1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi;
2.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jamoat tartibi va jamoat xavfsizligini muhofaza qilish]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat xavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 24-dekabrdagi PQ-4075-son qarori)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat xavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 24-dekabrdagi PQ-4075-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 22-aprel,
346-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-apreldagi 346-son qaroriga ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 3-iyuldagi 339-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat xizmatchilarining lavozimlari ro‘yxatida:
a) “Qishloqlar, shaharchalar, ovullar, fuqarolar yig‘inlari” bo‘limidagi “Mahalla posboni” rahbari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) “Mahallalar fuqarolar yig‘inlari” bo‘limidagi “Mahalla posboni” rahbari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
v) “Davlat xizmatchilariga mansub bo‘lgan boshqa xizmatchilar ro‘yxati” bo‘limiga quyidagi mazmundagi 9-band qo‘shilsin:
“9. Profilaktika (katta) inspektorining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchisi”.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
3. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 30-sentabrdagi 267-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 9-son, 68-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 6-bandning oltinchi xatboshidagi “hamda “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi rahbari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 7-bandning uchinchi xatboshidagi “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmalarining rahbarlari” so‘zlari chiqarib tashlansin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-iyundagi 380-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2021-y., 09/21/380/0574-son)
5. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-dekabrdagi 328-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirishning tashkiliy tuzilmasi va tizimi to‘g‘risida nizomda (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 12-son, 93-modda):
a) 5-banddagi “rahbarlari” so‘zi “a’zolari” so‘zi bilan almashtirilsin;
b) 28-bandning “g” kichik bandidagi “rahbarlari” so‘zi “a’zolari” so‘zi bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tumanlar va shaharlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy kengashlarining namunaviy nizomlarini va tarkiblarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2013-yil 14-dekabrdagi 329-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2013-y., 51-son, 664-modda):
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-yanvardagi 10-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2022-y., 09/22/10/0006-son)
9. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-noyabrdagi 940-son qarori bilan tasdiqlangan Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb masalalarini hal etishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari roli va faoliyati samaradorligini yanada oshirishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturining 9-bandidagi “Mahalla posboni” jamoat tuzilmasi rahbari” so‘zlari chiqarib tashlansin.
10. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-noyabrdagi 944-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 11-son, 274-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida mehnat munosabatlarini tartibga solish to‘g‘risidagi nizomning 2-bandidagi “Mahalla posboni” jamoat tuzilmasi rahbari,” so‘zlari chiqarib tashlansin.
11. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-dekabrdagi 958-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining sirtqi ta’lim shakliga nomzodlarni tanlash va o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 37-bandining ikkinchi xatboshidagi “kursantlar” so‘zi “tinglovchilar” so‘zi bilan almashtirilsin.
12. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-yanvardagi 7-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomning 65-bandidagi “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasining rahbarlariga” so‘zlari chiqarib tashlansin.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-iyundagi 380-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2021-y., 09/21/380/0574-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2019-y., 09/19/346/2994-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2021-y., 09/21/380/0574-son, 08.01.2022-y., 09/22/10/0006-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)