Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi hamda Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 23-fevraldagi 11-87, 20-son qarori (roʻyxat raqami 2981, 2018-yil 15-mart) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2018-y., 10/18/2981/0900-son) bilan tasdiqlangan Sudlar, sud protsesslari va ular ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi
yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
141-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“141. Advokat oʻz professional faoliyatini amalga oshirishi uchun, Oʻzbekiston Respublikasining protsessual kodekslariga qatʼiy rioya etgan holda, sud binosiga kompyuter, mobil va boshqa aloqa vositalarini moneliksiz olib kirish huquqiga ega, yopiq sud majlislari bundan mustasno. Bunda qayd etilgan qurilmalardan sud binosi ichkarisida foydalanish sud jarayonini oʻtkazish tartibini buzmasligi kerak.”.
2. 25-bandning
uchinchi xatboshisidagi “devonining” degan soʻz “Administratsiyasining” degan soʻz bilan almashtirilsin.
3. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan kelishilgan.