toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.03.2024
Hujjat 08.04.2019 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarning toʻlanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 8-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2836-3]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 22-fevraldagi 109-son, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining 2024-yil 13-fevraldagi 2024-03-son va Markaziy bank Boshqaruvining 2024-yil 8-fevraldagi 4/2-sonli ““Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarning toʻlanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2836-5, 12.03.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 5-oktabrdagi 78, 2016-34 va 341-V-son qarori (roʻyxat raqami 2836, 2016-yil 3-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 44-son, 516-modda) bilan tasdiqlangan Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarning toʻlanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 25-mart,
42-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 25-mart,
2019-27-son
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 25-mart,
341-B-3-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 25-martdagi 42, 2019-27 va 341-V-3-son qaroriga
ILOVA
Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarning toʻlanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 27-bandning ikkinchi xatboshisidan “va tashkilotning muhri (muhr mavjud boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. 28-bandning ikkinchi xatboshisidan “va tashkilotning muhri (muhr mavjud boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
3. 1 va 4-ilovalardan “M.Oʻ. (muhr mavjud boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
4. 2-ilova mazkur oʻzgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarning toʻlanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga
ILOVA
“Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarning toʻlanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Tashkilot shtampi
‎‎______________________________ Pensiya jamgʻarmasining
‎tuman (shahar) boʻlimiga

‎‎__________________________________________________

‎‎(tashkilotning toʻliq nomi) ‎‎Pensiya jamgʻarmasining
‎tuman (shahar) boʻlimining
‎shtampi yoki belgisi
‎‎Bank rekvizitlari _________________________________ ‎‎Olindi ____________________________________________
‎‎(bank nomi, MFO, hisobvaraq raqami)

‎‎‎‎(talabnomani qabul qilgan xodimning imzosi)

‎‎STIR____________________________________________
‎‎Xodimlarning roʻyxatdagi oʻrtacha soni: ________________

‎‎20___ yil ________________ uchun xarajatlarni
‎toʻlashga Pensiya jamgʻarmasidan mablagʻlarni olishga
‎TALABNOMA*

T/r

Koʻrsatkichlar‎‎

Pensiya va nafaqalar oluvchilar soni

Haqiqatdagi xarajatlar, soʻmda‎‎‎

Shu jumladan oʻtgan davr uchun, soʻmda

1.

‎‎Ishlovchi pensionerlarga pensiya ‎‎ ‎‎ ‎‎

2.

Bola tugʻilganda beriladigan nafaqalar‎‎ ‎‎ ‎‎

3.

Dafn etish marosimi uchun nafaqalar‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

4.

16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalarning ota-onalaridan biriga qoʻshimcha dam olish kunlari haqining toʻlovi‎

‎‎

5.

Uy-joy-kommunal xizmatlar boʻyicha beriladigan imtiyozlar oʻrniga kompensatsiya pul toʻlovlari‎‎

‎‎ ‎‎

Shu jumladan, quyidagilarni oluvchilarga:‎‎

‎‎
a) eng kam ish haqi miqdorining 45%ini‎‎
b) eng kam ish haqi miqdorining 25%ini‎‎
JAMI:‎‎

‎‎* Har oyda hisobot oyidan keyingi oyning oʻninchi sanasiga qadar reyestr majburiy ilova qilingan holda taqdim etiladi.

Tashkilotning rahbari

______________________________

‎‎(imzo)

Bosh buxgalter‎

‎‎______________________________

‎‎(imzo)

Ijtimoiy sugʻurtalash
‎boʻyicha komissiya raisi

______________________________

‎‎(imzo)”.

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2019-y., 10/19/2836-3/2897-son)