1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi va Mehnat vazirligining 2017-yil 7-apreldagi 22/QQ va 8-Q/Q-son qarori (roʻyxat raqami 2882, 2017-yil 10-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 19-son, 350-modda) bilan tasdiqlangan Akademik litseylar bitiruvchilariga mutaxassisliklar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I. MADJIDOV
Toshkent sh.,
2019-yil 5-aprel,
16 q/q-son
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 5-aprel,
14-2019-q/q-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019-yil 5-apreldagi 16 q/q, 14-2019-q/q-son qaroriga ILOVA
Akademik litseylar bitiruvchilariga mutaxassisliklar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
“23. Amaliy imtihondan muvaffaqiyatli oʻtgan (oʻrtacha arifmetik ball “3” va undan yuqori boʻlgan) oʻquvchilarga oʻqitilgan mutaxassislik boʻyicha mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq davlat namunasidagi sertifikat beriladi.”.
2. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchaning ilovasiga muvofiq tahrirda ilova bilan toʻldirilsin.
Akademik litseylar bitiruvchilariga mutaxassisliklar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchaga ILOVA
“Akademik litseylar bitiruvchilariga mutaxassisliklar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Akademik litsey sertifikatining davlat namunasi Akademik litsey sertifikatining tavsifi
Sertifikat 105x297 mm oʻlchovda, qogʻoz 100% paxta, qalinligi va ogʻirligi 100+10 gr/m2, oqartirgichsiz, aks etmaydigan qogʻozda tayyorlangan koʻrinishga ega.
Sertifikat blankasining yuz tomoni yuqori qismi markazida diametri 30 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi (rangli) tasviri tushiriladi. Davlat gerbidan (rangli) 10 mm pastda “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI” soʻzlari, uning ostidan “SERTIFIKAT” soʻzi qizil rangda oʻzbek tili lotin alifbosida yoziladi.
Matn — Sertifikat blankasi ichki qismi chap tomonida oʻzbek tili lotin alifbosi, oʻng tomonida ingliz tilida tegishli yozuvlar tushiriladi.
Sertifikat varagʻi ichki qismining ikki tarafi markazida “Humo” qushi (25x10 mm oʻlchamli) qiyofasida koʻrinmaydigan tasvir joylashtiriladi va ultrabinafsha nurlari ostida koʻrinadi.
Sertifikat blankasi 7 darajali himoyaga ega:
1) tartib raqami qora fluoressensiya boʻyogʻida chop etilib, ultrabinafsha nurlari ostida yashil rangda koʻrinadi;
3) har xil shakldagi rastrli setkalardan foydalanish;
4) varaqning asosiy foni och jigarrang, ikki tanger setkadan paydo boʻlgan ingichka sinusoidal chiziqdan tashkil topgan hamda nusxa koʻchirmaydigan himoyaga ega boʻlish;
5) maxsus qogʻoz ishlatish;
6) Davlat gerbini rangli tasvirlash;
7) yorugʻlikda yaxshi koʻrinadigan “paxta koʻsagi” koʻrinishidagi asosiy uch oʻlchovli suv belgisini tushirish, olti shaklli oʻzgaradigan raqamdan foydalanish.
Sertifikatning tashqi oʻng tomoni:
(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI