1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
XOLDINGLAR TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Bozor qayta oʻzgartirish jarayonlarini yanada rivojlantirish hamda korxonalar va tashkilotlarni shunga monand boshqarishni va ularning faoliyat koʻrsatishini, respublika iqtisodiyotining turli sektorlarida iqtisodiy integratsiyani, shuningdek investitsiya faoliyatini rivojlantirishni taʼminlovchi zamonaviy tuzilmalarni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
1. Xoldinglar toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.02.00 Tadbirkorlik subyektlari. Tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatga olish]
2. Xoldinglarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 12-oktabr,
398-son
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 12-oktabrdagi 398-son qarori bilan TASDIQLANGAN
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
1. Aktivlari tarkibiga boshqa korxonalarning aksiyalari nazorat paketlari kiradigan aksiyadorlik jamiyati xolding hisoblanadi.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-fevraldagi 33-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 6-son, 56-modda)
Aksiyalar (paylar, ulushlar)ning nazorat paketi oʻzida korxona sarmoyasida qatnashishning istalgan shaklini ifodalaydi. Ushbu shakl xolding qatnashchilari umumiy yigʻilishida va uning boshqaruv organlari tomonidan muayyan qarorlar qabul qilinishi yoki rad etilishining soʻzsiz huquqini taʼminlaydi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.09.00 Vakolatxonalar va filiallar. Shoʻʼba korxonalar]
Aksiyalarining nazorat paketlari xolding aktivlariga kiruvchi korxona shuʼba korxona hisoblanadi. Shuʼba korxonalar mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi.
Xolding Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan taqiqlanmagan istalgan faoliyat bilan shugʻullanishga haqlidir.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
2. Xolding boshqa xoldingning shuʼba korxonasi boʻlishi mumkin.
3. Xolding aktivlari:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.01 Umumiy qoidalar]
a) qimmatli qogʻozlar;
b) muassislar tomonidan shartnoma asosida berilgan, shuningdek xolding mablagʻlari hisobiga sotib olingan yoki hosil qilingan mulklar;
v) pul mablagʻlari va boshqalar hisobidan tashkil topadi.
Xolding xorijiy sarmoya ishtirokida yoki toʻliq uning asosida, shu jumladan xorijiy korxonalar aksiyalari nazorat paketlarini sotib olish yoʻli bilan tashkil etilishi mumkin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.06 Shoʻʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlari;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.09.00 Vakolatxonalar va filiallar. Shoʻʼba korxonalar]
Xolding aktivlari tarkibiga, shuʼba korxonalar aksiyalari nazorat paketlari bilan bir qatorda, aksiyalarning paritet paketlari (qatnashchi ikkita boʻlgan taqdirda 50 foiz) va boshqa xoʻjalik jamiyatlari sarmoyasida qatnashish paketlari (aksiyalarning nazorat paketlari emas) kirishi mumkin.
Xolding amaldagi qonunchilikka muvofiq investitsiya faoliyatini amalga oshirishga, shu jumladan istalgan qimmatli qogʻozlarni sotib olish va sotishga haqli boʻladi.
(3-band “v” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Shuʼba korxona oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻziga tegishli mol-mulk bilan javob beradi, bosh xoldingga tegishli boʻlgan aksiyalarning nazorat paketi qiymati ham shu jumlaga kiradi. Bosh xolding taʼsis shartnomasida qayd etilgan shartlarda shuʼba korxonaning qarzlari boʻyicha javob berishi mumkin.
4. Shuʼba korxona oʻzining xoldingga tegishli boʻlgan aksiyalari paketi miqdoridan qatʼi nazar, biror-bir shaklda xolding aksiyalariga egalik qilishi mumkin emas, garov va trast (ishonilgan mulk) ham shu jumlaga kiradi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Shuʼba korxonalar aksiyadorlarining umumiy yigʻilishlarida xoldingning vakillari mazkur shuʼba korxona aksiyalarining nazorat paketiga muvofiq ovozga ega boʻladilar. Roʻyxati ustavda koʻrsatilishi kerak boʻlgan shuʼba korxonalarni rivojlantirishning strategik muhim masalalarini hal etish uchun ustavda darajali koʻpchilik haqidagi norma belgilab qoʻyiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
6. Mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar xolding muassislari va qatnashchilari boʻlishlari mumkin.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.01.00 Investitsiya faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi]
7. Xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarning qatnashish xususiyatlari Oʻzbekiston Respublikasining investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
8. Xoldingning nomiga “xolding” soʻzi qoʻshilgan boʻlishi hamda uning turi (“AJ” aksiyadorlik jamiyati) koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.02.00 Tadbirkorlik subyektlari. Tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatga olish]
1. Xolding tashkil etish va uni roʻyxatdan oʻtkazish tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga qoʻyish uchun belgilangan tartibda mazkur Nizomda nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
(1-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.09.00 Vakolatxonalar va filiallar. Shoʻʼba korxonalar]
Xoldinglar turdosh korxonalarni kooperatsiyalashga koʻmaklashish hamda ular tomonidan kelishilgan investitsiya siyosati amalga oshirilishi uchun tashkil etiladi. Xoldingga yoki uning shuʼba korxonalaridan biriga xolding kompaniyaning shuʼba korxonalari mahsulotlari (ishlari, xizmatlari) uchinchi shaxslar tomonidan sotilishi huquqi berilishiga, shuningdek koʻrsatib oʻtilgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ga narxlar xolding tomonidan biror-bir shaklda belgilab qoʻyilishi huquqi berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
4. Quyidagi tarmoqlarda xoldinglar tashkil etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.01.00 Umumiy masalalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.01.00 Umumiy qoidalar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.01.00 Umumiy qoidalar;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.18.00.00 Umumiy ovqatlanish / 09.18.01.00 Umumiy qoidalar;
5.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.17.00 Xalq badiiy hunarmandchiligi]
savdo, moddiy-texnika taʼminoti, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat, kommunal xoʻjalik, transport (temir yoʻl, aviatsiya, truboprovod transporti va mutlaq ravishda xalqaro tashishlarni amalga oshiruvchi korxonalardan tashqari), xalq badiiy hunarmandchiligi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.01 Umumiy qoidalar]
5. Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq Davlat tasarrufidan chiqarilmaydigan yoki davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirishda, sotib olish va ijaraga berishda cheklashlarga ega boʻlgan davlat korxonalari va mol-mulki asosida xoldinglar tashkil etishga ushbu cheklashlar bekor qilingunga qadar yoʻl qoʻyilmaydi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar]
6. Tashkil etilayotgan xoldinglar barcha turdagi xoʻjalik uyushmalari (ittifoqlar, konsernlar, konsorsiumlar, korporatsiyalar va boshqalar)ning yoki korxonalarning boshqa birlashmalari, shuningdek davlat boshqaruvi organlarining huquqiy vorislari boʻlishi mumkin emas.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
8. Davlat tasarrufidan chiqarilayotgan korxonaning (korxona boʻlinmasining) shuʼba korxonaga aylantirilishiga ana shu korxona mehnat jamoasining roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi. Bunday rozilik umumiy yigʻilishda barcha xodimlarning yarmidan koʻpining ovozi bilan qabul qilinadi.
III. Moliyaviy xoldinglar
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.02.00 Qimmatli qogʻozlar bozorining umumiy qoidalari]
1. Sarmoyasining 50 foizdan ortigʻini boshqa emitentlarning qimmatli qogʻozlari va oʻzga moliyaviy aktivlari tashkil etgan xolding moliyaviy xolding hisoblanadi.
Moliyaviy xolding aktivlari tarkibiga faqat qimmatli qogʻozlar va oʻzga moliyaviy aktivlar, shuningdek xolding boshqaruvi apparati faoliyat koʻrsatishini taʼminlash uchun bevosita zarur boʻlgan mol-mulk kirishi mumkin.
Aktivlari tarkibi taʼsis etish paytida koʻrsatib oʻtilgan talabga muvofiq kelmaydigan moliyaviy xolding davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab bir yil mobaynida uni bajarish uchun zarur boʻlgan xatti-harakatlarni amalga oshirishi kerak.
Koʻrsatib oʻtilgan talabning bajarilmasligi ushbu xoldingning aksiyalari emissiyasi prospektini roʻyxatdan oʻtkazgan organning taqdimnomasi asosida iqtisodiy sud tomonidan moliyaviy xoldingni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi uchun asos hisoblanadi.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
2. Moliyaviy xoldinglar mutlaq darajada investitsiya faoliyati yuritishga haqlidirlar, ular uchun faoliyatning boshqa turlari taqiqlanadi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi va uning hududiy organlari (keyingi oʻrinlarda davlat mulkini boshqarish vakolati berilgan organlar) moliyaviy xoldinglar ustav fondiga korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish tartibida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlari ustav sarmoyasining 20 foizidan ortigʻini tashkil etuvchi aksiyalar paketini qoʻshishga haqli emaslar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-fevraldagi 33-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 6-son, 56-modda)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.09.00 Vakolatxonalar va filiallar. Shoʻʼba korxonalar]
4. Moliyaviy xolding shuʼba korxonalarning ishlab chiqarish va tijorat faoliyatiga aralashishga haqli emas. Moliyaviy xolding vakillari faqat shuʼba korxonalar aksiyadorlari yigʻilishlarida qatnashishlari mumkin. Moliyaviy xolding vakillarining kuzatuv kengashi, boshqaruv va shuʼba korxonalari boshqaruvining boshqa organlari tarkibiga kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.07.00 Fond birjalari. Tovar va valyuta birjalarining fond boʻlimlari]
5. Moliyaviy xolding oʻziga tegishli aksiyalar bilan qimmatli qogʻozlarning tashkil etilgan bozoridan (fond birjasidan) boshqa joyda bitishuvlar sodir etishga haqli emas. Fond birjasida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilmagan aksiyalar bilan amalga oshirilgan bitishuvlar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
IV. Korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarishda xoldinglar taʼsis etish
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.01 Umumiy qoidalar]
1. Davlat korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishda xoldinglar tashkil etilishi mumkin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-fevraldagi 33-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 6-son, 56-modda)
2. Korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarishda xoldinglar tashkil etish toʻgʻrisidagi taklif davlat mulkini boshqarishga vakil qilingan organlarga qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda kiritiladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Taklifda:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
xolding tashkil etish zarurligi asoslanishi, uning faoliyati maqsadi va vazifalari koʻrsatilgan boʻlishi;
tashkil etilayotgan xoldingga kiritilishi taklif etilayotgan korxonalar (boʻlinmalar) roʻyxati berilgan boʻlishi;
ishlab chiqarishning umumiy hajmida koʻrsatib oʻtilgan korxonalar (boʻlinmalar) tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar ulushi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar berilgan boʻlishi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.09.00 Vakolatxonalar va filiallar. Shoʻʼba korxonalar]
xolding boshqaruv organlarining vakolatlarini, xoldingning shuʼba korxonalar bilan oʻzaro munosabatlari tartibini belgilovchi xoldingning taʼsis hujjatlari loyihalari mavjud boʻlishi kerak.
Arizaga ilovada shuʼba korxonalar sifatida xolding tarkibiga kiritish taklif etilayotgan korxonalar (boʻlinmalar) mehnat jamoalarining qarori boʻlishi lozim. Ushbu qaror mazkur Nizomning II boʻlimi 8-bandiga muvofiq rasmiylashtirilgan boʻlishi lozim.
3. Qayta oʻzgartirilayotgan va davlat tasarrufidan chiqarilayotgan korxonalar asosida tashkil etilayotgan xoldingning muassislari davlat mulkini boshqarishga vakil qilingan organlar, shuningdek paylar, ulushlar, aksiyalar koʻrinishidagi oʻz mablagʻlarini qoʻyish xohishini bildirgan nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar boʻlishlari mumkin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Xolding qatnashchilari soni cheklanmagan.
4. Yirik korxonani qayta tuzish va davlat tasarrufidan chiqarish tartibida uning tarkibidan yuridik mustaqil (shuʼba) korxonalarni ajratgan holda xolding tashkil etish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqishda davlat mulkini boshqarishga vakil qilingan organlar:
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
butun korxonaning yoki ajratib chiqarilayotgan boʻlinmalarning ustav sarmoyasini koʻpaytirish maqsadga muvofiqligini baholaydilar, zarurat boʻlganda ehtimol tutilgan oʻzga investorlarni xolding qatnashchilari safiga kiritish uchun ular oʻrtasida tanlov oʻtkazadilar.
5. Yuridik mustaqil korxonalarning aksiyalari paketlarini birlashtirish tartibida xolding kompaniya tashkil etish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqishda davlat mulkini boshqarishga vakil qilingan organlar:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.01 Umumiy qoidalar]
tashkil etilayotgan xolding kompaniyaga kiritilayotgan, yoxud xoʻjalik mustaqilligiga ega boʻlayotgan va umumiy asoslarda davlat tasarrufidan chiqarilishi kerak boʻlgan korxonalar roʻyxatini aniqlaydilar;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
korxonalar mehnat jamoalarining qarorlarini va (yoki) ularning korxonalarni xoldingning shuʼba korxonalariga aylantirishga roziligini hisobga oladilar;
qoʻshimcha investitsiyalarni jalb etishning ehtimol tutilgan usullarini koʻrib chiqadilar, zarurat boʻlganda ehtimol tutilgan oʻzga investorlarni xolding qatnashchilari safiga kiritish uchun ular oʻrtasida tanlov oʻtkazadilar.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
6. Korxona (ajralib chiqadigan boʻlinma) qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda aksiyadorlik jamiyatiga aylantiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
7. Oʻzga investorlarning ishtirokisiz tashkil etilayotgan xoldingning ustav fondiga qoʻshiladigan mulk qiymati qonunchilikka muvofiq baholanadi.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oʻzga investorlar ishtirokida xolding tashkil etishda kompaniya qatnashchilari tomonidan qoʻshiladigan ulushlar miqdori mol-mulkning bozor bahosidan kelib chiqib, tomonlarning roziligiga koʻra baholanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
8. Shuʼba korxonalarga (boʻlinmalarga) aylantiriladigan korxonalar xodimlari davlat mulkini boshqarishga vakil qilingan organning roziligi bilan tasdiqlangan roʻyxatlarga va yopiq obuna natijalariga muvofiq ular tomonidan berishga va sotishga moʻljallangan aksiyalarni xoldingning ustav fondiga qoʻshishlari mumkin. Eslatib oʻtilgan aksiyalarning oʻrniga shuʼba korxonalarning xodimlariga xolding aksiyalari beriladi (nominal qiymati boʻyicha sotiladi).
9. Xolding tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror davlat mulkini boshqarishga vakil qilingan organ tomonidan qabul qilingan taqdirda:
shuʼba korxonalarning aksiyalari paketlari va mazkur Nizomning 1 boʻlimi 3-bandida nazarda tutilgan boshqa aktivlar davlat mulkini boshqarishga vakil qilingan organ tomonidan xolding ustav sarmoyasini toʻlash tartibida qoʻshiladi. Bunda xolding ustav sarmoyasi aksiyalarning ushbu paketlari va unga muassislar tomonidan beriladigan boshqa aktivlarning jami nominal qiymatiga teng boʻladi;
shuʼba korxonalarning qolgan aksiyalari davlat mulkini boshqarishga vakil qilingan organlarga taqsimlash (sotish) uchun beriladi;
xolding aksiyalari uning qatnashchilari oʻrtasida ularning ulushlariga muvofiq taqsimlanadi.
10. Davlat mulkida boʻlgan xolding aksiyalari sotilishi kerak.
Xolding kompaniyaning u yoki bu aksiyalari paketini biror-bir muddatga davlat mulkiga biriktirib qoʻyishga, agar bunga aksiyalari xolding kompaniya aktivlari tarkibiga kiruvchi barcha korxonalar uchun amaldagi qonunchilik bilan yoʻl qoʻyilgan holdagina yoʻl qoʻyiladi.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
V. Sarmoyasida davlat ulushi boʻlmagan xoldinglar tuzish tartibi
Nodavlat yuridik shaxslar tomonidan xoldinglar:
nodavlat yuridik shaxslar aksiyalarining nazorat paketlarini ixtiyoriy birlashtirish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
nodavlat xoʻjalik jamiyati tomonidan boshqa xoʻjalik jamiyatlari aksiyalarining nazorat paketlarini sotib olish yoʻli bilan tuziladi.
(VI-boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang)]
1. Xoldinglar yilning har choragida oʻz balanslarini, foyda va zararlar schyotlarini, shuningdek boshqa korxonalarning oʻzlariga tegishli aksiyalari haqidagi toʻliq maʼlumotlarni hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa axborotni eʼlon qilishga majburdirlar.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.02 Xizmat va tijorat siri]
2. Xolding tomonidan istalgan korxonaning (shu jumladan oʻzining shuʼba korxonasining) aksiyalarining 5 foizidan ortigʻining oldi-sotdisi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bitishuv sodir etilgan paytdan boshlab bir hafta muddatda albatta eʼlon qilinishi kerak. Koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlar bitishuv qatnashchilarining tijorat siriga tegishli deb topilishi mumkin emas.
Koʻrsatib oʻtilgan talab buzilgan holda sodir etilgan bitishuvlar, shuningdek belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilmagan bitishuvlar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
3. Xoldinglar tashkil etish, qayta tashkil etish va ularning faoliyatini toʻxtatish qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49, 55-moddalari, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.