Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi
Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-oktabrdagi 789-son “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan beriladigan tasdiqlovchi hujjatlar turlarini tubdan qisqartirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2013-yil 14-oktabrdagi 329-V va 98-son qarori (roʻyxat raqami 2527, 2013-yil 19-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 47-son, 622-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklari tomonidan davlat maqsadli jamgʻarmalari kredit liniyalari hisobidan imtiyozli mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandining
yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.