OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining 2018-yil 1-maydagi 180-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3013, 2018-yil 14-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 20-son, 427-modda) bilan tasdiqlangan Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
1-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Komissiyaning qarori asosida ijrochilarni Insofsiz ijrochilarning yagona reyestriga kiritadi;”;
3.
16-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Anonim murojaatlar Komissiya tomonidan koʻrib chiqilmaydi.”.