1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.04 Davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berishga oid davlat kontrakti]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining
buyrug‘i
Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 14-mayda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3013]
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan buyuraman:
1. Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Direktor Sh. SADIKOV
Toshkent sh.,
2018-yil 1-may,
180-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining 2018-yil 1-maydagi 180-son buyrug‘iga ILOVA
Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni doimiy ravishda faoliyat ko‘rsatadigan Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) tomonidan ko‘rib chiqilishi tartibini belgilaydi.
1. Xarid qilish tartib-taomillarining har bir ishtirokchisi, shuningdek nazoratni amalga oshirayotgan shaxslar (bundan buyon matnda arizachi deb yuritiladi) davlat buyurtmachisining (bundan buyon matnda buyurtmachi deb yuritiladi), xarid komissiyasining, uning a’zolarining, davlat xaridlari elektron tizimi operatorining (bundan buyon matnda Operator deb yuritiladi) harakatlari (harakatsizligi) ustidan, agar bunday harakatlar (harakatsizlik) ishtirokchining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan bo‘lsa, sud tartibida yoki Komissiyaga shikoyat qilish huquqiga ega.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 22-oktabrdagi 66-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3013-2, 19.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2021-y., 10/21/3013-2/1070-son)
2. Davlat xaridlari natijasida tuzilgan shartnomalarda nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarish doirasida kelib chiqadigan nizolar va kelishmovchiliklarni tartibga solish masalalari Komissiya tomonidan ko‘rib chiqilmaydi va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etilishi lozim.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 22-oktabrdagi 66-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3013-2, 19.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2021-y., 10/21/3013-2/1070-son)
2-bob. Komissiyaning vazifalari va shakllantirish tartibi
3. Komissiya doimiy ravishda faoliyat ko‘rsatadigan organ bo‘lib, o‘zining vazifalarini O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuniga, mazkur Nizomga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 22-oktabrdagi 66-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3013-2, 19.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2021-y., 10/21/3013-2/1070-son)
4. Komissiya:
buyurtmachining qonunga xilof harakatlariga, qarorlariga yoki u tomonidan qonunga xilof tartib-taomillar bajarilishiga doir taqiq o‘rnatadi;
buyurtmachining qonunga xilof qarorlarini, shu jumladan davlat xaridlari sohasidagi hujjatlarning shartlarini buzadigan qarorlarini qisman yoki to‘liq bekor qiladi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 22-oktabrdagi 66-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3013-2, 19.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2021-y., 10/21/3013-2/1070-son)
xarid qilish tartib-taomillarini tugatish haqida qaror chiqaradi;
ijrochini Insofsiz ijrochilarning yagona reyestriga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
(4-bandning oltinchi va yettinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 22-oktabrdagi 66-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3013-2, 19.11.2021-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2021-y., 10/21/3013-2/1070-son)
5. Komissiya O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tuziladi, uning tarkibi tegishli davlat organlari, Operatorlar va jamoatchilik vakillaridan iborat bo‘ladi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
6. Komissiya ishchi organining vazifasini O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi amalga oshiradi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
(7-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 22-oktabrdagi 66-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3013-2, 19.11.2021-y.) asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2021-y., 10/21/3013-2/1070-son)
Komissiya a’zolari kiradi.
8. Komissiya raisi o‘z vakolatlari doirasida:
Komissiya faoliyatini va uning ish tartibiga rioya etilishini tashkil etadi;
shikoyatlarni ko‘rib chiqish kunini belgilaydi va Komissiya majlisini o‘tkazadi;
Komissiya a’zolari o‘rtasida majburiyatlarni taqsimlaydi;
Komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlar ustidan nazoratni tashkil etadi;
Komissiyaning faoliyati to‘g‘risida davriy hisobotlar tayyorlaydi va uni maxsus axborot portalida e’lon qiladi.
(8-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 22-oktabrdagi 66-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3013-2, 19.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2021-y., 10/21/3013-2/1070-son)
Komissiya raisi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(8-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 22-oktabrdagi 66-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3013-2, 19.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2021-y., 10/21/3013-2/1070-son)
Komissiya raisi komissiyaga yuklatilgan vazifalarni bajarilishi uchun shaxsan javobgardir.
Komissiya raisi yo‘qligida uning vazifalarini o‘rinbosari bajaradi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 22-oktabrdagi 66-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3013-2, 19.11.2021-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2021-y., 10/21/3013-2/1070-son)
9. Komissiya raisining o‘rinbosari va Komissiya a’zolari o‘z vakolatlari doirasida:
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 22-oktabrdagi 66-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3013-2, 19.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2021-y., 10/21/3013-2/1070-son)
Komissiya ishida ishtirok etadi;
qaror qabul qilishdagi ovoz berishda ishtirok etadi;
Komissiya raisining topshirig‘i bo‘yicha Komissiya ko‘rib chiqishi uchun kiritilgan masalalar yuzasidan tegishli xulosalar taqdim etadi;
(9-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 22-oktabrdagi 66-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3013-2, 19.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2021-y., 10/21/3013-2/1070-son)
davlat boshqaruvi va xo‘jalik organlaridan, davlat buyurtmachilaridan, ishtirokchilardan, ijrochilardan, Operatorlardan va boshqa tashkilotlardan o‘z faoliyati uchun zarur bo‘ladigan har qanday axborot, material va tushuntirishlarni so‘rab oladi;
(9-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 22-oktabrdagi 66-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3013-2, 19.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2021-y., 10/21/3013-2/1070-son)
davlat xaridlari masalalari bo‘yicha shikoyatlarni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
10. Komissiya zarur holatlarda mutaxassislarni mustaqil ekspert sifatida ovoz berish huquqisiz jalb qilish huquqiga ega.
11. Komissiya majlislari, agar ularning ishida Komissiya a’zolarining umumiy sonining uchdan ikki a’zosi ishtirok etsa, vakolatli hisoblanadi.
12. Komissiya kun tartibiga kiritilgan masalani ko‘rib chiqish jarayonida Komissiya raisi, uning o‘rinbosari yoki Komissiya a’zosi o‘zlarida manfaatlar to‘qnashuviga olib kelishi mumkin bo‘lgan bevosita yoki bilvosita shaxsiy manfaatdorlik yuzaga kelgan holatda, Komissiya raisi, uning o‘rinbosari yoki Komissiya a’zosi yig‘ilish boshlanishidan oldin bu haqda ma’lum qilishga majbur.
Bu holatda manfaatlar to‘qnashuviga olib kelishi mumkin bo‘lgan bevosita yoki bilvosita shaxsiy manfaatdorligi yuzaga kelgan Komissiya raisi, uning o‘rinbosari yoki Komissiya a’zosi ko‘rsatilgan masalani ko‘rib chiqish jarayonida ishtirok etmaydi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 22-oktabrdagi 66-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3013-2, 19.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2021-y., 10/21/3013-2/1070-son)
13. Komissiya majlislari, majlis bayonnomalarida rasmiylashtiriladi.
14. Komissiyaning ishchi organi:
Komissiyaning navbatdagi majlisiga barcha zarur materiallarni o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi;
maxsus axborot portalida Komissiya a’zolari uchun shaxsiy kabinetlar ochadi;
Komissiya hujjatlarini but saqlanishini ta’minlaydi;
shikoyatni Komissiya a’zolarining shaxsiy kabinetlariga yuboradi;
(14-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 22-oktabrdagi 66-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3013-2, 19.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2021-y., 10/21/3013-2/1070-son)
navbatdagi majlisga barcha zarur hujjatlarni yig‘ilishini, umumlashtirilishini va Komissiya raisiga taqdim etilishini ta’minlaydi;
Komissiyaning qarori asosida ijrochilarni Insofsiz ijrochilarning yagona reyestriga kiritadi;
(14-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 35-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3013-1, 15.04.2019-y.) asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.04.2019-y., 10/19/3013-1/2943-son)
Komissiya majlisi bayonnomasini yuritadi.
15. Komissiyaga arizachidan shikoyat tushgandan va uni ko‘rib chiqish sanasi tayinlangandan so‘ng, Komissiyaning ishchi organi ushbu Nizom talablariga muvofiq majlisni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
16. Arizachi shikoyatni Komissiyaga yozma shaklda yoki o‘zining shaxsiy kabinet orqali elektron shaklda yuboradi. Shikoyatga unda ko‘rsatilgan holatlarni tasdiqlovchi dalillar ilova qilinadi.
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 22-oktabrdagi 66-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3013-2, 19.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2021-y., 10/21/3013-2/1070-son)
Anonim murojaatlar Komissiya tomonidan ko‘rib chiqilmaydi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 35-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3013-1, 15.04.2019-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.04.2019-y., 10/19/3013-1/2943-son)
buyurtmachining, xarid komissiyasining, uning a’zolarining, Operatorning noqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan, agar bunday harakatlar (harakatsizlik) ishtirokchining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan bo‘lsa;
(17-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 22-oktabrdagi 66-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3013-2, 19.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2021-y., 10/21/3013-2/1070-son)
xarid qilish tartib-taomillari buzilganda;
buyurtmachilar tomonidan takliflarni berish muddatlari asossiz o‘zgartirilganda;
ishtirokchining taklifi buyurtmachilar tomonidan asossiz qabul qilinmaganda yoki rad qilinganda;
buyurtmachilar tomonidan davlat xaridlarini amalga oshirishning raqobatga asoslanmagan usullari qonunga xilof ravishda tanlanganda;
davlat xaridlarida ishtirokchilarning ishtirok etishi to‘g‘risidagi axborotni buyurtmachilar tomonidan oshkor etilganda;
buyurtmachilar tomonidan ishtirokchilar sonini asossiz ravishda cheklashga yoki ularning malakasiga qo‘yilgan talablarni oshirishga, raqobatga yo‘l qo‘ymaslikning, uni cheklashning yoki bartaraf etishning boshqa shakllariga yo‘l qo‘yilganda, qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno;
(17-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 22-oktabrdagi 66-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3013-2, 19.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2021-y., 10/21/3013-2/1070-son)
narxlarni yoki ishtirokchilarni saralash natijalarini buzib ko‘rsatish maqsadida ishtirokchilar oldindan til biriktirilganda;
ishonchsiz yoki buzib ko‘rsatilgan axborot taqdim etilganda yoki tarqatilganda, shuningdek davlat xaridlari to‘g‘risidagi axborotdan foydalanish asossiz ravishda cheklanganda;
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan boshqa holatlarda.
18. Komissiya shikoyatni ko‘rib chiqishda ishtirok etadigan shaxslarni (bundan buyon matnda taraflar deb yuritiladi) maxsus axborot portali orqali yig‘ilish vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qiladi. Komissiya shikoyatni buyurtmachi va ishtirokchining ishtirokida ko‘rib chiqadi, bundan ishtirokchi shikoyatni uning ishtirokisiz ko‘rib chiqishga rozilik bildirgan yoki uzrli sabablarsiz ishtirok etmagan hollar mustasno.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 22-oktabrdagi 66-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3013-2, 19.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2021-y., 10/21/3013-2/1070-son)
19. Shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha majlisda ishtirok etish uchun, taraflar belgilangan tartibda ishonchnoma rasmiylashtirib, o‘zlarining vakillarini yuborishlari mumkin.
191. Komissiyaning majlislari axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan foydalangan holda masofadan o‘tkazilishi mumkin.
(191-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 22-oktabrdagi 66-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3013-2, 19.11.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2021-y., 10/21/3013-2/1070-son)
20. Komissiya shikoyatni qabul qilib olganda shikoyat kelib tushgan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida shikoyat haqida buyurtmachini xabardor qiladi hamda xarid qilish tartib-taomilini o‘n ish kunigacha bo‘lgan umumiy muddatga to‘xtatib turadi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 22-oktabrdagi 66-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3013-2, 19.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2021-y., 10/21/3013-2/1070-son)
(21-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 22-oktabrdagi 66-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3013-2, 19.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2021-y., 10/21/3013-2/1070-son)
a) nomi, joylashgan yeri (yuridik shaxs uchun), familiyasi, ismi, otasining ismi, turgan joyi (jismoniy shaxs uchun), pochta manzili, elektron pochta manzili, telefon raqami;
b) shikoyat qilinayotgan harakatlar (harakatsizlik) va shikoyatning boshqa asoslari;
v) shikoyat berishga vakolatli shaxsning imzosi va sana.
22. Shikoyatga uning asosliligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi. Bunda, shikoyatda unga ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati bo‘lishi kerak, shuningdek taraflarga shikoyatning nusxalari yuborilganligi tasdig‘i bo‘lishi kerak.
221. Komissiya shikoyatlarni ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish jarayonida maxsus axborot portalida yuritiladigan ishtirokchilarning reytingidan foydalanishi mumkin.
(221-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 22-oktabrdagi 66-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3013-2, 19.11.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2021-y., 10/21/3013-2/1070-son)
23. Komissiya shikoyat olinganidan keyin yetti ish kuni ichida u bo‘yicha qaror chiqarishi va bu haqdagi axborotni maxsus axborot portalida joylashtirishi kerak.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 22-oktabrdagi 66-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3013-2, 19.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2021-y., 10/21/3013-2/1070-son)
24. Shikoyat bo‘yicha qaror Komissiya a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda, Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Komissiyaning har bir a’zosi qabul qilingan qaror bo‘yicha o‘zining alohida fikrini yozma bayon etishga haqli.
25. Komissiya yangi ochilgan holatlar asosida avval qabul qilingan qarorlarini qayta ko‘rib chiqishi mumkin.
26. Komissiya majlislari qarorlarining asl nusxalari va ularga ilova qilingan materiallar Komissiyaning ishchi organida saqlanadi.
27. Komissiyaning ishchi organi qaror nusxalarini qaror qabul qilingan kundan e’tiboran ikki ish kuni mobaynida taraflarga yuboradi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 22-oktabrdagi 66-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3013-2, 19.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2021-y., 10/21/3013-2/1070-son)
28. Komissiya qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda, taraflar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga murojaat qilish huquqiga ega.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 22-oktabrdagi 66-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3013-2, 19.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2021-y., 10/21/3013-2/1070-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasi, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 14-moddasi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni.
29. Komissiyaning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari taraflar uchun bajarilishi majburiydir.
30. Komissiya majlisi bayoni va qarori elektron shaklda rasmiylashtiriladi, Komissiya raisi va a’zolari tomonidan elektron raqamli imzo orqali imzolanadi.
6-bob. Yakuniy qoida
31. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2018-y., 10/18/3013/1223-son; 16.04.2019-y., 10/19/3013-1/2943-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2021-y., 10/21/3013-2/1070-son; 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)