toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.08.2019
Hujjat 08.04.2019 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxslar tomonidan chet el valyutasida kassa operatsiyalarini yuritish tartibiga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 8-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 611-5]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 26-avgustdagi 366-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 611-6, 26.08.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 1998-yil 28-martda 35-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxslar tomonidan chet el valyutasida kassa operatsiyalarini yuritish tartibiga (roʻyxat raqami 611, 1999-yil 22-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-yil, 1-son) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M.NURMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 16-mart,
5/5-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/5-sonli qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxslar tomonidan chet el valyutasida kassa operatsiyalarini yuritish tartibiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 4-bandning uchinchi xatboshisidan “, kassir muhri (burchakli muhri) bilan tasdiqlangan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. 11-bandning beshinchi xatboshisidagi “muhr” degan soʻz “shtamp” degan soʻz bilan almashtirilsin.
3. 1-ilovadan “M.Oʻ.” qisqartmasi chiqarib tashlansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2019-y., 10/19/611-5/2898-son)