toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.12.2025
Hujjat 02.04.2019 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining
buyrugʻi
Davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha ishonchli boshqaruvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 2-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1394-9]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 18-sentabrdagi 22-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3677, 22.09.2025-y.) asosan 2025-yil 24-dekabrdan davlat reyestridan chiqariladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab quvvatlash davlat qoʻmitasining 2004-yil 21-iyuldagi 01/06-15-son qarori (roʻyxat raqami 1394, 2004-yil 30-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 30-son, 351-modda) bilan tasdiqlangan Davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha ishonchli boshqaruvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor N. JOʻRAYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 19-mart,
01/10-10/55-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2019-yil 19-martdagi 01/10-10/55-son buyrugʻiga
ILOVA
Davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha ishonchli boshqaruvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomga kiritilayotgan
oʻzgartirishlar
1. 2-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb yuritiladi)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 3-banddagi “Markaz” degan soʻz “Agentlik” degan soʻz bilan almashtirilsin.
birinchi xatboshidagi “Markazga” degan soʻz “Agentlikka” degan soʻz bilan almashtirilsin;
oʻn birinchi xatboshidagi “muhr qoʻyilishi kerak” degan soʻzlar “muhr qoʻyilishi kerak (muhr iziga boʻlgan talab tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tatbiq etilmaydi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 6 — 8-bandlardagi “Markazga” degan soʻz “Agentlikka” degan soʻz bilan almashtirilsin.
5. 1-A-ilova mazkur oʻzgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
6. 4-ilovaning 11-bandidagi “Davlat aktivlarini boshqarish markazi” soʻzlar “Davlat aktivlarini boshqarish agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha ishonchli boshqaruvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga
ILOVA
“Davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha ishonchli boshqaruvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
1-A-ILOVA
Ustav fondlaridagi davlat ulushlari davlat aktivlarini ishonchli boshqaruvchilariga ishonchli boshqaruvga berilgan xoʻjalik jamiyatlari
ROʻYXATI

t/r

Xoʻjalik jamiyatining nomi

Jamiyatning identifikatsion raqamlari

Ustav fondi haqida maʼlumot

Jamiyat joylashgan hudud

Ishonchli boshqaruvchisi toʻgʻrisida maʼlumotnoma

STIR

Depo hisobraqami

Ustav fondining miqdori (ming soʻm)

Ishonchli boshqaruvga berilgan davlat ulushi miqdori

Ishonchli boshqaruvchining nomi

Ishonchli boshqaruvga berilishiga asos Vazirlar Mahkamasi, Komissiya yigʻilishi bayoni yoki Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Hayʼati qarorlari

Vazirlar Mahkamasi, Komissiya yigʻilishi bayoni yoki Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Hayʼati qarori sanasi va raqami

Shartnoma sanasi va raqami

ming soʻm

%

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/1394-9/2864-son)