toggle_night_mode
Hujjat 10.04.2019 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi tarmogʻini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 4-sentabrdagi PQ-3929-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi tarmogʻini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 4-sentabrdagi PQ-3929-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoqilgʻi-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 9-aprel,
289-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi 289-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2015-yil 21-dekabrdagi PQ-2454-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2016-yil 10-fevraldagi 33-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2016-y., 6-son, 56-modda) 3-ilovaning 101-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 26-apreldagi 180-f-son farmoyishi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi aeroportlarida rasmiy delegatsiyalarga xizmat koʻrsatish zali toʻgʻrisidagi nizomga ilovadagi 2-roʻyxatda:
5.6.16-kichik banddagi ““Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisining oʻrinbosari — “Oʻzagrotexmash” AJ bosh direktori” soʻzlari ““Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisining oʻrinbosarlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5.6.17-kichik banddagi ““Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisining oʻrinbosari — “Oʻzagrolizing” AJ bosh direktori” soʻzlari ““Oʻzagrolizing” AJ boshqaruvi raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2019-y., 09/19/289/2912-son; 31.10.2020-y., 09/20/666/1433-son)