toggle_night_mode
Hujjat 31.10.2020 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi tarmogʻini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 4-sentabrdagi PQ-3929-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi tarmogʻini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 4-sentabrdagi PQ-3929-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoqilgʻi-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 9-aprel,
289-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi 289-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2015-yil 21-dekabrdagi PQ-2454-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2016-yil 10-fevraldagi 33-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2016-y., 6-son, 56-modda) 3-ilovaning 101-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 666-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/666/1433-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2019-y., 09/19/289/2912-son; 31.10.2020-y., 09/20/666/1433-son)