Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 28-maydagi 44-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2375, 2012-yil 28-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 26-27-son, 299-modda) bilan tasdiqlangan Soliq maslahati
milliy standarti (2-sonli SMMS) “Soliq maslahati boʻyicha hisobot va soliq maslahatchilari tashkilotining xulosasini tuzish va mijozga (ishonch bildiruvchiga) taqdim etish tartibi”ga
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Hisobotning har bir beti soliq maslahatini amalga oshirgan soliq maslahatchisi tomonidan imzolanadi, shuningdek hisobot soliq maslahatchilari tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlanadi.”.
2.
124-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“124. Xulosa soliq maslahatchisi (soliq maslahatchilari) va soliq maslahatchilari tashkilotining rahbari tomonidan imzolanishi kerak.”.