Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoqilgʻi-energetika resurslari hamda boshqa yuqori likvidli mahsulotlar bilan taʼminlash borasida raqobat muhitini takomillashtirish, suiisteʼmolchiliklar va talon-tarojliklar sharoitini tugatish, toʻlov intizomini mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-noyabrdagi PQ-3386-son
qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Tovar-xom ashyo birjalari faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2004-yil 31-maydagi 251-son
qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 5-son, 50-band)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A.Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
“Belgilansinki, “Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJning birja bitishuvlaridan undiriladigan vositachilik yigʻimlarining cheklangan miqdorlarini deklaratsiya qilish chogʻida “Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi” AJ uchun foyda soligʻini hisoblashda xarajatlar bilan chegiriladigan yuqori likvidli tovarlarni sotish boʻyicha “Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ xizmatlariga 0,1% miqdordagi vositachilik yigʻimlari hisobga olinadi va ular quyidagi ulushlarda oʻtkaziladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga — 0,05 %;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga — 0,03 %;
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga — 0,02 %.
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va Moliya vazirligi birjalar va ularning aʼzolari tomonidan vositachilik yigʻimlarining cheklangan miqdorlariga rioya etilishini nazorat qilsin”.
2.
9-banddagi “Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining” soʻzlari “Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJning” soʻzlari bilan almashtirilsin.