Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 31-dekabrdagi 01/27-26/30-son
qarori (roʻyxat raqami 2652, 2015-yil 3-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 5-son, 60-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Rieltorlik xizmatlarining milliy standarti (3-son RXMS) “Koʻchmas mulk obyektlari va ularga boʻlgan huquqlar bilan savdolarni tashkil qilish”ga
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
“savdolar tashkilotchisining nomi va pochta manzili, telefoni, telefaks, elektron pochta manzili va veb-sayti (agar mavjud boʻlsa);”.