1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.30.00.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish / 07.30.01.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan choralar;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.07.00.00 Rieltorlik faoliyati;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat]
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
Qarori
“Rieltorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 2-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2257-3]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2011-yil 8-avgustdagi 01/19-18/04 va 27-son “Rieltorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2257, 2011-yil 24-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 34-35-son, 357-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori N. JOʻRAYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 14-mart,
01/10-10/53-son
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi D. RAXIMOV
Toshkent sh.,
2019-yil 14-mart,
12-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 14-martdagi 01/10-10/53, 12-son qaroriga ILOVA
“Rieltorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Nomi va 1-banddagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
a) nomi va muqaddimadagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻninchi xatboshidagi “va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn birinchi xatboshidagi “va terrorizmni moliyalashtirish” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish — yadroviy, kimyoviy, biologik va boshqa turdagi ommaviy qirgʻin qurolini, bunday qurolni yaratishda foydalanilishi mumkinligi ayon boʻlgan materiallarni hamda uskunalarni yaratish, ishlab chiqarish, olish, toʻplash, saqlash, oʻtkazish, foydalanish maqsadida har qanday mablagʻ-vositalarni, resurslarni berish yoki yigʻish, boshqa xizmatlar koʻrsatish.”;
toʻrtinchi xatboshidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn birinchi xatboshi “faoliyatini moliyalashtirish” degan soʻzlardan keyin “va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
d) 4-banddagi, 29-bandning birinchi xatboshisidagi, 31 va 32-bandlardagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“6. Rieltorlik tashkilotlari har yili yanvar oyining 10-sanasidan kechiktirmasdan tayinlangan masʼul shaxs haqidagi maʼlumotni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) taqdim etishlari shart.
Masʼul shaxs oʻzgargan taqdirda, bu haqda rieltorlik tashkiloti besh ish kuni mobaynida Agentlikni xabardor qilishi lozim.”;
j) 7-banddagi “Davlat raqobat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Agentlik” degan soʻz bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “Davlat raqobat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Agentlik” degan soʻz bilan almashtirilsin;
i) 10-bandning oʻninchi xatboshisidagi “va terrorizmni moliyalashtirish” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
k) 12 va 13-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Xodimlarning soʻnggi yangiliklarga, jumladan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishning, terrorizmni moliyalashtirishning va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishning zamonaviy usullari, uslublari va yoʻnalishlari haqidagi axborotga ega boʻlishlarini taʼminlash hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi qonun hujjatlari va majburiyatlarning barcha jihatlarini aniq tushuntirib berish maqsadida rieltorlik tashkilotlari Agentlik bilan kelishilgan holda masʼul xodimlarni doimiy ravishda qayta tayyorgarlikdan oʻtkazishlari shart.
13. Rieltorlik tashkilotlari har yili 1-fevralgacha jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga oid faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotni Agentlikka taqdim etadilar.”;
l) 14-bandning beshinchi xatboshisidagi “va terrorizmni moliyalashtirish” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “yoki terrorizmni moliyalashtirish” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirish yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Davlat raqobat qoʻmitasiga” degan soʻzlar “Agentlikka” degan soʻz bilan almashtirilsin;
n) 291 va 30-bandlardagi “Davlat raqobat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Agentlik” degan soʻz bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/2257-3/2867-son)