energiya ishlab chiqarish uchun

bugʻ-gaz uskunalarini qurish

Toshkent viloyati

aniqlanmoqda

DXSH bitimi shartlari va boshqa loyiha bitimlari boʻyicha muzokaralar olib borish–2019-yil iyun

Bitimlarni imzolash — 2019-yil iyul

Qurish — birinchi bosqichda elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisida bitim kuchga kirgan sanadan boshlab 12 oy davomida

Qurish — ikkinchi bosqichda elektr energiyani sotib olish toʻgʻrisida bitim kuchga kirgan sanadan boshlab 24 oy davomida

Energetika vazirligi

(A. Sultanov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov),

Toshkent viloyati hokimligi

(G. Ibragimov),
DXSH Agentligi

(Gʻ. Xoljigitov)

14.

“Yildirim Enerji Nolding A.S” (Tursiya) tomonidan elektr energiya ishlab chiqarish uchun

bugʻ-gaz uskunalarini qurish

Surxondaryo viloyat

aniqlanmoqda

DXSH bitimi shartlari va boshqa loyiha bitimlari boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar olib borish — 2019-yil iyun

Bitimlarni imzolash — 2019-yil iyul

Loyihani ishlab chiqish va yetkazib beruvchilar hamda pudratchilarni tanlash — 2019-yil dekabr

Qurilishni boshlash — 2020-yil 1 chorak

Foydalanishga topshirish — bosqichda elektr energiyani sotib olish toʻgʻrisida bitim kuchga kirgan sanadan boshlab 36 oy davomida

Energetika vazirligi

(A. Sultanov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov),

Surxondaryo viloyati hokimligi (T. Bobolov),
DXSH Agentligi
(Gʻ. Xoljigitov)

15.

“Cengiz Enerji Sanayii ve Ticaret A.S”, “Kalyon”, “Kolin” (Turkiya) kompaniyalari konsorsiumi bilan Toshkent — Samarqand pullik avtomobil yoʻlini qurish

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari

aniqlanmoqda

Xalqaro moliya institutlari bilan konsalting xizmatini koʻrsatish boʻyicha bitim tuzish — 2019-yil 2 chorak

Avtomobil yoʻli marshrutini oʻrganish va dastlabki hisob-kitoblarni ishlab chiqish — 2019-yil may

DXSH bitimi shartlari boʻyicha muzokaralar olib borish — 2019-yil iyun

Bitimni imzolash — 2019-yil iyul

Qurilishni boshlash — 2019-yil 4-chorak

Foydalanishga topshirish — 2021-yil 4-chorak

Transport vazirligi

(I. Maxkamov),

Toshkent (Gʻ. Ibragimov), Sirdaryo (Gʻ. Gʻaniyev), Jizzax

(E. Saliyev), Samarqand

(E. Turdimov) viloyatlari hokimliklari

DXSH Agentligi

(Gʻ. Xoljigitov)

Jami:

1 660

Izoh
Yakuniy parametrlar va muddatlar loyiha hujjatlarini ishlab chiqish natijalariga koʻra aniqlanadi.
Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita zarur hollarda mazkur roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishi mumkin, shu jumladan koʻrsatilgan 13 — 15-bandlarda koʻrsatilgan xususiy sheriklarni almashtirish boʻyicha.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 07/19/4300/3032-son, 23.11.2019-y., 06/19/5881/4045-son; 13.05.2020-y., 06/20/5992/0581-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son; 29.03.2023-y., 06/23/42/0177-son; 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son; 27.12.2025-y., 06/25/259/1224-son)